Mualliflar

  • Chorshanbiyev Q

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.124827

Kalit so‘zlar:

milliy teatr Teatr san'ati tatar professional teatr Sh.Rizayev S.G.Yenikeyev

Annotasiya

 Teatr san’ati har bir xalqning madaniy hayotida muhim o‘rin tutadi. U xalqning urf-odatlari, an’analari, milliy qadriyatlari va ijtimoiy hayotining in’ikosi sifatida shakllanadi. O‘zbek teatr san’ati tarixiga nazar tashlaganda, uning shakllanishida Rossiya imperiyasi davridagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar muhim rol o‘ynaganini ko‘rish mumkin. Ayniqsa, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida vujudga 
kelgan milliy teatr harakati mahalliy ziyolilar, jadidlar va san’at ixlosmandlarining sa’y-harakatlari bilan shakllana boshladi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–3_ Мая –2025

55

2181-3187

ROSSIYA IMPERIYASI DAVRIDA MILLIY TEATR SAN'ATINING

VUJUDGA KELISHI

Osiyo texnologiyalar universiteti

O’qituvchi

Chorshanbiyev Q

Annotatsiya:

Teatr san’ati har bir xalqning madaniy hayotida muhim o‘rin tutadi.

U xalqning urf-odatlari, an’analari, milliy qadriyatlari va ijtimoiy hayotining in’ikosi

sifatida shakllanadi. O‘zbek teatr san’ati tarixiga nazar tashlaganda, uning

shakllanishida Rossiya imperiyasi davridagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar muhim rol

o‘ynaganini ko‘rish mumkin. Ayniqsa, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida vujudga

kelgan milliy teatr harakati mahalliy ziyolilar, jadidlar va san’at ixlosmandlarining

sa’y-harakatlari bilan shakllana boshladi.

Kalit so’zlar:

milliy teatr,

Teatr san'ati, tatar professional teatr, Sh.Rizayev,

S.G.Yenikeyev

Turkistonda jadidchilik harakatining mahsuli sifatida XX asr boshlarida

milliy teatr san'ati vujudga keldi. Ushbu san'at tunning shakllanishida rus, ozarbayjon

sayyor truppalari bilan birgalikda tatar teatr truppalari ham katta ahamiyat kasb etgan.

Jadid dramaturgiyasining vujudga kelishi va shakllanishi bo'yicha tadqiqotlar olib

borgan Sh.Rizayevning ta'kidlashicha, o'zbek milliy teatr san'atining tug’ilishiga tatar

sayyor teatr jamoalari muhim turtki bergan edi. Tatarlar Yevropa teatr san'ati bilan

Turkiston aholisiga qaraganda ancha oldinroq tanishgan bo'lib, o'lkada yashovchi

tatarlar tomonidan badiiy kechalar tashkil etish odat tusiga kirgan edi. Jumladan,

Toshkentda savdo ishlari bilan shug’ullanuvchi Sharif Yaushev doimiy ravishda

Moskvadan badiiy orkestrlarni olib kelib Toshkentdagi o'z bog’ida konsert dasturlarini

tashkil etgan.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–3_ Мая –2025

56

2181-3187

Ushbu ziyofatlarga K.P. fon Kaufman boshliq general-gubematorlik

vakillarini ham taklif etib, o'z faoliyati uchun lozim bo'lgan ko'plab siyosiy huquqlarni

qo'lga kiritgan edi. XIX asr oxiri - XX asr boshlari Turkiston tarixida muhim

o'zgarishlarga boy bo'lgan davr hisoblanadi. Jadidchilik g’oyalari shiddat bilan o'lkaga

kirib keldi va Turkistonning keyingi tarqqiyoti darajasini belgilab berdi. Jadidchilik

g’oyalari bilan birga o'lka xalqi uchun “yangilik” hisoblangan yevropacha teatr san'ati

ham kirib keldi va mahalliy millatni unga bo'lgan qiziqishi ortib bordi. Teatr san'atini

Turkiston xalqi madaniy hayotiga qisqa davr ichida kirib kelishi va taraqqiy etishida

o'lka taraqqiyparvarlarining tatar ma'rifatparvarlari bilan o'zaro hamkorliklari asosiy

rol o'ynagan. Turkiy xalqlar orasida tatar professional teatrining paydo bo'lishi va

uning ijodiy safarlarini qachondan boshlanganligi to'g’risida quyidagi fikrlar mavjud.

X.L.Kumisnikovning fikricha, tatar professional teatrining paydo bo'lishi va uning to'la

shakllangan davri 1905-yilga to'g'ri kelgan. 1906-yil 22-dekabrdan esa, bu teatr

truppasi o'z gastrollarini boshlagan.

M.Raxmonov ham 1905-yilgi rus revolyutsiyasi ta'sirida haqiqiy tatar

professional teatri 1906-yilda tashkil topgan deya qayd etadi. 1908-yilda esa A.Qoriyev

qo'l ostida “Sayyor”, Izzatullina boshchiligida “Nur” teatr truppalari tashkil topgan.

