Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
The concepts of infinitive and verb aspects in Uzbek and
Russian languages
Erkin MUSAEV
1
Navoi State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received October 2024
Received in revised form
10 November 2024
Accepted 25 November 2024
Available online
25 December 2024
This article states that in russian and uzbek languages the
verb tense is an independent group of words, belongs to the
system of infinitive verb forms in Russian and is characterised by
its uniqueness. In Uzbek, no matter how precise the tense forms
are, there are no restrictions related to the type of verb as in
Russian.
2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss6
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
infinitive,
formal indicators,
tense,
species,
species pair.
O‘zbek va rus tillarida fe’lning infinitiv va tur tushunchalari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
infinitiv,
formal ko‘rsatkichlar,
zamon,
tur,
turlar juftligi.
Ushbu maqolada rus va o‘zbek tillarida fe’l mustaqil so‘z
turkumi sifatida harakat yoki holatni bildirishi, rus tilida infinitiv
fe’l formalari tizimiga tegishli bo‘lib, o‘ziga xosligi bilan ajralib
turishi, o‘zbek tilida zamon formalari har qancha aniq bo‘lsa ham,
ularda rus tilidagidek fe’lning turiga bog‘liq cheklanishlar yo‘qligi
haqidagi fikrlar yoritib berilgan.
Понятия инфинитива и видов глагола в узбекском и
русском языках
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
инфинитив,
формальные показатели,
время,
вид,
видовая пара.
В статье рассматривается, что в русском и узбекском
языках глагол является самостоятельной частью речи,
которая занимает особое место в системе инфинитивных
форм русского языка и отличается своими уникальными
характеристиками. В узбекском языке, несмотря на
1
Senior Lecturer, Navoi State University.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 6 (2024) / ISSN 2181-3701
37
точность временных форм, отсутствуют ограничения,
связанные с типами глаголов, которые присущи русскому
языку.
O‘zbek tilida ham, rus tilida ham fe’l mustaqil so‘z turkumi sifatida harakat yoki
holatni bildiradi, ammo o‘zining morfologik xususiyati va sintaktik funktsiyalari bilan ular
o‘zbek va rus tillarida bir-birdan ma’lum darajada farq qiladi. Masalan, o‘zbek tilida rus
tiliga nisbatan zamon shakllari ko‘proq, ayni paytda rus tilidagi infinitiv bilan o‘zbek
tilidagi harakat nomi o‘rtasida ham jiddiy tafovutlar mavjud. [ 1.15].
Harakat nomi va infinitiv (imya deystviya i infinitiv), o‘zbek tilida harakat nomi tub
yoki yasama fe’lga -moq, -sh (ish), -v (-uv) affikslaridan birini qo‘shish bilan yasaladi: chiz
+moq – chizmoq, chiz+ish – chizish, chiz+ uv – chizuv, qara + moq – qaramoq, qara + sh,
turt + moq – turtmoq, turt + ish – turtish haydov kabi. Harakat nomining ham fe’llik, ham
otlik xususiyatlari bor. Ma’no jihatidan u harakatni ham, predmetni ham bildiradi, Lekin
otga o‘xshab turlanadi, ot kabi turli qo‘shimchalarni qabul qiladi: yozish, yozishim,
yozishda, yozishga, yozuv, yozuvning kabi.
O‘zbek tili lug‘atlarida fe’llar -moq affiksi bilan beriladi: yozmoq, ishlamoq,
yozdirmoq, keltirmoq, ishlatilmoq kabi. Fe’llarning tub yoki yasama shaklidan mayl,
zamon, shaxs son va boshqa fe’l shakllari yasaladi: yoz-a-man (напишу), ketsa (если он
уйдет), o‘qi-yotir-man (я учусь), o‘ylagansan (ты думал) kabi. Rus tilidagi fe’lning
infinitiv (noaniq) formasi -ть, -ти qo‘shimchalari bilan shakllanadi. Ularning ma’nosi
o‘zbek tilida, asosan, -moq affiksi bilan yasalgan fe’l formasi orqali beriladi: работать –
ishlamoq, приходить – kelmoq, пойти – bormoq kabi. O‘zbek tilida rus tilidagi infinitivga
to‘liq mos keladigan fe’l shakli yo‘q. Rus tilida infinitiv fe’lning dastlabki shakli bo‘lib, fe’llar
lug‘atda shu shaklda beriladi. Rus tilida fe’llarning infinitiv shakli shaxs-son va zamon
affikslarini olmaydi; ulardan ть, -ти suffikslari olib tashlansa, infinitiv negizi qoladi: чита-
ть, писа-ть, виде-ть, гуля-ть, нес-ти, пой-ти kabi. [1.132]
Haqiqatan, rus tilida infinitiv- fe’l formalari tizimiga tegishli bo‘lib, o‘ziga xosligi
bilan ajralib turadi. Infinitiv (неопределенная форма) semantik jihatdan harakat
ma’nosidagi bosh (именительный) kelishikdagi ot so‘z turkumiga analog hisoblanadi:
ловить –ловля, купить –купля va h.k. «ловить, ловля» harakat ma’nosini anglatadi
lekin, «ловля» ot so‘z turkumi predmet sifatida harakatni, «ловить» fe’lning noaniq
formasi esa jarayon sifatida tushuniladi. Fe’l va noaniq shakli o‘rtasida morfologik va
sintaktik chambarchas bog‘liqlik mavjud: bunga turlarning farqlari, (делать –сделать)
переходность и непереходность (видеть – сидеть), возвратность и невозвратность
(купать–купаться) va o‘timlilik-o‘timsizlik holatlari taaluqli bo‘ladi. Bu barcha
kategoriyalar so‘z o‘zgartirmaydi, shuning uchun infinitiv fe’lning o‘zgarmaydigan formasi
hisoblanadi.
