Роль проклятий в произведениях поэтов

Аннотация

          Лишь немногие редкие образцы народного устного творчества передаются из поколения в поколение и становятся зеркалом наших национальных традиций. Человек, который в школьные годы слушает сказки, песни, исполняемые в классе или на общественных мероприятиях, знакомится с пословицами, загадками, рассказами и былинами, а также участвует в детских играх, растет в гармонии с этим творческим наследием.

Среди фольклорных традиций, упомянутых выше, существуют также аплодисменты и ругательства, которые создатели каждого исторического периода использовали в соответствии со своим мастерством. В данной статье мы рассмотрели умение современных узбекских поэтов использовать фольклорные традиции, в частности, роль матерного жанра в их творчестве.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
ВАК
elibrary
doi
 
Выпуск:
241-247
32

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Машарипова Z. (2024). Роль проклятий в произведениях поэтов. Зарубежная лингвистика и лингводидактика, 2(4/S), 241–247. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/foreign-linguistics/article/view/68016
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

          Лишь немногие редкие образцы народного устного творчества передаются из поколения в поколение и становятся зеркалом наших национальных традиций. Человек, который в школьные годы слушает сказки, песни, исполняемые в классе или на общественных мероприятиях, знакомится с пословицами, загадками, рассказами и былинами, а также участвует в детских играх, растет в гармонии с этим творческим наследием.

Среди фольклорных традиций, упомянутых выше, существуют также аплодисменты и ругательства, которые создатели каждого исторического периода использовали в соответствии со своим мастерством. В данной статье мы рассмотрели умение современных узбекских поэтов использовать фольклорные традиции, в частности, роль матерного жанра в их творчестве.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная

лингвистика

и

лингводидактика

Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

The role of curses in the works of poets

Zumrad MASHARIPOVA

1


Urgench State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received August 2024

Received in revised form

10 September 2024
Accepted 25 September 2024

Available online

25 October 2024

There are only a few rare examples of folk oral creativity that

have been passed down through the centuries, serving as a

mirror of our national traditions. During their school years,

individuals are exposed to fairy tales, songs performed in class

or at public gatherings, proverbs, riddles, narratives, and epics,
while also engaging in children's games. These experiences

allow them to mature in harmony with their creativity. Among

the folklore traditions mentioned above, there is also applause

and cursing, which creators of each era have adapted and used
according to their skills and artistry. In this article, we explore

the skill of modern Uzbek poets in utilizing folklore traditions,

particularly the role of the cursing genre in their creative works.

2181-3701

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss4

/S

-pp241-247

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

God,

cursing,

praise,

death,

snake,

cursing...

Shoiralar ijodida qarg‘ishlarning tutgan o‘rni

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

Xudo,

qarg‘ish,

olqish,

o‘lim,

ilon,

so‘kish…

Milliy urf-

odatlarimiz ko‘zgusi bo‘lgan asrdan asrga o‘tib

kelayotgan xalq og‘zaki ijodining nodir na’munlari talaygina.

Inson borki, onasi tomonidan aytilgan allalarni, ertaklarni,

dars mashg‘ulotida, yoki ommaviy yig‘inlarda ijro qilingan
qo‘shiqlarni, o‘quvchilik davrida maqol va topishmoqlarni,

rivoyat va dostonlarni tinglab, bolalar o‘yinlarini o‘ynab xalq

og‘zaki ijodi bilan hamohang tarzda kamol topadi.Biz yuqorida

ta’kidlagan folklor an’analari qatorida olqish va qarg‘ishlar ham

borki, har bir davr

ijodkori bu janrlardan o‘z mahoratiga

muvofiq foydalanib kelmoqda.

Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek shoiralarining folklor

an’analaridan foydalanish mahorati, xususan ijodiy asarlarida

qarg‘ish janrining tutgan o‘rni xususida mulohaza yuritdik.

