Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
The development of the linguistic personality of a
politician
Surayyo SAATOVA
1
National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2025
Received in revised form
10
April 2025
Accepted 2 April 2025
Available online
25 May 2025
The article explores the formation of a politician’s linguistic
personality through the example of deputies as representatives
of the public. It analyzes their level of language proficiency,
their influence on language use, and their ability to effectively
employ political discourse in professional activities and public
statements.
2181-3701/© 2025 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss5
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
political discourse,
institutional speech,
communicative strategy,
communicative tactic,
communicative goal.
Siyosatchi lisoniy shaxsining voqelanishi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
siyosiy diskurs,
institutsional nutq,
kommunikativ strategiya,
kommunikativ taktika,
kommunikativ maqsad.
Ushbu maqolada jamoatchilik vakillari hisoblangan
deputatlarning kasbiy faoliyatda til bilimini qay darajada qo‘llay
olishi, tilga ta’sir o‘tkazishi, bayonotlarda siyosiy diskursni
berishda tildan foydalana olish mahoratini tahlil qilish orqali
siyosatchi lisoniy shaxsining voqelanishi ko‘rib chiqilgan.
Формирование языковой личности политика
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
политический дискурс,
институциональная речь,
коммуникативная
стратегия,
коммуникативная
тактика,
коммуникативная цель.
В статье рассматривается процесс формирования
языковой личности политика на примере депутатов как
представителей общественности. Анализируется степень
владения ими языковыми средствами, их влияние на язык,
а также умение эффективно использовать политический
дискурс в профессиональной деятельности и публичных
высказываниях.
1
PhD, Teacher, National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
152
KIRISH
Jamiyatda har qanday taniqli bo‘lgan siyosatchi o‘zi mansub bo‘lgan jamiyatning til
ifodalovchisidir. Har bir kasb egasining til bilishi, uni kerakli o‘rinda, zarur vaziyatda
qo‘llay olishi nutqining natijaliligini ta’minlaydi. Ayniqsa, nutqning samaraliligi
siyosatchilar uchun juda muhim hisoblanadi. Chunki ko‘pgina sohalar, masalan,
rassomlarning mo‘yqalamni ishlata olish qobiliyati, raqqosalarning tana a’zolari harakati,
aktyorlarning nutqi bilan birga xatti-harakatlari kasbiy sohada muvaffaqiyat keltirishi
mumkin. Lekin siyosatchilar uchun nutqning ahamiyati juda muhim hisoblanadi.
Siyosatchining yangi so‘zlarni yaratish qobiliyati milliy muloqotning tipik xususiyatlari
bilan birga siyosiy diskursni ham aks ettirishida namoyon bo‘ladi. Siyosiy nutqni kognitiv
bilimlar, individual va milliy qadriyatlar uyg‘unligidan tashkil topgan kommunikativ
tuzilma sifatida ko‘rish mumkin. Siyosatchining esa bu ijtimoiy va individual qarashlarni
birlashtirgan holda siyosiy faoliyatga yo‘naltirishi, mujassamlashtirishi muhim hisoblanadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI
Institutsional nutq uslub nuqtai nazaridan oldindan tuzilgan kommunikativ
birliklardan foydalanishga asoslanadi. Mafkuraviy imtiyozlar nuqtai nazaridan esa
shaxsning til va tafakkur tuzilmalari, ya’ni har bir milliy jamoaning madaniy, mifologik
e’tiqodlari hamda semantikaning uyg‘unlashuvi bilan bog‘liqdir. A.P. Sedykh
institutsional nutq boshqa nutqlar kabi murakkab kommunikativ hodisa hisoblab,
differensial xususiyatga ega deya qayd etgan, uni ba’zi tadqiqotchilar “matnda semantik
bir xillik, tegishlilik, o‘ziga xos g‘oyaviy bog‘liqlik bilan bog‘laydilar. Boshqa
tadqiqotchilar esa mazkur xususiyatlarni “kommunikativ faoliyat, madaniy qatlam,
ijtimoiy jamoa va hattoki muayyan tarixiy davr” bilan bog‘lanishini ta’kidlaydi.
