Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
The role and importance of the separation phenomenon in
sentence structure
Nafosatkhon KHOJIEVA
1
Samarkand State Institute of Foreign Languages
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received November 2024
Received in revised form
10 December 2024
Accepted 25 December 2024
Available online
25 January 2024
This article examines one aspect of the syntactic structure of
a sentence
–
the phenomenon of separation
–
as a syntactic
method associated with increasing the complexity of sentence
structure. The article emphasizes that the phenomenon of
separation involves syntactic constructions that possess
relatively independent content, semantic function, distinctive
intonation, pauses, as well as independent logical stress. These
constructions appear within simple sentences, transforming
them into complex sentences while simultaneously serving as a
means of self-complication. Additionally, the article analyzes the
role and significance of the separation phenomenon in sentence
structure through examples.
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss1
/S
-pp1-6
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
separation phenomenon,
complex sentence syntax,
simple sentence, complex
sentence,
detached constituent,
"Satzbruch",
"Satzapposition",
secondary elements,
syntactic category.
Ajratish hodisasining gap strukturasidagi o‘rni va
ahamiyati
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
ajratish hodisasi,
murakkab gap sintaksisi,
sodda gap,
murakkab gap,
ajratilgan boʻlak,
“Satzbruch”,
“Satzapposition”,
ikkinchi
darajali boʻlaklar,
sintaktik kategoriya.
Ushbu maqolada gapning sintaktik tuzilmasining bir jihati
–
ajratish hodisasi gap tuzilmasining murakkabligini oshirish
bilan bog‘liq sintaktik usul sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada
ajratish hodisasi o‘zining n
isbiy mustaqil mazmuniga, semantik
vazifasiga, o‘ziga xos ohangiga, to‘xtamiga, shuningdek, mustaqil
mantiqiy urg‘usiga ega bo‘lgan, sodda gaplarning tarkibida
kelib, ularni murakkab gapga aylantiruvchi, shu bilan birga
o‘z
-
o‘zini murakkablashtiruvchi
vosita sifatida ifodalanuvchi
sintaktik konstruksiyalar ekanligi ta’kidlanadi. Shuningdek,
maqolada ajratish hodisasining gapning strukturasidagi oʻrni va
ahamiyati misollar namunasida tahlil qilinadi.
1
PhD Student, Samarkand State Institute of Foreign Languages.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2025) / ISSN 2181-3701
2
Место и значение явления обособления в структуре
предложения
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
явление обособления,
синтаксис сложного
предложения,
простое предложение,
сложное предложение,
обособленный член,
"Satzbruch",
"Satzapposition",
второстепенные члены,
синтаксическая категория.
В данной статье рассматривается один из аспектов
синтаксической структуры предложения –
явление
обособления как синтаксический приём, связанный с
усложнением
конструкции.
Подчёркивается,
что
обособлённые конструкции обладают относительно
самостоятельным содержанием, семантической функцией,
специфической
интонацией,
наличием
паузы
и
самостоятельным
логическим
ударением.
Такие
конструкции встречаются в составе простых предложений,
превращая их в сложные, и одновременно служат
средством усложнения структуры. Кроме того, на
конкретных примерах анализируется роль и значение
явления обособления в структуре предложения.
Ajratish hodisasi bu grammatika va tilshunoslikda ba’zi so‘zlar yoki iboralar orasida
ajratish amalga oshiriladigan hodisadir. Ushbu hodisa gapning tuzilishini
murakkablashtirishda, mazmunni kengaytirishda va o‘ziga xos nyuanslar kiritishda
muhim rol o‘ynaydi. Nemis tili ajratish hodisasini yaxshi o‘zlashtirgan tillardan biridir.
Ajratish hodisasi hozirgi kungacha turli-tuman til materiallarida qanchalik uzoq
o‘rganilish tarixiga ega bo‘lmasin, u har qanday zamonaviy tilshunoslik fanining, eng
avvalo, nemi
s tili sintaksisining eng muhim hamda o‘rganilishi lozim bo‘lgan dolzarb
muammolardan biri bo‘lib qolaveradi. Uning dolzarbligi shundaki, u kam hollarda
murakkab gap sintaksisi predmeti sifatida o‘rganilgan. Ajratilgan bo‘laklar murakkab gap
sintaksisi pre
dmeti sifatida sodda va qo‘shma gaplar tarkibida kelib, ularni murakkab
gapga aylantiruvchi sintaktik konstruksiyalarga aylanadi va yangicha sintaktik
kategoriyani vujudga keltiradi. Yangicha sintaktik kategoriyaga ega bo‘lgan gap
komponentlari ajratilgan
gap bo‘laklari funksiyasida keladi. Gapning ajratilgan bo‘laklari
funksiyasida keluvchi komponentlar sodda gap tarkibida keluvchi xuddi shunday
komponentlardan shaklan farq qilmaydi, biroq yangicha sifatga ega bo‘ladi, ya’ni
mazmunan, ohang jihatdan nisbiy
mustaqillikka ega bo‘ladi. Yangicha tabiatga ega
bo‘lgan ajratilgan bo‘laklarni ilmiy izlanishning alohida mavzusi sifatida tanlash uning
nihoyatda dolzarb ekanligini yana bir bor ta’kidlaydi.
