Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
The classification of the lexicon of the work "Hayrat ul-
Abror" according to the relationship between form and
meaning
Shakhzoda SOBIROVA
1
Shakhrisabz State Pedagogical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2025
Received in revised form
10
May 2025
Accepted 2 April 2025
Available online
25 June 2025
This article presents a systematic analysis of the vocabulary
in Alisher Navoi’s work Hayrat ul
-Abror based on the
relationship between form and meaning. The lexical units used
in the work are classified into semantic groups, and their
morphological formation and spiritual-aesthetic significance are
examined. Particular attention is given to semantic phenomena,
including synonymy, antonymy, homonymy, metaphor, and
metonymy. The article contributes to a deeper understanding of
Navoi’s artistic language capab
ilities by studying the lexical
richness of the work. The research findings enable the
classification of the vocabulary in this work based on modern
linguistic approaches.
2181-3701
/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss6
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
lexicology,
homonymy,
synonymy,
metaphor,
metonymy,
synonymic paradigm,
homonymic series,
Old Uzbek vocabulary.
“Hayrat ul
-
Abror” asari leksikasining
shakl va ma’no
munosabatiga ko‘ra tasnifi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
leksikologiya,
omonimiya,
sinonimiya,
metafora,
metonimiya,
sinonimik paradigma,
omonimik qator,
eski o‘zbek tili leksikasi.
Mazkur maqolada Alisher Navoiyning “Hayrat ul
-
Abror”
asari leksikasi shakl va ma’no munosabatlari asosida tizimli
tahlil qilinadi. Asarda ishlatilgan leksik birliklar semantik
guruhlarga ajratilib, ularning morfologik shakllanishi va
mazmun jihatidan ifoda
etgan ma’naviy
-estetik yuki tahlil
qilinadi. Xususan, sinonimiya, antonimiya, omonimiya, metafora
va metonimiya kabi semantik hodisalarning roli ochib beriladi.
Maqola “Hayrat ul
-
Abror”dagi lug‘aviy boylikni o‘rganish orqali
Navoiy tilining badiiy imkoniyatlarini chuqurroq anglashga
xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari ushbu asarning leksik
qatlamini zamonaviy lingvistik yondashuvlar asosida tasniflash
imkonini beradi.
1
PhD student, Shakhrisabz State Pedagogical Institute.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
6 (2025) / ISSN 2181-3701
139
Классификация лексики произведения «Хайрат уль
-
Аброр»
в зависимости от отношения формы и
значения
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
лексикология,
омонимия,
синонимия,
метафора,
метонимия,
синонимическая
парадигма,
омонимический ряд,
лексика староузбекского
языка.
В данной статье проводится системный анализ лексики
произведения Алишера Навои «Хайрат ул
-
аброр» на основе
соотношения формы и значения. Лексические единицы,
используемые в произведении, классифицируются по
семантическим
группам,
рассматриваются
их
морфологические формы и духовно
-
эстетическая нагрузка.
Особое внимание уделяется таким семантическим
явлениям, как синонимия, антонимия, омонимия, метафора
и метонимия. Статья способствует глубокому пониманию
художественных возможностей языка Навои через
изучение
лексического
богатства
произведения.
Результаты исследования позволяют классифицировать
лексику данного произведения на основе современных
лингвистических подходов.
