Авторы

  • Azimova Xurshida Mirsamadovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.124301

Ключевые слова:

Mazkur maqolada autsorsing va autstaffig tushunchasi autsorsing usullari uni mamlakatimizda qo’llanishni boshlangani va autsorsing boyucha qonunlar yoritib o’tilgan.

Аннотация

Mazkur  maqolada autsorsing va autstaffig tushunchasi,  
autsorsing usullari, uni mamlakatimizda qo’llanishni boshlangani va autsorsing  
boyucha qonunlar yoritib o’tilgan. 


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–5_ июня–2025

212

2181-

3187

AUTSORSING NIMA VA U BILAN O 'ZARO HAMKORLIK.

TKTI katta o’qituvchi (PhD)

Azimova Xurshida Mirsamadovna

E-mail:

hurshidazimova@gmail.com

https://orcid.org/0009-0002-7983-419X

Annotatsiya:

Mazkur maqolada autsorsing va autstaffig tushunchasi,

autsorsing usullari, uni mamlakatimizda qo’llanishni boshlangani va autsorsing

boyucha qonunlar yoritib o’tilgan.

Kalit so’zlar:

autstaffig tushunchasi, autsorsing,mehnat unumdorligi,

samaradorlik, texnologiya uzatilishi, tashqi pudratchi, xususiy sektor, davlat xaridlari,

autsorsing shartnomalari.

Zamonaviy voqelik sharoitida, iqtisoiyotda barqaror rivojlanishni ta’minlah

uchun sanoatda korxona va kompaniyalarda mehnatni to’gri tashkil etish chet el

tajribasini va yutuqlarini hisobga olgan holda yangicha ish olib borish davr talabidir.

Har qanday sohada korxonaning muvaffaqiyatli ishlashi uchun mehnat unumdorligi

omillari va resurslari kabi faoliyat jihatlariga maksimal darajada e'tibor berish

muhimdir. Mehnat unumdorligini oshirish hozirgi vaqtda har qanday korxona

rivojlanishining zaruriy shartidir.

Bu bozor sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishni istagan har qanday

korxonaga tegishli. Xodimlarni yollash bosqichida har qanday tashkilot tegishli

xodimlarni yollash muammosiga duch keladi, chunki tashkilotning so'rovlari har doim

ham potentsial xodimning so'rovlariga to'g'ri kelmaydi, bundan tashqari, xodimlarni

doimiy ravishda ishga joylashtirish ham tadbirkor, ham rahbar uchun eng foydali echim

emas.

Shu sababli, kompaniyalar rivojlanishi va muvaffaqiyatli ishlashining asosiy omili

bo'lgan yollash jarayonida ish beruvchi uchun ham, potentsial ishchi uchun ham

muammoning o'zaro manfaatli echimi bo'lgan zamonaviy usul va yondashuvlardan

foydalanish muhimdir. Kadrlar masalalarining maqbul echimi sifatida mehnat bozorida


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–5_ июня–2025

213

2181-

3187

"Autsorsing" usullari ishlatila boshlandi, bu atama funktsiyalarni bitta kompaniyalarga,

uchinchi tomon kompaniyalarsiga yoki shaxsga o'tkazishni anglatadi. Autsorsing

kompaniyalar o'rtasida bilim almashinuvi va texnologiya uzatilishiga hissa qo'shishi

mumkin, masalan, malakali kadrlar almashinuvi usuli, bu esa o’z navbatida kadrlarni

tezkor malaka ortishi va mehnatni intensivlashuviga olib kelishi mumkin.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan «Harakatlar

strategiyasidan - Taraqqiyot strategiyasi sari» tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan

quyidagi yettita ustuvor yo‘nalishdan iborat 2022 - 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi

O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy

islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyat rivojini yangi bosqichga

ko‘tarish, hayotning barcha sohalarini liberallashtirishga xizmat qilmoqda.

