Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Postmodernism and ideological-artistic features of
I. Sultan's prose
Sukhrob KHASANOV
Samarkand State Institute of Foreign Languages
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received July 2024
Received in revised form
10 August 2024
Accepted 25 August 2024
Available online
25 September 2024
Isajon Sultan's prose exhibits several postmodernist
features, such as intertextuality, which we highlight in our
article, a multi-layered text structure, and the concept of the
rhizome (a plot type resembling a symbolic labyrinth with a
central axis that remains unfixed), along with the "death" of the
traditional authorial perspective, manifesting as narrative
chaos. However, the author's work diverges from typical
postmodernist works in several ways. Notably, it is rooted in
strong national traditions, creates metanarratives, and avoids
the characteristic postmodernist methods of "play" and
"theater."
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss3
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
modernism,
postmodernism,
rhizome,
social realism,
folk memory,
mythological beginnings.
Postmodernizm va I. Sulton nasrining
g‘
oyaviy
–
badiiy
xususiyatlari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
modernism,
postmodernism,
rizoma,
darbadarlik,
sotsialistik realism,
xalq xotirasi,
mifologik prinsiplar.
Isajon Sulton nasrida postmodernizmning bir qator
xususiyatlari k
o‘
zga tashlanadi, masalan, biz maqolamizda ur
g‘
u
berayotgan intermatnlilik, matnning k
o‘
p darajali qilib tuzilishi,
rizoma (ramziy labirint b
o‘
lib syujet k
o‘rinishi ma’lum bir
markazni
o‘q atrofida jipslashmaydi) an’anaviy mualliflik
nuqta-i nazari tushunchasining
o‘
lishi (hikoya qilishdagi
tartibsizlik) kabilar shular jumlasidan. Biroq, adib ijodi
mustahkam milliy an’analar zaminidan o‘
sib chiqqanligi
metarivoyatlar yaratayotganligi, postmodernizmga xos “o‘yin”
va “teatrga xoslik” usullariga murojaat qilmasligi kabi qator
belgilar bilan postmodern asarlardan ajralib turadi.
1
Teacher, Department of English Language Theory and Practice, Samarkand State Institute of Foreign Languages.
E-mail: hasanov.suhrob7219919@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
155
Постмодернизм и идейно
-
художественные особенности
прозы И.
Султана
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
модернизм,
постмодернизм,
ризома,
соцреализм,
народная память,
мифологические начала
.
В прозе Исаджона
Султана заметны некоторые черты
постмодернизма, такие как интертекстуальность, которую
мы подчеркиваем в нашей статье, многоуровневая
структура текста, ризома (где сюжет представлен как
символический лабиринт с центром, который не
фиксируется), а также смерть традиционной авторской
точки зрения, что выражается в нарративном хаосе. Однако
творчество автора отличается от постмодернистских
произведений
рядом
особенностей,
включая
его
укорененность в сильных национальных традициях и
создание метанарративов, в отличие от использования
методов
«игры»
и
«театра»,
характерных
для
постмодернизма.
KIRISH
Adabiyot olamida hech bir yangi hodisa
o‘
z-
o‘zidan qat’iylashib qolmaydi. Baxsu
munozara, tasdiqu inkor etishlar, q
o‘
llab quvvatlash-u q
o‘
l siltashlarning bari tabiiy hol.
Agar bu yangi hodisada davr ruhi
o‘
z ifodasini topgan b
o‘
lsa, zamonaning muammolariga
muayyan tarzda javob bera olsa, tarix, hayot haqiqatlariga qarshi bormasa,asta sekinlik
bilan b
o‘
lsada,
o‘
z konsepsiyasini qaror toptira boradi. Asrlar davomida yashab
kelayotgan romantizm va realizm ijodiy metodlari, bir asr nari-berisida yashab
kelayotgan abadiy y
o‘
nalishlar hamda 15
–
20 yil
o‘
z imkoniyatlarini sarflab b
o‘
lgan
adabiy oqimlar tarixi shundan guvohlik beradi. Oxir oqibat bularning bari birlashib
yagona adabiy jarayonni tashkil etishi ham tabiiy hol. Ayni damda Sharq, xususan,
o‘
zbek
adabiyoti uchun ham postmodernism hodisasi ana shunday yangi ijodiy hodisadir.
