Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Cognitive bases of neologisms in the french language
Maftuna TURAEVA
1
Samarkand State Institute of Foreign Languages
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received August 2024
Received in revised form
10 September 2024
Accepted 25 September 2024
Available online
25 October 2024
This article explores word formation as a key process in
reflecting new concepts in language. The study is based on the
works of renowned linguists, including European and American
scholars such as G. Lakoff, J.F.
Sablérol, Jean Pruvost,
Émile Benveniste, Louis Gilbert, and J.
-C. Boulanger, as well as
Russian linguists such as N.N. Boldyrev, L.M. Borisenkova,
Yu.S. Stepanov, N.F. Alefirenko, L.Yu. Kasyanova, and others.
The analysis revealed that word formation operates alongside
other linguistic phenomena deeply rooted in the processes of
conceptualization and categorization. This process establishes a
unique system of perception, contributing significantly to the
formation of imagination and understanding in the human mind.
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss4
/S
-pp313-318
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
neologisms,
neosemies,
neoconcept,
classification,
categorization,
conceptualization etc.
Fransuz tilidagi yangi so‘zlarning kognitiv asoslari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
neologizmlar va
neosemiyalar,
neokonsept,
klassifikatsiya,
kategoriyalashtirish,
konseptualizatsiya va h.z.
Ushbu maqolada yangi tushunchalarning tilda aks etish
jarayonlardan biri bo‘lgan so‘z yasalishi haqida tasnif berishga
harakat qilamiz.
Tadqiqot asosi etib quyidagi tilshunos olimlarning izlanishlari:
Yevropa va Amerika professorlari J. Lakoff, J-F. Sablayrolles,
Jean Pruvost, Emil Benvenist, Louis Guilbert, J.-C. Boulanger, rus
tilshunoslari N.N. Boldirev, L.M. Borisenkova, E.S. Kubryakova,
Yu.S. Stepanov, N.F. Alefirenko, L.Y. Kasyanova, I.A. Gavrilova va
boshqa yetuk tilshunoslar tadqiqotlariga murojaat etildi.
Tadqiqot mahsuli sifatida shu ayon bo‘ldiki, so‘z yasalishi
boshqa lingvistik hodisalar qatori konseptualizatsiya va
kategoriyalashtirish jarayonlariga tayanadi va idrokda o‘z
tizimini tuzib, ongda tasavvur hosil bo‘lishini yengillashtiradi.
1
2st year doctoral student of Samarkand State Institute of Foreign Languages. E-mail: maftuna-t@samdchti.uz
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
4 (2024) / ISSN 2181-3701
314
Когнитивные основы новых слов во французском
языке
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
неологизмы и неосемии,
неоконцепт,
классификация,
категоризация,
концептуализация и др.
В данной статье исследуется словообразование как
ключевой процесс, отражающий новые концепции в языке.
Исследование основывается на работах известных
лингвистов, включая как европейских и американских
учёных (Дж.
Лакофф, Дж.Ф.
Саблероль, Жан Прюво, Эмиль
Бенвенист, Луи Гильбер и Ж.
-
К.
Буланже), так и российских
специалистов
(Н.Н.
Болдырев,
Л.М.
Борисенкова,
Ю.С.
Степанов, Н.Ф.
Алефиренко, Л.Ю.
Касьянова и другие).
В
процессе
анализа
было
установлено,
что
словообразование функционирует в тесной связи с другими
языковыми явлениями, которые глубоко укоренены в
процессах концептуализации и категоризации. Этот
процесс формирует уникальную систему восприятия,
оказывая значительное влияние на воображение и
понимание в человеческом сознании.
KIRISH
Barcha zamonaviy yutuqlar inson hayot tarzi qay darajada takomillashayotganidan
darak beradi. Shuningdek, mavjud hodisalarni, obyektlarni, faktlarni tilda aks ettirish,
ifodalash va yetkazish, ularni yaxshiroq tushunish va bilishga yordam beradi. Shuni
ta’kidlash kerakki, yangi lug‘at insonning o‘zgaruvchan voqelikni o‘zlashtirishdagi kognitiv
faoliyati natijasining lingvistik ifodasi bo‘lib, u voqeliklarni, tushunchalarni, yangi
hodisalarni aks ettiradi; shunin
gdek, ularni yangi so‘zlar bilan qamrab oladi yoki
allaqachon ma’lum bo‘lgan tushunchalarni chuqurroq idrok etish va anglashga yordam
beradi. Buning uchun biz kognitiv tilshunoslikka murojaat qilamiz hamda yangi
tushunchalarning so‘zdagi ifodalarini ko‘rib
chiqamiz.
