Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
The issues of interference and transposition in using CBI
and STEM technologies in a competency-based English
language teaching approach
Feruza MASHARIPOVA
Urgench State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received August 2024
Received in revised form
10 August 2024
Accepted 25 September 2024
Available online
15 October 2024
This article analyzes the phenomenon of interference
(negative) and transposition (positive) that occurs as a result of
differences between the Uzbek and English languages in the
process of learning English as a foreign language. Methodical
recommendations on foreign language teaching based on
CBI/STEM technologies are presented to prevent difficulties that
form the types of cognitive, linguistic and social interference in
the process of developing students' English language
competences.
2181-
3701/© 2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss5-pp64-74
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
interference,
transposition,
English language teaching,
competency approach,
CBI and STEM technologies.
Ingliz tilini kompetentiv yondashuv asosida o‘qitishda CBI
va STEM texnologiyalarini qo’llashda interferensiya va
transpozitsiya xodisalari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
tillararo interferensiya,
transpozitsiya,
ingliz tili o’qitish,
kompetensiyaviy
yondashuv,
CBI va STEM texnologiyalar.
Mazkur maqolada chet (ingliz) til o’rganish jarayonida o‘zbek va
ingliz tillari o‘rtasidagi tafovutlar natijasida yuzaga keladigan
interferensiya (salbiy) va transpozisiya (ijobiy) hodisasi tahlil
qilinadi. Talabalarning ingliz tilida til kompetensiyalarini
rivojlantirish jarayonida uchraydigan kognitiv, lingvistik va ijtimoiy
sohaga oid interferensiya turlarini tashkil qiluvchi qiyinchiliklar
oldini olishda CBI/STEM texnologiyalari asosida chet til o’qitish
bo’yicha metodik tavsiyalar taqdim qilinadi
.
1
Doctor of Philosophy (PhD) in Pedagogical Sciences, Associate Professor, Urgench State University
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
5 (2024) / ISSN 2181-3701
65
Вопросы интерференции и транспозиции при
использовании
технологий
CBI
и
STEM
в
компетентностно
-
ориентированном
подходе
к
обучению английского языка
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
интерференция,
транспозиция,
преподавание
английского языка,
компетентностный
подход,
технологии CBI и STEM
.
В данной статье анализируется явление интерференции
(негативной) и транспозиции (позитивной), возникающее в
результате различий между узбекским и английским
языками в процессе изучения английского языка как
иностранного. Представлены методические рекомендации
по преподаванию иностранных языков на основе технологий
CBI/STEM
с
целью
предотвращения
трудностей,
формирующих типы когнитивной, языковой и социальной
интерференции в процессе формирования у студентов
англоязычных компетенций.
KIRISH
Til vositalarini egallash mushohada va idrokdan boshlanib, tafakkur tomon, so‘ngra
amaliyotga yo‘naltirilgan bilish jarayoni
ekanligi ruhshunoslikda aniqlangan. Fikr yuritish
chog‘ida taqqoslash, tillararo va til ichki munosabatlarini aniqlash, shuningdek, til
hodisasining obyektiv borliqqa bog‘lanishini ochish kabilar tafakkur zimmasida turadi.
Tafakkurning mavjud ilk shakllaridan birlamchisi
–
amaliyot. Shunga ko‘ra, tilga oid
bilimlarni o‘zlashtirish tilni o‘rganishga qo‘yiladigan dastlabki qadamdir, asosiy masala
nutq amaliyotini egallashga borib taqaladi. Til materiali intuitiv tarzda, ong ishtirokisiz,
avtomatlashgan daraja
da nutqda qo‘llana oladigan bo‘lgandagina, tilni his etishga
erishiladi, ya’ni nutq malakalari hosil bo‘ladi [1; 27
-28].
O‘qish va bilim olishning takomillashuv jarayonlari haqida fikr yuritar ekanmiz,
o‘qish kompetensiyasining psixolingvistik va interaktiv modellari, shu jumladan, pastdan
yuqoriga (Bottom-up) va yuqoridan pastga (Top-
down) o‘qish strategiyalari mavjudligini
ta’kidlash o‘rinli. Kontentga asoslangan ta’limda o‘qish har qanday darajadagi til
o‘rganuvchilar uchun juda muhim til va kasbiy ko‘nikma sifatida e’tirof etiladi. Talaba
qanchalik ko‘p o‘qisa, shunchalik ko‘p dunyoviy bilimlarga ega bo‘ladi. O‘z ona tili
sida va
chet tilida ravon o‘qish esa o‘qishning bir qator boshqa jihatlarini, jumladan, so‘zlarning
kontekstual ma’nosini to‘g‘ri tushinish, lug‘at bilan ishlash, jumlalarni qayta ishlash va
talabaning o‘qishga va bilim olishga motivatsiyasini rivojlantiri
shga yordam beradi. Ravon
o‘qish malakasini puxta egallagan talabalarda o‘qish kompetensiyasi takomillashuvi talaba
avtonomiyasining shakllanishiga yordam beradi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
O‘qish strategiyasi va talabaning avtonomiyasi ikkita alohida masala bo‘lib, ularni
bir-
biriga bog‘lab turuvchi, o‘qish jarayonida sodir bo‘ladigan interferensiya va
transpozitsiya hodisalari metodik tadqiqotlarda deyarli kam o‘rganilgan muammoli
mavzudir.
Ko‘pchilik ta’limshunoslar, jumladan, MakKarti [2], S.Krashen [3], J.Liyman [3],
P.Laytboun [5], R.Layster [6], A.Outa [7], M.E.B.Espinoza [8], K.L.Loundri [9], M.Chelsi-
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
5 (2024) / ISSN 2181-3701
66
Marsiya [10], R.R.Bemford [11] o‘z ilmiy ishlarida bu jarayonni affektiv filtr va skimata
nazariyalari bilan bog‘liq holda tushuntirishga harakat qilgan.
