Авторы

  • Nomozali Uzaqov Hamdamovich
  • Toshmurotova Xadicha Bahrom qizi
  • Shoimova Nozima Tolib qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.125067

Ключевые слова:

Sun’iy intellekt mashinani o‘rganish ilm-fan texnalogiya rivojlanishi innovatsion tizimlar kosmik tadqiqotlar mashinasozlik tibbiyot ekologiya va sun’iy intellekt astronomiya va sun’iy intellekt sun’iy intellekt va ilmiy kashfiyotlar.

Аннотация

Ushbu maqola sun’iy intellekt texnologiyalari so‘nggi yillarda ilmfan va texnologiyaning deyarli barcha sohalariga katta ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. Sun’iy intellekt mashinasozlik, tibbiyot, ekologiya, astronomiya va boshqa ilmiy sohalarda yangi imkoniyatlar yaratishda qo‘llanilib kelmoqda. Bu texnologiyalar yordamida katta hajmdagi ma’lumotlar tahlil qilinib, insoniyat uchun yangi ilmiy 
kashfiyotlar amalga oshirilmoqda. Masalan, tibbiyotda sun’iy intellektning dasturlari orqali yangi dori vositalari ishlab chiqilishi, Bundan tashqari mashina va robotlarga sun’iy intellekt yordamida inson aqlini taqlid etish imkonini berib kelmoqda. 
Shuningdek, sun’iy intellektning yangi mashinani o‘rganish usullari ilmiy tadqiqotlarda yangi usullarni yaratish, yuqori samarali tadqiqotlar o‘tkazish, va ilm-fan sohalaridagi muammolarni hal qilishda katta yordam beradi. Bundan tashqari, 
astronomiyada sun’iy intellekt yordamida yangi planetalar va galaktikalar kashf etilishi, kosmik texnologiyalarni rivojlantirish va koinotning sirlarini o‘rganishda yangi imkoniyatlar eshigini ochadi


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–7_ Мая –2025

92

2181-3187

SUN’IY INTELLEKT VA UNING ILM-FANDAGI YANGI

IMKONIYATLARI

Nomozali Uzaqov Hamdamovich

Qarshi davlat texnika universiteti o‘qituvchisi.

nomozaliuzakov@gmail.com

,

Tel:+998

90 638 70 12

Toshmurotova Xadicha Bahrom qizi

Qarshi Davlat Texnika universiteti talabasi

Tel:+998944782401

E-mail:

xadichatoshmuratova@gmail.com

Shoimova Nozima Tolib qizi

Qarshi Davlat Texnika universiteti talabasi

Tel:+998996160603

Anotatsiya

. Ushbu maqola sun’iy intellekt texnologiyalari so‘nggi yillarda ilm-

fan va texnologiyaning deyarli barcha sohalariga katta ta’sir ko‘rsatib kelmoqda.

Sun’iy intellekt mashinasozlik, tibbiyot, ekologiya, astronomiya va boshqa ilmiy

sohalarda yangi imkoniyatlar yaratishda qo‘llanilib kelmoqda. Bu texnologiyalar

yordamida katta hajmdagi ma’lumotlar tahlil qilinib, insoniyat uchun yangi ilmiy

kashfiyotlar amalga oshirilmoqda. Masalan, tibbiyotda sun’iy intellektning dasturlari

orqali yangi dori vositalari ishlab chiqilishi, Bundan tashqari mashina va robotlarga

sun’iy intellekt yordamida inson aqlini taqlid etish imkonini berib kelmoqda.

Shuningdek, sun’iy intellektning yangi mashinani o‘rganish usullari ilmiy

tadqiqotlarda yangi usullarni yaratish, yuqori samarali tadqiqotlar o‘tkazish, va ilm-fan

sohalaridagi muammolarni hal qilishda katta yordam beradi. Bundan tashqari,

astronomiyada sun’iy intellekt yordamida yangi planetalar va galaktikalar kashf

etilishi, kosmik texnologiyalarni rivojlantirish va koinotning sirlarini o‘rganishda

yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.Maqola shuningdek kelajakda mavjud

texnologiyalarni yanada rivojlantirish va ilmiy sohalardagi kashfiyotlarni

tezlashtirishdagi o‘rni haqida ilmiy fikrlar va izlanishlarni o‘rganishga qaratilgan.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–7_ Мая –2025

93

2181-3187

Kalit so‘zlar:

Sun’iy intellekt, mashinani o‘rganish, ilm-fan texnalogiya

rivojlanishi, innovatsion tizimlar, kosmik tadqiqotlar, mashinasozlik, tibbiyot,

ekologiya va sun’iy intellekt, astronomiya va sun’iy intellekt, sun’iy intellekt va ilmiy

kashfiyotlar.

