ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
206
2181-
3187
FERMER XO‘JALIKLARIDA XARAJATLARNI BOSHQARISHDA
ETAKCHILIK STRATEGIYASIDAN FOYDALANISH.
TKTI katta o’qituvchi (PhD)
Azimova Xurshida Mirsamadovna
https://orcid.org/0009-0002-7983-419X
Annotatsiya.
Maqolada mamlakatimiz fermer xo‘jaliklarida xarajatlarni
boshqarishda etakchilik strategiyasidan foydalanish modellari, fermer erkin bozorga
kirib kelishi, fermer xo‘jaliklari rahbarlari faoliyati to’g’ri tashkil qilinishi xaqida
yoritilgan.
Kalit so’zlar:
fermer xo‘jaliklari, baholash me’zonlari, bug‘doyni etishtirish
xarajatlari, etakchilik sifatlari, shaxsiy fazilatlar, korrelyasion taxlil, endogen
o‘zgaruvchilar, egzogen o’zgaruvchilar.
Bozorga olib chiqiladigan bug‘doy raqobatbardosh bo‘lishi uchun uning bahosi
raqobatchilar baholaridan pastroq bo‘lsa, ustunlikga erishiladi. Buning uchun
bug‘doyni etishtirish xarajatlari past bo‘lishi kerak. Aynan shu masalani echishda
xarajatlar bo‘yicha etakchilik strategiyasini qo‘llash zarur bo‘ladi. O‘zbekiston
Rsepublikasi Vazirlar Maxkamasi 2022 yil 30 mayda qabul qilgan “2022 yil hosilidan
bug‘doyni xarid qilish va sotishda bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi Qaroriga ko‘ra xosilning davlat buyurtmasidan ortiqcha qismini fermer
erkin bozorda kelishilgan bahoda sotishi mumkin.
Bozordagi ko‘pchilik xaridorlarning baholarga nisbatan talabchanligi kuchaygan
sari past xarajatlar bilan maxsulot taklif etish kuchli raqobat mavqeini yaratadi. Bunday
strtegiyani qo‘llashdan maqsad xarajatlar bo‘yicha raqobatchilarga nisbatan
ustunlikkga erishib, bozordagi ulushni ko‘paytirishdan iborat bo‘ladi. Natijada
qo‘shimcha foyda olishning ikki imkoniyati tug‘iladi:
-
sotuvlar xajmining ko‘payishi hisobiga;
-
bug‘doyni bozor baholarida sotish hisobiga.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
207
2181-
3187
Bu ustunlik raqobatchilar o‘z maxsulotlari baxolarini pasaytirib, bozordagi
ulushlarini avvalgi xajmiga olib chiqquncha saqlanib turadi. Odatda, ishlab chiqarish
xarajatlarini pasaytirishning quyidagi usullari qo‘llaniladi:
-
ishlab chiqarish xajmlarini ko‘paytirish xisobiga maxsulot tannarxi pasayadi;
-
xarajatlarni tejash tajribasiga asoslangan ishlab chiqarishda “o‘qitish/tajriba”
egri chizig‘i vaqt o‘tgan sari mexnat unumdorligining o‘sishiga olib keladi, natijada
mexnatga xaq to‘lash xarajatlari darajasi pasayadi;
-
qadriyatlar zanjirida faoliyatning boshqa turlari bilan aloqa o‘rnatish zanjirning
bir bo‘g‘inida xarajatlar yuqori, boshqa bo‘g‘inida past bo‘lsa, bu bo‘g‘inlarni o‘zaro
muvofiqlashtirish natijasida jami xarajatlar darajasini pasaytirish mumkin bo‘ladi;
-
korxona ichidagi turli ishlab chiqarish birliklari imkoniyatlaridan birgalikda
foydalanish turdosh bo‘linmalar bilan birgalikda xarakatlanish xarajatlarini sezilarli
darajada pasaytiradi;
-
noturdosh faoliyat turlarini autsorsingga chiqarib, turdosh faoliyat turlarini
vertikal integratsiyalash natijasida tranzaksiya xarajatlarini bartaraf etish xisobiga
jiddiy tejamkorlikkga erishish mumkin bo‘ladi;
-
jug‘rofiy joylashuv qulayligidan foydalanish xodimlarning maoshiga, soliqlar
darajasiga, maxsulotlarni tashish, ortish, tushirish xarajatlariga bevosita ta’sir qiladi.
Xarajatlar bo‘yicha etakchilik strategiyalarini qo‘llashda yuqorida keltirilgan
usullardan tashqari inson omilini ham xisobga olish lozim. Bug‘doy etishtirish
xarajatlariga fermer xo‘jaligi raxbarining etakchilik salohiyati va shaxsiy fazilatlari
bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Raxbarning etakchilik salohiyati tushunchasi o‘z mazmuniga
ko‘ra bir necha ko‘rsatkichlardan shakllanadi.
