Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
The theoretical and methodological foundations for
creating an electronic dictionary of tourism industry
terms
Noira YAKUBOVA
Uzbekistan State University of World Languages
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received July 2024
Received in revised form
10 August 2024
Accepted 25 August 2024
Available online
25 September 2024
The article examines the theoretical and methodological
foundations for organizing, standardizing, and creating a unified
database in the form of an electronic dictionary for tourism
terminology. It analyzes modern methods for collecting,
classifying, defining lexical meanings, developing definitions
and explanations, as well as storing and managing tourism
terms in digital format. The main technological solutions used
in creating the electronic dictionary, such as software tools,
databases, web interfaces, and interactive functions, are
described. The structure of the electronic dictionary, its
components, and functional capabilities are also discussed. The
article also outlines the priority areas and prospects for the
formation, development, and effective use of an electronic
terminological base in the tourism industry.
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss3
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
words,
lexicon,
dictionary,
database,
web interface,
information technologies.
Turizm sohasiga oid terminlarning elektron lugʻatini
yaratishning nazariy metodologik asoslari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
soʻzlar,
leksika,
lugʻat,
ma’lumotlar bazasi,
web-interfeys,
axborot texnologiyalari.
Ushbu maqolada turizm sohasidagi terminologiyani tartibga
solish, standartlashtirish va elektron lugʻat tarzida yagona
ma’lumotlar bazasini yaratishning nazariy va metodologik
asoslari koʻrib chiqilgan. Turizm terminlarini toʻplash,
klassifikatsiya qilish, leksik ma’nolarini aniqlash, ta’rif va
tushuntirishlarni ishlab chiqish, ularni raqamli formatda
1
Doctor of Philosophy in Philological Sciences (PhD), Associate Professor, Uzbekistan State University of World
Languages. E-mail: noira.yakubova@mail.ru
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
186
saqlash va boshqarishning zamonaviy usullari tahlil qilingan.
Elektron lugʻatni yaratishda qoʻllaniladigan dasturiy vositalar,
ma’lumotlar bazasi, web
-interfeyslar, interfaol funksiyalar kabi
asosiy texnologik yechimlar tavsiflangan. Shuningdek, elektron
lugʻatning tuzilishi, uning tarkibiy qismlari va funksional
imkoniyatlari yoritib berilgan. Maqolada turizm sohasida
elektron terminologik bazani shakllantirish, uni rivojlantirish
va samarali foydalanishning ustuvor yoʻnalishlari hamda
istiqbollari koʻrsatib oʻtilgan.
Теоретическо
-
методологические основы создания
электронного словаря терминов, относящихся к сфере
туризма
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
слова лексикон,
словарь,
база данных,
веб
-
интерфейс,
информационные
технологии.
В данной статье рассматриваются теоретические и
методологические основы создания, стандартизации и
упорядочения единой базы данных в виде электронного
словаря туристической терминологии. Анализируются
современные методы сбора, классификации, определения
лексических значений, а также разработки дефиниций и
пояснений, хранения и управления туристическими
терминами в цифровом формате. Описываются основные
технологические решения, применяемые при создании
электронного
словаря,
включая
программные
инструменты,
базы
данных,
веб
-
интерфейсы
и
интерактивные функции. Особое внимание уделяется
структуре электронного словаря, его составным элементам
и функциональным возможностям. В статье также
рассматриваются
приоритетные
направления,
перспективы развития и эффективного использования
электронной терминологической базы в сфере туризма.
KIRISH
Bugungi kunda turizm sohasi jadal rivojlanib, xalqaro miqyosda kengayib
borayotganligi ma
’
lum. Turli mamlakatlardan kelayotgan sayyohlar soni yildan-yilga
ortib, turli tillarda muloqot qilish ehtiyoji kuchaymoqda. Shu bois turizm sohasida o
‘
zaro
tushunish va samarali kommunikatsiyani ta
’
minlash uchun ko
‘
p tilli terminologik
lug
‘
atlarning yaratilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Ayni paytda turizm sohasiga oid mavjud ko‘p tilli lug‘atlar yetarli darajada
mukammal emas. Ular o‘rtasida terminlar va tushunchalar mos kelmasliklari,
ma’nolarining aniq ifodalanmasligi, tarjima uslublarining xilma
-xilligi kabi muammolar
mavjud [5,36]. Bu esa o‘z navbatida xalqaro kommunikatsiya jarayonida to‘siqlar vujudga
keltirmoqda.
