Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Formation of mother language personality in a literary
text (based on U. Hamdam's works)
Surayya SAATOVA
National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2024
Received in revised form
10 May 2024
Accepted 25 May 2024
Available online
25 June 2024
The article examines the concept of linguistic personality in
the context of linguistic personology, emphasizing its
importance in the analysis of literary texts. Linguistic
personality is considered as a fundamental concept denoting a
person who creates, transmits, and perceives speech. The work
analyzes the features of the linguistic personality of the writer
and characters and their influence on the structure and content
of the literary text. Particular attention is paid to how the
personal characteristics of the author and characters are
manifested in speech behavior and contribute to a deep
understanding of their motivations and characters.
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss1
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
linguopersonology,
linguistic personality,
literary text,
character,
speech.
Badiiy matnda ona lisoniy shaxsining voqelanishi (U.
Hamdam asarlari misolida)
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
lingvopersonologiya,
lisoniy shaxs,
badiiy matn,
personaj,
nutq.
Tilshunoslikda tildan foydalanuvchi shaxs tushunchasiga
nibatan lisoniy shaxs atamasi qoʻllanmoqda. Lisoniy shaxs
lingvopersonologiya yoʻnalishining asosiy tushunchalaridan biri
boʻlib, nutqni yaratuvchi, uni boshqalarga uzatuvchi va idrok
etuvchi shaxsni anglatadi. Ushbu maqolada lisoniy shaxsning
badiiy matnda ifodalanishi, yozuvchi va personaj lisoniy
shaxsidagi o‘ziga xosliklar ochib berilgan. Badiiy matnda ona
lisoniy shaxsini shakllantirish, uni yaratishdagi yozuvchi
mahorati haqida fikr yuritiladi.
1
Teacher, National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
510
Формирование материнской лингвистической личности
в художественном тексте (по произведениям У. Хамдама)
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
лингвоперсонология,
языковая личность,
художественный текст,
персонаж,
речь.
В статье исследуется концепция языковой личности в
контексте лингвоперсонологии, подчеркивая ее значение в
анализе художественных текстов. Языковая личность
рассматривается
как
основополагающее
понятие,
обозначающее человека, который создает речь, передает и
воспринимает ее. В работе анализируются особенности
языковой личности писателя и персонажей, их влияние на
структуру и содержание художественного текста. Особое
внимание уделено тому, как личностные характеристики
автора и персонажей проявляются в речевом поведении и
способствуют глубокому пониманию их мотиваций и
характеров.
KIRISH
Zamonaviy
tilshunoslikning
asosiy
yo‘nalishi
ilmiy
tadqiqotlarning
antropotsentrikligi, ularning odamlar uchun ahamiyati, insonning o‘zini va dunyoni bilish
jarayonidagi roli bilan belgilanadi. XX asr 90-
yillardan “lisoniy shaxs” tushunchasi
antropotsentrik tilshunoslikning asosiy tushunchasiga aylandi.
Badiiy asar tili haqida qator tadqiqotlar olib borgan V.
Vinogradov “Badiiy proza
haqida” nomli asarida
lisoniy shaxs
terminini qo‘llagan va lisoniy shaxs konsepsiyasini
ishlab chiqqan.
Tilshunoslikda bu yo‘nalishdagi dastlabki qarash Y.N.
Karaulovning lisoniy shaxs
haqidagi taʼlimotidir. Lisoniy shaxs deganda olim “struktur va lisoniy murakkablik
darajasi; voqelikni aks ettirish chuqurligi va aniqligi; muayyan maqsadga
yo‘naltirilganligi,
farq qiluvchi nutqiy asarni (matnni) yaratish va idrok etishni
belgilovchi qobiliyat va xususiyatlar majmuini ajratadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI
Bugungi zamon tilshunosligida xalqning madaniyatini, tarixini, milliy an’analarini
va boshqa oz‘iga xos xususiyatlarini nutqida nomoyon qilgan so‘zlovchi shaxs, ya’ni
lisoniy shaxs tadqiqotlarning o‘rganish obyektiga aylandi. I.I.
Xaleeva lisoniy shaxsni
madaniyatlararo muloqotda to‘liq ishtirok etish qobiliyatining ko‘rsatkichi sifatida
belgilaydi.