Annotation.

The article discusses the impact of artificial intelligence

technologies on almost all areas of science and technology in recent years. Artificial

intelligence is used to create new opportunities in mechanical engineering, medicine,

ecology, astronomy and other scientific fields. With the help of these technologies,

large amounts of data are analyzed and new scientific discoveries are made for

humanity. For example, in medicine, artificial intelligence programs are used to

develop new drugs. In addition, artificial intelligence allows machines and robots to

imitate human intelligence. Also, new methods of machine learning of artificial

intelligence will greatly help in creating new methods of scientific research, conducting

high-performance research and solving problems in scientific fields. In addition, the

discovery of new planets and galaxies using artificial intelligence in astronomy opens

the door to new opportunities in the development of space technologies and the study

of the secrets of the universe. The article also aims to explore scientific ideas and

research on their role in further developing existing technologies in the future and

accelerating discoveries in scientific fields.

Keywords

: Artificial intelligence, machine learning, development of science and

technology, innovative systems, space exploration, mechanical engineering, medicine,

ecology and artificial intelligence, astronomy and artificial intelligence, artificial

intelligence and scientific discoveries.

Kirish.

Sun’iy intellekt — kompyuterlar va dasturiy ta’minot yordamida inson

aqlini takrorlashga qaratilgan texnologiya bo‘lib, so‘nggi yillarda ilm-fan va

texnologiya sohalarida juda katta yangiliklarga olib kelmoqda. Bugungi kunda sun’iy

intellekt nafaqat kundalik hayotimizda, balki ilmiy tadqiqotlar va kashfiyotlar sohasida

ham muhim rol o‘ynamoqda. Mashinani o‘rganish va chuqur o‘qitish kabi sun’iy

intellekt usullari ilmiy sohalarda murakkab ma’lumotlarni tahlil qilish, va yangi


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–7_ Мая –2025

94

2181-3187

bilimlarni yaratish, va yangi ilmiy nazariyalar shakllantirishda kuchli vositalarga

aylanib kelmoqda. Mashinani o‘rganish algoritmlari va chuqur o‘qitish tarmoqlari

yordamida, kompyuterlar kattaroq ma’lumotlar to‘plamlarini tahlil qilib, inson

kognitiv jarayonlarini takrorlashga harakat qilib kelmoqda. Sun’iy intellektning ilm-

fanda qo‘llanilishi, murakkab ilmiy masalalarni hal qilishda samarali yordam beradi.

Sun’iy intellektning ilm-fandagi yangi imkoniyatlari juda keng, jumladan, tibbiyot,

ekologiya, astronomiya, kimyo, va boshqa sohalarda. Misol uchun, tibbiyotda sun’iy

intellekt yordamida yangi dori vositalari yaratish, yangi diagnostika usullarini ishlab

chiqish, va bemorlarni individual davolash rejalariga moslashtirish imkoniyatlari

mavjuddir. Ekologiya sohasida esa sun’iy intellekt ekologik tizimlarni monitoring

qilish, va iqlim o‘zgarishini prognoz qilish, va tabiiy resurslarni boshqarish kabi

masalalarda muhim rol o‘ynab kelmoqda.

Kosmik tadqiqotlar va astronomiyada ham sun’iy intellekt texnologiyalarining

qo‘llanilishi koinotdagi yangi obyektlarni yaratishda, masalan, yangi planetalar va

galaktikalarni kashf qilishda yordam berishi mumkin. Shuningdek, sun’iy intellektning

o‘zgaruvchan ma’lumotlar bazalarini tezda tahlil qilish va yangi ilmiy natijalarga

erishish imkoniyatlari ilmiy izlanishlarni yanada samarali va tezlashtiradi.

Shu bilan birga, sun’iy intellekt texnologiyalarining ilm-fanda qo‘llanilishi

murakkab masalalarni hal qilishda yangi imkoniyatlarni yaratish bilan birga, ayrim etik

va ijtimoiy muammolarni ham yuzaga keltirmoqda. Shuning uchun, bu

texnologiyalarni ilm-fan sohasida to‘g'ri va maqsadga muvofiq ishlatish juda

muhimdir.