“Hayrat ul
-
abror”da omonimlar, sinonimik paradigma, antonimlardan maqsadga
muvofiq foyda
lanilgan. Omonimlar. “Hayrat ul
-
abror”dagi omonimlarni turkum jihatdan
quyidagicha ajratish mumkin. Bir turkumga mansub so‘zlar o‘rtasidagi omonimlik:
a)
omonimlik ot turkumiga mansub so‘zlar orasida kuzatiladi: ot I; ot II:
burj I “qadimgi astronomiyada
quyoshning yillik harakat doirasidagi o‘n ikki nuqtaning
har biri”
:
... oftob qavs burjida edi (321); burj II “qal’a devorining tirgaklari, qal’aning
cho‘qqisi”. Namoz xufton burj uchti (93); tosh 1 “to‘p, zarbzan o‘qi, quroli” ...tosh tayyor
bodubtur, ne
farmon bodur? Farmon bo‘ldikim, bu toshni otsun, yana men borg‘uncha
yana bir toshni tayyor qilsun (442); tosh II “jism”: Imorat kursisini tamom toshdin farsh
qilibturlar (106); tosh III “ichimlik, chog‘ir navi”: Ikki nav’ chog‘ir bo‘lur: arra toshi va
su
han toshi derlar (191). Bu o‘rinda tosh arra toshi va suhan toshi qo‘shma so‘zlarining
tarkibiy qismidir; ko‘hpoya I “ulug‘”: ...ikki ko‘hpoyadur, Sayid Yusuf majam aning ulug‘i
edi... (130); ko‘hpoya II “ma’muriy
–
hududiy birlik”: Isfara viloyati to‘rt bo‘luk
ko‘hpoyadur (61); ko‘hpoya III geografik hudud, Yana bir Isfaradur, ko‘hpoyada voqi’
bodubtur (61); boshliq I “bosh kiyimi” ; boshliq II “guruh yetakchisi”; naqsh I “kuy, ashula
(NAL,457): ,.ul jumladin bir naqshi bor, nuhranga mavsum (242); naqsh II
“buyum va
binolardagi naqsh”;
b) omonimlik fe’l turkumiga mansub so‘zlar orasida kuzatiladi: fe’l I; fe’l II. Rioyat
qilmoq I “ri’oyat”
-
a. “rioya, e’tiborga olish“ so‘zidan, “hurmatlamoq” ma’nosida kelgan
(NAL,527): Otam Umarshayx mirzo rioyat qilib edi va hanuz rioyat qilmoqta edi (111). Rioyat
qilmoq II “amal qilmoq”: Naqohat ayyomini obdonrioyat qilaolmadim, uzuldum (111).
1.
Turli turkum so‘zlari o‘rtasidagi omonimlik:
ot I; ot II; ravish III: pul I “ko‘prik”.
Qo‘rg‘ong‘a yetib, shotu qo‘yub chiqib darvozani olib, puli ravon solilib,..(l67); pul II “vaqt
birligi”: Yana har girini oltmish bodubturlar, har birini pul debturlarkim, bir kecha
-
kunduz uch ming olti yuz pul bo‘lg‘ay (448); pul III “bir to‘da,bir talay, allaqancha”: ...pul
tir yig‘ilib turubtur, o‘bdon
-
o‘bdon yigitlardek..(259);
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
6 (2025) / ISSN 2181-3701
140
ot I; ravish II: ariq “soliq turi“...Nazar bahodur otliq navkarini Balxning ariqlarini
yiqqoli yibordi (115/65, II); ariq ”oson”
: ...bir zamonda daryodagilarni ariq olib, borini
qirdilar (121,168,11); ariq ol-
“oson egalla
moq
”
;
“Hayrat ul
-
abror”dagi omoninılar genetik xususiyatiga ko‘ra quyidagicha:
1. Omonimlik bir tilga mansub so‘zlar o‘rtasida sodir bo‘lgan: 1) turkiy so‘z I; turkiy so‘z
11; turkiy so‘z III: to‘ra I “qoida, qonun, intizom, odat” (ANATIL, 111,270): hazm
va
ehtiyotni mar’iy tutub, to‘ra va siyoqkim, tartib qililib edi; to‘ra II odam bo‘yi baravar
keladigan qalqon (ANATIL, 111,269): Tufakandozlar bu aroba va to‘ralarning keynida
turub, tufak otqaylar (334/192,1); to‘ra III “qism, a’zo”: ...Husayn olilg‘ond
a qisqaliq
qilg‘anlarning kayfiyatin ko‘rub, to‘ra
-muchalaridin hurattuk (306).
ish
I “shaxsning muayyan faoliyati” Ish ham qila olmadi (87/50,1);
ish
II “kuy”: Bir
navbat Badiiuzzamon mirzoning suhbatida bir ishni naydin xo‘b chiqarur, Qul
Muhammad g‘ijjakta ul ishni chiqara olmas (245/140,1). “Mashg‘ulot” ma’nosidagi ish va
“kuy” ma’nosidagi ish polisemantik so‘zlar o‘rtasidagi semantik bog‘liqlikning yo‘qolishi
natijasida shakllangan omonimlar hisoblanadi.