Shuningdek, tadqiqotchi E.I. Filippovaning “Shaxsning birligi (individual) va xilma-xilligi
(ijtimoiy) o‘rtasidagi qarama-qarshi rol nazariyasidagi qarashlarini aniqlashda til
belgilari asosiy vosita bo‘lib xizmat qilishi, “milliy o‘ziga xoslik” insonning o‘zini o‘zi
identifikatsiya qilishi uchun muhim bo‘lgan “biz”ning kengaytirilgan qiyofasi bilan hissiy
va intellektual bog‘liqligi, bu umumiy til, umumiy hudud, tarixiy-madaniy meros va
ramzlariga ega bo‘lgan, o‘tmish, hozir va kelajak avlodlar uyg‘unligini o‘zida aks ettirgan
zamondoshni ko‘rsatishi haqidagi fikrlarini keltiradi”.
Siyosiy diskursning eng asosiy xususiyati jamiyatdagi turli siyosiy vaziyatlarda,
kommunikativ munosabatlarda tinglovchilarni ishontirish, ta’sir ko‘rsatish, maqsadi sari
ergashtirishga qaratilgan bo‘ladi. Bu siyosatchidan tilni o‘z maqsadi yo‘lida ishlata olish
qobiliyatiga ega bo‘lishni talab etadi. Zero, A. Chudinov ta’kidlaganidek, “Siyosiy
diskursning mazmuni nutqning shakllanishi va idrokiga ta’sir eta oladigan adresant va
adresat ongida mavjud bo‘lgan barcha komponentlarni o‘z ichiga olishi kerak”.
Darhaqiqat, siyosiy diskursning asosiy xizmati murojaat etilayotgan tomonni ishontirish,
ularda turli maqsadlar uyg‘otish, muayyan harakatga undash kabilarda namoyon bo‘ladi.
NATIJALAR
Siyosiy diskursning ifodalanishini Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining
o‘rinbosari “Milliy Tiklanish” Demokratik Partiyasi Raisi Alisher Qodirov nutqlari
misolida ko‘rib chiqamiz. Jahon tilshunosligida institutsional nutqlar tahliliga oid
tadqiqotlar paradigmasida an’anaviy ravishda uchta yondashuv ajralib turadi: tavsifiy,
kognitiv va tanqidiy. Bu haqida T.B. Sokolovskaya quyidagicha munosabat bildirgan:
“Lingvistik tadqiqotlar paradigmasida siyosiy diskursni tahlil qilishning uchta
yondashuvi an’anaviy tarzda ajralib turadi: tavsifiy, kognitiv va tanqidiy. Tavsifiy
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
153
yondashuvda siyosatchining til bilish qobiliyatini ular ishlatadigan lingvistik vositalar
doirasida o‘rganadi. Tanqidiy yondashuv nutqda ifodalangan ijtimoiy tengsizliklarni
tanqidiy tekshirishga qaratilgan. Kognitiv yondashuv siyosiy nutqning kognitiv bazasini
modellashtirishga asoslangan bo‘lib, qoliplar, konseptlar, metaforik modellar va
stereotiplarni tahlil qilish orqali amalga oshiriladi”. Shubhasiz, siyosatchining lisoniy
bilimi til tizimidan maqsadi yo‘lida foydalana olishida, til birliklarini siyosiy diskursni
berishga xizmat qildira olishida ko‘rinadi. T.B. Sokolovskaya tavsifiy yo‘nalishda siyosiy
diskursni berishda
savolli kiritmalar, ritorik so‘roq gaplar
alohida ahamiyat kasb etishini
ta’kidlagan. A. Qodirovning quyidagi nutqida ritorik so‘roq gap siyosiy diskursni berishda
adresant maqsadiga xizmat qilgan: “
Biz yetti yoshgacha bo‘lgan bolaga nimalarni bera
olyapmiz? U mana shu yoshlarda halollik nima ekanligini, mas’uliyat nima ekanligini,
mehnat nima ekanligini, o‘zi kim ekanligini o‘zi bilmagan holatda anglaydi. Va buni kim
anglatadi? Tarbiyachilar, ota-onalar, o‘qituvchilar anglatadi”.