1

Zamonaviy iqtisodiyotning barqaror rivojini yaratish uchun kopgina sohalarida

olib borilayotgan islohotlar mehnat unumdorligini oshirish mahsulot birligini ishlab

chiqarishda yoki xizmat ko’rsatishda ish vaqtini yoki vaqt birligida ishlab chiqarilgan

qo'shimcha mahsulot miqdorini tejash orqali ta'minlanadi, bu esa ishlab chiqarish

samaradorligini oshirishga olib keladi.

Ba'zi mamlakatlarda tadbirkorlar hali ham xom ashyo yoki arzon ishchi kuchi

mavjudligiga tayanib, o'z strategiyalarini tuzishlari mumkin. Bunday sharoitda ular

dastlab xarajatlarni kamaytirish va xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilashga katta

ahamiyat bermasligi mumkin. Biroq, aksariyat rivojlangan mamlakatlarda

raqobatbardosh ustunliklarga bilim, ko'nikma va ijodiy echimlar orqali erishiladi.

Afsuski, ushbu afzalliklarning aksariyati qisqa muddatli, chunki zamonaviy

texnologiyalar raqobatchilar orasida yangi bilim va ko'nikmalarning tez tarqalishiga

yordam beradi. "Autsorsing" atamasi chorak asr oldin, xalqaro va milliy bozorlarda

raqobat kuchayganida hamma joyda ma'lum bo'ldi. Raqobatning bunday oshib

ko’rsatgichlarini o'sishi kompaniyalarni saqlanib qolishning samarali usullarini izlashga

1

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi

PF-60-

son “2022 —

2026 yillarga moʻljallangan

yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida” Farmoni.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–5_ июня–2025

214

2181-

3187

undadi. Ushbu usullardan biri autsorsing bo'lib, u o'z samaradorligini namoyish etdi va

boshqa usullar bilan raqobatni yaratdi.

O‘zbekistonda davlat sektoriga autsorsing faoliyatini olib borishda huquqiy

asoslar yaratilib kelinmoqda. Bunga ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlari, d

avlat

sektoriga va xususiy sektorda autsorsing

faoliyatining bugungi zamon talablari asosida

takomillashtirish asosiy vazifa qilib belgilanganligidan kelib chiqqan holda bu va

boshqa sohalar misolida autsorsingning xususiy sektorida aynan meditsina kliikalarida

qo‘llashning afzalliklariga to‘xtalib o‘tamiz.

Autsorsing - bu biznes xodimlarni shtatga yollamasdan, ixtisoslashtirilgan

agentliklardan jalb qilganda ularni yollash usuli. Bunda ish topshirilgan xodim

autsorsingga xodimlar taqdim etuvchi agentlik shtatida ro’yxatga olinadi. Boshqa

autsorsing tushunchalari ham mavjud, masalan:

1) tashkilot tomonidan shartnoma asosida ishlab chiqarish tadbirkorlik

faoliyatining muayyan turlari yoki funksiyalarini zarur sohada faoliyat ko’rsatayotgan

boshqa kompaniyalarga berish;

2) korxonaning ba’zi funksiyalari (ixtisosligi bo’lmagan yoki u uchun samarasi

kam bo’lgan) bajarilishini ularni yanada yuqori va sifatli darajada amalga oshirishni

ta’minlashga qodir bo’lgan tashqi pudratchiga o’tkazishni anglatuvchi tashkiliy qaror

zarur sohada amalda bo’lgan;

3) korxonaning ayrim funksiyalari (u uchun ixtisoslashmagan yoki samarasi kam)

bajarilishini ularni yanada yuqori va sifatli darajada amalga oshirishni ta’minlashga

qodir bo’lgan tashqi pudratchiga o’tkazishni anglatuvchi tashkiliy qarorlaridir.

Umuman olganda, autsorsing tashkilotning muayyan vazifa va funksiyalarini

shtatdan tashqari boshqa tashkilotga yoki mutaxassisga topshirishni anglatadi, chunki

kompaniyalar ularni bajarish uchun ichki resurslarga ega emas. Oddiy qilib aytganda,

autsorsing - bu bo’shqa kompaniyalarga yoki shaxsga vazifalarni topshirish jarayoni

yoki uning asosiy vazifalariga e’tibor qaratish imkonini beradi. «Autsorsing»

atamasining o’zi inglizcha «out» - «tashqarida» va «source» - «manba» so’zlarining

kombinatsiyasi bo’lib, tashqi resurslar yoki manbalardan foydalanishni anglatadi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–5_ июня–2025

215

2181-

3187

«Autsorsing» atamasi bilan bir qatorda «autsorser» atamasi - autsorsing

xizmatlarini ko’rsatuvchi jismoniy shaxs yoki tashkilot ham qo’llaniladi.

