Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Acquiring knowledge about the national nature of language
as a social phenomenon: the state of practice
Andijan State Pedagogical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2024
Received in revised form
10 May 2024
Accepted 25 May 2024
Available online
25 June 2024
In the article, the necessity of teaching knowledge about the
national nature of the language and its social phenomenon in
school education and the state of teaching in practice are
researched.
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss1
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
language,
means of communication,
purpose,
modern education,
National Curriculum,
socio-emotional and civic
competence.
Tilning milliy tabiati, ijtimoiy hodisa ekanligi to‘g‘risidagi
zarur bilimlarni egallashning amaliyotdagi holati
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
til,
muloqot vositalari,
maqsad,
zamonaviy ta’lim,
Milliy o‘quv dasturi,
ijtimoiy-emotsional
fuqarolik kompetensiyasi
Maqolada tilning milliy tabiati va uning ijtimoiy hodisa ekanligi
haqidagi bilimlarning maktab ta’limida o’qitishning zarurati va
amalyotdagi o’qitilish holati
tadqiq qilingan.
1
Doctoral student, Andijan State Pedagogical Institute. E-mail: mahfuzaarabboyeva@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
746
Приобретение знаний о национальной природе языка как
общественного явления: состояние практики
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
язык,
средства общения,
цель,
современное образование,
Национальная учебная
программа,
социально
-
эмоциональная,
гражданская
компетентность.
В статье исследуется необходимость преподавания
знаний о национальной природе языка и его социальном
явлении в школьном образовании, а также состояние
преподавания на практике.
KIRISH
Til ijtimoiy hodisa. “Til hayotimizning markaziy hamda tabiiy qismi hisoblanadi.
Inson yoshligidan muloqot qilish, so‘zlashish qobiliyatiga ega bo‘ladi va atrof
-muhitga
moslashadi. Til insonning fikrlash qobiliyatini shakllantiradigan, uning e’tiborini jal
b
qiladigan hodisadir. Til insonlar o‘rtasida axborot almashish, his
-
tuyg‘ularni ifodalash va
shaxsning o‘z tabiatini namoyon qilish vositasidir”[1.17].
Til jamiyat a’zolarining bir biri bilan aloqa qilishdagi asosiy
vosita hisoblanib, u
jamiyat ichida yaraladi, yashaydi, rivojlanadi. Uning tirikligi ham, o‘lishi ham jamiyat bilan
bog‘liq. Jamiyat doimiy harakatda, rivojlanishda, o‘zgarishda bo‘lgani kabi, uning tili ham
jamiyat bilan birga harakatlanadi, o‘zgarishla
rga uchraydi va rivojlanadi. Jamiyat va
davlat taraqqiyoti bilan birga til ham taraqqiy topadi. Chunki davlat va jamiyatdagi
o‘zgarishlar tilda o‘z aksini topadi. Agar bir tildan insonlar muloqot jarayonida doimiy
ravishda madaniyat bilan to‘g‘ri foydalan
sa, asrab avaylansa, uning umri ham millat umri
bilan birga boqiy bo‘ladi. Chunki ona tili millatning ruhi, uning borligini, o‘ziga hosligini
ko‘rsatib turuvchi asosdir. Tilga beparvolik uning unutilishiga, yo‘q bo‘lishiga olib keladi.
Shuning uchun ham til qurilishi haqidagi bilimlar, uning ijtimoiy hodisa ekanligi maktab
ta’limidanoq o‘quvchilar ongiga singdirib boriladi. Bundan maqsad esa o‘quvchilarni ona
tiliga hurmat ruhida tarbiyalash, o‘z ona tilida mustaqil va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini
shak
llantirish, bu orqali har bir o‘quvchini jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘la olishiga
ko‘maklashishdan iboratdir.
Zamonaviy ta’limning maqsadi jamiyat va davlat ishlarida faol, o‘zining mustaqil
fikriga ega, ilmli, bilimli, qaysi soha yoki kasb egasi bo‘lishidan qat’iy nazar o‘z kasbining
ustasi bo‘lgan intiluvchan, ijodkor, kashfiyotchi, bo‘layotgan voqeliklarga tanq
idiy baho
berib o‘z fikrlarini mustaqil ayta oladigan, tez o‘zgarayotgan zamonga o‘zining salohiyati
bilan moslasha oladigan shaxsni tarbiyalashdan iboratdir. [3.44]
ASOSIY QISM
Maktab ta’limida boshlang‘ich sinfdanoq til, ona tili, tilning milliy tabiati, ijtimoiy
hodisa ekanligi haqidagi bilimlar o‘quvchilarga o‘rgatilib boriladi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6
-
sinf o‘quvchilari uchun yaratilgan va hozirgi
kunda amliyotga joriy etilgan ona tili darsligidagi ilk mavzu
“Til –
muloqot vositasi”
sarlavhasi bilan berilgan bo‘lib[2.5], unda “til va uning ijtimoiy ahamiyati, milliy til va
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
747
qadriyatlarning uzviyligi, badiiy tasvir vositalari va ulardan foydalanish, iboralar, og‘zaki
va yozma nutqning imkoniyati, nutq uslublari, asos va qo‘shimchalar, tinish belgilari”
kabilar haqida bilim va tushunchalarni o‘quvchi ongiga singdirish maqsa
d qilinadi.
