Авторы

  • Ikmatillayeva Nilufar Avazjanovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.124869

Ключевые слова:

Internet Internet tarmog'I Internet vositasi qidiruv tizimi axborot tizimi axborotlashgan jamiyat ommaviy axborot komunikatsiyasi psixologik xavf axborot bazasi kiber jinoyatlar konvensiya.

Аннотация

O‘quvchilar orasida internetdan foydalanish madaniyatini rivojlantirishni hozirgi kunning eng global muammolaridan biri, deb hisoblayman. Internetdan foydalanish kerak, albatta. Hozirgi kunda bu zamon talabi, davr talabi 
hisoblanadi, lekin undan, avvalo, to‘g‘ri va o‘rinli foydalanishni shakllantirishimiz kerak. Internet orqali har xil qo‘shimcha ma’lumotlar olish, kerakli adabiyotlarni qidirib topish, til o‘rganish, yangi axborotlardan xabardor bo‘lish mumkin. Biroq 
hammamiz ham shuni bilmaymizki, internetning foydali tomoni bo‘lgani kabi zararli tomonlari ham ko‘p.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–3_ Мая –2025

257

2181-3187

O’QUVCHILARDA INTERNETDAN FOYDALANISH MADANIYATINI

RIVOJLANTIRISH.

Farg’ona shahar 1-sonli politexnikum

maxsus fan o’qituvchisi

Ikmatillayeva Nilufar Avazjanovna

Annotatsiya:

O‘quvchilar orasida internetdan foydalanish madaniyatini

rivojlantirishni hozirgi kunning eng global muammolaridan biri, deb hisoblayman.

Internetdan foydalanish kerak, albatta. Hozirgi kunda bu zamon talabi, davr talabi

hisoblanadi, lekin undan, avvalo, to‘g‘ri va o‘rinli foydalanishni shakllantirishimiz

kerak. Internet orqali har xil qo‘shimcha ma’lumotlar olish, kerakli adabiyotlarni

qidirib topish, til o‘rganish, yangi axborotlardan xabardor bo‘lish mumkin. Biroq

hammamiz ham shuni bilmaymizki, internetning foydali tomoni bo‘lgani kabi zararli

tomonlari ham ko‘p. Hozirgi kunda yoshlar hayotiga kirib kelayotgan “ommaviy

madaniyat”ning asoschisi aynan internet hisoblanadi. Internetdan kirib kelayotgan har

xil salbiy, zararli ma’lumotlar yoshlarimizning fikrini buzmoqda va ularni o‘z domiga

tortib, hattoki loqayd va dangasa qilib qo‘ymoqda. Demak, bugungi kundagi eng

muhim vazifamiz o‘sib kelayotgan yosh avlodni milliy qadriyatlarimiz asosida

tarbiyalash, ular qalbida o‘z xalqi va vataniga mehr va sadoqat tuyg‘usini kuchaytirish,

ularni har xil ommaviy madaniyat xurujlaridan asrash hamda munosib himoya

qilishdan iboratdir.

Kalit so’zlar:

Internet, Internet tarmog'I, Internet vositasi, qidiruv tizimi, axborot

tizimi, axborotlashgan jamiyat, ommaviy axborot komunikatsiyasi, psixologik xavf,

axborot bazasi, kiber jinoyatlar, konvensiya.

Bugungi kunda mamlakatimizda 100 dan ortiq kasb-hunar yo‘nalishlari bo‘yicha

tashkil qilingan ta’lim muassasalari va ularda yoshlarning bilim olishlari hamda kasb-

hunar o‘rganishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlarga qarab, havas qilasiz. Ammo,


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–3_ Мая –2025

258

2181-3187

shuni bilamizki, hayotimizning ajralmas bir bo‘lagi bo‘lmish internetdan barcha

yoshlarimiz keng foydalanib kelmoqda.

