Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Improving 11th grade students
’
listening comprehension
skills in a foreign language: a look at the Cambridge
publishing
‘
Prepare
’
textbook
Mokhlaroyim SOLIJONOVA
Andijan State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2024
Received in revised form
10 May 2024
Accepted 25 May 2024
Available online
25 June 2024
The main purpose of this article is to examine the
educational strategy and effectiveness of the EFL textbook
series "Prepare", focusing on its approach to improving the
listening skills of Uzbek English language learners. Listening is
considered the most difficult language learning skill and
essential for effective communication. This analysis aims to
shed light on how the Preparation textbook addresses the
nuances of listening instruction through its pedagogical design
and appropriate selection of resources. By examining the
textbook
’
s listening components, exercises, and teaching
methods, we aim to evaluate its alignment with best practices in
English language teaching and its impact on students
’
listening
skills. This analysis not only highlights the contribution of the
Preparation textbook to English language teaching in
Uzbekistan, but also informs researchers, educators, and
curriculum developers seeking to optimize English language
teaching and learning in other countries.
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss1
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
listening comprehension,
Uzbekistan
’
s education
program for sustainability,
State education standards,
English as a Foreign
Language.
11-sinf
o‘
quvchilarining chet tilida tinglab tushunish
k
o‘
nikmalarini takomillashtirish: Kembrij nashriyotining
“Prepare” darsligiga nazar
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
tinglab tushunish,
O‘
zbekiston barqarorlik
uchun ta
’
lim dasturi,
davalat ta
’
lim standartlari,
ingliz tili chet tili sifatida.
Ushbu maqolaning asosiy maqsadi “Prepare” darsliklar
turkumidagi ta
’
lim strategiyasi va samaradorligini
o‘
rganish
b
o‘
lib, uning ona tilisi
o‘
zbek tili b
o‘
lgan ingliz tilini
o‘
rganuvchilarda tinglash k
o‘
nikmalarini oshirishga qaratilgan
yondashuviga alohida e
’
tibor qaratishdir. Til
o‘
rganishda eng
1
Doctoral Student, Andijan State University. Andijan, Uzbekistan. E-mail: mohlaroysolijonov@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
607
qiyin k
o‘
nikma hisoblangan tinglash samarali muloqot uchun
juda muhimdir. Ushbu tahlil “Prepare” darsligi o‘
zining
pedagogik loyihasi va tegishli manbani tanlash orqali tinglab
tushunishni
o‘
rgatishning nozik jihatlarini qanday hal qilishini
yoritishga intiladi. Darslikning tinglash komponentlari,
mashqlari va oʻqituvchilar uchun metodologiyalarini oʻrganib
chiqib, biz uning ingliz tilini oʻqitishdagi ilgʻor tajribalar bilan
muvofiqligini va uning
o‘
quvchilarning tinglash malakasiga
taʼsirini baholashni maq
sad qilganmiz. Ushbu tahlil nafaqat
O‘
zbekistonda ingliz tilini
o‘
qitishga
“
Prepare
”
darsligining
q
o‘
shgan hissasini ta
’
kidlabgina qolmay, balki boshqa
mamlakatda ham ingliz tilini
o‘
qitish va
o‘
rganishni
optimallashtirishga intilayotgan tadquqotchilar,
o‘
qituvchilar va
o‘
quv dasturlarini ishlab chiquvchilar uchun ham qimmatli
tushunchalar berishga intiladi.
Улучшение навыков аудирования на иностранном
языке у учащихся 11
-
х классов:
o
бзор учебника
«
Prepare
»
издательства Кембридж
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
аудирование,
образовательная
программа узбекистана
для устойчивого развития,
государственные
образовательные
стандарты,
английский как
иностранный язык
.
Основная цель этой статьи –
изучить образовательную
стратегию и эффективность серии учебников EFL
«Prepare», уделив особое внимание ее подходу к
улучшению навыков аудирования у изучающих узбекский
английский язык. Аудирование считается самым трудным
навыком в изучении языка и имеет важное значение для
эффективного общения. Этот анализ призван пролить свет
на то, как учебник «Подготовка» учитывает нюансы
обучения
аудированию
посредством
своего
педагогического дизайна и соответствующего выбора
ресурсов. Изучая компоненты, упражнения и методы
обучения, содержащиеся в учебнике, мы стремимся
оценить
его
соответствие
лучшим
практикам
преподавания английского языка и его влияние на навыки
слушания у учащихся. Этот анализ не только подчеркивает
вклад подготовительного учебника в преподавание
английского языка в Узбекистане, но также информирует
исследователей, преподавателей и разработчиков учебных
программ, стремящихся оптимизировать преподавание и
изучение английского языка в других странах.
