Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Artistic and psychological interpretation of the hero's
psyche in the works of Nazar Eshonkul
Sitora TOSHMAMATOVA
Fergana State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received July 2024
Received in revised form
10 August 2024
Accepted 25 August 2024
Available online
25 September 2024
This article explores the human psyche and inner emotions in
the stories of Nazar Eshonkul, particularly focusing on feelings of
patience, hatred, and revenge in the female character. Through
an analysis of the author's story "The Wind Cannot Be Caught,"
the article examines the complexities of the human psyche, inner
experiences, and the portrayal of a vengeful female character.
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss3
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
human psyche,
inner experiences,
vengeful woman,
hatred,
character,
motive,
nationalism,
Nazar Eshonkul,
story,
modernism,
psychologism.
Nazar Eshonqul asarlarida qahramon ruhiyatining badiiy-
psixologik talqini
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
inson ruhiyati,
ichki kechinmalar,
qasoskor ayol,
nafrat,
xarakter,
motiv,
milliylik,
Nazar Eshonqul,
hikoya,
modernizm,
psixologizm.
Ushbu maqolada Nazar Eshonqul hikoyalaridagi inson ruhiyati
va ichki his-
tuyg‘ulari, ayol xarakteridagi sabr, nafrat va qasos
tuyg`ulari tasviri haqida so‘z yuritiladi. Adibning “Shamolni tutib
bo‘lmaydi” hikoyasi tahlili asosida inson ruhiyati va ichki
kechinmalari, qasoskor ayol xususiyati tavsiflanadi.
1
Teacher, English Language Teaching Methods, Fergana State University.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
395
Художественно
-
психологическая
интерпретация
психики героя в произведениях Назара Эшонкула
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
человеческая психика,
внутренние переживания,
мстительная женщина,
ненависть,
персонаж,
мотив,
национализм,
Назар Эшонкул,
история,
модернизм,
психологизм.
В
данной
статье
рассматриваются
особенности
человеческой психики и внутренних переживаний в
рассказах Назара Эшонкула, с акцентом на такие чувства, как
терпение, ненависть и месть в женских характерах. На основе
анализа рассказа автора «Ветер не поймать» описывается
мстительный женский персонаж, раскрывая глубину его
психики и эмоциональных переживаний.
Inson tafakkurining yangilanishida, insonlarga go‘zallik ulashishda, hayotni badiiy
bo‘yoqlarda ask ettirishda, uning ongiga ma`lum bir g‘oyani singdirishda hech qaysi soha
adabiyotchalik imkoniyatga ega emas. Ijodkor o‘z ongida tafakkur qilgan dunyosini, o‘y
-
xayollarini o‘quvchi ko‘z o‘ngida qayta voqealantirishga intiladi.
O‘zbek adabiyotining o‘ziga xos uslubga, yo‘nalishga ega bo‘lgan ijodkorlardan biri Nazar
Eshonquldir. Ushbu adib modernistik ijodkor sifatida tilga olinadi. Adibning ko‘plab asarlarida
inson va jamiyat munosabatlaridagi ziddiyat, ichki ruhiy konflikt, qahramon qalbidagi
kurashlar, hissiyotlar to‘qnashuvlar badiiy yoritib berilgan.
Ma’lumki, har qanday badiiy asarning tasvir obyektida inson shaxsi turadi. Insonga
psixologik jihatdan yondashuv nihoyatda muhim sanaladi. Nazar Eshonqul adabiyot olamida
nafaqat modernistik yo‘nalishdagi asarlari bilan, shuningdek, badiiy ijod haqidagi
qarashlari
bilan ham alohida ahamiyatga ega adibdir. “Olam butun edi, keyin parchalandi, zarralarga
bo‘linib ketdi. Zarralarga bo‘linish hamma fojeaning asosi bo‘ldi. Dunyo ana shu
parchalanishning uqubat va buhronlarini boshdan kechiryapti. Ijod esa zarralarni butunlikka
tomon undaydi, yaxshilikka, birikishga boradigan yo‘llarni ko‘rsatadi, tahlil qiladi. Ana shu
yaxlitlikka undashi bilan u yaratgan mahsulotlarning hammasi tarbiyaviydir” . Adib
ta’kidlaganidek, komil inson bo‘lish uchun, inson eng avvalo, o‘z ruhini tarbiyalamoq darkor,
ruhni tarbiyalagan inson esa komil insondir.
