Ushbu maqolada xalqaro tillardagi o‘zlashma so‘zlar va ularning o‘zlashish
tamoyillari atroflicha tahlil qilinadi. Xususan, xalqaro tillar hisoblanuvchi ingliz va rus
tillari leksik sathidagi o‘zlashma so‘zlar, ularning tilga kirib kelish va singish
jarayonlari tadqiq ostiga olinadi. O‘zlashmalarning ushbu tillar taraqqiyoti va
rivojlanishi borasidagi ahamiyati, ijobiy va salbiy jihatlari atroflicha misollar orqali
o‘rganiladi, tahlil qilinadi, shuningdek, til sofligini saqlash borasida ham mazkur
tillardagi tajribalar o‘rganilib, fikr va mulohazalar bildiriladi va tegishli xulosalar
olinadi.