Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
The Reflection of National Mentality in Proverbs
Sabokhat BOZOROVA
1
Alisher Navo’i Tashkent State University of Uzbek
Language and Literature
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received May 2025
Received in revised form
15
May 2025
Accepted 25
June 2025
Available online
15
July 2025
This article substantiates how national mentality is expressed
and reinforced through language, and how the culture,
fundamental spiritual values, moral standards, and centuries-old
life experiences of a people are reflected as a semantic structure
through language, especially in proverbs. The reflection of
national mentality in Uzbek folk proverbs containing the "horse"
component is analyzed using a linguocultural approach.
2181-3663
/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss4-pp69-74
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
language,
culture,
proverb,
horse,
national mentality,
linguoculturology,
cultural code,
value.
Maqollarda milliy mentalitetning aks etishi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
til,
madaniyat,
maqol,
ot,
milliy mentalitet,
lingvomadaniyatshunoslik,
madaniy kod,
qadriyat.
Mazkur maqolada milliy mentalitetning til orqali ifodalanishi
va mustahkamlanishi, til vositasida, ayniqsa, maqollar orqali,
xalqning madaniyati, asosiy ma’naviy qadriyatlari, axloqiy
mezonlari va ko‘p asrlik hayotiy
tajribalari semantik struktura
sifatida aks etishi asoslanadi. “Ot” komponentli o‘zbek xalq
maqollarida milliy mentalitetning aks etishi lingvomadaniy
yondashuv asosida tahlil qilinadi.
Отражение национального менталитета в пословицах
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
язык,
культура,
пословица,
В статье обосновывается, что национальный менталитет
выражается и закрепляется посредством языка, в частности
через пословицы, в семантической структуре которых
отражаются культура народа, основные духовные ценности,
1
Senior Lecturer, Alisher Navo’i
Tashkent State University of Uzbek Language and Literature.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
3
№
4 (2025) / ISSN 2181-3701
70
лошадь/конь,
национальный
менталитет,
лингвокультурология,
культурный код,
ценность.
нравственные критерии и многовековой жизненный опыт. На
основе лингвокультурологического подхода анализируется
отражение национального менталитета в узбекских
народных пословицах с компонентом «лошадь/конь».
KIRISH
Til milliy ong va mentalitetning muhim kodi, xalqning tarixiy tajribasi, qadriyatlar
tizimi, ijtimoiy ongi, madaniyatining yorqin aks ettiruvchisi sifatida qaraladi. Maqollar esa
tilning obrazli, barqaror va tarixiy xotirani saqlovchi shakli hisoblanadi. Ularda xalqning
ruhiyati, dunyoqarashi, e
’
tiqodi, mehnatga munosabati, oila, jamiyat, axloq va odob bilan
bog
‘
liq qarashlar o
‘
z ifodasini topadi. Har bir millatning tarixiy tajribasi, madaniy
qadriyatlari, xalqona tafakkur va ruhiyatidan kelib chiqqan holda shakllangan barqaror,
obrazli va semantik jihatdan boy til birliklari bo
‘
lgan maqollar xalq og
‘
zaki ijodining eng
qadimiy va ishonchli madaniy manbalaridandir. Maqollar til vositasida madaniy xotirani
saqlaydi, xalqning ongini shakllantiradi va avloddan avlodga uzatadi.
O‘zbek maqollarida
milliy mentalitetning ifodalanishi orqali xalq tafakkurining o‘ziga xos modeli vujudga keladi.
“Ot” obrazi bu modelda qadimiy dunyoqarash, turmush tarzi va ruhiy
-
ma’naviy qadriy
atlar
bilan bog‘liq holda talqin qilinadi. Maqollarimizda “ot” obrazining keng qo‘llanishi xalqning
hayot tarzi, madaniyati, qadriyatlari va urf-
odatlari bilan chambarchas bog‘liq.