1

Independent Researcher, Urgench State University. E-mail: Zumradmasharipova42@mail.com


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

4 (2024) / ISSN 2181-3701

242

Роль проклятий в произведениях поэтов

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Бог,

проклятие,

хвала,

смерть,

змей,

проклятие.

Лишь немногие редкие образцы народного устного

творчества передаются из поколения в поколение и

становятся зеркалом наших национальных традиций.

Человек, который в школьные годы слушает сказки, песни,

исполняемые в классе или на общественных мероприятиях,

знакомится с пословицами, загадками, рассказами и

былинами, а также участвует в детских играх, растет в

гармонии с этим творческим наследием.

Среди фольклорных традиций, упомянутых выше,

существуют также аплодисменты и ругательства, которые

создатели каждого исторического периода использовали в

соответствии со своим мастерством. В данной статье мы

рассмотрели умение современных узбекских поэтов

использовать фольклорные традиции, в частности, роль

матерного жанра в их творчестве.

Qarg‘ish qalbdan chiqadi, degan naql bor xalq orasida. Shunday ekan qarg‘ishlarda

aytuvchining dilidagi tuyg‘u aks etadi. Har bir ijodkor obraz ichki tuyg‘usini

ochib

berishda ushbu janr na’munlaridan ham badiiy unsur sifatida foydalanadi. Shoir va

yozuvchilarimiz o‘z ijodiy asarlarida qarg‘

ish janridan mahorat bilan foydalanib

kelmoqdalar. Mazkur maqolamizda faqat ayollar she’riyatida qarg‘ishlarning

ifodalanishi

niga to‘xtaldik.

H.

Ahmedova she’rlarida mifologik qarg‘ishlar ham qo‘llaniladi:

Senga olib keldim yillar qa’ridan,

Bir tomchi shodligu siniq tabassum.

Seni aldamadim, aldagan bo‘lsam,

O‘lgan muhabbatning arvohi ursin.

She’riyatimizda mifologik qarg‘ish

lar juda kam uchraydi. Yuqorida keltirilgan

“arvoh” ursin” qarg‘ishi unga misoldir.

Z.

Mo‘minova qarg‘ish janriga murojaat qilar ekan, bolalik xotiralarini shunday

eslaydi. “Momom nuqul: “Bu dunyoda hech kim ota qarg‘ishini olmasin, erkak qarg‘ishiga

duchor bo‘lmasin”, –

deb yurardi. Shoira “aqlini taniganidan buyon erkakalar

qarg‘amaydilar”, deb o‘ylaydi. Sababi, u tug‘ilib o‘sgan qishlog‘i erkaklarining

qarg‘aganini eshitmasdan ulg‘ayadi. Keyinchalik: “Er kishining qarg‘ishi

-

o‘q”,

deb

eshitadi. Bu borada unga har xil voqealarni gapirib berishadi. Shoira Samarqand

viloyatining Narpay tumanida tug‘ilib, o‘sgan. Aynan shu hududda bir bahshining cho‘pon

oshnasi bo‘lar ekan. Cho‘ponning Qoratovda kulbasi va ko‘zlari chaqchaygan, tilidan

nuqul zahar tomuv

chi bepusht ayoli bor ekan. Shu tufayli cho‘ponning kulbasiga hech

kim kirmas, tomida qushlar aylanmas, qizg‘aldoqlar ko‘karmas ekan. Bu kulba atrofida

faqat uzun va yo‘g‘on ilonlar izlari ko‘zga tashlanar, bechora cho‘pon uyiga kelishga

qo‘rqar, chunki uzoqdan ko‘rinishi bilan xotini qarg‘ashga tushar ekan.

Z.

Mo‘minova

bu

jarayonlarni nihoyatda mahorat bilan qalamga oladi:


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

4 (2024) / ISSN 2181-3701

243

Hah sening boshingga
Osmon qulasin.
Ortingdan bir umr
Kulfat quvlasin,

O‘sha qo‘ylar bilan

Bir tunda qotgin.

O‘lguncha qo‘limga

Termilib yotgin.
Qirchingdan qirqib,
Azob chuvlasin.

