Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
The issue of variability in terms of public administration
Lobar GANIEVA
Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after Alisher Navoi
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received January 2024
Received in revised form
10 January 2024
Accepted 25 February 2024
Available online
25 May 2024
In the article, the theory of variant compatibility in
linguistics is studied, and the origin of variant compatibility in
terminology and the issue of their elimination is considered.
Phonetic, morphological, and lexical variants of state
administration terms were also analyzed and linguistically
studied.
2181-3663
/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss2-pp258-262
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
term,
terminology,
terms of state
administration,
variation,
phonetic variation,
morphological variation,
lexical variation.
Davlat boshqaruvi terminlaridagi variantdoshlik masalasi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
termin,
terminologiya,
davlat boshqaruvi
terminlari,
variantdoshlik,
fonetik variantdoshlik,
morfologik variantdoshlik,
leksik variantdoshlik.
Maqolada
tilshunoslikdagi
variantdoshlik
nazariyasi
o‘rganilgan,
terminologiyada variantdoshlikning kelib chiqishi
va ularni bartaraf etish masalasi ko‘rib chiqilgan. Shuningdek,
davlat boshqaruvi terminlaridagi fonetik, morfologik va leksik
variantdoshlar tahlilga tortilgan va lingvistik tahlil qilingan.
1
Basic doctoral student, Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after Alisher Navoi.
E-mail: ganiyevalobar29@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
2 (2024) / ISSN 2181-3701
259
Вопрос вариативности в терминах государственного
управления
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
термин,
терминология,
термины
государственного
управления,
вариация,
фонетическая вариация,
морфологическая
вариация,
лексическая вариация.
В статье рассматривается теория вариативности в
лингвистике, а также изучаются происхождение и способы
преодоления вариативности в терминологии. Авторы
анализируют
фонетические,
морфологические
и
лексические варианты терминов, используемых в
государственном управлении, применяя лингвистические
методы для их исследования.
Terminologiya tilshunoslikning tor sohalaridan biri bo‘lsa
-
da, o‘ziga xos lingvistik
hodisalarga boy. Jumladan variantdoshlik xossasi sohalarga oid terminlar o‘rtasida ham
amaliy ham nazariy qo‘llanilayotganligiga
guvoh bo‘lamiz.
Variantdoshlik
terminshunoslikda ma’qul topilmasa
-
da, ammo bu lingvistik hodisani cheklab o‘tolmaydi.
Variantdoshlik XVII asrda
tilshunoslikka olib kirilgan bo‘lib, bu hodisa yuzasidan bugungi
kunga qadar bir qancha tadqiqotlar amalga oshirilgan. Variantdoshlikning ilmiy-nazariy
asoslari xususida V.V. Vinogradov, A.I. Smirnitskiy, O.S. Axmanova kabi olimlar fikr-
mulohazalar bildirgan. Lisoniy variantdoshlikka xos belgi, xususiyatlarni tahlil va talqin
qilish o‘zbek tilshunosligida XX asrning ikkinchi yarmidan boshlangan. O‘tgan asrning
6
–
70-
yillarida O‘.
Usmanova va A.
Boboyeva kabi tilshunos olimalar o‘zbek tilidagi
variantdosh
so‘zlarning turlari, ularning sinonimlardan farqli jihatlari, shuningdek,
me’yorga keltirish masalasi xususida fikr, mulohazalarni bildirgan.
O‘.
Usmanova
variantdoshlikni izohlash uchun leksik dublet terminini qo‘llaydi.
Dublatlarni fonetik va
morfologik shakllarga ajratadi. A.
Boboyeva esa “… mazmun va mohiyati jihatidan aynan
bir xil va bir biriga yaqin ma’nodagi nutqiy vositalarning ikki va undan ortiq shaklda
ifodalanish variativlik” degan fikr bilan izohlaydi. Tilshunos R.Shukurov variant bu bir
ma’noli so‘zning ikki lisoniy shaklda mavjud bo‘lishidir deya ta’riflaydi. Keltirilgan
izohlar, fikr, mulohazalardan aytishimiz mumkinki, variantdoshlik, ayniqsa
terminologiyada o‘rganilishi dolzarb bo‘lgan masaladir.
Tilshunos olima D.