Jahonning turli mintaqalarida mazkur hodisa turlicha k
o‘
rinishlarda
o‘
ziligini namoyon
qilganligi bois sharq va
o‘
zbek adabiyoti misolida alohida t
o‘
xtalish lozim. Chunki
g‘
arb
madaniyatlarida
o‘
zligini
isbotlagan
ushbu
hodisa
o‘
zbek
adabiyoti
va
adabiyotshunosligida
o‘
shanday k
o‘
rinish va holatda qabul qilinmaganligini Omon
Muxtor, Nabijon Boqiy,Isajon Sulton, Baxodir Qobul kabi ijodkorlar asarlari misolida
k
o‘
rishimiz mumkin.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI
Professorlar Muxammadjon Xolbekov qayd etganlaridek
“… san’atkorning bevosita
obraz mazmuniga, uning
asl mohiyatiga me’yoridan oshiq diqqat
-
e’tibor qaratganligi
naturalizm nomini oldi; obrazning favqulotda b
o‘
rttirib tasvirlangan holati
abstraksionizm qonuniyatiga asos b
o‘
ldi, j
o‘
shqin va hayajonli his-tuy
g‘
ular bilan
t
o‘
yintirib ifodalanganligi esa ekspressionizmga aylandi; ortiqcha mazmundorlik va k
o‘
p
ma’nolilikning kashf qilinishi bevosita syurrealizmga taalluqli bo‘lib qoldi”ni, bu ijodiy
y
o‘
nalishlarning muhim belgilari bugungi
o‘zbek nasrida ba’zan alohida, ba’zan qorishiq
tarzda k
o‘
zga tashlanadi.
Isajon Sulton adabiyot tarixidan, jahon adabiyotidan,unda kechgan metod-u
y
o‘
nalishlardan, falsafa, genetika, psixologiya ilmlaridan yaxshi xabardor ekanligi
asarlarning mutoalasidan seziladi. Shu bois
o‘zlashtirilgan, his qilingan bu an’analar va
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
156
tajribalarning rang-barang xususiyatlari hikoya, qissa, romanlari
o‘
zagida goh
uy
g‘unlashib, ba’zan alohida sifatlari bilan namoyon bo‘
lib turadi. Yozuvchi ijodigan
munosabat bildirgan ustoz adabiyotshunoslar ham buni ta’kidlab o‘
tishadi.
“Isajon Sulton deganda asar tilidagi joziba va go‘
zallikni, aniqlik va ixchamlikni,
milliylikni alohida ta’kidlamaslik mumkin emas”
,
–
deb yozadi akademik Baxtiyor
Nazarov.
O‘
zbekiston qahramoni, adabiyotshunos Ibrohim
G‘
afurov esa ,,Isajon Sulton bu-
kun-qizil ekzistentsializm
”
,
–
deb qayd etar ekan, uning ekzistentsializm y
o‘
llari va
falsafasiga shaydo ong va yuragida dunyo va tabiatning kelib chiqishiga nazar solish
g‘
oyasi paydo b
o‘
lganligini bir qator hikoyalari misolida tahlil qiladi.
“Isajon modernizm, postmodernizm allaqachon jahonni zabt etgan, milliy
adabiyotimizga ham dadil kirib kelgan davrning farzandi, yetuk ijodkorlari sifatida
maydonga chiqdi,- deb yozadi U. Normatov,- ammo u yangicha tamoyillarga k
o‘
r-k
o‘
rona
ergashmadi,
o‘
ziga xos mafkuraviy
–
ijodiy y
o‘ldan bordi”
.
A. Rasulov, D. T
o‘
rayev, Y. Solijonovlarning chiqishlaridan ham yana misol
keltirishda davom etishimiz mumkin, biroq yozuvchi ijodida
o‘
zbek va jahon adabiyoti
kechgan ijodiy jarayonlarning rang-barang tarzda
o‘
z izini qoldirganligi chin haqiqat.
Yozuvchi nasridagi ramzlar, timsollar uning mumtoz sharq she’riyati,
xususan,tasavvuf falsafasidan yaxshigina baxramand b
o‘
lganligini k
o‘
rsatadi. Tasavvuf
she’riyati ramzlar bilan kodlangan she’riyat. Unda, masalan, gumbaz
-dunyoning, osmon-
fayzu-barakaning, quduq-tiriklikning, bulbul-ruhning, qafas-vujudning ramzlari b
o‘
lib
keladi. Xuddi shu singari I.Sulton nasrida ham rang-barang ramz va simvollarni
uchratamiz.Darbadarlikka maxkum etikd
o‘
z, shahri Xaybar, Bo
g‘
i Eram,
g‘
ordagi avliyo,
g‘
aroyib toshbaqa, saxrodagi karvon, Ozod izlab chiqqan lola va boshqalar ana shunday
ramz va timsollardir. Agar she’riy asarda ramzlar motivlik xususiyatiga ega bo‘
lsa, nasriy
asardagi, xususan, Isajon Sulton nasridagi ramz va timsollar kompozitsion markazni,
poetik
g‘
oyani muayyan qirralari bilan t
o‘
ldirayotgan hikoyalar xarakteriga egadir.
