Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Theory of speech acts in Uzbek legal discourse and their
pragmatic analysis
Oriental Universitety
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received August 2024
Received in revised form
10 September 2024
Accepted 25 September 2024
Available online
25 October 2024
The article examines axiological contradictions in the process
of dialogic communication. It establishes that these
contradictions, stemming from differences in the values and
priorities of interlocutors, significantly impact both the
effectiveness of communication and the quality of interpersonal
relationships. Clashes of fundamental values are manifested in
moral, cultural, political, and religious views. The article
evaluates the impact of effective communication strategies
–
such
as active listening, finding common values, using
metacommunication methods, and engaging mediators
–
on
conflict reduction. Furthermore, it analyzes the importance of
developing emotional intelligence and leveraging various
technologies to overcome axiological contradictions in
communication.
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss4
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
legal discourse,
speech act theory,
pragmalinguistics,
declarative acts,
directive acts,
assertive acts,
legal realities.
O‘zbek yuridik diskursida nutq aktlari nazariyasi va
ularning pragmatik tahlili
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
yuridik diskurs,
nutq aktlari nazariyasi,
pragmalingvistika,
deklarativ aktlar,
direktiv aktlar,
asertiv aktlar,
huquqiy voqelik.
Ushbu maqolada O‘zbekiston yuridik diskursida nutq aktlari
nazariyasining ahamiyati va ularning pragmatik tahlili yoritiladi.
J.L. Ostin va J. Searlning nazariyalariga asoslanib, yuridik
matnlarda deklarativ, buyruq beruvchi va asertiv aktlarning
qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Shuningdek, turli huquqiy janrlarda
mazkur aktlarning illokutiv kuchi hamda ularning huquqiy
amaliyotdagi o‘rni haqida misollar keltiriladi. Ushbu maqola
yuridik tilning ijro etuvchan xususiyatlarini ochib beradi va uni
institutsional kontekstda o‘rganadi.
1
Senior Lecturer, Department of Western Languages, Oriental University. E-mail: raxmatovabahorai@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
4 (2024) / ISSN 2181-3701
152
Теория речевых актов в узбекском правовом дискурсе
и их прагматический анализ
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
юридический дискурс,
теория речевых актов,
прагмалингвистика,
декларативные акты,
директивные акты,
ассертивные акты,
юридические реалии.
В данной статье исследуется значение и прагматический
анализ теории речевых актов в контексте узбекского
юридического дискурса. На основе теорий Дж.Л.
Остина и
Дж.
Сёрля
в
работе
рассматривается
применение
декларативных, директивных и ассертивных актов в
юридических текстах, анализируется их иллокутивная сила
и роль в формировании юридических отношений.
Исследование подчеркивает, как эти речевые акты создают
юридические реалии и обязательства, демонстрируя
перформативную
природу
юридического
языка
в
институциональном контексте.
KIRISH
Yuridik diskurs, uning rasmiyligi va aniq belgilanganligi sababli, huquqiy
amaliyotda muhim vosita hisoblanadi. Ushbu diskurs huquqiy hujjatlar, qonunlar, sud
qarorlari va shartnomalar orqali huquqiy munosabatlarni boshqaradi. Yuridik nutqning
asosiy maqsadi nafaqat ma
’
lumotni yetkazish, balki huquqiy voqeliklarni yaratish va
tartibga solishdan iboratdir. Nutq aktlari nazariyasiga ko
‘
ra, yuridik matnlar ijro etuvchan
(performativ) kuchga ega bo
‘
lib, ular so
‘
zlovchining maqsadlarini va huquqiy oqibatlarni
o
‘
zida aks ettiradi.
Misol tariqasida, sudyaning “Sud ayblanuvchini aybdor deb topadi” degan so‘zlari
insonning yuridik maqomini o‘zgartiruvchi deklarativ aktdir (Austin, 1962). Ushbu akt
sudyaning vakolati va protsessual qoidalarga rioya etilishi tufayli qonuniy kuchga ega
bo
‘ladi. Bu kabi nutq aktlari huquqiy tizimda yuridik hokimiyatni mustahkamlab,
qonunlarning ijrosini ta’minlaydi va yangi yuridik holatlar yaratadi (Searl, 1969).