So‘roq olmoshlarining
takrorlanishi nutqning ohangdorligini oshirish, e’tiborni tortish, ta’sirchanlikni yanada
kuchaytirishga xizmat qilishi bilan birga so‘zlovchining til tizimidan foydalanishda o‘ziga
xos uslubini ko‘rsatgan. Shuningdek, ritorik so‘roq gaplar muallifning mavzuga bo‘lgan
munosabati va tinglovchilar bilan dialogik muhit yaratmoqchiligini anglatadi. Ya’ni
muallifning boshqalarning fikrini inobatga olishini, atrofdagilarga befarq bo‘lmaganligini
ko‘rsatadi. Yuqoridagi jumlada so‘z tartibi va intonatsiya ham alohida uslubiy vazifa
bajargan va siyosatchining kommunikativ maqsadiga xizmat qilgan. Adabiy tilning rasmiy
uslubiga savolli kiritma konstruksiyalarni qo‘llash tendensiyasi O‘zbekiston Respublikasi
Birinchi Prezidenti I.Karimov nutqlarida ham ko‘plab uchraydi: “
Xo‘sh, o‘zimiz-chi?
O‘zimiz o‘zligimizni bilarmidik? Qanday mo‘tabar zamin, ulug‘ ajdodlarimizning o‘lmas
meroslari bilan oziqlangan elning farzandlari ekanimizni anglarmidik?... Aytinglar, o‘sha
kezlari O‘zbekistonni dunyoda birov bilarmidi? Birov biz bilan hisoblasharmidi?”
Ritorik
so‘roqlardan ko‘p foydalanish, savolli murojaatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev nutqlarida ham ko‘plab uchraydi. “
Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘limi
xonasini do‘kon qilib olgan har uchta ishdan ikkitasini o‘yin qilgan. Kim ishontiradi
jamiyatni, kim aytadi jamiyatga, kim qonun – ustuvor, jazo – muqarrar, – deb ayta oladi?
Sizlardan boshqa hech kim”.
Shuningdek,
I. Karimov va Sh. Mirziyoyev nutqlarida
qo‘llangan ritorik murojaat shakllari va kiritmalar rasmiy nutqni jonli so‘zlashuv tiliga
yaqinlashtirish vazifasini bajardi. Auditoriya fikrini inobatga olgan so‘zlovchigina bunday
usulda bayonot beradi. Chunki bu kabi birliklar adresat va adresant o‘rtasida dialogik
muhitni yaratadi, so‘zlovchi aytayotgan munosabatiga tinglovchilarning ham qarashlari
muhim ekanligi, ularning ham fikrlarini inobatga olishini anglatadi.
Siyosatchining til zaxirasi boy bo‘lishi, til birliklarining semantikasini chuqur
anglashi, kognitiv til bilimi siyosiy diskursni berishda muvaffaqiyatli vosita bo‘lib xizmat
qilishi mumkin. Siyosatchi lisoniy shaxsining kognitiv bilimi nutqidagi til birliklari
ma’nosini teran anglash va o‘rinli qo‘llashi bilan belgilanadi: “
Nafrat, adovat, betoqatlik va
beandishalik qalb xastaliklaridir. Bu xastaliklar inson qalbini majruh, jamiyatni esa
parokanda qiladi. Afsus, butun dunyoda bo‘layotgani kabi bizning jamiyatimizda ham bu
illat ildizlamoqda”.
A. Qodirovga tegishli ushbu tanqidiy munosabatda
nafrat, adovat
,
betoqatlik va beandishalik
mavhum otlarining xastalikka o‘xshatilishi;
majruh qalb
metaforasi,
ildizlamoqda
okkozionali matnning ta’sir kuchini oshirish bilan birga
muallifning kognitiv til bilimini ham ko‘rsatgan. “
Mamlakat va millatni behuda va befoyda
shovqin bilan emas, qaynoq yurak va sovuq tafakkur bilan asrashni o‘rganishimiz kerak!
