Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Translation of idioms: theoretical basis and practical
problems
Shakhnoza RAKHIMOVA
1
Mirzo Ulugbek National University of Uzbekistan
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2025
Received in revised form
10
April 2025
Accepted 2 April 2025
Available online
25 May 2025
This article explores the concept of idioms, the problems in
translating them, and provides practical examples. Idioms in
English and Uzbek are compared, and major translation
strategies are analyzed.
2181-3701/© 2025 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss5
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
idiom,
translation,
culture,
equivalence,
descriptive translation.
Idiomalarning tarjimasi: nazariy asoslari va amaliy
muammolari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
idioma,
tarjima,
madaniyat,
ekvivalent,
izohli tarjima.
Ushbu maqolada idioma tushunchasi, uning tarjima
qilishdagi muammolari va amaliy misollar tahlil qilinadi.
Ingliz va o‘zbek tillaridagi idiomalar solishtirilib, tarjima
yondashuvlari o‘rganiladi.
Перевод идиом: теоретические основы и практические
проблемы
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
идиома,
перевод,
культура,
эквивалентность,
описательный перевод.
В данной статье рассматривается понятие идиомы,
трудности её перевода и анализируются практические
примеры. Сравниваются идиомы английского и узбекского
языков, изучаются основные подходы к переводу.
1
PhD, Senior Lecturer, Mirzo Ulugbek National University of Uzbekistan.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
507
XX asrning boshlarida til o‘qitishning zamonaviy yondashuvlariga asos solingan va
ularning rivojlanishi bugungi kunda auditoriyada qo‘llaniladigan til o‘qitish va o‘rganish
usullari uchun asos bo‘lgan. Yillar davomida ko‘plab til o‘qitish va o‘rganish borasidagi
yondashuvlar o‘z davrida til o‘qitish metodikasida ustunlik qilib keldi. Har bir dominant
usul yoki yondashuv o‘zi ishlab chiqilgan muayyan davrning g‘oyalari va
innovatsiyalarini o‘zida aks ettiradi. Har bir tildagi folklor janrlar, maqollar, iboralar, shu
tilda muloqot qiladigan xalqning asrab-avaylanadigan, eng ko‘p o‘rganiladigan muhim
ahamiyatga ega bo‘lgan xalq og‘zaki merosi hisoblanadi. Bu sohaning vazifasi til orqali
xalqning bugungi kungacha shakllangan madaniyatini o‘zida aks ettira olishidir.
Madaniyat – lingvomadaniyatning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Madaniyatda eng avvalo shu
olam va inson tushunchasi bir-biri bilan o‘zaro chambarchas bog‘liq holatda amalga
oshadi. Jamiyatdagi har bir shaxs bolaligidan ona tilini xalqining madaniyati bilan birga
o‘ziga singdirib oladi. Xalq madinayatining barcha nozik tomonlari shu xalqning o‘z tilida
aksini topgan bo‘ladi.
Til va madaniy farqlar va ularning tarjima jarayoniga ta’siri Tarjimon ba’zi bir
matnlarda duch keladigan muammo mavjud, bu ma’lum bir madaniyat yoki muhitda
mavjud bo‘lmagan ba’zi so‘zlarning ma’nosini qanday topish mumkin. Masalan, Evropa
madaniyatida inglizcha "boy friend" va "girl friend" yigit do‘sti va qiz do‘sti tushunchasi,
o‘zbek madaniyatida umuman bo‘lmagan tushuncha. Shuningdek ular arab madaniyatida
ham kam uchraydi.Ushbu farqlar manba tilidan boshqa tilga tarjima qilinmaslik
muammosi bilan bog‘liq. Bu erda translyatsiya yo‘li bilan, ya’ni so‘zni manba tilida
qanday talaffuz qilinishiga qarab, ya’ni iddat va boshqalarni yozish bilan shug‘ullanish
odat tusiga kiradi, bu so‘zlarni izohlash bilan ya’ni qovslar yordamida: Iddat (ajrashgan
yoki beva ayolning Islomga binoan turmush qurishi mumkin bo‘lmagan davr) Biroq,
u ushbu yechim ko‘p hollarda ishlamasligini aniqladi, chunki bu tarjimonni manba tili
madaniyatiga singib ketgan ma’nolarni chuqur o‘rganishga majbur qiladi va uning
tarjimasi bu holda u to‘liq yoki qisman buzilib ketishi mumkinligini hisobga olib bu yerda
uning vakolat doirasiga kirmaydigan mavzular bilan shug‘ullanishga majbur bo‘lib qoladi.
Bugungi global kommunikatsiya davrida turli xalqlarning tili va madaniyatini
o‘zaro anglash, ayniqsa, tilshunoslik va tarjima sohasida o‘ta muhim ahamiyatga ega.
Jamiyatning qadriyatlari va g‘oyalari o‘zgara boshlagach, ta’lim va til o‘rganishga oid
g‘oyalar ham rivojlanib boradi. Mana shunday rivojlanish davrida chet tilni o‘qitish va
o‘rganishda tarjima ham o‘ziga xos ahamiyat kasb etdi. Shu tariqa, idiomalar – xalq
ruhiyatining, mentalitetining, madaniy dunyoqarashining yuksak ifodasi bo‘lib, ularni
tarjima qilish tarjimonlardan katta mahorat, madaniy kompetensiya va nazariy bilimlarni
talab etadi. Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi idiomalarni tarjima qilishda
yuzaga keladigan muammolar va ularni yechish yo‘llarini tadqiq qilishga bag‘ishlanadi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
508
1-rasm. Idiomalarni tarjima qilishda qo‘llaniladigan usullar (%)
Shunday qilib, idiomalarni tarjima qilishda qo‘llaniladigan usullar bo‘yicha foizli
diagramma. Har bir usulning ulushi ranglar bilan ajratilgan (rasm 1):
Ekvivalent idioma – 40%
Izohli tarjima – 30%
Teng ma’noli ibora bilan almashtirish – 20%
To‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima – 10%
Idioma – bu o‘z ifodasi bilan boshqa so‘zlardan iborat bo‘lsa-da, ma’nosi lug‘aviy
ma’nolaridan farq qiluvchi barqaror so‘z birikmasidir. Masalan, “kick the bucket” –
"o‘lish", “ko‘ziga qorong‘ilik cho‘kdi” – “ko‘rmay qoldi, tushunmadi” kabi. Shuningdek,
idiomalar milliy madaniyat mahsulidir. Ular xalq urf-odatlari, qadriyatlari, tarixiy
xotiralari bilan chambarchas bog‘liq.