Yuridik diskursda rasmiylik va aniq belgilanganlik uning kommunikativ
funksiyalarini kuchaytiradi. Bu esa qonunlar va huquqiy hujjatlarning tushunarli bo‘lishini,
ularning noto‘g‘ri talqin qilinishiga yo‘l qo‘ymaslikni ta’minlaydi. Masalan, “Bu qonun
kuchga kiradi
” yoki “Sud mazkur qarorni bekor qildi” kabi iboralar huquqiy voqeliklarni
yaratishda va amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Yuridik diskursning bu xususiyatlari
uni boshqa turdagi diskurslardan ajratib turadi va uni maxsus institutsional hokimiyat
bilan
ta’minlaydi.
ADABIYOTLAR SHARHI
Yuridik diskursdagi nutq aktlari nazariyasi J.L. Ostin (1962) tomonidan ishlab
chiqilgan va keyinchalik J.
Searl (1969) tomonidan rivojlantirilgan. Ostin o‘zining “How to
Do Things with Words” asarida har bir nutqning uchta asosiy aktdan iboratligini
ta’kidlaydi: lokutiv (oddiy so‘zlash akti), illokutiv (so‘zlovchining maqsadi) va perlokutiv
(tinglovchiga ko‘rsatilgan ta’sir). Bu tasnif yuridik nutqning mohiyatini va uning huquqiy
oqibatlar yaratish qobiliyatini tushunishda juda muhimdir. Searl esa nutq aktlarini yanada
chuqurroq o‘rganib, ular ichida asertiv, direktiv, komissiv, deklarativ va ekspressiv
aktlarni ajratib ko‘rsatgan (Searl, 1969). Aynan deklarativ aktlar yuridik matnlarda
huquqiy maqomlarni yaratish va o‘zgartirish uchun keng qo‘llaniladi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
4 (2024) / ISSN 2181-3701
153
Yuridik diskursning maxsus xususiyatlari va uning pragmalingvistik tahlili
P.
Tiersma (1999) tomonidan chuqur o‘rganilgan. Uning asarlari yuridik tilning yuqori
darajadagi rasmiylik va qat’iy belgilanganlik bilan ajralib turishini ko‘rsatadi. Tiersma
yuridik tilning lingvistik tuzilmasi va uning huquqiy maqomlarni qanday yaratayotganini
tahlil qilib, bu tilning ijro etuvchan kuchiga urg‘u beradi.
V.K.
Bhatia (1987) ham yuridik tilning o‘ziga xos pragmalingvistik xususiyatlarini
o‘rganib, qonunchilik matnlarining tilini tahlil qiladi va bu matnlar qanday qilib huquqiy
voqeliklarni shakllantirishini ko‘rsatadi. Uning tadqiqotlariga ko‘ra, yuridik matnlar
ko‘pincha direktiv va deklarativ nutq aktlariga asoslangan bo‘lib, bu aktlar huquqiy
tartiblarni o‘rnatish va ularni kuchga kiritish uchun muhim hisoblanadi.
O‘zbek tilshunoslari orasida T.K.
Nuriddinov (2015) va M.M. Mukhammedov (2017)
o‘z tadqiqotlarida yuridik diskursning pragmalingvistik jihatlarini o‘rganishgan.
Nuriddinov qonunchilik hujjatlarida direktiv aktlarning qo‘llanilishi va ularning huquqiy
majburiyatlarni shakllantirishdagi o‘rnini tahlil qilgan. Mukhamm
edov esa sud qarorlarida
deklarativ aktlarning o‘rni va ularning huquqiy natijalari haqida tadqiqotlar olib borgan.