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
154
Ozodligini qadrlamagan, qadrini ulug‘lamagan, ulug‘ ekanligini anglamagan millatlarning,
balki, qorni to‘qdir, ko‘ngli to‘q bo‘lolmaydi”. “Ayol millat, davlat va oilaning yuragidek.
Yurakni esa asrash kerak, u Yaratganning omonatidir. Yuraksiz tana befoyda yukka
aylanganidek, ayollari majruh jamiyatda inson qadri bo‘lmaydi” (A. Qodirov).
Jumlalardagi
qaynoq yurak
,
sovuq tafakkur
,
ko‘ngli to‘q, majruh jamiyat
metaforalari;
oilaning
yuragidek
,
yuraksiz tana befoyda yuk
kabi o‘xshatishlar; ohangdosh so‘zlar til tizimini
mukammal anglagan kognitiv siyosatchi nutqini namoyon qilgan. Yuqoridagi misollarda
qo‘llanilgan o‘xshatish, metafora, ritorik murojaatlar publitsistik va badiiy uslubga xos
xususiyatdir. Siyosiy nutqlarda, ko‘pincha, rasmiy uslubdan tashqari badiiy va
publitsistik uslublar ham uchraydi. Tadqiqotchi S.Barlibayeva “Ba’zan siyosiy muloqot
matnlarida ham siyosatchi o‘z pozitsiyasini ta’sirchanligini oshirish maqsadida siyosiy
uslubga xos bo‘lmagan badiiy, publitsistik uslub unsurlaridan foydalangan holda
kommunikatsiyaga kirishishi mumkin”, – deya izohlagan. Darhaqiqat, siyosatchilar o‘z
pozitsiyalarini yetkazishda ta’sirchanlikni oshirish maqsadida badiiy va publitsistik
uslubga murojaat qilishadi.
Demak, metaforalar, stereotiplar, aforizmlar, iqtiboslar siyosiy nutqning
ta’sirchanligini oshirish bilan birga nutq yaratuvchisining kognitivligi, ya’ni til birliklarini
teran anglagan holda qo‘llay olishini ham belgilar ekan. Dunyo tilshunosligida siyosiy
diskursni berishda siyosatchi lisoniy shaxsining kognitivligi nutqida qo‘llangan
iqtiboslarda ham namoyon bo‘ladi. Zero, nutqdagi intertekstuallik nafaqat siyosiy
nutqning, umuman, har qanday nutqning kognitivligini oshirishda ahamiyatlidir: “
Lev
Tolstoy aytganidek, oʻz millatiga begona odamdan ham baxtsizroq kim boʻlishi mumkin?
Margaret Tetcher osuda hayotidan kechib sertashvish rahbarlikka intilishining sababini
so‘ragan jurnalistga: atrofimdagilar farovon bo‘lmasa, xotirjam bo‘la olmasligimni anglab
yetganim uchun bosh vazir bo‘lmoqchiman, – deya javob bergan edi”(A. Qodirov).
Ushbu
misollardagi iqtiboslar siyosiy nutqning mazmun kuchini boyitish, dalillash, kuchaytirish
bilan birga so‘zlovchining bilimi, dunyoqarashi va atrof muhitda bo‘layotgan voqea-
hodisaga o‘z munosabatini bildira oladigan siyosatchi lisoniy shaxsiga ham ishora qiladi.