KIRISH
Tez globallashib borayotgan dunyoda ingliz tilini chet tili sifatida bilish (EFL)
shaxslar va davlatlar uchun muhim boylikka aylandi. Turli madaniyatlar va iqtisodiy
manfaatlar chorrahasida joylashgan O‘zbekiston uchun ingliz tilini chet tili sifatida
o‘qitish ta’limi nafaqat pedagogik ustuvorlik, balki strategik zaruratdir. Ingliz tilida
muloqot qilish qobiliyati xalqaro savdo, ta’lim va diplomatiya uchun eshiklarni ochib,
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
608
O‘zbekistonning global munozaralar va bozorlarda faol ishtirok etishiga yordam beradi.
Mamlakat jahon hamjamiyatiga integratsiyalashishda davom etar ekan, ingliz tilini
o‘qitishga sarmoya kiritish mamlakat fuqarolarini nafaqat ishtirokchilar, balki jahon
sahnasida raqobatbardosh o‘yinchilar bo‘lishini ta’minlaydi. Ingliz tilini chet tili sifatida
o‘qitishga bo‘lgan bunday e’tibor O‘zbekistonda mamlakatning ijtimoiy
-iqtisodiy
rivojlanishi va madaniy almashinuvini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli ta’lim
islohotlarini aks ettiradi. Ana shunday islohotlarning amaliy natijasi o‘laroq 2019
-yilning
dekabr oyida Xalq ta’lim vazirligining Amerika Qoshma Shtatlari Xalqaro Taraqqiyot
Agentligi (USAID) bilan birgalikda 4 yil davomida amalga oshirishga mo‘ljallangan va
umumiy qiymati 29.5 million AQSH dollari bo‘lgan “Ozbekiston barkamollik uchun ta’lim
dasturi”ning Respublika bo‘ylab ijrosi boshlandi. USAID va Oʻzbekiston Xalq taʼlimi
vazirligi oʻrtasidagi hamkorlik Oʻzbekistonda ingliz tili taʼlimini rivojlantirishda muhim
ahamiyatga ega. Bu hamkorlik ingliz tili taʼlimi sifati va qulayligini oshirish, shu tariqa
oʻzbek o‘quvchilarini global hamkorlik va imkoniyatlar uchun zarur boʻlgan lingvistik
vositalar bilan taʼminlash boʻyicha umumiy fikrga asoslangan.
Ushbu hamkorlikning asosiy maqsadlaridan biri O‘zbekistonda ingliz tilini chet tili
sifatida o‘qitish va o‘rganish ekotizimini yaxshilashdan iborat. USAID va Oʻzbekiston Xalq
taʼlimi vazirligi oʻquv dasturlarini ishlab chiqish, oʻqituvchilar malakasini oshirish va
resurslarni taqsimlashga eʼtibor qaratgan holda quydagilarni o‘z oldiga maqsad qilib
qo‘yadi:
•
O‘quvchilar orasida ingliz tilini bilish darajasini oshirish.
•
Ingliz tilini o‘qitish metodikasini yangilash va boyitish.
•
Zamonaviy ta’lim resurslari va texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini
kengaytirish.
Dastur loyihasi doirasidagi xalqaro standartlarga mos keladigan zamonaviy chet
tilini ikkinchi til sifatida o‘qitishga qaratilgan o‘quv dasturini ishlab chiqish va amalga
oshirish tashabbusi ham ilgari surildi va Kembrij universiteti nashriyoti tomonidan
ishlab chiqilgan va yurtimiz mutahasisslari tomonidan ta’lim kontekstimizga
moslashtirilgan “Prepare” o‘quv darsligi Respublikamizning ingliz tilini o‘rganish
manzarasida mayoq sifatida namoyon bo‘ldi. Darsliklar turkumi ingliz tilini chet tili
sifatida o‘qitishda keng qamrovli bo‘lib umumta’lim maktablari o‘quvchilarining til
ehtiyojlarini va davlat ta’lim standartlari talablarini qondirish uchun puxta ishlab
chiqilgan. Ko‘nikma darajalarining keng doirasini (A1, A2, B1, B2, C1) o‘z ichiga olgan
“
Prepare
”
darsligi akademik va real dunyo kommunikatsiyasi uchun mustahkam
poydevor yaratadi. Uning tizimli yondashuvi tinglab tushunishga ham alohida e’tibor
qaratgan holda to‘rtta asosiy til ko‘nikmalarini –
tinglash, gapirish, o‘qish va yozishni
birlashtiradi. Interfaol va madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘quv kontentini o‘z ichiga
olgan holda,
“
Prepare
”
nafaqat ingliz tilini o‘zlashtirishni osonlashtiradi, balki
o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash va tili o‘rganilayotgan mamlakat madaniyatidan
xabardorlikni ham rivojlantiradi.