2.
Omonimlik turli tilga oid so‘zlar o‘rtasida sodir bo‘lgan: arabcha so‘z I; hindcha
so‘z II: roy I. “fikr, qarash”: Mirzo royi bila amal qilmas edi (232); roy II “Hind podshohlari
unvoni “ (BAL, 119): Agarchi kichik
-
kirim roy va roja tog‘ va jangalda xeli bar edilar,
vale mu’tabar va mustaqil bular e
dilar (340).
“Hayrat ul
-
abror”da qo‘llangan omonimlarning hozirgi o‘zbek tiliga munosabatida
quyidagilar ma’lum bo‘ldi.
1.
Omonim hisoblangan har ikkita (uch) so‘z hozirgi o‘zbek adabiy tilida qo‘llanadi.
Qalin I “yonlama hajm”; qalin II “nikoh to‘yida qiz uc
hun kuyov tomonidan beriladigan
mol, pul” ma’nosini ifodalaydi. Qalin kelinga beriladigan sep, mahmi anglatgan.
Qalin II dan yasalgan qalinliq “Mahbub ul
-
qulub”da “unashilgan qiz” tushunchasini
ifodalagan: Sulton Ahmad mirzoning Oysha Sultonbegim otliq q
izinikim, ota, obag‘a tirik
ekanda manga qalinliq qilib edilar (131). Qalinliq // qalindik fonetik o‘zgarish natijasida
qalliq ko‘rinishiga kelib qolgan: qalin
-qaliq-qalinliq-qalliq-
qalliq (O‘TEL,517);
“nikohlamoq” ma’nosidagi qo‘l
-
so‘zining asosi hanı qalinga bog‘lanadi: ...burun Jahongir
mirzog‘a mirzolar tirigida qo‘lub edilar (178). Asar leksikasidagi omonimlarning faqat
biri hozirgi o‘zbek adabiy tilida saqlanib qolgan. M., yon I. yan 1. “qaytmoq” (DTS,231):
Biz yong‘andin so‘ng xon kishisi O‘ratepa ustiga yurudi (32). Yöndür
-
“qaytarmoq”:
barchasini egalariga yondura berdilar (39). Bu ma’nodagi yon
-
fe’li hozirda ishlatilmaydi.
“O‘t olmoq; o‘tda kuymoq” ma’nosidagi yonmoq II hozirda qo‘llanadi (O‘TIL,1,259). Bir
so‘zning turli ma’nolari sifatida kelgan tort= so‘zi keyingi davrlarda omonimga aylangan:
tort= I “chizmoq“: ...agar naqqoshlar takalluf bila tortsalar, oncha torta olmag‘ay erdilar
(314); tort=II “bormoq”, “qo‘shilmoq”: ...yigit yalangi va yayoq yalingi bila Qunduzg‘a
Xisravshohg‘a tortti (100); tort= III “sovg‘a qilmoq, bermoq”: Bir egarlik ot ham tortti
(302) omonimlari hozirgi o‘zbek adabiy tilida qo‘llanmaydi; tort
-
IV “to‘xtatmoq“: Otini
tortti (169). Bu ma’nodagi tort
-
hozirda ishlatiladi. Qari I “uzunlik o‘lchov birliği hozirda
iste’mol qilinmaydi. Shaxsning yosh sifatini bildirgan qari I: ...o‘zbakdek yuz ming qari
yog‘ini orqada qo‘yub...(340) qo‘llanadi: Burj, boshliq, naqsh, sobit, tosh, qonun, maqom,
tuz, tuman, tund omonimlarining ham bittasi qo‘llanadi.
2.
Omonim so‘zlarning har ikkitasi (yoki uchtasi) hozirgi o‘zbek tiliga yetib
kelmagan: vofır I “ko‘p, mo‘l”: Oshlig‘i vofır, mevasi farovon (60); vofir II “aruz
vaznlaridan biri”.