Inernet bu – xozirgi zamon talabidagi yagona ommabop kompyuter tarmog'i

hisoblanib, bizga barcha sohalarga oid noaniqlik ya'ni ongimizga mavhum bo'lgan

tushunchalar haqida ochiq, oddiy va ravon ma'lumot beruvchi axborot manbaidir.

Tabiyki, hozrgi kunda ushbu omilga bo'lgan ehtiyojmandlar soni kundan kunga

ortib bormoqda. Mazkur tarmoq butun dunyo miqyosida global tarmoqdir. Zero unda

mavjud yangiliklardan xabardor etuvchi matinlar, tasvir hamda ovoz hizmatlari va bir

qator imkoniyatlar barcha jabhada katta yengilliklarni yuzaga keltirayotgan bo'lsa-da,

ammo ikkinchi tomondan insoniyatni beixtiyor vertual olamga jalb etib bormoqda.

Ayniqsa bu ta'sir doirasidan o'smir yoshlar ham yo'q emas. Bu borada

mutahasislarning so'zlari quydagi natijalarni isbotlamoqda: internet tarmog'idagi

ijobiylik insonning fan, soha va faoliyatiga bog'liq muhim aniq dalillarga ega bo'lishida

har tomonlama qulayligi va tegishli vaqt miqdorining tejalishiga olib kelishi kundek

ravshan, lekin qiziquvchanlik sababli Internet axborotlaridagi ortiqcha ma'lumotlarga

haddan ziyod berilib ketishlaridir. Izlanuvchanlik, fikriy rivojlanish, mushoxada, taxlil

qilish qobilyati va xotiraning o'tkirlik darajasini susaytirishga sabab bo'lmoqda.

Ma'lumki, Internet vositasidan foydalanish hech kimga majburiy bo'lmagan va

insonning o'z tafakkuridan kelib chiqqan qonun qoidalar asosida bo'lishi kerakligi

hamda undagi me'yor talablari, ya'ni Internet tarmog'idan axborotlarni to'g'ri tanlash

har jihatdan o'rinlidir. Bundan ko'rinib turibdiki, ushbu tarmoq vositasining o'z ichiga

qamrab olgan axborotlar miqyosi shu qadar keng va ko'p ekanligi gohida o'zimizga

kerakli bo'lgan ma'lumotlarni ajratib olishimizda ham qiyinchiliktug'dirmoqda.

Barchamzga ma'lumki, Internetda ishlashimiz uchun qidiruv tizimining o'rni beqiyos.

Internet tarmog'ida: Yahoo, Google, Ref.uz singari yana boshqa nomlar bilan ataluvchi

qidiruv tizimlari mavjud.

Yuqoridagi qidiruv dasturlari haqida batafsil va umumiy ta'rif berishda ularni

biror bir tizim orqali masalan, Google tizimini tushuntirish maqsadga muvofiq bo'ladi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–3_ Мая –2025

259

2181-3187

Bu kompaniya Internetdagi yetakchi qidiruv tizimi hisoblanadi, dunyo bo'ylab tarmoq

foydalanuvchilarning o'ntadan yettitasi u yoki bu ma'lumotlarni topish ilinjida aynan

mana shu saytga murojat qilishadi. Tizim har kuni 50 mlionga yaqin so'rovlarni qabul

qiladi, sakkiz milyardlab veb-sahifalarni ideksatsiya qiladi. U 101 tildagi axborotni

izlab topishi mumkin.

Keyingi yillarda butun dunyo internet foydalanuvchilari orasida keng

ommalashib borayotgan Google tizimi 1998 – yil sentyabrda ishga tushgan. Hozirda

bu kompaniyaning qidiruv tizimlaridan tashqari yana bir qator foydali va qulay

hizmatlari mavjud va ular soni ortib bormoqda.

