ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
198
2181-
3187
BARQAROR RIVOJLANISHNI ISTIQBOLLARI: YASHIL
TEXNOLOGIYALAR, MUQOBIL ENERGETIKA, YASHIL IQTISODIYOT
TAMOYILLARI, EKOLOGIK SANOAT VA EIZLAR IMKONIYATLARI
Nuratdinov Mehroj Qayratdin o‘g‘li
Sanoat muhandisligi va menejmenti fakulteti
23-63 MT guruh talabasi
Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Ilmiy rahbar: (PhD)
Azimova Xurshida Mirsamadovna
E-mail:
Annotatsiya.
Maqola O‘zbekistonni ekologik xavfsiz va innovatsion
iqtisodiyotga yo‘naltirishda EIZlarning muhim rolini ta’kidlaydi va yashil
iqtisodiyotga o‘tish jarayonining davom etishini ko‘rsatib o‘tadi.
Kalit so’zlar:
Erkin Iqtisodiy Zonalar, yashil iqtisodiyot, quyosh energetikasi,
qayta tiklanuvchi energiya manbalari, ekologik xavfsizlik, energiya samaradorligi,
barqaror rivojlanish, chiqindisiz ishlab chiqarish, innovatsion texnologiyalar, "Energy
Eco Sources", EIZlarda ekologik toza texnologiyalar, energiya tejovchi tizimlar.
Nuratdinov Mehroj Kayratdin’s Son
Faculty of Industrial Engineering and Management
23-63 group students,
Azimova Khurshida Mirsamadovna (PhD),
Sustainable Economy Principles, Ecological Industry, and Green
Technologies in Uzbekistan: ,,Opportunities of FEZs’’
Abstract.
This article explores the opportunities for implementing sustainable
development principles, ecological industry, and green technologies in the Free
Economic Zones (FEZ) of Uzbekistan. Special attention is given to the use of
renewable energy sources, increasing energy efficiency, introducing environmentally
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
199
2181-
3187
friendly technologies, and reducing the negative impact on the environment. The role
of the company "Energy Eco Sources" in developing and implementing innovative
solutions for FEZs is also discussed, along with successful projects in solar energy and
environmentally clean production processes. This approach contributes to the
sustainable development of FEZs and creates the foundation for an environmentally
safe and innovative economy in Uzbekistan.
Keywords:
Free Economic Zones, sustainable development, green economy,
solar energy, renewable energy sources, energy efficiency, environmental safety,
environmentally friendly technologies, innovative technologies, "Energy Eco
Sources", Uzbekistan, FEZ, zero-waste production.
Kirish.
Bugungi kunda butun dunyoda ekologik barqarorlik muammosi tobora
dolzarb tus olmoqda. Iqtisodiy rivojlanish jarayonida atrof-muhitga yetkazilayotgan
zararni kamaytirish, tabiiy resurslardan samarali foydalanish va energiya tejovchi
texnologiyalarni keng joriy etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtai nazardan,
yashil iqtisodiyot
konsepsiyasi XXI asrning eng muhim yo‘nalishlaridan biriga
aylandi. Yashil iqtisodiyot – bu iqtisodiy o‘sish va ekologik muhofazani
uyg‘unlashtirgan holda barqaror rivojlanishga yo‘naltirilgan model bo‘lib, u tabiiy
resurslardan oqilona foydalanish, chiqindilarni kamaytirish va ekologik toza
texnologiyalardan foydalanishni rag‘batlantiradi. Ushbu yondashuv, ayniqsa,
erkin
iqtisodiy zonalar (EIZ)
faoliyatida muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekiston hukumati
keyingi yillarda
yashil iqtisodiyotga o‘tish
va
ekologik barqaror sanoat zonalarini
rivojlantirish
bo‘yicha qator tashabbuslarni ilgari surmoqda. ,,
2030 йилгача
Ўзбекистон Республикасининг «яшил» иқтисодиётга ўтишига қаратилган
ислоҳотлар самарадорлигини ошириш бўйича чора-тадбирлар тўғрисида,,
gi qarorda qayta tiklanuvchi energiya manbaalaridan foydalanish, energiya
samaradorligini oshirish va atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan bir qator
maqsadlar belgilangan
1
.
