Barcha maqolalar
O‘zbek tilidagi latifalarning xususiyatlari
Ushbu maqolada o‘zbek xalq latifalarining shakllanish davri,ularning janr hamda nutq shakllariga xos xususiyatlarini o‘rganish, asrlarosha yashab kelayotgan lati- falarni imkon boricha kengroq tadqiq etish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan.
O‘zbek tilida ko‘plik ifodalanishi (Ot so‘z turkumi misollari asosida)
O‘zbek tilida birlik va ko‘plik, ya’ni son kategoriyasining o‘rganilish masalalariga,tahliliga bag‘ishlanadi. Ko‘plik ma’nolarining tuzilishi, mazmuni, vazifasi va qo‘llanishini, o‘zbek tili tarixida ko‘plikning grammatik ko‘rsatkichlari yozma manbalar asosida aniqlanishi, ko‘plik ma’nosini ifodalovchi morfologiyaga doir ishlarda ot turkumida gram matik kategoriya sifatida o‘rganildi.
O‘zbek milliy romanlarida ilohiy motiv va rivoyatlarning sintezlashuvi tajribasi
O‘zbek klassiklari asarlari orqali rus tilini ommalashtirish
Ushbu maqolada o'z xalqini rus yozuvchilari ijodi bilan tanishtirgan o'zbek yozuvchilarining hayot yo'li haqida so'z boradi. Bir nechta uslubiy maslahatlar berilgan.
O‘zbek adabiyotshunosligida ruhiy tasvir tadqiqi
O‘zbek adabiyoti tarixini o‘qitishning manbaviy asoslari (mutrib ijodi)
Jahon xalqlari matnshunosligida milliy adabiy merosni birlamchi manbalar asosida o‘rganishga bo‘lgan e’tibor har qachongidan ham kuchayib bormoqda. Qo‘lyozma manbalar tadqiqi, qaysi davrda yashagan bo‘lishidan qat’i nazar, shoir
yoki adib asarlarining asliyatga muvofiq (hech bo‘lmaganda unga yaqin) matnlarini tiklash imkonini beradi. Ishonchli matnni tiklamay turib, shoir ijodini adabiyotshunoslikning nazariy muammolari kesimida tahlil etib bo‘lmaydi.
Dunyo matnshunosligida qo‘lyozma manbalarni qiyosiy tahlil etish, ijodkor ilmiy biografiyasini yaratish, badiiy asar matni tarixini o‘rganish kabi ilmiy muammolar ustida tadqiqotlar olib borilmoqda. Ular sirasidan dunyo kutubxonalari bo‘ylab tarqalgan Sharq qo‘lyozmalari, jumladan, turkiy adabiyotning buyuk namoyandalari Alisher Navoiy va Bobur asarlari manbalarini o‘rganish doirasida katta tajriba, bilim hamda material to‘plandi. Olib borilgan keng tadqiqotlar matnshunoslikning nazariy asoslari yaratilishiga zamin bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘zbek matnshunosligi mavjud ilmiy tajribalar negizida taraqqiy etib, mumtoz adabiy manbalarni o‘rganish borasida muayyan natijalarga erishdi va erishmoqda. Milliy adabiyot tarixida yorqin iz qoldirgan ijodkorlar adabiy merosini asliyat
asosida tadqiq qilish, qo‘lyozma va toshbosma manbalarni ilmdagi so‘nggi yutuqlarga tayanib o‘rganish manbashunoslik va matnshunoslikning ustuvor vazifalaridandir. Negaki, “...o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilish, ko‘pqirrali bu mavzuni bugungi kunda dunyo adabiy makonida yuz berayotgan eng muhim jarayonlar bilan uzviy bog‘liq holda tahlil etib, zarur ilmiy-amaliy xulosalar chiqarish katta ahamiyatga ega…” 1 . Shunga ko‘ra, Xorazm adabiy muhiti namoyandasi Mutrib Xonaxarob (1853–1923) lirik devoni manbalarining ilmiy-monografik tadqiqini amalga oshirish, shoir asarlari matn tarixini o‘rganib, ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlash tamoyillarini ishlab chiqish dolzarb ekani ayon bo‘ladi.