Xozirgi zamon axborot tizimi uning, juda keng imkoniyatlaridan kelib chiqib

aytish mumkinki, O'zbekistonda axborot olish, saqlash, foydalanish va tarqatishning

umumiy manfaat va umumiy taraqqiyot nuqtai nazaridan boshqaruv mexanizmini

yaratish, uning moxiyati va unsurlarini chuqur anglash zarur bo'lib qolmoqda. Ana shu

hayotiy extiyojdan kelib chiqib axborot sohasida milliy xavfsizlikni ta'minlash tizimini

yaratishning quydagi usullarini qo'llash madaniyatini zarur deb hisoblaymiz:

Birinchidan, sotsiologik yo'nalish. Bunda axborot olish va tarqatish jarayonida

jamiyat taraqqiyotining axborotini ijtimoiy voqelik sifatidagi rolidan kelib chiqib,

jamiyatda shakillanayotgan ijtimoiy ong yo'nalishlari ijtimoiy tafakkur darajasi va

uning oqimlarini o'rganishni yo'lga qo'yish kerak. Aholi turli qatlamlari, qarashlari,

kasbiy va boshqa ijtimoiy holatlari asosidagi fikirlash tarzini aniqlab borish zarur.

Ikkinchidan, statistik yo'nalish. Ko'p millatli mamlakatda, hususan, 130 dan

ortiq millat va elat yashayotgan, 20 ga yaqin diniy konfessiyalar faoliyat ko'rsatayotgan

O'zbekistonda millatlararo va dinlararo mojorolarni turli siyosiy manfaatlar va

buzg'unchi g'oyalar tasirida kelib chiqishi mumkin bo'lgan nizolar manbalarini o'rganib

borish, bu borada aniq hisob – kitoblarga tahliliy yechimlarga ega bo'lish.

Uchinchidan, siyosiy konfiktologiya va siyosiy psixologiya. Axborot psixologik

xavf avj olayotgan bir paytda, turli buzg'unchi g'oyalar inson ongi va tafakkuriga o'z

ta'sirini o'tkazayotgan bir sharoitda siyosiy mojorolar kelib chiqish mumkin bo'lgan


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–3_ Мая –2025

260

2181-3187

manbalarni o'rganish, omillarini aniqlash hamda siyosiy qarashlari, ruhiyati, ijtimoiy –

siyosiy psixologik izchil ravishda o'rganib borilmog'i lozim.

To'rtinchidan, mantiqiy tizimiy va funktsional tahlil. Axborot tizimi, xususan,

axborot psixologik ta'sir axborot siyosati tizimi va vositasining muxim qismi sifatida

baxolashi lozim. Voqelikka ana shu tarzda yondashib, ilmiy – taxliliy nazariy va amaliy

xulosalar chiqarish kerak. Tig'iz axborotlashgan jamiyatda axborot oqimi ta'sirida

shakillanayotgan ijtimoiy fikr fan nuqtai nazaridan izchil o'rganilmog'i lozim.

Beshinchidan, axborot tizimida milliy istiqlol g'oyasining ustuvorligi. Har qanday

fuqoro axborot bazasidan “maxsulot” tanlash jarayonida uning qalbida, ruxiyatida,

kayfiyatida, fe'l atvorida, bularning barchasining oqibati sifatidagi hatti – xarakati va

munosabatida mafkuraviy immunitet ustuvorligini ta'minlash. Albatta, O'zbeksiton

mustaqillikning 32yili mobaynida ommaviy axborot komunikatsiyasi soxasida jiddiy

o'zgarishlar yuz berdi. Eng avvalo har bir fuqaroning soz va fikr erkinligi, axborot olish

va tarqatish huquqi Konstitutsiya bilan kafolatlangan. Ommaviy axborot vositalari

to'g'risidagi bir qator qonunlar yaratildi va amalda qo'llanilmoqda. Mustaqil nashrlar

soni keskin ko'paydi. Bularning hammasi mamlakat ichki hayotida milliy axborot

tizimining o'ziga xos taraqqiyotidan dalolat beradi. Yana shuni takidlash lozimki,

Internet vositalaridan o'rin olgan jamiki axborot va ma'lumotlarning hammasi ham real

haqqoniy emasligi ayni paytda ayon bo'lmoqda. Bundan kelib chiqib aytish joizki,

olinayotgan dalillarning qay darajada to'g'riligini ongli ravishda mushohada etish

maqsadga muvofiqdir.