Adabiyotshunos Ilhom Hasanov “Bir bahrning ikki gavhari” maqolasida hazrat
Navoiy dostonlaridagi an’analarning A.
Qodiriy romanlarida b
o‘
y k
o‘
rsatganligini konkret
qiyoslashlarda tahlil qilib bergandi. Xuddi shu kabi I. Sulton ham mumtoz mohiyatni,
tasavvufiy-falsafiy dunyo-qaralashni postmodernistik shakllarda ifodalab berdi desak
xato b
o‘
lmas.
Isajon Sulton nasrida postmodernizmning bir qator xususiyatlari k
o‘
zga tashlanadi,
masalan, biz dissertatsiyamizda ur
g‘
u berayotgan intermatnlilik, matnning k
o‘
p darajali
qilib tuzilishi, rizoma (ramziy labirint b
o‘
lib syujet k
o‘rinishi ma’lum bir markazni o‘
q
atrofida jipslashmaydi) an’anaviy mualliflik nuqta
-i nazari tushunchasining
o‘
lishi
(hikoya qilishdagi tartibsizlik) kabilar shular jumlasidan. Biroq, adib ijodi mustahkam
milliy an’analar zaminidan o‘
sib chiqqanligi metarivoyatlar yaratayotganligi,
postmodernizmga xos
“o‘yin” va “teatrga xoslik “ usullariga murojaat qilmasligi kabi
qator belgilar bilan postmodern asarlardan ajralib turadi. Shu jihatdan mazkur
asarlarning qay ijodiy y
o‘nalishga mansubligiga e’tibor qaratgan professor Dilmorod
Quronovning qarashlarini e’tiborli va asosli deb hisoblaymiz.”…g‘
arbda urf b
o‘
lgan
“izm’’lar ma’naviyatimiz uchun zararli deguvchilarning tashvishlar,albatta, asossiz emas.
Mar
g‘
ub tomoni shuki, Isajon
o‘
ta
“izm”lardan maqbul shaklni olgani holda o‘
zi milliy
zaminda sobit turibdi. Jillaqursa, bir jihatini olaylik: postmodern kayfiyati degani
millatlaru milliy madaniyatning qorishuvini k
o‘
zda tutadi, shunday zamindan unib
chiqadi . Yozuvchining esa by ruh-
kayfiyatni butun vujudi bilan inkor qiladi…”
.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
157
I
.Sulton nasridagi muhim xusisiyatlardan biri hayotdan ma’ni izlash
tendensiyasidir. Attor hazratlari hayotni qoron
g‘
I va zax quduqqa qiyoslaganlar. Inson
ana shu qoron
g‘
ilik va zaxdan yoru
g‘
olamga chiqishi kerak, aks holda chuvalchangsifat
va qurbaqasimon umrguzaronlik qilib
o‘
tadi. Hazrat Navoiy jahondin notavon
o‘
tmakni
hammomdan nopok chiqmoqqa qiyoslaydilar. Biroq modernizm adabiyotida absurd
falsafasi keng ishlangan mavzulardan , ya’ni hayotning bema’niliklardan iboratligini
badiiylashtirish I.Sulton nasrida har ikkala
g‘
oyani davom ettirish barobarida
o‘
ziga xos
nuqtai nazar ham shakllangan.
Masalan, “Boqiy darbadar”
romanida etikd
o‘
zga qarata aytilgan:
“Endi sen to qiyomatga qadar betinim daydiga mahkum etilding”,
–
deyildi unga.
“Hamda sening qiladigan ishing –
hech narsa, hech narsa, faqat hech narsa”,
–
deyildi unga” kabi gaplar absurddan boshqa narsa emas, albatta. Bu A.
Kamyuning “Szif
haqida asotir” asarini esga solidi. Ikkinchi jahon urushi daxshatlari Alber Kamyuda
absurd tushunchasini qatiylashtirgan edi. Biroq I.Sulton fransuz yozuvchisidan farqli
o‘
laroq haq y
o‘
ldan
adashishni absurd, ma’nisiz hayot tarziga olib keladi degan xulosaga
t
o‘
xtaladi. Haq va haqiqatdan chekinish, Yaratgandan uzoqlashish oxir oqibat inson
hayotini mazmunsizlikka olib kelishini yozuvchi eng oliy mavjudot
–
klon bilan bo
g‘
liq
syujet miqyosiga ham mahorat bilan singdiradi, yozuvchining fantaziyasi mahsuli b
o‘
lgan
bu obraz sun’iy intellekt xususida shov
-shuvlar b
o‘
layotgan bugungi kunimizning
timsolidek taassurot qoldiradi.
