The Legacy of Generations: Reflections on Sodirkhon and Aftondil Erkinov's Contributions to Navoi Studies

Abstract

The article analyzes the contributions of Sodirkhon and Aftondil Erkinov to the study of Alisher Navoi's works. Sodirkhon Erkinov was a prominent Navoi scholar of the 20th century, while Aftondil Erkinov focuses on discovering new manuscripts of Navoi's works in international archives.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
HAC
elibrary
doi
 
CC BY f
145-152
29

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Nasirdinova, Y. (2025). The Legacy of Generations: Reflections on Sodirkhon and Aftondil Erkinov’s Contributions to Navoi Studies. Foreign Linguistics and Lingvodidactics, 3(2), 145–152. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/foreign-linguistics/article/view/76184
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The article analyzes the contributions of Sodirkhon and Aftondil Erkinov to the study of Alisher Navoi's works. Sodirkhon Erkinov was a prominent Navoi scholar of the 20th century, while Aftondil Erkinov focuses on discovering new manuscripts of Navoi's works in international archives.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

The Legacy of Generations: Reflections on Sodirkhon and
Aftondil Erkinov's Contributions to Navoi Studies

Yorkinoy NASIRDINOVA

1


Kokand University Andijan Branch

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received December 2024

Received in revised form
10 January 2024
Accepted 25 January 2024
Available online

25 February 2025

The article analyzes the contributions of Sodirkhon and

Aftondil Erkinov to the study of Alisher Navoi's works.
Sodirkhon Erkinov was a prominent Navoi scholar of the 20th

century, while Aftondil Erkinov focuses on discovering new

manuscripts of Navoi's works in international archives.

2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss2

/S

-pp145-152

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

Alisher Navoi,

Navoi studies,

manuscript,

Devon Ak-Koyunlu,

Terma-devon.

Avlodlar dovoni: Sodirxon va Aftondil Erkinovlarning
navoiyshunoslikilmiga qo‘shgan Xhissalari haqida ayrim
mulohazalar

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

Alisher Navoiy,
navoiyshunoslik,

qo‘lyozma,

Oqquyunlilar devoni,

Terma devon.

Ushbu maqolada Alisher Navoiy ijodini tadqiq etishda

Sodirxon va Aftondil Erkinovlarning hissasi tahlil qilinadi.

Sodirxon Erkinov XX asr navoiyshunosligining namoyandasi

bo‘lsa, Aftondil Erkinov Navoiyning xorijdagi ba’zi yangi
qo‘lyozma manbalarini ilmiy muomalaga kiritdi.

1

PhD, Head of the Department of Language Teaching, Kokand University, Andijan Branch.

E-mail: nasirdinovayorkinoy@gmail.com


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue –2 (2025) / ISSN 2181-3701

146

Наследие поколений: некоторые размышления о вкладе
Содирхона и Афтондила Эркиновых в Навоиведение

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Алишер Навои,

навоиведение,

рукопись,

Девон Ак-Коюнлу,

Терма-девон.

В статье анализируется вклад Содирхона и Афтондила

Эркиновых в изучение творчества Алишера Навои.

Содирхон

Эркинов

был

видным

представителем

навоиведения XX века, а Афтондила Эркинов занимался

поиском новых рукописей произведений Навои в

зарубежных фондах.

KIRISH

Alisher Navoiy ijodi nafaqat o‘zbek adabiyoti, balki jahon madaniyatida muhim

o‘rin tutadi. Navoiyshunoslik sohasi shoirning adabiy merosini chuqur o‘rganish va

tadqiq etishga qaratilgan. Ushbu maqolada navoiyshunoslikka salmoqli hissa qo‘shgan

ikki avlod olimlari – Sodirxon va Aftondil Erkinovlarning ilmiy faoliyati tahlil qilinadi.

Tadqiqotning asosiy maqsadi ularning ilmiy yondashuvlari va Navoiyning qo‘lyozma

merosini o‘rganishdagi o‘rnini ochib berishdir.

METODOLOGIYA

Tadqiqotda tarixiy va qiyosiy tahlil usullari qo‘llanildi. Asosiy manbalar sifatida

Erkinovlarning ilmiy ishlari, navoiyshunoslikka oid monografiyalar, ilmiy maqolalar va

qo‘lyozma tadqiqotlaridan foydalanildi. Qo‘lyozmalar lingvistik va stilistik jihatdan

o‘rganilib, ularning Navoiy ijodi bilan bog‘liqligi aniqlashga harakat qilindi.