Tanqidchi, tarjimashunos Ibrohim Gʻafurov adib haqida shunday fikr bildirdi: “Nazar
Eshonqul mening nazarimda bizning oʻzbek adabiyotida dunyo adabiyotlarining eng ilgʻor
oqimlari va usullarini chuqur oʻrgangan va oʻz asarlarida targʻib qilgan” . Olimning
aytgan
gaplaridan ko‘rinib turibdiki, Nazar Eshonqul o‘zining ko‘plab asarlarida eng zamonaviy
usullardan foydalangan, shuning uchun bu asarlar kitobxonning yuragidan joy olgan.
Xususan, professor Bahodir Xoliqov adib haqida shunday fikrlarni bildirgan: “Nazar
Eshonqul asarlari orqali Yevropa, shuningdek, Lotin Amerikasi yozuvchilarining asarlarini ham
toʻgʻri tushunish, ularning asarlarini anglash, his etish imkoniyatiga ham ega boʻlamiz” . Ushbu
berilgan fikrlardan anglashiladiki, Nazar Eshonqulning asarlarida jahon va o‘zbek adabiyoti va
san’ati namoyandalarining asarlari va shaxsiyatidagi mushtarakliklar, tahlillar, adabiy etyudlar
jamlangan.
Nazar Eshonqulning ijodiga nazar soladigan bo‘lsak “Maymun yetaklagan odam”,
“Shamolni tutib bo‘lmaydi”, “Tobut” kabi hikoyalari va “Go‘ro‘g‘li yoxud hayot suvi” romani
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
396
zamonaviy jahon adabiyoti hikoyalarini eslatadi. Nazar Eshonqulning asarlarida shunday
umumiylik borki, bu larning nomlarida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Adibning asarlari haqida turli xil yondashuvlar mavjud. Xususan, adabiyotshunos olima
Nargiza Toirova adibning “Tobut” hikoyasi haqida shunday fikr bildirgan; “Tobut hikoyasi
singari 90-
yillarda o‘zbek adabiyotida yaratilgan bir qator asarlarda mavhum bir
jamiyat,
tuzum, mafkuraning ramziy tasviriga duch kelamiz. Ulardagi qahramonlar ko‘pincha notabiiy
sharoitlarda, mavhum, sirli muhitda tasvirlanadi. Mana shu absurd olamni aks ettirish ortida,
asosan, sobiq Ittifoq yoxud kommunistik tuzum davridagi insonla
r va ularning ruhiy, ma’naviy
olami nazarda tutilayotgani ilg‘ab olish qiyin emas.”[1] Ushbu berilgan fikrlardan xulosa
qiladigan bo‘lsak, “Tobut” hikoyasida insonlarning ruhiy kechinmalari va ichki hissiyotlari rang
-
barang so‘zlar orqali o‘quvchiga yetkaz
ib berilgan.
Ko‘plab o‘quvchilar Nazar Eshonqul asarlarini o‘qigach, juda uzoq o‘ylanishadi. Mohir
adibning ijodida psixologizm ustunlik qilgani uchun ham u har bir kitobxonni o‘zining sirli
dunyosiga osongina asir qilib qo‘ya oladi. Bu yo‘sinda xotiraga singan taassur
otlar esa tabiiyki,
mutolaa qiluvchining shuuridan hech qachon butkul o‘chib ketmaydi. Aksincha, vaqt o‘tgani sari
yurak-yurakka chuqurroq ildiz ota boradi va butun hayotimiz davomida bizga hamrohlik qilib,
yo‘limizni yoritadi. Bu ruhiyat satrlari orqali d
ard-u muhabbatlarimizni bir-birimizga yuqtirib,
odam-u olamni yanada kengroq anglay boshlaymiz.
