Smart texnologiyasini texnologiya darslaridagi talqini

CC BY f
336-344
32
187
Поделиться
Юлдашев, О. (2022). Smart texnologiyasini texnologiya darslaridagi talqini. Новый Узбекистан: успешный международный опыт внедрения международных стандартов финансовой отчетности, 1(5), 336–344. https://doi.org/10.47689/STARS.university-5-pp336-344
Одилжон Юлдашев, Кокандский государственный педагогический институт

Преподаватель кафедры технологического образования

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

XXI asr - axborot texnologiyalari insonning hayotiy fazosining ajralmas qismidan iborat bo‘layotgan asrdir. Bugun qat’iylik bilan mobil telefon, komputer va Internet tabiat va jamiyatdagi odamlar hayotiy fazosining tabiiy elementlaridan iborat bo‘lgan yangi raqamli (tarmoqli) avlodining mavjudligini aytish mumkin. Endilikda zamonaviy ta’lim rivojlanishi uchun inson kapitalining ta’siri yetarli emas. Hozirgi kunda faqat ta’lim mehnat resurslarining hajmlarini qurish emas, balki ta’lim muhitining o‘zini, ta’limning mazmunining o‘zi, uning metodlari, uskunalari va muhitlarining sifatli o‘zgarishi lozimligini taqoza qilmoqda.
Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida odatdagi va o‘zining imkoniyatlari bilan ana’naviy va elektron ta’limni birlashtirishga yetarlicha imkoniyati chegaralangan ta’limni asta-sekin Smart-ta’lim (smart education) egallamoqda. Shuning uchun, jamiyatimizda Smart - ta’limga o‘tish vaqti kelmoqda.


background image

«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli

xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.

336

Annotatsiya:

XXI asr - axborot texnologiyalari insonning hayotiy fazosining ajral-

mas qismidan iborat bo‘layotgan asrdir. Bugun qat’iylik bilan mobil telefon, komputer
va Internet tabiat va jamiyatdagi odamlar hayotiy fazosining tabiiy elementlaridan ibo-
rat bo‘lgan yangi raqamli (tarmoqli) avlodining mavjudligini aytish mumkin. Endilikda
zamonaviy ta’lim rivojlanishi uchun inson kapitalining ta’siri yetarli emas. Hozirgi kunda
faqat ta’lim mehnat resurslarining hajmlarini qurish emas, balki ta’lim muhitining o‘zini,
ta’limning mazmunining o‘zi, uning metodlari, uskunalari va muhitlarining sifatli o‘zgari-
shi lozimligini taqoza qilmoqda.

Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida odatdagi va o‘zining imkoniyat-

lari bilan ana’naviy va elektron ta’limni birlashtirishga yetarlicha imkoniyati chegaralangan
ta’limni asta-sekin Smart-ta’lim (smart- education) egallamoqda. Shuning uchun, jamiyat-
imizda Smart - ta’limga o‘tish vaqti kelmoqda.

Kalit so‘zlar:

ta’lim texnologiyasi, klaster, pedagogika, aqlli jamiyat, axborot, madaniyat,

axborot tizimlari, sun’iy intellekt, zamonaviy ta’lim.

KIRISH

Zamonaviy insonning kundalik hamrohiga aylanib borayotgan axborot tex-

nologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida smart ta’lim asta-sekin an’anaviy elek-
tron ta’lim bilan o‘rin almashmoqda. Smart ta’lim kontseptsiyasi hozirda bir qa-
tor tushunchalar bilan bog‘liq bo‘lib, ularning ko‘pchiligida bir xil talqin qilinmaydi.
Smart ta’lim mavzusidagi nashrlar bir necha yil oldin paydo bo‘lgan va ular ta’lim
rivojlanishining asosiy tendentsiyalarini qayd etib, tizimidagi keyingi o‘zgarishlar
uchun futurologik prognozlarni yaratadi [1]. Smart ta’limning tashkiliy, texnologik
va pedagogik kabi uchta muhim jihati mavjud bo‘lib, ular “aqilli” ta’limning ajral-
mas qismi hisoblanadi.

Smart ta’lim ko‘p miqdordagi manbalar, multimedianing (audio, video, grafik)

maksimal xilma -xilligini, tinglovchilarning talab va ehtiyojlariga tez va oson mo-
slashish imkoniyatini nazarda tutadi [2]. Bu mutlaqo yangi ta’lim muhiti bo‘lib, unda
ta’lim faoliyati Internetda umumiy standartlar, texnologiyalar va ta’lim muassasala-
ri tarmog‘i o‘rtasida tuzilgan shartnomalar asosida olib boriladi va umumiy tarkib-
dan foydalaniladi. Bu turdagi ta’limning o‘ziga xos xususiyati - yashash joyidan va

SMART
TEXNOLOGIYASINI
TEXNOLOGIYA
DARSLARIDAGI TALQINI

https://doi.org/10.47689/STARS.univer-
s i t y - 5 - p p 3 3 4 - 3 4 2

YULDASHEV ODILJON TOSHPO‘LATOVICH

Qo‘qon DPI, Texnologik ta’lim kafedrasi

o‘qituvchisi

email: dj.odilbek59@gmail.com


background image

STARS International University

337

moliyaviy ahvolidan qat’i nazar, aholining barcha qatlamlari uchun qulaylik, ya’ni
“hamma joyda” ta’lim olish imkoniyatidir [3].