NATIJALAR

Sodirxon Erkinov XX asr navoiyshunoslik ilmiy an’analarining shakllanishida

muhim rol o‘ynadi. Uning “Farhod va Shirin” dostoni haqidagi qiyosiy tahlillari Sharq

adabiyoti va Navoiy ijodi tadqiqotlariga asos bo‘lib xizmat qildi. Uning ilmiy ishlari

Navoiy asarlarini poetik jihatdan chuqur o‘rganish imkoniyatini yaratdi.

Aftondil Erkinov esa navoiyshunoslikda yangi bosqichiga o‘z hissasini qo‘shdi.

U Navoiyning ilgari o‘rganilmagan qo‘lyozmalarini aniqlab, ilmiy muomalaga kiritdi.

Jumladan, “Oqquyunli muxlislar devoni”, “Sulton Ya’qub saylanmasi” va “Terma devon”

kabi yangi manbalarni kashf etdi. Ushbu natijalar Navoiy ijodining xalqaro ilmiy

hamjamiyatda chuqurroq o‘rganilishiga olib keldi.

MUNOZARA

Alisher Navoiy o‘zining boy adabiy merosi bilan nafaqat o‘zbek, balki jahon

adabiyoti va madaniyatining ham yorqin namoyandasi hisoblanadi. U yaratgan asarlar

har bir avlod uchun o‘ziga xos ma’naviy va ilmiy manba bo‘lib xizmat qiladi.

Navoiyshunoslik ilmiy sohasi esa buyuk shoirning asarlarini o‘rganish, ularni tadqiq etish

va yangi avlodlarga yetkazish vazifasini bajaradi. Ushbu sohada Sodirxon Erkinov

(1930–2009) va Aftondil Erkinovlarning hissasi alohida e’tiborga loyiq bo‘lib, bu ikki

avlod olimlari tomonidan shakllangan ilmiy yo‘nalishlar o‘ziga xoslikka ega.

Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati, filologiya fanlari doktori, professor

Sodirxon Erkinov o‘zbek adabiyoti va Alisher Navoiy ijodining chuqur bilimdoni sifatida

tanilgan. 1930-yil 30-yanvarda Farg‘ona viloyatining Rishton rayonida xizmatchi oilasida

tug‘ilgan Sodirxon Erkinov o‘z umrini ilm-fan, ijod va pedagogik faoliyatga bag‘ishladi.

Uning hayot yo‘li va ilmiy ishlari o‘zbek adabiyoti tarixidagi muhim sahifalardan biridir.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue –2 (2025) / ISSN 2181-3701

147

Sodirxon Erkinovning bolalik yillari Ikkinchi Jahon urushi davriga to‘g‘ri kelgan.

U o‘sha davrda pochtachilik qilib, frontdan kelgan xatlar orqali urushning og‘ir nafasini
his qilgan. Maktabni tamomlagach, u Farg‘ona davlat pedagogika institutining til va
adabiyot fakultetiga o‘qishga kirdi. Talabalik yillarida u G‘afur G‘ulom, Shuhrat, Hamid
G‘ulom kabi taniqli shoir va yozuvchilarning uchrashuvlaridan ilhomlandi va she‘r
yozishga ishtiyoqi yanada oshdi.

1952-yilda Farg‘ona davlat pedagogika institutini tamomlagan Sodirxon Erkinov

Qo‘qon pedagogika institutida ilmiy-pedagogik faoliyatini boshladi. 1953–1956-yillarda
Moskva davlat universitetida aspirantura o‘qishini o‘taganidan so‘ng, 1958-yilda “Lutfiy
va uning “Gul va Navro‘z” dostoni” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. Bu
ilmiy ish unga o‘zbek va tojik adabiyoti bo‘yicha chuqur tadqiqot olib borish imkonini
berdi. Himoyadan so‘ng Qo‘qonda ilmiy-pedagogik faoliyatini davom ettirgan yosh olim,
Aziz Qayumovning tashabbusi bilan tashkil etilgan “Qo‘qon adabiyot muzeyi”ga mudir
etib tayinlanadi. Farg‘ona vodiysi ijodkorlari va ilm ahli uchun sevimli maskanga
aylangan bu markazda adabiy uchrashuvlar va ahamiyatli tadbirlarni uyushtirishga
boshchilik qildi.