“Boqiy darbadar’ning kompozitsion tuzilishi ham uning postmodern romanlarning
shakl unsurlarini
o‘
zlashtirganligini tasdiqlaydi. Syujet yagona nuqtaga jamlanmagan,
turli makon va zamondagi voqea-rivoyatlar bir-biridan ayri holda ifodalangan, muallif
shaxsining mavjudligi sezilmaydi, aytish mumkinki, hikoya qilishdagi pala-partishlik
o‘
quvchining adabiy-tarixiy xotirasiga m
o‘ljallangan, ya’ni tarqoq, pala
-partish
tuyulayotgan syujet
o‘
quvchida, uning idrok va ongida umumlashadi, tabiiyki, bu
an’anaviy romanlar o‘quvchisiga uncha ma’qul kelmaydi. O‘
zi asli postmodern adabiyot
namunalari ommaboplik xususiyatlariga ega b
o‘
lib, juda katta kitobxonlar auditoriyasini
qamrab oladi, biroq I.Sulton nasrida biz bunday ommaboplik jihatlarini k
o‘
rmaymiz.
U, ayniqsa, romanlarida k
o‘
tarib chiqayotgan muammolar xos, intellekti yuqori
kitobxonga m
o‘
ljallangan. Chunki insonning yaralishi va mavjudligini belgilaydigan
falsafiy masalalar, irsiyat, gen bilan bo
g‘
liq muammolar talqinining kitobxoni k
o‘
p
b
o‘
lmaydi. Ommabop adabiyot deganimiz yengil-yelpi mavzularga va ularning soddaroq
talqiniga tayanadi. Masalan, Ulu
g‘bek Hamdamning “Ota” romanini shunday asarlar
qatoriga kiritish mumkin. Chunki unda hayotiy masalalar osongina hal qilinadi,
ikkinchidan tasviriylik
o‘
rnini bayonchilik egallaydi, uchinchidan, yozuvchi
o‘
zigacha
mavjud motiv va syujetlarni sal-pal
o‘
zgartirgan holda ishlataveradi. Misol uchun,
“Ota” romanida shunday bir epizod keltiriladi, urushda asir olingan nemis jangchisiga
o‘
zbek yigiti achinish bilan qaraydi. Uning yosh qiyofasi va be
g‘
ubor k
o‘
zlarida urushga
aloqador hech bir xususiyatni k
o‘rmaydi. Ayni shu epizod Lev Tolstoyning “Urush va
tinchlik” romanida ham mavjud bo‘
lib, undagi raqiblar rus va fransuz askarlaridir.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Chinakam postmodern adabiyotning sarguzasht asarlarga yaqinligi bor, biroq ular
bir xildagi adabiyotlar emas. Nazarimizda, ularni yaqinlashtiradigan jihatlar yengil
o‘qilishida va ommaboplik belgilarida. Shu bois ba’zi adabiyotshunoslar ham ba’zan
postmodern romanlarni sarguzasht asarga nisbat berishadi. Chunonchi, professor Damin
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
158
T
o‘rayev “Boqiy darbadar” romani haqida yozgan moqolasini “falsafiy sarguzasht roman”
deb ataydi. Vaholanki, sarguzasht asarda ham ba’zan falsafiy masalalar ko‘
rib
o‘
tilgan
b
o‘lishi mumkin, biroq unda qay bir xususiyatning ustuvorligiga e’tibor qaratish zarur.
Zotan falsafiylik va sarguzashtlik bir-biriga yaqin tushunchalar emas, chunki falsafiy
asarning kitobxoni k
o‘
p b
o‘
lmaydi, sarguzasht asarning
o‘
quvchisi esa aksincha k
o‘
p
b
o‘
ladi.
I. Sulton nasrida postmodernizmga xos janrlar va uslublar qorishuvini ham
kuzatishimiz mumkin. Birgina
“Boqiy darbadar”ning o‘
zida Gvido Bonatti bilan bo
g‘
liq
tarixiy ma
’
lumot, sun
’
iy urchitish, genlarni takomillashtirish va klonlashtirish bilan
bo
g‘
liq ilmiy qarashlar, murojaat k
o‘
rinishi, fantastika, rivoyat, publisistika kabi qator
ifoda usullarining sifatlari singdirilgan, shu bois aniq-tiniq qahramon uchramaydi.
An
’
anaviy romanda barcha syujet chiziqlarini
o‘
zida jamlaydigan qahramon va obrazlar
b
o‘
lardi, bu romanda esa biz buni k
o‘
rmaymiz.