Nazar Eshonqulning inson ruhiyatini ochib bergan dastlabki ijodi “Shamolni tutib
bo‘lmaydi” hikoyasi edi. Adibning mazkur asari o‘zbek hikoyachiligida muhim yangilik bo‘ldi. U
jamoatchilik e’tiborini o‘ziga tortdi. Hikoyada adib bir insonning g‘azab
-nafratini ana shunday
shamolga qiyoslaydi. Bunda bir ayolning matonati, sabri va qahri o‘quvchilar e’tiborini tortadi.
Har bir insonning ichki kechinmalari, ichki ruhiyati bo‘lgani kabi Bayna momoning bukilmas
iroda va e’tiqodini qalqon qilib kechirgan azobli umri haqidadir. Albatta, bu kabi ayollar ko‘plab
asarlarning bosh qahramonlaridir. Hikoya bir umr yig‘ib
-
tergan va nafaqat o‘zining, balki,
butun boshli Tersota qishlog‘ining ham asosiy ozig‘i hisoblangan mollar podasini bosqinchi
mirshablarga bermagani uc
hun otib tashlangan Rayim polvon va uning o‘spirin o‘g‘lining
ayanchli o‘limi bilan boshlanadi. Turmush o‘rtog‘ining va yakka
-yu yagona farzandining
o‘limidan so‘ng Bayna momo umrini oxirigacha Zamon otboqardan va qishloqdoshlaridan
nafratlarib o‘tadi.
Bayna momoning nafratda o‘tgan iztirobli umri har qanday inson qalbini junbushga
keltiradi. U butun umr Zamon otboqarning qilmishi-yu, qishloqdoshlarining xiyonatini
unutmaydi. Oradan 23 yil o‘tib Bayna momo turmush o‘rtog‘i va o‘g‘li qasosini oladi. Zamon
otboqarni u qirq yil kutgan farzandi dunyoga kelish arafasida o‘ldiradi. Bu shamolning bo‘ron
bo‘lishi edi, lekin Bayna momo qasosdan keyin ham qishloqdoshlarini kechirmaydi. Oradan bir
yil o‘tar
-
o‘tmas bu ayolning uqubatli hayoti ham nihoyasiga yetadi. B
u hikoya ham hajman u
qadar katta emas lekin, butun boshli bir oila qismatini o‘ziga singdira olgan. Ko‘rinadiki
insonning ichki kechinmalari, ruhiyatiga yillar ham davo bo‘lolmaydi, ichki nafrat va qasos 23
yil deganda yuzaga chiqdi. Lekin uni qishloqdoshlari hurmat bilan eslashgan. Masalan asarning
quyidagi jumlasiga e’tibor qaratsak: “Bayna momo tirikligida, garchi bu ayolni, erining polvonlik
lash-lushlari va kiyim-
kechaklari yotgan, o‘lgandan so‘ng hech qachon yonmagan, tuynugi
shuvab tashlangan ana u
hujra kabi qorong‘i, musibat to‘la uyi ichkarisiga kirmagan bo‘lsa
-da,
ular qahr va g‘azabni sitam bilan ichiga yutib kelgan bu kampirni hurmat bilan eslashardi”.
Ushbu jumlalardan ko‘rinib turibdiki, Bayna momo eri va o‘g‘lining o‘limidan so‘ng ular
birga yo‘qotilganligiga ishora qiladi. Asarda ayol sadoqati, vafosi va sabri juda kuchli tarzda
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
397
tasvirlangan. O‘quvchi bu hikoyadan o‘sha davrdagi tuzumni, hayotni va insonning ruhiy
-
kechinmalarini tushuna boshlaydi.
Adabiyotshunos Qozoqboy Yo‘ldoshev o‘zining “Yirik shaxslar tasviri yo‘lida” nomli
maqolasida mazkur hikoyaning badiiy xususiyatlari haqida to‘xtalib shunday yozadi:
“Shamolni
tutib bo‘lmaydi” hikoyasidagi Bayna momo milliy
adabiyotimizda mutlaqo tasvir etilmagan obraz.