MAVZUGA OID ADABIYOTLARNING TAHLILI
Konseptual xususiyatlar berilgan tushunchani ifodalovchi til birliklarining
ma’nolari, ularning lug‘atdagi ifodalari va nutq kontekstlari orqali aniqlanadi.
Konseptlar
tahlilining bunday turi konseptual tahlili deb ataladi.
Shunga ko‘ra, konseptual tahlil
obyekti
–
bu alohida so‘zlar, iboralar, propozitsiyalar va ularning aniq iboralar shaklida
realizatsiyalari orqali ifodalayotgan ma’no va tushunchalaridir. Shuningdek, ushbu tahlil
metodi til tizimida va nutqda konseptlarni ifodalashning barcha mavjud lingvistik
vositalarini taqqoslash, konseptlarning asosiy mazmunini, ularning turli tasniflarini,
lingvistik ma’nolarning shakllanishidan boshlab lingvistik materiallarni tashkil etish
tamoyillarini aniqlashga, li
ngvistik kategoriyalarning shakllanishi asoslarini o‘rganish
imkonini beradi.
Tilni tafakkur bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos inson faoliyati sifatida tavsiflovchi
kognitiv yondashuv doirasida insonning o‘zini o‘rab turgan dunyoni tushunishining asosiy
usu
llari bo‘lgan konseptuallashtirish va turkumlashtirish jarayonlari ko‘rib chiqiladi.
Konseptualizatsiyaning murakkab jarayoni, N.N. Boldirevning fikricha, [
Болдырев
, 2014;
25-
26b.] boshqa xarakterdagi bilimlarni qayta ishlash va to‘plash va ularning shaxs
ongida
tushunchalar shaklida aks etishini o‘z ichiga oladi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
4 (2024) / ISSN 2181-3701
315
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Konseptualizatsiya natijasida yangi ma’nolar paydo bo‘ladi. Yangi ma’nolar
shaxsning konseptual tizimida allaqachon mavjud bo‘lgan tushunchalar va konseptual
tuzilmalar
asosida ham paydo bo‘lishi mumkin, ya’ni har xil turdagi yasama so‘zlar
obyektivlashtirilib, ikkilamchi konseptualizatsiya amalga oshirilishi mumkin.
Kategoriyalashtirish deganda voqelik predmetlari va hodisalarini toifalar
–
umumlashgan tushunchalar doirasida anglab yetish tushuniladi. Shu bilan birga, tilshunos
Skrebsovaning fikricha, kategoriyalashtirish kognitiv jarayon sifatida til yordamida
ma’lumot almashish, uni shaxsning mavjud bilimlar tizimi bilan bog‘lash, obyektlar va
hodisalarni o‘xshash obyektlar va hodisalarning ma’lum bir guruhi bilan aniqlash, toifalash
va tasniflashdir.
G. Lakoff
Lakoff, 1988; 31-32b.
toifalash ya’ni kategoriyalashtirishning asosini
o‘rganish davomida nima uchun inson ongi aynan toifalarga ajratgan holda anglaydi degan
savolga javob izlaydi. U toifalashning asosini insoniyat uchun umumiy bo‘lgan harakatlar,
ma’lum kognitiv modellar ko‘rinishida namoyon bo‘ladigan kognitiv mexanizmlar tashkil
etadi,
–
deb hisoblaydi va kognitiv modellarni 4 turdagi tasniflash jarayoniga ajratadi.
Ushbu modellar o‘zlarining tuzilishi, xususiyatlari va prototiplari bilan farq qiladigan
propozisional modellar, tasvirlarning sxematik modellari, metaforik va metonimik
modellardir. Kognitiv mexanizmlar bilim tuzilmalari bilan va ular ustidagi harakatning
muayyan modellarini ifodalaydi.
Kognitiv yondashuv maxsus semantik munosabatlarda amalga oshiriladigan
bilimlarni ifodalash usulini o‘rnatishga, lingvistik tuzilmalarda moddiylashtirilishi kerak
bo‘lgan tildan tashqari tajribani lingvistik aks et
tirish mexanizmlarini aniqlashga imkon
beradi. Neologiyada kognitiv yo‘nalish o‘zining boshlang‘ich va shakllanish bosqichidadir.