Shundagina Internet orqali egallayotgan bilimlarimiz hayotimizda ijobiy samara

berishiga ishonch xosil qilish mumkin.

O’tgan yillar davomida o’sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy yuksalishi,

axborotga bo’lgan huquqlarini ro’yobga chiqarish, axborot erkinligini ta’minlash

maqsadida zarur texnologik sharoitlar va huquqiy kafolatlar yaratildi. Har kimning

fikrlash va so’z erkinligi, o’zi istagan axborotni izlashi, olishi, uni tarqatish borasidagi

konstitutsiyaviy normalar milliy qonunlarimizda rivojlantirildi. Shuningdek, xalqaro


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–3_ Мая –2025

261

2181-3187

axborot tarmoqlari va Internet jahon axborot tarmog`idan erkin foydalanish uchun

sharoit yaratilishini e’tirof etuvchi normalar qonunlarimizda o’z aksini topdi. Xususan,

bugungi kunda axborot sohasida ommaviy axborot vositalari, shundan televideniya,

Internet-kafelar, Internet provayder, davlat axborot resurslari, "ZiyoNET" yoshlar

axborot portali va axborot-kutubxona muassasalari faoliyat yuritmoqda. Internetdan

foydalanuvchilarning soni esa to’qqiz milliondan ortiq ketdi. Bularning barchasi

fuqarolarimiz, xususan, yoshlarimizning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy

huquqining ifodasidir. Global axborot makoniga real ko’z bilan qaraydigan bo’lsak,

hozirda keng jamoatchilikni xavotir va tashvishga solib kelayotgan muammolardan

biri, shubhasiz, axborot makonida nosog`lom manfaatlar, ziddiyat va qarama-

qarshiliklar ta’siridagi agressiv axborotlarning (o’z joniga qasd qilishning oson

yo’llarini targ`ib qiluvchi 9 ming, erotik mazmunga ega 4 mingdan ziyod saytlar,

kompyuter o’yinlari zo’ravonlik va yovuzlik, o’ta jangari ruhdagi (beshafqat urushlar,

o’ldirishlar, otishmalar, portlatishlar va hokazo) Internet saytlar mavjudligi), milliy

axborot makonimizga kirib kelishidir. Axborotlar tezkor Internet orqali qabul qilinar

ekan, uning aksariyat foydalanuvchilari yoshlar hisoblanadi. Ularning ko`pchiligi

odnoklassniki.ru, facebook.com, mail.ru, twitter.com, Vkontakte.ru kabi ijtimoiy

saytlarning doimiy foydalanuvchilari sanaladi. Tan olish kerakki, O’zbekistondagi

jami saytlarda ro’yxatdan o’tganlar jamlansa ham yuqoridagi miqdorga yetmaydi.

Ushbu raqamlar milliy saytlarimizni yoshlar uchun jozibador, mazmunli, saviyali,

qiziqarli, o’ziga tortuvchi qilib yaratish masalasiga jiddiy e’tibor qilishga undaydi.

Milliy saytlarimiz oldinda yurmasada, boshqa chet el saytlardagi kabi "o’ziga jalb

qilish" doirasini kengaytirsa, yoshlarimiz milliy saytlarga birinchi bo’lib murojaat

qilishi mumkin bo’ladi.

Axborot sohasi liberallashayotgan bir paytda, uzoq-yaqin mamlakatlardagi turli

xil siyosiy, mafkuraviy va boshqa kuchlar (120 ga yaqin davlat axborot xurujlarini

uyushtirish ustida ish olib bormoqda) o’zlarining g`arazli manfaatlari yo’lida ommaviy

kommunikatsiya vositalaridan foydalanib, axborot erkinligini suiiste’mol qilib, o’sib

kelayotgan yosh avlodga axborot tahdidlarini ko’rsatish orqali, hali ongi va hayotiy


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–3_ Мая –2025

262

2181-3187

qarashlari shakllanib ulgurmagan yoshlarni chalg`itish, ularning ongi va qalbini

egallash yo’lidagi intilishlarini kuchaytirayotgani sir emas. Nosog`lom axborot

oqimlaridan yoshlarni himoyalashga oid dunyoda qator huquqiy mexanizmlar

yaratilgan.