Sh.Rizayevning qayd etishicha, S.I. Voljskaya boshliq ”Nur” truppasi 1911-yil tashkil

topib, 1912-yildan Turkistonning turli shaharlarida bo'lganini ta'kidlaydi. Toshkentda

istiqomat qiluvchi general S.G. Yenikeyev xonadonida ham doimiy ravishda san'at

kechalari o'tkazib kelingan. 1904-yilning 4- aprelida shu xonadonda Navmiq

Kamolning “Ishq balosi” spektakli Turkistonda yashovchi tatar havaskorlari

tomonidan namoyish qilingan. Mazkur spektakl namoyishi boshlanishidan oldin

polkovnik Abubakr Divayev so'zga chiqib, Yevropa teatri haqida ma'ruza qilgan.

Xonadon egasi S.G.Yenikeyev boshqirdistonlik tatarlardan edi. Uning turmush o'rtog’i

Saodatxonim Yenikeyeva esa Qo'qon xoni Xudoyorxonning Sankt-Peterburgdagi

elchisi Mirza Hakim parvonachining tatar xotinidan dunyoga kelgan edi. Saodatxonim

Toshkent ayollar gimnaziyasida tahsil olib, yevropacha tarbiya olgan, royal chalishni

biladigan ma'rifatparvar ayollardan bo'lgan.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–3_ Мая –2025

57

2181-3187

S.G.Yenikeyev Rossiya imperiyasining Turkistondagi armiyasi safida ofitser

sifatida xizinat qilgan. U Asakada ma’sul lavozimda ishlayotgan paytda 1898-yilgi

Dukchi Eshon qo'zg'oloniga xayrixoh bo'lganlikda ayblanib iste'foga chiqarilgan edi.

Iste'fodan so ng Toshkentda yashab, Turkistonda istiqomat qiluvchi tatarlarning

ijtimoiy-siyosiy huquqlarini himoya qilgan. Shu maqsadda bir necha bor Sankt-

Peterburgga hukumat rasmiylari bilan muzokara uchun borgan. 1909-yili

S.G.Yenikeyev va Saodatxonim xonadonida tatar havaskorlari tomonidan "tatar

dramaturgiyasining otasi” Aliasqar Kamolning Birinchi teatr” nomli komediyasi

qo'yilgan. Mazkur komediya salina ko'rinishlarida o'zbek ziyolilaridan A.Avloniy ham

ishtirok etgan edi. S.G.Yenikeyev va Saodatxonim sa'y-harakatlari tufayli Toshkentda

badiiy tatar havaskorlari jamoasi yuzaga kelgan. Ular tomonidan 1909- yili Toshkentda

"Musibati Faxriddin” va “Qizlar qanday kulalar” nomli spektakllar namoyish etilgan.

1910-yildan boshlab esa Toshkentda doimiy tatar teatr jamoasi ish boshlagan.

Mazkur truppada ozarbayjon, tatar va rus dramaturgiyasining sara namunalari

sahnalashtirib borilgan. 1908-yilda “Sayyor” truppasi Kavkazda ijodiy safarda bo'lib,

Ozarbayjon teatr truppasi bilan uchrashgan. Bu truppaga Husain Arablinskiy

boshchilik qilgan. U tatar teatrida ayollarning faoliyat ko'rsatishiga yuqori baho berib,

“buyuk qahramonlik” deya baholagan. O'sha paytda Ozarbayjon teatr truppasida

ayollar rolini erkaklar ijro etishgan. H.Arablinskiy Ozarbayjon va tatar teatrlari

o'rtasidagi hamkorlikni rivojlanishida o’zining hissasini qo'shdi. “Nodir” spektaklida

Nodirning xotini rolini 16 yoshli S.lzzatullina-Voljskaya o'ynagan bo'lib, bu roli uning

hayotida o'chmas iz qoldirgan. O'sha kezlari “Sayyor” truppasida 2 nafar ayol bo'lib,

S. lzzatullina-Voljskaya va ZJBogdanovalar bor edi. 1910- yilning o'rtalariga kelib,

“Sayyor” truppasida aktrisa ayollaming soni birmuncha ko'payib, Gulsum

Bolgarskaya, Naima Tajirova, Nafiga Arapova, Fotima Ilskaya va Sara Baykina kabi

aktrisalar safga qo'shilganlar. Ularning o’ynagan rollari tatar teatrining shuhratini

yanada oshishiga sabab bo'lgan. S.lzzatullina-Voljskaya “Xo'jayin va g’ulom”

spektaklida Bibijamol rolini o'ynagan.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–3_ Мая –2025

58

2181-3187

Foydalanilgan adabiyot

1.

Ахмаджонов Г.А. Россия империяси Марказий Осиёда. - Т.: “Та’lim

manbai” жамияти, 2003.

2.

Аъзамхужаев С. Туркистон мухторияти. - Т.: Маънавият, 2000.

3.

Ғуломов Х-Г. Ўрта Осиё ва Россия (XVIII аср бошида давлатлараро

муносабатларнинг шаклланиши). - Т.: Университет, 2007.

4.

Зиёев X. Туркистонда Россия тажовузи ва хукмронлигига Карши кураш.

- Т.: Шарк, 1998.

Bibliografik manbalar

Ахмаджонов Г.А. Россия империяси Марказий Осиёда. - Т.: “Та’lim

manbai” жамияти, 2003.

Аъзамхужаев С. Туркистон мухторияти. - Т.: Маънавият, 2000.

Ғуломов Х-Г. Ўрта Осиё ва Россия (XVIII аср бошида давлатлараро

муносабатларнинг шаклланиши). - Т.: Университет, 2007.

Зиёев X. Туркистонда Россия тажовузи ва хукмронлигига Карши кураш. - Т.: Шарк, 1998.