Infinitiv o‘zining formal ko‘rsatkichlari -affikslariga ega –ть, -ти, -сти, (-сть), -чь.
Infinitiv ko‘rsatkichlari guruhlarga har xil ajratiladi: -ть, -ти suffikslar sifatida (xuddi
infinitiv), va qo‘shimcha (окончание) sifatida ham aniqlanadi. (ya’ni fe’l formalari
yasalishida tushib qoladi va asosga kirmaydi) bu kabi holatlar ilmiy va o‘quv adabiyotlarda
o‘z aksini topgan. Masalan, Akademicheskaya grammatika (1980), V.A. Beloshapkova
tahriri asosida darslikda «Современный русский язык» (1981), infinitiv ko‘rsatkichlari
maktab darsliklarida ham qo‘shimcha sifatida qaraladi. N.I. Shanskiy, A.N. Tixonovlarning
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 6 (2024) / ISSN 2181-3701
38
(1981), «Современный русский язык» hamda P.A. Lekantning darsliklarida esa– shakl
yasovchi qo‘shimcha sifatida qayd etilgan.
Xuddi shunday –чь suffiksi buyicha ham olimlar orasida har xil qarashlar kuzatiladi.
Ba’zi ilmiy adabiyotlarda –чь asosning bir bo‘lagi, ya’ni shakl yasovchi -нулевой affiks
sifatida ta’kidlanadi: masalan, беречь, стечь. L. Yu. Maksimovaning «Русский язык»
(1987) darsligida -чь o‘zakning bo‘lagi sifatida ko‘rsatib o‘tilgan.
Infinitivning eng muhim morfologik belgilaridan biri bu–tur (vid) hisoblanadi. Tur–
harakatning natijasiga bo‘lgan munosabatini ifodalovchi -fe’l kategoriyasidir.
Bu kategoriya rus tilidagi barcha fe’llarga tegishli bo‘ladi. Ikkala turdagi fe’llar turlar
juftligini paydo qiladi, ularning leksik ma’nolari bir xil lekin, tur ma’nosi bilan farq qiladi.
Ayniqsa rus tilida gaplar tuzilishida yoki og‘zaki nutqimizda turlarning noto‘g‘ri ajratish
oqibatida gaplarning ma’nosi o‘z o‘rnini topmagan holatlar uchraydi. Masalan,
помочь hamda помогать fe’llarini ishlatilishida harakatning tugallanganligi yoki
tugallanmaganligi ahamiyatli hisoblanadi. Я сейчас тебе помогу-? ёки помогаю-? Xuddi
shunday: Я постоянно помога-ю маме? yoki Я постоянно помог-у маме? Bu yerda
fe’l bilan kelayotgan «сейчас» ва «постоянно» iboralari harakatning, vaqtning
chegaralanganligi yoki davom etayotganligiga ishora qilinayotganligi ko‘rsatilmoqda.
Ko‘pincha gaplarda каждый день, каждый час, каждый месяц, иногда, часто,
ежедневно, всегда so‘zlari tugallanmagan fe’l turini ishlatishini bildirib turadi. Он
каждый день летает на самолёте. Сегодня он летит в Москву kabi.
Ayrim juftlik turlarda fe’l har xil o‘zakli bo‘lib keladi, lekin bir xil leksik ma’no anglatadi.
Взять – брать, говорить – сказать, положить – класть, поймать-ловить kabi.