Sud jarayonlarida yuridik nutqning illokutiv kuchi haqida Safarov (2008) o‘zining
“Pragmalingvistika” asarida keng yoritib bergan. U yuridik nutq aktlarining tinglovchiga
ko‘rsatadigan ta’sirini va ularning ijro etuvchan kuchini ta’kidlaydi. Shuningdek, su
d
jarayonlarida advokat va sudyalarning nutqida direktiv va asertiv aktlarning qanday
ishlatilishi va ularning huquqiy muloqotni boshqarishdagi rolini yoritadi.
Demak, yuridik diskursdagi nutq aktlari nazariyasining chuqur o‘rganilishi til va
huquqning o‘zaro bog‘liqligini va yuridik matnlarda nutq aktlarining huquqiy ma’no
yaratishdagi o‘rnini ochib beradi. Ushbu nazariyaga asoslanib olib borilgan tadqiqotlar
yuridik matnlarning lingvistik xususiyatlarini va ularning pragmalingvistik tahlilini
yanada chuqurroq tushunishga yordam beradi.
Bhatia (1987) qonunchilik hujjatlari va sud qarorlarida deklarativ aktlar ko‘p
uchrashini ta’kidlaydi. Ular orqali qonunchilik va sud hokimiyati o‘z vakolatlarini amalga
oshiradi. Ashurova (2019) O‘zbekiston qonunchilik tilining rasmiyligi va aniqligini ta
hlil
qilib, nutq aktlarining qanday qilib huquqiy munosabatlarni shakllantirishini yoritadi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ushbu tadqiqot yuridik diskursda nutq aktlari nazariyasini o‘rganishga qaratilgan
bo‘lib, sifatli tahlil usuliga asoslanadi. Tadqiqot uch bosqichda amalga oshirildi:
ma’lumotlarni yig‘ish, ma’lumotlarni tahlil qilish va natijalarni tasdiqlash.
1.
Ma’lumotlarni yig‘ish bosqichi
Tadqiqot uchun asosiy ma’lumot manbalari sifatida O‘zbekiston
qonunchilik
hujjatlari, sud qarorlari va shartnomalar tanlandi. Bu hujjatlar turli huquqiy janrlarni
qamrab oladi va nutq aktlari nazariyasini qo‘llash imkonini beradi. Tanlovda direktiv,
deklarativ, asertiv, komissiv va ekspressiv aktlar keng tarqalgan matnlar tanlab olindi.
O‘zbekiston qonunchilik matnlari va sud jarayonlaridan namunalar to‘plandi, bu esa
huquqiy amaliyotdagi nutq aktlarining turli shakllarini o‘rganishga yordam berdi.
2.
Ma’lumotlarni tahlil qilish bosqichi
Tahlil jarayonida har bir tanlangan matn ichida nutq aktlari aniqlanib, ular turiga
ko‘ra tasnif qilindi. Ushbu tasnif J.L.
Ostin (1962) va J. Searl (1969) tomonidan ishlab
chiqilgan nazariyalarga asoslandi. Tadqiqot davomida har bir nutq aktining illokutiv kuchi
va ularning yuridik ma’nolarni qanday yaratilishi tahlil qilindi. Buning uchun yuridik
matnlarda ishlatiladigan nutq aktlarining lingvistik xususiyatlari va ularning kontekstdagi
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
4 (2024) / ISSN 2181-3701
154
funksiyalari chuqur o‘rganildi. Misol sifatida, “Shaxs o‘z manzili o‘zgargan taqdirda o‘n kun
ichida xabar berishi shart” kabi qonuniy iboralar direktiv aktlar sifatida ko‘rib chiqildi
(Nuriddinov, 2015).
3. Natijalarni tasdiqlash bosqichi
Tadqiqot natijalarining ishonchliligini ta’minlash uchun kross
-madaniy solishtirma
tahlil ham amalga oshirildi. Ushbu bosqichda O‘zbekiston, Rossiya va xalqaro huquqiy
tizimlardagi yuridik matnlar o‘rtasidagi farqlar va o‘xshashliklar tahlil qilindi. Bu
yondashuv yuridik diskursdagi nutq aktlarining xilma-xilligi va ularning turli huquqiy
tizimlarda qanday qo‘llanilishini aniqlash imkonini berdi.