Ajratish hodisasiga bag‘ishlangan ilmiy ishlar bilan tanishar
ekanmiz, nafaqat
ajratish hodisasini, balki uning ayrim strukturaviy guruhlarining matn doirasida yoyilish
darajasi to‘g‘risidagi fikrlar ham har xil ekanligiga duch kelamiz. Jumladan, L.V.
Zinder va
T.V.
Stroyevalarning ajratish hodisasi to‘g‘risida quyid
agicha fikr-mulohazalarini
uchratish mumkin: “Yuqorida ta’kidlaganimizdek, gapning ikkinchi darajali boʻlaklari
(masalan toʻldiruvchi) boshqa ikkinchi darajali bo‘laklarga nisbatan gapning ajratilgan
bo‘laklari funksiyasida kamdan
-
kam hollarda uchraydi” [5
, 123-b.]. O.I. Brodovich ham
ajratish hodisasini o‘rganishga bag‘ishlab yozgan ilmiy ishida, ajratish hodisasini ingliz
tili materiallari asosida o‘rganib, shunday xulosaga keladi: “Ikkinchi darajali boʻlaklar
ingliz tilida kamdan-kam hollarda ajratilgan
bo‘laklar funksiyasida ifodalanadi” [4, 65–
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2025) / ISSN 2181-3701
3
68-
b.]. Biroz vaqt o‘tishi bilan L.R.
Zinder, T.V. Stroyeva va O.I. Brodovichlarning ikkinchi
darajali gap boʻlaklarining ajratilgan gap bo‘laklari funksiyasida kamdan
-kam uchrashi
mumkin, degan fikrlari yana bir ilmiy-
tadqiqot ishida boshqacha ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, olib borilgan ilmiy
-tadqiqot ishlarda ajratish
hodisasiga xos bo‘lgan barcha xususiyatlar to‘lig‘icha o‘z tahliliga ega bo‘lmagan.
Tilshunos olimlar ko‘p hollarda a
jratish hodisasining intonatsion tavsifiga, grammatik
ifodalanishiga, ba’zi hollarda sintaktik xususiyatlariga alohida urg‘u bergan. Y.V.
Guliga va
M.D.
Natanson ajratilgan bo‘laklarini ega, kesim, ikkinchi darajali bo‘laklar, sifatdoshli
birikmalar, infin
itivli guruhlar, infinitivli bog‘lovchili guruhlar kabi strukturaviy
guruhlarga ajratadi [8, 114-
b.]. Ushbu ajratilgan bo‘lakli guruhlardan aniqlovchili, holli,
izohli va sifatdoshli guruhlar ma’lum darajada o‘rganilgan; ega, kesim va to‘ldiruvchi
shaklida
ifodalanib keluvchi ajratilgan bo‘laklar biron
-bir ilmiy-tadqiqotning tekshirish
obyektiga aylanmagan.
Ba’zi hollarda ajratilgan bo‘laklarning ayrim strukturaviy tiplari tahlil qilinib,
ularning ma’noviy xususiyatlari izohlanadi. Biroq ajratilgan bo‘lakl
ar hozirgi zamon
nemis tili materiallarida yozilgan ilmiy-tadqiqot ishlarida murakkab gap sintaksisi
predmeti sifatida o‘rganilmagan, ya’ni tadqiq qilinmagan. Umuman olganda, nemis tili
grammatikasiga oid biron-
bir darsliklarda “murakkab gap sintaksisi” de
b nomlanuvchi
terminologik tushunchani deyarli uchratmaymiz, faqatgina unga biroz yaqinroq bo‘lgan
Y.V.
Guliganing “komplizierte Satzkonstruktionen” terminologik tushunchasini uchratish
mumkin xolos [8, 123-b.].