Sodirxon Erkinov XX asr navoiyshunosligi an’analari asoschilaridan biri

hisoblanadi. 1971-yilda “Fan” nashriyotida uning “Navoiy “Farhod va Shirin”i va uning
qiyosiy tahlili” nomli tadqiqoti chop etildi. 1974-yilda esa “Alisher Navoiyning “Farhod va
Shirin” dostoni va uni qiyosiy o‘rganishning ba‘zi masalalari” mavzusida doktorlik
dissertatsiyasini himoya qildi. Ushbu tadqiqot Sharq adabiyoti mutaxassislari tomonidan
yuqori baholandi.

Sodirxon Erkinov Sharqda xamsachilik an’analarini, “Farhod va Shirin” qissasining

turli adabiyotlardagi o‘rnini chuqur tadqiq etib, bu mavzudagi ilmiy ishlari orqali
navoiyshunoslikka salmoqli hissa qo‘shdi. “Asrlar osha mushoira” (1977) va “Sharq
adabiyotida Farhod qissasi” (1985) kitoblari Navoiy ijodining o‘ziga xos jihatlarini
yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Sodirxon Erkinov O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida ko‘p

yillar davomida faoliyat yuritdi. 1976-1986-yillarda institutning matnshunoslik bo‘limi
mudiri bo‘lib ishlagan davrida Hamza Hakimzoda Niyoziy va Hamid Olimjonning
asarlarini nashrga tayyorlashga rahbarlik qildi. Bundan tashqari, u besh tomlik “O‘zbek
adabiyoti tarixi” va rus tilidagi ikki tomlik “O‘zbek adabiyoti tarixi” kitoblarini
tayyorlashda muhim rol o‘ynadi.

Fidoyi ustoz sifatida Sodirxon Erkinov ko‘plab doktorlik va nomzodlik

dissertatsiyalariga rahbarlik qildi, yosh olimlarga ilmiy yo‘l ko‘rsatdi. O‘zbekiston Fanlar
akademiyasi huzuridagi doktorlik dissertatsiyalari himoyasi bo‘yicha ilmiy Kengash
a‘zosi sifatida uzoq yillar faoliyat olib bordi.

Sodirxon Erkinov o‘z ilmiy va ijodiy faoliyatini oila davrasida davom ettirdi.

U turmush o‘rtog‘i Latofatxon aya bilan to‘rt farzandni voyaga yetkazdi. Farzandlaridan
Aftondil Erkinov uning ilmiy yo‘lini davom ettirdi.

Filologiya fanlari doktori, Aftondil Erkinov (1964 yil, Toshkent) Alisher Navoiy

ijodini

tadqiq

qilishda

yangi

bosqichni

boshlab

berdi.

Adabiyotshunos

1981–1986-yillarda Toshkent davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetida
tahsil oldi. 1987-yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qo‘lyozmalar institutida stajyor-
tadqiqotchi sifatida faoliyat boshladi. 1988-2008-yillar davomida O‘zbekiston milliy
universitetida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi va dotsent lavozimlarida ishladi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue –2 (2025) / ISSN 2181-3701

148

Aftondil Erkinov 1990-yilda “Alisher Navoiyning peyzaj yaratish mahorati (“Saddi

Iskandariy” dostoni misolida)” mavzusida nomzodlik, 1998-yilda esa “Alisher Navoiy
“Xamsa”si talqinining XV–XX asr manbalari” mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini
himoya qilgan.

Alisher Navoiy ijodi bilan bog‘liq qo‘lyozma manbalarini aniqlash va ilmiy

muomalaga kiritish orqali Aftondil Erkinov navoiyshunoslik ilmiga hissa qo‘shdi. Uning
tadqiqotlari doirasida Navoiy hayotligi davrida tuzilgan yoki ko‘chirilgan bir qator
qo‘lyozmalar aniqlangan va ilmiy jamoatchilikka taqdim etilgan. Jumladan, 2010-yilda
Aftondil Erkinov Navoiy ijodi ixlosmandlari tomonidan 1471-yilda tartib berilgan yangi
qo‘lyozma devonni aniqlab, uni “Oqquyunli muxlislar devoni” deb nomlagan.

Alisher Navoiyning “Oqquyunlilar davri qo‘lyozmasi”ning kashf etilishi, o‘zbek

mumtoz adabiyoti tarixida muhim voqea bo‘ldi. Ushbu qo‘lyozma 1471-yilda Abdurahim
Xorazmiy tomonidan ko‘chirilgan bo‘lib, unda Navoiyning 229 she’ri jamlangan. Ulardan
224 tasi g‘azal, bir mustazod, uch muxammas va bir tarje’banddan iboratdir.