Metodlar va metodologiya. Sun’iy intellektning ilm-fandagi imkoniyatlari juda

katta hajmdagi ma’lumotlarga asoslanadi. Katta ma’lumotlar texnologiyalari

yordamida, turli manbalardan (ilmiy tadqiqotlar, laboratoriya tajribalar, kosmik

kuzatuvlar, tibbiy ma’lumotlar va boshqalar) ma’lumotlar yig'iladi. Keyinchalik, bu

ma’lumotlar mashinani o‘rganish algoritmlari va statistik tahlil usullari yordamida

tahlil qilinadi. Ma’lumotlarni tahlil qilish orqali ilmiy jarayonlarning yaxshilanishi va

yangi ilmiy nazariyalar shakllanishi mumkin. Sun’iy intellektning ilm-fandagi ilovalari


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–7_ Мая –2025

95

2181-3187

ko‘pincha eksperimental tadqiqotlarni talab qiladi. Eksperimentlar va laboratoriya

sinovlari yordamida, yangi texnologiyalarni yoki metodlarni sinab ko‘rish mumkin.

Masalan, tibbiyotda sun’iy intellekt yordamida yangi diagnostika tizimlari yoki dori

vositalari yaratish uchun laboratoriya sinovlari o‘tkaziladi. Ba’zi tadqiqotlar sun’iy

intellekt qo‘llanilishi uchun hech o‘zgarishsiz metodlarni ham talab qiladi. Bunday

metodlar ko‘proq ilmiy tadqiqotlar olib borish va mavjud bilimlarni yangilashga

qaratilgan. Bu usullar asosan adabiyotlarni o‘rganish, mavjud tadqiqotlarni tahlil

qilish, va kuchli ilmiy tasdiqlashni o‘z ichiga oladi.

Natijalar:

Sun’iy intellekt yordamida tibbiyotda muhim yutuqlar erishilmoqda.

Masalan, dasturiy ta’minotlar orqali bemorlarning tibbiy ma’lumotlarini tahlil qilish va

aniqroq diagnostikalar qilish imkoniyati yaratadi. Mashinani o‘rganish yordamida

yangi dori vositalarini yaratish, genetik mutatsiyalarni aniqlash va individual davolash

rejalari ishlab chiqish mumkin. Tibbiyotda sun’iy intellektning qo‘llanilishi

jarayonlarni tezlashtirib, bemorlar uchun aniqroq va samarali davolash usullarini

yaratdi. Sun’iy intellekt va mashinani o‘rganish texnologiyalari kosmosdagi yangi

obyektlarni aniqlashda katta yordam berdi. Sun’iy intellektning rivojlanishi bilan,

yangi etik va ijtimoiy muammolar ham yuzaga keladi. Bu texnologiyalarning

rivojlanishi bilan bog'liq etik masalalar, masalan, maxfiylik, xavfsizlik, va ish o‘rinlari

masalalari muhokama qilinmoqda. Sun’iy intellektning ilm-fandagi qo‘llanilishida bu

masalalar e'tiborga olinishi va muvozanatli yondashuvlar qo‘llanilishi zarur.

Xulosa.

Sun’iy intellekt, mashinani o‘rganish va chuqur o‘qitish kabi texnologiyalar ilm-

fanda yangi ufqlarni ochmoqda. Bu texnologiyalar yordamida turli sohalarda (tibbiyot,

ekologiya, kosmos, biotexnologiya, va boshqalar) yangi ilmiy kashfiyotlar amalga

oshirilmoqda. Sun’iy intellekt nafaqat ilmiy izlanishlarni tezlashtirishda, balki ilm-

fanning yangi yo‘nalishlarini yaratishda ham muhim rol o‘ynamoqda. Bu

texnologiyalarni to‘g'ri va maqsadga muvofiq ishlatish, ilmiy sohada yangi yutuqlarni

amalga oshirishga olib keladi.

Foydalangan adabiyotlar


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–7_ Мая –2025

96

2181-3187

1.

Goodfellow, I., Bengio, Y., & Courville, A. (2016). Deep Learning. MIT Press.

2.

LeCun, Y., Bengio, Y., & Hinton, G. (2015). Deep learning. Nature, 521(7553),

436–444.

3.

Brynjolfsson, E., & McAfee, A. (2014). The Second Machine Age: Work,

Progress, and Prosperity in a Time of Brilliant Technologies. W. W. Norton &

Company.

4.

Silver, D., et al. (2016). Mastering the game of Go with deep neural networks

and tree search. Nature, 529(7587), 484-489.