Bo‘rilar go‘shtingni

Chaynab uvlasin.

Qarg‘ishlar mustaqil janr bo‘lib, qisqa va ixcham jumlada keng ma’noni ifoda etadi.

Hamda ularning aksariyatida fikr ko‘chma ma’noda, metoforik usulda bayon etiladi.
Aytaylik, xalq qarg‘ishlarning ko‘plab obrazli ifodalarini yaratgan. Мasalan, “qirchingdan
qirqil” qarg‘ishi kishiga o‘lim tilagan hollarda qo‘llaniladi.

Z.

Mo‘minova

bir she’rning

o‘zida qator qarg‘ishlarni ketiradi. “Boshingga osmon qulasin”, “kulfat quvlasin”,

“bir tunda qotgin”, “o‘lguncha qo‘limga termilib yot”, “qirchingdan qirqil”, “azob
chuvlasin”, bo‘rilar go‘shtingni chaynasin”. Bularning bari kishini junbushga soladiga
qarg‘ishlar. Cho‘pon ayolining qarg‘anishlariga bir og‘iz gap

qaytarmas, qarg

‘amas ekan.

Chunki

er kishining qarg‘ishi yomon bo‘lishini yaxshi bilar, mung‘ayib kelib, mung‘ayib

ketar dardini faqat Qoratovga aytar ekan.

Bir kun cho‘pon kulbasiga qaytishdan cho‘chib,

qumga ko‘milib uxlab qoladi, yarim tun qattiq og‘riqdan cho‘chib uyg‘onib ketadi.

Atrofga qarasa, bir chayon qumga kirib ketayotganini ko‘radi. Cho‘pon zaharni so‘ra

-

so‘ra

ko‘karib ketadi. Tinka madori qurib,

shunday deydi:

Karvonman toabad
Kazzob taladi.
Qozonman, to abad
Och it yaladi.

Bag‘rimga qum to‘lib,

Tig‘lab

aytaman.

Men erman, yer bo‘lib,

Yig‘lab aytaman:

Hah, mening qo‘limdan

Chayon chaqdiya,
Hah, sening tilingdan
Ilon chaqsina.

Z.

Mo‘minova eshitganlaridan ta’sirlanib, she’r ostiga qarg‘isharni yashiradi.

“kazzob taladi”, “och it yaladi”, “men erman, yer bo‘lib” bu birikmalar ham aslida qarg‘ish.

Kazzob talasa, inson bor-

budidan ayriladi. Vaholanki, hech kim yig‘ganini indamasdan

topshirib ketavermaydi. Qo‘lidan hech narsa kelmagan taqdirda qarg‘ishdan foydalanadi.

“Qozonman to abad och it yaladi” bu satrlar orqali cho‘pon yuvilmagan qozonga

o‘xshatilmoqda. Yuvilmagan qozonni jonivorlar yalab tozalagani kabi, cho‘pon ham


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

4 (2024) / ISSN 2181-3701

244

qarovsiz ustuvoshi kir holatda yurganini tasvirlaydi.

Xalqimizda “Er bo‘lmay qaro yer

bo‘l” qarg‘ishi boshqa qarg‘ishlarga nisbatan ko‘proq

ishlatiladi. Cho‘ponning ayolining

kasridan qaro yer bo‘lganini, shoira cho‘pon tilidan o‘z maromida keltiradi. Z.

Mo‘minova

er kishining qarg‘ishi

o‘q bo‘lishini, cho‘pon voqeasi asosida ochib beradi. Voqea shunday

yakunlanadi. Cho‘pon bechora o‘z qarg‘ishidan o‘zi qo‘rqib ketadi va kulbasi tomon

chopadi. Kulbasi tomonga ketgan ilon izini ko‘radi. Ne ko‘z bilan ko‘rsinki, yiqilib yotgan

xotinini katta qora ilon tilidan chaqib turgan ekan. Shoira Narpaylik bahshidan eshitgan

xotiralarini quydagicha tasvirl

aydi. “Hah bolalarima dunyoda hech bola ota qarg‘ishiga,

mardum el, ayol er qarg‘ishiga uchramasin”, deb qo‘yar ekan. Tadqiqotimiz yuzasidan

shoira bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda uning bolalik kezlaridan xalq afsonalari, ertak va

dostonlarini buvisi tilidan, atrofdagi bahshilar tilidan

tinglab ulg‘ayganiga oydinlik

kiritdik. Mana shunday voqealardan yana biriga misol keltiramiz.