Savollarga javob bering shartli belgisi ostida berilgan “Do‘stingizga ustozingiz aytgan biror
narsa, harakat yoki holatni so‘zsiz tushuntirishga urinib ko‘ring. Bu jarayonda nimalarni
his qildingiz? Tilning ahamiyati haqida o‘ylab ko‘ring.[2.5]” topshirig‘i orqali esa
o‘quvchilarga inson hayotidagi tilning o‘rni va ahamiyatini uqtirish, boshqa aloqa
vositalaridan ko‘ra fikr almashinuv, axborot uzatish, qabul qilish, his
-
tuyg‘ularni ifoda
etish, atrofdagilarga ta’sir o‘tkazishda tilning imkoniya
ti anchagina keng va inson uchun
juda ham qulay va oson ekanligini bildirishni maqsad qilinadi. O‘quvchini kutilmagan
vaziyatga solish orqali tilning inson uchun buyuk ne’mat, eng yaxshi imkoniyat ekanligi
isbotlanadi va olgan bilimlarini hayotda qo‘llay olishga o‘rgatiladi. Darslikning 6
-
sahifasida turli vaziyatlar bilan bog‘liq rasmlar (1
-rasm) berilgan va ular bilan ishlash
uchun o‘quvchilarga quyidagi savollar kiritilgan. 1.Rasmlarni o‘zaro bog‘lab turgan jihat
nimada deb o‘ylaysiz? Javobingizni izohla
ng. 2. Ayting-chi, til qanday vazifalarni bajaradi?
3. Muloqot deganda nimani tushunasiz? 4. Fikrimizni tinglovchiga qanday shakllarda
yetkazamiz? 5. Yozma nutqning og‘zaki nutqdan qanday farqi bor? 6. So‘zlashuv tili bilan
adabiy tilning farqi nimada?[2.6
]. O‘quvchi rasm va savollar ustida ishlash orqali tilning
inson hayotidagi eng muhim boylik ekanini anglay boshlaydi. Chunki barcha rasmda
ko‘rsatilgan vaziyatlar inson hayotidan olingan va hech birining yechimi muloqotsiz
ochilmaydi. Muloqotning eng asosiy quroli esa, albatta, tildir.
1-rasm.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
748
Ushbu sahifada nazariy bilim sifatida
“Til –
kishilar o‘rtasida o‘zaro fikr
almashishning muhim vositasi. Nutq bu
–
odamlarning til vositasida muloqot qilishi. Nutq
og‘zaki va yozma shaklda bo‘ladi.”
qoidasi kiritilgan, lekin o‘quvchi bu nazariyani o‘qib
o‘rgangunicha yuqorida bajargan topshiriqlari orqali qoidaning mohiyatini tushunib,
anglab ulguradi.
Ushbu darslikning 8,9-
sahifasida o‘qing shartli belgisi ostida quyidagi topshiriq va
ikkita matn berilgan.
Berilgan matnlarni o‘qing. Matn asosida topshiriqlarni bajaring.
Dunyoga kelgan har bir bola haqiqiy inson bo‘lib yetishishi uchun juda ko‘p narsalarni
bilishi kerak. U o‘ziga kerakli bilimni ko‘rib, eshitib va o‘qib o‘rganadi. Eshitib va o‘qib
o‘rganish til vositasida amalga oshadi va uning imkoniyati cheksizdir. Agar til bo‘lmay, har
bir kishining tirikligi uning o‘z tajribasiga asoslangan bo‘lsa edi, inson shu kungacha hayvon
qanday yashasa, shunday yashagan va bugungi moddiy va ma’naviy taraqqiyotga
erishmagan bo‘lardi. Tilning birinchi ma’rifiy ahamiyati shundan ibo
ratki, til tufayli jamiyat
a’zolarining har birida hosil bo‘lgan bilim ommalashib, uning ko‘pchilik tomonidan
rivojlantirilishiga imkon tug‘iladi. Bundan tashqari, til tufayli bilim avloddan avlodga og‘zaki
yoki yozma tarzda qoldiriladi, natijada yangi avl
od o‘tgan avlodning ishini yangidan
boshlamasdan, uni davom ettiradi.
Bu bilan yana taraqqiyot ta’minlanadi.( Alibek
Rustamov).[2.8]
Til
–
inson aqliy, ruhiy va amaliy faoliyatining quroli va harakatlantiruvchi kuchi, bu
faoliyat
natijasi sifatidagi tajribalarning jamlovchisi va saqlovchisi, kishilar o‘rtasidagi,
ajdod va avlod orasidagi bilim-
u axborot “oldi
-
berdi”sining timsolsiz ta’minlovchisi.