Savod, pul, sur, ko‘hpoya, tak’ya, taassub, tavr, to‘qa, ud, shar’iy, qonun so‘zlari
omonimligi ham hozirda uchramaydi,
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
6 (2025) / ISSN 2181-3701
141
“Hayrat ul
-
abror”da omonimiyani yuzaga keltiruvchi hodisa
–
qadimgi turkiy til
so‘zlariga xos turkum sinkretizmi o‘z ifodasini topgan. E.V.
Sevortyan tomonidan “fe’l
-ot
asoslar” (“glagolno
-
imenniye osnovi”)
deb nomlangan bu hodisa turkiy tillarning
boshlang‘ich taraqqiyot bosqichlarida bir bo‘g‘inli leksik asosning ayni bir lug‘aviy
ma’noga ega bo‘lgani holda ism sifatida ham, fe’l sifatida ham ishlatilishini ifoda etadi.
E.V.Sevortyan o‘z qarashlarida “fe’l
-
ot omonimligi” (“glagolno
-imenn
aya omonimiya”),
“fe’l
-
ot omoformalar” (“glagolno
-
imenniye omoformi”) terminlarini qo‘llagan. Shu bilan
bir qatorda, bu hodisani “leksik
-
morfologik sinkretizm” deb qarash to‘g‘riroq ekanligini
e’tirof etgan.
“Hayrat ul
-
abror” misollari turkum sinkretizmi aks etgan so‘zlarda kuzatiladigan
semantik o‘zgarishlar bir turkum (asosan ot turkumi) doirasida ham sodir bo‘lishini
ko‘rsatadi. Bunday so‘zlar hozirgi nuqtai nazardan bir turkumga mansub hisoblansa
-da,
tarixiy nuqtai nazardan shu so‘zning boshqa turkumga
xos jihatlarda namoyon bodishini
ko‘rsatadi. Quyidagi so‘zlarda ot turkumiga xos jihatlar bilan birga sifat turkumi (belgi
oti) xususiyatlari mujassamlangan: ichki I “yaqin, ishonarli”: G‘ulda ulug‘ beklardin kishi
yo‘q edi, tamom ichki beklar edi (207); ichki II “podshoh saroyiga xos amaldor” (BNL,73):
Ichkilardin uch-
to‘rti mash’al bila har axshom navbat bilan evrulur edilar (207); Qadimgi
turkiy tilda icraci, icrak shaklida qo‘llangan (DTS,202);
Omonimlar tahlili asar matnining mazmun-
mohiyatini to‘g‘ri
anglashda,
tushunchani ta’sirchan ifodalashda, leksemalarning shakliy xususiyatlari va semantik
munosabatlari haqida ma’lumot berishda ahamiyatlidir.
“Hayrat ul
-
abror” leksikasi semantik jihatdan o‘ziga xos. Asar tilida ko‘p ma’noli
so‘zlar, sinonimlar, a
ntonimlar voqelik, narsa-
hodisa haqidagi tushuncha, ma’lumotni
batafsil yetkazishga xizmat qilgan. Omonimlarning ham uslubiy maqsadlarga xizmat
qilishi “Muhokamat ul
-
lug‘atayn”da yoritilgan.
“Hayrat ul
-
abror” leksikasining o‘ziga xosligini ta’minlovchi lin
gvistik omillardan
biri omonimlar, sinonimik paradigma, antonimlarning maqsadga muvofiq qo‘llanishidir.
Asar tilining uslubiy o‘ziga xosligini ta’minlashda sinonimik paradigmalar muhim o‘rin
tutadi.
Asar tilida voqelik ifodasi davomida turli so‘zlardan, ma
zmunni batafsil, teran
ifodalashda ma’no nozikliklari bilan farqlanuvchi leksik paradigmadan foydalanilgan.
Navoiy idroki teran, mulohazakor, sinchkov inson bo‘lgan. U so‘zlarning ma’no
bo‘yoqdorligini chuqur anglagan. Muayyan ma’noni ifodalashda sinonimla
rdan mohirona
foydalangan.