Mutrib ijodini o‘rganish shoir hayotligidayoq boshlangan. Tabibiy “Majmuat ush-shuaroyi payravi Feruzshohiy” hamda “Majmuatu muxammasot ush-shuaroyi Feruzshohiy” majmualarida shoirning she’riyat va musiqadagi
yutuqlarini e’tirof etadi. Hasanmurod Laffasiyning “Xiva shoirlari va adabiyotchilarining tarjimayi hollari”, Bobojon Tarrohning “Xorazm shoir va
navozandalari”, Po‘latjon Qayyumiyning “Tazkirayi Qayyumiy” asarlarida ham shoir ijodi haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan. Ijodkor adabiy merosi yuzasidan O. Sharafiddinov, M. Yunusov, N.M. Mallayev, Yu. Yusupov, M. Pirnazarov,
A. Abdug‘afurov kabi olimlar maqolalar e’lon qilgan. Ushbu maqolalarda shoir tarjimayi holi, asarlarining g‘oyaviy qamrovi va badiiyati, adabiy merosining mavzu va janr xususiyatlari yoritilgan. Lekin ularning aksarida shoir asarlari kommunistik
mafkura ta’sirida talqin etilgan. M. Pirnazarov Mutrib lirik merosining qo‘lyozma va toshbosma manbalari, mavzu ko‘lami, janr xususiyatlari, badiiy mahorati masalalarini o‘rgangan. Ushbu
tadqiqot o‘z davri uchun qimmatli ma’lumotlar bergan bo‘lsa-da, shoir ilmiy biografiyasini yaratish, ijodkor asarlarini matnshunoslikning nazariy muammolari kesimida tadqiq qilish, ilmiy-tanqidiy matnini yaratish kabi muammolar hanuz yechimini kutib turibdi. Shoir adabiy merosini o‘rganishda “Mutrib Xonaxarobiy (Risola majmua)” kitobi e’tiborga molik. Biroq bu she’rlar
matni to‘liq emasligidan tashqari, so‘zlarning o‘qilishida ham xatoliklar uchraydi. Ushbu o‘quv qo‘llanmada Muhammad Hasan Mutrib devonining O‘zR FA ShI asosiy hamda H. Sulaymon fondlarida saqlanayotgan 906/VII, 903/IV, 2679/II raqamli qo‘lyozmalari, shuningdek, qo‘lyozma bayoz, majmua va tazkiralardagi
turkiy she’rlari, Xiva Ichonqal’a Muhammad Rahimxon Feruz II muzeyida saqlanayotgan qo‘lyozma bayozlardagi she’rlari haqida ma’lumotlar berilgan.
O‘zbek mumtoz adabiyotida ahmadjon sahhof ijodi
Jahon adabiyotshunosligida biror-bir xalq adabiy-estetik ideali yuzasidan xulosa chiqarishda barcha davr ijodkorlari merosi asosida umumlashma va xulosalar bildirish muhim sanaladi. Zero, har bir xalqning adabiy-estetik idealining badiiy ifodasining shakli o‘zgarib turadi.
O‘zbek lirikasida she‘riy turkumlar
Ushbu monografiya mavzusi istiqloldan oldingi yillar o‘zbek lirikasi tabiatiga xos ichki sifat va struktura o‘zgarishlarini o‘rganish, poetik shakllarning badiiy o‘ziga xosliklarini aniqlash, ularning yaxlit badiiy-estetik tizim sifatidagi xossalarini belgilashdan iborat.
O‘zbek adabiy tili tarixi va uning vazifasi
O‘zbek adabiy tili tarixi shakllanishi jamiyatning iqtisodiy va siyosiy rivojlanish omillari bilan yaqin aloqada bo‘lgan ijtimoiy fikrlar tarixi, madaniyati va adabiyot tarixi bilan uzviy ravishda bog‘langan. Ammo tilning barcha xususiyat va tomonlari hamma vaqt ham jamiyat hayotidagi iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlarni bevosita, bir xilda aks ettiravermaydi. O‘z navbatida, tarixiy taraqqiyotning turli davrlarida til qurilishida va uning xizmat qilish sohalarida yuz beradigan o‘zgarishlar ham jamiyatning rivojlanishi bilan bir xil darajada bog‘langan emas.
