Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Deictic units in Uzbek literary works and their role in the
grammar of the Uzbek language
Nargiza MUSLIMANOVA
1
Alisher Navoi Tashkent State University of Uzbek Language and Literature
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received September 2024
Received in revised form
10 October 2024
Accepted 25 October 2024
Available online
15 November 2024
Deixis in literary works, the linguistic-poetic analysis of units
and grammatical means is one of the requirements of modern
linguistics. The phenomenon of deixis is a sign as a linguistic unit
or set expressed by lexical and grammatical means. The study of
the language of a work of art in a sociopragmatic aspect largely
leads to the study of some features of the grammar of the
language. These include deictic units and grammatical means in
literary works. In this regard, this article provides a Deixis
analysis of the stories of Kuchkar Norkobil in accordance with
their relationship to space and time.
2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss6-pp88-92
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
deixis,
deictic units,
Deixis phenomenon,
space and time,
deictic units for the
description of personality,
pragmatic analysis of
a literary work.
O‘zbek badiiy asarlarida deyktik birliklar va ularning
o‘zbek tili grammatikasidagi tutgan o‘rni
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
deyksis,
deyktik birliklar,
deyksis hodisasi,
makon va zamon,
shaxs tavsifiga ko‘ra deyktik
birliklar,
badiiy asar prаgmatik tahlili.
Badiiy asarlarda deyksis birliklar va grammatik vositalarning
lingvopoetik tahlili zamonaviy tilshunoslik talablaridan biri
hisoblanadi. Deyksis hodisasi – leksik va grammatik vositalar
orqali ifodalanadigan til birligi yoki majmui sifatidagi ishora.
Badiiy asar tilining sotsiopragmatik aspektda o‘rganilishi ko‘p
jihatdan til grammatikasining ayrim xususiyatlarini tadqiq
qilishga olib keladi. Jumladan, badiiy asarlardagi deyktik birliklar
va grammatik vositalar shular jumlasidandir. Shu nuqtai
nazardan mazkur maqolada Qo‘chqor Norqobil hikoyalarining
makon va zamon munosabatiga ko‘ra deyksis tahlili berildi.
1
Candidate of Philological Sciences, Associate Professor, Alisher Navoi Tashkent State University of Uzbek Language
and Literature. E-mail: nargizajon75@mail.ru
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 2 № 6 (2024) / ISSN 2181-3701
89
Дейктические единицы в узбекских литературных
произведениях и их роль в грамматике узбекского
языка
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
дейксис,
дейктические единицы,
явление дейксиса,
пространство и время,
дейктические единицы по
описанию личности,
прагматический анализ
литературного
произведения.
Дейксис
в
литературных
произведениях
и
лингвопоэтический
анализ
языковых
единиц
и
грамматических средств являются важными аспектами
современной лингвистики. Явление дейксиса понимается
как языковая единица или совокупность единиц,
выраженная с помощью лексических и грамматических
средств. Изучение языка художественных произведений в
социопрагматическом аспекте часто направлено на
исследование
особенностей
грамматики,
включая
использование дейктических единиц и грамматических
форм. В связи с этим в данной статье представлен анализ
дейксиса в рассказах Кучкара Норкобила, основанный на их
пространственно-временных характеристиках.
Zamonaviy o‘zbek tilshunosligida tadqiq etilayotgan ko‘plab ilmiy tadqiqot ishlarida
antropotsentrizm masalasi keng o‘rin olmoqda. Xususan, lingvopoetikaga oid ko‘plab
ishlarda badiiy asarlar nutqini o‘rganish, ularni lingvistik nuqtai nazardan tadqiq qilish,
tadqiqot natijalarining o‘zbek tili grammatikasiga tadbiq etilishi pragmalingvistikaning
yanada rivojlanishiga zarur omil bo‘lib qolmoqda. Badiiy asar tilining sotsiopragmatik
aspektda o‘rganilishi ko‘p jihatdan til grammatikasining ayrim xususiyatlarini tadqiq
qilishga olib keladi. Jumladan, badiiy asarlardagi deyktik birliklar va grammatik vositalar
shular jumlasidandir. Deyksis hodisasi (grekcha “deixis” so‘zidan olingan bo‘lib, ko‘rsatish,
ishora ma’nosini anglatadi) – leksik va grammatik vositalar orqali ifodalanadigan til birligi
yoki majmui sifatidagi ishora. Til birliklarining kontekst, nutq vaziyati bilan bog‘liq
pragmatik jihatini o‘rganishga e’tibor kuchaygach, deyksis muammosi pragmatikaning
tadqiq obyekti sifatida kun tartibiga qo‘yildi.