“Mentalitet (nemischa mentalität<lot.mens, mentis –
aql, idrok)
–
jamiyat, millat,
jamoa yoki alohida shaxslarning tarixiy tarkib topgan tafakkur darajasi, madaniy
salohiyati, ularning hayot qonunlarini tahlil etish kuchi, muayyan ijtimoiy sharoitlardagi
aqliy qobiliyati, ruhiy quvvati. Mentalitet
–
xalq mentalligini, uning aqliy va ruhiy
quvvatining ichki tuzilishini va differensiatsiyasini aks ettiradigan kategoriya.
Mentalitetlar turli masshtablardagi lingvomadaniy jamoalarning psixolingvo-
intellektlarini namoyon qiladi. Jamiyat, millat yoki shaxsning mentaliteti ularning o‘zi
ga
xos an’analari, rasm
-rusumlari, urf-odatlari,
diniy e’tiqod va irimlarini ham qamrab oladi”
[1:243].
Xalqning tarixiy xotirasi, ma’naviy qadriyatlari, axloqiy qarashlari, turmush tarzi
va ruhiy olamining umumlashgan shakli bo‘lgan
milliy mentalitet
o‘zlikni anglash,
voqelikka munosabat, qadriyatlarga bo‘lgan yondashuvda namoyon bo‘ladi.
ASOSIY QISM
Maqollar tilning eng barqaror, obrazli va qadimiy qatlamini tashkil qilib, xalqning
ruhiy olami, ijtimoiy ongi va madaniy arxetiplarini ifoda etadi. Maqollar mazmuniga
chuqur nazar tashlar ekanmiz, ularda xalqning dunyoqarashi, tushunchalar tizimi, axloqiy
mezonlari, mehnatga munosabati, nasl-
nasab, qadr, do‘stlik, sadoqat, sabr
-toqat, donolik
kabi mental tushunchalar obrazli va barqaror shaklda aks etadi.
Bu esa, o‘z navbatida, xalq
tafakkurining o‘ziga xos modelini yaratadi. Bu model tildagi maqollar, iboralar va
metaforik tuzilmalar orqali qayd etiladi, saqlanadi va uzatiladi. “Xalq tajribasi asosida
shakllanib, uning ma’naviy dunyosi, voqea
-hodisalarga m
unosabatini o‘zida
mujassamlashtirgan paremiologik birlik sifatidagi maqollar ayni paytda mazkur xalqning
mental xususiyatlarini ham aks ettiradi. Ular zamirida mujassam g‘oyalar doimo insonlar
uchun tarbiya o‘chog‘i bo‘lib xizmat qilib kelgan, ular, hech
bir shubhasiz, maqollarga
tayanganlar”
[2:42]. Maqollar xalq hayoti, ruhiyati va tajribasini ifoda etuvchi lingvistik
birlik, mentalitetni saqlovchi madaniy kod hamda tafakkurning obrazli modeli sifatida
xizmat qiladi. Shunday ekan, o‘zbek xalq maqollari o
rqali vujudga kelgan milliy tafakkur
modeli xalqning o‘z
-
o‘zini anglash, baholash va qadriyatlarni kelajak avlodga yetkazish
mexanizmidir.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
3
№
4 (2025) / ISSN 2181-3701
71
“
Lingvomadaniyatshunoslikda: til sohiblarining milliy-obrazli tafakkur tarzini va
aksiologik munosabatini namoyon etuvchi, aksariyat hollarda lingvomadaniy kodlar
vositasida shakllantirilgan, ixcham poetik shakldagi hikmatli ibora; olam lisoniy
manzarasining kichik bir qismi
”
[3:53] maqol hisoblanadi.
O‘zbek maqollari xalq
tafakkurining konseptual modeli
bo‘lib, til
orqali milliy ruhiyatni kodlaydi, anglatadi va
tarbiyalaydi.
Qadriyatlar modelining tildagi ko‘rinishi bo‘lgan maqollar xalqning mental, axloqiy
va estetik qarashlarini obrazli, metaforik ifoda etadi.
