ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–3_ Мая –2025
299
2181-3187
TURKISTON VILOYATINING GAZETASI TARIXI HAQIDA
Osiyo texnologiyalar universiteti
O’qituvchi
Chorshanbiyev Q
Annotatsiya:
O‘zbekiston matbuoti tarixida muhim o‘rin egallagan nashrlardan
biri bu —
"Turkiston viloyati gazetasidir".
Ushbu gazeta XIX asrning oxirlarida,
ya’ni 1870-yilda tashkil etilgan bo‘lib, o‘zbek matbuotchiligi taraqqiyotida birinchi
bosqichni boshlab bergan eng qadimiy ommaviy axborot vositalaridan hisoblanadi.
"Turkiston viloyati gazetasining" paydo bo‘lishi nafaqat yangi axborot manbaining
yuzaga kelishi, balki o‘sha davrdagi siyosiy, ijtimoiy va madaniy muhitni yoritishda
muhim vosita sifatida xizmat qilgan.
Kalit so’zlar:
Turkiston viloyati gazetasi, N.A.Mayev, Chorizm, V.F.Oshanin,
N.N.Pantusov.
Rossiya imperiyasi O‘rta Osiyo xonliklarini istilo qilgandan sung, Qo’qon
va Buxoro xonliklaridan bosib olingan yerlarda uzining tayanch markazi Turkiston
general-gubernatorligini tuzdi. Uning markazi Toshkent edi. 1870-yildan Toshkentda
general-gubernatorlikning rasmiy organi "Туркестанские ведомости" va uning
ilovasi "Turkiston viloyatining gazeti" chiqa boshladi." Туркестанские ведомости" (
1870 yil 28 aprel 1917 yil 15 dekabr) "Туркестанские ведомости" 1870-yil 28-aprel
kuni Turkiston general-gubernatori Kaufman Farmoniga binoan bosilib chiqdi.
"Туркестанские ведомости" Turkistondagi to‘ng‘ich rasmiy bosma gazeta
hisoblanib, u O’rta Osiyoda vaqtli matbuotga asos soldi. "Turkestanskiye vedomosti"
ning 1870-yilda 17 ta soni, 1871 yildan boshlab haftasiga 1 marta, 1903- yil dekabridan
3 marta, 1907 yildan 4 marta chiqib turdi va nihoyat 1907-yil iyulidan boshlab kundalik
gazetaga aylantirildi. Uning oxirgi soni 1917 yil 15 dekabrda chiqdi."Turkestanskiye
vedomosti" gazetasining 47 yil mobaynida 6406 soni bosildi. "Turkestanskiye
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–3_ Мая –2025
300
2181-3187
vedomosti" gazetasi general-gubernator Kaufman tomonidan tahrir qilinib chiqarildi.
Uning birinchi muharriri qilib N.A.Mayev tayinlandi. "Туркестанские ведомости"
gazetasini N.A. Mayev 1870-1892 yilgacha ; 1892 yil 20 noyabrdan 1899 yil 17
dekabrgacha A.P. Romanovich ; 1899-1901 yillarda S.A.Geppener va 1901 yil 5
noyabrdan 1907 yil 9 yanvargacha N.G.Malitskiy tahrir qilgan. Gazeta chorizmning
mustamlakachilik idora usulini o’tkazish, Turkiston xalqlarini sodiq fuqarochilik
ruhida tarbiyalash, diniy jaholatni qo‘llab-quvvatlash siyosatini amalga oshirishga
da’vat etgan edi. To’g‘rirog‘i, gazetaning dasturi Ichki ishlar vazirligi tomonidan
chizib berilgan bo’lib, u asosan to‘rttagina moddadan iborat bo’lgan.
1. Oliy farmoyishlar. Oliy telegrammalar, viloyat aholisiga taalluqli bo‘lgan
mukofot va yordamlar, tantanali kunlar to’g’risida qisqa ma’lumotlar.
2. Turkiston o‘lkasiga tarqalishi lozim bo‘lgan umumhukumat farmoyishlari.
3. Rus podsholarining hayotidan olingan qisqa hikoyalar, mahalliy va boshqa xil
axborotlar.
4. Turkiston o‘lkasidagi pochta-telegraf okrugi va boshka hukumat
muassasalarining e’lonlari hamda xususiy e’lonlar".
Ushbu dasturga asosan "Туркестанские ведомости" gazetasida: 1) rasmiy ; 2)
ichki axborot ; 3) xalqaro axborot ; 4) nafis adabiyot ; 5) mahalliy axborot bo‘limlari
tashkil etilgan edi.
"Туркестанские ведомости" o‘zining rasmiy bo‘limida asosan Turkiston
general-gubernatorining buyruq farmoyishlarini bosardi. Boshqa bo‘limida esa
o’lkaning tarixi, geografiyasi, etnografiyasi va statistikasiga oid maqolalar yoritilar edi.
Darhaqiqat, bunday maqolalarning aksariyati O’rta Osiyoni birinchi bo’lib tekshirgan,
uning geografiyasi va etnografiyasiga oid juda ko‘p asarlar yaratgan N.A. Mayev
qalamiga mansubdir. Shuningdek, gazeta sahifalarida tarixiy va ilmiy xarakterdagi
materiallarni ko’plab uchratish mumkin. O’rta Osiyoni dastlabki tekshirgan V.V.