Asar tilidagi sinonimik paradigmalar fikrni teran anglatish, uslubni muvofiq tarzda
shakllantirish imkonini yaratgan. Asar tilidagi sinonimik qatorlar miqdor va sifat jihatdan
o‘zaro farqlanadi. Sinonimik paradigmani hosil qiluvc
hi har bir semema semalari miqdori
va ifoda darajasi bilan farqlanadi. Sinonimiya tilning leksik, frazeologik, grammatik
sathlarida kuzatiladi. O‘zbek tilining keng ifoda imkoniyatlariga ega ekanligi Mahmud
Koshg‘ariy, Alisher Navoiy hamda zamonaviy rus va
o‘zbek tilshunoslari tomonidan
e’tirof etilgan. Navoiy sinonimlarning mohiyatini, ma’no ifodalashdagi nozik farqlarini,
badiiy ahamiyatini ilmiy asosda izohlab bergan.O‘zbek tilining keng ifoda imkoniyatini
ta’minlovchi sinonimlar taraqqiyotini diaxronik
planda kuzatish, sinonimlarning
tushuncha, fikrni yoritishdagi ahamiyatini belgilashda tarixiy, badiiy asarlar tili muhim
o‘rin tutadi. Ma’lum davrda yaratilgan yozma yodgorliklar shu davr umumxalq tili
leksikasiga oid asosiy jihatlarni aks ettiradi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
6 (2025) / ISSN 2181-3701
142
XV
–
XV
I asrlar o‘zbek adabiy tili leksikasining ko‘p ma’nolilik, ma’nodoshlik
xususiyatlarini ifodalashda “Mahbub ul
-
qulub” nodir manba hisoblanadi. Asarda o‘zbek
tili sinonimiyasining barcha ko‘rinishlari o‘z ifodasini topgan. Navoiy uchun
sinonimlardan foydal
anish o‘z
-
o‘zicha qimmatga ega bo‘lgan maqsad emas, balki u
avlodlarga yetkazmoqchi bo‘lgan mazmunni to‘la, aniq va go‘zal ifodalash vositasi edi.
“Mahbub ul
-
qulub”da til boyligi bosh maqsadlarni yuzaga chiqarish yo‘lida bir vosita
bo‘lib xizmat qilgan”.
“Hayrat ul
-
abror”dagi quyidagi sinonimik qatorlar ishtirok etgan:
ayb
–
qusur
–
nuqson; anva’
–
muxtalif
–
har rang
–
har jins; muhosara
–
qabal; ov
–
shikor; osmon
–
k
о‘k;
ot
–
ism
–
пот
; sovuq
–
sard; tabib
–
hakim; tana
–
badan
–
jism
–
vujud; til
–
zabon
–
lafz;
un
–
ovoz
–
tovush; urug‘
–
xesh; farmon
–
hukm; cherik
–
qo‘shun
–
sipoh
–
lashkar; chin
–
rost; yayoq
—
piyoda.
“Hayrat ul
-
abror”da turkiy va o‘zlashgan qatlamga oid so‘zlar o‘zaro sinonimik
qatori hosil qilgan. Turkiy so‘z
–
turkiy so‘z: asru
–
ko‘p; yog‘iy
–
yov; ushoq
–
kichik;
yoshun
–
biq; ilik -
qo‘l
–
al; turkiy so‘z
–
forsiy so‘z: yel
–
bod; boshliq
–
sardor; yafroq
–
barg; yig‘och
–
daraxt; oshliq
–
g‘alla
–
don; tup
–
tuz
–
hamvor; ko‘k
–
osmon; sovuq
–
sard; turkiy so‘z
–
arabiy so‘z:
kengash
–
maslahat
–
mashvarat; isitma
–
harorat; ko‘mak
–
madad (imdod); qabal
–
muhosara; ona
–
volida; ko‘pincha
–
aksar; yarash
–
sulh;
turkiy
–
mo‘g‘ul: on qo‘l
–
burang‘ar; so‘l qol
–
javong‘ar; turkiy
–
mo‘g‘ul
–
arab: on qol
–
burang‘ar
-maymana; sol qol
–
juvang‘ar
–
maysara.