O‘z yurti ishqida yongan shoh va shoir
Maqolada atoqli hikoyanavis Hayriddin Sultonovning “Panoh” hikoyasida Bobur obrazining ifodalanish xususiyatlari tarixiy voqealar asosida bayon qilingan.
Ona-tilim sen ruhimning qanotisan
Ushbu maqolada o‘zbek tilining nafis, jozibadorligi, xalqimiz uchun uning tarixiy ahamiyati, o‘zbek tilini yuqori cho‘qqiga ko‘targan she’riyat sultoni A. Navoiyning tilimiz boyishiga qo‘shgan benazir hissasi, o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi bugungi kunda ona tilimizning birligi va rivojlanishi yo‘lidagi ba’zi bir muammolar va ularning yechimi haqida bayon etilgan.
Ona tili va o‘qish sav odxonligi darslarida matn ustida ishlash yo‘llari
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining badiiy asarni o‘rganishda bevosita asar matni ustida ishlashga bog‘liq bo‘lishi, matn ustida ishlashning xilma-xil usullari, ana shular orasidan obrazlarning portretini o‘rganish muhim hisoblanishi, badiiy asarlarda qatnashuvchi qahramonlar ham bir-biridan farq qilishi, insonlar tashqi ko‘rinishi, xarakterlari, kiyinishi bilan bir-biriga o‘xshamasligi, har bir inson o‘ziga xos tashqi ko‘rinishga va ichki xislatlarga ega bo‘lishi haqida fikr yuritildi.
Oila jamiyat poydevori
Maqolada oilaning jamiyatdagi o‘rni, uning rivojlanishidagi ta’siri, oilalar mustahkamligidagi kamchiliklar, mamlakat miqyosida amalga oshirilgan chor- tadbirlar ilmiy tadqiq etilgan.
O'zbek tilining tillararo aralashuvni keltirib chiqaradigan ba'zi hodisalari
Maqola o'zbek tilida sirlashuvchilarning ruscha nutqi yuzga keladi tipik hatolar, grammatika aralashtirish ivalari tahlil qilish qilish bagishlangan. Maqola rus va o'zbek tillarida Qirg'iziston muhandislik intertexnika instituti vazifasini yaxshi ko'raman. Fe'l tizimidaga diflar haqiqatan ham gapirish uchun. Fenomenni tushuntirishni tahlil qilish funktsional grammatika nuqtai nazaridan yarashish.
O'rta ta'lim bosqichida chet tili darsida maqol va matallar bilan ishlash texnikasi
Развитие языковых навыков и появление интереса к языку возможно при помощи, разработанных специалистами в области педагогики, множества видов заданий в основе которых лежит применение пословиц и поговорок на уроке иностранного языка.
O'qishning roli haqida
В данной статье рассматривается роль художественной литературы в современном информационном обществе. Несмотря на преобладание доступа к информации, человеческие чувства и эмоции не утрачивают своего значения. Художественная литература, согласно статье, способна воздействовать на человеческое сознание и эмоциональную сферу несравненным образом, внося глубокие изменения в мировоззрение и мышление читателя. Анализируются утверждения писателей о том, что чтение расширяет кругозор, развивает мышление, а также предоставляет ответы на вопросы жизни и помогает в поиске цели и интереса в жизни. Автор выделяет важность литературного воздействия на человеческую душу и обосновывает, что книга остается мощным инструментом формирования личности и обогащения внутреннего мира, способствуя не только интеллектуальному, но и духовному развитию человека в информационной эпохе.