Deyksis nutq jarayonidagi komponentlarni va ifoda mazmunidagi denotativ
komponentlarni faollashtirish uchun xizmat qiladi. Deyksis ko‘lami nutq akti
ishtirokchilarini (rolli deyksis), ya'ni so‘zlovchi va adresat, kishilik (1- va 2-shaxs – men,
sen) va ayrim ko‘rsatish olmoshlarini, xususan, predmet va shaxslarning uzoqda yoki
yaqinda joylashganligiga ko‘ra ishora qilinishi va h.k.larni o‘z ichiga oladi.
Tadqiqotlardan ma'lumki, deyktik birliklar (leksemalar) faqat matnda aniq bo‘ladi.
Ular nutqdan olib chiqilganda mavhumlik kasb etadi.
Nemis tilshunosi K.Brugmann birinchilardan bo‘lib deyksis muammosini
o‘rganishni boshlab bergan. Uning ishlari keyinchalik K.Byuler tomonidan rivojlantirildi.
K.Byuler “Til nazariyasi” nomli kitobida deyksisning mohiyati, turlari, deyktik birliklarning
vazifasi haqida o‘z qarashlarini bayon qildi. Uzoq vaqt tilshunoslikda deyktik birliklar
sifatida asosan, ko‘rsatish, kishilik olmoshlari, o‘rin va payt ravishlari ajratildi. Ammo
matnning pragmatik tahlili yuzasidan olib borilgan kuzatishlar asosida deyktik
birliklarning ifoda vositalari orqali ham muloqot jarayonida ishora vazifalari amalga
oshirilishi aniqlandi. Xususan, G.Ye.Kreydlin deyktik xususiyatli paralingvistik vositalarni
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 2 № 6 (2024) / ISSN 2181-3701
90
ishoraga xoslangan va tavsiflovchi guruhlarga ajratib o‘rgandi. Olimning fikricha,
xoslangan deyktik xatti-harakat va imo-ishoralar faqat ko‘rsatish vazifasini bajaradi.
Tavsiflovchi xatti-harakat va imo-ishoralar esa ko‘rsatish bilan birga so‘zlovchining baho
munosabati va ishora obyektining muayyan belgi-xususiyatini ifodalashga ham xizmat
qiladi.
Ma’lumki, har qanday nutq jarayoni o‘zaro muloqot egalarisiz, shuningdek, muloqot
o‘rni va u olib borilayotgan vaqtsiz amalga oshmaydi. Shuningdek, har qanday voqelik
haqidagi axborot, albatta, u amalga oshgan makon va zamon, voqelik ishtirokchilari
haqidagi ma’lumotni o‘zida jamlaydi, hech bo‘lmaganda, ularga ishora qiladi. Har qanday
muloqot matnida nutq egalari, bayon etilayotgan voqelikning amalga oshish o‘rni va
vaqtiga ishoraning kuzatilishi deyksisning barcha tillarda eng umumiy jihatlarga ega
ekanligidan dalolat beradi.
Har qanday muloqot makon va zamonga bog‘liq ekan, unda ishtirok etayotganlar
ma'lum bir fikrni ifoda etishda deyktik birliklar va vositalardan faol foydalanishadi.
M.S.Ishanjanovaning “Makon deyksisi” nomli monografiyasida ular quyidagicha
tasniflangan:
1)
bu yer, shu yer, mana bu yer, bu yoq kabi ravishlar semantik jihatdan so‘zlovchiga
yaqin masofadagi makonni;
2)
u yer, ana u yer, u yoq ravishlari so‘zlovchiga nisbatan uzoq masofadagi makonni;
3)
o‘sha yer, ana o‘sha yer ravishlari matnda avval tilga olingan makonni anglatadi.