Asar tilida faqat o‘zlashma so‘zlar o‘rtasidagi sinonimik paradigmalar ham
kuzatildi: forscha
–
arabcha: nishon
–
alomat; xizmatkor- mulozim; namoyon
–
oshkora
–
zohir; oyin
–
rasm
–
odat
–
dastur; poytaxt
–
dorul xilofa; mozor
–
qabr (maqbara); shoh
–
podshoh
–
sulton
–
malik; pushaymon
–
taassuf
–
nadomat.
Asar leksikasidagi sinonimik paradigmalar ikki so‘zdan (sod
–
chap); uch so‘zdan
(yoruq
–
charog‘on
–
ravshan); to‘rt so‘zdan (qo‘shun
–
cherik
–
sipoh
–
lashkar); besh
so‘zdan (qiyin
–
dushvor
–
shoqq
–
mutaazzir
–
mushkul); olti so‘zdan (yog‘iy
–
dushman
–
a’do
-muxolif
–
g‘anim
–
yov); yetti so‘zdan (oxir
–
avoxir
–
oyoq
–
oqibat
–
poyon
–
intiho -muntahi
–
itmom); sakkiz so‘zdan (chuchuk
–
shirin
–
laziz
–
lazzatlik
–
choshniliq
-mazalik
–
xushmaza
–
xushta’m); to‘qqiz so‘zdan (emgak
–
mashaqqat
–
azob
–
ranj -
suubat
–
taab
–
mehnat
–
zahmat
–
riyozat); o‘n so‘zdan (yuru=
–
otlan=
–
yuzlan=
–
ilg‘a=
–
bor=
–
azimat qil=
–
/ tebra=
–
uza=
–
ravon bod=
–
mutavajjih bo‘l=); o‘n bir so‘zdan
(ko‘p
–
qalin
–
g‘alaba
–
bisyor
–
kulliy
–
farovon
–
vofir
–
base
–
beg‘oyat
-behad
–
asra);
o‘n ikki so‘zdan (niyat
–
maqsad
–
g‘araz
–
maqsud
–
doiya
–
muddao
–
murod -
dag‘dag‘a
–
orzu
–
ishtiyoq
–
umid
–
kom) iborat. Bulardan uch-
besh so‘zdan tarkib topgan
sinonimik paradigmalar ko‘p miqdorni tashkil etadi.
“Hayrat ul
-
abror”dagi sinonimlar leksik
-semantik jihatdan ikki guruhga ajratilgan:
1. Atash va vazifa semalari bir xil, ifoda semalari har xil bo‘lgan so‘zlar.
2.
Narsa-buyum, belgi, harakat-
holatni turlicha darajalab atovchi so‘zlar
(graduonimlar).
Tadqiqotlarda so‘zlarning o‘z ma’nolari bilan sinonimik munosabatda bo‘lishi
leksik-
semantik sinonim, funksional ma’nolari bilan sinonimik munosabatga kirishuvi
funksional-semantik sinonim termini bilan yuritilgan. H.Shamsiddinov muayyan narsa-
hodisalarni, ularning belgisi, miqdori, holati, harakati va o‘zaro munosabatlarini tasviriy
usulda, ifoda maqsadiga muvofiq qayta nomlab yoki narsa-hodisaga xoslab ifodalaydigan
va alohida so‘zga sinonim bo‘ladigan tilning so‘z va undan katta sath birliklariga nisbatan
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
6 (2025) / ISSN 2181-3701
143
so‘zlarning funksional
-semantik sinonimlari (SFSS) terminini istifoda etadi hamda
SFSSning ikki guruhini qayd etadi: I.So‘z shaklidagi SFSS (metafora, metonimiya,
sinekdoxa, ellips
is natijasida, juft, takror so‘zlarning vaziyat va kontekstga bog‘liq holda
yuzaga keluvchi ma’nolari orqali shakllangan funksional
-semantik sinonimlar).
