ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–6_ Мая –2025
106
2181-3187
FRANZ KAFKANING “EVRILISH” ASARIDA METAMORFOZA
MOTIVI VA UNING ANTIK DAVR TAFAKKURI BILAN QIYOSI
Sabrina Nasimova
Xalqaro innovatsion universitet talabasi
Ilmiy rahbar: Nurali Murodillayev, XIU o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu tezisda Franz Kafka ijodining eng muhim asarlaridan biri –
“Evrilish” (Metamorfoz) hikoyasida gavdalangan metamorfoza motivi antik davr
adabiyotidagi o‘zgarish (metamorfoza) tushunchasi bilan solishtiriladi. Kafka ijodidagi
ekzistensialistik ruh, insoniy aloqalarning buzilishi va begonalashuv g‘oyalari qadimgi
yunon-rim mifologiyasidagi metamorfozlar bilan semantik va estetik jihatdan qanday
farq qilishini tahlil qilish maqsad qilingan.
Kalit so‘zlar:
Metamorfoza, antik adabiyot, mifologiya, modernizm.
Abstract:
This thesis compares the motif of metamorphosis, embodied in one of
the most important works of Franz Kafka's work - the story "Metamorphosis" - with
the concept of change (metamorphosis) in the literature of antiquity. The aim is to
analyze how the existentialist spirit, the ideas of the breakdown of human relationships
and alienation in Kafka's work differ semantically and aesthetically from the
metamorphoses in ancient Greco-Roman mythology.
Keywords:
Metamorphosis, ancient literature, mythology, modernism.
Metamorfoza (lotincha
metamorphosis
) – shakl va mohiyatning o‘zgarishini
ifodalovchi tushuncha bo‘lib, bu adabiyotda inson yoki mavjudotning boshqa jismga
aylanishi tarzida ko‘rsatiladi. Antik davrda bu motiv asosan afsonaviy va diniy
mazmunda, kosmik uyg‘unlikni aks ettirish uchun ishlatilgan bo‘lsa, Franz Kafka bu
tushunchani zamona kishisining ichki iztiroblari va jamiyatdagi begonalashuvini
ko‘rsatish uchun yangicha uslubda qayta talqin qiladi.
Rim shoiri Ovidiyning
“Metamorfozalar” (Metamorphoses) dostoni antik dunyo evrilish konsepsiyasining
eng mukammal namunasidir. Bu asarda 250 dan ortiq mifologik hikoya jamlangan
bo‘lib, unda insonlar, xudolar, hayvonlar yoki o‘simliklar o‘z holatidan boshqa holatga
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–6_ Мая –2025
107
2181-3187
o‘tadi. Masalan:
Dafnaning daraxtga aylanishi (Apollonning ta'qibidan qochish
uchun); Nargizning o‘z obraziga oshiq bo‘lib, gulga aylanishi.
Bu o‘zgarishlar
jazolash, mukofotlash yoki taqdirni qabul qilish shaklida, ko‘pincha, kosmik adolatni
ifodalaydi.
Antik tafakkurda evrilish masalasi tabiat qonuni sifatida qabul qilinadi.
Heraklitning “har narsa o‘zgaradi” degan g‘oyasi bu tushunchaga zamin yaratgan.
Ovidiyda bu o‘zgarishlar go‘zallik, ilohiy iroda yoki muvozanatni tiklashga qaratilgan.
Kafka yozgan metamorfoza ichki o‘zgarishlarning tashqi ko‘rinishdagi ifodasidir.
Antik davrda metamorfoza ajoyiblik va ilohiylik ramzi bo‘lsa, Kafka qahramonining
o‘zgarishi fojiali va dramatikdir.
Kafka metamorfozasi tashqi sababga emas, balki ichki
bo‘shliq, jamiyatning “sovuq mexanizm”lariga nisbatan qarshiliksiz taslim bo‘lish
holatiga asoslanadi.
Gregorning hasharotga aylanishi bu insonning jamiyatda obro‘sizlanishi, ruhiy va
jismoniy begonalashuvi timsolidir. Bu holat ekzistensializm nazariyasining asosiy
tushunchalarini eslatadi: yolg‘izlik, ma’nosizlik, jamiyat bilan zidlik.
Franz Kafka yozgan “Evrilish” hikoyasidagi metamorfoza bilan antik davr
adabiyotidagi, xususan, Ovidiyning “Metamorfozalar” dostonida ko‘rsatilgan
o‘zgarish motivlari o‘rtasida tub farqlar mavjud. Bu farqlar har ikki davrning
dunyoqarashi, inson haqidagi tasavvuri va adabiyotga bo‘lgan yondashuvida namoyon
bo‘ladi.
Birinchidan
, Ovidiyda metamorfoza bu muayyan sababga ko‘ra sodir bo‘ladigan
hodisa bo‘lib, ko‘pincha xudolarning aralashuvi natijasi sifatida talqin qilinadi.