“
Boqiy darbadar
”
da janrlar va turli ifoda
y
o‘
sinlarining qorishuvi natijasida publisistik xitoblar, ortiqcha nasihatbozligu
kitobiylikning maqomi oshgandek taassurot qoldiradi. Masalan,
“
Grigor menda kashf
etgan qonuniyatlar bilan sharq she
’
riyatidagi aruz vazni bahrlaridagi fe
’
l turlanishlari
orasidagi bo
g‘
liqlikni mantiqiy modellashtirish orqali kashf etgan va gen
o‘
ramlarining
eng maqbul kombinatsiyalaridan birini topgan” professor Ziyo xususidagi mulohazalar
bachkanaroq tuyuladi. Yoki Ziyoning
o‘g‘
li maktubida Vatanu unga jonfidolik haqiagi
gaplar publisistik yalan
g‘
ochlikni yuzaga keltirgan. Badiiy asarda xarakter
o‘
zining
vatanparvarligini s
o‘
zda emas, amaliy harakatda k
o‘
rsatganida
o‘
rinli b
o‘
lar edi.
Postmodernizatsizm madaniyati mohiyatida yangicha ezgulik
g‘
oyalari yotishi
k
o‘
pgina adabiyotshunoslarning tadqiqotlarida ta
’
kidlab
o‘
tiladi. Bu yangicha ezgulik
doirasiga inson, hayvonot, nabotot, koinot, xullas, butun olam uy
g‘
unlik kasb etadi.
Bugungi
o‘
zbek nasrida, jumladan, tadqiqotimiz obyekti b
o‘
lgan I.Sulton haqida B.Qobul
nasrida ana shu
g‘
oyaning tajassum topganligini k
o‘
rishimiz mumkin.
I. Sulton ijodi xususida s
o‘
z yuritgan adabiyotshunos Y
o‘
ldosh Solijonov, jumladan,
bu borada quyidagicha qayd etgan edi:
“
Adib ijodida ayniqsa
”
, Havolarni almashtiradigan
va tabiatni j
o‘shtiradigan’’ shamol, suv, bulut,yomg‘
ir kabi tabiat unsurlari muhim
o‘
rin
tutadi va muallifga qahramonlari holatini, ichki olamine, muhit hamda vaziyatni yanada
ishonarli ifodalashiga xizmat qiladi. Inson bilan hamisha yonma-yon yuradigan ona
tabiatning bu ajoyib hodisalari yozuvchi asarlarida goh detal, goh obraz sifatida namoyon
b
o‘
lib, zarur paytda
o‘
z sohibi bilan suhbatlashadi, unga k
o‘
maklashadi, niyatiga yetishga
yordam beradi.
Chindan ham I.Sulton va B. Qobul ijodida t
o‘
rt unsur: suv, havo, olov, tuproqdan
turli-tuman vaziyat va holatlarni ifodalashda unumli foydalanganliklariga guvoh b
o‘
lish
mumkin. Tabiat hodisalari hamda turli darajadagi obraz, detal vazifalarini bajaruvchi
t
o‘
rt unsur asar obrazlarining makon va zamon hududidagi harakat hamda xayollari
behududligini ta
’
minlaydigan vositalarga aylanadi hamda ijodkorlarga milliylikdan
umumbashariy
g‘
oyalarni milliylik bilan t
o‘
yintirishga xizmat qiladi. Bahodir Qobulning
“
Ena shamol
”
,
“
Otachiroq
”
qissalari t
o‘
lasincha ana shu konsepsiyaga b
o‘
ysindirilgan.
I. Sultonning
“
Boqiy darbadar
”
romanidagi shamol detali bilan bo
g‘
liq b
o‘
lgan quyidagi
mulohazalarga t
o‘
xtalib
o‘
tamiz:
Otaxon shamolning to
g‘
larda avliyo bilan suhbat qurganini, shahri Haybar
xarobalarining qumlarini t
o‘
z
g‘
itib-sochib
o‘
tganini nevarasiga aytmadi. Zero, cholning
hadigi bor edi. Shamollarning turlariniyu vazifalarini u yaxshi bilardi. Lekin, bunisi
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
159
ba
g‘
rida yom
g‘
irlarni olib keluvchi rahmat epkini emasdi. Gullarning t
o‘
kuvchi va
mevalarni changlantiruvchi rizq shamoli ham, marhamat shamoli ham, fasllarni
o‘
zgartiruvchi mavsum shamoli ham emasdi. Aksincha boshqa epkin edi, uning esishida
jazo shiddati borga
o‘
xshardi
Adibning romanidagi bu xususiyat uning boshqa janrdagi asarlariga ham xosligini
qayd etish bilan birga bu tasvir usuli yozuvchining individual uslubiy maneralaridan biri
darajasiga k
o‘
tarilganligni ta
’
kidlash joiz.