S.Krashen “Affektiv filtr” nazariyasini taklif qilar ekan, salbiy hissiy holatlar hamda
talaba xotirasida oldindan mavjud bo‘lgan ma’lumotlar uning chet til ma’lumotlaridan
foydalanish ko‘nikmalarining takomillashuviga xalaqit berishi mumkinligini aytgan [
5; 5].
Shu o‘rinda, talabaning o‘qish kompetensiyasini takomillashtirishda uning tanqidiy
fikrlashi natijasida yuzaga keladigan affektiv filtr biz muhokama qilayotgan interferensiya
va transpozitsiyani yuzaga keltiruvchi omildir. Affektiv filtr bu talabaning mavjud bilimlari
va dunyoqarashining chet tildagi matn orqali taqdim qilinayotgan ma’lumotni
o‘zlashtirishga nisbatan sodir bo‘ladigan talaba ichki sezgisi, his
-
tuyg‘ulari va dastlabki
bilimlari hosilasi sifatida namoyon bo‘ladigan munosabatidir. Kuchl
i affektiv filtr
natijasida chet tilida taqdim qilinayotgan ma’lumot talaba tomonidan qabul qilinmasligiga
va bu o‘z navbatida interferensiya va transpozitsiya jarayonining to‘xtab qolishiga sabab
bo‘ladi. Biolog talaba misolida oladigan bo‘lsak, uning che
t tili savodxonligi rivojlanishsiz
qolib ketishiga sabab bo‘ladi.
Taniqli o‘zbek ta’limshunos olimi J.Jalolov ta’rifiga ko‘ra, interferensiya [lot. inter
orasida, ichida + ferens(ferentis) ko‘chiruvchi, o‘tkazuvchi] –
salbiy ta’sir, noma’lum
ko‘chish, to‘sqinlik qilish, fob bo‘lish (bilim, ko‘nikma, malakaning salbiy nat
ijaga olib
borishi); til ichki va tillararo leksik / grammatik / fonetik / orfografik lisoniy metodika
(xususiy metodikalarning chalkashib ketishi) sifatida ko‘riladi.
Salbiy ta’sir (interferensiya) o‘z manbayiga ko‘ra tillararo (ona tili, ikkinchi til, chet
tilda) va ichki (chet tilning o‘zida) namoyon bo‘lishi mumkin. Interferensiya holati leksika,
grammatika va talaffuzda uchraydi, nutq jarayonini tushunishga halaqit beradi, hatto
so‘zlovchilarni bir
-
birini tushuna olmaydigan holatga tushirib qo‘yadi. Interferensiya
oqibatida qiyinchilik paydo bo‘lishi, xatolar kelib chiqishi tabiiydir [1].
Mazkur maqolada interferensiya jarayonini affektiv filtr faoliyati natijasi sifatida,
skimatani transpozitsiya hodisasi hosilasi sifatida izohlashni o‘rinli deb hisoblaymiz.
Xususan, chet tilni o‘zlashtirishdagi “affektiv filtr”ga oid nazariy qarashlar til
o‘rganuvchining chet tilini o‘zlashtirish faoliyati sifatini hissiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq
holda tushuntirishga harakat qiladi. Affektiv filtr ko‘rinmas psixologik filtr bo‘lib, u chet
tilda ma’lumotni ifodalashni osonlashtirishi yoki unga to‘sqinlik
qilishi mumkin [11; 101-
103].
O‘qish jarayonida talaba ongida bu filtrning analiz va sintez tahlili yuqori bo‘lishi
natijasida talaba stressni boshdan kechirishi, tashvishlanishi va o‘ziga nima bo‘layotganini
anglash bilan o‘y
-
xayoli band bo‘lishi, o‘ziga ishonchsizligi, bu hissiy hola
t esa chet tilni
o‘rganishdagi muvaffaqiyatiga to‘sqinlik qilishi, shu sabab o‘qish jarayonida talaba yolg‘iz
ishtirok etishni istamasligi va hamkorlik qilish imkoniyatlarini izlashi, agar o‘qishga
asoslangan mashg‘ulotlarga o‘zgartirishlar kiritilmasa, ta
labada zerikish va qiziqishning
pasayishi yoki umuman yo‘qolishi kabi salbiy holatlar paydo bo‘lishi aniq. Bu haqida
tadqiqot ishining uchinchi bobida ushbu interferensiya va transpozitsiya hodisalarining
o‘qish kompetensiyasini takomillashtirish jarayonid
agi tahlil natijalari taqdim qilinadi.
Aksincha, affektiv filtr sust bo‘lgan sharoitda, talaba tilni o‘zlashtirishda tavakkal
qilishdan qo‘rqmaydi, o‘qituvchining ko‘magisiz qaror qabul qilish va o‘qish jarayonida
xato qilishda o‘zini xavfsiz his qiladi, o‘z tengdoshlari bilan muloqot qilish va
til modellarini
izlash imkoniyatini his qiladi, savollarga javob berishda va o‘z fikrlarini tengdoshlari va
o‘qituvchi bilan baham ko‘rishda o‘zini xavfsiz his qilishiga sharoit yaratadi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
5 (2024) / ISSN 2181-3701
67
Demak, har bir chet til professor-
o‘qituvchisi professional kommunikativ
kompetensiyaga ega bo‘lishi, talabaning o‘qish kompetensiyasini takomillashtirish uchun
talaba ongida kechadigan affektiv filtrning sust darajasiga erishishga harakat qilishi va
bunda
o‘zaro hamkorlik va ishonch hissining ahamiyati katta ekanligini anglashi lozim
bo‘ladi.