Xudoyberganova sohalarni anglatuvchi terminlarning o‘zi
variantlilik asosida ishlatilib kelinayotganligini, ayrim terminlarning rus tilida bir necha
variantda qo‘llanishi ularning o‘zbek tilida ham shunday qo‘llanishga sabab
bo‘layotganligini, ayrim tadqiqotlarda kalka usuli bilan termin o‘zlashtirilganda o‘zbek
tilidagi so‘zlardan foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lgan holda bunga e’tibor qilmaslik
ko‘zga tashlanayotganini izohlab, bu holatda bir to‘xtamga kelish kerakligini ta’kidlaydi.
Garchi bu fikrlar zamonaviy tilshunoslik terminlariga nisbatan aytilgan bo‘lsa
-da, barcha
sohaga doir terminlar qo‘llanilishida shu jarayonlarning guvohi
bo‘lmoqdamiz.
Tibbiyot terminologiyasi yuzasidan tadqiqot olib borgan tilshunos A. Saidnomanov
terminologiyaga bag‘ishlangan ishlarda ham variantdoshlikka jiddiy e’tibor qilinmagani,
terminlarni tartibga solish masalasida faqat sinonimlik yoki dubletlik tahlil qilinganligini,
bu hodisalarni alohida tadqiqotlar doirasida
o‘rganilishi va chegaralar ajratilishi
kerakligini aytib
o‘tadi. Keltirilgan barcha asosli tafsilotlardan kelib chiqib, aytishimiz
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
2 (2024) / ISSN 2181-3701
260
mumkinki, terminologiyada variantdoshlik nomuqobil hisoblansa-da, bu lingvistik
hodisani chetlab o‘tolmaydi. Sohalarga doir terminlar o‘rtasida variantdoshlikni tahlil va
tadqiq qilish muhim leksik jarayon hisoblanadi. Jumladan, davlat boshqaruvi
terminologiyasining hozirgi holatini tadqiq qilish, sohaga doir terminlar bilan bog‘liq
muammolarning lingvistik yechimini topish, taraqqiyot omillarini belgilash
tilshunoslikning muhim masalalaridan biri sanaladi.
Tishunoslikda variantdoshlikni tasniflash masalasida O.S. Axmanova uchga:
morfologik, fonetik va so‘zlashuvdagi guruhlarga, R.P.
Rogojnikova fonetik va morfologik
variantlarga guruhlaydi. A. Saidnomanov ham tibbiyot terminologiyasiga doir variant
terminlarni ikkiga fonetik va morfologik variantdosh terminlarga ajratadi.
Keltirilgan fikrlar va qilingan tadqiqot natijalarini o‘rganib, mulohaza qilgan holda
davlat boshqaruvi terminlarini ham uch xil variantdosh terminlarga ajratib tahlil qilamiz.
Fonetik variantdosh davlat boshqaruvi terminlari.
Bizga ma’lumki, fonetik
variantdoshlik asosida shakllangan terminlar tarkibidagi tovushlarning farqliligi asosida
qurilgan bo‘ladi. Masalan,
fuqaro
termini mamlakatning doimiy aholisi, qaysidir davlatga
huquqiy jihatdan tegishli bo‘lgan shaxs tushunchasini ifodalab, yozma ko‘rinishda
uchramasa-
da, bu termin og‘zaki siyosiy nutqda
fuqaro
holatida ishlatiladi.
Arbitraj
termini nutqiy faoliyat jarayonida
arbitraj
shaklida ishlatilishining guvohi bo‘lamiz.
Bu terminlarning og‘zaki va yozma nutqda ishlatilishi bir biridan talaffuzda qisman farq
qilsa-
da, bir tushunchani, ya’ni hakamlik sudi, nizoli masalalarni hal qilish uchun maxsus
tashkil qilingan va doimo faoliyat ko‘rsatuvchi sud organi ma’nosini ifodalaydi.
Davlat boshqaruvi terminlaridagi morfologik variantdoshlik.
O‘zaro
ma’nodosh bo‘lgan qo‘shimchalar asosida shakllanadi. Ya’ni ma’nosi bir
-
biriga o‘xshash
suffiks yoki prefiks terminelementlarning yangidan termin hosil qilishi natijasida yuzaga
keladi. Bunday terminelementlar ko‘p komponentli terminlarning aniqlovchi komponenti
asosiga, sodda terminlarning esa terminning tushuncha anglatuvchi tayanch qismiga
qo‘shiladi.
Masalan,
uyushgan jinoyatchilik
maxsus uyushgan guruhlar tomonidan amalga
oshirilgan jinoiy harakat bo‘lib, bu termin
uyushqoq jinoyatchilik
termini bilan -gan va -
qoq qo‘shimchalari asosida morfologik variantdoshlik hosil qilgan.