Tadqiqot jarayonida o‘zbek va rus olimlarining ishlariga, jumladan, Safarov (2008),
Mukhammedov (2017) va Shcherbinin (2018) kabi mutaxassislarning ishlariga murojaat
qilindi. Ularning yondashuvlari yuridik diskursning pragmatik xususiyatlarini chuqurroq
tushunishga va olingan natijalarni tasdiqlashga yordam berdi. Shu bilan birga,
ma’lumotlarning ishonchliligini oshirish uchun tajribali huquqshunos va tilshunos olimlar
bilan maslahatlashildi, ularning fikr-mulohazalari natijalarni yaxshilashga xizmat qildi.
NATIJALAR VA TAHLIL
Tadqiqot natijalari yuridik diskursda turli nutq aktlarining qanday ishlatilishini va
ularning yuridik voqelik yaratishdagi ahamiyatini yoritdi. Quyida tadqiqotda aniqlangan
asosiy jihatlar
ko‘rsatilgan.
Tadqiqotda O‘zbekiston qonunchilik matnlarida direktiv aktlarning ko‘p ishlatilishi
aniqlangan. Direktivalar majburiyatlarni, ruxsatnomalarni va taqiqlarni belgilaydi.
Masalan, “Shaxs o‘z manzili o‘zgargan taqdirda o‘n kun ichida xabar berishi shart” kabi
qonunlar direktiv aktlar orqali yuridik majburiyatlarni o‘rnatadi (Nuriddinov, 2015).
Ushbu direktiv aktlar tilning illokutiv kuchiga ega bo‘lib, qonuniy kuch va hokimiyatni
ta’minlaydi. Tahlil shuni ko‘rsatdiki, direktiv aktlar huquqiy tizimning ijrosini
nazorat
qiladi va huquqiy normalar ijrosini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.
Deklarativ aktlar tadqiqotda muhim rol o‘ynagan bo‘lib, ular sud qarorlarida va
rasmiy e’lonlarda ko‘plab uchraydi. Sudyaning “Sud ayblanuvchini aybdor deb topadi” kabi
iboralari deklarativ aktlarga misol bo‘lib, bunday aktlar orqali yuridik maqomlar o‘zga
radi
(Searl, 1979). Ushbu nutq aktlari sudyaning vakolati va huquqiy protseduralar asosida
qonuniy kuchga ega bo‘ladi. Deklarativ aktlarning o‘rganilishi yuridik nutqning
performativ tabiati va ularning huquqiy voqeliklarni yaratishdagi muhim ahamiyatini
ochib berdi.
Tadqiqot davomida asertiv aktlarning yuridik diskursda faktlarni tasdiqlash va
dalillarni keltirish uchun qo‘llanilishi aniqlandi. Masalan, advokatning “Dalillar shuni
ko‘rsatadiki, mijozim hodisa joyida bo‘lmagan” kabi bayonotlari asertiv aktlarga kiradi.
Ushbu aktlar huquqiy jarayonlarda dalillarni taqdim etish va sudni ishontirish uchun
ishlatiladi (Heffer, 2005). Asertiv aktlar tinglovchini haqiqatga ishontirish va faktlarning
yuridik jihatdan asoslanishini ta’minlaydi.
Shuni ta’kidlash kerakki, komissiv aktlar shartnomalar va bitimlarda keng
qo‘llanilib, tomonlar o‘rtasidagi majburiyatlarni belgilaydi. Masalan, “Sotuvchi to‘lovni
olgandan keyin 30 kun ichida tovarni yetkazib berishga majbur” kabi iboralar shartnoma
taraflarining majburiyatlarini aniqlaydi (Gibbons, 2003). Komissiv aktlar yuridik
hujjatlarda ishonch va kelishuvni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.
Yuridik diskursda ekspressiv aktlar kamroq qo‘llanilsa
-da, ularning huquqiy
jarayonlar va qarorlar bo‘yicha taraflarning munosabatlarini ifodalashda ahamiyati bor.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
4 (2024) / ISSN 2181-3701
155
Masalan, sudyaning “Sud bu harakatni juda mas’uliyatsiz deb hisoblaydi” kabi iboralari
huquqiy qarorlarning ijtimoiy va axloqiy jihatlarini aks ettiradi (Cotterill, 2003).