Z.K.Bekturova va N. N. Vagapovalarning fikriga ko‘ra smart ta’lim muhitini yarat-

ish uchun bir qator muhim omillar zarur hisoblanadi. Ular jumlasiga: yangi bilim
va texnologiyalardan foydalangan holda innovatsion usullar orqali o‘rganish; tex-
nologiyalarning yaqinlashuvi, ta’lim sharoitlarini optimallashtirish; individual o‘quv
maqsadlariga, mavjud bilim va ko‘nikmalarga, ijtimoiy muhitga avtomatik moslash-
ish kabilar kiradi [3].

O‘quvchilar uchun smart-muhit har bir o‘quvchi uchun individual ta’lim muhiti,

amaliy yo‘nalish, bilim, ko‘nikma va malakalarni rivojlantirishda mustaqillik - ijti-
moiy muhitga muvaffaqiyatli moslashishga imkon beruvchi barcha omillar; uzluksiz
ta’limning smart, fanlararo, talabalarga yo‘naltirilgan ta’lim tizimlari (maktab, oliy
o‘quv yurti, korporativ o‘qitish); moslashtirilgan o‘quv dasturlari, portfolio; ham-
korlikda o‘qitish texnologiyalari; ko‘p miqdordagi odatiy funktsiyalarni avtomat-
lashtirish; amaliyotchilarni o‘quv jarayoniga jalb qilish kabilar orqali ifodalanishi
mumkin.

SMART - (aqlli, aql-idrokli, texnologik) qisqartma so‘zini dastlab1954-yili Avstri-

yadan chiqqan amerikalik olim, iqtisodchi, publitsist, pedagog, XX asr menejment
nazariyachilaridan biri Piter Ferdinand Druker (19.11.1909- 11.112005 y.y.) kiritgan.
So‘ngra 1965-yili Paul J Meyer, 1981-yilda esa George T. Doran o‘z ilmiy ishlarida
qo‘llaganlar.

SMART - menejment va loyihaviy boshqaruvda maqsadni aniqlash va masalalar-

ni qo‘yish uchun foydalaniladigan mnemonik abbreviaturadir.

SMART quyidagi so‘zlarning bosh harflaridan tashkil topgan:

SMART

so‘zini tashkil etuvchi harflar va ul arning ma’nol arini ko‘rib chiqayl ik.

S -

specific — aniq.

Maqsad maksimal darajada aniq bo‘lishi va siz hamda atrof-

dagilar tomonidan bir xil tushunilishi lozim. SMART texnologiyasi bo‘yicha u: Bev-
osita nima qilinishi kerak? Qachon? Qanday miqdoriy ko‘rsatgichlarda? kabi savol-
larga javob berishni ko‘zda tutadi.

M -

measurable — o‘lchovli.

Siz va maqsadga erishishni topshirgan kishilar, ma-

qsad erishilganligi aniq bo‘ladigan mezonlarni tushunishlari kerak. SMART tex-
nologiyasi shaxsni, u erishiladigan natijalarda o‘zining foydasini ko‘radigan daraja-
da motivatsiya qiladi.

A —

achievable, ambitious, agresive, attractive

— erishiladigan, ehtirosli, tajo-

vuzkor, jozibador.


background image

«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli

xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.

338

Achievable

-

erishiladigan

.

Texnologiyaning bunday mezoni ko‘proq yollangan

(taklif etilgan, jalb etilgan mutaxassis) xodimlarga to‘g‘ri keladi. Mutaxassislarga
maqsadni uzatadi, lekin ularning harakatlari egallagan lavozimlari doirasida cheg-
aralangan.

Ambitious

ehtirosli.

SMART texnologiyaning ushbu talqin qilinishi tashkilot-

ning TOPmenejer (

ish egasi, yaratuvchisi va mafkuraviy rahbar yoki yollangan me-

nejeri - yollangan malakali boshqaruvchi

)lari uchundir. Ular avvalgidek egasining

ixtiyori bilan chegaralangan bo‘lsalar-da, lekin endi loyiha doirasida fikrlaydilar.
Shuning uchun, ularning maqsadlari katta murakablikka egadir, lekin har qalay bu
maqsad texnologiya doirasida erishiladigandir.

Aggressive

-

tajovuzkor.