Ushbu maqolaning asosiy maqsadi “Prepare” darsliklar turkumidagi ta’lim
strategiyasi va samaradorligini o‘rganish bo‘lib, uning ona tilisi o‘zbek tili bo‘lgan ingliz
tilini o‘rganuvchilarda tinglash ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan yondashuviga
alohida e’tibor qaratishdir. Til o‘rganishda eng qiyin ko‘nikma hisoblangan tinglash
samarali muloqot uchun juda muhimdir. Ushbu tahlil “Prepare” darsligi o‘zining
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
609
pedagogik loyihasi va tegishli manbani tanlash orqali tinglab tushunishni o‘rgatishning
nozik jihatlarini qanday hal qilishini yoritishga intiladi. Darslikning tinglash
komponentlari, mashqlari va oʻqituvchilar uchun metodologiyalarini oʻrganib chiqib, biz
uning ingliz tilini oʻqitishdagi ilgʻor tajribalar bilan muvofiqligini va uning o‘quvchilarning
tinglash malakasiga taʼsirini baholashni maqsad qilganmiz. Ushbu tahlil nafaqat
O‘zbekistonda ingliz tilini o‘qitishga “
Prepare
”
darsligining qo‘shgan hissasini
ta’kidlabgina qolmay, balki boshqa mamlakatda ham ingliz tilini o‘qitish va o‘rganishni
optimallashtirishga intilayotgan o‘qituvchilar va o‘quv dasturlarini ishlab chiquvchilar
uchun qimmatli tushunchalar beradi.
ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYA
Chet tilida tinglab tushunishni o‘rganish masalasi uzoq vaqt jahon
lingvodidaktikasida o‘qitish uchun alohida mashqli yondashuvni talab qilmaydigan va
gapirish ko‘nikmasining uzviy qismi hisoblangan nutq faoliyati turi deb qarab kelingan
[11:220]. Buning asosiy sabablaridan biri esa chet tilida tinglab tushunish ko‘nikmasini
paydo qilish jarayonini ona tilidagi tabiiy holda sodir bo‘luvchi huddi shu jarayonga
taqqoslanishidir. O‘tgan asrning 60
-
yillarida og‘zaki nutqni o‘rganishga alohida e’tibor
qaratilishi tinglab tushunishni o‘qitishga bo‘lgan etiborni kuchaytirdi. 1980
-yillarda esa
S.
Krashenning [7] tushunarli kirish materiali (comprehensible input) haqidagi g‘oyalari
mashhur bo‘lganida yanada dolzarblik kasb etdi. Biroz vaqt o‘tgach, Krashenning
gipotezasidan ilhomlangan va o‘quvchilarni chet tilida muloqot qilishga undash uchun
bosim o‘tkazilsa, ikkinchi tilni erta bosqichlarda eng samarali holda o‘rganadi deb
hisoblagan J.
Asherning [1] “To‘liq jismoniy javob” (total physical response)
metodologiyasi bilan mustahkamlandi.
Tinglab tushunish umumiy chet tilni o‘rganishni osonlashtirishda asosiy rol
o‘ynashi hozirda keng e’tirof etilgan [9]. Bu hususiyatni M.
Rost [9:141-142] uning
o‘quvchiga retseptiv til taqdimot bera olishi bilan bog‘laydi va tinglash orqali olingan
ahborotni yetarli darajada to‘g‘ri darajada tushunmasdan, har qanday o‘rganishni
boshlash mumkin emas deb hisoblaydi.
•
Lug‘at boyligini oshirish:
P.
Nationning [8:117] chet tilida yangi o‘rganilgan
so‘zlarning turli kontekstlarda qo‘llanilishini ko‘rish muhimligini va til o‘rganuvchi yangi
o‘rgangan so‘zga 10
-
12 marta turli kontekstlarda duch kelgandan so‘ng shu so‘zni
reproduktiv til kompetensiyasida qo‘llashga erishishinii ta’kidlaydi. Bu jarayon
o‘quvchida faol bo‘magan lug‘at boyligini faol foydalanishga o‘tkazadi. Tinglab tushunish
va tinglash uchun mo‘ljallangan materiallar esa talab qilingan kontekstlar hilma
-hilligini
ta’minlay oladi va bu jarayon nafaqat lug‘atni o‘rganish uchun, balki lug‘atning
qo‘llashdagi nozik ma’nolarni tushunish uchun ham muhimdir.