Ushbu tadqiqotning natijalari yuridik diskursdagi nutq aktlarining muhim
xususiyatlarini ochib berdi va ularning yuridik amaliyotdagi rolini chuqurroq tushunishga
imkon yaratdi. Yuridik tilning pragmalingvistik tahlili shuni ko‘rsatdiki, nutq aktlari
yurid
ik matnlarda huquqiy jarayonlarning samaradorligini va rasmiyligini ta’minlaydi.
1. Direktivalar va ularning ijro etuvchanligi
Direktiv aktlar, xususan, qonunchilik hujjatlarida, majburiyat va taqiqlarni
belgilashda markaziy o‘rin tutadi. Tadqiqot davomida direktiv aktlarning huquqiy
hujjatlarda aniq va qat’iy ko‘rinishda ifodalangani kuzatildi. Masalan, “Fuqarolar
belgilangan mud
datda soliqlarni to‘lashi shart” kabi iboralar orqali davlat o‘zining yuridik
hokimiyatini ifodalaydi va ijro etuvchan kuchga ega bo‘ladi (Nuriddinov, 2015). Bunday
direktivalar yuridik diskursning huquqiy amaliyotni boshqarish va tartibga solishdagi
vazifalarini mustahkamlaydi.
2. Deklarativ aktlarning huquqiy maqomlar yaratishdagi roli
Deklarativ aktlarning yuridik diskursdagi ahamiyati tahlil natijalarida o‘z aksini
topdi. Sud jarayonlarida sudyaning hukm chiqarishi, masalan, “Sud mazkur shartnomani
bekor deb topadi” kabi iboralar deklarativ akt sifatida yuridik holatni o‘zgartiradi va
yangi
huquqiy maqom yaratadi (Searl, 1979). Ushbu aktlar sudyaning institutsional vakolatiga
asoslanib, huquqiy oqibatlarni yuzaga keltiradi. Bunday aktlarning ijro etuvchanligi va
huquqiy kuchi protseduralarning to‘g‘ri amalga oshirilishi va sud vakolatining e’tirof
etilganligiga bog‘liq.
3. Asertiv aktlar orqali haqiqatni asoslash
Asertiv aktlar, xususan, sud jarayonlarida, faktlarni va dalillarni taqdim etishda
ishlatiladi. Ushbu aktlar huquqiy dalillarni asoslash va sudni ishontirish uchun zarur.
Masalan, advokatning “Dalillar shuni ko‘rsatadiki, mijozim hodisa vaqtida boshqa joyd
a
bo‘lgan” degan bayonoti asertiv akt sifatida faktlarni tasdiqlash va sudning qaroriga ta’sir
ko‘rsatish uchun xizmat qiladi (Heffer, 2005). Asertiv aktlarning muvaffaqiyati
tinglovchini haqiqatga ishontirish uchun kuchli asos va dalillarga bog‘liq.
4. Komissiv aktlar va yuridik majburiyatlar
Komissiv aktlar yuridik diskursda, ayniqsa, shartnomalar va bitimlarda keng
qo‘llanilib, taraflar o‘rtasidagi majburiyatlarni belgilaydi. Masalan, “Sotuvchi tovarni
belgilangan muddatda yetkazib berishga rozilik beradi” kabi iboralar taraflar o‘rtasidagi
yuridik majburiyatlarni aniq ifodalaydi (Gibbons, 2003). Komissiv aktlarning asosiy
xususiyati shundaki, ular kelishilgan majburiyatlarni bajarishga qaratilgan huquqiy
kafolatni mustahkamlaydi.