“Zoonim komponentli maqollarda
jonzotlarning tabiiy belgi-xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, inson tabiati yoritilgan.
Shaxsga xos xususiyatlarning zoonimlar timsolida tasvirlanishi obrazlilikka,
ta’sirchanlikka xizmat qiladi. Shaxs tavsifida qo‘llangan zoonimlar umumiy yoki xususiy
baho semalari asosida i
nsonning ijobiy va salbiy jihatlarini yoritishi bilan xarakterlanadi”
[4:24]. Masalan:
Ot olsang, otasini surishtir;
Tulpor − biyadan, Mard –
enadan; Otdan ola
ham tug‘ar, qora ham
;
Odam bo‘lar yigit odatidan ma’lum, Tulpor bo‘lar qulun −
muchasidan
singari maqollarda naslga
e’tibor, ijtimoiy ishonchlilik qadriyati;
Ot kuchini karvonda ko‘r,
mard kuchini
–
maydonda;
Ot oyog‘idan topar,
Odam − qo‘lidan; Aqllining oti ham horimas,
Toʻni ham to ‘zimas; Hunar to‘ygizar, Ot mindirib, to‘n kiygiz
ar; Mard xotinin qaritmas,
Botir otin horitmas; Marddan ot qolur, Nomarddan
–
dod; Otni ham maydonda sina, Erni
ham maydonda sina; Yo‘rga otning yo‘li bo ‘lar,
Jo‘rtoqining sho‘ri bo‘lar;
Ot bo‘lguncha, toy
ham bo‘lar; Toy mingan ot ham minar;
Shoshib suringandan
Asta yurib otdan o‘zgan yaxshi;
Yaxshi ot keyin chopar; Qanoat qilsang, qorning to‘yar,
Beqanoat otini so‘yar
kabi
maqollarda amaliy baholash, mehnatning samarasiga tayanish qadriyati;
Yaxshi ot
–
jonga
sherik, Yaxshi it
–
molga sherik;
Og‘a
-ini t
otuv bo‘lsa, ot ko‘p,
Opa-
singil totuv bo‘lsa, osh ko‘p;
Er boshiga ish tushsa, Suyab otga mindirar;
Er boshiga ish tushsa, Etik bilan suv kechar, Ot
boshiga ish tushsa, Suvliq bilan suv ichar;
Ot − yigitning yo‘ldoshi; Ot − yigitning qanoti;
Yaxshi ot jonga sherik, Yomon ot
–
molga; Yaxshi ot − ko‘pniki; Do‘st otini minib yur,
manzilingga yetasan; Otasi boshqa ot bermas; Otasi yov ot bermas
maqollarida
xalqimiz
tomonidan e’zozlanadigan sadoqat, do‘stlik, ishonch kabi qadriyatlar
ifodalanganini
ko‘rish mumkin.