Murakkab gap sintaksisining tarkibiy qismini
tashkil etuvchi gap bo‘laklari sodda
gap sintaksisini tashkil etuvchi aniqlovchi, to‘ldiruvchi va holning boshqa bir shakli yoki
ularning ajratilgan turi emas. Aksincha,
ajratilgan bo‘laklar ham shaklan ham mazmunan
ma’lum gap bo‘laklariga o‘xshaydi. Shu sababli ular gap tarkibidagi ma’lum bo‘laklar bilan
birikib, kengayib, yangi sifat kasb etadi [3, 42-
b.]. Ayrim so‘z birikmalari ma’lum shart
-
sharoitda yangi sifatga, ya’ni gapga o‘tganidek, gapning ajratilgan bo‘laklari hisoblanmish
aniqlovchi, to‘ldiruvchi va hollar ham aniq bir sharoitda o‘zlariga oid bo‘laklar bilan
kengayib, ma’lum hukm ifodalab, mazmun va ohang jihatdan nisbiy mustaqillikka ega
bo‘lib, yangi bir sint
aktik kategoriya
–
ajratilgan bo‘lakni, ya’ni murakkab gap
sintaksisining tarkibiy qismini tashkil qiladi. Natijada ular ham yangi sifatga o‘tib,
gapning ajratilgan bo‘laklari funksiyasida keladi.
Konrad Duden tahriri ostida chop etilgan “Grammatik der deu
tschen
Gegenwartssprache” darsligida ajratilgan gap bo‘laklari to‘g‘risida
Mit der
nachgetragenen Apposition treffen wir zum ersten Mal auf Redeteile, die den glatten Ablauf
des Satzes unterbrechen und deshalb als Einschübe oder Zusätze wirken. Sie werden
darum
auch durch Kommas vom übrigen Satz getrennt”
[7, 605-
b.], ya’ni
“Izohlovchi –
bu
ajratilish usullarining bir ko‘rinishi bo‘lib, uning ta’sirida ba’zi bir so‘z turkumlari sintaktik
aloqalarning uzilishi natijasida “kiritma” yoki “qo‘shimcha” komponent
lar funksiyasida
kela olishi mumkin. Ular ma’lum bo‘laklardan vergul bilan ajraladi”
mazmunidagi fikr
bildirilgan. Ushbu darslikda gapning ajratilgan bo‘laklarga nisbatan “Apposition”
tushunchasidan tashqari, unga ma’lum darajada kengroq ma’noga ega bo‘lga
n yana bir
tushuncha qo‘llanilgan. U ...
“sondern als Restglied eines Satzes”
ya’ni “gapning ortiqcha
bo‘lagi” yoki “gapning qoldiq qismlari” ma’nolariga ega bo‘lishi mumkin. Darslikda
keltirilgan “Apposition” tushunchasiga nisbatan “Restglied eines Satzes” tushunchasi
kengroq ma’noga ega. Uning xuddi shunday xususiyatga ega ekanligini Valter Yungning
grammatika darsligi kitobida ham uchratish mumkin.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2025) / ISSN 2181-3701
4
V.
Yung “Grammatik der deutschen Sprache” darsligida ajratilgan bo‘laklarni
“Satzbruch” [9, 119
-
b.], ya’ni “gapning bo‘linib, ajralib qolgan bo‘lagi” deya ta’riflaydi. Gap
tarkibida bunday komponentlarining mavjudligi V. Yung tomonidan ushbu darslikdan
keltirilgan quyidagi misolda o‘z ifodasini topadi:
Er wollte kämpfen gegen den Schlaf, der ihn von neuem überwältigte, “
ein unguter
Schlaf.
Demak, ushbu misol tarkibida namoyish etilgan
“
ein guter Schlaf
”
, haqiqatdan ham
xuddi “ajralib qolgan”, “bo‘lingan” kabi so‘z birikmalariga o‘xshab qolgan. Bunday so‘z
birikmalariga nisbatan qo‘llanilgan “Satzbruch” terminologik tushunchasi o‘zining tabiati
bilan mos keladi. W.
Jung “Satzbruch” terminologik tushunchasiga nisbatan ushbu
darslikning boshqa bir sahifasida (S.86) parallel ravishda “Apposition” tushunchasini ham
ishlatgan. Umuman, V. Yung ushbu terminologi
k tushunchalar yordamida faqatgina “gapning
ajratilgan bo‘laklarinigina” emas, undan ham kengroq ma’noga ega bo‘lgan sintaktik
qurilmalarni nazarda tutgan. Uning shunday ekanligini G.