Mamlakat bo‘ylab tashkil etilgan erkin iqtisodiy zonalar
1
Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори, 02.12.2022 йилдаги ПҚ-436-сон
.
https://lex.uz/docs/6303230
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
200
2181-
3187
sanoat va savdo sohalarida muhim o‘rin tutib,
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish
,
yangi ish o‘rinlarini yaratish
va
innovatsion texnologiyalarni joriy etish
uchun
qulay muhit sanaladi. Shu bilan birga, bu hududlarni
yashil iqtisodiyot
tamoyillariga
moslashtirish orqali atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish maqsadida yashil
iqtisodiyot tamoyillarini joriy etayotgan korxonalar soni ortib bormoqda.
To’xtamurodov Davrod Murod o’g’lining ,,Erkin iqtisodiy zonalarni
rivojlantirihsni boshqarishning samaradorligi” nomli maqolasida investitsiyalardan
samarali foydalanishni boshqarishda erkin iqtisodiy zonalar faoliyati, iqtisodiyotni
modernizatsiyalash sharoitida erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etishning
asoslari va ahamiyati tadqiq etilgan. Oʻzbekiston iqtisodiyotida erkin iqtisodiy zonalar
faoliyatini boshqarish samaradorligini takomillashtirish boʻyicha muallifning amaliy
tavsiyalari ilgari surilgan. (Toʻxtamurodov Davron Nizom oʻgʻli. (2023). ERKIN
IQTISODIY
ZONАLАRNI
RIVOJLАNTIRISHNI
BOSHQАRISHNING
SАMАRАDORLIGI. QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 9(9), 75–78.
https://doi.org/10.54613/ku.v9i9.839
J.A.Turg’unov tomonidan taqdim etilgan ,,Mamlakatimizda yashil iqtisodiyotni
joriy etish holati va asosiy yo’nalishlari” nomi ostidagi tadqiqotda mamlakatimizda
yashil iqtisodiyotni rivojlantirishning nazariy asoslari koʻrib chiqilgan. Yashil
iqtisodiyot va “yashil oʻsish”ni ta’minlashning ustuvor yoʻnalishlari tahlil qilingan.
(J.A.Turgʻunov. (2023). MAMLAKATIMIZDA YASHIL IQTISODIYOTNI JORIY
ETISH HOLATI VA ASOSIY YOʻNALISHLARI. QO‘QON UNIVERSITETI
XABARNOMASI, 9(9), 85–87.
https://doi.org/10.54613/ku.v9i9.841
Metodologiya.
Ushbu tadqiqot erkin iqtisodiy zonalarda yashil iqtisodiyotni
rivojlantirishning hozirgi holati va istiqbollarini o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqot
doirasida dastlab mavzuga doir ikkilamchi manbaalarni o‘rganishga alohida e’tibor
qaratildi. Xususan, O‘zbekiston hududidagi erkin iqtisodiy zonalar faoliyati, yashil
texnologiyalar joriy etilishi va atrof-muhitga ta’siriga oid rasmiy statistik hisobotlar,
hukumat qarorlari va ilmiy maqolalar tahlil qilindi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
201
2181-
3187
Muhokama va natijalar.
So’ngi yillarda O‘zbekistonning Erkin Iqtisodiy
Zonalarida (EIZ) ekologik barqarorlikni ta’minlash uchun bir qator yangi loyihalar
tashabbuslar amalga oshirildi. Bu zonalar, asosan, maxsus soliqlar, bojxona imtiyozlari
va boshqa iqtisodiy qulayliklar bilan ta’minlangan hududlar bo‘lib, ular o‘zining
innovatsion yondashuvlari va ekologik barqarorlikni saqlashga qaratilgan
tashabbuslari bilan ajralib turadi. EIZlar orqali yashil texnologiyalarni rivojlantirish va
ko‘chatlar ekish kabi ekologik tashabbuslarni amalga oshirish, mamlakatning umumiy
ekologik va iqtisodiy rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi. Quyida keltirilgan jadvalda
O‘zbekistonning ayrim Erkin Iqtisodiy Zonalarida amalga oshirilayotgan ekologik
barqarorlik tashabbuslari va yashil texnologiyalar bilan tanishingiz mumkin:
O’zbekistonning erkin iqtisodiy zonalaridagi ekologik barqaror
tashabbuslar
1-jadval
2
Erkin
iqtisodiy zona
Sanoat turlari
Yashil texnalogiyalar va
tashabbuslar
Ekologik
barqarorlikni
ta’minlash
Andijon
EIZ
Qurilish
materiallari,
metallurgiya,
boshqa sanoat turlari
47 ta korxona (1 ta
energetika sanoati, 12 tasi
qurilish materiallari, 8 tasi
metallurgiya sanoati, 26 tasi
boshqa turdagi), 20,5 gektar
hududda 10,000 dan ortiq
ko‘chatlar ekildi.