Etakchilik sifatlariga tirishqoqlik, bilim va tajribani tez o‘zlashtirib olish, kasb
ustasi bo‘lish, ishchanlik, muammolarni oldindan ko‘ra bilish, ishchilarni
ilxomlantirish, notiqlik, dadillik kabi sifatlarni; shaxsiy fazilatlarga to‘g‘rilik,
rostgo‘ylik, odamiylik, ishchilarga g‘amxo‘rlik, kamtarlik, xushmuomalalik, ozodalik,
o‘zgarishlarga moslashuvchanlik kabi sifatlarni kiritish mumkin. Bizning fikrimizcha,
qobiliyatlar va fazilatlar ro‘yxati cheklanmagan, ularning barchasini o‘zida
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
208
2181-
3187
mujassamlashtirgan etakchi bo‘lishi mumkin emas, chunki mutlaqo kamchiliksiz inson
bo‘lmaydi. SHuning uchun biz etakchilik salohiyati ko‘rsatkichlari sifatida shartli
ravishda muammolarni oldindan ko‘ra olish, ishchanlik, ishchilarni ilhomlantirishni
tanlab oldik.
-
muammolarni oldindan ko‘ra bilish - tabiyat va jamiyat rivojlanishining
ob’ektiv qonuniyatlarini chuqur bilish va taxlil qilish natijasida yuzaga kelishi
muqarrar bo‘lgan voqea, xodisa, o‘zgarishlarni aql bilan oldindan ko‘ra olish;
-
ishchanlik – mexnatga ijobiy, jo‘shqin munosabatda bo‘lish xususiyati,
mehnatsevarlik, ishchanligi bilan mexnat jamoasida obro‘ qozonish;
-
ishchilarni ilhomlantirish – odamlarning ruxiy xolatiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatish, ulardagi ijodiy kuchlarning quyilib kelishiga undash, ruxiy jarayonlarni
faollashtirib, qo‘yilgan vazifalarni astoydil bajarishga safarbar eta olish.
Fermer xo‘jaligi raxbarlarining shaxsiy fazilatlarini baholash uchun ishchilarga
g‘amxo‘rlik, odob axloq, o‘zgarishlarga moslashuvchanlik ko‘rsatkichlarini tanlab
oldik.
-
ishchilarga g‘amxo‘rlik – ishchilarning mexnat sharoitlarini yaxshilash, ularning
mexnatiga munosib xaq to‘lash, malakasini oshirish imkoniyatini yaratish,
ishchilarning shaxsiy muammolarini echishga yordam berish;
-
odob – jamiyatda e’tirof etilgan xulq me’yori, shaxs ma’naviy xayotining tashqi
jixatini ifodalaydigan o‘zgalar bilan munosabatda namoyon bo‘ladi.
-
axloq – kishilarning bir-birlariga, oila a’zolariga, jamiyatga bo‘lgan
munosabatlarida namoyon bo‘ladigan xatti-xarakatlari, xulq-atvorlari, odoblari
majmui.
-
o‘zgarishlarga
moslashuvchanlik
–
bozordagi
vaziyatning
tez
o‘zgaruvchanligi, ba’zan mavxumligi sharoitida egiuvchan bo‘lib odekvat echimlar
topa olish.
Toshkent viloyati Toshkent tumani g‘allakor fermer xo‘jaliklari raxbarlarining
etakchilik salohiyati va shaxsiy fazilatlarini baholash uchun o‘tkazilgan so‘rovda 108
nafar raxbar va 142 nafar ishchi, jami 250 respondent qatnashdi. Ular “Sunnat
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
209
2181-
3187
Abdukarim” fermer xo‘jaligi raxbari Abdukarimov Ismat, “Amirxon Agro Biznes”
fermer xo‘jaligi rahbari Abdujalilxonov Furqat, “Karomat Muruvvat Fayz” fermer
xo‘jaligi raxbari To‘laganov Zoxidning etakchilik salohiyati va shaxsiy fazilatlari
bo‘yicha fikrlarini bildirishdi.
Respondentlar xar bir qobiliyatni 5 ballik tizimda baholashdi. Natijada har bir
ko‘rsatkich bo‘yicha to‘planishi mumkin bo‘lgan maksimal ballar yig‘indisi (250
respondent x 5 ballga = 1250) kelib chiqdi. Ballar yig‘indisi 250 ga bo‘linib, o‘rtacha
ballar aniqlandi. Natijada:
-
Abdukarimov Ismat (yoshi 55 da, ma’lumoti oliy texnik, ish staji 25 yil)ning
etakchilik salohiyati 10.26;
-
Abdujalilxonov Furqat (yoshi 38 da, ma’lumoti oliy-agranom, ish staji 18
yil)ning etakchilik salohiyati 12.89;
-
To‘laganov Zoxid (yoshi 58 da, ma’lumoti o‘rta, ish staji 36 yil)ning etakchilik
salohiyati 10.75 ballga tengligi aniqlandi. Korrelyasion taxlil natijasida quyidagilar
aniqlandi:
-
1-omilning xos qiymati 1,059 ga teng, bu dispersiyaning 35,3% ni tushuntiradi.