Badiiy matnda lisoniy shaxsning namoyon bo‘lishi
yozuvchining tildan foydalana
olish layoqati bilan birga, kuzatuvchanligi, har bir shaxsga, aniqrog‘i, asarda lisoniy shaxs
sifatida gavdalantirilishi nazarda tutilayotgan personajning ijtimoiy mavqeyi, ijtimoiy
roliga qarab
tildan qay darajada foydalana olishini ilg‘ay olishi bilan belgilanadi
.
Badiiy matnda personajlar nutqi turli lisoniy shaxslar haqidagi tasavvurlarni
berishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Personajlar nutqining o‘ziga xosligini
ta’minlashda yozuvchining mahorati asosiy omil sanaladi. Badiiy matn, eng avvalo,
so‘zlovchi ruhiy holatini so‘z vositasida tasvirlaydigan manbadir.
Til asrlar davomida shakllangan qadriyatlar, urf-
odatlar, jamiyat a’zolarining
o‘zaro munosabatlarining in’ikosi sifatida yashaydi. Inson muloqotga kirishar ekan,
shubhasiz, nutqida uning ichki dunyosi, ruhiyati, individualligi aks etadi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
511
Darhaqiqat, insonning olamni anglashi, jamiyatga bo‘lgan munosabati, ichki
dunyosi va ruhiyati, madaniyati, albatta, uning nutqida namoyon bo‘ladi.
D.Niyazova hissiyot ifodasi berilgan mikromatnlar badiiy asarlarda turli holatlar
vositasida yuzaga kelishini ta’kidlaydi hamda ularni quyidagicha tasniflaydi:
1. Asar personajining kechinmalari uning nutqidan anglashiladi.
2. Personajning ruhiy holati asar muallifi nutqi vositasida beriladi. Bunda muallif
quiyidagi usullardan foydalanadi: a) personajning ruhiy holatini bevosita bayon qiladi;
b) personajning jismoniy xatti-harakatlarini tasvirlash orqali uning ruhiy holatiga ishora
qiladi; v) tabiat tasviri orqali personajning ruhiy holatiga ishora qiladi”.
Asar personajlarining hissiyotlarini til vositasida ifoda etish nihoyatda murakkab
jarayon bo‘lib, yozuvchilar bunda turli verbal va noverbal vositalardan foydalanadi.
So‘zlarining semantikasiga alohida e’tibor beradi, tilning ifoda imkoniyatlaridan unumli
va o‘rinli foydalanadi.
Ulug‘bek Hamdam asarlari mavzu jihatdan xilma
-
xil bo‘lib, uning asarlarida har xil
qahramonlarni uchratish mumkin.Ulug‘bek Hamdam asarlarida ona lisoniy shaxsi o‘zbek
millati onalariga xos bo‘lgan qiyofalarda namoyon bo‘ladi. Yozuvchi ona lisoniy shaxsini
gavdalantirishda o‘zbek onalariga xos bo‘lgan mehribonlik, kuyunchaklik xislatlarini aks
ettiradigan leksik birliklardan foydalanadi. Farzandi uchun har ishga qodir va tayyor
onalar obrazi xilma-
xil ranglarda ko‘z oldimizda namoyon bo‘ladi.
–
Boshqasini yaxshi ko‘rsang, ayt, qizim? –
o‘zini ikki
-uch kun shu birgina savolni
berish uchun tayyorlagan Gulchehra opa qizining xonasiga kira solib so‘radi. Chunki biroz
hayallasa, to‘plab olgan jur’ati
nimadir sabab bilan kemtilib qolishidan qattiq chochidirdi.
Sabo churq etmay, derazaga ko‘zini mixlab olgancha o‘tirardi.
–
Sani kasal qilib o‘tirgandan o‘shanga berib, kulganingni, odamlardek gapirib
yurganingni ko‘rganim tuzuk emasmi, qizim! ...ko‘
ziga yosh oldi ona.
–
Rostdanmi, oyi?!
–
dabdurustdan tilga kira qoldi Sabo.
–
Rost bo‘lmay, yolg‘on bo‘larmidi, jon bolam!..
Voy!
–
ko‘zyoshlarini salfetka bilan
artayotgan Gulchehra opa tuyqusdan to‘xtab, go‘yo nima voqea yuz berganini endi anglab
yetgandek hayajon ila xitob qildi,
–
Voy, jonim, san gapirdingmi?!