Z.

Mo‘minova tug‘ilib o‘sgan qishlog‘idagi insonlar bilan a’loqador yang

-yangi

afsonalar yaratadi va ana shu afsonalar bag‘riga qarg‘ishlarni joylaydi. Uning aytishicha,

qishlog‘ida “Xanjar buva” ismli inson yashagan. U insonni qishloqda Xanjar aravakash deb

atashgan. Sababi bu inson qishloqning aravakashi. Qishloq ahlining og‘irini yengili qilib

yuradigan bu inson qishloq bolalari

ni olis hududga maktabga ham tashiydi. O‘n qiz, bitta

o‘g‘il aravakshning aravasida yo‘lovchi. Ularning ichida Z.

Mo‘minova ham bor. Xanjar

buva urushda qatnashgan va urushda portlash natijasida qulagan imorat ostida qolgan.

O‘sha yerlik bir nemis qiz uni

vayrona ostida olib chiqadi. Nemis qizi Xanjar buvani sevib

qoladi. Gapirolmay tildan qolgan, qiyofasi oq sariq bo‘lgan o‘zbek yigitini nemis qizi

davolab oyoqqa turg‘izadi. Qiz so‘raganlarga Xanjar buvani qarindoshim deb tanishtiradi,

Xanjar buvani o‘limd

an asrab qoladi. Urush tugaganidan keyin Xanjar buva nemis qiziga

uylanib, bir o‘g‘il farzandli bo‘ladi. Ammo vataniga nemis xotini va bolasini olib kelishga

ruxsat bo‘lmaydi. Xujjatbozlik tufayli ajrashishga majbur bo‘ladi. Buyoqda Xanjar buvani

uylantiri

b qo‘yishsalar ham farzandli bo‘lmaydi. Bir kuni Z.

Mo‘minovani buvisi yoniga

chaqiradi. Shoira bu voqealarni chiroyli tarzda qalamga oladi. “Momom bir kuni mana

sen ham kattagina bo‘lib qolding. Menga anavi nemis Gitlerning otasini otini bilib kel”

-

dedi.

“Uni otasini otini nima qilasiz, momo?”

-

desam, “Qarg‘aganimda tog‘ridan

-

to‘g‘ri

borib tegishi uchun”

-

dedi. Bilib kelib aytdim: “Momojon uning otasining oti Adolf ekan,

yani Adolf gitler”

-

deb qarg‘ayvering. Momom Xanjar buvaning ayanchli qismati uchun

ham

o‘sha nemislarni aybdor deb , tesha tegmagan qarg‘ishlarni olis Germaniya tomon

yo‘llaydi: “Uying kuygur, o‘lmay o‘lgur

Adolf Hitler axir bu bechoralarda nima ayb?

Aybi bir-birini sevganimi? Bir-

birini sevganimi? Bir bechora to‘tiqushning bolasidek

buyoqda, u bechora ayol nemis-

o‘zbek aralsh bolasi bilan uyoqda ne kunlarni ko‘rmadi?

Xalq orasida “ming la’nat”, “padaringga la’nat” qarg‘ishi paydo bo‘lgan.

Bir qaraganda “la’nat” so‘zi so‘kishday tuyiladi. Biroq so‘kish qarg‘ishga teng kelolmaydi.

So‘kish inson shaxsini xaqoratlashga, kamsitishga qaratiladi. Qarg‘ish esa insonga

yomonlik, o‘lim tilash uchun aytiladi. Ular aynan shu jihatlari bilan o‘zaro farqlanadi.