U
yo‘qolsa, tamaddun tugaydi, u salomat bo‘lmasa, millat sochilib ketadi. Shuning uchun esi
o‘zida xalq, erki o‘zida davlat til muhofazasini muhtasham maqsad deb biladi, uni taraqqiy
qildirish qayg‘usini bir on unutmaydi.
(Nizomiddin Mahmudov).[2.9]
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Ushbu matnlar bilan tanishgan o
‘
quvchi tilning qiymatini yanada anglab yetadi va
til haqidagi bilimlarini nazariy va amaliy jihatdan yanada boyitib oladi, matnga bog
‘
liq
topshiriq sifatida berilgan savollarga javob berish uchun til haqidagi bilimlarini
mushohada qilishga majbur bo
‘
ladi va inson hayotida tilning ahamiyati qanchalik muhim
ekanligini tushunib yetadilar.
1.Bilim olishda til imkoniyatidan qanday foydalanamiz? 2. Birinchi matnda tilning ikki
ma’rifiy ahamiyati haqida so‘z boradi. Ular qaysilar? 3. Ikkinchi matnda tilning
hayotimizdagi o‘rni qanday ifodalangan? 4. Ajdod va avlod o‘rtasidagi “oldi
-
berdi” nimal
ar
bo‘lishi mumkin? 5. Til salomat bo‘lmasa, millat sochilib ketishi haqidagi fikrni izohlang.
Muallif bu bilan nima demoqchi? 6. Til qanday qilib muhofaza qilinadi? Bu jarayonda siz ham
qatnashishingiz mumkinmi? Qanday qilib? 7. Ikkala matn uchun qanday umumiy sarlavha
qo‘yar edingiz? Javobingizni izohlang.[2.9]
Ushbu topshiriq tilning ijtimoiy hodisa sifatida inson faoliyatidagi barcha
tadqiqotlar, muammolar va muammolar yechimining ifodasida ham til imkoniyatining
cheksizligini ko‘rsatadi.
Ma’limki, davr talabi asosida yangi Milliy o‘quv dasturi yaratildi.
Milliy o‘quv dasturi hamda mazkur dastur asosida yaratilgan darsliklar orqali
o‘quvchilarda tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish bilan ularda ma’naviy
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
749
dunyoqarashining yangilanishi, jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti, jamiyat va
davlat hayotidagi o‘zgarishlar va yangilanishlarga daxldorlikni his qiladigan, ishtirok
etadigan, jahon va zamon talablariga javob bera oladigan shaxs etib tarbiyalash bugungi
ta’limning bosh maqsadidir.[4.721]
XULOSA
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, til nafaqat aloqa quroli, fikr ifodalovchi
vosita, balki, insonning vaziyat bilan bog‘liq his
-
tuyg‘ularini, kechinmalarini ham ko‘rsata
oladigan, insonning jamiyatda o‘z o‘rni va mavqeyiga ega bo‘lishida hizmat qiladig
an,
davlat va xalqning taraqqiyotida insonning hizmatlarini ko‘rsatadigan, ifodalaydigan
vositadir. Shu sababi dastur, darslik asosida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan
foydalanib o‘quvchilarda tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish, har
bir
o‘quvchini dunyoning istalgan joyida o‘z bilim va salohiyati bilan o‘rin topa oladigan yetuk
shaxs sifatida tarbiyalash bugungi ta’limning maqsadidir.
Til ijtimoiy hodisa, aloqa vositasi ekan o‘quvchilarga tilga oid bilimlarni berish,
tildan to‘g‘ri va unumli foydalana olishga o‘rgatish orqali ularda ijtimoiy emotsional
-
fuqarolik kompetensiyalarini shakllantirish har bir o‘quvchini jamiyat va davlat hay
otida
o’z orniga ega bo’lishida yordam beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
:
1.
Richter B., First steps in theoretical and applied linguistics. -Budapest, 2006.-B.17
2.
Azimova I., Mavlonova K., Quronov S., Tursun Sh., Hakimova N., Siddiqov M. Ona
tili (6-sinf uchun darslik). -
T., Respublika ta’lim markazi, 2022
-yil, 5-bet.
3.
Arabboyeva M.A., Ona tili darslari orqali
o’quvchilarning ijtimoiy emotsional –
fuqarolik kompetensiyalarini rivojlantirish. Замонавий таълим / современное
образование, 2022, 12
-son. 44-bet.
4.
Arabboyeva M.A., Ona tili darslarini milliy dastur talablari asosida tashkil etish
dolzarb pedagogik muammo sifatida. Scientific Bulletin of NamSU-
Научный вестник
НамГУ
-NamDU ilmiy axborotnomasi
–
2023-yil_7-son., 721-bet.