Jumladan, xalqaro amaliyotda "Kiber jinoyatlar to’g`risida" Konvensiya,

"Voyaga yetmaganlar uchun xavfsiz Internet va onlayn resurslarni joriy qilish

to’g`risida" Yevropa Ittifoqi Parlamenti Assambleyasining tavsiyalari, "Bola huquqlari

to’g`risida" BMT Konvensiyasini, "Yoshlarni himoyalash to’g`risida" Germaniya,

"Voyaga yetmaganlarni ommaviy axborotning salbiy ta’siridan himoyalash

to’g`risida" gi, Litva "Bolalarni sog`ligi va rivojlanishiga ziyon yetkazuvchi

axborotdan himoyalash to’g`risida" gi Rossiya qonunlarini tilga olishimiz mumkin.

Milliy

qonunchiligimizda

ham

yoshlarni

nosog`lom

axborotlardan

himoyalashning mexanizmlari mavjud. Xususan, "O’zbekiston Respublikasida

yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to’g`risida"gi Qonunda "O’zbekiston

Respublikasida yoshlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan, zo’ravonlikni,

hayosizlikni va shafqatsizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlar

man etilishi", "Bola huquqlarining kafolatlari to’g`risida"gi Qonunda "Pornografiya,

shafqatsizlik va zo’ravonlikni namoyish etuvchi, inson qadr-qimmatini tahqirlovchi,

bolalarga zararli ta’sir ko’rsatuvchi va huquqbuzarliklar sodir etilishiga sabab

bo’luvchi ommaviy axborot vositalaridan foydalanish, adabiyotlarni tarqatish hamda

filmlarni namoyish etish taqiqlanishi" belgilab berilgan. Axborot asri davrida

yoshlarga yopirilib kelayotgan axborotlardan foydalana olishlari, xususan, nosog`lom

axborotlardan himoyalana olishlari, kommunikatsiya vositalaridan to’g`ri foydalana

bilishlari uchun bilim va tajriba kerak bo’ladi. Aynan mana shu borada ular kattalar,

ayniqsa, ota-onalar va pedagoglarning ma’naviy-ruhiy ko’magiga muhtoj. Biz o’sib

kelayotgan yosh avlodning media savodxonligi va Internetdan foydalanish

madaniyatini yuksaltirishimiz lozim.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–3_ Мая –2025

263

2181-3187

Demak, xulosa qilib aytadigan bo’lsak biz farzand tarbiyasida uning yuksak

ma'naviyatli, axborot madaniyati iste'molida mustahkam ma'naviy immunitetga ega,

Vatan va milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida hamda puxta bilim egasi qilib tarbiyalab

borishimiz lozim. Darhaqiqat, axborot makonida tahdidlar bor ekan, Milliy axborot

makonimizga chegara qo’yib bo’lmaydi. Shunday ekan, yoshlarga sog`lom axborot

muhitini yaratib, ular ma’naviy olamining daxlsizligini asrash asosiy vazifalarimizdan

biridir. Zero, yoshlar ma’naviyatiga daxldor yumushlarda beparvolikka yo’l qo’yib

bo’lmaydi.

Foydalanilgan manbalar:

1. A.Abduqodirov “Axborot texnologiyalari” Toshkent 2003 yil

2. “Ziyonet” axborot ta`lim portal.

3 . Multimediya.uz sayti

Библиографические ссылки

A.Abduqodirov “Axborot texnologiyalari” Toshkent 2003 yil

“Ziyonet” axborot ta`lim portal.

. Multimediya.uz sayti