Ammo bu sohada ishlaydigan tilshunoslarning fikriga ko‘ra, inson til yordamida turli xil
bilimlarni shifrlaydi, to‘playdi, saq
laydi va uzatadi. Shu sababli,
“
kognitivistlar
”
neologizmlarda yashiringan bilim tuzilmalarini va ularning zamonaviy ona tilida
so‘zlashuvchi dunyosining lingvistik va konseptual tasvirga ta’sirini tahlil qilishga harakat
qilmoqdalar.
TAHLIL VA NATIJALAR
K
ognitiv faoliyat jarayonida voqelikning yangi obyektlarini bilish yoki ilgari ma’lum
bo‘lgan narsaning yangi qirralari, belgilari va xususiyatlarini kashf qilish, odam “
voqelikni
aqliy aks ettirish natijalarining tarjimoni va lingvosemioz markazi
”
Алефиренко
, 2006;
31-41b.
sifatida bilish natijalarini yangi so‘z bilan ifodalashga intiladi.
Касьянова
, 2009;
2b.
Shu munosabat bilan, inson o‘z atrofidagi voqelikdagi yangi narsalarni, jarayonlarni
qanday idrok etishi va konsepsiyalashi, qanday obyektiv va subyektiv omillar dunyoning
yangilangan tasviriga olib kelishini o‘rganish dolzarb bo‘lib qoladi.
Insonning kundalik
yoki ilmiy-
texnikaviy g‘oyalarini aks ettiruvchi, anglab olinadigan tildan tashqari
obyektlarni konseptuallashtirishning lingvistik vositalarini izlash alohida ahamiyatga ega.
Yangi leksik birliklarning paydo bo‘lish jarayoni bir qator kognitiv omillar bilan
belgilanadi. Bularga voqelikni idrok etish jarayonida yangi tushunchalarning vujudga
kelishi va ularning lingvistiklashtirilishi; jamoatchilik ongida allaqachon qayd etilgan
dunyoning konseptual manzarasining fragmentlarini aniqlash, ularni qayta ko‘rib chiqish
va chuqur bilishning madaniy va tarixiy, kognitiv-pragmatik omillar hisoblanadi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
4 (2024) / ISSN 2181-3701
316
L.M. Borisenkova
Борисенкова
, 2005; 13b.
so‘z
yasalishini dunyoning lingvistik
tasvirining asosiy tarkibiy qismi hisoblab, uni anglovchi, qabul qiluvchi suby’ektning
ongida atrofdagi olam va o‘z
-
o‘zini kategoriya va subkategoriyalarga ajratgan holda verbal
tasvirlash deb ta’rif beradi. So‘z yasalishni
ng kognitiv yondashuvi tadqiqotchiga tilning
yaxshi o‘rganilgan sohasining yangi aspektlarini tushunish imkoniyatini beradi va yangilik
til faktlarining o‘zida emas, balki ularga bo‘lgan qarashda hamdir.
Har bir til belgilarining yaratilishi va tilda
birlamchi namoyon bo‘lish vaqti mavjud
bo‘lib, E.S.
Kubryakovaning so‘zlariga ko‘ra,
Кубрякова
, 2002; 5-7b.
aynan o‘sha
lahzalarni qayta tiklash mumkin emas va bilimning maxsus tuzilishini bitta so‘zga
oby’ektivlashtirish jarayoni qanday sodir bo‘lishini
bilib bo‘lmaydi. Neologizmlar esa
aynan: yangi til belgilarining paydo bo‘lishining shartlari, sabablari, motivlari va o‘ziga xos
usullari, ularni modellashtirishning barcha xususiyatlarini ko‘rsatadi.
L.Yu. Kasyanova
“Yangi so‘zlar yaratilishida kognitiv
omillar
”
maqola
Касьянова
,
2008; 4b.
sida, yangi so‘zning paydo bo‘lishini oldindan belgilab beruvchi omillarni
2 qismga bo‘ladi: yangi so‘zning paydo bo‘lishining kognitiv stimullari Yu.S. Stepanov
qarashlari va N.F. Alefirenkoning kognitiv-semiologik paradigmasi izlanishlariga.
Yu.S.