Bundan tashqari rus tilida shunday juftliklar borki,(omograflar) ular faqatgina so‘z
bo‘g‘inida urg‘ularning boshqa bo‘g‘inlarga tushishi bilan farqlanadi: разр’езать –
разрез’ать, зас’ыпать – засып’ать, отр’езать-отрез’ать каби.
Prof. O. Azizov ta’kidlaganidek, o‘zbek tilida zamon formalari har qancha aniq bo‘lsa
ham, ularda rus tilidagidek fe’lning turiga bog‘liq cheklanishlar yo‘q. Rus tilida fe’llarning
tugallangan turi esa, yuqorida aytib o‘tilganidek, ikki zamonda (o‘tgan va kelasi zamonda)
qo‘llanadi, uning hozirgi zamon shakli yo‘q. Bulardan tashqari, rus tilida организовать,
ранить, женить, крестить, казнить, обещать, воздействовать kabi fe’llar ham borki,
ularning turini shu fe’llarning o‘zidan aniqlash qiyin. Bu xildagi fe’llar ana shu xususiyati
bilan o‘zbek tili fe’llariga o‘xshab ketadi. Ularning tur ma’nolari kontekstdagina aniqlanadi.
Masalan: Уполномоченный еженедельно телеграфировал о ходе заготовок овощей
(Vakil sabzavot tayyorlashning borishi haqida har hafta telegramma berar edi). Bu gapda
телеграфировал fe’li tugallanmagan tur ma’nosida qo‘llangan. Вчера он
телеграфировал о выполнении плана заготовок овощей (Kecha u sabzavot tayyorlash
planining bajarilgani haqida telegramma berdi). Bu gapda esa телеграфировал fe’li
tugallangan tur ma’nosida ishlatilgan. Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, rus tilida
tugallanmagan tur fe’llarning ma’nosini o‘zbek tilida turli fe’l shakllari bilan berish
mumkin. Masalan: Я учился в Москве два года. – Men Moskvada ikki yil o‘qidim
(o‘qiganman, o‘qigan edim). Студент ходит на консультацию. – Student konsultatsiyaga
qatnaydi (qatnab yuribdi, qatnayapti, qatnayotir).
Umuman, rus tilida tur fe’llarining ko‘pchiligi tugallanmagan shaklda ishlatiladi.
Tugallangan shaklda qo‘llanadigan tur fe’llarga дать, сесть, встать, лечь, стать kabi juda
kam so‘zlar kiradi. Fe’llarning tugallangan turi tugallanmagan turiga quyidagi vositalarni
qo‘shish bilan yasaladi:
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 6 (2024) / ISSN 2181-3701
39
1. в- (ва-), вз-(вс-) ви-, до-, за-, из-(ис-). на-, над- (надо-), о-(об-, обо-),
от-(ото -), пере-, по-, под- (подо-), при-(про-), раз-(разо-, рас-), с-(со-) kabi mahsuldor
old qo‘shimchalarini qo‘shish bilan: вписать, вогнать, взлететь, выписать, донести,
заготовить, издать, найти, надписать, надорвать, описать, прочитать, обогнать,
отдать, отогнать, передать, побежать, подобрать, прилететь, провести, раздать,
разобрать, расставить, списать, собрать, улететь.
2. -ну suffiksini qo‘shish bilan: крикнуть, пригнуть, свистнуть каби.
3. -a suffiksini -и- suffiksiga almashtirish bilan: решать – решить, пускать –
пустить, изучать – изучить, лишать – лишить kabi.
Yuqoridagi tahlillardan shuni xulosa qilish mumkinki, haqiqatan ham rus tilida tur
kategoriyasining o‘zi murakkab grammatik jarayon hisoblanadi, o‘zbek tilida unga mos
kategoriya bo‘lmasa ham, o‘zbek tilida bu tur kategoriyasi bilan ifodalanadigan eng go‘zal
tushunchalarni va gaplarni bera olish imkoniyati olimlarimiz tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
O.Azizov,A.Safayev,H.Jamolxonov. O‘zbek va rus tillarining qiyosiy grammatikasi.
(Fonetika, leksika, morfologiya va sintaksis)- Tashkent , “O‘qituvchi”1986.
2.
Sayfullayeva R.R., Mengliyev B.R., Boqiyeva G.H., Qurbonova M.M., Yunusova Z.Q.,
Abuzalova M.Q. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2009. – 391 b.
3.
Qalandar Sapayev. Hozirgi o‘zbek tili (morfemika, so‘z yasalishi va morfologiya)
Toshkent -2009.
4.
Л.Э.Кузнецова. Сравнительная типология английского и русского языков.
Учебно-методическое пособие. Армавир– 2021.