Insonni butun olam bilan bir butunlikda aks ettirish tendensiyasi nafaqat
postmodernizmda, romantik metodda yaratilgan badiiyat namunalariga ham xos edi,
biroq postmodern adabiyot namoyondalari ushbu masalaga alohida ur
g‘
u berganlari bois
bu g
o‘
yoki keyingi davr adabiyotiga xos xislat sifatida talqin etiladigan b
o‘
ldi.
“
Layli va Majnun
”
da Majnunning sahroga hayvonot olami bilan muloqot qilishlari
“
Farhod va Shirin
”
da Farhodning
o‘
limi oldidan sahroyu cheksizliklardan, hunarmandlik
anjomlaridan, parrandayu darrandadan uzr s
o‘
rab, tonggi saboga murojaat qilishlari
–
ushbu ifoda y
o‘
sinining romantizmga ham xosligiga bir misoldirki, har ikki adib: B. Qobul
va I. Sulton ham jahon adabiyotida kechgan va kechayotgan
o‘
zgarishlardan yaxshi
xabardor ekanligini k
o‘
rsatadi.
Postmodern adabiyotda tasavvur kuchi alohida
o‘
rin egallaydi. Tasavvurda
jonlangan holat, kechinma, qachonlardir kechgan hodisaning eng ostida saqlangan uzuq
yuluq lavhalarini tasvirlashga alohida e
’
tibor qaratiladi.
“
Boqiy darbadar
”
da syujet
dunyoning turli burchaklarida kechgan, kechishi mumkin b
o‘
lgan makonlarida r
o‘
y
berganligi asarda inson omili, umumbashariy dard yetakchi
o‘
ringa chiqqanligini
k
o‘
rsatadiki, bu ham yozma dostonchiligimizning hayotbaxsh an
’
analari ta
’
siri desak xato
b
o‘
lmaydi, zotan ulu
g‘
mutafakkir Alisher Navoiy dostonlaridagi voqelik ham Chin, Rum,
Yunon, Arab, Arman va boshqa mamlakatlarda kechgandek talqin etiladi. Bahodir Qobul
nasrida esa umuminsoniy qadriyatlarga tarixiy haqiqatning kechinmalar assosatsiyasi
orqali badiiylashtirilishida erishiladi. Hayot+xayol+tasavvur+kechinmalar assosatsiyasi
B.Qobul nasri harakat y
o‘
nalishlarini belgilab beradigan asosiy tasvir usullari b
o‘
lib, ular
vositasida badiiy konsepsiya turli makon va zamonlarda r
o‘
y bergan tarixiy saboqlarga
tayanadi, shu bois bu asarlarning poydevori mustahkam degan xulosaga kelishimiz
mumkin.
Albatta, bugungi roman kechagi romandan, bugungi tafakkur tarzi kechagidan
farqlanadi. Chunki asar yozilgan davr bilan undan oldingi va keyingi davr muammolari
o‘
zgargan b
o‘
ladi. Sh. Xolmirzayevning
“
Olab
o‘
ji
”
, A.Muxtorning
“
K
o‘
zgu oldidagi odam
”
romanlarida absurd tuy
g‘
usi kuchli. Bu asar qahramonlari
“
t
o‘
qayzor
”
da katta hayot
y
o‘
liga chiqish uchun sarson b
o‘
lishadi.
“Boqiy darbadar”da ham Hazratni itarib yuborgan etikdo‘
zning darbadarlikka
mahkum etilishida ham absurd qarash mavjud, biroq asarning umummatnidan kelib
chiqilsa, unda absurd qarashlarning ustunligi sezilmaydi, onda-
sonda be’manilik bo‘
lib
tuyuladigan epizodlar ertangi kunga umidbaxsh etadigan islomiy va insoniy
qarashlarning soyasida qolib ketadi. Shu bois “Mutafakkirning vido maktubi”ga, ya’ni
Gabriel Markesning s
o‘
nggi asariga ur
g‘
u qaratiladi yoxud
“
Tiyonshon ba
g‘
ridagi
g‘
orda
istiqomat qiluvchi avliyo” hikoyati, professor Ziyoning o‘g‘
li otasiga yozgan maktublar
bejizga roman matnidan joy olmaganligi ertangi kunga b
o‘
lgan ishonchning, haq va
haqiqat poydorligining, ezgulikning tantana qilishiga b
o‘
lgan optimistik qarashlarning
ifodasi va timsollaridir. Bahodir Qobul nasrida ham shu xususiyatni k
o‘
ramiz. Masalan,
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
160
“Enashamol” asarining “Tengsiz Tengri oti bilan boshlayman”,
–
deb boshlanishining
o‘
ziyoq asarning poetik asosi islomiy va insoniy
g‘
oyalarga t
o‘
yinganligiga ishora berib
turadi.