•
Boshqa nutq faoliyati ko‘nikmalarining shakllanishini qo‘llab
-quvvatlash:
Vandergriftning tadqiqoti chet til ta’limida ko‘pincha past baholanadigan tinglab
tushunish qanday qilib boshqa til ko‘nikmalarini qo‘llab
-quvvatlashini va rivojlantira
olishini ko‘rsatadi. Tinglab tushunishning chet tilini oqitishda nafaqat ta’lim maqsadi
balki vositasi sifatida ham qaralishidadir [10:494-
505]. O‘qish, gapirish, yozuvni o‘rgatish
jarayonida eng kamida o‘qituvchi nutqi korinishida bo‘lsa ham tinglab tushunish ta’lim
vositasi vazifasini bajaradi.
•
Real vaziyatlarda chet tilida muloqot qila olish:
Chet tilini bilish ko‘p hollarda
gapirish ko‘nikmasining shakllangalligi bilan belgilanadi. “Ingliz tilida gapirishni
bilasizmi?” shaklida ko‘p beriladigan umumiy tilni bilish haqidagi savol orqali ham buni
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
610
sezish mumkin. Lekin, nega savol “chet tilida tinglab tushuna olasizmi?” shaklida
berilmayabdi? Ahir, o‘zaro suhbat muvaffaqiyatli bo‘lish uchun faqat gapirish emas,
suhbatdoshni tinglab tushuna olish ham muhim emasmi? Goh [4:189] tinglab tushunishni
real hayotdagi muloqot samaradorligi bilan bog‘laydi va og‘zaki nutqni tinglab tushunish
qobiliyati suhbatlarda ishtirok etish uchun asos bo‘la olishini ta’kidlaydi. Bu shuni
ko‘rsatadiki, tinglash tushunish ko‘nikmalari nafaqat dars jarayonidagi mashqlarni
bajarish, balki real o‘zaro munosabatlarni boshqarish uchun amaliy vositadir.
•
Talaffuz va intonatsiyani takomillashtirish:
Jenkinsning tinglash orqali
fonologik xususiyatlarni o‘rganish bo‘yicha ishi tinglash va gapirish o‘rtasidagi uzviy
bog‘liqlikni ta’kidlaydi [5]. Chet tilidagi audio matnlarni tinglash, talaffuz va
intonatsiyaning nozik nuanslarini o‘rganib, so‘ngra taqlid qilish uchun zarurdir. Bu tabiiy,
ravon nutq namunasini o‘rganishni maqsad qilgan o‘quvchilar uchun juda muhimdir.
•
Grammatikani tushunishni yaxshilash:
Ellis [3:28] grammatikani
o‘zlashtirishda tinglash muhimligini ta’kidlab, grammatikani o‘qituvchi tomonidan aniq
ko‘rsatmalar berib emas, balki ko‘p audio
-
matnlarni tinglash orqali bilvosita o‘rganish
yaxshiroq ekanligini ta’kidlaydi. Bu jarayon tilni o‘rgatishning kommunikativ yondashuvi
bilan bog‘liq bo‘lib, bunda tushunishga til materialidan foydalanish orqali erishiladi va
tinglash grammatikani kontekstli o‘rganish uchun boy resurs beradi.
NATIJA VA MUHOKAMA
“Prepare” o‘quv darsliklari ingliz tilini chet tili sifatida o‘rganish bo‘yicha
innovatsion darsliklar to‘plami bo‘lib, yosh o‘quvchilar va o‘smirlar uchun mo‘ljallangan
va respublikaning 14
–18 yosh oralig‘idagi o‘quvchilar auditoriyasiga aynan mos
hisoblanadi. O‘zbekiston umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Preapre” darsligining
7
–11 sinflar uchun qabul qilinishi yuqorida ta’kidlanganidek butun mamlakat bo‘ylab
ingliz tili ta’limi sifatini oshirishga qaratilgan strategik tashabbus bilan bog‘liq. “Prepare”
A1 dan C1 bosqichigacha bo‘lgan 9 darajani o‘z ichiga olgan chet tilida barcha nutq
turlarini integratsiyalashgan holda o‘rgatuvchi kitoblar seriyasidir. Kitob ilk bora
2015-yilda nashr etilgan, 2019-
yilda esa ikkinchi to‘ldirilgan shakli nashrga berilgan.
Kitobning o‘zbek o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan nashri esa 2021
-yilda bosib chiqarilgan.
7
–9 sinflar uchun mo‘ljallangan qismlari Joanna Kosta va Melanie Williams tomonidan
tuzilgan. James Styring va Nicholas Tims 10
–11 sinflar uchun mo‘ljallangan qismlarning
mualliflari hisoblanadi. Kitoblar o‘zbek o‘quvchilari uchun moslashtirilganligi aytilsa ham
global auditorya uchun mo‘ljallangan nashrdan deyarli farq qilmaydi.