SMART texnologiyasi bo‘yicha maqsadga erishilganli-

kni baholash mezoni tadbirkorlar uchundir. Maqsad, atrofdigilarning fikri bo‘yicha
sog‘lom ma’no doirasidan chiqib ketganda, egasi natijaga erishish uchun barcha
harakatlarni amalga oshiradi.

Attractive

-

jozibador.

Yakuniy natija nafaqat egasiga, balki maqsadlarga er-

ishish uchun topshirilgan barcha shaxs(mutaxassis va xodim)larga ham erishish
istiqbollarini qamrab olishi kerak.

SMART texnologiyasi rahbar yordamchilari tomonidan ham xodimlarni boshqa-

rish va ularga vazifalar qo‘yilishida ham ishlatiladi. Shu sababali ular maqsadga er-
ishishga shaxsan qiziqishlari uchun yakuniy natijani xodimlarning motivatsiyasiga
bog‘lash kerak .

R -

relevant, resours

-

muvofiq, resurs

.

Relevant - muvofiq,

ushbu vaziyatga mos. Demak tanlagan maqsad, ushbu vazi-

yatga mos bo‘lishi lozim. U Sizning vazifangiz qo‘shilib ketmasligi va boshqa ma-
qsadlar hamda ustivorliklarning muvozanatiga xalaqit qilmasligi lozim.

S

Specifik

Aniq

Qanday natijalarga erishish zarur? Kutilayotgan

natijalarning sifat ko‘rsatkichlari va

xarakterstikalari qanday?

M

Measurable

O‘lchovli

Miqdoriy ko‘rsatkichlari qanday?

Ularning tavsifi, o‘lchami qanday?

Maqsadga erishish menga nima beradi?

A

achievable, ambitious,

agresive, attractive

Erishiladigan

Qanday amallar qilinishi zarur?

Amallar ketma-ketligi qanday bo‘lishi lozim?

Maqsadga erishish shartlari qanday? Maqsadga

eriish uchun qanday resurslar zarur?

R

Relevant Realistic

Dolzarb Reallistik

Erishishga qo‘yilgan maqsad muhimmi?

Bajaruvchi maqsadga erisha oladimi?

T

Tinie- framed

Vaqt bo‘yicha

aniqlangan

Qo‘yilgan maqsadga qachon va qaysi vaqtga

erishilishi zarur?

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, SMART texnologiyasining ushbu toifasi (me-

zoni) ham shaxsni boshqarish bilan aloqador.


background image

STARS International University

339

Resource

-

resurs.

SMART texnologiyasi hozirda Sizda mavjud bo‘lgan resurslar

(shaxs, mablag‘, vaqt)ni haqqoniy baholashga imkoniyat beradi. Ta’limdagi xususiy
xatolardan biri - bir kishiga turli yo‘nalishdagi masalalarni topshirish, ya’ni turli mu-
taxassislar jamoasi o‘rniga barcha yo‘nalishlardagi ishlarni bir kishi olib borishidir.

T

-

time bound

-

vaqt bo‘yicha chegaralar.

SMART texnologiya ixtiyoriy vaqt

bo‘yicha maqsadni chegaralash sharti bilan qo‘yiladi. Siz maqsadni bajarilish vaqti-
ni aniq qo‘yishingiz yoki aniq bir davrga bog‘lashingiz mumkin. Shuni yodda tutish
lozimki: Muddatsiz maqsad bajarilmaydi !!!

Smart maqsadlarni qo‘yishda inson ularni qimmatliligini, ahamiyatliligini va zaru-

rligini sezishi lozim. Smart maqsadlarni to‘g‘ri qo‘yish texnologiyasi qo‘yilgan ma-
qsadlarni dolzarbligini, unga erishish usullarini, erishilgan natijalarni o‘lchash mum-
kinligini va aniqlilikni hisobga olishni talab etadi. Ahamiyatli maqsadni qo‘yishda

Qo‘yilgan maqsadni yechish maqsadga erishishda qanday foyda keltiradi ?

degan

savol yordam beradi. Smart - texnologiyada maqsad mezonlariga qo‘yiladigan
savollar quyidagi jadvalda keltirilgan.

Maqsadalarni qo‘yishning smart - texnologiyasi

ni quyidagicha ifodalash mum-

kin:

S

-

specific — aniq:

har bir maqsad uchun, uning aniq ifodasi shunday tavsiflan-

ishi kerakki, u hammaga aniq va tushunarli tarqalsin, ya’ni ovoza bo‘lsin, aks holda
qo‘yilgan maqsad yetarlicha xohish darajasiga chiqmaydi.

M

-

measurable — o‘lchovli:

Maqsad shunday ifodalanishi lozimki, unga erishish

darajasini o‘lchash mumkin bo‘lsin. Aks holda maqsadni nazardan chiqarishimiz
mumkin.

A

-

Achievable

-

erishiladigan

: doim belgilangan maqsadga erishish imkoniyati

bo‘lishi lozim.