Qo‘lyozmaning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri uning tilidir. Unda o‘zbek tili bilan

birga o‘g‘uz turkchasi elementlari uchraydi. Masalan, “quyosh” o‘rniga “gunash”, “o‘lmas”
o‘rniga “o‘lmaz”, “ko‘p” o‘rniga “cho‘x” kabi so‘zlar ishlatilgan. Bunday o‘zgarishlar
qo‘lyozmaning Oqquyunlilar davlatidagi kitobxonlarga moslashtirilganidan darak beradi.

Manbaning muhim jihatlaridan biri shundaki, unda Navoiyning hozirgi nashrlarda

uchramaydigan yangi she’rlari topilgan. Misol uchun, g‘azallardan biri “Mehr cho‘x
ko‘rsatdim, ammo mehribone dopmadim” misrasi bilan boshlanadi. Bu yangi topilgan
matnlar, Navoiyning ijodiy evolyutsiyasini yanada chuqurroq o‘rganishga imkon beradi.

Navoiyning she’riyati Oqquyunlilar saroyida katta e’tiborga ega bo‘lgan. Saroyda

uning g‘azallari nafaqat turkiy xalqlar orasida, balki Sheroz va Tabriz kabi hududlarda
ham mashhur edi. Bu esa Navoiyning ijodi chegaralarni oshib, xalqaro miqyosda
qadrlanganidan dalolat beradi.

Mazkur qo‘lyozma Navoiyning “Ilk devon”idan keyin tuzilgan bo‘lib, uning

ijodining 1466–1471 yillari oralig‘idagi davrini qamrab oladi. Qo‘lyozmadagi ko‘pgina
g‘azallar Navoiyning keyinchalik tuzilgan “Badoyi’ ul-bidoya” va “Xazoyin ul-maoniy” kabi
devonlariga ham kiritilgan.

Yangi qo‘lyozmaning topilishi nafaqat Navoiyning ijodini o‘rganishda yangi

ufqlarni ochadi, balki o‘zbek mumtoz adabiyotining boyligini va xalqaro madaniyat bilan
bog‘liqligini ham isbotlaydi. Bu kashfiyot Navoiyning ijodini o‘rganishdagi besh bosqichli
yangi metodologiyani shakllantirish imkonini berdi.

Shuningdek, Aftondil Erkinov 2018-yilda “Badoe’ ul-bidoya”ning ikki nusxasini

Tehron va Istanbulda topdi, ular bo‘yicha yangi ilmiy natijalar e‘lon qildi va ilmiy
muomalaga kiritdi. Mazkur toʻplam navoiyshunoslikka shartli tarzda “Sulton Yaʼqub
saylanmasi” nomi bilan kirilgan.

Alisher Navoiyning ijodi va uning Oqquyunlilar davridagi tarixi haqida ma’lumotlar

“Sulton Ya’qub saylanmasi” qo‘lyozmasi kashf etilishi bilan yangi qirralar kasb etdi.
Ushbu qo‘lyozma 1481-yilda Oqquyunlilar hukmdori Sulton Ya’qub buyurtmasi bilan
ko‘chirilgan va shoir ijodining XV asrdagi nufuzini yana bir bor tasdiqlaydi. Qo‘lyozma
Abdurahim Xorazmiy tomonidan yozilgan bo‘lib, u Navoiyning mashhur muxlislaridan
biri bo‘lgan va o‘z asarlarini “Ya’qubiy” taxallusi ostida ko‘chirish bilan hukmdoriga
sadoqatini ifodalagan.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue –2 (2025) / ISSN 2181-3701

149

Mazkur qo‘lyozmada Navoiyning bir nechta g‘azali jamlangan bo‘lib, ular o‘sha

davrda hukmdorlar va saroy a’zolari orasida mashhur bo‘lgan she’rlarni o‘z ichiga olgan.
E’tiborlisi, qo‘lyozmadagi til o‘zbekcha va o‘g‘uz turkchasi aralashmasidan iborat.
Masalan, bo’lurmen so‘zi o‘luram, yanglig‘ so‘zi nisbat kabi o‘zgartirilgan. Bu, ehtimol,
Oqquyunlilar davlati madaniy muhitiga moslashish uchun qilingan bo‘lishi mumkin.