Bularni biz Qo‘chqor Norqobilning “Hamyon” asari asosida tahlil qilishga harakat
qildik. “
Bu yerda
hamma o‘z bilganicha mashq bajarayapti. Yer yuzining turli burchiga
sochilib ketgan, turli-tuman zabonli qavmni
ayni shu yerda
– tog‘da tongni tetik qarshilash
tuyg‘usi birlashtirib turganga o‘xshaydi.”
Xuddi shunday zamon deyksisi ham asarlarda ishlatilmaslikning iloji yo‘q, chunki
qanday janrda yozilishidan qat'iy nazar, albatta unda zamon deyksisi o‘z aksini topadi.
Masalan: “
Yarim yo‘lda qolgan Olim obzeyning qorasi ko‘rinmaydi,
o‘shandayoq
juftakni
rostlagan.
Hozir
g‘ujala tushib uyquni urayotgandir...” “...Eshikbon ayolning ham zardasi
qaynaydi: –
Hozirgina
ketdi. Davolanib bo‘ldi. Ketadi-da!” “...Men
kecha
bo‘lib o‘tgan voqyea,
na hamyon, na Olga haqida Olim obzeyga lom-mim demadim.”
Misollardan ko‘rinib
turibdiki, payt ravishlari, payt otlari, paytga ishora qiluvchi olmoshlar vaqtga ishora qilib
zamon deyksisini ifodalagan.
Shaxs deyksisini hosil qiluvchi o‘zbek tilining deyktik birliklariga shaxsga ishora
qiluvchi ayrim olmoshlar, kishilarning ism-familiyalari, laqabi, taxallusi, nasl-nasabi, kasb-
kori, unvoni, mansabi, millati, turar joyi, ijtimoiy holatini ko‘rsatuvchi hamda qarindoshlik
tushunchalarini ifoda etuvchi ot turkumiga mansub so‘zlar; shaxslarga ishora qiluvchi
barcha turdagi otlashgan so‘zlar kiradi. Shaxslarga ishora qiluvchi deyktik birliklarga
o‘zbek tilidagi egalik va shaxs-son qo‘shimchalari ham mansub. “
Olim obzey
qo‘ltig‘i
ostidagi yostiqni boshiga olib chalqancha yotib shiftga tikilib qoladi.” “
Chexovdan
saboq
bergan
Olimboyning
posongisini pasaytirib qo‘yish mavridi hozir. (Shu asar
adibning
avval
chop etilgan kitoblarida berilmagani, oliy san'at dargohlarida ham tilga olinmasligi,
chexovshunoslar
nazaridan chetda qolganini-yu, o‘zbek tiliga esa tarjima ham
qilinmaganini yaxshi bilardim).” “
Zehni zo‘r
zaminni zuvala qiladi.
Tatar
hamxonamga
yana tan beraman. Yo‘q,
bu
shunchaki o‘qimagan, kosa tagidagi nimkosada qatiq
ivitadiganlar xilidan
.
Men
anchagacha uxlay olmayman.
Obzey
xurrak ota boshlaydi.
H-ye-yey,
ukkag‘ar tatar
.
U
sahnalashtirgan spektakllar ham dahshat bo‘lsa kerak. Xudo
xohlasa, Qozonga boraman. Albatta,
uning
spektakllarini tomosha qilaman…”
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 2 № 6 (2024) / ISSN 2181-3701
91
Deyktik birliklarning turli sathga mansub universal xususiyatlari asosida ayrim
tilshunoslar ularni ishora maydoni tizimiga birlashtiradilar. Xususan, K.Byuler tilning
deyktik tizimini ishora maydoni sifatida tavsiflaydi va bu maydon markazida
men – shu
yerda – hozir
so‘zlari o‘rin olganligini qayd etadi. Bunda
men
shaxs tushunchasiga,
shu
yerda
makon tushunchasiga,
hozir
zamon tushunchasiga ishora vazifasini bajaradi. Ammo
bu o‘rinda shuni qayd etish lozimki, bu kabi deyktik birliklar orqali ifoda etilgan ishora
matndan tashqarida mavhum bo‘lib qoladi. Masalan,
“U shu yerda yuribdi”
gapida
qo‘llangan
u
,
shu yerda
deyktik birliklari aniq subyekt va aniq makon haqida tasavvur
uyg‘ota olmaydi. Bunday nutqiy muloqot matnida qo‘llanuvchi bu kabi deyktik birliklar
semantik qiymatga ega bo‘lmaydi degan xulosaga kelmaslik lozim. Matndan uzib olingan
deyktik birlikning mavhum ma’nosiga faqat matn tahlili orqali aniqlik kiritiladi.