Ko‘nikmaning ijobiy va salbiy ko‘chishi haqida ruhshunoslikda boy ma’lumot
berilgan. Til tajribasi yangi o‘zlashtirilayotgan hodisaga to‘sqinlik qilishi yoki uni
osonlashtirishga yo‘llashi mumkin. Nutq malakalarining ijobiy (transpozitsiya) yoki salbiy
(in
terferensiya) ko‘chishi haqidagi ma’lumotlar mashqlar sistemasini tuzishda hisobga
olinishi shart bo‘lib, o‘quv jarayonida ular haqida talabalarga bayonot berilmaydi. Til
birligining oson yoki qiyinligi unga oz yoki ko‘p kuch va vaqt sarflanishi bilan belg
ilanadi
[1]. Professor M.Djusupov nazariyasiga ko‘ra, nutq interferensiyasi o‘rganilayotgan til
me’yorlarining buzilishi, ya’ni normadan og‘ishidir [13], lekin translingvo yozuvchining
adabiy asaridagi og‘ishlardan farqli o‘laroq, nutq interferensiyasi bir
inchi navbatda tilni
yaxshi bilmaslik yoki kam bilish natijasidir. Bu interferensiya bilingvistik til o‘rganishda,
ya’ni u avtonom (mukammal) bilingvizmda emas, balki tobe (bo‘ysunuvchi) bilingvizmda
namoyon bo‘ladi.
Tilning dinamikasi statik holatda til birliklarini tahlil qilishda hisobga olinmaydigan
xususiyatlarni ham ochib beradi. Tilning dinamikasi til birliklari va ularning
birikmalarining ham paradigmatik, ham sintagmatik (birinchi navbatda) munosabatlarini
hosil qiladi [13].
Chet tilni o‘rganish jarayonida sodir bo‘ladigan interferensiya haqida fikr bildirib,
taniqli lingvist va ta’limshunos olim, professor U.Yusupov interferensiyani til ichidagi va
tillararo interferensiyaga ajratgan holda, tillararo interferensiyaga shunday
ta’rif beradi:
“Tillararo interferensiya –
bu ona tilining ta’sirida chet til me’yorlarining buzilishi yoki
nutqda savodsizlik va to‘siqlarning paydo bo‘lishidir. Bu o‘rinda shuni ta’kidlash joizki, bu
kontekstda nutq savodsizligi va to‘siqlar nafaqat tillararo interferensiya ta’sirida, balki
materiallarni yetarli darajada bilmasli va boshqa faktorlar ta’sirida ham sodir bo‘lishi
mumkin”. Olim interferensiya va transpozitsiyaga oid tadqiqotlarni chog‘ishtirma
tilshunoslikning lingvodidaktik vazifalari qato
rida sanab o‘tadi. Lekin transpozitsiya
atamasi o‘rnida “facilitation” so‘zini qo‘llagan. Bu atama ushbu hodisaning mohiyatiga mos
keladi, chunki ona tilidagi mavjud me’yorlar bu jarayonda chet til bilan mos keladigan va
til o‘rganuvchi talaba uchun qaysidir ma’noda yengillik yaratadigan holatlar mavjudligi
haqiqatdir. Bunda tillararo o‘xshashlik va farqlarni aniqlash, tilshunoslik nuqtayi
nazaridan interferensiya va fasilitatsiya hodisalari mohiyatini ochishga xizmat qiladi [14;
3-7].
TAHLILLAR VA NATIJALAR
Biz jahon ta’limshunosligining CBI/STEM yo‘nalishida amalga oshirilgan mavjud
ilmiy tadqiqotlar nazariyalarini inobatga olgan holda, til ichidagi va tillararo munosabatda
talaba ongi va til o‘rganish jarayonida sodir bo‘ladigan interferensiya holatining u
chta
asosiy turi mavjudligini aniqladik:
1. kognitiv interferensiya.
2. lingvistik interferensiya.
3. ijtimoiy kontentga oid interferensiya.
Kognitiv interferensiya til ichida, ya’ni talaba ongida sodir bo‘ladigan interferensiya
bo‘lib, uni yuzaga keltiruvchi affektiv filtrni pasaytirishni modellashtirishi, ya’ni xatolarni
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
5 (2024) / ISSN 2181-3701
68
tuzatishga ortiqcha urg‘u bermaslikka harakat qilish, ularni tuzatish o‘rniga, boshqa
takrorlamasligini qo‘llab
-
quvvatlovchi pozitsiyada tildan to‘g‘ri foydalanish, ko‘rsatma va
yo‘riqnomaga asosan bilimlarni mustahkamlashga e’tibor qaratish, guruhda chet
tildagi
xatolar uchun talaba uyaladigan va noqulay ahvolga soluvchi vaziyatlarni ta’qiqlovchi
siyosatni o‘rnatish, har bir dars davomida yuzaga keladigan ijtimoiy ta’lim maqsadlarini
bevosita qo‘llab
-quvvatlashni taqozo qiladi.
Ma’lumki, talaba ma’lumotning asosiy mazmunini xotirada saqlab qolishni va uni
keyinchalik ehtiyoj bo‘lganda qayta aktivlashtirishni muhim deb hisoblaydi. Chet tildagi
matnni o‘qish orqali olingan dastlabki bilimlar talaba xotirasida ona tilida va chet til
da aks
etadi va saqlanadi. Lekin vaqt o‘tishi bilan ma’lumotga qaysi tilda murojaat bo‘lsa, uning
transpozitsiyasi mustahkam bo‘ladi. O‘zlashtirilgan ma’lumot ko‘rgazmali tasvirlar yoki
amaliy bajarilgan ishlar orqali xotirada doimiy qoladi va har safar shu obyekt haqida gap
borganda talaba uni tasavvurida qayta tiklaydi. O‘qish jarayonida talaba ongida
kechadigan kognitiv interferensiya quyidagi vaziyatlarda kuzatilishi mumkin:
•
matnni o‘qishdan ko‘zlangan maqsadni to‘g‘ri anglamasligi;
•
asosiy e’tibor tarjimaga qaratilib, ma’lumotni o‘zlashtirish maqsadidan
uzoqlashish;
•
talabaning o‘qish kompetensiyasini takomillashtirish uchun muhim ahamiyatga
ega bo‘lgan autentik manbalardan olingan matn talaba bilim darajasiga mos emasligi;
•
talabada o‘qishga intrinzik va ekstrinzik motivatsiyaning sustligi.