Sulton Ya’qub saylanmasining kashf etilishi Navoiyning Sheroz va Tabrizdagi

obro‘sini tasdiqlaydi. Shoirning o‘zi ham she’rlarida ushbu hududlarga alohida e’tibor
qaratib, u yerdagi kitobxonlar orasida asarlari keng tarqalganini faxr bilan qayd etgan:

Olibmen tahti farmonimg‘a oson,
Cherik chekmay Xitodin to Xuroson.
Xuroson demakim, Sherozu Tabriz,
Ki, qilmishdur nayi kilkim shakarrez.


“Sulton Ya’qub saylanmasi”da bu kabi mashhur g‘azallar bilan bir qatorda, o‘sha

davrda alohida e’tibor qaratilgan shohbaytlar ham kiritilgan. Afsuski, ushbu
qo‘lyozmaning faqat bir nechta sahifasi bizga yetib kelgan. Qo‘lyozmaning ko‘p qismi
xorijdagi shaxsiy kolleksiyalarda saqlanayotgani bois, to‘liq tarkibi haqida aniq
ma’lumotlar mavjud emas.

2024-yilda Aftondil Erkinov Navoiy asarlarining yangi terma devonini aniqlab,

“Alisher Navoiy. Terma devon (1501-yil, may). Tadqiqot va matn” nomi bilan kitob
shaklida chop etdi.

Alisher Navoiyning 1501-yilda tuzilgan “Terma devon”i o‘z davrida shoir ijodiga

bo‘lgan ixlosning yorqin ifodasi bo‘lib, u Navoiyning tirikligida va undan keyin ham katta
e’tiborga sazovor bo‘lganining yaqqol dalilidir. Bu devon shoir vafotidan to‘rt oy o‘tib,
may oyida ko‘chirilgan bo‘lib, unda 127 g‘azal va 3 ruboiy o‘rin olgan. Qo‘lyozmaning o‘zi
kichik hajmda – 43 varaq, har sahifada 11 qatordan iborat va ikki ustunda chiroyli zarhal
ramka bilan bezatilgan.

Mazkur devon Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” to‘plamidan tanlab olingan

she’rlarni o‘z ichiga oladi. She’rlar asosan “G‘aroyib us-sig‘ar”, “Navodir ush-shabob” va
“Badoye’ ul-vasat”dan tanlab olingan bo‘lib, “Favoyid ul-kibar”dan she’r kiritilmagani
g‘alati tuyuladi va izlanishni talab qiladi. Devon tarkibidagi ba’zi g‘azallar qisqartirilgan:
7-9 baytdan iborat g‘azallar qisqartirilib, 5-7 bayt shaklida berilgan. Bu jarayon o‘sha
davrdagi Oqquyunlilar madaniy muhitida keng tarqalgan she’rlarni qisqartirib nashr
etish usuliga mos keladi.

“Terma devon” o‘z davrida faqat Navoiy ijodining e’tiborli ekanligini ko‘rsatibgina

qolmay, shoirning she’rlarining keng geografik hududlarda – Oqquyunlilar davlatidan to
Eron kutubxonalarigacha – tarqalganidan dalolat beradi. Qo‘lyozmada shoirning mashhur
baytlari ham o‘rin olgan, masalan:

Ey, safhai ruxsoring azal xattidin insho,
Debochayi husnungda abad nuqtasi tug‘ro.

Bu she’r Navoiy devonlari orasida ko‘p uchrab, uning she’riyatining

mukammalligini namoyish etadi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue –2 (2025) / ISSN 2181-3701

150

Qo‘lyozmaning boshqa diqqatga sazovor jihati uning 1501-yilda – Oqquyunlilar

saltanati o‘z nihoyasiga yetgan davrda yaratilganligidir. Uning mazmunidagi ayrim
elementlar o‘sha davr madaniyati va san’atidan ilhomlanganini ko‘rish mumkin. Ayni
vaqtda qo‘lyozma bezaklari haqida olib borilgan tahlillar uni Sheroz yoki Tabrizdagi
madaniy muhit bilan bog‘lash imkoniyatini beradi.