Z.

Mo‘minova

ning

quyida keltiriladigan dostonida “padaringga ming la’nat”,

haqorat

emas,

qarg‘ishdir:

41-

yil urushni boshlagan Adolf Hitler, padaringga 41 million marta la’nat!”

“Momojon, ular o‘lib ketgan, qarg‘ishlaringiz shamolga uchadi”,

desak, qaysar kampir:

“Sizlar bilmaysizlar sho‘rlikina Xanjarni qancha vaqt nemis josusi deb nazorat

ostiga

olishdi. Nihoyat aravachasidan boshqa hech vaqosi yo‘q bechorani tinch qo‘yishdi”

Muhit insonni rivojlantiradi. Buning bir na’munasini

Z.

Mo‘minova

misolida ko‘rdik,

desak mubolag‘a bo‘lmaydi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

4 (2024) / ISSN 2181-3701

245

G.

Asqarovaning aynan “Qarg‘ish” sarlavhali she‘rida ay

ol muhabbatini xor qilgan

yigit lirik qahramonning g‘azabiga duchor bo‘ladi. Sevgisiga munosib e’zoz topmagan
qahramon qadri va g‘ururi poymol bo‘lganidan afsuslanadi va Xudoga iltijo qiladi:

So‘ng volalar qildim Xudoga:

Sochlarini oqartsin qirov! Chimlar bossin ostonasini,

Mendan keyin sevmasin birov!

“Mendan keyin sevmasin birov!” qarg‘ishi qo‘llanib, oddiy folklorizm yuzaga

keltirilgan. Lirik qahramon o‘zi erisha olmagan muhabbatini o‘zgaga ham ravo ko‘rmaydi.
Xudoga iltijo qilib g‘am, hasratdan suyganining sochlarini oqarishini so‘raydi.

Nolalari iztirobli, his-

tuyg‘ularini o‘zgacha isyon bilan qog‘ozga to‘kadigan

Z.Mirzoning “Iloho qo‘llaring” deb boshlanuvchi she‘rida esa boshdin oxir qarg‘ish janriga

murojaat qilganini kuzatamiz.

Duobad aylad

im tanim xor bo‘lsin,

Ruhim Xudo bo‘lsin,

Xudo yor bo‘lsin.

Lirik qahramon “vujudim xor bo‘lsin” deb o‘zini qarg‘amoqda. Tasavvuf dunyosida

vujudni xor qilish evaziga ruh Olloh diydoriga Musharraf bo‘lishi mumkin deb hisoblaydi
va oliy ruhga qo‘shilishni o

rzu qiladi. Lirik qahramon vujud xorligi evaziga

Olloh diydoriga Musharraf bo‘lishni orzu qilmoqda. Bu o‘rinda nafsni tiyish nazarda
tutilganki, lirik qahramon o‘zini alqamoqda. Ammo bu holat vujudga bitmas

-tuganmas

azob keltirishi mumkin.

Aksariyat holla

rda ma’shuqa

-olloh obrazi, demak, uning uchun chekilgan sitam asli

rohatdir.

Z.

Mirzoning lirik qahramoni o‘zini duo qilar ekan, shu duoni yoriga ham ravo

ko‘radi:

Yoring Xudo bo‘lsin,

Xudo yor bo‘lsin!

Xalqimizda yaqin kishilarini biror safarga, yoki ishga kuzatish, xayrlashish

jarayonida “Xudo yor bo‘lsin” deya bir

-birini duo qilish udumi bor. Z. Mirzoning misralari

mohiyatiga e‘tibor qaratsak, unda ezgu tilakdan ko‘ra yomon niyat tilanayotgani
oydinlashadi. “Xudo yor bo‘lsin” aslida olqish bu o‘rinda she‘r talabi bilan inversiyaga
uchragandek. Yoki bu tasodif emas, ataylab qilinib, shu yo‘l bilan olqish qarg‘ishga
aylantirilmoqda. Lirik qahramon oshiqqa “ollohdan o‘zga yoring bo‘lmasin”, deya
yolg‘izlik azobini tilamoqda. Z.