Atrof-muhitga
salbiy
ta’sirni
kamaytirish, yashil
texnologiyalarni
joriy etish.
68 ta korxona (13 tasi
energetika sanoati, 35 tasi
qurilish materiallari, 20 tasi
boshqa turdagi), 25,5 gektar
Ekologik
xavfsizlikni
ta’minlash,
yashil
2
https://yuz.uz/uz/news/erkin-iqtisodiy-zonalar--rivojlanishning-muhim-omili
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
202
2181-
3187
Buxoro
EIZ
Energetika,
qurilish materiallari,
boshqa sanoat turlari
maydonda 79,000 dan ortiq
ko‘chatlar ekildi
iqtisodiyotning
rivoji
Navoiy EIZ
Qurilish
materiallari,
metallurgiya,
boshqa sanoat turlari
Quyosh panellari ishlab
chiqarish, qayta tiklanuvchi
energiya
manbalaridan
foydalanish
Quyosh
energiyasidan
foydalanish,
energiya
samaradorligini
oshirish
Jizzax EIZ
Qurilish
materiallari,
farmatsevtika,
sanoat
ishlab
chiqarish
Energiya
tejovchi
texnologiyalarni tatbiq etish
Energiya
tejash,
ekologik
xavfsizlikni
ta’minlash
Angren
EIZ
Qurilish
materiallari,
metallurgiya,
boshqa sanoat turlari
Chiqindilarni
qayta
ishlash, yangi ishlab chiqarish
korxonalari tashkil etish
Chiqindisiz
ishlab
chiqarish,
ekologik
xavfsizlikni oshirish
Jadvalda har bir EIZning asosiy sanoat yo‘nalishlari, yashil iqtisodiyotga oid
tadbirlari va ekologik ta’siri ko‘rsatib o‘tilgan. Jumladan, quyosh energiyasidan
foydalanish, chiqindilarni qayta ishlash, energiya tejovchi texnologiyalarni tatbiq etish
va ko‘chat ekish kabi tashabbuslar EIZlarning barqaror rivojlanishiga xizmat
qilmoqda.
Kuzatilayotgan o’zgarishlardan ko’rish mumkinki, O‘zbekistonda erkin iqtisodiy
zonalar (EIZ) sanoatni rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda muhim rol
o‘ynamoqda. Ayni paytda mamlakatimizda 10 ta erkin ishlab chiqarish zonasi, 7 ta
farmatsevtika, 1 tadan turizm, baliq xo‘jaligi hamda agrosanoat sohasini rivojlantirish
yo‘nalishidagi erkin iqtisodiy zonalar faoliyat yuritmoqda. Farmatsevtika sohasiga
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
203
2181-
3187
ixtisoslashgan "Nukus-farm", "Zomin-farm", "Kosonsoy-farm", "Sirdaryo-farm",
"Boysun-farm", "Bo‘stonliq-farm" va "Parkent-farm" singari 7 ta yangi erkin iqtisodiy
zonalar tashkil etilgan.
O‘zbekistonda erkin iqtisodiy zonalar nafaqat sanoat rivojlanishining muhim
drayveri, balki yashil iqtisodiyot tamoyillarini amalga oshirish uchun ham katta
imkoniyat yaratmoqda.
Quyosh va shamol energetikasi, ekologik toza
texnologiyalar, chiqindisiz ishlab chiqarish va yashil transport tizimi
– bularning
barchasi EIZlarda barqaror rivojlanishni ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlari bo‘lib,
mamlakatni ekologik xavfsiz va innovatsion iqtisodiyot sari yetaklaydi.