Bu esa talabalar hamkorligining muhimligini yana bir bor isbot qiladi. O‘qish
faoliyati yakunlangandan keyin talabalar o‘zaro fikr almashayotganda, o‘qituvchi o‘z
kuzatishlari natijalarini baham ko‘rishi va muammolarni hal qilish bo‘yicha fikrlarni
jamlash
ga harakat qilishi va yordam berishi, guruhda o‘zaro ishonch hissining
shakllanishiga yordam beradi.
O‘qituvchi tomonidan tashkil qilingan har bir o‘qish faoliyat turida talabani matn
yozish, mazmunini anglash va shu orqali maqsadni aniqlashga harakat qilishga undashi va
bu jarayonni rag‘batlantirishi, talabalarda o‘qishga va savodxon bo‘lishga ishtiyoq v
a
qiziqishni yuzaga keltiradi. Bu esa o‘z navbatida kuchli savodxon guruhni yaratadi va
darsni o‘rganish uchun xavfsiz joyga aylantiradi. Bunda talaba kuchli model va
strategiyalar bilan ta’minlanishi, individual maqsadlar qo‘yish va o‘sishni maqsad qilish
i,
fikriy to‘siqlarni pasaytiradi va tilni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishga yordam beradi.
Lingvistik interferensiya talabaning chet tilida o‘qish kompetensiyasini mukammal
takomillashtirishda uning ona tilidagi bilim, ko‘nikma va malakalari ham yuqorida sanab
o‘tilgan sabablar bilan birgalikda interferensiya jarayonini yanada kuchayishi natijas
ida
yuzaga keladi. Lingvistik interferensiya fonologik, leksik va grammatik shaklda nomoyon
bo‘ladi:
Fonologik interferensiya:
•
talaba matndagi so‘zlarning to‘g‘ri talaffuzi va ma’nosini bilmasligi;
•
taqdim qilingan matndagi so‘zlarning to‘g‘ri talaffuzini mashq qilish, matnni
perefraza qilish, til o‘rganish jarayonini boshqa til ko‘nikmalari bilan integrallashuvini
ta’minlaydigan, qulay elektron yoki audio variantining mavjud emasligi;
•
o‘qishda ma’noning nozik jihatlarini ifodalash uchun intonasiyani o‘zgartira
olmaslik va gap urg‘usini to‘g‘ri qo‘ymaslik; aniq, tabiiy, talaffuz va intonasiya to‘g‘risida
yetarlicha bilimga ega emaslik chet tilidagi so‘z urg‘usida aniqlikning yetishmasl
igi ayrim
holatlarda noto‘g‘ri talaffuzlar yuzaga keltiradi va o‘qilgan matn tushunarli bo‘lmaydi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
5 (2024) / ISSN 2181-3701
69
Natijalar shuni ko‘rsatdiki, bunday interferensiyalar, M.Djusupov ta’kidlaganidek,
talabalarning o‘rganilayotgan tillarni bilmasligi sababli yuzaga keladi. Ushbu tadqiqot
o‘zbek va ingliz tillari o‘rtasidagi tafovutlar natijasida yuzaga keladigan lingvisti
k
interferensiya bilan bir qatorda ijtimoiy kontentga oid interferensiyalar bo‘yicha keyingi
tadqiqotlarni o‘tkazishni tavsiya qiladi. Tillar bashariyat tarixida odamlar tomonidan
muloqot qilish va munosabatlar o‘rnatishga xizmat qilgan. Ushbu munosabatla
r hozirgi
kunda STEM sohasidagi hamkorlik sifatida nomoyon bo‘lmoqda. Xalqaro va biznes
aloqalar rivojlanib borgan sari til o‘rganish jarayonida leksik va grammatik xatolar paydo
bo‘laveradi. Ona til va chet tili o‘rtasidagi farq interferensiyaga olib kel
adi.
O‘.Yusupovning yana bir diqqatga molik nazariyasi talabalarning o‘qish
kompetensiyasini takomillashtirishda inobatga olinishi lozim. Olim tildagi lakuna unlilar
haqida fikr bildirib, aynan shu unli tovushlar o‘qish sifati va ravonligiga salbiy ta’sir
ko‘rsatishini ta’kidlaydi. Shu o‘rinda, ingliz tilidagi lakuna unlilar sifatida [æ,ǝ,u:, a:, ei, ai,
ͻi, au, ou, iǝ, ɛǝ, uǝ] sanab o‘tadi [14; 13].
Xususan,
biolog
talabalarning
chet
tilida
o‘qish
kompetensiyasini
takomillashtirishda ushbu lakuna unlilarini dekoding yondashuvi asosida qiyoslab
o‘rgatish va talaffuz sifatiga e’tibor qaratgan holda zarur ko‘nikmalarni shakllantirishga
xizmat qiluvchi,
ovoz chiqarib o‘qish va tez o‘qish mashqlarini doimiy qo‘llashni taqozo
qiladi.
Leksik interferensiya haqidagi fikrlar dastavval tarjimashunoslik tadqiqotlarda
qayd etilgan. Xususan, Havlaskova (2010) interferensiyani tarjimonlarning ba’zi manba
matnlarini manba aspektlari ta’sirida tarjima tili matnlariga o‘tkazganda, so‘z, ibora,
id
ioma, metafora yoki butun sintaktik tuzilma darajasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan
hodisa sifatida ta’riflagan [15]. Ta’limshunoslikda bu atama boshqalar tomonidan ona
tilining chet tilni o‘rganishga ta’siri va sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar sifatida ko‘riladi. O‘qish
jarayonida leksik interferensiya natijasida yuzaga keladigan xatolarni matn tarjimasida
aniq ko‘rish mumkin. Ular quyidagi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin:
•
matnni o‘qish oldidan taqdim qilingan lug‘at va topshiriqlarning to‘liq
o‘zlashtirilmaganligi;
•
notanish lug‘at tarkibining son jihatdan ko‘pligi sabab tarjima ko‘nikmasiga
ehtiyojning ortib borishi;
•
talaba mavzuga oid izohli glossariyga muhtojlik sezishi;
•
o‘qigan matn mazmunini lug‘at yetishmasligi sabab tushinishga qiynaladi, yetarli
til diapazoniga ega emas.