5.

Kaplan, J. (2016). Artificial Intelligence: What Everyone Needs to Know.

Oxford University Press.

6.

Brockman, G., et al. (2019). OpenAI Five. Proceedings of the International

Conference on Machine Learning.

7.

Patterson, D., & Hennessy, J. (2020). Computer Organization and Design RISC-

V Edition: The Hardware Software Interface. Morgan Kaufmann.

Библиографические ссылки

Goodfellow, I., Bengio, Y., & Courville, A. (2016). Deep Learning. MIT Press.

LeCun, Y., Bengio, Y., & Hinton, G. (2015). Deep learning. Nature, 521(7553),

–444.

Brynjolfsson, E., & McAfee, A. (2014). The Second Machine Age: Work,

Progress, and Prosperity in a Time of Brilliant Technologies. W. W. Norton &

Company.

Silver, D., et al. (2016). Mastering the game of Go with deep neural networks

and tree search. Nature, 529(7587), 484-489.

Kaplan, J. (2016). Artificial Intelligence: What Everyone Needs to Know.

Oxford University Press.

Brockman, G., et al. (2019). OpenAI Five. Proceedings of the International

Conference on Machine Learning.

Patterson, D., & Hennessy, J. (2020). Computer Organization and Design RISC

V Edition: The Hardware Software Interface. Morgan Kaufmann.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

Nomozali Uzaqov Hamdamovich, Xabibullayeva Oynsio Xayrulla qizi, Ibragimova Mavluda Nodirbek qizi, SUN’IY INTELLEKT, XAVFSIZLIK VA SHAXSIY ERKINLIK. , Образование наука и инновационные идеи в мире: Том 69 № 7 (2025)

Nomozali Uzaqov Hamdamovich, Bo’riyeva Mahliyo Adham qizi, Usmonova Mahliyo Tuxtamurod qizi, "TIBBIYOTDA KASALLIKLARNI ERTA ANIQLASHDA SUN'IY INTELLEKTNING QO‘LLANILISHI: KO‘P O‘LCHOVLI TASVIRLAR ASOSIDA TAHLIL" , Образование наука и инновационные идеи в мире: Том 69 № 7 (2025)

Nomozali Uzaqov Hamdamovich, Naimova Sevinch O’tkir qizi, Kamolova Shoira Shavkat qizi, AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDA SUN’IY INTELLEKTNING ROLI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI , Образование наука и инновационные идеи в мире: Том 69 № 7 (2025)

Nomozali Uzaqov Hamdamovich, Yo'ldosheva Nozima Choriyor qizi, Olimjonova Madina Qobil qizi, SUN’IY INTELLEKT VA IT TEXNOLOGIYALARINING INTEGRATSIYASI: IMKONIYATLAR VA XAVF-XATARLAR , Образование наука и инновационные идеи в мире: Том 69 № 7 (2025)

Nomozali Uzaqov Hamdamovich, Eshboyeva Gulshoda Gulmurod qizi, Qilichova Mohichehra Abdusoat qizi, IT INFRATUZILMASIDA SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA SAMARADORLIKNI OSHIRISH USULLARI , Образование наука и инновационные идеи в мире: Том 69 № 7 (2025)

Nomozali Uzaqov Hamdamovich, G’ayratova Asila Zayniddin qizi, Sulaymonova Salomatxon Hamza qizi, "SUN'IY INTELLEKT YORDAMIDA GEOINFORMATSION TIZIMLARDA YO‘L TARMOQLARINI OPTIMALLASHTIRISH" , Образование наука и инновационные идеи в мире: Том 69 № 6 (2025)

Nomozali Uzaqov Hamdamovich, Jumayeva Gulsanam Xudoynazar qizi, Shuxratova Sabina Shuxrat qizi, DASTURLASH JARAYONLARINI AVTOMATLASHTIRISHDA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH , Образование наука и инновационные идеи в мире: Том 69 № 7 (2025)

Nomozali Uzaqov Hamdamovich, Bo’riyeva Mahliyo Adham qizi, Usmonova Mahliyo Tuxtamurod qizi, "TIBBIYOTDA KASALLIKLARNI ERTA ANIQLASHDA SUN'IY INTELLEKTNING QO‘LLANILISHI: KO‘P O‘LCHOVLI TASVIRLAR ASOSIDA TALIL" , Образование наука и инновационные идеи в мире: Том 69 № 6 (2025)