(“Sabo va Samandar”,
149-bet).
Matnning keyingi o‘rinlarida qo‘llanilgan
xudoyimga
ming shukur, o‘zim o‘rgilay,
bayramona dasturxon yozinglar
kabi gaplar so‘zlovchi shaxsining qattiq xursandlik
holatini ifodalashda xizmat qilgan hamda uning ayol jinsiga mansubligiga ishora qiladi.
“Muvozanat” romanining qahramoni Yusufning onasi Halima aya ham boshqa
onalar kabi mehribon, kuyunchak. Ammo o‘rni bilan qattiqqo‘llik, talabchanlik qila oladi.
Uning o‘g‘li
–
bola Yusuf o‘rtog‘i Parpidan kaltak yeb kelganidagi suhbatida mehribon, shu
bilan birga, qat’iyatli, adolatli ona lisoniy shaxsi sifatida shakllanadi. Buni uning nutqida
qo‘llangan
“voy sho‘rim, kim seni bunaqa qilib urdi, ayt”, “Kuching yetmadimi, urishma,
urishib kaltak yesang, bizga ko‘zyosh to‘kib kelma”, “to‘y o‘tgandan keyin xinani boshqa
joyga qo‘yadilar”
kabi gaplardan bilib olish mumkin.
NATIJALAR
Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”, “Muvozanat”, “Ota” asarlarida ona lisoniy
shaxsini yaratishda quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratganligini ko‘rishimiz mumkin
:
1.
Nutqda emotsionallikni ifodalovchi birliklarning ko‘pligi, murojaatda erkalovchi
so‘zlar (jonim, oppog‘im, qo‘zichog‘im) ni ko‘p qo‘llashi, hissiyotlarga boy bo‘lishi:
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
512
Doim shunaqa deysan, jon bolam,
–
ayaning ko‘ziga yosh qalqiy qoldi.
–
Buning oxiri
bormi o‘zi? Bizga
-
ku mayli, nega do‘sting Samandarning xatlariga javob yozmaysan, nega
unga ham beparvosan, qo‘zichog‘im!
.. (“Sabo va Samandar”, 53
-bet)
2. Nutqning onaning psixologik holati, ichki kechinmalari, ruhiy iztiroblarining aks
ettirishi:
Nahotki?!.
–
o‘ylardi Nozima aya mehmonxonadagi o‘rindiqqa o‘zini tashlab.
–
Nahotki, u meni turtib chiqargan bo‘lsa?! O‘z o‘g‘lim
-
a? Yo‘g‘
-
a, bo‘lishi mumkin emas!
Menga shunday tuyulgandir
... (“Sabo va Samandar”, 54
-bet)
Keltirilgan mikromatndagi
nahotki, turtib chiqargan, o‘z o‘g‘lim
-
a, yo‘g‘
-
a, bo‘lishi
mumkin emas
birliklari nutq egasining ichki kechinmalari
–
iztirobini, ayni o‘rinda
taajjubini aks ettirish bilan birga, uning shaxsiy sifatlari
–
ona ekanligi, jinsi, ruhiyati
haqida ham ma’lumot beradi.
3.
Nutqning onalarga xos tarzda “yumshoq” ifoda etilishi. Bu holat yozuvchi
asarlaridagi deyarli barcha onalarga xos. Ammo bu bilan yozuvchining hamma onalari bir
xil degan fikrga borish kerak emas. Adib shu jihatlar bilan o‘zbek onalarining boshqa
millat onalarida uchramaydigan xislatlarni ifoda qilgan:
Nima qilay, bolam. bitta o‘zi so‘ppayib qoluvdi, –
dedi Hanifa aya, xontaxta chetiga
qo‘llarini qo‘yib o‘tirarkan, –
qo‘ni
-
qo‘shnining tovuqlariga ketgani
-ketgan. Bu zaylda
yo‘qolib ketishi ham mumkin
-ku.
Davlatim bo‘lganda ming marta edi, o‘g‘lim, –
Hanifa aya
og‘ir xo‘rsindi. –
Tovuq olgan bilan ish bitsaykan, tuzukroq katak ham solish kerak-da.