O‘.Yusupovning yana bir e’tiborga molik nuqtayi nazari (boshqa adabiyotlarda biz
buni deyarli uchratmadik) leksikografik interferensiya bo‘lib, bu turdagi salbiy ta’sirni
ingliz tilida revers va morfemalar lug‘atlarining, o‘zbek tilida esa tezaurus lug‘atl
arining
mavjud emasligi bilan izohlaydi [14].
Biolog talabalarning o‘qish kompetensiyasini takomillashtirishda ixtisoslik sohasiga
oid atamalar, maxsus so‘z birikmalari va iboralarni illyustratsiyali izohi matn mazmuni
haqida to‘liq tasavvur hosil qilishida tezaurus lug‘atlar juda muhim sanaladi. Dema
k, biolog
talabalarning o‘qish kompetensiyasini takomillashtirishda ushbu leksikografik
interferensiyani kamaytiruvchi strategiyalar sifatida, ingliz tilining o‘zida mavjud
tezauruslardan foydalanish ko‘nikmalarini Oxford Learners’ Thesaurus, Merriam –
Webs
ter Thesaurus kabi onlayn tezaurusli veb sahifalardan foydalanishni o‘rgatuvchi
topshiriqlar tizimi taqdim qilinishi kerak bo‘ladi. Buning natijasida til o‘rganishga
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
5 (2024) / ISSN 2181-3701
70
tarjimaning ta’siri kamayadi, chunki talaba so‘zning izohini chet tilida o‘rganadi va
keyinchalik olingan ma’lumotga yana chet tilida murojaat bo‘lishi, chet tili bilimlarining
mustahkamlanishiga yordam beradi.
Grammatik interferensiya ikkala tilning qoidalari va tuzilmalari darajasida sodir
bo‘ladi. Bunda ingliz tilidagi matn sarlavhasidan tortib, jumlalar va paragraflar tartibi
talabalarning ona tilidagi konstruktiv grammatik tuzilishga mos kelmasligi natijasida sodir
bo‘ladi. Talabalar o‘zbek va ingliz tillari grammatik tizimlari o‘rtasidagi farqlarni hisobga
olmaydilar, jumlalarni alohida so‘zlarga ajratib, ularni bir butun sistema sifatida emas,
balki alohida leksik-grammatik birlik deb qabul qiladilar. Bundan tashqari, ular ona tilining
grammatik tuzilishini chet tilga o‘tkazadilar. Aksariyat holatda grammatik interferensiya
quyidagi ko‘rinishda nomoyon bo‘ladi:
•
o‘qish jarayonida ona til grammatikasining kuchli nazorati chet til
grammatik
strukturasini to‘g‘ri qabul qilishiga to‘sqinlik qiladi;
•
vaqti-
vaqti bilan tizimli bo‘lmagan xatolar va jumlalar tuzilishidagi kichik
kamchiliklar sodir bo‘ladi;
•
chet tildagi grammatik forma yasalishining ona tilidan tubdan farq qilishi
natijasida kelib chiqadigan tushunmovchiliklar. Masalan, ingliz tilida aktiv va majhul
nisbat konstruksiyalarining to be yordamchi fe’li bilan yasalishi va barcha zamon
formalarida, jumladan, Present Simple Passive, Present continuous Passive, Future simple
Passive va Future continuous Passive zamon formalarida o‘tgan zamon sifatdoshining
qo‘llanilishi, qolaversa, ingliz tilidagi majhul nisbatda ish harakatning bajaruvchisining
gapda berilishi uning ish-harakat bajarilishidagi muhimlik darajasiga qarab belgilanishi
kabi holatlar o‘zbek talabada chet til grammatik strukturasini o‘zlashtirishida
chalkashliklar keltirib chiqaradi;
•
matn hajmining kattaligi sabab talabaning o‘zlashtirishga ishonchining yo‘qolishi;
•
ingliz tilida ega va kesim, ot va sifat o‘rtasidagi kelishik, fe’llarning son formalari
(birlik yoki ko‘plik), rod kategoriyasi (erkak yoki ayol) va shaxs (birinchi, ikkinchi yoki
uchinchi) subyektlari bilan mos kelmasligi o‘qish jarayonida interferensiy
ani yuzaga
keladi. Shu sababli, talabalar matnni o‘qib mazmunini tushinishda chalkash bir nechta
xatolar qiladi;
•
ingliz tilidagi matnda tartib, paragraf va tinish belgilari (masalan qo‘shtirnoq)
izchil va tushunarli, imlo qoidalari to‘g‘ri, aniq, tushunarli, uzluksiz yaratilgan, lekin ona
tilining ta’siri jumlalar mazmunini tushunishga salbiy ta’sir qiladi.