2-omilning xos qiymati 1,047 ga teng, bu dispersiyaning 34,9% ni tushuntiradi. 3-omil,
hisoblangan bo‘lsa-da, uning o‘ziga xos qiymati kichikroq bo‘lgani uchun
saqlanmaydi.
-
“Muammolarni oldindan ko‘ra olish” ko‘rsatkichi bo‘yicha omil vazni 1-omil
bo‘yicha 0,811; 2-omil bo‘yicha 0,151 ga teng.
-
“Ishchanlik” ko‘rsatkichi bo‘yicha omil vazni 1-omil bo‘yicha 0,286; 2-omil
bo‘yicha 0,800 ga teng.
-
“Ishchilarni ilhomlantirish” ko‘rsatkichi bo‘yicha omil vazni 1-omil bo‘yicha
0,566; 2-omil bo‘yicha -0,620 ni tashkil qiladi.
Bu qiymatlar o‘zgaruvchining o‘ziga xos bo‘lgan va saqlanib qolgan omillar bilan
izohlanmagan dispersiya ulushini ifodalaydi. Fermer xo‘jaligi raxbari etakchilik
salohiyati va shaxsiy fazilatlarining xarajatlar darajasiga ta’siri xosildorlikda namoyon
bo‘ladi. Xosildorlik qanchalik yuqori bo‘lsa, xarajatlar darajasi shuncha past bo‘ladi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
210
2181-
3187
So‘rov natijalarini ekonometrik tahlili jarayonida tarkibiy tenglama modelidan
foydalanildi. SEMda endogen o‘zgaruvchilar – bu model ichida tushuntirilganlar,
ekzogen o‘zgaruvchilar esa modeldan tashqarida bo‘lib, endogen o‘zgaruvchilarni
prognoz qilish uchun ishlatiladi. Tahlil natijalariga ko‘ra hosildorlik endogen
o‘zgaruvchi, minerallar, etakchilik salohiyati va shaxsiy fazilatlar ekzogen
o‘zgaruvchilardir. Fermer xo‘jaliklari raxbarlarining etakchilik salohiyati va shaxsiy
fazilatlari xosildorlikka va g‘alla etishtirish xarajatlari darajasiga bevosita ta’sir
ko‘rsatadi. “Sunnat Abdukarim” fermer xo‘jaligida etakchilik salohiyatining bir daraja
ko‘tarilishi xosildorlikni 3,547 birlikka oshirgan bo‘lsa, “Amirxon agro biznes” fermer
xo‘jaligida bu ko‘rsatkich 1,114 birlikka ortgan. Umuman, etakchilik salohiyati
xosildorlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, shaxsiy fazilatlar 0,05 darajada salbiy
ta’sir ko‘rsatgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
O‘zbekiston Respublikasining “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni.
01.04.2021. O‘RQ-680 – son.
2.
O‘zbekiston Respublikasining “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni. // Oliy
majlis axborotnomasi. – T., 2004. №9. – B. 22-35.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning “2022 – 2026
yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-
60-sonli Farmoni. 01.02.2022
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 05 apreldagi “2023 yilda
qishloq xo‘jalingi mahsulotlari ishlab chiqarish va qayta ishlashni kengaytirish va
qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora - tadbirlari to‘g‘risida” PQ 113-sonli qarori
5.
O‘zbekiston Respublikasi vazirlar maxkamasining 2022 yil 22 maydagi 312-
sonli “G‘alla etishtiruvchi xo‘jaliklar va korxonalardan sotib olinadigan donni saqlash
sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.
6.
Ansoff I. Strategicheskiy menedjment. Klassicheskoe izdanie. / per. s angl. pod.
red Petrova A.N. – SPb.: Piter, 2009. 11 s.: il. – (Seriya «Teoriya menedjmenta»)
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
211
2181-
3187
7.
Yo’ldoshev N.Q. Strategik menejment. Darslik. - T.: «IQTISODIYOT», 2022.
- 132 b.
8.
A.Ortiqov. Sanoat iqtisodiyoti. Darslik. Uzbekiston yozuvchilar uyushmasi
Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti. T.: TDIU, 2009, 280 bet.
content/uploads/2020/10/34-y-Sanoat-iqtisodiyoti.-Darslik.-A.Ortiqov.T-2009.pdf
9.
Porter M. Konkurentnaya strategiya: metodika analiza otrasley i konkurentov.
Per. S angl. I.Minervin. – M.: Alpina Biznes Buks, 2005. 73 s.
10.
SHeyxova M.A., Gasanguseynov M. Faktorы snijeniya sebestoimosti zernovыx
kultur.
https://cyberleninka.ru/article/n/faktory-snizheniya-sebestoimosti-zernovyh-
11.
Toshnazarova D. S. «Xarajatlar va tannarx tushunchasi, ularning mazmuni va
tavsifi» “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, may-
iyun, 2021 yil. 35-b.
12.
http://www.prezident.uz – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot
xizmati.
13.
www.stat.uz– O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi
14.
www.norma.uz–O‘zbekiston Respublikasi huquqiy me’yoriy xujjatlar to‘plami