Darslikning asosiy maqsadi o‘quvchilarga kelajakda ingliz tili bo‘yicha akademik va
professional muvaffaqiyat uchun mustahkam poydevor yaratishdir. Seriya “Chet tilni
egallashning umumyevropa kompetentsiyalari: o‘rganish, o‘qitish, baholash” xalqaro
(CEFR) [2] standartlari bilan muvofiqlashtirish uchun sinchkovlik bilan tuzilgan boʻlib, u
chet tili o‘qitish jarayonini xalqaro standartlariga mos kelishini taʼminlaydi. Ushbu
hususiyati bilan o‘quvchilarning jahon miqyosida e’tirof etilgan va dolzarb bo‘lgan
ko‘nikmalarga ega bo‘lishlarini kafolatlaydi va ularga ingliz tilida so‘zlashadigan muhitda
keyingi ta’lim bosqichlarini davom ettirish yoki ishga joylashish uchun ko‘plab
imkoniyatlarni taqdim etadi. Darsliklar seriyasi har bir daraja uchun aniq maqsadlarni
o‘z ichiga oladi.
•
Chet tilini bilishni har tomonlama rivojlantirish:
Darsliklar grammatika va
lug‘atga muvozanatli yondashgan holda to‘rtta til ko‘nikmalarini –
tinglash, gapirish,
o‘qish va yozuvni rivojlantirishga qaratilgan. Yakuniy maqsad o‘quvchilarning o‘ziga
bo‘lgan ishonchini va ingliz tilida samarali muloqot qilish qobiliyatini oshirishdir.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
611
•
Imtihonga tayyorgarlik:
Umumiy til kompetensiyasini rivojlantirish bilan birga,
“Prepare” talabalarni IELTS, CEFR kabi ingliz tili imtihonlariga tayyorlashga ham e’tibor
beradi. U talabalarni ushbu baholash formati va qiyinchiliklari bilan tanishtirish uchun
imtihon uslubidagi vazifalar va strategiyalarni o‘z ichiga oladi.
•
Hayotga doir ta’lim ko‘nikmalari:
Til va imtihon ko‘nikmalaridan tashqari,
“Prepare” 21
-
asrda muhim bo‘lgan tanqidiy fikrlash, hamkorlikda ishlash va raqamli
savodxonlikni rivojlantirish uchun mo‘ljallangan.
“Prepare” darsliklar seriyasi chet tili bilishning boshlang‘ich, tayanch va
boshlang‘ich mustaqil darajagacha (CEFRning A1–B2) oralig‘ida bir nechta darajalarda
tuzilgan. Har bir qism murakkablikni asta-
sekin oshirish uchun o‘ylab ishlab chiqilgan
bo‘lib, o‘quvchilarning til qobiliyatlari rivojlanishi muammosiz o‘tishga imkon beradi.
Kitoblar o‘zbek o‘quvchilari uchun moslashtirilganligi aytilsa ham global auditorya uchun
mo‘ljallangan nashrdan deyarli farq qilmaydi. Chet tilini o‘qitish sohasida, ayniqsa, global
auditoriya uchun mo‘ljallangan o‘quv dasturini amaliyotga joriy qilayotganda, madaniy
fikrlar va qarashlarning ahamiyatini inkor etib bo‘lmaydi. “
Prepare
”
darsligining
o‘qituvchilar uchun metodik qismida ta’kidlanganidek, o‘quv dastur mahalliy
o‘quvchilarning madaniy va kontekstual qadriyatlariga hos bo‘lgan tarkibni moslashtirish
va mahalliylashtirishning ulkan ahamiyatini e’tirof etadi. Ushbu yondashuv til o‘rganish
jarayonini sezilarli darajada yaxshilaydigan asosiy komponentdir. O‘quv dasturining o‘zi
o‘qituvchilarni “O‘zbekiston va kurs mazmuni o‘rtasidagi bog‘liqlikni ta’kidlashga” undaydi,
bu global til standartlari va mahalliy til voqeliklari o‘rtasidagi tafovutni bartaraf etishda
muhim ahamiyatga ega. Shunday qilib, material chet tilni o‘zlashtirish vositasidanda
ortiqroq narsaga aylanadi, ya’ni u madaniy almashinuv va tushunish uchun kanalga
aylanadi, talabalarni til o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyasini rag‘batlantiradi va chuqurroq,
mazmunli o‘rganish vositasiga aylanadi. Bunday moslashtirilgan yondashuv “Prepare”
darsligining maqsadi nafaqat ingliz tilini o‘rgatish, balki madaniy xilma
-xillikni hurmat
qilish va ulug‘lash, global muloqotni rivojlantirishga ham qaratilganligini ko‘rsatadi.
“Prepare” darsligida tinglab tushunishni o‘qitish
Tinglab tushunishni darsliklar yordamida sohasid Field (1998) olib brogan
tadqiqotlariga ko‘ra, odatiy darsliklarda tinglab tushunish ko‘nikmasini
shakllantish
uchun mahsus mashqlar quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
1.