Shuningdek, bu borada o‘zbek chog‘ishtirma tilshunosligida salmoqli ishlar qilingan,
masalan, O‘.Yusupov grammatik interferensiya turlari sifatida faqat ko‘plikda
ishlatiladigan otlar (scales, tongs) son kategoriyasining o‘zbek tilida yo‘qligi va faqat
birlikda ishlatiladigan otlar (one fish
–
ten fish, one sheep
–
two sheep, one deer
–
five deer)
ingliz tilida ko‘plik shaklining yo‘qligi, lekin o‘zbek tilida bu so‘zlarning ko‘plik shaklining
mavjudligi (information
–
ma’lumot (ma’lumotlar), advice –
maslahat (maslahatlar),
business
–
ish (ishlar), kelishik kategoriyasidagi o‘xshashlik va farqlar, ingliz tilida ayrim
fe’llar (feel, smell, believe, dislike, distrust) ning davomli zamon aspektining yo‘qligi o‘zbek
tilida esa mavjudligi, ingliz va o‘zbek tilla
ridagi buyruq mayli ifodasidagi farqlar,
predloglar va postloglar farqi (preposition/postposition), modallik kategoriyasining
turlicha ifodasi, so‘roq gaplarda gap bo‘laklarining tartibi va ayrim o‘zbek tilida yo‘q
so‘zlarning inglizcha formada paydo bo‘li
shi (did, have, he/she/it), gapda ega va kesim
moslashuvidagi tillararo farqlar, ingliz tilidagi gap remasining o‘zbek tilidagi ifodasiga mos
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
5 (2024) / ISSN 2181-3701
71
kelmasligi, ingliz tilidagi hayvon va qushlar ovozi va harakatini ifodalovchi vokativ
kategoriyaning ifodalanishi, bir bosh bo‘lakli gaplar tuzilishidagi farqlarni sanab o‘tadi
[14].
Ijtimoiy kontentga oid interferensiya kontent bilim va uni takomillashtirish uchun
ijtimoiy muhit, zarur manba, pedagogik-kadr, texnologiya va jihozlarlar yetishmasligining
nafaqat chet tilda o‘qish orqali bilim olish, balki butun ta’lim jarayoniga salbiy ta’siridir.
•
Talaba chet tilida o‘qib o‘zlashtirgan matn mazmunini yoki olgan bilimlarini
ixtisoslik fanining ona tilida o‘qitilishi yoki soha o‘qituvchisining chet tilni bilmasligi sabab
yana ona tilida tushuntirishiga to‘g‘ri keladi, chunki talaba chet tildan foyda
lanadigan
ijtimoiy muhit mavjud emas.
•
Sohaga oid matndagi nazariy ma’lumotning amaliy o‘zlashtirilishi uchun mustaqil
ta’lim jarayonining tizimli, takomillashib boruvchi, o‘qishga asoslangan topshiriqlar
nazorati uchun me’yoriy vaqt va baholash mezonlari mavjud emasligi natijasida talaba
faq
at haftada bir marta bo‘ladigan auditoriyadagi dars mashg‘ulotlarini bajarish bilan
cheklanishi, mustahkamlash va o‘z
-
o‘zini rivojlantiruvchi mashqlarining bajarilmasligi
uning til o‘rganish faoliyati sustlashadi.
•
Matn mazmunini aks ettiruvchi sohaga oid rasm, illustratsiya, grafik organayzer,
diagramma, subtitrli video tasvirlar bilan ta’minlanmaganligi sabab matn ma’lumoti
noto‘g‘ri o‘zlashtiriladi.
•
Talabada ixtisoslik fan bilimlari yetishmasligi sabab o‘qish jarayonida berilgan
ko‘p bo‘limli, murakkab instruksiyalar, shartlar va ekspertiza yo‘riqnomalariga oid
tafsilotlarni tushunishga qiynaladi va bo‘limlarni qayta
-
qayta o‘qishiga to‘g‘ri keladi.
Chet
tilini o‘qitishning CBI/STEM texnologiyalari ushbu interferensiya turlarini kamaytirishga
xizmat qiladi.
Tilning ichki hodisalari orasidagi interferensiyani bartaraf qilish uchun, aloqaga
kirayotgan tillardagi mushtaraklik va tafovutlarni tushunishda qiyoslash (kontrastiv)
tahlil natijalari komparativ (til ichki qiyoslanishi) tahlil bilan boyitilishi lozim. Ikkala
(kontrastiv va komparativ) qiyoslash statik (holatdagi) qiyinchiliklar tipologiyasini,
boshqacha qilib aytganda, lingvistik tipologiyani yaratadi [1;36].
Ma’lumki, har bir chet tili o‘qituvchisi talabaning bilimi mahsuli sifatida chet tilida
o‘qish yoki yozish topshiriqlarini bajarish, qolaversa, chet til ko‘nikma va malakalarni
shakllantirish uchun dars mashg‘ulotlarini ona tilidagi bilimlarga tayangan hol
da tashkil
qiladi. Demak, chet tili matnida taqdim qilinayotgan matn ma’lumotiga interferensiya
ta’sirini kamaytirish va transpozitsiya holatida chet tili bilimlarining mustahkam o‘rin
egallashini ta’minlash uchun transpozitsiya jarayonining batafsil tatbiqi zarur. Shu o‘rinda,
o‘zbek ta’limshunosligida transpozitsiyaga berilgan ta’rifni keltirish maqsadga muvofiq.
J.Jalolov ta’rifiga ko‘ra, transpozisiya [lot. transpositio boshqa joyga ko‘chirish] –
ijobiy ta’sir, ijobiy ko‘chish, yordamga kelish, ko‘maklashish (ijobiy natijaga olib boruvchi
bilim, ko‘nikma, malakaning ko‘chishi) sifatida qabul qilingan.
Skimataga oid nazariyalarda taqdim qilingan transpozitsiya jarayonining quyidagi
uch turini chet tilida talabaning o‘qish kompetensiyasini takomillashtirishda inobatga
olish va muhokama qilish o‘rinli deb hisobladik.