Qo‘chqor Norqobilning “Hamyon”, “Atirgul tabassumi”, “Ertasiga dushanba edi” kabi
hikoyalari tahlili asosida deyksisning shaxs, zamon, predmet, makon, belgi, emotsional va
ruhiy holat, muayyan voqelikka hamda matn tarkibiy qismlariga ishora qiluvchi deyksis
kabi turlarini kuzatish mumkin.
Badiiy asalar misolida quyidagi shaxs deyksisiga ishora qiluvchi otlarni misol
keltiramiz:
1. Kishilarning ismi-sharifini anglatuvchi atoqli otlar aniq shaxslarga ishora qilib,
shaxs deyksisini shakllantiradi, qo‘yilgan laqab, taxallus kabilarda ham shaxsga ishora
qilish belgisi kuzatiladi. Kishilarga qo‘yilgan laqab ortida ham shaxsning, ya’ni laqab
egasining xarakter-xususiyati, dunyoqarashi, ruhiyati yashiringan bo‘ladi. Bu esa
laqabning pragmatik ma’no ifodalashini ko‘rsatadi. Masalan: 1)
Ra'no Akromovnaning
tashqaridan razm solsang, baland devor ortidan tirtayibgina ko‘ringan uyi, ichkari hatlashi
hamono qasira-qusur qasrga aylandi-qoldi. (“Ertasiga dushanba edi”) 2) Yarim yo‘lda
qolgan
Olim obzeyning
qorasi ko‘rinmaydi, o‘shandayoq juftakni rostlagan. (“Hamyon”)
3)
Adib
xursand.
Adiba
shod. Ikkita dramasi qardosh o‘lkalar teatri sahnasiga chiqdi.
Adib
shod.
Adiba
xursand. Keyin… Keyin allaqaerdan
Qudrat Imkon
degan
muhibu muxlis
paydo bo‘ldi-da,
adib
ijodining ashaddiy
targ‘ibotchisiga
aylandi. (“Atirgul tabassumi”)
2. Qarindoshlik tushunchasini anglatuvchi otlar shaxs deyksisini ifodalaydi.
Masalan: 1)
Kechqurun
xotini
ishdan keldi... – Elektron pochtamga Londondan xat keldi, –
davom etdi
ayoli
. – Adabiy tanlovda ishtirok etish uchun boshqa yozuvchini tanlashibdi...
(“Atirgul tabassumi”) 2)
Hamma bir-biriga
qavmi-qadrdon
, hamma bir-biriga tabassum
hadya etadi, hamma bir-biriga xayrli tong tilaydi – tongni ochiq yuz bilan qarshi oladi.
(“Hamyon”) 3)
Xotini
ertalabdan quloq-miyasini qoqib qo‘liga berdi. “Boraylik-a, boraylik…”,
deb yebgina qo‘ydi, oxiri ko‘ndi: “Bo‘pti, tez qaytamiz…”.
Erning
ensasi qotdi, esnadi: “Ayol
boshi bilan shugina ham rahbarparast-a?” (“Ertasiga dushanba edi”)
3. Unvon, ilmiy daraja, lavozim, mansab kabilarni ifoda etuvchi otlar shaxslarga
ishora qiladi. Masalan: 1
) Bozordan kelgach mana shu hikoyani yozib tugatdim. Xudo
xohlasa, Toshkentga qaytgach, hikoyamni rus tiliga tarjima qildiraman… keyin uni Olgaga,
“Femida” advokatlik byurosi rahbari
Olga Ivanovaga ham jo‘nataman. (“Hamyon”) 2)
Endi nima qilsin, buni tanirmikin, qayerdan taniydi, shunday katta idoraning qanchalab
tizimlari ichida, ko‘zga chalinavermaydigan o‘rtacha bir muassasadagi
rahbarning
muovini
bo‘lsa… (“Ertasiga dushanba edi”)
4. Kishilarning kasb-korini anglatuvchi otlar shaxslarga ishora qilib, shaxs
deyksisini hosil qiladi. Masalan: 1
) – Sodda qilib tushuntirib qo‘ya qolmabsiz-da,
konchi
,
tog‘ma-tog‘ yurib kon qidiradilar… (“Ertasiga dushanba edi”) 2)
U ba'zida hikoyaning ham
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 2 № 6 (2024) / ISSN 2181-3701
92
o‘z ruhi bo‘lishi,
yozuvchini
shu ruh gohida ergashtirib ketishini ich-ichidan his qilgan.