Akademik B. Nazarov B.
Qobulning “Otachiroq” kitobiga yozgan so‘
z boshisida
quyidagilarni alohida qayd etadi:
“
Bu asarda modern asosda k
o‘
proq
g‘
arb adabiyotidan
ta’sirlanish,absurd, ijodiy fikrlash tarzi emas, o‘
zbek mumtoz nasri, xususan, Alisher
Navoiy nasridagi badiyatning sir-asrorlari bordek k
o‘
rinadi. Zotan,biz hozir modern deb
atashga
o‘
rganib borayotganimiz badiiy fikrlash y
o‘
nalishidagi, ong oqimining evrilish va
erkin
o‘
rin almashinuvi, tarixiy,romantic va mifologik prinsiplarning uy
g‘
unlashishidagi
serqatlamlik xususiyatlarning g
o‘zal namunasiga Navoiy nasrida ham duch kelasiz”.
K
o‘
rinib turibdiki,
g‘
arb postmodernizmidan ayrim kompozitsion qurilishiga oid
komponentlaridan
o‘
zlashtirilgani bilan aynan uning
o‘
zi emas.Yuqorida k
o‘
rib
o‘
tilgan
masalalardan shunday xulosaga kelish mumkinki, bizda modernizm,postmodernizm
xususiyatlari model sifatida qabul qilindi va bu model milliy adabiy an’analar va
qadriyatlar mazmun-mohiyati bilan shakllantirildi.
I. Sultonning hikoyalarini
o‘
qiganda har gal hayoldan hazrat Yassaviyning
Ota-ona, qarindosh,
Hech kim bo‘lmaydi yo‘ldosh,
Mardona bo‘l g‘arib bosh,
Umring yeldek o‘taro –
satrlari jonlanaveradi.
Yozuvchi g
o‘
yoki ana shu miskin misralarni hikoya janrida, nasrda naqshlagandek
tuyulaveradi. Uning “TODD”, “Bog‘i eram”, “Avliyo” hikoyalari ana shu ruhda.
Yozuvchi hikoya va adabiy syujetlarida falsafaga judayam qiziqib qolganini gapirib
o‘
tadi. Tabiiyki, falsafa, eng avvalo, inson, uning qismati,yashashdan maqsadi, tiriklik va
o‘
lim , baqo va fano, muqarrariyat va muvaffaqiyat, ruh va tan, aql va hissiyot qarama-
qarshiligi bilan bo
g‘
liq tushunchalarning mohiyati xususida bosh qotirishni, izlanishni,
ayni masalalarning, talqinini adibning yuqorida eslatilgan hikoyalari misolida k
o‘
rish
mumkin.
“TODD”
–
bu bir umr yelib-yugurib,r
o‘
z
g‘
or degan
g‘
ordan qutulolmagan, tuzuk-
quruq nafas rostlashga ham vaqt topmay dunyodan
o‘
tib ketgan Mamasidiq pishiqning
absurd qismati t
o‘g‘risida “Mamasidiq urushda asir tushib konslagerdan har tong uni
shaxtagacha yugurtirgan nemis zobitining ismi Todd. Toddning lu
g‘aviy ma’nosi o‘
lim
degani ekan.Qahramon hayoti bilan bo
g‘
liq voqealarni ustalik bilan bo
g‘
lagan ijodkor
hikoya s
o‘
ngida nahotki, har qanday yelib-
yugurishlarning ortida Todd, ya’ni o‘
lim tursa
degan savolni k
o‘
ndalang q
o‘
yadiki, masalaning bu tarzda yakunlanishi
o‘
quvchini ham
o‘
ylashga, hayot haqida chuqurroq mushohada yuritishga majbur qiladi.
“Bog‘i Eram”da esa masalaning mohiyati ancha kengroq qamrab olinadi. “TODD”da
bir inson qismati asos vazifasini
o‘
tagan b
o‘
lsa, bu hikoyada umuman inson hayotining
tong va shom orasidek qisqa va bevafoligi majoziy timsollarda aks ettiriladi.