Vahobiylik
tuzilish
tarkibiga ko‘ra soda termin bo‘lib, shaxs nomiga yasovchi qo‘shimcha (
-iy-
lik) qo‘shilishi
natijasida hosil qilingan termin hisoblanadi. Vahobiylik ifodalaydigan tushunchasiga
ko‘ra diniy oqim, uning harakati siyosiy va terroristik tashkil qilingan bo‘lib davlatga
qarshi qaratilgan.
Vahobizm
termini vahobiylik bilan bir xil lingvistik vazifani bajaradi.
Farqli xususiyati ularning shaklida, -izm va
–
iy-
lik qo‘shimchalari morfologik
variantlilikni keltirib chiqargan. …izm fransuzcha xalqaro terminelement, faol va ko‘p
ma’noli so‘z yasovchi qo‘shimcha quyidagicha tushuncha anglatadigan so‘zlarni yasaydi:
1) turli fan sohalaridagi ta’limot, nazariya, yo‘nalish va oqimlarning nomini yasaydi;
2) jamiyat qurilishining turli bosqichlari nomlarini hosil qiladi; 3) adabiyot, san’atdagi
turli oqim
va yo‘nalishlarning nomlarini yasaydi; 4) turli dinlar
va diniy oqimlar
nomlarini hosil qiladi; 5) turli xil kasalliklar, zaharlanishlar nomlarini hosil qiladi;
6) Tilshunoslik terminlarini hosil qiladi; 7) sport turlari nomlarini hosil qiladi; 8) harakat,
holat nomlarini hosil qiladi. Ko‘rinib turibdiki, birgina qo‘shimcha turli sohalarga doir
turlicha tushuncha anglatuvchi terminlarni vujudga keltiradi. Shuningdek, -iy
qo‘shimchasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, asli arabiy bo‘lgan qo‘shimcha bo‘lib, asosan,
o‘zlashgan forscha, arabcha so‘zlarga qo‘shiladi. Shu o‘rinda aytib o‘tishimiz kerakki,
morfologik variantdoshlikni vujudga keltiruvchi terminelementlar turli tillarga mansub
morfologik birliklar bo‘lishi mumkin.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
2 (2024) / ISSN 2181-3701
261
Ariza va arznoma
terminlari bir tushunchani, ya’ni muayyan muassasa yoki
mansabdor shaxs nomiga yozilgan iltimos, taklif, shikoyat mazmunidagi rasmiy hujjat
ma’nosini ifodalab faqatgina bu terminlarning yasalishida, ya’ni yasovchi qo‘shimchalarida
farqqa ega.
Ariza
so‘zining asosi arz bo‘lib,
-
a yasovchi qo‘shimchaning qo‘shilishi natijasida
tovush orttirilishi, ya’ni fonetik tovush o‘zgarishi yuz bergan. Arznoma termini ham
[Arz+noma] shu asosda shakllangan bo‘lib, ikkala termin morfologik belgilariga ko‘ra bir
-
biridan farq qilsa-da, mazmunan bir tushunchani istihola qiladi.
Davlat boshqaruvi terminlaridagi leksik variantdoshlik.
Leksik variantdoshlik,
asosan, ko‘p komponentli terminlar o‘rtasida kuzatiladi. Qaysi til materiali, manbasi
ekanligiga ko‘ra etimologik
va sohalararo leksik variantdosh terminlarga bo‘linadi.
Tilshunos, terminolog olim A.Madvaliyev variantdoshlikni dublet deb atab, etimologik
dubletlarni o‘zbekcha so‘zlar dubletligi hamda o‘zbekcha va baynalmilal so‘zlar dubletligi
shaklida tasniflaydi. Davlat boshqaruvida o‘zbekcha va baynalmilal so‘zlar
variantdoshligi ko‘p qismni tashkil qiladi. Masalan,
davlat suvereniteti
hamda
davlat
mustaqilligi
terminlaridagi suverenitet va mustaqillik leksemalari variantdoshlik hosil
qilgan.
Muqaddima
arabcha so‘z bo‘lib, old qism, kirish joyi ma’nolarini iste’foda etadi,
gap va nutqda asosiy maqsadga ko‘chishdan oldin aytilgan so‘zlar ham shu termin ostida
ishlatiladi. Davlat boshqaruviga oid siyosiy nutqda, shuningdek, konstitutsiyamizda
ishlatiladigan asosiy termin bo‘lib,
kirish, debocha
so‘zlari bilan variantdoshlikni vujudga
keltiradi.