II.Sintaktik birliklar: frazeologizmlar, til birligiga aylangan tayyor ekspressema
hisoblangan perifrazalar.
“Hayrat ul
-
abror”dagi sinonimlar qatori ikkiga ajratildi: 1.
Leksik-semantik
sinonimlar. 2. Funksional-semantik sinonimlar..
Leksik-
semantik sinonimlar an’anaviy tarzda qo‘llanib kelayotgan ma’nodosh
so‘zlardir. Leksik
-semantik sinonimiyaga asoslangan paradigmani tashkil qiluvchi ayrim
so‘zlar arxaiklashadi. Davr o‘tishi mobaynida sinonimik paradigma yangi so‘zlar bilan
boyib boradi. Leksik-
semantik sinonimlar muayyan tushunchani ifodalovchi so‘zlar
paradigmasidir. Bunday paradigmani hosil qiluvchi s
o‘zlar matndan mustaqil holda
o‘zaro sinonimik munosabatda bo‘ladi. Leksik
-semantik sinonimlar paradigmasi
so‘zlarning genetik asosiga ko‘ra quyidagicha guruhlandi:
1.
Leksik-
semantik sinonimiya turkiy so‘zlar o‘rtasida sodir bo‘lgan: tuy
- sezir:
Muhammad Maz
id tarxon tuyub shahrdin chiqti (133). Tuymoq so‘ziga sinonim sifatida
sezirmoq so‘zi qo‘llangan: Bu muhimni Tanbalga sezirgach, tura olmadilar, xon qoshig‘a
qochib keldilar (J55). Sezirmoq boshqa manbalarda uchramaydi.
2.
Leksik-semantik sinonimiya turkiy
–
forscha-tojikcha
–
arabcha so‘zlar o‘rtasida
kuzatiladi: tutqun
–
asir
–
bandi; et
–
go‘sht
–
lahm: Hazoraning bir semiz lo‘k tevasini
topib kelturdilar, ani o‘lturub, go‘shtidin bir parcha kabob qilduk, ... oncha laziz teva eti
hargiz yeyilgan emas edi, b
a’zi qo‘y etidin farq qila olmaydilar (219).
Bobur mazkur
sinonimik paradigmadan matn uslubini maqsadga muvofiq shakllantirishda foydalangan.
Asarda asosan go‘sht, et so‘zlari qo‘llangan. Lahm arabcha birikma va jumlalar tarkibida
uchraydi: Yana lo‘chadur... Ma’kulul
-
lahmdur, bisyor laziz eti bordur (349). Ma’kulullahm
“go‘shti yeyiladigan, halol” ma’nosidagi birikmadir. Yet qadimgi turkiy tilda qo‘llangan
(ESTY,311). Eski o‘zbek adabiy tilida ham faol ishlatilgan. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida,
deyarli, mu
staqil qo‘llanmaydi.
3.
Yog‘i
-dushman-
g‘anim
-
yot so‘zlari “raqib tomon”, “qarama
-
qarshi subyekt”
tushunchalari asosida paradigma hosil qiladi. Bu so‘zlardan yog‘i, dushman asosan “raqiblar
guruhi”ni anglatgan: Yog‘i qocha berdi, qo‘rg‘ondag‘ilarni ko‘z tuttuk
, ish vaqtida yetisha
olmadilar, yog‘ini tebratgandin so‘ng birin
-
ikkin chopishib kela bashladilar (261). O‘zaro
raqobat, ziddiyat g‘anim so‘zida kuchliroq ifodalangan: g‘anim qo‘rg‘onda emas edi (141).