Autsorsing o’zining eng sodda shaklida - ilgari o’z kuchlari bilan ishlab

chiqarilgan tovar yoki xizmatni ishlab chiqaruvchi boshqa kompaniyalarga

o’tkazishdir. Boshqa ta’rifga ko’ra, autsorsing kelishuvga qarab ba’zi ichki

operatsiyalar va qarorlar qabul qilish huquqlari boshqa yetkazib beruvchilar yoki

firmalarga o’tkazilishini anglatadi. Autsorsingning muhim jihati shundaki, autsorser

kompaniyalarga nafaqat vakolatlar, balki ishni bajarish uchun javobgarlik ham beriladi.

Autsorsingning davlat sektorida qo‘llashda ijtimoiy xizmat darajasining keskin

pasayishiga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘riladi. Bundan bir necha yillar ilgari

«autsorsing» mexanizmi faqat xususiy sektorda foydalanilgan bo‘lsa, bugungi kunda

budjet tashkilotlarida ham ijtimoiy xizmat ko‘rsatishda «autsorsing»dan unumli

foydalanilmoqda.

Xodimlarni yollash bosqichida har qanday tashkilot tegishli xodimlarni yollash

muammosiga duch keladi, chunki tashkilotning so'rovlari har doim ham potentsial

xodimning so'rovlariga to'g'ri kelmaydi, bundan tashqari, xodimlarni doimiy ravishda

ishga joylashtirish ham tadbirkor, ham rahbar uchun eng foydali echim emas.va

potentsial xodimlarning o'zlari uchun ham autsorsing bu yangi tajribalarni boshqa

tashkilot hodimlaridan o’rganish imkonini beradi.

Autsorsingdan foydalanish tezlashdi va tezda ish beruvchilar orasida mashhur

bo'ldi: tobora ko'proq kompaniyalar o'z ish joylarini autsorsingga berishni boshladilar,

bu esa ishchilarning katta xodimlarini saqlash uchun sarflangan vaqt va xarajatlarni

tejashga yordam berdi. Autsorsingdan foydalanadigan kompaniyalar bozordagi yangi

talabga osonroq moslasha olishdi.

Vaqt o'tishi bilan, autsorsing iqtisodiyotning global tarmog'i sifatida shakllangan,

ba'zi rivojlanayotgan mamlakatlarda, masalan, Filippin yoki Malayziya kabi davlatlrda

autsorsing xizmatlarini ko'rsatish ularning iqtisodiyotining muhim qismini tashkil etadi.

Autsorsingni qo'llash yangi ish o'rinlari yaratish orqali ishsizlik darajasini pasaytiradi

va shu bilan iqtisodiy o'sishga yordam beradi. McKinsey & Company tomonidan


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–5_ июня–2025

216

2181-

3187

o'tkazilgan tahlil shuni ko'rsatadiki, butun dunyo bo'ylab autsorsing operatsiyalarini

amalga oshiruvchi kompaniyalar turli bozorlarga kirish va mavjudlikni kengaytirish

orqali bozor ulushini 15 foizga oshirmoqda. Bundan tashqari, autsorsing iqtisodiyotning

globallashuvida muhim rol o'ynaydi, xalqaro mehnat taqsimoti va transmilliy biznes

aloqalarini ta'minlaydi, chunki kompaniyalar o'z funktsiyalarini nafaqat joylashgan

mamlakatda, balki xorijiy mamlakatlarda ham autsorsing xizmatlari sheriklari va

etkazib beruvchilarini topish orqali autsorsing qilishadi.