Nizomiy va Navoiy: bir mavzuning turfa talqini
Adabiyot tarixi jahon xalqlari tarixi bilan bevosita aloqador bo‘lib, uning taqdiri insoniyat kamoloti va tanazzuli bilan parallel kechadi. Shunga muvofiq dunyo adabiyotining mavzular galereyasi ham xilma-xil, ular ning orasida esa jangnoma yoki shohnoma mavzusi alohida ajralib turadi. Bu mavzuning moyasi mashhur sarkarda, podshoh yoki pahlavonlar hayoti-faoliyati bo‘lib, ulardan ba’zilari dunyo adabiyotida an’ana yoki turkum asarlar yuzaga kelishiga sabab bo’lgan. Butun dunyoda adabiy shon-sharaf qozongan ana shunday qahramonlardan biri Iskandar (Sharqda Iskandar, G‘arbda esa Alexander The Great deb ataluvchi shaxs) bo‘lib, Sharq va G‘arb adabiyotiga birdek ta’sir ko‘rsatgan bunday siymoni qayta uchratish mushkul. Uning nomi tillarda doston bo’ldi va amalga oshirgan ishlari ijodkorlarni ilhomlantirdi. Xususan, Iskandar mavzusi Sharqda keng yoyilib, ko’plab iskandarnomalar yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. Ushbu maqolada xamsanavislik an’anasi doirasida yaratilgan ana shunday dostonlar Nizomiy Ganjaviyning “Iskandarnoma” va Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostonlari qiyosiy tahlil etish maqsad qilingan. Har ikki adibning ijodiy originalligi “Iskandarning Chinga yurishi epi- zodi” tasviri misolida ochib berilgan. Muallif bunda ishonchli manbalarga tayangan va o’z maqsadiga erishish uchun qiyosiy-tarixiy, madaniy-tarixiy, genetik tahlil kabi usullardan foydalangan.
Nazar Eshonqul ijodida badiiy makon va xarakter uyg‘unligi
Ushbu maqolada Nazar Eshonqul qissa va hikoyalarida badiiy makon va uning xususiyatlari, tanlangan adabiy makonning obraz va xarakterlar bilan uyg‘unligi tadqiq va tahlil etilgan.
Navoiy qahramonlarining o‘limi
Maqolada Alisher Navoiyning “Xamsa” asaridan joy olgan “Farhod va Shirin” hamda “Layli va Majnun” dostonlari qahramonlarining o‘limi tafsilotlari tahlil qilinadi. Dostonlar qahramonlari – Farhod va Shirin, Layli bilan Majnunning o‘limlari sababi yoritib berilgan. Shuningdek, ko‘pchilik o‘quvchilarning “bu qahramonlar o‘zlarini o‘ldirgan”, degan tasavvurlarining noto‘g‘ri ekanligi, bu qahramonlarning o‘zlarini o‘ldirishlari Navoiyning axloqiy-e'tiqodiy, ma'naviy qarashlariga mutlaqo zid ekani isbotlangan. Bu qahramonlarning o‘limi mutlaqo tabiiy ravishda, o‘zlari tomonidan biror-bir sababni yuzaga chiqarmasdan yuz bergani dostonlardan olingan misollar yordamida ko‘rsatib berilgan. Insonning eng chorasiz qolgan vaqtlarida ham o‘z joniga qasd qilmay, taqdirga rozi bo‘lib, duoning odobiga rioya qilgan holda Yaratuvchiga iltijo qilishi lozimligi xususida so‘z yuritiladi.
Navoiy obrazi va poetik tasvir uyg‘unligi
N.S.Gumilyov asarlari tarjimasining badiiy-stilistik xususiyatlari
Ushbu maqolada mualliflar N. Gumilyov asarlarining tojik tiliga badiiy tarjimasining stilistik xususiyatlarini ko‘rib chiqadilar. Dunyo xalqlari adabiyotida juda koʻp badiiy asarlar yaratgan N. S. Gumilyov nasri alohida oʻrin tutadi. Bular zamonaviy rus adabiyotida markaziy o'rinni egallagan "Qora general", "Katta hikoyalar" romanlari. Uning asarlari shaklan milliy va mazmunan chuqur bo‘lib, dunyoning boshqa mamlakatlarida ham keng tarqalgan.