Tinglash oldi mashqlari (kontekstni oldindan tanish va motivatsiya uchun);
2.
Umumiy mazmunni aniqlash uchun yuzaki tinglash;
3.
Matn umumiy mazmun yuzasidan savollarga javob berish;
4.
Navbatdagi tinglashdan oldindan belgilangan mashqlar bilan tanishish
5.
Mashqlarni bajarish uchun intensiv tinglash;
6.
Mashqlarni to‘g‘ri bajarilganligini tekshirish;
7.
yangi til materiallarini o‘rganish va xulosalar qilish (Field, 1998, 110
-bet).
Oradan 14 yil o‘tgandan so‘ng ham Field (2012, 208 bet)zamonaviy darsliklarni
tadqiq qilishi natijasida, ketma-
ketlik o‘zgarmagni, hamon eski natijaga yo‘naltirilgan
tinglab tushunish uchun mashqlarning mavjudligi va tinglab tushunish jarayoniga
yo‘naltirlgan yondashuvning yetarli emasligini tanqid qiladi.
Ko‘plab darsliklar tinglab tushunish qobilyatini rivojlantiruvchi mashqlarni
o‘quvchilar tomonidan bajarilganligini tekshirishga statistik yondashib baholashda to‘g‘ri
javoblar miqdoriga tayanadi. O‘qituvchilar esa tinglab tushunishni o‘qitish jarayonini
faqatgina “tingla, mashqni bajar, tekshir” usulida olib boradi. Shu sababli ham o‘quvchilar
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
612
ham, o‘qituvchilar ham tinglab tushunish ko‘nikmasini shakllantirishga sistematik
yondasha olmay, tinglab tushunish qobilyatini rivojlantirishni nazorat qilish mumkin
emas deb hulosa qiladilar. Bu yondashuv ham noo‘rin emasligi va o‘ziga yarasha yutuqli
tomonlari mavjud ekanligini ta’kidlagan holda, natijaga emas jarayonga yo‘naltirilgan
baholash tizimi taklif etiladi.
11-
sinflar uchun “Prepare darsligi” tinglab tushunish mashqlari sifatida nimalarni
taklif qilayotgani o‘rganib chiqildi. Darslik har bir nutq faoliyati turini (oqish, yozuv,
tinglash, gapirish) ajratilgan holda o‘qitishga mo‘ljallangan bo‘lsada, har bir bo‘lim
mashqlari mazmuni umumiy mavzu haqida bo‘lib, boshqa til kompetensiyalarining ham
integratsiyalashgan holda rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Zero, “…insonlararo real
kommunikatsiya jarayonida biz nutq faoliyati turlarini ajratmaymiz va yoki faqat bir
turigagina tayanmaymiz. Bundan ko‘rinib turibdiki, bir nutq faoliayti turini faollashtirish
boshqalarining qo‘llab
-
quvvatlashisiz amalga oshirilmaydi.”
Darslikning tinglab tushunishni rivojlantiruvchi mashqlari ham o‘z o‘rnida o‘qish
(mashqlar matnini o‘qib tushunish), yozuv (mashqlarda tinglash orqali ilg‘ab olingan
so‘zlarni yozish), gapirish (tinglab idrok qilingan ahborotga tayangan holda mashqlardagi
savollarga og‘zaki javob berish) ko‘nikmalarini ham integratsiyalashgan holda
rivojlantiradi. 11-
sinflar uchun mo‘ljallangan “Prepare” darsligi to‘plamida umumiy
hisobda 178 tinglab tushunish qobilyatini rivojlantiruvchi mashqlar mavjud. “Student’s
book” ulardan 161 ta sinfdagi dars jarayonida qo‘llash uchun, “Workbook” esa 17 ta uyda
uy vazifa sifatida mustaqil bajarish uchun mashqlarni o‘z ichiga olgan. Tinglab tushunish
uchun mo‘ljallangan mashqlarining 141 tasi audio
-matnga, qolgan 37 tasi esa audiovizual
matnga asoslangan. Mashqlarni tinglab tushunishnquydagi kategoriyalarga bo‘lingan
holda ko‘rishimiz mumkin:
1-rasm. Tinglab tushunish mashqlari darsliklar kesimida
2-rasm. tinglab tushunish mashqlari mahsus sub-kategoriyalar kesimida
Darslikdagi tinglab tushunish faoliyati turli mahsus topshiriqlar orqali
o‘quvchilarning og‘zaki nutni tinglab tushunish, tanqidiy fikrlash va til ko‘nikmalarini
oshirishga qaratilgan uslubiy yondashuvni o‘zida mujassam etgan. Har bir dars
161
17
141
37
0
50
100
150
200
Student's book
Workbook
Audio-text
Audio-visual text
5
13
13
30
2
9
11
2
93
0
10
20
30
40
50
60
70
80
90
100
Reflektiv tinglash
Tinglang, savollarga javob bering
Tinglang va tekshiring
Tinglang va o‘qing
Tinglang va matndagi ma’lumotlar ketma
-ketligini aniqlang
Batafsil ma’lumotlarni tinglab tushunish
Tinglang, bo‘shliqlarni to‘ldiring
Umumiy mazmunni anglash
Mahsus ma’lumotlarni tinglab anglash
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
613
audiomatndagi aniq ma’lumot va tafsilotlarni tushunishdan tortib, ahborotlar ketma
-
ketlikni idrok qilish va autentik og‘zaki nutq kontekstida grammatik tuzilmalarni
aniqlashgacha bo‘lgan muayyan tinglab tushunish ko‘nikmalarini shakllantirishni
maqsad qilib tuzilgan.