“Ot” komponentli maqollarda quyidagi qadriyatlar ko‘proq uchraydi:
QADRIYAT
MAQOLLAR
Nasl, asliyat
Ot olsang, otasini surishtir;
Ayg‘ir qanday bo‘lsa, ot shunday
Vatanparvarlik
Otangning oti o‘zguncha, Ovulingning toyi o‘zsin;
El − qo ‘ngan yerda, Ot − to‘ygan yerda; El qo‘ngan yerni bilar, Ot to‘ygan yerda
tinar
Mehnatsevarlik
Hunar to‘ygizar, Ot mindirib, to‘n kiygizar; Qo‘ydek yuvvosh bo‘l, Otdek
yuguruk; Yaxshi ot oyog‘idan ozar; Yaxshi ot to‘rvasini orttirar, Yomon ot −
qamchisini
Sadoqat, do‘stlik
Do‘st otini minib yur, manzilingga yetasan;
Yaxshi ot
–
jonga sherik, Yaxshi it
–
molga sherik;
Yaxshi ot jonga sherik, Yomon ot − molga
Mardlik
Ot kuchini karvonda ko‘r, Mard kuchini –
maydonda; Otni ham maydonda sina,
Erni ham maydonda sina; Ot bo‘lsa, maydon topilar, Ot bo‘lmasa, maydon chopilar;
Marddan ot qolur, Nomarddan
–
dod; Er boshiga ish tushsa, Etik bilan suv kechar,
Ot boshiga ish tushsa, Suvliq bilan suv ichar; Er boshiga ish tushsa, Suyab otga
mindirar; Olis yo‘l otni sinar, Og‘ir yo‘l mardni sinar; Olis yo‘l otni sinar, Og‘ir kun –
xotinni
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
3
№
4 (2025) / ISSN 2181-3701
72
QADRIYAT
MAQOLLAR
Tajriba
Ot surinib yo
‘
l tanir, Er surinib
–
el; Ot aylanib qozig
‘
ini topar, Er aylanib yozig
‘
ini
topar; Ot aylanib qozig
‘
ini topar, Suv aylanib
−
yorig
‘
ini; Toy qoqilib ot bo
‘
lar, Ot
bo
‘
lguncha lat yeyar; Har kim ham chaqilar, Yaxshi ot ham qoqilar
Mehmondo‘stlik
Qo‘noqqa osh ber, otiga –
yem; Ot boqsang − uloqqa, Qo‘y boqsang − qo‘noqqa
Qanoat
Qanoat qilsang, qorning to‘yar, Beqanoat otini so‘yar; Ot bo‘lmaganda eshak ham
ot; Ot topguncha eshak min; Ot topilguncha oyoq ham ulov
G‘amxo‘rlik
Otini ayagan yo‘lda qolmas, Elini siylagan − cho‘lda; Otni ayagan ot minar, To‘nni
ayagan to‘n kiyar; Yem berib boqqan otga, Qamchining keragi yo‘q; Ozg‘in otning
ozig‘i kam; Ot oriqlikda ko‘rimsiz, Qiz –
yetimlikda; Ot to‘rvadan qariydi; Otni yem
bilan hayda Otingni ayasang, yo‘lga qarab yur; Boq otingni arpa bilan, Boqar qazi
-
qarta bilan; Otni boqsang, ot qilasan, Yovni quvsang, mot qilasan
Keksalarni
qadrlash
Qari ot ko‘p yo‘l bilar; Yaxshi odam qarisa ham, so‘zi aynimas, Yaxshi ot qarisa
ham, yurishi aynimas
Ehtiyotkorlik
Bir minarga ot berma; Yomg‘irda ot tanlama, Hayitda –
qiz; Ola butaga ot
berkitma; Ot ayiling mahkam
bo‘lsa, Oting tuvlab ne qilar; Kishanli ot − o‘z oting,
Tushovli ot − bo‘z oting; Bekor otning boshi o‘tlar, Bog‘liq bo‘lsa, yaxshi o‘tlar;
Qoziqsiz ot turmas; It qopmas, Ot tepmas dema; Ot ham berma, Otingni ham
ko‘rsatma; Otingni yaxshi ko‘rsang, ayilini
mahkam tort; Sinalmagan otning sirtidan
o‘tma; Qamchi berma yaxshi bo‘lsa otingga, Ishonmagin miltiq bilan xotinga; Ot
minsang o‘ylab uzoqni, Bilib yur yo‘ldagi tuzoqni; Ot olma piyodaning maslahati