Aftondil Erkinov xalqaro ilmiy hamjamiyatlarda faol ishtirok etib, ingliz, fransuz va

nemis tillarida ko‘plab maqolalar chop etgan. Professor ushbu tadqiqotlar va
kashfiyotlarning muhim ishtirokchisi sifatida navoiyshunoslikni xalqaro miqyosda
rivojlantirishda katta hissasi bilan ajralib turadi. U Yevropa va Osiyo davlatlarining
yetakchi ilmiy markazlarida tadqiqot olib borgan. Parijdagi Insonshunoslik tadqiqotlari
fondidan tortib, Tokiodagi Osiyo va Afrika tillari va madaniyatlari institutigacha bo‘lgan
ko‘plab tashkilotlarda ishlagan va ma’ruzalar qilgan. Uning ishlarida Alisher Navoiy
ijodining qo‘lyozma nusxalarini o‘rganish, turli davrlarda tuzilgan majmualar va
qo‘lyozmalarning badiiy xususiyatlari chuqur tahlil qilingan.

Erkinovning xalqaro loyihalardagi faoliyati ham e’tiborga molik. U Yevropaning

yetakchi ilmiy markazlari va kutubxonalarida qo‘lyozma merosi bo‘yicha tadqiqotlarni
olib borib, ko‘plab qo‘lyozmalarning ilmiy muomalaga kiritilishiga hissa qo‘shdi.
Jumladan, u Britaniya kutubxonasi, Fransiya ilmiy tadqiqotlar markazi, Germaniya
akademik almashinuv xizmati (DAAD) va boshqa ko‘plab tashkilotlarda ishtirok etib,
xalqaro ilmiy hamjamiyatda yuqori e’tibor qozongan.

Erkinovning tadqiqotlari O‘rta Osiyo va Eron qo‘lyozmalarini o‘rganishdan tortib,

Oqquyunlilar va Qoraqo‘yunlilar davrida yaratilgan madaniy merosni yoritishga
qaratilgan. Ayniqsa, Alisher Navoiy ijodining Oqquyunli muhitida qadrlangani va shoir
asarlari atrofida shakllangan adabiy muhitni tahlil qilishi bu sohada yangi istiqbollarni
ochib berdi.

Aftondil Erkinovning ilmiy faoliyati o‘zbek mumtoz adabiyotini chuqur tadqiq

etish, qo‘lyozma manbalarni aniqlash va ilmiy muomalaga kiritish orqali boy madaniy
merosimizni dunyoga tanitishda muhim o‘rin tutadi. Uning Alisher Navoiy ijodiga
bag‘ishlangan ishlari nafaqat Navoiyshunoslik, balki xalqaro sharqshunoslik
tadqiqotlarida ham katta ahamiyat kasb etadi. Professor Aftondil Erkinovning ilmiy
merosi kelgusi avlod olimlari uchun ham qimmatli ilmiy manba bo‘lib qoladi.

Yuqoridagi ilmiy manbalardan olingan ma’lumotga ko‘ra Sodirxon Erkinov va

Aftondil Erkinovlarning o‘zbek adabiyotshunosligi, xususan, navoiyshunoslik sohasida
ilmiy faoliyati va yondashuvlarini quyidagicha qiyoslash mumkin:

Qiyosiy jihatlar

Sodirxon Erkinov

Aftondil Erkinov

Tug‘ilgan yili va

joyi

1930-yil, Rishton

1964-yil, Toshkent

Ilmiy yo‘nalish

O‘zbek mumtoz adabiyoti, xususan,

Alisher Navoiy ijodining qiyosiy tahlili
va sharq xamsachilik an’analari

Alisher Navoiy qo‘lyozmalarini topish va

ilmiy muomalaga kiritish, XV–XX asr
navoiyshunoslik talqinlari

Dastlabki

dissertatsiya

“Lutfiy va uning “Gul va Navro‘z”

dostoni” (1958)

“Alisher Navoiyning peyzaj yaratish

mahorati” (1990)

Doktorlik

dissertatsiyasi

“Alisher Navoiyning “Farhod va

Shirin” dostoni va uning qiyosiy
o‘rganishning ba’zi masalalari” (1974)

“Alisher Navoiy “Xamsa”si talqinining

XV–XX asr manbalari” (1998)


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue –2 (2025) / ISSN 2181-3701

151

Qiyosiy jihatlar

Sodirxon Erkinov

Aftondil Erkinov

Ilmiy yutuqlari

– “Farhod va Shirin” dostoni qiyosiy

tahlili.

– Navoiyshunoslikda

Sharq

xamsachilik an’analarini o‘rganish.

– “Asrlar osha mushoira” va “Sharq

adabiyotida Farhod qissasi” kabi asarlar.

– O‘zbek adabiyoti tarixini yaratishda

muhim rol.