Asosiy tamoyil: -e’tiroz bilan, lekin erishiluvchan kabi bo‘lsin.

R

-

relevant, resours

-

muvofiq, resurs (natijaga yo‘naltirilgan):

maqsad ifodasi

ijobiy o‘zgarishlarga erishish uchun boshlang‘ich nuqtaga ega bo‘lishi lozim. Ma-
qsad ifodasiga, uni bajarishga yetarlicha xohish (istak) bo‘lmagan xodimlarni kirit-
ish maqsadga muvofiq emas.

T

-

time bound

-

vaqt bo‘yicha chegaralar:

har bir maqsad shunday aniq vaqtin-

chalik chegaralarga ega bo‘lishi kerakki, belgilangan muddatlarni o‘lchash mumkin
bo‘lsin.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Smart maqsad qo‘yishga doir misollar keltiramiz.

1- misol

.

Ta’lim muassasasining Smart-maqsadi.

s

Specifik

Aniq

4 yil mobaynida sifatli, raqaobatbardosh va kasbiy

kompetentlikka ega bo‘lgan informatika o‘qituvchsini

tayyorlash lozim.

m

Measurable

O‘lchovli

O‘qish muddati, egallayotgan bilim, ko‘nikma va

kompetensiyalarini doimiy ravishda o‘lchab borish

mumkin.


background image

«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli

xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.

340

A

Achlevable

Erishiladigan

Salohiyatli chet el va respublika professor

o‘qituvchilarni jalb etish, o‘quv jarayonini zarur jihoz

va texnik vositalar bilan ta’minlash zarur.

R

Relevant

Realistic

Dolzarb

Reallistik

Respublika ta’lim sohasida olib borilayotgan

islohatlarga javob bera oladigan informatika

o‘qituvchilari zarur.

Bajaruvchilar maqsadga erisha oladilar.

T

Time- framed

Vaqt bo‘yicha

aniqlangan

Talabalar 4 yil mobaynida o‘qitiladi, vaqti-vaqti bilan

o‘quv jarayoni kuzatiladi.

2 - misol

. Texnologiya fani o‘qituvchisi tayyorlash xususida SMART texnologi-

yasini ko‘radigan bo‘lsak

, kimdir kelajakda texnologiya fani o‘qituvchisi bo‘lib ish-

lashi uchun shu haqidagi bilimlarni o‘rganishga xohish bildiradi. Uning uchun ma-
qsadni quyidagicha qo‘yish mumkin:

S

- Odam o‘zining maqsadini - texnologiya fani o‘qituvchisi uchun kerak bo‘ladi-

gan barcha bilimlarni o‘rganishni aniq ifodalaydi. U bir o‘zi ishlashi, bu jarayon qa-
nday qiyinchiliklar bilan bog‘liqligini va nimadan ishni boshlash kerakligini, bu mal-
aka yaxshi ishga joylashishga imkoniyat berishini ham biladi.

M

- Texnologiya fani haqidagi bilimlarni qanday o‘lchash kerak? Bunday holda

OTMda har bir fan uchun kreditlar ajratilganligi, oxirida yig‘ilib ma’lum kriteriyalar
asosida o‘lchov diplomi olishi mumkin.

A

- Bunday maqsadga erishish mumkinmi? Ha. Odamda ko‘plab bo‘sh vaqtida

internetga kirish, kurslarda o‘qish va mos mablag‘ topish imkoniyatlari mavjud.

R

- Ushbu masalani hal etishdan foyda bormi? Ha. Oliy ma’lumot mavjudligidan

foyda chiqarish mumkin.

T

- Mashg‘ulotlarni qo‘yib yubormasligi uchun odam aniq vaqt chegaralarini

qo‘yishi mumkin, masalan 3 yil. Texnologiya fani haqidagi zarur bilim va malakalar-
ga ega bo‘lish uchun shu vaqt yetarli.

Shunday qilib, “SMART” — bu atrof-muhit bilan o‘zaro ta’sirda namoyon bo‘ladi-

gan tizim yoki jarayonning xossasidir va tizim va yoki jarayonga:

•tashqi muhitdagi o‘zgarishga tez javob berish;
•o‘zgarish qilinayotgan shartlarga moslashish;
•mustaqil rivojlanish va o‘zini­o‘zi nazorat qilish;
•natijaga samarali erishishga imkoniyat beradi.
“SMART”ning

tayanch xossasi

atrof-muhit bilan o‘zaro ta’sir etish va unga

moslashish qobiliyatidir. Uning ushbu xususiyati mustaqil qiymatga ega va sha-
har, universitet, ta’lim, texnologiya, jamiyat va ko‘pgina boshqa kategoriyalarga
qo‘llanilishi mumkin.