bilan, Xotin olma bo‘ydoqning maslahati bilan; Ot olsang
, minib ol, Xotin olsang,
ko‘rib ol; Ot hurkkan yeridan o‘tmas, Er –
qo‘rqqan yeridan
Yaxshilik
Yomonga el bo‘lguncha, Yagʻir otga bel bo‘l; Yomonning oti bilan uloq olguncha,
Yaxshining eshagida otquloq ol; Yaxshi ot yod qoldirar, Yomon ot lat qoldirar;
Yaxshi otga qamchi kerakmas, Yaxshi qizga
–
sovchi
Ishonch
Oriq degan yomon toy, Yozga chiqib ot bo‘lar; Ot bozori − baxt bozori; Yaxshi ot
keyin chopar; Ot bosganni toy bosar; Ot o‘rnini toy bosar, Ota o‘rnini − o‘gil; Ot
topganga qamchi topilar
Qadr
Ot
xo‘rlagan toy minar, Toy xo‘rlagan –
tayoq; Ot qadrini bilmagan yayov o‘tar,
Yor qadrini bilmagan
–
yesir; Ot qadrini bilmasa, yayov ko‘rar jazosin, El qadrini
bilmasa, yovlar berar jazosin; Yoli qalin eshakdan, Yag‘ir bo‘lsa ham ot yaxshi, Qadr
bilmas qarindoshdan Yaqindagi yot yaxshi
Ahillik
Og‘a
-
ini totuv bo‘lsa, ot ko‘p, Opa
-
singil totuv bo‘lsa, osh ko‘p; Otadoshim, otga
min, Otasi boshqa, otdan tush;
Og‘a
-ining yomonlab, qani tuqqan topganing,
Arg‘umoqni yomonlab, qani tulpor topganing?
Uzoqni ko‘zlash
Daryoga ot solmasdan oldin kechuvini top; Ot olmay oxur tuzat; Ot minib
yaqinni ko‘zlaguncha, Tuya minib uzoqni ko‘zla
Qadriyatlar maqollarda semantik kod sifatida saqlanadi. Bu kod esa madaniy ongni
barqarorlashtiradi,
avlodlararo bog‘liqlikni ta’minlaydi
va
xalq tafakkurining barqaror
modelini yaratadi.
“Har bir xalqning milliy tafakkurida shu xalqqa xos va mos bo‘lgan,
ijtimoiy-
tarixiy sharoitlar ta’siri natijasida shakllangan jihatlar mavjudki, u shu xalqning
ruhiyati, mentaliteti, xarakterini ifodalaydi, ijtimoiy-madaniy taraqqiyoti rivojini
ta’minlashda muhim o‘rin tutadi”
[5:130-131].
Shuning uchun ham maqollarni o‘rganish
xalq ruhiyatini tahlil qilishdir.
“Maqollarda ot zoonimi ijobiy va salbiy baho ifodalash
uchun
qo‘llangan. Aksariyat o‘rinlarda ijobiy baho vositasi sifatida ishlatilgan:
Ot
ning o‘limi
–
itning bayrami; Ot
qarisa
–
oxurda, it qarisa
–
chuqurda
kabi maqollarda ot zoonimi
antropozoomorfizm sifatida mard, doim o‘zgalarga yaxshilik qilib kelgan kishila
rni
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
3
№
4 (2025) / ISSN 2181-3701
73
baholab kelgan. Matnda ot>it oppozitsiyasi orqali insondagi fazilat hamda illatlarga xalq
munosabatini ko‘rsatishda o‘rinli foydalanilgan.
Oxur-chuqur
kabi nutqiy zidligi til egalari
lisoniy manzarasida
oxur
leksemasining obro‘
-
e’tibor ma’nosida gavdal
anishini,
chuqur
leksemasining salbiy baho semasida voqelanishini ko‘rsatadi (
Birovga chuqur qazima, bir
kun o‘zing yiqilasan
)”
[6
:131]. Ba’zi maqollarda esa
ot
zoonimidan salbiy baho ifodasi
uchun
foydalanilganini ham kuzatish mumkin. “Bu
jarayonda tuya, it zoonimlariga qarshi
qo‘yilgan: ot → tuya, ot → it.
Ot mingan otasini tanimas, Toy mingan
–
og‘asini
ot “martaba”
ma’nosida kelgan.