A.M. Nexorosheva Germaniya siyosiy yetakchisi Angela Merkelni lisoniy shaxs sifatida
noyob va o‘ziga xos deb talqin qiladi. Kansler siyosatining umuminsoniy va jamoaviy
qadriyatlarga yo‘naltirilganligini anglatishda uning nutqidagi lingvistik vositalarning
aniqligi, rasmiylikning o‘ziga xosligi bilan xarakterlanishini aytadi. Tadqiqotda siyosiy
rahbar nutqining ko‘proq kognitiv tomoniga e‘tibor qaratiladi va uning xalq tomonidan
sevilishining asosiy sababi milliy qadriyatlarga sodiqligi, deb ko‘rsatiladi. “
Ildizi yo‘q
daraxt o‘tin bo‘lganidek, qadriyatlaridan uzilgan inson ham beqadr bo‘ladi. Hayotiy, tarixiy
va siyosiy haqiqat shuki, o‘zini qadrlamagan millatni hech kim qadrlamaydi, imkon topishi
bilan otib tashlayveradi” (A. Qodirov)
. Parchadagi
millat, til, vatan
,
qadriyat
kabi birliklar
ham millat taqdiriga befarq bo‘lmagan, qadriyatlarga sodiq bo‘lish g‘oyalarini ilgari
surgan siyosatchi lisoniy shaxsiga ishora qiladi. Qadriyatlaridan uzilgan insonning o‘tinga
o‘xshatilishi siyosiy nutqning ta’sir kuchini oshirish bilan birga siyosatchining til bilimi,
yaratuvchilik qobiliyati haqida ham ma’lumot beradi.
T.B. Sokolovskaya ham britaniyalik siyosatchi Devid Kameronning lisoniy bilimini
tahlil qilib, siyosiy diskursni ifodalashda til bilimining kognitivlik darajasini baholab
chiqqan. D.V. Shapochkin
Britaniya siyosatchilari nutqining kognitiv jihatlarini o‘rganib,
amerikalik va nemislar nutqiga xos bo‘lgan nishonga yo‘naltirilganlik, jozibadorlik,
emotsionallik kabi holatlarning mavjudligini ta’kidlagan. Siyosiy diskursni berishda
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
155
siyosatchi til bilimining kognitivlik darajasi bilan birga pragmatikligi ham muhim. Chuqur
pragmatik ma’no va motivatsion xarakterga ega nutq siyosatchining muayyan g‘oyalarini
ilgari surishda, hokimiyat uchun kurashida asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Muloqot jarayonining samarali kechishiga ta’sir qiluvchi bir qancha omillar
mavjud. Siyosatchiga nutqiy muloqot jarayonining samarali kechishi uchun adresatga
ta’sir qilishda
kommunikativ maqsad
,
kommunikativ strategiya
va
kommunikativ taktika
asosiy qurol bo‘lib xizmat qiladi. Tarixdan ham ma’lumki, g‘alabaga erishgan siyosatchilar
maqsadiga erishishda kommunikativ strategiya va kommunikativ taktikani to‘g‘ri qo‘llay
olgan. Barcha kasb egalarining nutqlari, ayniqsa, siyosatchilar nutqi qat’iy mantiqiylikka
egaligi, puxta o‘ylanganligi, dalil-isbot bilan asoslanishi va turli auditoriyaga ta’sir kuchini
e’tiborga olishi muhim. Agar ushbu parametrlarga rioya qilinmasa, bunday nutqlar turli
noxushliklar keltirib chiqaradi. Zero, ushbu holatlar ijtimoiy tarmoqlarda kunimizda tez-
tez uchrab turibdi. Buyuk Britaniya Bosh Vaziri lavozimi uchun kurashgan Tereza Meyga
mamlakatning juda og‘ir tarixiy davrida g‘alaba qozonishiga yordam bergan nutqini
o‘rgangan L.A.Kaufova siyosatchining hokimiyat uchun bo‘lgan kurashlarda nutqining
adresatga kuchli ta‘sir ko‘rsatishida manipulyatsiya, bahslashish, o‘zini ko‘rsatish, raqibni
obro‘sizlantirish kabi strategiyalarda til birliklarini pragmatik maqsadda ishlata olishida
deb ham keltiradi. Har bir strategiya muayyan taktikalardan foydalanish orqali amalga
oshiriladi. Taktika so‘zlovchining pragmatik maqsadi bilan belgilanadi va, o‘z navbatida,
leksik vositalardan foydalanishni belgilaydigan texnikalar majmui bilan izohlanadi.