G‘anim so‘zi semalari farqli xususiyatlarda namoyon bo‘lgan: a) yakka shaxs tushunchasini
bildirgan: Ikkinchi bukim, mening g‘animim Shayboqxondek purtajriba va ko‘p ish ko‘rgan va
ulug‘ yoshliq kishi edi (141); b) raqiblar guruhini anglatgan: g‘anim kishisi Xoban kentidin
yasab chiqti (127). Yot “begona”, “notanish” (ANATIL,
I,
543) ma’nosidagi so‘z, bevosita “raqib”
tushunchasini ifodalash bilan birga, ta’kid, kuchaytirish uchun xizmat qilgan: Qandag‘i yot
yog‘iy o‘zbak kelib mutasarrif bo‘lib edi (141/80,11). Yot so‘zida so‘zlashuv uslubi xususiyati
mavjud
: o‘z kishini yotdin farq qilg‘ay (162). Muxolif
-
a. “teskari, qarama
-
qarshi” (NAL,432)...
o‘shul manba Ali Do‘st tag‘oyi Andijon qal’asini muxoliflarg‘a beribtur (112). Yov so‘zi badiiy
uslubga xos: ... va ko‘p yovning tanasi mazallat tuprog‘ig‘a tushub, fano bodig‘a yiborildi (454).
4.
Leksik-
semantik sinonimiya arabcha so‘zlar o‘rtasida kuzatiladi: avlod
- nasl: ...
balki bu taaddi va tashaddud Xojaning avlodig‘a dag‘i siroyat qildi (79); Yana bir Boboqul
Bobo Alibek edi. Shayx Ali Bahodurning naslidin edi (71).
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
6 (2025) / ISSN 2181-3701
144
5.
Leksik-semantik sinonimiya forscha-tojikcha
–
arabcha so‘zlar o‘rtasida
kuzatiladi: asal-
shahd: Kobul atrofıdagi Ko‘histondagi asal bisyor kelur.Shahdxonalari
bordur (187). Shahdxona “shahd” (asal) olinadigan joy”.
Alisher Navoiyning “Hayrat ul
-Abro
r” asari nafaqat badiiy
-estetik jihatdan, balki
tilshunoslik nuqtai nazaridan ham beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan asarlardan biridir.
Unda qo‘llanilgan leksik birliklarning shakl va ma’no munosabatlariga ko‘ra tahlili,
ayniqsa, omonimiya, sinonimiya, metafora va metonimiya kabi semantik hodisalarning
aniqlanishi, Navoiy tilining boyligi va uslubiy nozikliklarini ko‘rsatib beradi. Tadqiqot
davomida asardagi sinonimik paradigmalar va omonimik qatorlar orqali Navoiy o‘z
davrining leksik imkoniyatlaridan qanday samarali foydalangani ochib berildi.
Shuningdek, eski o‘zbek tili leksikasining bugungi lingvistik tahlil usullari yordamida
o‘rganilishi bu asarning zamonaviy filologik tadqiqotlar uchun muhim manba ekanini
tasdiqlaydi. Umuman olganda, ushbu tadqiqot “Hay
rat ul-
Abror”ning leksik tizimini
yanada chuqurroq anglash va uni lingvistik jihatdan ilmiy asosda tasniflash imkonini
yaratadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Alisher Navoiy asarlarining izohli lug‘ati. E.I.Fozilov tahriri ostida. I tom
Toshkent. 1983 -656 s; II tom. Toshkent, 1983. -642 s; III tom. Toshkent, 1984. -622 s;
IV tom. 1985. -634
2.
Sobirov A. O‘zbek tilining leksik sathini sistema sifatida tadqiq etish.
-Filol. Fan.
nom. ...Diss. avtoref.-Toshkent, 2005.50 b.
3.
Rustamov A. Navoiyning badiiy
mahorati. Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi
adabiyot va san’at nashriyoti.1979.
-213 b.
4.
Rahmatullayev Sh. O‘zbek tilining etimologik lug‘ati (arab so‘zlari va ular bilan
hosilalar). Toshkent: Universitet, 2003. -599 b.
5.
Abdulxayirov M. Navoiy asarlarida so‘z va
iboralar.-Toshkent: Tafakkur
bo‘stoni,2009.
-240 b.
6.
Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. Йигирма томлик. Еттинчи
том. Ҳайрат ул
-
аброр. «Фан» нашриёти.Тошкент —
1991
.422 б.
7.
Navoiy asarlari uchun qisqacha lug‘at.Toshkent,
–
“Fan”, 1992. 374 b.