Tinglashning strategik rivojlanishi.
Darslikda
tinglanishi ko‘zda tutilayotgan
matndagi so‘z yoki iboralarni oddiygina antisipatsiya qilishdan tashqari, o‘quvchilarga
mavjud kontekstdan ma’no chiqarish, parafrazalarni tanib olish va nutqdagi hissiy
-
akustik belgilarni (masalan, ohang va urg‘u) aniqlash kabi bir qator tinglab tushunish
strategiyalaridan foydalanishga o‘rgatiladi. Bu esa o‘quvchilarning turli xil akademik va
real dunyo kommunikatsiya jarayonidagi tinglab idrok etish murakkab bo‘lgan og‘zaki
nutqdagi ahborotlarni fahmlash vositalari bilan ta’minlaydi.
Integratsiyalashgan malakalar yondashuvi.
Darslikdagi mashqlar tinglab
tushunish ko‘nikmasini shakllantirish bilan birga boshqa nutq faoliyati turlariga oid
malakalarni ham rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Masalan, audiomatnning qisqacha
mazmunini yozish yoki mazmunini guruhlarda muhokama qilishni o‘z ichiga olgan
tinglash mashg‘ulotlari nafaqat tinglab tushunishni, balki gapirish, o‘qish va yozuv
ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi. Ushbu integratsiyalashgan ko‘nikmalar yondashuvi
tilni o‘rganishning yaxlit tajribasini targ‘ib qiluvchi real hayotda ingliz tilidan
foydalanishning ko‘p qirrali xususiyatini aks ettiradi.
Tanqidiy fikrlash va tahlil qilish qobiliyatlari.
Tinglab tushunish topshiriqlari
tanqidiy fikrlash va tahlilni rag‘batlantirish uchun ham mo‘ljallangan. O‘quvchilar
ma’lumotlarning ishonchliligini baholashlari, turli o‘z nuqtai nazarlarni audiomatn
mazmunidagi g‘oyalar bilan solishtirishlari yoki eshitganlari asosida xulosalar
chiqarishlari mumkin. Bunday tinglash uchun mashqlar o‘quvchilarni mazmun bilan
chuqur shug‘ullanishga undaydi, yuqori darajadagi fikrlash qobiliyatlarini (high
-order
thinking skills) rivojlantiradi.
Madaniyatlararo muloqot va global xabardorlik.
Tinglash materiallari
ko‘pincha madaniy tushunchalarni taqdim etadigan yoki global muammolarni muhokama
qiladigan tarkibni o‘z ichiga olgan. Bu nafaqat o‘quvchilarning dunyo haqidagi
tushunchalarini boyitadi, balki empatiya va madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarini
ham rivojlantiradi. Tinglash orqali turli fikrlarni ko‘rib chiqish orqali o‘quvchilar global
murakkabliklar va o‘xshashliklarni yanada chuqurroq tushunishadi.
Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv va mustaqil ta’lim.
Ko‘pgina auditive
mashqlar o‘quvchilarning shaxsiy javoblarini talab qiladi yoki o‘quvchilarning o‘z
tajribalari bilan bog‘liq bo‘lib, o‘rganish jarayonini yanada dolzarb va qiziqarli qiladi.
O‘quvchilarni shaxsiy tinglab tushunishni o‘rganish uchun maqsadlarini belgilashga,
ularni qiziqtiradigan materiallarni tanlashga va tinglab tushunishning kognitiv
strategiyalari haqida fikr yuritishga undash ta’limda mustaqillikni va sinfdan tashqarida
til o‘rganishni yanada rivojlantirish uchun motivatsiyani rag‘batlantiradi.
Texnologiya va autentik materiallardan foydalanish.