Shu sababli, turizm terminlarining sifatli va tizimli elektron ko‘p tilli lug‘atini
yaratish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada biz turizm
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
187
terminologiyasini elektron lug‘at shaklida yaratishning nazariy va metodologik asoslarini
yoritiladi.
TADQIQOT METODLARI
Turizm sohasiga
oid terminlarning elektron lug‘atini yaratish jarayoni
nazariy va
metodologik jihatdan muhim asoslarga tayanadi. Birinchidan, terminologiya asoslari o‘z
ichiga turizm imkoniyatlari, xizmatlari va madaniyati bilan bog‘liq terminlarni aniqlanib
oladi. Lingvistik tadqiqotlar va semantika yordamida terminlarning aniq ma’nolari,
kontekstdagi ishlatilishi o‘rganildi.
Turizm terminlarining elektron lugʻatini yaratish uchun quyidagi metodologiyadan
foydalanish maqsadga muvofiq:
1. Terminologik bazani shakllantirish
Dastlab, turizm sohasidagi asosiy tushunchalar va terminlarni birlashtirish,
ularning lugʻaviy va semantik xususiyatlarini tahlil qilish zarur. Bu jarayon terminologik
bazani shakllantirish uchun muhim hisoblanadi. Bunday terminologik baza sifatli
elektron lugʻatni yaratish uchun zamin boʻlib xizmat qiladi.
Terminologik bazani
yaratishda quyidagi bosqichlarni amalga oshirish lozim:
1. Turizm sohasiga oid asosiy tushunchalari va atamalarni aniqlash. Buning uchun
tegishli sohadagi ilmiy adabiyotlar, oʻquv qoʻllanmalar, normativ
-huquqiy hujjatlar va
boshqa manbalarni tahlil qilish kerak.
2.
Terminlarning lugʻaviy va semantik xususiyatlarini oʻrganish. Terminlar
tarkibidagi soʻzlarning ma’no, lugʻaviy ma’no va kontekstual ma’nolarini aniqlash [4, 164]
hamda tahlil qilish maqsadga muvofiq.
3. Terminlar
oʻrtasidagi aloqalarni belgilash. Terminlarning qaysi tushunchaga
tegishli ekanligini aniqlash, ularning iyerarxik, assotsiativ va boshqa semantik
munosabatlarini ifodalash zarur.
4. Terminologik bazani tartibga solish va tizimlashtirish. Terminlarni toifalarga
ajratish, sinflarga boʻlish, indekslash [2, 6] va boshqa parametrlar boʻyicha
tizimlashtirish.
2. Korpus lingvistikasi yondashuvlari
Turizm sohasiga oid matnlar va adabiyotlardan terminologik korpus
shakllantirish, ularning kontekstual
ma’nolarini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Korpus lingvistikasi yondashuvlari orqali terminlar va ularning ishlatilish xususiyatlari
haqida batafsil ma’lumot olish mumkin.
Korpus lingvistikasi yondashuvining afzalliklari:
1. Terminlarning semantik va sintaktik xususiyatlarini aniqlash.
2.
Terminlarning kontekstual ma’nolarini aniqlash.
3. Terminlarning
frekventligini,
kollokatsiyalarini
va
boshqa
statistik
koʻrsatkichlarini hisoblash [3, 180].
4. Yangi terminlar, ularning sinonimlarini aniqlash.
5. Terminlar orasidagi semantik munosabatlarni aniqlash.
3. Ontologik modellashtirish
Terminlar o‘rtasidagi semantik aloqalarni ifodalash, tushunchalar iyerarxiyasini
yaratish, sinflar va xususiyatlarni identifikatsiya qilish uchun ontologik modellashtirish
yondashuvidan foydalanish maqsadga muvofiq.