Ot
–
toy
munosabatida yosh tafovuti mavjud bo‘lib, martaba darajasi
ham farqlangan
. Ot
so‘zi ijobiy ma’noda qo‘llangan bo‘lsa
-da, shaxsdagi salbiy fe'l-atvorni
ifodalashga xizmat qilgan”
[7:101].
Xalq tafakkurining ifodaviy vositasi bo‘lgan til,
ayni paytda,
semantik tizim ham.
Ayniqsa,
maqollar
orqali xalqning asrlar davomida shakllangan asosiy qadriyatlari, axloqiy
tamoyillari, hayot falsafasi, ijtimoiy tajribalari barqaror va ramziy shaklda tilga kodlangan
bo‘ladi.
Madaniy kod
xalq tafakkurida
qadriyatlar, axloqiy paradigmalarning timsollarida
mavjud bo‘ladi.
“Muayyan shaklda kodlangan madaniy
axborot; olam manzarasidagi
naturfaktlar, artefaktlar hamda insonning ichki ruhiy olamini anglatuvchi tushunchalarni
kodlangan tarzda ifodalovchi moddiy yoki ideal belgilar tizimi”
[3:50]
bo‘lgan madaniy kod
madaniy mazmun va uning shakli o‘rtasidagi aloqani ta’minlashga
xizmat qiladi. “Madaniy
kodlar lingvomadaniyat vakillari ongidagi muayyan tushunchaga bog‘liq bo‘lgan
obrazlarni belgilab beradi, shu sababli ma’lum bir madaniyatga xos obrazning mazmunini
tushunish uchun uning kodini anglash zarur bo‘ladi”
[3:50]. Maqollar madaniy kodlarning
asosiy saqlovchisi hisoblanadi. Ular
madaniy tajriba va ijtimoiy ong mahsulini qisqa,
obrazli va barqaror shaklda
saqlaydi. Buni “ot” komponentli maqollar misolida ham ko‘rish
mumkin:
№
MAQOL
MADANIY KOD
1
El − qo‘ngan yerda, ot − to‘ygan yerda
Vatanparvarlik, farovonlik
2
Yolg‘iz otning changi chiqmas,
Changi chiqsa ham, dong‘i chiqmas
Jamoaviylik
3
Ot oyog‘idan topar, odam –
qo‘lidan
Mehnat, nasiba
4
Yomon ot oxur buzar, Yomon it egasini uzar
Yomonlik, noshukurlik
5
Yaxshi otga qamchi kerakmas,
Yaxshi qizga
–
sovchi
Tarbiya
6
Ot kuchini karvonda ko‘r,
Mard kuchini
–
maydonda
Mardlik
7
Ot bo‘lsang, choparsan, it bo‘lsang, qoparsan
Taqdir
8
Oting yaxshi bo‘lsa, bu dunyoning farog‘i,
Xotining yaxshi bo‘lsa, bu dunyoning charog‘i
Baxt, omad
9
Otni ham maydonda sina,
Erni ham maydonda sina
Sinov, ishonch
10
Qari ot ko‘p yo‘l bilar
Tajriba va donolik
Maqolni to‘g‘ri tushunish uchun u bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarni bilish talab
etiladi. Masalan,
Osh-
otliniki, to‘y
–
to‘nliniki
maqolini olib ko‘raylik
.