5. Ekspressiv aktlarning ijtimoiy va axloqiy baholarni ifodalashdagi roli
Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, ekspressiv aktlar yuridik diskursda nisbatan kamroq
qo‘llanilsa
-da, sud jarayonlarida va huquqiy qarorlarda ijtimoiy va axloqiy baholarni
ifodalashda ishlatiladi. Masalan, sudyaning “Sud ayblanuvchining qilmishini mas’uliyatsiz
deb topadi” kabi ifodalari ijtimoiy bahoni va huquqiy qarorning ijtimoiy ahamiyatini
ko‘rsatadi (Cotterill, 2003). Bu kabi aktlar yuridik diskursga axloqiy va ijtimoiy jihatdan
ta’sir ko‘rsatadi va qarorlarning kengroq jamiyat uchun ahamiyatini ta’kidlaydi
.
XULOSA
Tadqiqot davomida yuridik diskursdagi nutq aktlarining tahlili shuni ko‘rsatdiki,
ular yuridik munosabatlarni shakllantirish va tartibga solishda muhim rol o‘ynaydi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
4 (2024) / ISSN 2181-3701
156
Direktivalar qonunlar va qonunchilik hujjatlarida fuqarolar va tashkilotlar uchun
majburiyatlarni belgilab, yuridik tartibni ta’minlaydi. Deklarativ aktlar, xususan, sud
qarorlarida va qonuniy e’lonlarda yangi yuridik maqomlarni yaratish orqali yuridik
voq
eliklarni o‘zgartiradi. Asertiv aktlar faktlarni taqdim etish va dalillarni keltirishda
asosiy ahamiyatga ega bo‘lib, sud jarayonlarida huquqiy haqiqatlarni tasdiqlash uchun
ishlatiladi. Komissiv aktlar shartnomalar va kelishuvlarda tomonlar o‘rtasidagi yu
ridik
majburiyatlarni ifodalaydi va majburiyatning bajarilishini ta’minlaydi. Ekspressiv aktlar
esa sud jarayonlarida ijtimoiy va axloqiy baholarni aks ettirib, qarorlarning ijtimoiy
ahamiyatini ta’kidlaydi.
Ushbu tahlil yuridik diskursdagi nutq aktlarining murakkabligini va ularning
yuridik tizimdagi ijro etuvchan kuchini yanada chuqurroq tushunishga imkon beradi. Nutq
aktlarining pragmalingvistik o‘rganilishi yuridik tilning huquqiy jarayonlarda qanday
qo‘ll
anilishini ochib berib, yuridik nutqni tushunishni va yuridik hujjatlarni samarali
tuzishni yaxshilashga yordam beradi. Shu sababli, yuridik diskursning pragmatik
jihatlarini yanada chuqurroq o‘rganish kelgusida yuridik tilshunoslik va huquq amaliyotini
rivojlantirish uchun zarurdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Austin, J. L. How to Do Things with Words. Oxford University Press, 1962.
2.
Searle, J. R. Speech Acts: An Essay in the Philosophy of Language. Cambridge
University Press, 1969.
3.
Tiersma, P. M. Legal Language. University of Chicago Press, 1999.
4.
Nuriddinov, T.K. “Pragmatic Features of Legislative Discourse in the Uzbek
Language”, Tashkent State University of Law, 2015.
5.
Mukhammedov, M.M. “Declarative Speech Acts in Uzbek Legal Judgments”,
Uzbekistan Academy of Sciences, 2017.
6.
Bhatia, V. K. Language of the Law. London: Longman, 1987.
7.
Gibbons, J. Forensic Linguistics: An Introduction to Language in the Justice
System. Blackwell Publishing, 2003.
8.
Heffer, C. The Language of Jury Trial: A Corpus-Aided Analysis of Legal-Lay
Discourse. Palgrave Macmillan, 2005.
9.
Safarov, Sh. Pragmalingvistika. Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi,
2008.
10.
Rakhmatova, B. I. “Yuridik diskursning turlari va o‘ziga xos xususiyatlari”.
Ijodkor o‘qituvchi
. Respublika ilmiy-uslubiy jurnali, 05.11.2023.
11.
Rakhmatova, B. I. “Style and Structure of Legal Documents”. Fundamental
Aspects of Improving Teaching Foreign Languages in the Epoch of Modern Globalization,
2023.