Stepanovning so‘zlariga ko‘ra, yangi so‘zning paydo bo‘lishiga inson ehtiyoji
sabab bo‘ladi, ushbu ehtiyoj esa ongni faollashtiradi. Demak inson ongida dastlab
miltillovchi konseptlar paydo bo‘ladi. Ushbu “
miltillovchi konseptlar
”
Кубрякова
, 2002;
321b.
deb ataluvchi yangi bilim fragmentlari, bir tomondan, voqelik olamiga mos
kelishini, ikkinchi tomondan, ular insonning kognitiv tajribasi bilan o‘zaro munosabatini
aniqlaydi. Konseptlar nomlash yoki verbalizatsiya orqali kategoriyalar va
subkategoriyalarga ajratiladi. Bu fikrni rivojlantirish uchun aytishimiz mumkinki, yangi
so`z shaxsning nutqiy faoliyatidagi kommunikativ-pragmatik ehtiyojlari bilan tilning
nominativ-reprezantativ imkoniyatlari o
‘
rtasidagi nomutanosiblikni bartaraf etish
jarayonida paydo bo`ladi. Bu ziddiyat ko‘pincha yangi so‘zning so‘z yasash yoki so‘z
o‘zlashtirish orqali paydo bo‘lishi bilan bartaraf etiladi.
N.F.
Alefirenkoning qarashlari esa o‘z tarkibiga ijtimoiy ong tomonidan allaqachon
qayd eti
lgan dunyoning konseptual tasvirining parchalarini aniqlashtirish, qayta ko‘rib
chiqish va chuqur bilish; inson ongida ishlab chiqilgan til va voqelik o‘rtasidagi
munosabatlar
mexanizmlarini
o‘rganishga
tayanuvchi
kognitiv
-semiologik
paradigmasidir. Turli semantik jarayonlarni aniqlaydigan kognitiv izlanish natijasida
yangi lug‘atning umumiy oqimining muhim qismini tashkil etuvchi semantik neologizmlar
paydo bo‘ladi. Leksik tarkibdagi sifatli o‘zgarish
–
yangi so‘zlarning neosemiyalarini hosil
qilishi va ma
vjud bo‘lgan birliklarning ma’nolarini o‘zgartirish natijasida yuzaga keladi.
N.F. Alefirenko bu jarayonni, insonning lingvokognitiv faoliyati bilan belgilaydi:
“Atrofimizdagi olam haqidagi bilimlar cheksiz bo‘lgani uchun, u haqidagi bilimlarimizni
o‘zgart
irish va takomillashtirish, bilish obyektlarining yangi belgilari va xossalarini ochish
bilan bog‘liq holda, tabiiyki ma’no va ular bilan bog‘liq semantik jarayonlarning
o‘zgarishlarga olib keladi”.
Степанов
, 2005; 86b.
N.F. Alefirenkoning qarashlari bilan mutanosib, A. Gavrilova
Гаврилова
, 2015; 235-
235b.
ning fikricha, neologizmlarning paydo boʻlishi
–
voqelikni anglash jarayonida yangi
tushunchalarning paydo boʻlishi va ularga tegishli atamalarning shakllanishi; jamoatchilik
ongida allaqachon qayd etilgan dunyoning konseptual manzarasining fragmentlarini
aniqlash, qayta ko‘rib chiqish va chuqur bilish, shuningdek kognitiv
-kommunikativ omillar
bilan bogʻliqdir.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
4 (2024) / ISSN 2181-3701
317
I.N.
Zenina maqolasida yangi yasamalarni o‘rganish davomida ularning
shakllanishida ikkita
yetakchi kognitiv omillarni: yangi tushunchalar ya’ni
neokonseptlarning paydo bo‘lishi omili va dunyoning konseptual va lingvistik tasvirda
allaqachon ma’lum bo‘lgan va qayd etilgan tushunchalarni chuqurroq va batafsilroq
tushunish yoki qayta ko‘rib chiqish omilini sanab o‘tadi. “Neokonsept yangi ma’lumot
bo‘lib, u atrofdagi voqelikdagi oby’ektni aniqlash mezoni, ma’lum bir konseptual tizimning
tashuvchisi
” –
deb ta’rif beradi L.Y.
Kasyanova
Касьянова
, 2009; 134b
. Neokonseptlarni
aniqlashning asosiy mezoni
–
bu tegishli konseptni amalga oshiradigan leksik birliklarning
yo‘qligidir. Ya’ni neokonsept maqomi leksikografik manbalarda uning ta’rifining yo‘qligi,
boshqa lingvistik shaklda faol emasligi va bu tushunchani yoritib beruvchi sinonim
so‘zlarning yo‘qligi bilan tasdiqlanadi.
Bu so‘zlar eng so‘nggi ilmiy
-texnik ixtirolarning va
shunga mos ravishda yangi tushunchalarning lingvistik ifodasidir. Boshqa sohalardagi
yangi faktlar va hodisalar tilda oby’ektivlikni topadi, ularning paydo bo‘lishiga asosan
zamonaviy hayot va ilmiy-
texnika taraqqiyotining jadal sur’ati sabab bo‘ladi.