EIZlarda yashil iqtisodiyotning rivojlanishida quyosh energiyasining kengayishi
muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda poytaxtimiz hududida energiya
samaradorligi va energiya tejovchi texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha 17 yillik
tajriba asosida faoliyat yuritayotgan "Energy Eco Sources" kompaniyasi quyosh elektr
stansiyalarini o‘rnatish, energiya tejovchi tizimlar va energiya samaradorligini
oshiradigan texnologiyalarni taklif qilmoqda. Bu texnologiyalar nafaqat energiya
ta'minotini mustahkamlash, balki ekologik toza va barqaror energiya manbalaridan
foydalanishni ta'minlaydi. Shuningdek, kompaniya tomonidan taqdim etilgan
innovatsion quyosh energetik tizimlari, EIZlardagi ishlab chiqarish korxonalari uchun
energiya resurslarini tejash va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish imkonini
beradi. Bu, o‘z navbatida, EIZlarda yashil iqtisodiyotning rivojlanishiga katta hissa
qo‘shadi.
Xulosa
Erkin Iqtisodiy Zonalar O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishida muhim
ahamiyatga ega. Yashil sanoatni rivojlantirish bo‘yicha strategik chora-tadbirlar
amalga oshirilsa, O‘zbekiston
Markaziy Osiyodagi ekologik toza sanoat
markazlaridan biriga aylanishi
mumkin. Bu esa nafaqat iqtisodiy o‘sish, balki atrof-
muhit muhofazasi, aholi salomatligi va kelajak avlodlar uchun qulay yashash
sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.
Yashil iqtisodiyotga asoslangan EIZlar – bu
barqaror rivojlanish sari yo‘l va kelajak sarmoyasidir.
Quyosh va shamol
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
204
2181-
3187
energetikasi, ekologik toza texnologiyalar, chiqindisiz ishlab chiqarish va yashil
transport tizimi kabi yondashuvlar EIZlarda barqaror rivojlanishni ta’minlashning
ustuvor yo‘nalishlaridan bo‘lib, bu tizim mamlakatni ekologik xavfsiz va innovatsion
iqtisodiyot sari yetaklaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
•
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
– "2019–2030-yillar davrida
O‘zbekiston Respublikasining 'yashil' iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida"
2019-yil
4-oktabrdagi
PQ-4477-son
qarori.
(Ushbu hujjatda yashil iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha rasmiy strategiya, asosiy
yo‘nalishlar va davlat dasturlari bayon etilgan.)
•
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni
qisqartirish vazirligi, Jahon banki, Markaziy Osiyo Mintaqaviy ekologik markazi
– "O‘zbekistonda 'Yashil' o‘sish va Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha siyosiy muloqotlar
to‘plami",
2022-yil.
(Ushbu tadqiqotda O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha mavjud
vaziyat, istiqbollar va muammolar tahlil qilingan.)
•
Jumaqulov O. Sh.
– "Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini rivojlantirish va
investitsiyalarni
jalb
qilish
masalalari".
(Erkin iqtisodiy zonalarning rivojlanish istiqbollari, ularning iqtisodiy o‘sishdagi roli
va yashil texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.)
•
Vaxabov A.V., Xajibakiyev Sh.X., Tashmatov Sh.A., Butaboyev M.T.
–
"Yashil
iqtisodiyot".
Darslik.
–T.:
Universitet,
2020.
(Bu darslik yashil iqtisodiyotning nazariy va amaliy jihatlarini yoritib beradi,
jumladan, sanoat va ekologiya o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida ma’lumot beradi.)
•
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Atrof-muhit dasturi (UNEP)
– Rasmiy veb-
sayti:
(Dunyo miqyosida yashil iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha ilg‘or tajribalar, xalqaro
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
205
2181-
3187
tendensiyalar va O‘zbekiston uchun foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan ekologik
tashabbuslar haqida ma’lumotlar mavjud.)
•
Renessans-edu.uz.
(2024).
Yashil
iqtisodiyotga
o‘tish
[PDF].
https://renessans-edu.uz/files/books/2024-11-30-05-26-
30_42517d187b2282ba52cc57cea35471db.pdf?utm