Paul ham ta’kidlab o‘tgan.
G.
Paulning “Deutsche Grammatik” nomli grammatik darsligida ham “Apposition”
tushunchasi qayd etilgan. Mazkur tushunchani German Paul quyidagicha izohlaydi:
“Ein Satz kann zu einem Substantiv oder Pronomen in einem Appositionsverhältnis
stehen. Einerseits kann ein Substantiv die Apposition zu einem
Satz bilden” [10, 244
-b.].
G.
Paulning “Apposition” tushunchasiga bergan izohini to‘g‘ri tushunish maqsadida ushbu
darslikdan quyidagi misollarni namoyish etamiz:
Er will durchaus mit, ein Entschluss, von dem er nicht abzubringen ist.
Kühn liess er durch d
ie todenstille Nacht,
verlohrene Müh
!
German Paulning “Apposition” tushunchasining lingvistik mohiyati shunday: bir butun
gap alohida olingan so‘z yoki so‘z birikmasiga nisbatan ajratilgan komponent funksiyasida
kela olishi mumkin yoki aksincha, butun bir
gapga alohida olingan so‘z va so‘z birikmalari
ajratilgan komponent funksiyasida kela olishi mumkin. G. Paul tomonidan ajratilgan gap
bo‘laklariga nisbatan qo‘llanilgan “Satzapposition” terminologik tushunchasi, boshqa xuddi
shunday terminologik tushunchal
arga nisbatan, kengroq ma’noga ega.
Gapning ajratilgan bo‘laklariga nisbatan nemis grammatistlari tomonidan qo‘llanilgan
“Restglied des Satzes”, “Satzbruch”, “Satzapposition” kabi terminologik tushunchalar ayrim
germanshunos olimlarning ilmiy tadqiqot ishlarida qisman konkretlashtiriladi. Masalan,
M.P.
Savtsova ajratilgan gap bo‘laklariga nisbatan quyidagicha tushuntirish yoki aniqlik
kiritadi: “tugallangan, biroq gapning grammatik normasi asosida strukturaviy jihatdan
shakllanmagan, yangi fikrning sema
ntik va sintaktik yadrosidir” [6, 6
-b.]. M.P. Savtsovaning
ajratilgan gap bo‘laklariga nisbatan bergan bunday bahosi, ularga xos bo‘lgan barcha
sintaktik va semantik xususiyatlarni qamrab oladi. Haqiqatdan ham ajratilgan gap bo‘lagi
bu yangi sifatga ega bo
‘lgan, kitobxonning diqqat
-
e’tiborini o‘ziga jalb qiladigan, tahlilga
moyil bo‘lgan kommunikativ yadrodir.
Tilshunos Gʻ.
Abdurahmonov ajratilgan gap bo‘laklariga xos bo‘lgan va ularni yuzaga
keltirishda bevosita ta’sir qiluvchi sintaktik omillarni oddiy ta
krorlabgina qolmasdan,
shu bilan birga, ulardan ham muhimroq bo‘lgan stilistik omilga alohida urg‘u beradi va
stilistik omil to‘g‘risida shunday yozadi: “Gapning ajratilgan bo‘laklari muhim uslub
vositalaridan biridir. Murakkab fikrni sodda, ixcham va ta’s
irli ifodalash usullaridan biri
ajratilgan bo‘laklardan foydalanishdir. Shuning uchun ham ajratilgan bo‘lak masalasi
grammatika bilangina emas, uslub, ohang, tinish belgilari masalasi bilan ham bog‘lanadi”
[1, 47-b.].
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2025) / ISSN 2181-3701
5
Ajratilgan bo‘laklar bu o‘z tabiatiga ko‘ra sodda gaplarning tarkibida kelib, uning
strukturasini murakkablashtiruvchi vositalar sifatida namoyon boʻladi.
Er nannte sich Margraf zu Bradenburg und zu Lausitz,
des Heiligen Römischen
Reichs Oberster Kümmerer, Pfalzgraf bei Rhein, Herzog in Bayern
und in Kärnten, Graf zu
Tirol und zu Görz, Vogt der Gotteshäuser Agley, Trient und Bruxen
(3,156).