Bu yondashuv terminlar oʻrtasidagi
bogʻliqliklarni aniq ifoda etishga, shuningdek, ularning mantiqiy va tizimli tuzilishini
yaratishga imkon beradi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
188
Ontologik modellashtirish quyidagilarni amalga oshirish imkonini beradi:
1.
Terminlar va ularning oʻzaro munosabatlarini, sinflarini ifodalash.
2. Tushunchalar va atamalar o'rtasidagi semantik aloqalarni aniqlash.
3. Terminlarning iyerarxiyasini va assotsiativ munosabatlarini ifodalash [1, 86].
4.
Terminlar, sinflar, xususiyatlar, munosabatlar uchun nomlash, ta’riflar berish.
5.
Terminologik modelni kengaytirish, yangi tushunchalar qoʻshish imkoniyati.
Metodologik jihatdan, klassik va kompyuter metodlari, masalan, ma’lumotlarni
yig‘ish, tasniflash va tahlil qilish usullari qo‘llaniladi. Elektron lug‘at yaratishda internet
manbalaridan foydalanish va mutaxassislar bilan muloqot qilish muhimdir.
NATIJALAR VA MUNOZARA
Terminlarning bir-
biriga mos keladigan koʻp tilli variantlarini
shakllantirish, ularni
annotatsiyalash va tuzatish jarayoni muhim ahamiyatga ega [6]. Bu orqali xalqaro
miqyosdagi kommunikativ ehtiyojlarni qondirish mumkin boʻladi.
Ko‘p tilli terminologik bazani yaratish uchun quyidagilarni bajarish zarur:
1.
Terminlarning mos keladigan koʻp tilli variantlarini aniqlash va ularni toʻplash.
2. Terminlarning turli tillardagi variantlarini semantik jihatdan taqqoslash va mos
kelishini tekshirish.
3.
Koʻp tilli terminlarni tizimli ravishda annotatsiyalash, ma’lumotlarni toʻldirish va
tuzatish.
4.
Terminlarning mos kelmaydigan qismlarini belgilash va toʻgʻrilash.
5.
Koʻp tilli terminologik bazani boshqarish, yangilash va kengaytirish uchun
mexanizmlar joriy etish.
Terminologik bazani toʻplash, tartibga solish, saqlash va
boshqarish uchun bilimlar
boshqaruv tizimlari imkoniyatlaridan foydalanish samarali yechim boʻlib xizmat qiladi.
Bunday tizimlar terminologik bazaning tizimli va boshqariladigan boʻlishini ta’minlaydi.
Bilimlar boshqaruv tizimlarini qoʻllash quyidagi afzalliklarni beradi:
1. Terminologik bazani tizimli ravishda shakllantirish va boshqarish.
2.
Terminlar haqida keng koʻlamli ma’lumotlarni saqlash va ularning
boshqarilishini ta’minlash.
3.
Terminologik bazani kengaytirish, yangilash va uni koʻp tillarda boshqarish
imkoniyati.
4.
Terminologik bazadan oson va tezkor foydalanish, qidirish va koʻrish
imkoniyatlari.
5. Terminologik bazani turli dasturiy vositalar bilan integratsiyalash.
Yuqorida keltirilgan yondashuvlarni qo‘llash orqali quyidagi
natijalarga kelingan:
1.
Turizm sohasidagi asosiy terminlarning tizimli va sifatli elektron koʻp tilli
lugʻatini yaratish.
2. Terminlar orasidagi semantik aloqalar va tushunchalar iyerarxiyasini aniq
modellashtirish.
3. Terminlarning bir-
biriga mos keladigan koʻp tilli variantlarini shakllantirish.
4. Terminologik bazani boshqarish va yangilash uchun samarali mexanizmlarni
joriy etish.
5. Turizm sohasidagi xalqaro kommunikatsiyani yaxshilash va terminologik
normallashtirish.