“Bunda “osh” deganda,
vafot etgan odamning “yigirma”si, “yil”i munosabati bilan ko‘pchilikka beriladigan katta
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
3
№
4 (2025) / ISSN 2181-3701
74
ma’raka oshi nazarda tutilgan. Bunday ma’ra
kaga uzoq-
yaqindan kambag‘allar emas,
albatta, boy va amaldorlar otga minib, qimmatbaho va ko‘rkam kiyimlar kiyib, savlat to‘kib
kelardilar. Alohida izzat-
ikrom ham, joyning to‘ri ham, oshning sergo‘sht, seryog‘i ham
o‘shalarga ravo ko‘rilardi. Kambag‘al, yo‘qsillarga esa past nazar bilan qaralardi. Mazkur
maqolni shu tengsiz holatga nisbatan kinoya tarzida aytganlar”
[8:301]. Maqoldagi ot
mavqe, martaba; to‘n esa boylik ramzidir. Tariximiz, marosimlarimiz haqida yetarli
ma’lumotga ega bo‘lmagan kishining
b
u maqolni tushunishi oson emas. “
Inson, uning fe
’
l-
atvori, xulqi bilan bog‘liq zoomorf obrazlar o‘zni va atrof dunyoni o‘rganishning qudratli
vositasi bo‘lgan. Atrof dunyoni
kuzatib, uni o‘z amaliy tajribasiga taqqoslar ekan, inson
ongida hayvonlar xulqining ichki determinatsiyasini aniqlash: ularning bir-biri bilan
munosabati, ta
’
siri, xulqi va boshqalarni solishtirish, ya
’
ni borliq voqelikni baholash
jihatidan o‘zlashtirish sodir bo‘ladi, bu jarayon
olamning lisoniy manzarasini
shakllanti
rishda muhim rol o‘ynaydi”
[9:36].
“Ot” LMGi o‘zbek xalq maqollarida ijobiy
xarakter-xususiyatni belgilovchi omil sifatida 11 ta;
mo‘tadil xarakter
-xususiyatni
belgilovchi vosita sifatida 3 ta;
salbiy xarakter-xususiyatni belgilovchi vosita sifatida 11 ta
semani namoyon etadi [10:203].
XULOSA
“Ot” komponentli maqollarda o‘zbek xalqining tarixiy
-madaniy xotirasi, iqtisodiy
faoliyati va ijtimoiy qadriyatlari aks etadi. Ular tilning madaniy kod sifatidagi funksiyasini
yorqin namoyon etadi: asrlar davomida xalq ongida shakllangan qadriyatlarni saqlaydi,
keyingi avlodlarga yetkazadi. Milliy mentalitetning barqaror va o‘ziga xos xususiyatlarini
ifodalovchi maqollar orqali xalqimizning hayot falsafasi, qadriyatlar tizimi va tarixiy
tajribasi aniq va ixcham ifodalanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Usmanova Sh.Lingvomadaniyatshunoslik.
–
Toshkent: Bookmany print, 2022.
2.
Xolmanova Z., Valiyeva G., Muhammadiyeva D. O‘zbek tilidagi paremiyalar
tadqiqi.
–
Toshkent: Mahalla va oila, 2022.
3.
Xudoyberganov
a D.Zamonaviy tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati.–
Toshkent: Bookmany print, 2024.
4.
Тошева Д. Зооним компонентли мақолларнинг лингвокультурологик
хусусиятлари. Филол. фан. б. фалсафа док. (PhD)
…
дисс. автореф. –
Тошкент
, 2017.
5.
Бахронова Д.
Олам манзарасининг миллий
-
маданий ва лингвокогнитив
категорияланиши. ‒ Тошкент:
Turon-Iqbol, 2021.
6.
K
омилова Г. Ўзбек тилидаги мақолларнинг аксиолингвистик таҳлили.
Филол. фан. б. фалсафа док. (PhD)
…
дисс.‒ Тошкент
, 2021.
7.
Komilova G. O‘zbek tilidagi maqollarning aksiologik tahlili.–
Toshkent: Bookmany
print, 2023.
8.
Шомақсудов Ш., Шораҳмедов Ш. Маънолар махзани. –
Тошкент: ЎзМЕ, 2018.
9.
Бахронова Д. Антропозооморфизмларнинг семантик ва
лингвокультурологик
хусусиятлари (ўзбек ва
испан
тиллари материалида)
.
Филол. фан. б. фалсафа док. (PhD)
…
дисс.–
Тошкент, 2017.
10.
Жўраева Б. Ўзбек халқ мақоллари шаклланишининг лингвистик асослари
ва прагматик хусусиятлари. Филол.фан.докт... (DSc) дисс. –
Самарқанд, 2019.