Zamonaviy tadqiqotlarda lisoniy shaxs fenomeni kognitiv va pragmatik yondashuv
aspektida ko‘rib chiqilmoqda. T.B.Sokolovskaya: “Siyosiy liderning asosiy kalit so‘zlari:
dominant metaforalar, stereotiplarga asoslangan nutqiy muloqoti uni lisoniy shaxs
sifatida ko‘rsatadi”, – deb ta’riflaydi. O‘zbekiston hukumatining to‘ylarni qisqartirish
haqidagi fikriga A. Qodirov aksar o‘zbek xalqining to‘y haqidagi stereotiplariga
quyidagicha munosabat bildiradi:
“Afsus, shu ixtiyoriy qism “orzu-havas”larning raqobat
rituallari va ijaraga olingan obro‘ni ko‘z-ko‘z qilish maydoniga aylanib, unda yosh oilaning
murg‘ak havaslari ko‘pkariga tashlangan uloqchadek chilparchin bo‘lib ketyapti. Yosh oila
kimo‘zarchi ota-onalar “ko‘magida” ochofat va yaltiroq isrofdan qarzga botib qolyapti.
Soxta va befoyda e’tirof ilinjida jamiyatning asosiy ustuni hisoblangan oilaning poydevori
qumdan bo‘lib, birinchi sinov shamolidayoq sochilib ketyapti. Kim nima eksa, shuni o‘radi.
O‘zbek xalqi yuz yildan beri hech narsa o‘rmayapti. Ba’zi xalqlar allaqachon kelajak
hisobini yakunlamoqdalar... hatto bizning o‘rnimizga ham. To‘y-ma’rakalardagi xo‘jako‘rsin
raqobatdan bosh ko‘tarib, tarbiya, ilm-ma’rifat, iqtisodiy taraqqiyot yo‘lida harakat va
raqobatga kech qolmayapmizmi? Yaponlarda juda qiziq bir xalq maqoli bor ekan:
Otalarning puliga to‘y qilganlarning nabiralari gadoylik qiladilar”.
(A. Qodirov telegram
kanalidan)
Matnda qo‘llangan
kim nima eksa, shuni o‘radi
va
otalarning puliga to‘y
qilganlarning nabiralari gadoylik qiladilar
maqollari, o‘xshatishlar, metaforalar
nutq
egasining kognitiv darajasini ko‘rsatsa, matndagi sarkazm, ironiya va
o‘zbek xalqi yuz
yildan beri hech narsa o‘rmayapti
kabi jumlasidan
hech bir foydali ish qilinmayapti
degan
tag ma’noni anglash mumkin. Bular esa nutq egasining pragmatikligiga ham ishora qiladi.
Ba’zi xalqlar allaqachon kelajak hisobini yakunlamoqdalar... hatto bizning o‘rnimizga ham
jumlaning davomida esa
bizning xalq oddiy to‘ylar bilan ovora bo‘lib turgan bir paytda
boshqa xalqlar yurt kelajagi haqida rejalar tuzayotgani, allaqachon uning natijasini ham
sarhisob qilayotgani haqidagi tanqidiy pragmatik ma’noni tushunish mumkin.
Deputatning eng asosiy siyosiy pragmatik maqsadi keraksiz illatlardan voz kechib, millat
taqdiri uchun foydali bo‘lgan ishlar bilan shug‘ullanishga da’vat etish yotibdi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
156
Siyosiy shaxslar nutqida jamiyatni birlashishga chaqiriqlar, da’vatlar xalqqa
maqsadiga erishishda motivatsiya berishi bilan ham ahamiyatli: “
Faqat oʻqiganlar yoza
oladi. Faqat yoza oladiganlar koʻra oladi, oʻzgara oladi va atrofini oʻzgartira oladi.
Yiqilganda tura oladigan, maqsad uchun kurasha oladigan insonlargina o‘zgarish va
o‘zgartirishga erishadilar. Siz o‘zgarsangiz, atrofingiz o‘zgaradi, jamiyat o‘zgaradi.