Mutrib she’rlarida matn tahriri va uning namoyon bo‘lish usullari
Ushbu maqolada Xorazm adabiy muhiti shoiri Muhammad Hasan Mutrib Hoji Tabib o‘g‘lining (1853–1923) lirik she’rlari matnshunoslik aspektida tadqiq qilingan. Shoir she’rlari muallif tahriri va kotib tahriri tasnifi asosida o‘rganilgan.
Mutrib asarlaridagi matn tafovutlari tahlili
Ushbu maqolada Xorazm adabiy muhiti shoiri Muhammad Hasan Mutrib Hoji Tabib o‘g‘lining (1853–1923) lirik she’rlari matnshunoslik aspektida tadqiq qilingan. Shoirning nashr qilingan she’rlari, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondida 903/IV, 906/VII raqami ostida saqlanayotgan qo‘lyozmalari, Laffasiyning 12561 raqamli tazkira qo‘lyozmasiva, Matnazar Pirnazarovning “Mutrib Xonaxarobiy (Risola majmua)”si, Bolta Davlatovning “Xorazm haqiqati” gazetasi (1991-yil, 20-iyul soni), “Guliston jurnali” (1974-yil 7-soni), Polvonnazir Bobojonov (Laffasiy. Tazkirayi shuaro. 1992) tomonidan nashr qilingan she’rlari qiyoslab o‘rganilgan.
Mutrib devoni qo‘lyozmasini joriy imlodagi nashri bilan qiyosiy o‘rganish natijasida aniqlangan farqlar ilmiy tasnif etilgan va tahlil qilingan. Qiyosiy tahlillar natijasida Mutrib devonining mukammal nashrlarini tayyorlash matnshunoslik oldidagi dolzarb vazifalardan ekanligi ta’kidlangan.
Muqimiy “Ozim har joydaman, koʻnglim sandadur...”
Ushbu kitobda XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlari Qoʻqon adabiy muhitining ulugʻ namoyandasi Muhammad Aminxoʻja Mirzaxoʻja oʻgʻli Muqimiy (1850–1903)ning turli lirik janrlardagi asarlaridan namunalar o‘rin olgan. Shoirning ushbu to‘plamga kirgan lirik she’r larida teran falsafiy mazmun goʻzal badiiyat va xalqona ohang uygʻunligida talqin etilgani bilan alohida ajralib turadi. To‘plamdan, shuningdek, shoirning hajviy asarlari hamda mashhur “Sayohatnoma”si ham oʻrin olgan. Ushbu nazmiy guldasta she’riyat muhiblariga manzur bo‘lishiga ishonamiz.
Mumtoz qofiyaga oid manbalar tasnifi
Mumtoz poetikaning asosi balog‘at ilmi bilan bog‘liq. Balog‘at ilmi III (hijriy)/IX (milodiy) asrdan boshlab alohida ilm sifatida shakllana boshlagan. Johiliyat davri she’riyatida ham balog‘at ilmiga oid bir qancha asarlar yozilganini ko‘rish mumkin. Islomiyat davrida esa balog‘atli kalomlar yig‘indisi Qur’oni karim bo‘lgan. Balog‘at ilmining 3 tarkibiy qismi: ilmi bayon, ilmi ma’oni va ilmi bade’ keyinchalik mumtoz adabiyot namunalarini tahlil qilishda ham muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Keyinchalik balog‘at ilmi ta’sirida mumtoz matnlarni poetik tahlil qilish nazariyasini belgilab beruvchi 3 qism: ilmi aruz, ilmi qofiya, ilmi bade’ shakllandi. Bu ilmlar mumtoz poetikaning tarkibiy qismi sifatida arab, fors olimlarining diqqat markazida bo‘ldi, mumtoz poetikaning nazariy asoslariga bag‘ishlangan bir qancha risolalar yaratildi. Bu uch qism o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, ularning amaliy jihati she’riyat singari qadimiydir.