1-jadval.
Ingliz va o‘zbek tillaridagi idiomalarning umumiy va farqli jihatlari
Xususiyatlar
Ingliz tili
O‘zbek tili
Strukturasi
Fe’l + ot, fe’l + ravish
Fe’l + ot, sinonimik birikmalar
Ma’no uzatilishi
Ko‘p hollarda obrazli
Obrazli va ba’zan to‘g‘ridan-to‘g‘ri
Idiomalarni tarjima qilish usullari:
Ekvivalent tarjima (
She kicked the bucket
→
U vafot etdi
)
Teng ma’noli idioma bilan almashtirish (
Break the ice
→
Muzni eritmoq)
To‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilish (agar o‘zbek tilida ham ishlatilsa)
Izohlovchi tarjima (Go bananas → Aqlidan ozish darajasida hayajonlanmoq)
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
509
2-jadval.
Ingliz tilidan tanlangan idiomalar namunasi va tarjimalari
Inglizcha idioma
To‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima
O‘zbek tilidagi tarjima
Spill the beans
Luviyani to‘kmoq
Sirni oshkor qilmoq
Hit the sack
Xaltani urmoq
Uxlashga yotmoq
A piece of cake
Bir bo‘lak tort
Juda oson narsa
Cost an arm and a leg
Qo‘l va oyog‘iga tushdi
Juda qimmatga tushdi
Tarjimon duch keladigan muammolar:
Madaniy tafovutlar
Konnotatsiya farqlari
Teng ma’noli ifodaning mavjud emasligi
Janr va kontekstga moslash
3-jadval.
Tarjimada yo‘l qo‘yiladigan keng tarqalgan xatoliklar
Xatolik turi
Misol (Inglizcha)
Noto‘g‘ri tarjima
To‘g‘ri yondashuv
Lug‘aviy tarjima
Kick the bucket
“Cho‘mich tepdi”
“Vafot etdi”
Kontekstga mos
kelmaslik
He is in hot water
“Issiq suv ichida”
“Muammoga duch
keldi”
Madaniy tafovutlarni
e’tiborsiz qoldirish
It’s raining cats and
dogs
“Mushuk va itlar
yog‘moqda”
“Juda kuchli yomg‘ir
yog‘moqda”
Shunday qilib, tarjima usullariga asoslangan tahlil, quydagicha bo‘ladi: Spill the
beans – bu idioma “sirni ochib qo‘ymoq” ma’nosida ishlatiladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri
tarjimada ma’no yo‘qoladi. Demak, bu yerda ekvivalent idioma tanlash kerak.
4-jadval.
O‘zbekcha idiomalarning ingliz tiliga tarjimasi misollar bilan
O‘zbekcha idioma
Inglizcha tarjima
Tarjima usuli
Yuragi og‘ziga chiqdi
His heart was in his mouth
Ekvivalent
Tiliga tish qo‘ymadi
Spoke without thinking
Izohli tarjima
Boshi osmonga yetdi
He was over the moon
Ekvivalent idioma
5-jadval.
Ingliz tilidagi mashhur idiomalarning tarjima variantlari
Idioma
O‘zbek tilidagi izohi
Bite the bullet
Og‘ir qarorni qabul qilishga majbur bo‘lish
Let the cat out of the bag
Sirni oshkor qilish
Kill two birds with one stone
Bitta ish bilan ikki natijaga erishish
Hit the nail on the head
Masalaning tagiga tushmoq
Under the weather
O‘zini yomon his qilmoq
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
510
Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, tarjima o‘quvchini ikki tilni solishtirish
va qiyoslashga va ular o‘rtasidagi tarkibiy farqlarni bilishga yordam beradi, bu esa yangi
tilni o‘rganishda juda samarali bo‘ladi. Tarjima til o‘rganishda samarali qo‘llanishi uchun
tarjima so‘zlarni birma-bir o‘girish emas, balki ma’noni olib o‘tishga e’tibor qaratish
lozim. Ayniqsa, idiomaning tarjimasi – bu nafaqat lingvistik, balki madaniy faoliyatdir.
Tarjimon idioma orqali tildan tilga nafaqat so‘zlarni, balki butun bir xalqning
dunyoqarashi, qadriyatlari va hissiyotlarini o‘tkazishi kerak. Shu boisdan, idiomalarni
tarjima qilishda faqat lug‘aviy emas, balki madaniyatlararo kompetensiya, janr, stil va
kontekst asosida yondashuv zarur.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Vinay J. & Darbelnet J. Comparative Stylistics of French and English.
2.
Newmark P. A Textbook of Translation.
3.
Baker M. In Other Words: A Coursebook on Translation.
4.
Muminova, D. A. (2023). Chet tilini o‘rgаnishdа tаrjimаning roli. Oriental
renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3 (11), 693-696.
5.
Cambridge Idioms Dictionary.