Ikkinchi omil yangi nominatsiya allaqachon ma’lum bo‘lgan, ammo nomlari
bo‘lmagan voqelikning ba’zi xususiyatlarini bilish natijasi bo‘lishi mumkin. Bu, qoida
tariqasida, oby’ektning majoziy idrokini semantik transformatsiyada, ko‘pincha metaforik
tarzda birlashtiradigan yangi lingvistik birlikda o‘z aksini topadi.
Binobarin, bu kognitiv
omil tilda yangi shakllanishlarning paydo bo‘lishiga ko‘proq hissa qo‘shadi va miyamizning
doimiy kognitiv faolligini aks ettiradi.
Yangi so‘zning leksik ma’nosi lingvistik ongda voqelikning idrok qilinadigan
obyektining aksini, uning dunyoning qayta chizilgan (yoki yangilangan) lingvistik
tasviridagi o‘rni va rolini birlashtiradi. Shuning uchun L
.Yu. Kasyanova qayd etganidek
Касьянова
, 2008; 45-47b.
tadqiqot diqqat markazida:
Yangi so‘z yaratilish jarayonida
hosil bo‘lgan tovush majmuasi bilan yangi yoki yangilangan tushunchalar o‘rtasidagi
munosabat va til belgisini ifodalovchining yangi anglat
uvchiga munosabati bo‘ladi.
Umuman olganda, bunday yondashuv tilning nutqiy-aqliy konsepsiyasidan kelib chiqadi,
uning ifodalovchi qismi orqali namoyon bo‘lishi kognitiv va nominativ
-pragmatik
funksiyalariga asoslanadi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki,
yangi bilimlar va allaqachon ma’lum
bo‘lgan bilimlar inson ongining konseptual tasvirida chuqurroq va to‘liqroq anglanadi va
tushuniladi. Inson ongida yangi ma’lumotni tushunish va aniqlash, uni kategoriya va
subkate
goriya bo‘lish sodir bo‘ladi. So‘z yasalishining kognitiv aspektlari o‘z o‘rnida
neokonseptlar va mavjud bo‘lgan semantik birliklarning yangi qirralarini ochishdan
iboratdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Lakoff G. Cognitive Semantics. In Meaning and Mental Representations. 1988.
Retrieved from https://escholarship.org/uc/item/04086580
2.
Алефиренко Н.Ф. Проблемы когнитивно
-
семиологического
исследования
языка / Н.Ф. Алефиренко // Слово –
сознание –
культура: сб. науч. тр. М.: Флинта:
Наука, 2006. С. 31 –
41.
3.
Алефиренко Н.Ф. Спорные проблемы семантики: монография /
Н.Ф.
Алефиренко. М.: Гнозис, 2005 с.86.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
4 (2024) / ISSN 2181-3701
318
4.
Болдырев Н.Н.
Когнитивная семантика. Введение в когнитивную
лингвистику: курс лекций/ Тамбов: Издательский дом ТГУ им. Г.Р. Державина, 2014.
236 с.
5.
Борисенкова Л.М. «Когнитивные аспекты словообразования, Тверь
-
2005 с.272.
6.
Гаврилова И.А. Когнитивные стимулы порождения термина
-
неологизма
(на примере английской полиграфической терминологии) // Язык науки и техники
в современном мире: материалы
IV
Международной научно
-
практической
конференции. Омск: 2015. С. 235
-238.
7.
Касьянова,
Л Ю Когнитивные факторы порождения нового слова [Текст] /
Л Ю Касьянова // Известия Волгоградского государственного педагогического
университета Серия «Филологические науки» –
2008 -
№2 (26) –
С 75
-82.
8.
Касьянова Л. Ю. Когнитивно
-
дискурсивные проблемы неологизации в русском
языке конца ХХ –
начала ХХ
I
века: дисс. … д. филол. н. Астрахань, 2009. с.134.
9.
Касьянова Л Ю Оценочная семантика нового слова [Текст] /Л Ю Касьянова //
Вестник ЧелГУ «Филология Искусствоведение»
-
Вып 19
-
№9(110)
-2008
–
С 45
-51.
10.
Кубрякова
Е.С. Неология: проблемы и перспективы // Проблемы
английской неологии: материалы научной конференции (29 января 2002 г.).
М.: МГЛУ, 2002. С. 5
-7.
11.
Степанов Ю.С. Методы и принципы современной лингвистики.
М.: Едиториал УРСС, 2005. 312 с
.