Erkin iqtisodiy zona
ma’lum mintaqani jadal ijtimoiy
-iqtisodiy rivojlantirish
mamlakat va chet el kapitalini, istiqbolli texnologiya va boshqaruv tajribasini jalb etish
maqsadida tuziladigan, aniq belgilangan ma’muriy chegaralari va alohida huquqiy
tartiboti bo‘lgan hudud deb lug‘atda izoh beriladi. Davlat boshqaruvida bugungi kunda
erkin iqtisodiy zona
termini o‘rnida
erkin iqtisodiy hudud
ham baravar ishlatilib, o‘zbekcha
va ruscha baynalmilal so‘zlar variantdoshligini hosil qilmoqda.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, o‘zbek terminologiyada variantdoshlikning kelib
chiqishiga quyidagi omillar sabab sifatida ko‘rsatiladi: 1. Rus tilidan tarjima qilinishi
natijasida ko‘plab terminlar o‘zgarishsiz qabul qilinishi; 2.
Arab tiliga asoslangan
terminlardan ham yondosh foydalanish; 3. Boshqa tillar materiallarini kalkalash,
o‘zbek tilida uning muqobilini topishga urinish. 4. O‘zbek tilining o‘zida mavjud
bo‘lganlari bilan o‘zlashma yoki xalqaro terminlarning yondosh qo‘llanilishi.
5. Nomenklatura sistemalarining turlicha ishlatilishi. 6. Terminlarning ilmiy va
turmushdagi ko‘rinishlarining yondosh ishlatilishi. Bu sabablarni bartaraf etmasdan turib
terminlardagi variantdoshlikka chek qo‘ya olmaymiz. Bu omillarning shakllanishi til
qonuniyatlari va uning takomillashuv davri bilan bog‘liq. Shunday ekan
variantdoshlik
terminologiyada hali uzoq yillar hal qilinishi kerak bo‘lgan masalaga aylanadi.
Terminologiyada variantdoshlik nuqsonli jihat hisoblansa-da, tilning xususiy
xossalaridan voz kecha olmaymiz. Buni bartaraf etish ko‘plab ilmiy tadqiqotlarni talab qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
:
1.
Ахманова О.С. Словарь лингвистических терминов. –М., 1966. –С. 71.
2.
Бобоева А. Ҳозирги ўзбек адабий тилида вариантдорлик
//“Ўзбек тили ва
адабиёти”, 1979, №6.
3.
Божно Л.И. Научно
-
техническая терминология как один из объектов
изучения закономерностей развития языка //Филологические науки,1971,
-
№5. –
С. 103.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
2 (2024) / ISSN 2181-3701
262
4.
Мадвалиев А. Ўзбек терминологияси ва лексикографияси масалалари. –
Т:
Ўзбекистон миллий энсиклопедияси, 2017.
5.
Мадвалиев А. Маҳкамов Н. Мираҳмедова З. Саидномонов А. Халқаро
терминелементларнинг изоҳли
-
иллюстратив луғати. –
Тошкент: Донишманд
зиёси, 2020.
6.
Мадвалиев А.[ва бош.] Ижтимоий
-
сиёсий терминларнинг қисқача изоҳли
луғати. –
Т: 2020, Саҳҳоф.
7.
Набиева
М.
Терминларнинг
формал
-
грамматик
хусусиятлари
ҳақида//Ўзбек тили ва адабиёти. –Т. 2021.№5. –Б. 122.
8.
Рогожникова Р.П. Варианты слов в русском языке. –
М. 1966. –С. 65
-75.
9.
Саидноманов А. Соҳавий
терминлар вариантдорлиги ва уларни минимумга
келтириш масаласи
//
Ўзбек тили ва адабиёти
, 2023.
№3. –Б
. 121.
10.
Усмонова Ў. Дублетлар ҳақида баъзи мулоҳазалар// “Ўзбек тили ва
адабиёти”, 1968, №1. –Б. 23
-25;
1
O‘sha manba. –
B. 58.
11.
Xudoyberganova D. Zamonaviy
o‘zbek tilshunosligi terminlarining taraqqiyot
omillari // O‘zbek tiliva adabiyoti. 2023, №4.
–
B.14-15.
12
Шукуров Р. Сўзнинг морфологик вариантлари. –
Тошкент. “Фан”, 1990,
-
Б. 6.
13
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. –
Т: Ўзбекистон миллий энсиклопедияси. –
Б. 660.