Masalan, Dafna daraxtga aylangani – Apollonning qiynog‘idan qutulish uchun bo‘lgan
iltijosi natijasida yuz beradi. Bu o‘zgarishlar gohida jazolash, ba’zida esa himoya
maqsadida amalga oshadi va yakunda kosmik yoki axloqiy uyg‘unlikni ta’minlaydi.
Kafka ijodida esa bu uyg‘unlik yo‘q. Gregor Zamzaning hasharotga aylanishi hech
qanday aniq sabab yoki ilohiy kuch bilan izohlanmaydi. Bu o‘zgarish – hayotdagi
mantiqsizlik va inson hayotining o‘zgaruvchanligiga bo‘lgan noaniq yondashuv
ifodasidir.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–6_ Мая –2025
108
2181-3187
Ikkinchidan
, antik metamorfozalarda o‘zgarishlar ko‘pincha estetik jihatdan
go‘zal, hayratomuz hodisa sifatida talqin qilinadi. Arachna o‘rgimchakka aylansa-da,
uning san’atga bo‘lgan e’tirofi saqlanib qoladi. Kafka esa metamorfozani nafaqat
g‘amgin, balki jirkanch, tazyiqli holat sifatida tasvirlaydi. Gregorning hasharotga
aylanishi o‘quvchida hayrat emas, balki iztirob va tashvish uyg‘otadi. Bu hol Kafka
estetikasi – absurd va ekzistensial dahshatga asoslangan estetik qarashining natijasidir.
Uchinchidan
, Ovidiyda metamorfoza motivi bilan insonning ruhiy o‘sishi yoki u
bilan yuzaga keladigan dars, saboq aks ettiriladi. Bu jarayonda ko‘pincha
o‘zgaruvchining holati ma’naviy ma’noga ega bo‘ladi. Kafka qahramoni esa
metamorfoza orqali rivojlanmaydi, aksincha asta-sekinlik bilan ijtimoiy aloqalardan
uziladi, oilasi uchun og‘irlikka aylanadi va nihoyat unutiladi. Bu o‘zgarish – inqiroz,
ijtimoiy va oilaviy yakkalanishning chuqurlashuvi, inson qadrining yo‘qolishi
ramzidir.
To‘rtinchidan
, Kafka yozgan metamorfozaning sababi antik mifologiyalardagi
kabi tushunarli emas. Bu o‘zgarish muallif tomonidan tushuntirilmaydi va aynan shu
noaniqlik Kafka uslubining markaziy jihatidir. Antik adabiyotda esa har qanday
o‘zgarish sababli va ma’noli bo‘lgan: xudo yoki taqdir buni belgilagan. Kafka esa inson
boshiga tushgan o‘zgarishlarni taqdir emas, jamiyatning sovuqligi, insoniy
munosabatlarning yemirilishi bilan bog‘laydi.
Beshinchidan
, Kafka “Evrilish” asarida insonni jamiyatdagi ishsiz, foydasiz
mavjudotga aylanganida qanday rad etilishini ko‘rsatadi. Gregorning o‘zgarishi – bu
jamiyatda inson mehnat qila olmaganda yoki foydali bo‘lishdan to‘xtaganda qanday
qadrsizlanishini ochib beradi. Ovidiyda esa metamorfoza aksincha, insonni boshqa
holatga o‘tkazish orqali uning biron bir xususiyatini abadiylashtirish maqsadiga xizmat
qiladi.
Xulosa.
Kafka “Evrilish” asarida metamorfoza motivini mutlaqo yangicha –
zamonaviy dunyo muammolari, insonning ichki halovati buzilishi, jamiyatdagi
yakkalanish va o‘zaro aloqalarning inqirozi orqali talqin qiladi. Ovidiyning
metamorfozasi esa uyg‘unlik, go‘zallik va ilohiy hikmatga yo‘g‘rilgan. Ushbu ikki
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–6_ Мая –2025
109
2181-3187
yondashuv o‘rtasidagi farq adabiyot tarixida inson haqidagi tasavvurlarning qanday
o‘zgarib borganini ko‘rsatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
Baxtin M. Романда замон ва хронотоп шакллари. – Тошкент:
Akademnashr, 2015. – 288 b.
2.
Eshonqul N. Saylanma: I tom. – Тошкент: Akademnashr, 2022. – 512 b.
3.
Jovliyev B. Badiiy asarda mifopoetik talqin va badiiy obraz (Yozuvchi Nazar
Eshonqul asarlari misolida) : Filol.fanlari.fals.dokt....diss. – Toshkent, 2023. – 127 b.
4.
Jo‘raqulov U. Назарий поэтика масалалари: Муаллиф. Жанр. Хронотоп. –
Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги НМИУ, 2015. – 356 b.
5.
Safarov O. O‘zbek xalq og ‘zaki ijodi. – Toshkent: Musiqa, 2010. – 368 b.
6.
www.ziyouz.com