Birinchi turdagi transpozisiya akkresiya (accretion) bo‘lib, bu talabaning dastlabki
sohaga oid mavjud ma’lumotlar bazasining boshqa tilda o‘sishi va ko‘payish jarayoni
sifatida qabul qilinadi [16;97]. Akkresiyani talabaning chet tilidagi o‘qish
kompetensi
yasini takomillashtirish doirasida talaba xotirasida avvaldan mavjud bo‘lgan
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
5 (2024) / ISSN 2181-3701
72
bilimlarni boshqa tilda qayta aks ettirish, mustahkamlash va rivojlantirish jarayoniga
ijobiy ta’siri deb ta’riflashimiz mumkin. Quyida ushbu nazariyani atmosfera haqidagi qisqa
paragraf va undagi ma’lumotlarni ingliz tilida o‘qish va mazmunini tushinish j
arayoni
misolida taqdim qilinmoqda:
Talaba ongida avvaldan ona tilida mavjud bo‘lgan quyidagi ma’lumot: Atmosfera
yuqori qatlamlarining zichligi qutb regionlarida ekvatorial regionlardagiga qaraganda
kichik. Atmosfera asosan azot (78,09%), kislorod (20,45%) va argon (0,93%) gazlar
aralashmasidan iborat, qolgan qismini karbonat angidrid gazi, vodorod hamda geliy, neon,
kripton va ksenon kabi inert gazlar tashkil qiladi. Atmosferada juda oz miqdorda metan,
azot, oksid, uglerod (II)oksid va b. tabiiy hamda sanoat gazlari bo‘lib, miqdori o‘zgarib
turadi).
Talabaga ingliz tilida ushbu matn quyidagicha taqdim qilinadi:
The density of the upper atmosphere is smaller in the polar regions than in the
equatorial regions. The atmosphere consists mainly of a mixture of nitrogen (78.09%),
oxygen (20.45%) and argon (0.93%) gases, the rest being inert gases such as carbon
dioxide, hydrogen and helium, neon, krypton and xenon. Natural and industrial gases such
as methane, nitrogen, oxide, carbon monoxide, and others are discharged in trace amounts
into the atmosphere, the amount of which varies.
Ko‘rib turganimizdek, birinchi kurs biolog talaba, unga taqdim qilingan ushbu ingliz
tilidagi sohaga oid matndagi jami 75 so‘zdan 31 so‘zni (tagi chizilgan) o‘z ona tilida sohaga
oid bilimlariga tayangan holda yoki chet tilidagi dastlabki bilimlari orqali qiyinchiliksiz
o‘zlashtirishi mumkin, faqat talaffuz qoidalarini o‘rganishi yoki qayta yodga solishi kerak
bo‘ladi. Shuningdek, matnda alohida qora harflar bilan ajratib ko‘rsatilgan density, consists
mainly, mixture, amount of, discharged in, trace, amoun
ts into, to vary so‘zlarini
kontekstdan anglash, o‘qituvchi yoki lug‘at yordamida tushinib olishi ham mumkin. Ushbu
transpozitsiya turida, talaba matnni hech qanday interferensiyasiz tushunadi. Mavjud
bilimlarini chet tilida o‘z xotirasida qayta tiklaydi.
Talaba matnni qayta o‘qishi, matn
yuzasidan berilgan savollarga javob berishi ma’lumotni xotirasida mustahkamlash va
aktivlashtirishi orqali o‘qish kompetensiyasi takomillashtiradi. CBI/STEM texnologiyasiga
asosan matn yuzasidan beriladigan savollar nafa
qat matndagi yangi so‘zlarni
mustahkamlashga qaratilgan bo‘lishi balki, evristik, tanqidiy va ijodiy fikrlashni
rivojlantiruvchi savollardan iborat bo‘lishi lozim, masalan:
1. What will be the consequences (advantages vs disadvantages) of the upper-
atmosphere on the earth, environment, plants, animals, and humans in Uzbekistan?
2. What will be the best oxygen production method to achieve normal atmosphere
level in the Aral Sea basin?
3. Is this idea realizable or possible in the Aral Sea basin?
Umuman olganda, bu turdagi transpozitsiya natijasida talaba xotirasida
ma’lumotning chet tilidagi nusxasi yaratiladi va mustahkamlanadi. Natijada talabaning
mavjud bilimlari xorijiy tilda takomillashib yanada o‘sadi, kommunikativ va lingvistik
kompetensiyasini takomillashtirish imkoniyatlari kengayadi. Akkresiya transpozitsiyasi
mavjud bo‘lgan til o‘rganish jarayonida talabaning sohaga oid bilimlari chet tilida intensiv
va ekstensiv (sohaga oid qo‘shimcha adabiyotlar) o‘qish faoliyatining takomillashuvi,
uning kelgusidagi professional faoliyatida ingliz tili bilimlarining faollashuvining samarali
kechishiga zamin bo‘ladi. Tadqiqot ishining uchinchi bobida ushbu interferensiya va
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
5 (2024) / ISSN 2181-3701
73
transpozitsiya hodisalarining o‘qish kompetensiyasini takomillashtirish jarayonidagi
tahlil natijalari taqdim qilinadi.
Ikkinchi turdagi transpozisiya jarayoni sozlash (tuning) asosida sodir bo‘ladi [17].
Bunda talabaning sohaga oid bilimlari, chet tilidagi matn yordamida yangi ma’lumotlar
bilan boyitiladi va turli vositalar orqali aniqlashtiriladi. Masalan, yuqoridagi atmosfera
haqidagi matn mazmuni tayanch bilimlar asosida tushunib olinishi mumkin. Lekin
atmosferaning tog‘lar yoki qoyalar yuzasiga ta’siri, uning Yer planetasini meteorlar
ta’siridan saqlovchi qalqon vazifasi, shamol eroziyasi, ko‘l, daryo va okean sathida
h
avoning suyuq holda bo‘lish qonuniyatlaridan chet tilidagi matnni o‘qish orqali boxabar
bo‘lishi, transpozitsiyaning ushbu turiga misol bo‘ladi.
Bunda chet tilidagi autentik ma’lumotlar yangilikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Ushbu jarayonda ona tili interferensiyaning affektiv filtr ta’siri kam, ammo sohaga oid
yangi ma’lumotni chet tilida o‘zlashtirish talaba uchun mushkul vazifa bo‘lib qoladi.