In der Werkstatt fertigte Anna mit Hilfe der Kinder Geschenkartikel an,
Weinachtskrippen, Rauschgoldenengel, geschnitzte und gebrechselte Puppen,
Kinderspielzeug, Kasperletheater mit Kulissen, Holzteller, kleine Truhen (7,435)
Haqiqatdan ham yuqoridagi misollarda ajratilgan bo‘laklar sodda gap strukturasini
murakkablashtiruvchi vosita sifatida yakka holda yoki kengaygan holda kelishini
kuzatish mumkin. Biroq ularning kengayish darajasini har qanday sodda gap
strukturasining kengayish holatidan ham ustun turishini ushbu misollarda ko‘rish
mumkin. Ajratilgan bo‘laklarga xos bo‘lgan bunday xususiyatlarga tayangan holda, shu
narsani alohida ta’kidlashimiz lozimki,
ajratilgan bo‘laklar faqatgina sodda gaplarning
strukturasini murakkablashtiruvchi vosita sifatidagina emas, balki o‘z
-
o‘zini ham
murakkablashtiruvchi vosita sifatida qo‘llanishi mumkin ekan. Natijada ajratilgan
bo‘laklarning ma’no xususiyatlari ham ma’lum bo‘laklarining, shuningdek, butun sodda
gaplarning ma’no xususiyatlariga qaraganda ustunroq, hal qiluvchi omilga aylanadi.
Bunday strukturaviy kengayishga ega bo‘lgan ajratilgan bo‘laklarning ma’nosi, mazmuni
birinchi darajali, sodda gaplarning mazmuni e
sa ikkinchi darajali bo‘lib qolgandek
tuyuladi. Ajratilgan bo‘laklarga xos bo‘lgan bunday holatni ta’kidlash maqsadida
V.G.
Admoning fikridan kelib chiqib, “Ergash gaplarga xos bo‘lgan grammatik tobelik,
ularning ma’noviy tobeligini bildirmaydi. Aksincha, ergashgan qo‘shma gaplar tarkibida
ergash gaplarning bosh gapga nisbatan bildirib kelayotgan ma’no xususiyatlari asosiy va
yetakchi xarakterga ega bo‘ladi, bunday vaqtlarda bosh gaplar ikkinchi darajali yoki
yordamchi vositalarga aylanib qoladi” [2, 218
-b.], degan fikrni ilgari surishimiz mumkin.
Demak, ma’lum bo‘lakka va ajratilgan bo‘laklarga nisbatan qo‘llanilayotgan sintaktik
birliklarni e’tiborga olgan holda, shuningdek, tilshunos olimlarning ajratish hodisasiga
nisbatan aytgan fikr-
mulohazalarini e’t
iborga olgan holda, ajratish hodisasiga
quyidagicha ta’rif berish mumkin: ajratish hodisasi –
o‘zining nisbiy mustaqil mazmuniga,
semantik vazifasiga, o‘ziga xos ohangiga, to‘xtamiga, shuningdek, mustaqil mantiqiy
urg‘usiga ega bo‘lgan, sodda gaplarning ta
rkibida kelib, ularni murakkab gapga
aylantiruvchi, shu bilan birga o‘z
-
o‘zini murakkablashtiruvchi vosita sifatida
ifodalanuvchi sintaktik konstruksiyalardir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Абдураҳмонов Ғ. Ўзбек тили грамматикаси.
-
Тошкент: “Ўқитувчи”
, 1996. -
247 б.
2.
Адмони В. Г. Cинтаксис современного немецкого языка.
-
Л., 1973.
-
С. 366.
3.
Бегматов М. Тўлдирувчи билан ифодаланган иловали элементларнинг
функциялари. Номзодлик диссертацияси автореферати.
-
Тошкент, 1999.
-
24 б.
4.
Бродович О. И. Обособление компонентов предложений. В кн.: Структурный
синтаксис английского языка.
-
Л., 1972.
-
С. 65
-68.
5.
Зиндер Л.Р., Строева Т.В. Современный немецкий язык.
-
М., 1957.
-240 c.
6.
Савцова М.П. Приложение и его роль в современном немецком языке / М.П.
Савцова. Автореф. дис. … к.ф.н.
-
Киев, 1956.
-
С. 6.
7.
Duden Grammatik der deutschen Gegenwartssprache. -Leipzig, 1995. -703 S.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2025) / ISSN 2181-3701
6
8.
Guliga E.W., Nathanson M.D. Syntax der deutschen Gegenwartssprache. -M.:
Просвещение
, 1966. -226
с
.
9.
Jung W. Grammatik der deutschen Sprache. -Leipzig,
VEB Bibliographisches
Institut,
1967. -475 S.
10.
Paul G. Deutsche Grammatik. Verlag von Max Niemeyer. -Halle A.S. 1916. -S.321.