– Navoiy qo‘lyozma manbalarini aniqlash

va ilmiy muomalaga kiritish.

– “Oqquyunli muxlislar devoni”, “Sulton

Ya’qub saylanmasi” va “Terma devon”ni

kashf qilish.

– Navoiy

asarlarining

xalqaro

miqyosdagi tadqiqotlarini rivojlantirish.

Tadqiqot

yo‘nalishlari

O‘zbek va tojik adabiyotlaridagi

poetik an’analarning uyg‘unligi va ta’siri

Qo‘lyozmalarni

o‘rganish

va

navoiyshunoslik

sohasida

yangi

materiallarni kashf etish

Xalqaro ilmiy

faoliyat

Asosan mahalliy ilmiy maktabni

rivojlantirish bilan shug‘ullangan

Germaniya, Fransiya, Yaponiya, AQSh va

boshqa davlatlarda xalqaro tadqiqot

loyihalarida ishtirok etgan

Shaxsiy hissa

Navoiyshunoslikni metodologik va

mavzuli jihatdan boyitgan.

Navoiy asarlari qo‘lyozmalari va ularning

til xususiyatlarini xalqaro miqyosda tadqiq

etgan.

Asarlarining

muhimligi

Navoiyshunoslikning klassik qiyosiy

yondashuvlariga asoslangan.

Navoiy

qo‘lyozmalarining

nodirlik

jihatidan qiymatini ochib bergan.

Ilmiy meros

O‘zbek adabiyoti tarixining muhim

jihatlarini

yorituvchi

asarlar

va

tadqiqotlar.

Navoiyshunoslikni xalqaro miqyosga olib

chiqqan va yangi qo‘lyozma manbalarni

ilmiy muomalaga kiritgan.

Sodirxon va Aftondil Erkinovlar o‘zbek adabiyoti va navoiyshunoslik sohasida bir-

birini to‘ldiruvchi va boyituvchi ulkan hissa qo‘shgan ikki avlod olimlaridir. Ularning

ilmiy faoliyati, maqsadlari va yondashuvlari bir xil merosni o‘rganishga qaratilgan bo‘lsa-

da, zamonaviy va tarixiy usullarning uyg‘unligini ko‘rsatadi.

Sodirxon Erkinov Navoiy ijodini qiyosiy tahlil qilishda klassik yo`ldan bordi. U Sharq

xamsachilik an’analarini chuqur o‘rganib, “Farhod va Shirin” dostoni va boshqa asarlarning

adabiy merosdagi o‘rnini ko‘rsatdi. Uning tadqiqotlari, asosan, Navoiy ijodining poetik

jihatlarini o‘rganishga va ularni boshqa adabiyotlar bilan qiyoslashga qaratilgan bo‘lib,

Navoiy asarlarini o‘z davrida o‘rganish uchun ilmiy asos yaratdi. Sodirxon Erkinov o‘z

faoliyati davomida ilmiy maktabni shakllantirib, ko‘plab yosh olimlarni yetishtirdi va milliy

adabiyotshunoslikning nazariy poydevorini mustahkamladi.

Aftondil Erkinov ushbu ilmiy maktabni xalqaro maydonga olib chiqib, Navoiy

ijodini qo‘lyozma manbalar orqali chuqurroq o‘rganishga katta e’tibor qaratdi. U Navoiy

hayotida va undan keyin tuzilgan qo‘lyozmalarni aniqlab, ilmiy muomalaga kiritish orqali

navoiyshunoslikni yangi bosqichga olib chiqdi.

Otasining munosib ilmiy merosxo‘ri sifatida Aftondil Erkinov tadqiqotlarini faqat

Navoiy ijodining poetik jihatlari bilan cheklanmay, uning tarixiy, lingvistik va madaniy

kontekstlariga ham ahamiyat berdi. U Navoiy asarlarini xalqaro miqyosda o‘rganish

imkonini yaratdi. Uning kashfiyotlari, masalan, “Oqquyunli muxlislar devoni” va “Terma

devon”, Navoiy asarlarini o‘rganishda yangi yo‘nalishlarni belgilab berdi.