Demak, ushbu transpozitsiya turida talabaning chet tilidagi matnni o‘qish orqali
olgan ma’lumotlari talabaning soha bilimlari qatlamidagi bo‘shliqni to‘ldiradi. Bu
jarayonda talaba katta miqdorda so‘z o‘rganish uchun hamkorlikka va turli lug‘aviy
manbalarg
a murojaat qilishiga to‘g‘ri keladi. CBI/STEM texnologiyasining mavzuga
asoslangan modeliga ko‘ra o‘qituvchi bu jarayonni havoza sifatida so‘zlarni esda saqlab
qolishga qaratilgan topshiriqlar va faoliyat turlarini taqdim qilish, matnni qismlarga
ajratib g
uruhlarda ishlash va keyinchalik ma’lumotlarni umumlashtirishib umumiy
xulosalar hosil qilishga qaratilgan, instruksiyaga asoslangan topshiriqlar orqali amalga
oshirish maqsadga muvofiqdir.
Uchinchi turdagi transpozisiya bu modellashtirish va induksiya jarayonini o‘z ichiga
olgan yangi bilim yaratishdir. Bu jarayonda talabaga matn orqali mutlaqo yangi ma’lumot
chet tilida tanishtiriladi. Bunda ingliz tili grammatikasi yoki tilning ayrim nutq birliklari
anologiya sifatida qabul qilinadi va matn mazmunini anglash jarayonida tushuntirilib
talabalar struktura to‘g‘risida to‘liq tasavvur hosil qilguncha qoidaga qayta murojaat qilib
boriladi. Ushbu transpozitsiya jarayoni, matndagi lug‘at misolida t
ahlil qilinganda, matn
orqali taqdim qilinayotgan sohaga oid so‘zlar, sohada yoki o‘qish jarayonida doimiy ko‘p
qo‘llaniladigan birikmalar tayyor variantda havola qilinadi va odatda bunday lug‘at tarkibi
talaba ehtiyojiga mos bo‘lganligi uchun tez o‘zlashtiriladi va o‘qishning keyingi
bosqichlarida tayanch vazifani bajarib beradi. Demak, ona tildagi so‘z, so‘z birikmalari va
grammatik konstruksiyaning chet tilidagi tayyor modeli yaratiladi.
XULOSA
Shu sababli, O‘.Yusupov ta’kidlaganidek, o‘zbek tilidagi mavjud ikki tilli lug‘atlar til
o‘rganuvchilar uchun qulay, lekin kamchiliklari sifatida so‘zlarning grammatik formalari,
o‘timli
-
o‘timsizlik kategoriyasi, so‘zlarning ko‘chma ma’nolari, uslubiy j
ihatlari, sinonim
va antonim variantari, giperonimlari, so‘zlarning frazeologik birikmalar va maqollarda
qo‘llanilishi, qolaversa, etimologik aspektlarini ham aks ettiruvchi tezauruslar
yaratilishiga e’tibor qaratish kerak bo‘ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Jalolov J. Chet til oʻqitish metodikasi. –
Toshkent: Oʻqituvchi, 2012. –
B.27-28.
2. McCarthy M. Discourse Analysis for Language Teachers.
–
Cambridge: Cambridge
University Press, 1991
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
5 (2024) / ISSN 2181-3701
74
3. Krashen S. The Input Hypothesis: Issues and Implications.
–
New York: Longman,
1985.
4. Leeman J. Towards a new classification of input: An empirical study of the effect
of recasts, negative evidence, and enhanced salience on L2 development.
–
Unpublished
doctoral dissertation, Georgetown University, Washington, DC, 2000.
5. Lightbown P. M. Input filters in second language acquisition.
–
2001.; A
Manuscript Version of the Chapter. In S. Foster-Cohen & A. Nizegorodcew (Eds), EuroSLA
yearbook, vol. 1, 79-97. John Benjamins., Lexington, MA: D.C. Heath.
–
Amsterdam: Article
in
EUROSLA
Yearbook
August
2001.file:///C:/Users/User/Downloads/LightbownEuroSLA2001.pdf
6.
Lyster R. “Recasts, repetition and ambiguity in L2 classroom discourse.” –
Studies
in Second Language Acquisition 20, 1998.
–
Pp.51-80.
7. Ohta A. Rethinking recasts: A learner-centered examination of corrective
feedback in the Japanase classroom. In J.K. Hall & L.Verplaeste (Eds.), The construction of
second and foreign language learning through classroom interaction.
–
2000.
–
Pp.47-71.
Mahwah, NJ: Erlbaum
8.
María Elvira Barrios Espinosa. SCHEMA THEORY AND L2 READING
INSTRUCTION.
–
Universidad de Málaga, https://core.ac.uk/download/pdf/61902213.pdf
9. Kevin Laurence Landry. Schemata In Second Language Reading.
–
The Reading
Matrix, Vol.2, No.3, September 2002. http://www.readingmatrix.com/articles/landry/
10. Celce-Murcia M. (ed) (2nd edition) Teaching English as a Second or Foreign
Language.
–
Boston: Heinle & Heinle, 1991.
11. Bamford R.R., Extensive Reading in the Second Language Classroom.
–
Cambridge: Cambridge University Press, 1998.
12. Carrell P.L. Some Causes of Text-boundedness and Schema Interference. In P.L.,
Carrell, Devine, J. and Eskey, D. E., editors. Interactive Approaches to Second Language
Reading.
–
Cambridge: Cambridge University Press, 1998.
–
Pp.101-103.
13.
Джусупов Н.М. Языковая девиация как особый тип выдвижения:
общелингвистический и лингвостилистические аспекты // Вестник КГУ им. Ш.
Уалиханова. Серия филологическая. –
2018. № 1(2).
14.
Юсупов Ў. Инглиз ва ўзбек тилларининг чоғиштирма лингвистикаси //
Contrastive Linguistics of the English and Uzbek Languages.
–
Тошкент:
Akademnashr,
2013.
–
Б.3
-4,7
15. Havlaskova Z. Interference in students' translation. Brno, Czech Republic:
Masaryk University, 2010
16. Ruberval F.M. Schema theory to the field of reading in a foreign language
teaching.
–
UEMS, Vol. 02 N. 01, Jan 2004.
–
P.97.