Mirzo so‘ngi banddagi qaytariqda “Yorim Xudo bo‘lsin”,

deyish bilan muhabbati oshiq uchun yagona, qudratli bo‘lishini tilaydi. Bu esa mohiyatida
qarg‘ish yotgan olqishdir.

Lirik qahramonning ishqi oshiq uchun yagona bo‘lib qolsa, oshiq takror

sevolmaydi. Ma’shuqa xiyonatkor oshiqqa q

ayrilib boqishni, kechirishni istamaydi. Bu

o‘rinda duo qarg‘ishga aylanadi.Oxirgi va birinchi baytdagi misralar bir

-

birini to‘ldirib,

fikrni yanada kuchaytiradi:

Iloho qo‘llaring ishqqa zor bo‘lsin!

Z.

Mirzo duoday ko‘ringan olqish bag‘riga qarg‘ishlarini

yashirishda davom

etmoqda:

Osmon bo‘l, zavoling tuproq ko‘rmasin.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

4 (2024) / ISSN 2181-3701

246

Shoira zavoling tuproqni ko‘rmasin deyish orqali oshiqni qarg‘amoqda. Axir har

qanday osmon bo‘lgan inson ham bir kun kelib, zavol topishi aniqku. Zavol topgan inson
tuproq bag‘riga qo‘yilishi kunday ravshan. Odamlar orasida go‘r qabul qilmagan insonlar
borligi to‘g‘risida afsonalar eshitganmiz, yoki ustiga bir siqim qum tashlanmay,
quzg‘unlarga yem bo‘lgan insonlar haqida ham eshitganmiz. Lirik qahramon oshiqqa
nihoyatda dahshatli qarg‘ishni ravo ko‘rmoqda. Yuqoridagi satrlar qarg‘ish bo‘lmaganida,

keyingi satrlar bu tarzda yakun topmas edi.

Chinor bo‘l shoxingga bir zog‘ qo‘nmasin,

Shamol bo‘l kimsan deb birov so‘rmasin.

Darxtlar ichida chinor uzoq umr ko‘rishini yaxshi bilamiz. Ming so

ya bergani bilan

beqadr. Chunki meva tugmaydi. Lirik qahramon oshiqqa uzoq umr tilayapti, lekin biror

zog‘gada kerak bo‘lmagan azobli umr tilamoqda. Mazkur she‘r orqali olqishning
qarg‘ishga, qarg‘ishning olqishga o‘tishi mumkinligini kuzatdik. Bu hol she‘

riyat

imkoniyatlari orqali yuzaga kelgan, aslida, olqish va qarg‘ish so‘z sehriga asoslanuvchi

mustaqil janrlardir.

Olqishga zid ravishda qarg‘ish yovuzlikka qaratiladi, insonga boshqa biror

yomonlikni ravo ko‘radi, yoki o‘lim tilaydi. O‘zbek tilining izohli lug‘atida qarg‘amoq
birovga yomonlik tilamoq, yoki baxtsizlik tilamoq, o‘lim tilab koyimoq tarzida izohlanadi.

G. Asqarovaning quyidagi

she’rida ham “Xudo yor bo‘lsin” olqishi “Senga yor

bo‘lsin Xudo” tarzida qo‘llanilib, she’

r talabi bilan lirik qahramon kechinmalari inversiya

qilingan.

Na zorim bor, na zo‘rim,

Yor bo‘lmasim alvido!

Sen yoringga yor bo‘lgin,

Senga yor bo‘lsin Xudo!