Lug‘atning afzalliklari orasida tezkor qidiruv, ma’lumotlarni yangilash va
interaktivlik kabilar mavjud. Kutilayotgan natijalar sifatida, o‘zbek tilida turizm sohasiga
oid aniq terminlar bazasi shakllanadi, bu esa mutaxassislar va talabalar uchun foydali
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
189
resurs bo‘ladi. Shuningdek, bu lug‘at turizm sohasidagi ilmiy tadqiqotlar uchun
mustahkam asos bo‘lishi kutilmoqda.
XULOSA
Turizm sohasiga oid terminlarning elektron lug‘atini yaratishning nazariy
metodologik asoslari, terminologik tahlil, topish va tasnif qilish, ma’nosini
aniqlash,
tarixiy ma’lumotlarni qo‘llash va ularni ma’nosiga muvofiq ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi.
Bu lug‘atlar, soha mutaxassislarining, talabalarining va sohaga qiziquvchi barcha
shaxslarning terminologik talablarini qondirish uchun juda muhimdir.
Lug‘atni yaratish jarayoni uchun bir qancha bosqichlar mavjud. Birinchi navbatda,
turizm sohasining asosiy terminlarini identifikatsiya qilish va belgilash lozim. Keyin, shu
terminlarni tahlil qilish va ularning ma’nolarini aniqlash kerak. Bu jarayon zamonaviy
turizm sohasining rivojlanishi va yangi terminologiyalarni qo‘llashga qarshi
ma’lumotlarni ham o‘z ichiga oladi.
Lug
ʻ
atni yaratish jarayoni uchun bir qancha bosqichlar mavjud. Birinchi navbatda,
turizm sohasining asosiy terminlarini identifikatsiya qilish va belgilash lozim. Keyin, shu
terminlarni tahlil qilish va ularning ma’nolarini aniqlash kerak. Bu jarayon zamonaviy
turizm sohasining rivojlanishi va yangi terminologiyalarni qo
ʻ
llashga qarshi
ma’lumotlarni ham oʻ
z ichiga oladi.
Lug‘atning vaqtincha strukturasi, turizm sohasiga oid terminlarning tasnifini o‘z
ichiga olgan holda keng qamrovli bo‘lishi kerak. Bu esa, foydalanuvchilarning qidiruvni
osonlashtirish va kerakli ma’lumotlarga tezroq kirishini ta’minlaydi. Shuningdek,
lug‘atning interaktiv xususiyatlari bo‘lishi, foydalanuvchilarning sonini oshiradi va
ularning qidirayotgan ma’lumotlarga tezroq kirishini ta’minlaydi.
Bu metodologik asoslar, turizm sohasiga oid terminlarning elektron lug‘atini
muvaffaqiyatli yaratish uchun zarur bo‘lgan qadam bo‘lib, soha mutaxassislarining,
akademik o‘qituvchilarining va talaba yoshlarning ko‘rsatilgan maqsadlarni yetkazishga
yordam beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO‘YXATI
:
1.
Аверьянов
Л
.
Ю
. (2002).
Терминологические стандарты в туризме.
Экономика и управление, (1), 85
-88.
2.
Кузнецов С.А. (2014). Совершенствование системы управления
терминологией в туризме. Вестник Ассоциации вузов туризма и сервиса, 8(2), 4
-10.
3.
Мартынов В.Л. (2012). Теоретические и методологические основы
формирования туристской терминологии. Ученые записки Российского
государственного гидрометеорологического университета, (25), 176
-185.
4.
Манакова, Е.Н. (2013). Спецификация стандартизации туристской
терминологии. Вестник Тамбовского университета. Серия: Гуманитарные науки,
(5 (121)), 161-165.
5.
Максимова И.В. (2012). Терминологическое пространство сферы туризма:
системно
-
структурный
подход.
Известия
Иркутской
государственной
экономической академии, (4), 36
-37.
6.
Карпова, Г.А. (2014). Рынок туристских услуг: состояние, тенденции,
перспективы. Издательство СПбГУЭФ.