Hikoya chinakam insonga, butun shaxsga bitilgan madhiyadir. Nomusli odamni, g‘ururli insonni,
chinakam shaxsni yengib bo‘lmaydi. Uni qiynash, chalish, yiqitish, boringki, o‘ldirish mumkin, lekin
mag‘lub qilish
mumkin emas. Shaxsligi shakllan
magan yoxud sindirilgan kimsada g‘urur
bo‘lmaydi. E.Fromm aytmoqchi: “...eng ulug‘ fazilat –
itoatkorlik va eng katta gunoh
–
bo‘ysunmaslikdir”.
Ushbu fikrlardan anglashiladiki, insonning o‘zligini anglash va shaxsini
shakllantirish juda katta matonat talab qiladi, shunday ekan, har bir mustaqil shaxs o‘z fikri va
o‘z qarashlariga ega bo‘lmog‘i lozim.
Xullas, haqiqiy san’at asari so‘zning qudrati, uning jozibasi bilan dunyoga keladi. So‘z
ilohiy, unga xiyonat qilib bo‘lmaydi. Yozuvchi Nazar Eshonqul yaratgan hikoyalarga voqealar
talqini vajidan emas, so‘zning salmog‘i nuqtayi nazaridan yondashadigan bo‘
lsak, adibning
barcha hikoyalaridagi so‘zlar o‘quvchiga qahramon ayollarning turfa holatini, yashayotgan
muhitini, kechinmalarini murakkab o‘zgarish, tebranishlari bilan tasavvur etishga imkon
beradi.
Adibning ko‘plab asarlarida psixologizmning o‘rni salmoqli bo‘lib, unda insonlarni
manipulyatsiya qilish, shaxs ongining eng sirli, nozik nuqtalarinida nazorat qilishga intilish
hamda insonni “oqni –
qora; qorani-
oq” kabi tushunchaga ishontirish manzarasida ruhiy
ta’sirning kuchli ekanligini guvohi bo‘lamiz.
Shunday ekan, haqiqiy badiiy asardagi obraz
hayotning, inson ruhiyatining eng murakkab va chigal tomonlarini mohirona aks ettira olish
bilan ajralib turadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Quronov D Adabiyot nazariyasi asoslari.
–
Toshkent, 2018
2. Eshonqul N. Yalpiz hidi: Qissalar va hikoyalar.
–
Toshkent: Sharq, 2008. 398-bet.
3. Hozirgi adabiy jarayon masalalari.
–
Toshkent, 2022
4. Adabiyot nazariyasi. 2 jildlik. Adabiy asar. Jild.1.
–
T.: Fan, 2001. -416 bet.
5.
Nazar Eshonqul. Ufq ortidagi quyosh. Qissalar. Momoqo‘shiq. To‘plam. –
T.:
“Sharq”, 2008.
6. Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari.
–
Toshkent: Akademnashr, 2018.
7. D. Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish.
–Toshkent, “Fan”, 2007. 63
-bet.
8.
Yo‘ldoshev Q. Yoniq so‘z. –
Toshkent., “Yangi asr avlodi”, 2006. 62
-bet.
9. Umarali Normatov. Umidbaxsh tamoyollar.
–
T., “Ma’naviyat”, 2000.
10.
Nazar Eshonqul “Momoqo‘shiq” G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot
- matbaa uyi.
–
Toshkent, 2019.
11. Umurov H. Badiiy ijod asoslari.
–T.: «O‘zbekiston», 20
-bet.
12. Rasulov A. Badiiylik- bezavol yangilik.
–
Toshkent. Sharq, 2007. 336 bet.
13.
Yo‘ldosh Q. Yoniq so‘z. –
Toshkent: “Yangi asr avlodi”, 2006. 546
-bet.
14. https://tafakkur.net/ayol/abdulla-oripov.uz
15. https://kun.uz/uz/news/2019/03/30/camimiyat-va-ozaro-yaxlitlikning-
yoqligi-eng-katta-muammomiz