She’rda “Zorim boru zo‘rim yo‘q” xalq maqoli “Na zorim bor na zo‘rim” tarzida

ifodalangan. “Na zorim bor, na zo‘rim” misralarida (tazod) san’ati qo‘llanilgan. Yor so‘zi
turli ma’nolarada keltirilib (alletiratsiya) hosil bo‘lgan. Lirik qahramon satrlarining
mohiyatiga razm solsak, bu o‘rinda ham ezgu tilakdan ko‘ra yomon niyat bildirayotgani

oydinlashadi. Lirik qahramo

n ham shu yo‘l bilan olqishni qarg‘ishga aylantirmoqda.

G.Asqarova ham o‘z izhorlari zamirida suyganiga “senga yor bo‘lsin Xudo”, deya unga
yolg‘izlik azobini tilayotir. Uchinchi misrada “sen yoringga yor bo‘lgin”, deyish bilan

yoriga baxt tilaydi, bu olqi

sh bo‘lib ko‘rinadi. Aslida buning ham mohiyatida qarg‘ish

yotibdi. Ko‘rinadiki, she‘rdagi duo qarg‘ishga aylandi.

Xaqlimizda “Xudodan topgin”,

“Xudoga soldim”, “Xudoga topshirdim”, “Jazoyingni

Xudo bersin” degan norozilikni ifodalovchi jumlalar borki, ularning mohiyatida qarg‘ish
belgilari ko‘zga tashalanadi.

Eshiklarni yig‘lab yopdim,

Eshigingni yopgin, yor.
Men-ku seni sevib topdim,
Sen Xudodan topgin yor.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

4 (2024) / ISSN 2181-3701

247

Z.

Mo‘minovaning quydagi she‘rida “Хudodan top” qarg‘ishi gunohkorni ollohga

topshiradi, ollohga

topshirilgan qarg‘ishning qudrati balanddir. Yetkazilgan aziyat

evaziga bandasiga nisbatan jazolash ollohdan so‘ralsa, olloh gunohkorni jazolamay
qo‘ymaydi. Insonlardagi ollohga bo‘lgan bu ishonch islomiy tafakkur mevasi sifatida

shakllangan. Dinimizning yovuzlik, nafrat, isyon kabi illatlarga qarshi kurashi sifatida
yuzaga kelgan tarbiyasi asrlar osha, ruhiyatimizga, tasavvurlarimizga singib ketgan

qarg‘anish xalq qarg‘ishlariga xos ifoda usuli she‘riyatimizda ham o‘z aksini ko‘rsatib
kelmoqda. She‘riyat aslida ezgulik targ‘ibotchisi, alam, isyon, yovuzlik kuchaygan
damlardagina qarg‘anishga majbur qiladi. Mifologik tasavvurlarga ko‘ra Xudoga solib
qarg‘algan insonning u dunyosi ham, bu dunyosi ham xor bo‘ladi.

Xalq qo‘shig‘idagi

dardni yanada kuchliroq ifo

dalagan shoira o‘z mahoratini yana bir bor namoyon eta

olgan.

Toki yer yuzida o‘zbek xalqi bor ekan, ana shunday go‘zal, betakror ijod

namunalariga asos bo‘luvchi juda boy xalq og‘zaki ijodi ko‘plab ijodkorlarga ilhom baxsh

etishda davom etaveradi.

FOYDAL

ANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Halima Ahmedova. “Afsun”.

A. Navoiy nomidagi Milliy kutubxona nashriyoti.

Toshkent. 2019. 12-bet.

2.

Zulfiya Mo‘minova. “Bolaga kitob bering”

.

3.

Zebo Mirzo “Tun malikasi”

.

4.

Guljamol Asqarova. “Erkalik imtiyozi” G‘.

G‘ulom nashriyoti

. Toshkent:

2012.

134-bet.

Библиографические ссылки

Halima Ahmedova. “Afsun”.A.Navoiy nomidagi Milliy kutubxona nashriyoti.Toshkent. 2019. Bet-12

Zulfiya Mo‘minova. “Bolaga kitob bering”

Zebo Mirzo “Tun malikasi”

Guljamol Asqarova. “Erkalik imtiyozi” G‘.G‘ulom nashriyoti. Toshkent:-2012.bet-134