Eskisini ko‘rding
-
ku, tulkilardan qo‘riy olmadi, nechtasini yeb ketdi yashshamagurlar…
Bo‘ldi
-
da endi o‘g‘lim, osh soviyapti, oshga qaranglar
(“Sabo va Samandar”, 58
-bet). Ushbu
nutq parchasida
Davlatim bo‘lganda, tuzukroq katak ham solish kerak
-da
sintaktik
birliklari lisoniy shaxsning iqtisodiy ahvoli haqida ham tasavvur beradi.
4.
Onalar nutqida o‘zbek nutq odobi me’yorlariga amal qilinishi. Asarda yosh
jihatdan turlicha bo‘lgan onalar lisoniy shaxsi uchraydi. Yosh jihatdan eng ulug‘i
Yusufning enasi, otasining onasi bo‘lib,
uning nutqida ham yosh jihatdan, ham hududiy
jihatdan o‘ziga xoslanganlikni ko‘rishimiz mumkin:
–
Iloha omin, xonadonlarimizga tinchlik-
xotirjamlik, yurtimizga to‘kin
-sochinlik
bersin, bolalaringning rohatini ko‘riyla. Yusuf o‘g‘lim, sening ham boshing toshdan bo‘lsin,
Xudoyim ikki dunyongni obod aylasin! Hammalaringga O‘zi sabr ato etsin. Menday qarib
-
churib, miyasi aynib qolgan kampirning injiqliklariga chidab yurganlaringga rahmat
(“Muvozanat”, 58
-bet).
5.
Nutqning uslubiy xoslanishi. Quyidagi matnda qo‘llanilgan
qizim, qudanikiga,
Toshkaniga, betamizni
kabi
birliklar ona lisoniy shaxsiga ishora qiluvchi birliklar bo‘lib,
gapirayotgan shaxs ona ekanligini, gap kuyov haqida ketayotganligini, kuyov Toshkentda
ekanligini bildiradi. Kuyovga nisbatan
betamiz
leksemasining qo‘llanilganligi ayni paytda
undan ranjigan shaxs qiyofasini ham berishda xizmat qilgan:
–
Esingni yig‘, jinni bo‘lma! –
Tojixon ayaning kapalagi uchib ketdi.
–
Shoshmay tur,
qizim, ertagayoq o‘zim qudanikiga borib gaplashib kelaman. Kerak bo‘lsa, Toshkaniga
borib, yetaklab kelaman o‘sha betamizni!..
6. Onalarning milliy-madaniy qadriyatlarga munosabatini nutqi orqali aks ettirish.
Onalar asrlar davomida shakllangan milliy qadriyatlar, ma’naviy boyliklarni farzandlarga
singdirishda asosiy rolni o’ynaydilar. Oilada tarbiya masalasiga asosan ayol mas’ul
bo’lganligi uchun ham ularning lisoniy shaxsini tasvirlashda shu jihatlarni e’tibordan
chetda qoldirmaslik zarurligini yozuvchi teran anglaydi:
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
513
–
Samandar, Sherdilning otasi qazo qilgan. Ertaga ikkinchi payshanbasi, esingdan
chiqib biror yerga ketib qolma, tag‘in, –
dedi Hanifa aya kechga tomon bir ahvolda qaltirab
uyga kirib kelgan o‘g‘liga. –
Sovqotib qopsan-ku, bolam. Qayerlarda yurding muncha? Keyin
onaizor uzoqroqdagi xonalarda ivirsib yurgan nevara qizlarini chaqirib:
–
Tog‘angning
ovqatini isitib, choyiga qaranglar… Qanoat!.. Oshxona bu tomonda, qizim, nega
mosovsiraysan? Pechkaga o‘tindan ayamay tiqinglar, bo‘laqolinglar endi! –
dedi.
–
Xudo rahmat qilgan bo‘lsin, –
yuzini siladi Samandar.
Shu Sherdil o‘rtog‘ing ota
-
onasini kuydirib jo‘natdi
-da bolam,
–
deya gap boshladi
aya bir zumlik sukunatdan so‘ng xo‘rsinib. –
Nozima-
ku… bo‘lari bo‘p ketgandi boyaqish.