Darslikdagi podkastlar,
yangiliklar translyatsiyalari va onlayn videolarni o‘z ichiga olgan bir qator multimedia
resurslarining dasturga kiritilishi o‘quvchilarni o‘rganilayotgan tildagi turli aksentlar va
ushbu tilning ta’lim uchun mo‘ljallanmagan kontekstlarda ham kuzatish manbasi bilan
taminlaydi.
Baholash va natijalarga fikr-mulohazalar bildirish.
Dasturda belgilangan rasmiy
testlar va tinglab tushunganlikni tekshirishning rasmiy bo‘lmagan usullari orqali
o‘quvchilarni doimiy bahoab boorish tinglab tushunishning oqitish o‘quvchilarning
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
614
ehtiyojlari va davlat tomonidan belgilangan standart qay darajada talablarini qondira
olayotganligini aniqlashga qaratilgan. O‘qituvchi tomonida o‘quvchilarning mashqlarni
bajarganligi va mashqdan kutilgan maqsadlarga erishganligi yoki hato-kamchiliklari haqida
izchil fikr-
mulohazalar bilan taminlanishi o‘quvchilarning metakognitiv kompetensiyalarini
shakllantirib, tinglab tushunishdagi o‘z zaif va kuchli jihatlarini aniqlashga yordam beradi.
Tengdoshlarning fikr-
mulohazalari va o‘z
-
o‘zini baholashi o‘quvchilarni o‘quv jarayoniga
yanada jalb qiladi, ularni o‘z rivojlanishining faol ishtirokchisiga aylantiradi.
XULOSA
“Prepare” darsliklari seriyasi, chet tilini o‘rganish jarayonida tinglab tushunish
ko‘nikmasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratgan holda, O‘zbekiston o‘quvchilari uchun
ingliz tilini o‘rganishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu darsliklar ta’lim strategiyasi va
metodologiyasi bilan ingliz tilini o‘qitishdagi ilg‘or tajribalar bilan muvofiqligini namoyish
etadi va o‘quvchilarning tinglash ko‘nikmalarini samarali rivojlantirishga qaratilgan.
Darsliklar seriyasi, har bir daraja uchun mo‘ljallangan tinglab tushunish
mashqlarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, bu mashqlar nafaqat tinglash ko‘nikmalarini, balki
gapirish, o‘qish va yozish kabi boshqa til ko‘nikmalarini ham integratsiyalashgan tarzda
rivojlantirishga yordam beradi. Tinglab tushunish mashqlari, tinglash strategiyalarini
o‘rgatish va tanqidiy fikrlash hamda tahlil qilish qobiliyatlarini rag‘batlantirish orqali
o‘quvchilarning til o‘rganish jarayonini chuqurlashtiradi. Shuningdek, bu darsliklar,
madaniyatlararo muloqot va global xabardorlikni oshirishga ham hissa qo‘shadi, bu esa
o‘quvchilarning ko‘p qirrali fikrlash qobiliyatlarini va dunyoqarashini kengaytiradi.
“Prepare” seriyasi, CEFR standartlari bilan muvofiqlashtirilgan bo‘lib, o‘quvchilarni
xalqaro tan olingan til ko‘nikmalariga ega qilishga intiladi. Bu esa ularga ingliz tilida
gaplashadigan muhitda ta’limni davom ettirish yoki ishga joylashish imkoniyatlarini
yaratib beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Asher, J. (1988). Learning Another Language Through Actions: The Complete
Teacher’s Guidebook (3rd ed.). Los Gatos, CA: Sky Oaks Productions.
2.
Council of Europe. Council for Cultural Co-operation. Education Committee.
Modern Languages Division. (2001). Common European framework of reference for
languages: Learning, teaching, assessment. Cambridge University Press.
3.
Ellis, R. (2005). Instructed second language acquisition: A literature review.
Wellington, Australia: Research Division, Ministry of Education.
4.
Goh, C. (2008). Metacognitive instruction for second language listening
development: Theory, practice and research implications. RELC journal, 39(2), 188-213.
5.
Jalolov J.J. Chet tili o‘qitish metodikasi. –
Toshkent: O‘qituvchi. 2012. –
423 b.
6.
Jenkins, J. (2000). The phonology of English as an international language. Oxford
University Press.
7.
Krashen, S. (1982). Principles and Practice in Second Language Acquisition.
Oxford: Pergamon.
8.
Nation, I. S., & Nation, I. S. P. (2001). Learning vocabulary in another language.
Cambridge: Cambridge University Press.
9.
Rost, M. (1994). Introducing Listening (pp. 141-142). Penguin.
10.
Vandergrift, L. (1997). The Cinderella of communication strategies: Reception
strategies in interactive listening. The Modern Language Journal, 81(4), 494-505.
11.
Vandergrift, L. (1999). Facilitating second language listening comprehension:
Acquiring successful strategies.