(“Atirgul tabassumi”) 3) Bir kuni serbiyalik tanish
noshirdan
xat oldi.
Adibning
Rossiyada
chop etilgan yana bir kitobini ruschadan serb tiliga tarjima qilayaptiykan. (“Atirgul
tabassumi”)
5. Kishilarning yoshi bilan bog‘liq xususiyatni anglatuvchi otlar shaxs deyksisini
shakllantiradi. Masalan:
1) – Biz sizni sog‘inib qolayapmiz, – jilmaydi xotini. – Kechqurun
nevarangiz
ham kelmoqchi. (“Atirgul tabassumi”) 2) Sihatgoh hovlisiga gandiraklab
kiraman. Ertalabki xo‘ppa semiz
amaki
endi menga qo‘l silkib qo‘yadi. (“Hamyon”)
6. Kishilarning jinsini anglatuvchi otlar shaxs deyksisiga ishora qiladi. Otlashgan
so‘zlar ham shaxs deyksisini ifodalaydi. Masalan
: 1) Adib karavoti yonidagi kursiga kelib
cho‘kkan ko‘yi qo‘lidagi yelim xaltadagi meva-chevalarni tumba ustiga taxlayotgan
mehribon va munis
ayolga
zavq bilan termildi. (“Atirgul tabassumi”) 2)
…Ertasiga bozorga
bordik. Olim obzeyning
xotini
Lyubaga shuba oldik. (“Hamyon”) 3)
… E-ey, ana, kelayapti,
amakining
o‘zi kelayapti, xo‘jayin qayerda qoldiykin? Ko‘ngliga noxushlik indi. Pastga,
salobatli
amaki
tomon yugurgilab ketdi… (“Ertasiga dushanba edi”)
Qo‘chqor Norqobil hikoyalari tarkibidan tanlangan misollar tahlilidan ma’lum
bo‘ladiki, o‘zbek tilining deyktik birliklari turli-tumandir. Bunga biz shaxs va zamon
deyksisini hosil qiluvchi birliklar asosida guvoh bo‘ldik.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Lutfullayeva D., Davlatova R. O‘zbek muloqot matnining deyktik birliklari//
O‘zbek tili va adabiyoti. 2011. №6, 32-33-b
2.
Qaraeva B., Musulmanova N. Toxir Malik asarlarida deyktik birliklar ifodasi /
International scientific and practical conference "Innovative approaches in study of the
language, literature, translation, tourism and cultural heritage on the silk road",
Samarkand, may 3-4, 2024, https://doi.org/10.5281/zenodo.11101017
3.
Бюлер К. Теория языка. Репрезентативная функция языка. -М., 2000. C. 203.
4.
Крейдлин Г.Е. Механизмы взаимодействия вербальных и невербальных
единиц в диалоге. Дейктические жести и речевые акты. Маилто: gekr@iitp.ru
5.
Қўчқор Норқобил https://ziyouz.uz/ozbek-nasri/qochqor-norqobil/qochqor-
norqobil-atirgul-tabassumi-hikoya/
6.
Қўчқор Норқобил, Самодил: ҳикоялар. –Тошкент: Янги аср авлоди, 2018. Б–400.
7.
Лингвистический энциклопедический словарь: http://tapemark.narod.ru/les/128d.html.
8.
Musulmanova N. R. Lingvopoetika – til va adabiyot mushtarakligi. International
Journal of Education, Social Science & Humanities. FARS Publishers Impact factor (SJIF) =
6.786. https://doi.org/10.5281/zenodo.7786551
9.
Ишанжанова М.С. Макон дейксиси: монография. –Андижон, 2023, Б-128.