Xotinidan keyin Tohir akayam Toshkan yo‘liga qaray
-
qaray ado bo‘ldi. Og‘irlashib qolganda
chaqirishgan edi o‘rtog‘ingni… kelmadi. Qaysi bir go‘rda
–
xorijda yurgan ekan. Kuta-kuta,
axiyri uchinchi kun deganda omonatini topshirdi bechora. O‘lar vaqti:“Meni unday o‘g‘lim
yo‘q, oq qildim”,–
deganmish. Mahallada hammaning og‘zida shu gap… Hech bandaning
boshiga solmasin bunday isnodni. Endi o‘rtog‘ing boshini qanday ko‘tarib yuradi
-a, bolam?..
(“Sabo va Samandar”, 322
-bet)
Keltirilgan parchada onaning farzandiga so‘zlagan nutqida urf
-odatlarni eslatishi,
ota-
onaga bo‘lgan muhabbat, mehr
-
oqibat kabi insoniy fazilatlarga o‘rgatishi orqali ona
lisoniy shaxsi shakllantirilgan. Onaning noqobil farzanddan noriziligini ifodalash uchun
yozuvchi ona nutqida
qaysi bir go‘rda
–
xorijda yurgan ekan
gapidan foydalangan. Ona
lisoniy shaxsida yozuvchi onalarga xos yumshoqlik, ehtiyotkorlik, nasihat ohanglarini
berishda
xo‘rsinib
,
boyaqish
kabi til birliklaridan unumli foydalangan.
XULOSA
Ulug‘bek Hamdam asarlarida ona lisoniy shaxsida o‘zbek onalariga xos bo‘lgan
mehribonlik,
ko‘ngilchanlik, ehtiyotkorlik kabi xislatlar leksik birliklar hamda turg‘un
birikmalar vositasida ifodalangan.
Lisoniy shaxs millati, kasb-
kori, yashash tarzi, qaysi dinga e’tiqod qilishi, ijtimoiy
mavqeyi, jinsi va yosh xususiyatlariga ko‘ra xilma
-
xil bo‘lib, nutq jarayonida shu jihatlar
bevosita o‘z aksini topadi. Bu o‘ziga xos jihatlarni yoritishda yozuvchining tildan
foydalana olish mahorati, kuzatuvchanligi muhim sanaladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Виноградов В.В. Избранные труды. О языке художественной прозы. –
М.:
Наука, 1980. –
С. 61.
2.
Караулов Ю. Н. Русская языковая личность и задачи её изучения // Язык и
личность. –
М.: Наука, 1989.
3.
Халеева И. И. Вторичная языковая личность как реципиент инофонного
текста // Язык
-
система. Язык
-
текст. Язык
-
способность. –
М.,1995. С. 277
-286.
4.
Umurzoqova M. Lisoniy shaxs tushunchasining sotsiopragmatik aspektda
o‘rganilishi. –
O‘zMU xabarlari. –
№ 1/1. –
285.
5.
UMURZOQOVA M.E. LISONIY SHAXS VA UNING SHAKLLANISHIDA IJTIMOIY
OMILNING O‘RNI. Fledu.uz. –
2023.
–
№ 6.–
B.110-118.
6.
Ниязова Д. Бадиий матнда лисоний шахс типлари. Филол.фан. бўйича
фалсафа док… дисс. –
Қарши, 2020.
7.
Маҳмудов Н. Тилнинг мукаммал тадқиқи йўлларини излаб ... // Ўзбек тили
ва адабиёти. –
Тошкент, 2012. –
№ 5.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
514
8.
Нурмонов А. Лингвистик таълимотнинг янги босқичи. Танланган асарлар.
III жилд. –
Тошкент: Akademhashr, 2012.
9.
Нормуродова Н. Гендерный аспект языковой личности // Хорижий
личности в художественном диалоге // Хорижий филология: Tил, адабиёт, таълим.
–
Самарканд, 2009. –
№4.
10.
Курбанова M. Гендеролингвистик тадқиқ янги парадигма сифатида.
Ўзбек тили ва адабиёти. 2014.
11.
Юлдашев М. Бадиий матннинг лингвопоэтик тадқиқи: Филол. фанлари
дoкт ... дисс. –
Тошкент, 2009.
12.
Худойберганова Д. Ўзбек тилидаги бадиий матнларнинг антропоцентрик
талқини: Филол. фан. докт. ... дисс. автореф. –
Тошкент, 2015.
13.
Лутфуллаева Д., Худойберганова Д. Тилшуносликда лисоний шахс
муаммоси // Ўзбек тили ва адабиёти. 2017. –№
-6.