Sodirxon Erkinov va Aftondil Erkinovlarning ilmiy ishlari uzviy bog‘liq. Birinchi

avlod asos solgan ilmiy yondashuv, ikkinchi avlod tomonidan kengaytirilib, zamonaviy

usullar va xalqaro maydondagi tadqiqotlar bilan boyitildi. Ularning har biri o‘z davrining

ehtiyoj va imkoniyatlaridan kelib chiqib, Navoiy ijodini yangi qirralarda ochib berdi. Bu

ikki avlodning hissasi, shubhasiz, o‘zbek adabiyoti va ilm-fan rivojida chuqur iz qoldirgan.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue –2 (2025) / ISSN 2181-3701

152

XULOSA

Erkinovlarning ilmiy faoliyati navoiyshunoslikning rivojlanishida uzviy bog‘liq

jarayondir. Sodirxon Erkinovning klassik qiyosiy yondashuvi navoiyshunoslikni nazariy
jihatdan mustahkamlasa, Aftondil Erkinov esa qo‘lyozma manbalar asosida yangi ilmiy
yo‘nalishlarni ochib berdi.

Ularning tadqiqotlari nafaqat Navoiy ijodining poetik va stilistik jihatlarini yoritib

bergan, balki qo‘lyozmalarning tarixiy va madaniy kontekstdagi o‘rnini ham aniqlashga
xizmat qilgan. Shuningdek, Aftondil Erkinovning xalqaro ilmiy aloqalari O‘zbekistondagi
navoiyshunoslik maktabining jahon miqyosida tanilishiga yordam berdi. Kelajakda ushbu
tadqiqotlarni davom ettirish, yangi qo‘lyozma manbalarni aniqlash va xalqaro miqyosda
Navoiy ijodini tadqiq qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Эркинов Содир. Навоий «Фарҳод ва Ширин»и ва унинг қиёсий таҳлили

(Масъул муҳаррир С.Ғаниева). Т., «Фан», 1971.–276 бет.

2.

Эркинов С. 1986. “Хамса” анъаналари // Алишер Навоий “Хамса”си.

Тадқиқотлар // Тошкент, Фан.

3.

Эркинов А. Навоий – пейзаж устаси (Масъул муҳаррир А. Қаюмов) – Т.: Фан,

1988. – 64 б.

4.

Эркинов А. Алишер Навоий “Хамса”си талқинининг XV-XX аср манбалари.

Филология фанлари доктори... диссертацияси. – Т.: 1998. – 282 б.; Эркинов. Алишер
Навоий «Хамса»си талқини манбалари (ХV-ХХ аср боши). – Тошкент: «Тамаддун»,
2018. – 303 б.

5.

Aftondil Erkinov. “Jahonda yagona qo‘lyozma”. // O‘zbekiston adabiyoti va

san’ati. 2012 yil, 17 fevral.

6.

O‘zbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi.

7.

https://taniqliolimlar.uz/scientist.php?id=254

8.

Aftondil Erkinov, Rustam Jabborov, «Sulton Ya’qub saylanmasi»

9.

https://malumot.ru/sulton-ya%CA%BCqub-saylanmasi/

10.

Aftondil ERKINOV, Navoiyning “Terma devon”i “Jadid” gazetasi, – 2024-yil 9-

fevral, 7-son. https://iiau.uz/oz/news/2944

References

Эркинов Содир. Навоий «Фарҳод ва Ширин»и ва унинг қиёсий таҳлили (Масъул муҳаррир С.Ғаниева). Т., «Фан», 1971.–276 бет.

Эркинов С. 1986. “Хамса” анъаналари//Алишер Навоий “Хамса”си. Тадқиқотлар // Тошкент, Фан.

Эркинов А. Навоий – пейзаж устаси (Масъул муҳаррир А. Қаюмов) – Т.: Фан, 1988. ¬– 64 б.

Эркинов А.. Алишер Навоий “Хамса”си талқинининг XV-XX аср манбалари. Филология фанлари доктори... диссертацияси. – Т.: 1998. – 282 б.; Эркинов. Алишер Навоий «Хамса»си талқини манбалари (ХV-ХХ аср боши). – Тошкент: «Тамаддун», 2018. – 303 б.

Aftondil Erkinov. “Jahonda yagona qo‘lyozma”. // O‘zbekiston adabiyoti va san’ati. 2012 yil, 17 fevral.

O‘zbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi.

https://taniqliolimlar.uz/scientist.php?id=254

Aftondil Erkinov, Rustam Jabborov, «Sulton Ya’qub saylanmasi»

https://malumot.ru/sulton-ya%CA%BCqub-saylanmasi/

Aftondil ERKINOV, Navoiyning “Terma devon”i “Jadid” gazetasi, – 2024-yil 9-fevral, 7-son. https://iiau.uz/oz/news/2944