Shunday qilib, autsorsing xizmatlaridan foydalanish samaradorligi va tadbirkorlar

uchun foydasi tufayli biznesning turli sohalarida, shu jumladan meditsinada

qollanishda davom etmoqda va kengaymoqda.

Bugungi kunda autsorsing hajmi, faoliyat turi yoki joylashuvidan qat'i nazar, har

qanday korxona faoliyatida muhim rol o'ynaydi.

Yuqoridagi omillar butun dunyo bo'ylab, shu jumladan O'zbekistondagi

tadbirkorlarni autsorsing xizmatlarini ko'rsatuvchi turli kompaniyalarni ochish va

rivojlantirishga va o'z korxonalarida autsorsing xizmatlaridan foydalanishga vaqti-vaqti

bilan murojaat qilishga undaydi, bu esa autsorsing tushunchasini o'rganish dolzarb va

muhimligini bilqiladi.

Dunyoda autsorsing rivojlanib, uni O'zbekistonda faol qo'llash bilan

mamlakatimiz hududida autsorsing jarayonlarini qonuniy tartibga solish zarurati

tug'ildi.

Autsorsing va u bilan o 'zaro hamkorlik O’zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining "O’zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi tuzilmasi

tashkilotlarida autsorsing xizmatlari ko'rsatish tartibi to’g'risidagi nizomni tasdiqlash

haqida" 2020-yil 10-yanvardagi 16-son qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining O’zbekiston Respublikasi bo'linmalarida shaxsiy tarkibning

ovqatlanishini tashkil etish bo'yicha autsorsing xizmatlari ko'rsatish tartibi to'g'risida"gi

va O’zbekiston Respublikasi davlat xavfsizlik xizmati organlarining" 2019-yil 6-

apreldagi 282-son, shuningdek, 1996-yil 30-avgustdagi 279-1-sonli "Buxgalteriya

hisobi to'g'risida"gi Qonunning 7-moddasi va boshqalar. Yuqoridagi maqolada


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–5_ июня–2025

217

2181-

3187

aytilishicha, tashkilot rahbarlari buxgalteriya hisobini maxsus shartlar asosida

ixtisoslashgan kompaniyalarga topshirishlari mumkin .

Autsorsing (outsourcing) – tashkilotning u yoki bu funksiyalarini shu faoliyatni

olib borishga ixtisoslashgan tashqi ijro etuvchilarga berishdir. Boshqacha qilib

aytganda, autsorsing deganda, davlat sektorining nodavlat sektordan tovarlar, ishlar va

xizmatlar sotib olishining umumiy hajmi tushuniladi.

Davlat muassasalarida autsorsing usulida ovqatlantirish «Davlat xaridlari

to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tarkibi tasdiqlanadigan

Tanlov komissiyasi tomonidan o‘tkaziladigan tanlov asosida tashkil etiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60 son “2022

— 2026 yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi

toʻgʻrisida” Farmoni.

1.

3-modda O’zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli

Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,

03/21/683/0375-son

2.

Pardaev M.Q., Ochilov I.S. Xizmat koʻrsatish sohasi korxonalarida

samaradorlikni oshirish yoʻllari. Monografiya. – T.: “IQTISOD-MOLIYa”, 2011. –

67-78 betlar.

3.

Abdukarimov I.T., Abdukarimova L.G., Smagina V.V. Analiz finansovo

xozyaystvennoy deyatelnosti predpriyatiya.

4.

Стапран Д. «Аутсорсинг и границы фирмы. Как сделать аутсорсинг

безопасным и доверять партнерам» 2022 Uchebnoe posobie. 2-e. – Tambov:

Izdatelskiy dom

5.

Suyunov D.X., Xolbayev B.A. Loyiha boshqaruvi: uslub va standartlar. O‘quv

qo‘llanma. 2021.– 208 б. Joseph W. Weiss, Robert K. Wysocki, «Пять стадий

управления проектом. Практическое руко-водство по планированию и

реализации» -http://financepro.ru

6.

“Horijiy xizmatlar xizmati” Vetnam, https://vovworld.vn/


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–5_ июня–2025

218

2181-

3187

7.