Muqaddas vatanimiz – O‘zbekistonni birga o‘zgartiraylik. Hammamiz istayotgan
oʻzgarishlarning voz kechib boʻlmas sharti qatʼiy intizom va qonunlarga amal qilish
ekanligini unutmaylik! Maqsadimiz bir – millatimiz omon, O‘zbekistonimiz qudratli bo‘lsin!
Milliy taraqqiyot yo‘lida jamoat uchun rais, jamoatchilikka safdosh, davlatda xodim,
xalqimga xizmatkorman!”
A. Qodirovning ushbu nutqlarida xabar, buyruq va istak aktlari
motivatsion diskursni berishga xizmat qilgan. Nutqning motivatsion xarakterga ega
bo‘lishi ham siyosatchi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
XULOSA
Zamonaviy ona tili so‘zlovchisi individual va umummilliy o‘ziga xosliklarni
uyg‘unlashtirgan holda rasmiy nutqda namoyon eta olishi bilan ahamiyatlidir. Shu
ma’noda siyosatchi lisoniy shaxsini milliy mafkura va uning o‘ziga xos individual
xususiyatlariga bog‘liq holda ko‘rib chiqish lozim. Siyosatchiga “til yaratuvchi shaxs”
sifatida qarash mumkin. U tilga nafaqat siyosiy matnlarda “ma’no hosil qiluvchi
mexanizm” sifatida, balki individual lisoniy xususiyatlari va milliy til xususiyatlarini
faoliyat ko‘rsatish uslubiga moslashtirishi kerak bo‘lgan semiotik tuzilma sifatida ham
qarashi lozim”. Spiker A.Qodirov adresatga ta’sir o‘tkazishda va siyosiy diskursni
berishda nutqlarida sleng, okkozional so‘zlar, ko‘chma ma’noli so‘zlar, aforizmlar,
sarkazm va kinoyalardan maqsadli foydalana oluvchi o‘ziga xos uslubga ega siyosatchi
lisoniy shaxs sifatida namoyon bo‘ladi. Siyosiy diskursni berishda siyosatchining til
tizimini bilishi, undan mahorat bilan foydalanishi, til birliklarini kommunikativ
maqsadiga, kasbiy faoliyatiga xizmat qildira olishi, lisoniy qobiliyatini nutqida namoyon
eta olishi bilan belgilanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Атьман О.В. Вербализация стратегии самопрезентации в президентских
предвыборных теледебатах как агональном жанре политического дискурса //
Политическая лингвистика. – Екатеринбург, 2011. Вып. 1(35). – С. 96–103.
2.
Barliboyeva S. O‘zbek tilidagi siyosiy matnlarda kommunikativ strategiya va
taktika: lingvopragmatik yondashuv. Filol. fan…PhD diss. – T., 2023. – B. 34.
3.
Караулов Ю. Н. Русский язык и языковая личность. – М.: Издателство ЛКИ,
2010. – 264 с.
4.
Лотман Ю.М. Внутри мыслящих миров. Человек – текст – семиосфера –
история. – М.: Языки русской культуры, 1996. – 464 с.
5.
Нехорошева А. М. Особенности языковой личности политического лидера
Германии Ангелы Меркель // Политическая лингвистика. – Екатеринбург, 2012. –
С. 147–150.
6.
Saatova S. O‘zbek tilida lisoniy shaxs shakllanishining ijtimoiy omillari. Filol.
fan…PhD diss. – T., 2025. – 135 b.
7.
Sedykh A. P., Ivanishcheva O.N., Sidorova T.A., Bolgova Y.V., Bolgova N.S.
Politician’s linguistic personality as key figure of institutional discourse. Revista
inclusiones issn 0719-4706 volumen 7-numero especial- octubre/diciembre 2020. – P.
347–358.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
157
8.
Шапочкин Д. В. Политический дискурс: когнитивный аспект: монография.
– Издательство Тюменского государственного университета, 2012. – 260 с.
9.
Чудинов А. П. Интертекстуальность политического текста // Лингвистика.
– Екатеринбург, 2003. – С. 27–44.