Nima uchun ushbu maxsus xususiyatlar «smart» so‘zi bilan belgilanadi? So‘zma

- so‘z tarjimasi -Smart - «Aqlli» degan ma’noni anglatishini yuqorida ko‘rdik. Lekin
ingliz tilida, kamida ikkita boshqa aqlni egallashni belgilaydigan - clever va -in-
telligent umumiy foydalanadigan so‘z mavjud. Aqlni ifodalaydigan barcha uchta
so‘zdan, eng chuqur ma’no beradigani -intelligentdir. Xuddi shu so‘z chuqur xu-
losa qilish, shuningdek, ratsional fikrlash va xulqga qandaydir boshlang‘ich qabili-


background image

STARS International University

341

yat (inborn

tug‘ma,

inherent-

tabiiy

) imkoniyatini beradi. Bu yerda smart nafaqat

intellektual harakatlarni amalga oshirish qobiliyatini, balki tashqi go‘zallikni ham
belgilaydi. Ana shuning uchun ham turli gadjetlarga nisbatan smart tushunchasi
yaxshi ishlaydi: u estetika, ergonomika va intellektual funksiyalar orasidagi alo-
qa haqidagi tasavvurni ifodalaydi. Shu paytni o‘zida, -Aqlli kabi qabul qilinadigan
smart-texnologiyalardan, oqilona hulqning imitatsiyasi kutiladi. Mos holda smart
texnologiyadan biz foydalanish qulayligi bilan birga ba’zi intellektual funksiyalarga
qobiliyatni kutamiz. Shuning uchun, sun’iy intellekt va smart-texnologiyani ten-
glashtirish mumkin emas.

Smart - texnologiya tushunchasi yaqindagina ommalashdi. Undagi -smart so‘zi

40 yil muqaddam ma’lum bo‘lgan. Dastlab atama azrokosmik tadqiqotlarda paydo
bo‘lib, boshqa fan sohasidan olingan.

Smart-texnologiyalar -

o‘zaro ta’sir va tajriba almashish negizida protseduralar-

ga uzatiladigan, avvallari axborot va bilimlarga asoslangan texnologiyalardir.

Dastlab -smart-tuzulish- konsepsiyasi, uni yaratish uchta: yangi materialga o‘tish,

materiallarning yangi xususiyatlaridan foydalanish va elektronika va axborot tex-
nologiyalari sohasida muvaffaqiyatlar kabi tendensiyalar bilan mustahkamlanadi-
gan aerokosmik texnologiya kontekstida eslatilgan.

Smart-texnologiyalar intellektual sistemalarni «vizuallashtirish-dan» iborat.

Demak, ularning -Aqlligi uchun intelletual sistemalar asosida yotgan chegaralarni
qo‘yish mumkin. Bunday chegaralar qatoriga, hatto sistema - o‘rgatuvchi (agar,
bu neyrokompyuterli sistema bo‘lmasa) bo‘lgan holda ham, uni o‘qitish yo‘lini
chegaralaydigan ishning algoritmiklik tabiati kirishi mumkin. Intellektual siste-
malar axborotni izlash va tizimlashtirish bo‘yicha juda ko‘p amallarni avtomat-
lashtiradi, lekin albatta, inson intellekti talab qilinadigan intellektual vazifalarni
bajarmaydi.

«Smart-ta’lim» tushunchasi.

Smart o‘rab turgan atrof-muhitdagi o‘zgarishlar-

ga ob’yekt yoki jarayonni bir onda moslashtirishga imkoniyat beradigan xususiyat
sifatida, zamonaviy ijtimoiy rivojlanishda, ayniqsa, ta’limda eng talabli bo‘lmoqda.
Smart-ta’limning yangi konsepsiyasining shakllanishi, ta’lim tizmida yangi iqtisodiy
va ijtimoiy samaralarga erishish va yangi samaradorlik olishga imkoniyat beradigan
axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining yutuqlariga asoslanadi. Smart-
ta’lim paradigmasini asta-sekinlik bilan shakllanishini doimiy ravishda smart-ta’lim
va smart-o‘qitish mazusidagi anjumanlarni o‘tishi tasdiqlamoqda.

«Smart-ta’lim» tushunchasini ko‘rib chiqishdan oldin ta’limning ta’rifiga to‘xta-

lamiz. «

Ta’lim

- ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan va inson, oila, jamiyat va dav-

lat manfaatlarida amalga oshiriladigan yagona maqsadga yo‘naltirilgan tarbiya
va ta’lim jarayonidir, shuningdek insonning intellektual, ma’naviy, axloqiy, ijodiy,
jismoniy va (yoki) kasbiy rivojlanishi uchun, uning ta’lim ehtiyojlari va qiziqishlar-
iga javob beradigan ma’lum bir miqdor va murakkablikning erishiladigan bilim-
lari, ko‘nikmalari, qobiliyatlari, qadriyatlari, faoliyat tajribalari va kompetensiyalari
yig‘indisidir».