Bartold, akademik L.S.Berg, N.A.Seversev, A.P.Fedchenko, I.V. Mushketov,
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–3_ Мая –2025
301
2181-3187
V.F.Oshanin, N.N.Pantusov kabi olimlar ko‘pgina maqolalarni o‘lkaning iqtisodiy,
tarixiy, etnografik jihatdan o‘rganishga bag‘ishladilar. Turli davrlarda gazeta
sahifalarida "Qirg‘izlar" ( etnografik ocherk)," Temurlang hayotining so’nggi kunlari"
"Qo’qon tarixi haqida ocherk" va boshqa ko‘pgina maqolalar bosildi. Gazeta
materiallari
janr
e’tibori bilan xilma-xildir. Uning sahifalarida xabar,
korrespondensiyalar, ocherklar, yul xotiralari, publitsistik maqolalar e’lon qilingan.
"Туркестанские ведомости" Peterburg, Moskva, Vladivostok kabi Rossiya
imperiyasining boshqa shaharlarida uzining muxbirlariga ega edi. Gazeta sonlarida
o‘lkaning madaniy hayotiga doir masalalar ham yoritilgan. Lekin hukumat siyosatini
ifoda etuvchi rasmiy organ "Turkestanskiye vedomosti" xalqning ahvoli va kurashi
to’g‘risida lom-lim demas edi.
Bundan tashqari, Turkistonda o‘sha davrda "Туркестан", "Туркестанский
курер", "Туркестанское селское хозяйство"," Асхабод" degan boshqa rus gazetalari
ham chiqa boshladi. Bu gazetalarning hammasi ham chorizmning mustamlakachilik
siyosatini amalga oshirish uchun xizmat qildi. "Туркестанские ведомости" o’zbek
jurnalistikasi tarixiga ilk poydevor toshini qo‘ygan tungich rasmiy gazeta sifatida o‘rin
egalladi. Gazeta O‘rta Osiyoni, ayniqsa Turkiston o‘lkasini o‘rganish sohasida ham
tarixiy manba sifatida xizmati kattadir. Birinchi davrlarda gazeta 100 nusxa, 1909
yildan esa 853 nusxadan iborat bo’lgan.
Turkistonda birinchi o‘zbek tilidagi gazeta "Туркестанские ведомости"ning
bevosita yordami tufayli vujudga keldi. Bu gazeta "Туркистон вилоятининг газети"
bo’lib, u 1870 yilning iyulidan 1917 yilning fevraliga qadar chiqib tur "Туркистон
вилоятининг газети" 1871 yildan 1883 yilgacha Turkiston general-gubernatorining
tarjimoni Shohimardon Ibrohimov va biroz vaqtgacha Muhammadhasan Chonishev
boshchiligida 1883-yilning oxiridan 1917-yilning fevraligacha N.P. Ostroumov
muxarrirligi ostida chiqdi. Gazeta dastavval "Туркес- танские ведомости"ga Ilova
qilib chiqarilar edi. 187-yildan u kichik hajmda oyiga turt marta: ikki marta o’zbek
tilida va ikki marta qirg‘iz tilida chiqa boshladi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–3_ Мая –2025
302
2181-3187
Bu Ilovalar "Туркестанские ведомости" tahririyati tomonidan uning
mablag‘i
hisobiga nashr etildi. 1883-yil 30-yanvarda general-gubernator
Chernyayevning 29- son buyrugi bilan bu "Ilovalar"" Turkiston viloyatining gazeti"ga
aylantirildi. Turkiston general-gubernatori general-adyutant fon Rozenbax 1885-yil
yanvarida mahalliy xalq orasida rus tilini targ’ib qilish uchun "Туркистон
вилоятининг газети" ikki tilda: o’zbek va rus tillarida nashr etish haqida rasmiy
buyruq bergan edi. "Туркистон вилоятининг газети" o‘zbek madaniyati, san’ati va
adabiyotining taraqqiyotida alohida o‘rin tutadi. "Туркистон вилоятининг газети"
sahifalarida tarix, etnografiya, arxeologiya, numizmatika fanlariga oid o‘nlab
maqolalar chop etib borildi. "Туркистон вилоятининг газети" sahifalarida Ovrupo
fan-texnikasini adabiyot va san’ati, O’rta Osiyolik va yunon olimlari, faylasuflarining
tarjimai hollari, ijodiy faoliyatlari, hayotlarining qiziqarli, tahsiniga sazovor damlari
haqida ma’lumotlar berib borildi.
Foydanilgan adabiyot
1.
А.Каттабоев. Ўзбекистон китоб нашри тарихига доир. Ўзбекистонда
ижтимоий фанлар. 1988, № 2, 43-45-бетлар.
2.
Пидаев Т. Матбуот-миллат чироғи. Тошкент, 1999, 48-49-бетлар.
3.
Россия федерацияси марказий давлат ҳарбий тарихий архиви (
РФМДТХТА), 400-ф, 1-ёзув, 118- иш, 1-2- вараклар.
4.
Эрназаров Т.Э., Акбаров А.И. История печати Туркестана. Ташкент, 1976,
С.10.