"Iqtisodiyot va biznes" mutaxassisligi bo'yicha ilmiy maqola matnidan olingan.

8.

Alekseycheva E. Yu., Magomedov M. D., Kostin I. B. Tashkilot (korxona)

iqtisodiyoti.

9.

Darslik. M.: Dashkov va Co. 2020. 290 b.2. Baskakova O.V., Machabeli M.Sh.

Tashkilotning iqtisodiyoti.

10.

M.: Dashkov va Co. 2019. 306 b. 3. Batrayeva E. A. Umumiy oqatlanish

korxonasining iqtisodiyoti.

11.

Akademik bakalavr uchun darslik va seminar. —M.: Yurayt. 2017. 390 b. 4.

Budrina EV. Iqtisodiyot va avtotransport korxonasini tashkil etish.

12.

Akademik bakalavr uchun darslik va seminar. —M.: Yurayt. 2017. 268 b

13.

Zaynutdinov Sh.N. Korporativ boshqaruv asoslari. O‘quv qo‘llanma. -T.:

O‘zbekiston, 2008. – 260 b.

14.

Toshxo’djaev M.M. Begmatova D.B. Korporativ madaniyat. O‘quv

qo‘llanma.T. :TDIU , 2019

15.

https://up-pro.ru/

16.

https://vovworld.vn/

17.

http://financepro.ru

18.

http://fyom.uz/

Korxona tarixi sahifasidan olingan

Davlat mulk qo‘mitasining 12.07.1996 yildagi buyrug‘i

19.

http://www.lex.uz.

20.

http://www.stat.uz

21.

http://finance.uzreport.uz/news

Библиографические ссылки

-modda O’zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli

Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,

/21/683/0375-son

Pardaev M.Q., Ochilov I.S. Xizmat koʻrsatish sohasi korxonalarida

samaradorlikni oshirish yoʻllari. Monografiya. – T.: “IQTISOD-MOLIYa”, 2011. –

-78 betlar.

Abdukarimov I.T., Abdukarimova L.G., Smagina V.V. Analiz finansovo

xozyaystvennoy deyatelnosti predpriyatiya.

Стапран Д. «Аутсорсинг и границы фирмы. Как сделать аутсорсинг

безопасным и доверять партнерам» 2022 Uchebnoe posobie. 2-e. – Tambov:

Izdatelskiy dom

Suyunov D.X., Xolbayev B.A. Loyiha boshqaruvi: uslub va standartlar. O‘quv

qo‘llanma. 2021.– 208 б. Joseph W. Weiss, Robert K. Wysocki, «Пять стадий

управления проектом. Практическое руко-водство по планированию и

реализации» -http://financepro.ru

“Horijiy xizmatlar xizmati” Vetnam, https://vovworld.vn/7.

"Iqtisodiyot va biznes" mutaxassisligi bo'yicha ilmiy maqola matnidan olingan.

Alekseycheva E. Yu., Magomedov M. D., Kostin I. B. Tashkilot (korxona)

iqtisodiyoti.

Darslik. M.: Dashkov va Co. 2020. 290 b.2. Baskakova O.V., Machabeli M.Sh.

Tashkilotning iqtisodiyoti.

M.: Dashkov va Co. 2019. 306 b. 3. Batrayeva E. A. Umumiy oqatlanish

korxonasining iqtisodiyoti.

Akademik bakalavr uchun darslik va seminar. —M.: Yurayt. 2017. 390 b. 4.

Budrina EV. Iqtisodiyot va avtotransport korxonasini tashkil etish.

Akademik bakalavr uchun darslik va seminar. —M.: Yurayt. 2017. 268 b

Zaynutdinov Sh.N. Korporativ boshqaruv asoslari. O‘quv qo‘llanma. -T.:

O‘zbekiston, 2008. – 260 b.

Toshxo’djaev M.M. Begmatova D.B. Korporativ madaniyat. O‘quv

qo‘llanma.T. :TDIU , 2019

http://fyom.uz/ Korxona tarixi sahifasidan olingan

Davlat mulk qo‘mitasining 12.07.1996 yildagi buyrug‘i