Shuni qayd etish lozimki, ta’lim - bu inson, oila, jamiyat va davlat manfaatlari

yo‘lida amalga oshiriladigan jarayondir. So‘nggi yillarda o‘tkazilgan tadqiqotlar
shuni ko‘rsatmoqdagi, AKTning turli sohalarga keng tarqalishi, shu munosabat bi-
lan hamma joyga -bosimi ostida inson, oila va jamiyatning o‘ziga xosligi o‘zgar-
moqda. Shunday qilib,-Aqlli mulk,iqtisodiyot, ishlab chiqarish texnologiyalari va


background image

«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli

xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.

342

ilm - fandagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda, individual va jamiyatning talab va
ehtiyojlariga mos keladigan ta’limni rivojlantirish uchun zarurdir.

Smart - ta’lim (education) -

mohiyat jihatdan yangi ta’lim muhitidir; butun jahon

bilimlarni foydalanish va

passiv kontentdan faol kontentga o‘tish

uchun o‘qituv-

chi, mutaxassis va talabalarning kuchlarini, ya’ni ta’lim faoliyatini birlashtirishdir.

Smart-ta’lim - umumiy standart, texnologiyalar va o‘quv yurtining tarmog‘i va

professoro‘qituvchilar tarkibi orasidagi kelishuvlar negizida internetda ta’lim faoli-
yatini tashkil etishdan iboratdir.

Smart - o‘quv jarayoni

- innovatsiyalar va internetdan foydalanish asosida tash-

kil etilgan ta’lim jarayonidir; u tizimli ko‘p o‘lchovli ko‘rish va ko‘p aspektliligi va
yangilanishining uzluksizligini e’tiborga olgan holda predmetlarni o‘rganish asosi-
da

kasbiy kompetensiyalar

egallashga imkoniyat beradi.

MUHOKAMA

-Aqlli ta’limning

asosiy tamoyillari

sifatida quyidagilarni olish mumkin.

1.

Ta’lim muammolarini hal qilish uchun ta’lim dasturida tegishli ma’lumotlar-

dan foydalanish

.

Ta’limda axborot oqimining tezligi va hajmlari hamda har qa-

nday kasbiy faoliyatda jadal sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. Talabalarni amaliy
mashg‘ulotlarni o‘tishga, haqiqiy vaqt sharoitida ishlashga tayyorlash uchun na-
munalar va modellardan foydalanmasdan mavjud o‘quv materiallarini haqiqiy va-
qtda uzatilayotgan materiallar bilan to‘ldirish lozim.

2.

Talabalarning o‘zini - o‘zi anglash, ilmiy tadqiqot, loyihalash ishlarini tashkil

etishda foydalanish

.

Ushbu tamoyil kasbiy masalalarni yechish uchun ijodiy izla-

nishga, mustaqil axborot va tadqiqot faoliyatiga tayyor bo‘lgan mutaxassislarni
tayyorlash asosidir.

3.

Taqsimlangan o‘quv muhitida o‘quv jarayonini amalga oshirish

.

O‘quv muhi-

tini universitet hududi yoki masofali o‘qitish tizimi chegaralari bilan cheklanmaydi.
O‘quv jarayoni uzluksiz bo‘lishi kerak, jumladan, kasbiy faoliyat vositalaridan foy-
dalanib, kasbiy muhitda o‘qitishni o‘ziga olishi kerak.

4.

Talabalarning kasbiy jamoa bilan o‘zaro aloqasi

.

Kasbiy muhit nafaqat mutax-

assislarni tayyorlash uchun mijozlar, balki o‘quv jarayonining faol ishtirokchisiga
aylanmoqda. AKT talabalarga kasbiy jamoalar ishida ishtirok etish bo‘yicha yangi
imkoniyatlar yaratib beradi va mutaxassislar tomonidan muammolarni hal etishni
kuzatishga imkoniyatlar beradi

5.

Ta’lim egiluvchan traektoriyalari, ta’limni yakkalashtirish

.

Ta’lim tizimiga

ishlayotgan fuqarolarni jalb etish, kasbiy faoliyat turlarini tez-tez almashish, tex-
nologiyalarni jadal rivojlanishi hisobiga ta’lim sohasi sezilarli darajada kengaymoq-
da. Universitetlarga kelayotgan talabalar, odatda o‘zlarining ta’limdagi ehtiyojlarini
yaxshi anglaydilar va ifodalaydilar.

6.

Oliy ta’lim muassasasining vazifasi

-

talabaning ehtiyojlari va imkoniyatlariga

mos holda ta’lim xizmatlarini ta’minlashdan iboratdir.