Xalqimiz ongu tafakkurida jannat,d
o‘
zax kabi tushuncha-tasavvurlarning chuqur
ildizlari mavjud. Dunyoning besh kunligi, hayotning
o‘
tkinchiyu daraxt bargidek
omonatligi t
o‘g‘
risida ham shunday deyish mumkin. Hazrat Navoiy aytganlaridek
“Xazon sipohig‘
a, ey bo
g‘
bon, emas mone, // Bu bo
g‘
tomi
g‘
a gar ignadin tikan qil
g‘il,”
–
ya’ni barglarni igna bilan daraxtga sanchib qo‘
ysang ham xazon lashkarini t
o‘
xtatib
b
o‘lmas. “Bog‘i Eram”da ana shu tushuncha va qarashlar bola,
bobo, non, bo
g‘
timsollari
vositasida konkretlashtirib tasvirlanadi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
161
Sotsialistik realizm adabiyotida k
o‘
z bilan k
o‘
rib, q
o‘
l bilan ushlab k
o‘
rish mumkin
b
o‘
lgan real hodisa va tushunchalar qalamga olinardi. Xalq xotirasida va ruhoniyatida
yashab kelayotgan bu qarashlarning hikoyada jonli tasvirlanishi kitobxonlarda katta
qiziqish uy
g‘otdi. “Avliyo” hikoyasini “Bog‘i Eram”ning
mantiqiy davomi deyish mumkin.
“Bog‘i Eram”da ko‘
tarilgan falsafiy qarashlar, umr,qismat,bexishtu d
o‘
zax bilan bo
g‘
liq
tushunchalar xalqimizning
o‘
zga bir udumi azizavliyolarga si
g‘
inishi, qadamjolarni
ziyorat qilishi, o
g‘
ir kunlarida ulardan umidvor b
o‘
lishi va madad kutishi kabi realistik
hayotiy aqidalar fonida ochib beriladiki, “Avliyo” hikoyasi ham muayyan turkumning
mustahkam bir halqasidek taassurot qoldiradi. Yurtimizning k
o‘
hna shahar va kentlarida
xalqimiz si
g‘
inib, so
g‘
inib keladigan minglab qadamjolar bor. Azizavliyolardan madad
s
o‘
rash, ularning ruhi poklariga yukunish va qurbonliklar qilish udumi ongda, ongostida,
qolaversa, ommaviy ongsizlik qatlarida yashab kelayotgan bu inonch tuy
g‘
usi yozuvchi
uchun yangi hayotiy material b
o‘
lib xizmat qiladi, kattakon dardu
o‘
ylarini, odamu olamni
anglash y
o‘
lidagi iztiroblarini badiiy b
o‘
yoqlarda k
o‘
rsatishga xizmat qiladi.
I.
Sultonning “Boqiy darbadar”, “Ozod” romanlari Poulo Koeloning “Alkimyogar”,
“Beshinchi tog‘” romanlari qurilishi va ifoda uslubiga hamda voqelikka
majoziy
obrazlarda yondashishi bilan ancha yaqin turadi. Tabiiyki, I. Sulton uning romanlarini
o‘qigan, ulardan ta’sirlangan bo‘
lishi ham mumkin. Biroq uning uning ilk hikoyalaridan
romanlarigacha b
o‘
lgan ijodiy b
o‘
lishi xronologik tartibda kuzatadigan b
o‘
lsak, uslubining
shakllanishidagi ilk kurtaklar uning shu taxlit romanlar ijodkoriga aylanishini muqarrar
va tabiiy qilib k
o‘
rsatadi. Uning poetik uslubi asardan asarga sayqal topib, biz hozir
guvohi b
o‘
layotgan poetik mahoratini qaror toptirdi, olamga qarashi, yozish manerasi
hamda individual badiiy uslubini r
o‘
yobga chiqardi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR R
O‘
YXATI:
1.
Hasan I. “Biri kam dunyo”. Buxoro: “Buxoro” nashriyoti, 2004. 157
-166-betlar.
2.
Nazarov B. Iste’dod manzaralari. // Isajon Sulton nasri Badiiyati. T.: 2017.
“Turon zamin ziyo”, 2017.
-7
–
bet
3.
Normatov U. Yetuklik jozibasi//
o‘
sha manba.12-bet
4.
Quronov D.
O‘ylashga undovchi asar// Isajon Sulton nasri badiyati, T.: “Turon
zamin ziyo”, 2017.
-77-78-betlar.
5.
Sulton I. Boqiy darbadar.T.: “O‘zbekiston”, 2011.
-10-bet.
6.
Solijonov Y
o‘ldosh “Niyati qutlug‘
adib // Isajon Sulton nasri badiiyati. T.: “Turon
zamin ziyo” 2017, 55
-bet.
7.
Xolbekov
M. “XX asr jahon adabiyoti manzaralari”. Toshkent: “Mumtoz so‘z”,
2020. -31-bet.
8.
G‘
afurov I. Yozuvchi, tabiat va tabiyot//
o‘
sha kitob, 19-bet.