Ta’lim faoliyatining xilma-xilligi talabalarni ta’lim dasturlari va kurslariga o‘qitish,

o‘quv jarayonida asbob-uskunalardan foydalanish, ularning salomatliklariga, mod-
diy va ijtimoiy sharoitlarga mos ravishda imkoniyatlarni taqdim etishni talab qiladi.


background image

STARS International University

343

XULOSA

-Aqilli ta’lim - bu yangi ta’lim tizimining asosini tashkil etadigan shunday ta’lim

paradigmasi bo‘lib, u aqlli axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali ta’lim ja-
rayonini mos ravishda amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Aqliy ta’lim paradigmasini
amalga oshirilishi o‘zgaruvchan ijtimoiy, iqtisodiy va texnologik muhit bilan egi-
luvchan va moslanuvchan ta’sir o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va
kompetentlikni olish uchun o‘qitish va ta’lim jarayonini shaklantirishga qaratilgan-
ligini belgilash maqsadga muvofiqdir. Ushbu komponentalarga aqlli

ta’lim o‘lcho-

vlari

deb nom berilgan. Aqlli ta’lim o‘lchovlari qatoriga: texnologik, tashkiliy, ped-

agogik kabi uchta o‘lchovni kiritish mumkin. -Aqlli dunyoga borish yo‘li quyidagi
rasmda keltirilgan.

Shakllanayotgan Smart - ta’lim tizimi o‘zining universalligi bilan:
-kunduzgi tizimda - talabalarning mustaqil ishlarini sifatli va samarali tashkil

etishda;

-masofali o‘qitishda - ishlayotgan talabalarga bilim berishda;
-mutaxasisslarning malakalarini oshirishda;
-aholining umumiy norasmiy ta’lim tizimida muvaffaqiyatli foydalanilishi mum-

kin.

REFERENCES:

1.Тохиров, У. О., & Турсунов, Ж. Э. (2012). Вопросы формирования

методологических, когнитивных и креативных качеств учащихся.
In

Педагогика: традиции и инновации

(pp. 112-113).

2.Raxmonov, X. T. (2018). SUBSTANTIATING THE PARAMETERS OF CLODS-DE-

STRUCTING BODY OF THE INTEGRATED ASSEMBLY.

Scientific-technical jour-

nal

,

1

(2), 127-130.

3.Sotvoldiyev, E., Khamdamova, V., Ibragimova, M., & Usmanova, M. (2020).

PREPARING STUDENTS FOR BUSINESS ACTIVITY IN SCHOOL TECHNOLOGY
CLASSES.

European Journal of Research and Reflection in Educational Scienc-

es

,

8

(2), 1-4.

4.Ибрагимова, М., Усмонова, М., & Юсуфходжаева, Ф. (2022). This article dis-

cusses the idea that preparing students for work at the current stage of educa-
tion is one of the most important issues in the education and upbringing of the
younger generation. Texnologik ta’limni innovatsion tashkil etish.

Общество и

инновации

,

3

(5/S), 153-157.

5.MUBINAKHON, I., & ANASKHON, I. M. The Importance of Using the Ict to In-

crease the Efficiency of Education.

JournalNX

,

7

(1), 106-108.

6.Юсуфходжаева, Ф. М. (2018). Тарбия усулларини тўғри танлашнинг

таълим жараёнидаги аҳамияти.

Современное образование (Узбекистан)

, (1),

52-59.

7.Sobirovna, U. M., & Irodaxon, T. (2022). TEXNOLOGIYA FANI MASHG‘ULOT-

LARINI SAMARALI TASHKIL ETISH METODLARI.

PEDAGOGS jurnali

,

21

(1), 41-44.

8.Tojiyevich, R. X., Juraevich, X. A., & Toshpo‘latovich, Y. O. (2022). Theoretical

Justification Of The Dimensions Of The Working Part Of The Combined Aggre-
gate Cutting Grinder.

Journal of Positive School Psychology

,

6

(9), 3663-3667.


background image

«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli

xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.

344

9.Toshpulatovich, Y. O. (2021). SCIENTIFIC AND TECHNOLOGICAL BASIS OF

POTATO DEVELOPMENT.

Galaxy International Interdisciplinary Research Jour-

nal

,

9

(12), 296-300.

10.Юлдашев, О. Т. (2018). Умумий ўрта таълим, олий таълим тизимида

меҳнат таълими дарсларини ташкил этишда интеграция жараёнининг
ўрни.

Современное образование (Узбекистан)

, (1), 35-43.

11.Zaparov, A., Rakhmonov, K., & Isakova, Z. (2021). Modular Teaching Technol-

ogy In Technical Sciences Application Methodology. Oriental renaissance: Innova-
tive, educational, natural and social sciences, 1(3), 349-355.

12.Бутаев, А., & Абдурахманов, Ш. (2011). Развитие критического мышления

через пространственное представление и техническое рисование.

Молодой

ученый

, (11-2), 151-154.

13.Farruxovna, B. G., & Ashirovich, B. A. Pedagogical and Psychological Fac-

tors in the Membership of Individual Interest in the System of Continuous Educa-
tion.

JournalNX

,

7

(04), 388-391.

14.Jurayevich, H. A. (2020). Some issues of directing students for independent

scientific research.

ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RE-

SEARCH JOURNAL

,

10

(12), 1314-1317.

15.Usmonovich, O. B., & Qizi, O. D. B. (2021). FORMATION OF INFORMATION

LITERACY IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS.

World Bulletin of Social Sciences

,

2

,

122-123.

16.Eminjanovna, S. G. (2021). The role of national music in education of youth.

AC-

ADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL

,

11

(2),

1285-1288.

17.Ikramova, M. (2022). SPECIFIC CHARACTERISTICS OF USING MODERN ED-

UCATIONAL TECHNOLOGIES AND METHODS IN TRAINING FUTURE TEACHERS
OF TECHNOLOGY.

Emergent: Journal of Educational Discoveries and Lifelong

Learning

,

3

(9), 1-4.

18.Usmonovich, O. B. (2021). ORGANIZATION OF TECHNOLOGY LESSONS IN

SECONDARY SCHOOLS. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal,
9(6), 359-361.

Библиографические ссылки

Тохиров, У. О., & Турсунов, Ж. Э. (2012). Вопросы формирования методологических, когнитивных и креативных качеств учащихся. In Педагогика: традиции и инновации (pp. 112-113).

Raxmonov, X. T. (2018). SUBSTANTIATING THE PARAMETERS OF CLODS-DESTRUCTING BODY OF THE INTEGRATED ASSEMBLY. Scientific-technical journal, 1(2), 127-130.

Sotvoldiyev, E., Khamdamova, V., Ibragimova, M., & Usmanova, M. (2020). PREPARING STUDENTS FOR BUSINESS ACTIVITY IN SCHOOL TECHNOLOGY CLASSES. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8(2), 1-4.

Ибрагимова, М., Усмонова, М., & Юсуфходжаева, Ф. (2022). This article discusses the idea that preparing students for work at the current stage of education is one of the most important issues in the education and upbringing of the younger generation. Texnologik ta’limni innovatsion tashkil etish. Общество и инновации, 3(5/S), 153-157. DOI: https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss5/S-pp153-157

MUBINAKHON, I., & ANASKHON, I. M. The Importance of Using the Ict to Increase the Efficiency of Education. JournalNX, 7(1), 106108.

Юсуфходжаева, Ф. М. (2018). Тарбия усулларини тўғри танлашнинг таълим жараёнидаги аҳамияти. Современное образование (Узбекистан), (1), 52-59.

Sobirovna, U. M., & Irodaxon, T. (2022). TEXNOLOGIYA FANI MASHG‘ULOTLARINI SAMARALI TASHKIL ETISH METODLARI. PEDAGOGS jurnali, 21(1), 41-44.

Tojiyevich, R. X., Juraevich, X. A., & Toshpo‘latovich, Y. O. (2022). Theoretical Justification Of The Dimensions Of The Working Part Of The Combined Aggregate Cutting Grinder. Journal of Positive School Psychology, 6(9), 3663-3667.

Toshpulatovich, Y. O. (2021). SCIENTIFIC AND TECHNOLOGICAL BASIS OF POTATO DEVELOPMENT. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(12), 296-300.

Юлдашев, О. Т. (2018). Умумий ўрта таълим, олий таълим тизимида меҳнат таълими дарсларини ташкил этишда интеграция жараёнининг ўрни. Современное образование (Узбекистан), (1), 35-43.

Zaparov, A., Rakhmonov, K., & Isakova, Z. (2021). Modular Teaching Technology In Technical Sciences Application Methodology. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(3), 349-355.

Бутаев, А., & Абдурахманов, Ш. (2011). Развитие критического мышления через пространственное представление и техническое рисование. Молодой ученый, (11-2), 151-154.

Farruxovna, B. G., & Ashirovich, B. A. Pedagogical and Psychological Factors in the Membership of Individual Interest in the System of Continuous Education. JournalNX, 7(04), 388-391.

Jurayevich, H. A. (2020). Some issues of directing students for independent scientific research. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 10(12), 1314-1317. DOI: https://doi.org/10.5958/2249-7137.2020.01837.6

Usmonovich, O. B., & Qizi, O. D. B. (2021). FORMATION OF INFORMATION LITERACY IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS. World Bulletin of Social Sciences, 2, 122-123.

Eminjanovna, S. G. (2021). The role of national music in education of youth. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(2), 1285-1288. DOI: https://doi.org/10.5958/2249-7137.2021.00530.9

Ikramova, M. (2022). SPECIFIC CHARACTERISTICS OF USING MODERN EDUCATIONAL TECHNOLOGIES AND METHODS IN TRAINING FUTURE TEACHERS OF TECHNOLOGY. Emergent: Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning, 3(9), 1-4.

Usmonovich, O. B. (2021). ORGANIZATION OF TECHNOLOGY LESSONS IN SECONDARY SCHOOLS. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(6), 359-361.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов