Авторы

  • Ёркиной Насирдинова
    PhD, Заведующий Кафедрой преподавания языков, Кокандский университет, Андижанский филиал

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.79915

Ключевые слова:

Марк Тутан Un empire de mots Алишер Навои Хамса подражание аккультурация меценатство эпоха Тимуридов

Аннотация

В статье представлен научно-литературный анализ работы французского востоковеда Марка Тутана «Un empire de mots». Исследование рассматривает произведение Алишера Навои «Хамса» как источник, отражающий исторические, политические, социальные и культурные реалии эпохи Тимуридов XV века. Методологические аспекты работы анализируются на основе понятий подражания, аккультурации и меценатства, раскрывается культурно-политическое значение произведений Навои.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Scientific and literary analysis of the monograph "Un
empire de mots" by French orientalist Marc Toutant

Yorkinoy NASIRDINOVA

1


Kokand University, Andijan Branch

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received January 2025

Received in revised form

15

January 2025

Accepted 25

February 2025

Available online

15

March 2025

This article provides a scientific and literary analysis of the

work "Un empire de mots" by French orientalist Mark Toutant.
The study examines Alisher Navoi's "Khamsa" as a source

reflecting the historical, political, social, and cultural realities of

the Timurid era in the 15th century. Methodological aspects of

the work are explored based on concepts of imitation,
acculturation, and patronage, revealing the cultural-political

significance of Navoi's works.

2181-3663/© 2024 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss1-pp20-28

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

Mark Toutant,

Un empire de mots,

Alisher Navoi,

Khamsa,

imitation,

acculturation,

patronage,

Timurid era.

Fransuz sharqshunosi Mark Toutantning Un empire de
motsmonografiyasining ilmiy-adabiy tahlili

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

Mark Toutant,

Un empire de mots,

Alisher Navoiy,

Xamsa,

taqlid,

akkulturatsiya,
metsenatlikhomiylik,
Temuriylar davri.

Ushbu maqolada fransuz sharqshunosi Mark Toutantning

Un empire de mots asari ilmiy-adabiy jihatdan tahlil qilinadi.
Tadqiqotda Alisher Navoiyning Xamsa asari XV asr Temuriylar

davrining tarixiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy voqeliklarini aks

ettiruvchi manba sifatida qaraladi. Taqlid, akkulturatsiya va

homiylik tushunchalari asosida asarning metodologik

xususiyatlari o‘rganiladi hamda Navoiy asarlarining madaniy-
siyosiy ahamiyati ochib beriladi.

1

PhD, Head of the Department of Language Teaching, Kokand University, Andijan Branch.

E-mail: nasirdinovayorkinoy@gmal.com


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 2 (2025) / ISSN 2181-3701

21

Научно-литературный анализ монографии французского

востоковеда Марка Тутана «Un empire de mots»

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Марк Тутан,

Un empire de mots,

Алишер Навои,

Хамса,

подражание,
аккультурация,
меценатство,

эпоха Тимуридов.

В статье представлен научно-литературный анализ

работы французского востоковеда Марка Тутана «Un empire

de mots». Исследование рассматривает произведение

Алишера Навои «Хамса» как источник, отражающий
исторические, политические, социальные и культурные

реалии эпохи Тимуридов XV века. Методологические

аспекты работы анализируются на основе понятий
подражания, аккультурации и меценатства, раскрывается
культурно-политическое значение произведений Навои.


KIRISH

Fransuz sharqshunos olimi Mark Toutantning Un empire de mots (So‘zlar saltanati)

[1] kitobi Alisher Navoiyning hayoti va ijodini, ayniqsa uning mashhur Xamsa asarini
Gʻarb ilmiy qarashlari asosida tadqiq etadi. Bu kitob Navoiy ijodini faqat badiiy asar deb
emas, balki oʻsha davr tarixiy sharoitlarini tushunishga yordam beradigan hujjat sifatida
oʻrganadi.

Muallif Navoiyning she’rlarini tarixiy voqealar va jamiyat hayotiga oid qimmatli

manba sifatida koʻrishni taklif qiladi. Shuningdek, Toutant ayrim Sharqshunoslarning
Navoiyga faqatgina boshqa shoirlarni taqlid qiluvchi sifatida qarashlarini hamda Sovet
davridagi siyosiy yondashuvlarni tanqidiy qayta baholaydi.

U Xamsa asarini faqatgina adabiy matn sifatida emas, balki oʻsha davrdagi

madaniyat va ilmiy jarayonlarning aks ettirilishi sifatida tahlil qiladi. Toutant fikricha,
Navoiy ijodi Temuriylar davridagi madaniy uygʻonish jarayonini oʻzida
mujassamlashtirgan. Shu sababli, Navoiy asarlarini tarixiy sharoit va madaniy muhit
doirasida oʻrganish kerak, deb hisoblaydi.

Ushbu maqolada kitobning aynan shu g‘oyalarni ochib beruvchi O‘z davrining

in’ikosi nomli kirish qismi tahlil qilingan.

METODLAR VA ADABIYOTLAR SHARHI

Maqola Mark Toutant tomonidan qo‘llangan metodologiyani tahlil qilib, adabiy

asarni tarixiy manba sifatida ko‘rishning ilmiy asoslariga e’tibor qaratadi. Xususan,
tadqiqotda qo‘llanilgan akkulturatsiya (madaniy moslashuv va singishuv), tazkira (ijodiy
taqlid) va homiylik (metsenatlik) tushunchalarining adabiy matnni tarixiy kontekstda
tahlil qilishdagi ahamiyati aniqlanadi.

Maqola asosida fransuz tilidan tarjima qilingan matnlar, tarixiy manbalar va

zamonaviy adabiyotshunoslik nazariyasi yotadi.

NATIJALAR

Toutant ilmiy tadqiqotida quyidagi xulosalarni keltiradi:
1.

Tarixiy kontekst: Navoiyning

Xamsa

asari Temuriylar davridagi siyosiy

parokandalik fonida yaratilgan bo‘lib, unda saroy madaniyatining yuksalish jarayoni aks
etadi. Husayn Boyqaro davrida Hirot “Xurosonning Florensiyasi” sifatida yuksalgan. [2]

2.

Estetik yondashuv: Navoiy fors adabiyoti an’analarini ijodiy tarzda o‘zlashtiradi.

U an’anaviy obraz va syujetlarni chig‘atoy tilida qayta talqin qilib, badiiy tilni yangi
bosqichga olib chiqadi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 2 (2025) / ISSN 2181-3701

22

3.

Tazkira va akkulturatsiya: Asarda taqlid ko‘r-ko‘rona emas, balki ijodiy qayta

ishlangan uslubda namoyon bo‘ladi. Temuriylar forsiy madaniyatni singdirar ekan, o‘z
turkiy o‘zligini ham asarda saqlab qolgan.

4.

Homiylik tizimi: Madaniyat yuksalishi siyosiy homiylik bilan bog‘liq. Navoiyning

o‘zi ham yirik homiy sifatida ilm, san’at va adabiyot rivojiga hissa qo‘shgan.

MUHOKAMA
Bo‘limning asosiy g‘oyalari

Un empire de mots

kitobining Introduction. Le reflet de son époque (O‘z davrining

in’ikosi) nomli kirish qismida asarning asosiy nazariy yondashuvi bayon etiladi. Muallif
fikricha, Alisher Navoiyning

Xamsa

asari o‘z davrining oynasi yoki aksidir – ya’ni, bu poetik

to‘plam orqali XV asr oxiridagi Temuriylar saroyining mafkura va intilishlarini eshitish va
ko‘rish mumkin. [1;17] Toutant tarixchi Jak Le Goffning “hujjatni aslida tarixchi yaratadi”
[3] degan g‘oyasiga tayangan holda, Navoiyning poetik matnlariga tarixiy hujjat maqomini
beradi. Kirish qismida ta’kidlanishicha, Navoiyning besh dostonidan iborat

Xamsa

asarini

oddiy badiiy matn sifatida o‘qish bilan cheklanmasdan, uning satrlaridagi ramz va
metaforalardan tashqariga nazar tashlab, o‘sha davr sivilizatsiyasiga oid “faktlar”ni
aniqlash mumkin. Shunday noan’anaviy yondashuv orqali adabiy asar “tirik tarix” sifatida
talqin qilinadi:

Xamsa

satrlari zamirida sohibqiron Temur avlodlari hukmronlik qilgan bir

davrning orzu-umidlari, madaniy ambitsiyalari hamda tanazzulga yuz tutayotgan
imperiyaning oxirgi onlari aks etadi. Muallif ushbu asarni “davr hujjati” sifatida oʻrganar
ekan, adabiyotning tarixiy jarayonlar bilan uzviy aloqada ekanini, ayniqsa, Navoiyning

Xamsa

si misolida yaqqol namoyon bo‘lishini isbotlashga intiladi.

Tarixiy, siyosiy va madaniy kontekstda asarning o‘rni

Navoiyning ijodi, xususan

Xamsa

, XV asr ikkinchi yarmidagi Tarixiy, siyosiy va

madaniy vaziyat bilan chambarchas bog‘liq. Temuriylar sulolasining “so‘nggi Temuriylar”
deb ataluvchi davri (Abu Said (1451–1469)dan keyingi avlod) Markaziy Osiyoda
markazlashgan imperiya inqirozga yuz tutgan, mahalliy urf-odatlar forsiy islomiy
an’analarga singishgan murakkab bir muhit edi. [3] Amir Temur saltanati asos solgan keng
hududlar endilikda parokanda kichik xonliklarga bo‘linib borar, Xuroson va
Movarounnahrda mahalliy hukmdorlar mustaqillikka intilar edi. 1447-yilda Shohrux
mirzo vafotidan so‘ng, imperiya siyosiy beqarorlikka yuz tutdi, xususan, yosh Alisher
Navoiy oilasi bilan Hirotdan qochishga majbur bo‘lib, faqat 1469-yilda Husayn Boyqaro
hokimiyatga kelgachgina poytaxt Hirotga qaytib kelganligi tarixdan ma’lum. Ana shu
siyosiy o‘zgarishlar fonida

Xamsa

yaratilgan davr (1460–1480-yillar) Temuriylar saroyida

madaniy hayotning yuksalish pallasiga to‘g‘ri keladi. [1; 9]

Madaniy kontekst nuqtai nazaridan,

Temuriylar renessansi

tushunchasi mavjud

bo‘lib, u XV asrda Movarounnahr va Xurosonda ro‘y bergan ilm-fan va san’at yutuqlarini
ifodalaydi. Masalan, Ulug‘bek rasadxonasi astronomiya ilmining rivojini, Kamoliddin
Behzod boshchiligidagi miniatyura san’ati yuksak cho‘qqilarni zabt etganini ko‘rsatadi.
Bihzod asarlari hatto “Forsiy quattrocento” – ya’ni fors san’atining XV asrdagi uyg‘onishi
ifodasi deb atalgani bejiz emas. [4] Husayn Boyqaro, Baysunqur Mirzo kabi temuriy
shahzodalar san’at va adabiyot homiylari sifatida dong taratib, o‘z davrining
“ma’rifatparvar” hukmdorlari sifatida tanilgan edi. Alisher Navoiy esa ayni shu muhitda
markaziy o‘rin tutgan: u nafaqat yirik shoir, balki davlat arbobi va madaniyat homiysi ham
bo‘lib, Hirot madaniy hayotining gulzorini yaratishda ishtirok etgan. [5]


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 2 (2025) / ISSN 2181-3701

23

Biroq

Temuriylar renessansi

atamasi ilmiy adabiyotda munozarali hisoblanadi.

Tadqiqotchilar “uyg‘onish” deganda nimani nazarda tutish mumkinligini va bu uyg‘onish
naqadar “temuriy” xususiyatga ega ekanini savol ostiga olganlar. Ba’zi olimlar fikricha,
Temuriylar davridagi madaniy yuksalish asosan o‘tgan davrlardagi (jumladan, forsiy
madaniyatdagi) merosning davom ettirilishi va qayta sayqal berilishidir. Masalan, fransuz
tarixchisi Jan Oben “Qayta tug‘ilish deganda nima nazarda tutilmoqda? Va bu qayta tug‘ilish
qay darajada temuriylarga xos?” degan savolni qo‘ygan edi. [6] Darhaqiqat, Temuriylar
davrida ko‘plab yangiliklar mavjud merosga tayanib ro‘yobga chiqdi: san’at va adabiyotda
eski uslublar takrorlandi, lekin ayni paytda yangi sifatlarga ega bo‘ldi. Mark Toutant asarida
bu murakkab jarayonlar

akkulturatsiya

tushunchasi orqali izohlanadi – ya’ni, turkiy-mo‘g‘ul

an’analarining forsiy-islomiy an’analar bilan singishuvi. [1; 20] Xususan, Temuriy
hukmdorlar turkiy qavm bo‘la turib, Xuroson kabi forsiy madaniyat “konservatoriyasi”ga
poytaxtni ko‘chirganlari ularning fors madaniy modeliga tobora ko‘proq moslashganini
ko‘rsatadi. Natijada XV asr o‘rtalaridan boshlab Temuriylar saroyida fors tiliga, islomiy ilm-
fanga, tasavvufga alohida e’tibor kuchaydi. Shunga qaramay, o‘zlarining turkiy o‘zligini
butkul yo‘qotmaslik uchun ular Chig‘atoy tilini oliy adabiy til darajasiga ko‘tardilar – Navoiy
ijodining aynan shu qirrasini muallif muhim deb biladi.

Demak,

Xamsa

yaratilgan tarixiy-siyosiy va madaniy kontekst shunday edi: siyosiy

parokandalik sharoitida temuriy hukmdorlar (xususan, Hirotdagi Husayn Boyqaro)
madaniy homiylik orqali o‘z hukmronliklarini qonuniylashtirishga va boqiylashtirishga
intildilar; buning uchun ular fors madaniy merosini o‘zlashtirish (akkulturatsiya) hamda
mumtoz adabiyot va san’at uslublarini takror yaratish (tazkira) yo‘lidan bordilar. Alisher
Navoiy shu jarayonlar markazida turgan shaxs sifatida tanildi va uning

Xamsa

asari ayni

jarayonlarning yorqin mahsuli va davr ruhi ifodasidir.

Til uslubi, metafora va adabiy obrazlar

Alisher Navoiyning badiiy uslubi o‘z davri poetik an’analari va innovatsiyalarining

uyg‘unlashuvidan iborat. U asarlarining aksarini Chig‘atoy turkiysida (eski oʻzbek) tilida
yozgan bo‘lsa-da, fors adabiyoti va Qur’oni Karim, tasavvufiy ma’naviyat obrazlaridan keng
ilhomlangan. Mark Toutant ta’kidlaganidek, Navoiyning

Xamsa

si “g‘oyat murakkab

uslubda” bitilgan bo‘lib, uni chuqur o‘rganish uchun ijodkor fors va turkiy tillarni, hamda
o‘sha davrgacha Navoiyni o‘rgangan rus va oʻzbek manbalarini yaxshi bilishi lozim bo‘ladi.
[1; 14] Navoiyning poetik tili tashbih va ramzlarga boy: murakkab istioralar, an’anaviy
timsollar (masalan, yor-u ma’shuq, gul-u bulbul, oshiqning olovli muhabbati va boshqalar)
asarlar mazmunini bezab turadi. Bunday metaforalar zamirida ko‘pincha tasavvufiy-ilohiy
ma’no yotadi – shoir ma’naviy haqiqatlarni goh oshiq-ma’shuq timsolida, goh tabiat
manzaralari orqali ifodalaydi.

Toutant nazarida, Navoiyning bunday badiiy obrazlari va badiiy uslubi nafaqat

estetik zavq uchun, balki muayyan tarixiy-ma’naviy haqiqatlarni ifodalash uchun xizmat
qiladi. Kirish bobida qayd etilishicha,

Xamsa

ni “qofiyalar ohangi va qudratli metaforalar

uyg‘unligidan” iborat musiqiy bir asar debgina qolmay, uning ostki qatlamida jamiyat va
sivilizatsiya haqida hikoya qiluvchi mazmun borligini ilg‘ash lozim. [1; 17] Darhaqiqat,
Navoiy har bir dostonda faqat afsonaviy qahramonlar sarguzashtini tasvirlab qolmay, balki
o‘z davrining ijtimoiy-axloqiy masalalarini ham badiiy shaklda o‘rtaga qo‘ygan. Misol
uchun,

Sab’ai Sayyor

(Yetti sayyora) dostoni ostida adolatli podshoh obrazi va dunyoviy

havaslardan voz kechish g‘oyasi yotadi,

Saddi Iskandariy

(Iskandar devori) esa

donishmand hukmdor timsoli orqali ilm-u ma’rifatning qadriyatini tarannum etadi. Mark


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 2 (2025) / ISSN 2181-3701

24

Toutant ham

Xamsa

dagi shu kabi mavzularni tahlil qilar ekan, asarga satrma-satriga

chuqur e’tibor beradi: u

Xamsa

matnini forsiy manbalari bilan qiyoslab o‘qib, Navoiyning

nozik uslubiy o‘zgarishlari va yangi ma’no qatlamlarini ajratib ko‘rsatadi. [1; 15] Muallif
kuzatishicha, Navoiyning tazkira uslubi ustalik bilan niqoblangan ijodiy erkinlikni
ifodalaydi – ya’ni, u fors mumtoz adabiyotidagi

Nizomiy

va

Amir Xusrav

kabi ustozlarning

syujet va obrazlarini o‘zlashtirar ekan, ularni o‘z davrining ruhi bilan qayta boyitadi.
Shuning uchun Navoiyning tili va obrazlari bir qarashda an’anaviy va tanish tuyulsa-da,
aslida ular zamirida yotgan yangi g‘oyalarni anglash uchun teran tahlil talab etiladi.

Xususan,

Xamsa

dagi metaforik ifodalar zamirida Tasavvuf ta’siri kuchli seziladi.

XV asrda Hirot madaniy hayotida tasavvuf va tariqatlar muhim o‘rin tutgan – darvishlar,
avliyolar obrazi nafaqat hayotda, balki san’atda ham aks etgan. [1;15] Navoiyning o‘zi ham
Naqshbandiya tariqati ta’sirida bo‘lib, asarlarida ruhiy-irfoniy motivlarni mahorat bilan
kiritgan. Uning she’riy obrazlarida ishqiy olov jismoniy muhabbatni emas, balki ilohiy
ishqni ifodalar edi. Shu bois

Xamsa

ning badiiy olami timsollar orqali nafosat bilan birga

axloqiy-irfoniy mazmunni yetkazadi. Mark Toutant tadqiqotidan kelib chiqadiki, bu badiiy-
uslubiy xususiyatlar Navoiyning asarini o‘z davrining “ma’naviy manzarasi”ga aylantiradi
– ya’ni, asardagi obrazlar tizimi orqali Temuriylar davrining qadriyatlari va ruhiyatini

dekodlash

(shifrlarni yechish) mumkin bo‘ladi.

Temuriylar davridagi madaniy uyg‘onish va Navoiyning o‘rni

Temuriylar saltanatining XV asr oxirlaridagi madaniy hayoti ko‘pincha “Temuriy

Renessansi” deb atalar edi. Bu davrda ilm-fan, me’morchilik, tasviriy san’at va adabiyot
sohalarida mislsiz yutuqlar qo‘lga kiritildi. Alisher Navoiy ana shu uyg‘onish jarayonining
markazida turgan siymolardan biri edi. U Hirot adabiy muhitining yetakchi shoiri,
tilshunosi va hattoki musiqashunosi sifatida tanildi. Navoiyning eng katta xizmatlaridan
biri – turkiy (chig‘atoy) tilini yuksak adabiy til darajasiga ko‘tarib, unga “adabiy til”
maqomini bergani bo‘ldi. Zero, XV asrga qadar Markaziy Osiyoda yuqori adabiyot asosan
fors tilida yaratilgan bo‘lsa, Navoiy o‘z

Xamsa

si, g‘azallari va boshqa asarlari orqali turkiy

tillarda ham buyuk adabiyot yaratilishini amalda ko‘rsatib berdi. Shu bois u turkiy tilda
ijod qilgan shoirlar uchun tamal toshini qo‘ygan “o‘zbek adabiy tilining otasi” sifatida
e’zozlanadi. [1; 16]

Madaniy uyg‘onish davrida Navoiyning roli nafaqat shoir sifatida, balki

homiy

va

mafakkur

(ideolog) sifatida ham namoyon bo‘ladi. U davrning boshqa ulug‘ shoiri

Abdurahmon Jomiy bilan yaqin do‘st edi va bu ijodkorlar hamkorligi butun bir adabiy
maktabni rivojlantirdi. Navoiy o‘z atrofiga ko‘plab shoir va olimlarni to‘plab, ularning
ijodini qo‘llab-quvvatlagan (masalan, Hasanxo‘ja Nisoriy, Binoyi kabi shogirdlarga
homiylik qilgan). U shu davrda madrasa, kutubxona va bog‘lar barpo etishda ham bosh-
qosh bo‘lib, Hirot shahrini ilm va madaniyat markazi sifatida yuksaltirdi.

Mark Toutantning ta’kidlashicha, Temuriylar davridagi bu madaniy yuksalish o‘ziga

xos siyosiy vazifani ham bajargan: ya’ni, san’at va adabiyot orqali saltanatning qudratini
va qonuniyligini namoyish etish. Temuriy hukmdorlar Yevropadagi Uyg‘onish davri
hukmdorlariga qiyosan tasvirlanar edi – masalan, Shohrux o‘g‘li Baysunqur Mirzo de
Maximilien d’Autriche (1459–1519) va de Laurent le Magnifique (1449–1492) kabi
san’atga homiylik qilgani holda tilga olinadi. Husayn Boyqaro esa Hirotni o‘sha davrning
“ikkinchi Bag‘dodi”ga aylantirgani bilan mashhur. Navoiy aynan Husayn Boyqaro saltanati
davrida faoliyat ko‘rsatib, o‘z

Xamsa

sini shu hukmdorga bag‘ishlagan. Qiziqarli jihati

shundaki, Toutant

Xamsa

ni Husayn Boyqaroga taqdim etilgan “podshohlar uchun oynai


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 2 (2025) / ISSN 2181-3701

25

jahon” – ya’ni, pand-nasihatlar to‘plami sifatida ham talqin qiladi.

Xamsa

tarkibidagi

dostonlar podshohga adolat, tavoze, axloqiy barkamollik haqida bilvosita saboq beradi va
uni “Allohning da’vatiga quloq solib, dunyoviy havaslarga berilmaslikka” chaqiradi.
Bu esa Navoiyning shoh oldidagi ma’naviy vazifasi bo‘lib, Temuriylar davri madaniy
yuksalishining ma’naviy-asosiy jihatini ko‘rsatadi. [1; 15]

Xullas, Temuriylar davridagi madaniy uyg‘onish tushunchasi doirasida Alisher

Navoiyning o‘rni beqiyosdir. U fors klassik an’analarini ijodiy o‘zlashtirgan holda turkiy
adabiyotning yuksak cho‘qqilarini yaratdi va o‘z davrining “madaniy qurilishi”da bosh
me’morlardan biri bo‘ldi. Bu jihatlar Mark Toutant asarida keng yoritilib, Navoiyning
nafaqat adabiy, balki madaniy-siyosiy ahamiyati ham ilmiy tahlil qilinadi.

Tazkira, akkulturatsiya va homiylik tushunchalari asosida muallifning g‘oya

tizimi

Mark Toutant

Un empire de mots

asarida Temuriylar davri adabiy jarayonlarini

tushuntirish uchun uch asosiy tushunchaga tayangan: tazkira, akkulturatsiya va homiylik.
Bu tushunchalar muallifning g‘oya tizimini shakllantiradi va Navoiyning

Xamsa

asarini

tahlil qilishda metodologik asoslardir.

Tazkira (ijodiy taqlid) – muallif nazarida, Temuriylar davri madaniyatining asosiy

xususiyatlaridan. XV asr Hirot adabiy muhitida yangi asarlar ko‘pincha avvalgi fors
adabiyoti namunalari asosida yaratilgan. Navoiyning

Xamsa

si bunga yorqin misoldir:

u Nizomiy Ganjaviy va Amir Xusrav Dehlaviyning fors tilidagi mashhur

Xamsa

dostonlariga

javoban va ularni o‘z davr turkiy tilida qayta talqin etish maqsadida yozilgan. Dastlab
qaraganda bu taqlid bo‘lib tuyulsa-da, Toutant ta’kidlashicha, bu jarayon “ko‘r-ko‘rona
quldek ergashish” emas, balki “nozik variatsiyalar oʻyini”, ya’ni ijodiy o‘zgarishlar kiritish
jarayonidir. Uchta asosiy xususiyat – madaniy merosga sodiqlik asosidagi tazkira, estetik
me’yorlarning standartlashtirilishi va tasavvufiy tafakkurning ustuvorligi – chig‘atoy
adabiyotida, ayniqsa, Alisher Navoiy va uning

Pentologiya

sida o‘zining yorqin ifodasini

topgan. [1; 15]

Navoiyning

Xamsa

si tarkibidagi har bir doston fors manbasiga ergashib ketma-

ketlik va syujet jihatdan muvofiq kelsa-da, undagi obrazlar sistemasiga yangi ma’no va ruh
berilgan. Shu tariqa, tazkira amaliyoti orqali Navoiyning asarlari o‘ziga xosligicha qoladi va
hatto yangi adabiy til va uslubni “qayta asos solish” vazifasini o‘taydi. Muallifning fikricha,
Temuriylar davri madaniy dinamikasini tushunishda mana shu taqlid praktikasi markaziy
rol o‘ynagan – Navoiyning betakror uslubi esa bu hodisaning eng yorqin namunasidir.

Akkulturatsiya (madaniy moslashuv va singishuv) – Mark Toutant Temuriylar

hukmronligini “turk-mo‘g‘ul an’analarining fors-islom sivilizatsiyasiga to‘liq bo‘ysunishi”
deb ta’riflagan tarixiy qarashlarga tanqidiy yondashadi. [1; 27] Uningcha, haqiqatda bu
jarayonni bir tomonlama “bo‘ysunish” deb emas, balki o‘zaro madaniy singishuv jarayoni
deb tushunish lozim. Temuriylar davrida turkiy an’analar (masalan, Chingizxon
avlodlaridan meros jangovar epik urf-odatlar) forsiy-islomiy an’analar (masalan, saroy
adabiyoti va ilm-fan) bilan qorishib ketdi. Bu jarayonda fors tilining ustuvor mavqega
chiqishi va turkiy zodagonlarning forsiy madaniyatni qabul qilishi kuzatildi. [1;27] Biroq
akkulturatsiya ikki tomonlama kechdi: turkiy hukmdorlar forsiy madaniyatni qabul qilar
ekan, o‘z navbatida forsiy madaniy muhit ham yangi turkiy unsurlar bilan boyidi – xususan,
Chig‘atoy tilida yangi adabiyot paydo bo‘ldi. Navoiyning ijodi mana shu akkulturatsiya
mahsuli sifatida talqin qilinadi. Uning

Xamsa

si fors adabiy an’analari zaminida yaratilgan

bo‘lsa-da, til va ruhiyat e’tiboridan mutlaqo yangi, turkiy-saroy muhiti mahsulidir.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 2 (2025) / ISSN 2181-3701

26

Toutantning g‘oyalar tizimida Navoiyning asari saltanatining o‘z madaniyatini yaratish
yo‘lidagi urinishining timsoli sifatida gavdalanadi – ya’ni, Temuriylar fors madaniy
merosini matnlar va til vositasida o‘zlashtirib, undan o‘z madaniy saltanatini barpo etdilar.
Bu esa akkulturatsiyaning bir ko‘rinishi bo‘lib, Temuriylar davri “ko‘p madaniyatli”
mohiyatini anglatadi. [1; 14]

Metsenatlik

(homiylik va patronaj) – Temuriylar davri madaniy yuksalishining

tashkiliy-asosiy omili sifatida ko‘riladi. Mark Toutantning ta’kidlashicha, XV asr Hirot
saroyida hukmdorlar va amaldorlar san’at va adabiyotga homiylik qilishni o‘z
siyosatlarining asosiy yo‘nalishiga aylantirgan edilar. Masalan, shahzoda Boysunqur Mirzo
kutubxonalar tashkil etib xattot va musavvirlarni qo‘llab-quvvatlagan, Husayn Boyqaro
esa saroyida 300ga yaqin olim-u shoirni jamlab, ularga homiylik qilganiga doir
ma’lumotlar bor. Alisher Navoiyning o‘zi ham davlat arbobi sifatida ko‘plab ilm-fan
namoyandalarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlagan, shu jumladan, uning
tashabbusi bilan madrasalar, xonaqohlar, kutubxonalar bunyod etilgan. Toutant asarida
keltirilishicha, temuriylar davridagi madaniy homiylikning birinchi maqsadi avvalgi davr
yodgorliklari va namunalarini taqlidan yaratish bo‘lgan. Boshqacha aytganda, Temuriy
hukmdorlar buyuk ajdodlar (Temur zamoni) yaratgan obidalar va san’at asarlariga
o‘xshash, ularga mos keladigan yangi asarlar yaratishni rag‘batlantirganlar. Masalan,
me’morchilikda Temur davrida Buxoro va Samarqandda barpo etilgan inshootlar uslubi
Husayn Boyqaro davrida Hirotda davom ettirildi; miniatyura san’atida ham avvalgi
maktablar an’analari takrorlandi. Bu “madaniy merosga tazkira” bilan birga, saroy
homiyligi ostida standartlashtirilgan badiiy qonunlar shakllandi – natijada rassom va
shoirlar ma’lum mavzular doirasida, an’anaviy lekin puxta sayqallangan uslubda ijod
qiladigan muhit yaratildi. Shu jarayonda tasavvuf ta’siri bilan san’at va adabiyotga chuqur
ma’naviy qatlam ham joylashtirildi (masalan, rasmlarda avliyolar, matnlarda pand-nasihat
ruhi). [1; 15]

Toutantning konsepsiyasida tazkira va metsenatlik tushunchalari uzviy bog‘langan:

u temuriylar davrida taqlid “ijtimoiy va siyosiy zarurat” bo‘lgan, ya’ni, istilochi turkiylar
fath etilgan o‘lkalarda o‘zlarini qonuniy hukmdor sifatida tan oldirish uchun o‘sha yurtning
e’zozli madaniyatiga murojaat etganlar. Shu bois san’at va adabiyotda forsiy andozalarga
asoslanib yangi asarlar yaratish siyosiy himoya topdi – bu homiylik siyosatining ajralmas
qismiga aylandi. Xususan, Husayn Boyqaro davrida shoir va musavvirlar “fors
andozalaridan kelib chiqib

yangicha

asarlar yaratishga” da’vat etilgan edilar, Navoiyning

Xamsa

si ham ana shunday tashabbus mahsuli edi. Natijada, Temuriylar saroyida yaratilgan

adabiyot va san’at bir tomondan o‘z zamonasining so‘nggi yutuqlarini mujassam etgan
bo‘lsa (masalan, Navoiyning

Xamsa

si turkiy tildagi eng mukammal dostonlardan biri

bo‘ldi), boshqa tomondan, u o‘tmish mumtoz merosning mantiqiy davomiga aylandi.
Mark Toutant aynan shu jihatni – temuriylar davri madaniyatining barqarorlik (an’anaga
sodiqlik) va yangilanish (ijodiy takomillashtirish) o‘rtasidagi muvozanatini – ilmiy tahlil
qilish orqali yangi nazariy xulosalarga keladi.

Umuman olganda,

Un empire de mots

muallifining g‘oya tizimi Navoiyning

Xamsa

asarini davrining madaniy-siyosiy dasturi sifatida talqin etishga asoslanadi. Bu dasturda
taqlid orqali madaniy merosga ega chiqish, akkulturatsiya orqali yangi sintezga erishish va
homiylik orqali bu jarayonlarni davlat darajasida qo‘llab-quvvatlash kabi jihatlar
mujassam.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 2 (2025) / ISSN 2181-3701

27

XULOSA

Mark Toutantning

Un empire de mots

asari ilmiy-adabiy jihatdan katta ahamiyatga

ega bo‘lib, Alisher Navoiy ijodiga yangi nazar bilan qarash imkonini beradi.

Muallif yondashuvi Navoiyni milliy qahramon yoki oddiy mumtoz shoir sifatida ko‘rish

doirasidan chiqib, uni o‘z davrining “madaniy fenomeni” sifatida kompleks o‘rganishga

qaratilgandir. Bunday yondashuv, bir tomondan, Navoiyning

Xamsa

si kabi nodir asarning

yaratilish motivlarini va uni o‘rab turgan muhitni chuqurroq anglashga xizmat qiladi.

Ikkinchi tomondan esa, adabiyotshunoslik va tarix fanlari kesishmasida innovatsion

metodologiyani taklif etadi – ya’ni, adabiy matnni tarixiy manba sifatida tahlil qilish orqali

davr tafakkurini tiklash mumkinligini ko‘rsatadi.

Muallif Toutant olib borgan tahlillar natijasida Navoiyning ijodi haqida bir qator

muhim xulosalar ilgari suriladi. Avvalo, Navoiyning

Xamsa

si endilikda bir davrning

madaniy hayotini qomusiy ravishda aks ettirgan yirik yodgorlik sifatida qaralishi lozimligi

ta’kidlanadi. Asardagi taqlidiy jihatlar ijodiy samara sifatida qayta talqin qilinib,

Navoiyning novator shoir sifatidagi qiyofasi yanada ravshanlashadi. Shu bilan birga,

Temuriylar davri madaniy uyg‘onish fenomeni ham yangi ilmiy yondashuv bilan boyidi:

endi bu davrni Yevropa Uyg‘onish davriga shunchaki qiyoslashdan ko‘ra, uning o‘z ichki

madaniy mexanizmlarini (tazkira, akkulturatsiya va metsenatlik) tahlil qilish orqali

tushunish afzalroq ekani ko‘rsatildi.

Asarning dolzarbligiga kelsak, u bugungi kunda ham ahamiyatini yo‘qotmagan

masalalarni ko‘taradi. Markaziy Osiyo madaniyatida turkiy va forsiy an’analar uyg‘unligi,

madaniy meros va innovatsiya o‘rtasidagi bog‘liqlik, adiblarning jamiyatdagi roli kabi

mavzular hozirgi adabiyotshunoslik va tarixshunoslik uchun ham muhimdir. O‘zbekiston

va qo‘shni mamlakatlarda Alisher Navoiy merosi hanuz keng o‘rganilmoqda, uning ibratli

hayoti va ijodi targ‘ib qilinmoqda.

Un empire de mots

esa Navoiyni anglashning yangi

qirralarini ochib berib, zamonaviy ilmiy diskursga hissa qo‘shadi. Xususan, Navoiyni jahon

adabiy jarayonining bir qismi sifatida – turkiy va forsiy madaniyatlar chorrahasida ijod

qilgan daho sifatida – talqin etish milliy adabiyotimizni global kontekstda baholashga

imkon yaratadi.

Xulosa o‘rnida aytganda, Mark Toutantning ushbu asari Alisher Navoiyga doir

tasavvurlarimizni kengaytiradi va chuqurlashtiradi. Muallifning ilmiy yondashuvi

natijasida

Xamsa

endi nafaqat adabiy durdona, balki XV asr oxirlaridagi Temuriylar

saltanatining “so‘zlarda bunyod etilgan imperiyasi” sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bu esa

adabiyot va tarix o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni yana bir bor isbotlab, Navoiyning siymosini

yanada yuksak ilmiy-adabiy maqomga olib chiqadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Toutant, M. (2016).

Un empire de mots: La Khamsa de Nawāʾī comme miroir de son

époque

. Leuven: Peeters Publishers.

2.

J.-L. Bacqué-Grammont, « Le tchaghataï, une nouvelle identité », in éd. V. Fourniau,

Samarcande 1400-1500. La cité-oasis de Tamerlan : cœur d’un empire et d’une renaissance

, Autrement, série Mémoires, n° 34 (janvier 1995), p. 163.

3.

J. Le Goff,

A la recherche du Moyen Âge

, Paris, Seuil, 2006, p. 28.

4.

A. B. Sakisian, La Miniature persane du XIIe au XVIIIe siècle, Paris et Bruxelles,

éditions G. Van Oest, 1929. P. 38

5.

M. E. Subtelny, « The Timurid Legacy: A Reaffirmation and a Reassessment », in

éd. M. Szuppe « L’Héritage timouride », Cahiers d’Asie centrale, n° 3-4 (1997), p. 10.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 2 (2025) / ISSN 2181-3701

28

6.

Aubin, J. (1969). "Comment analyser les phénomènes d’acculturation dans les

empires médiévaux?"

Studia Islamica

, 30, 71-95.

7.

Subtelny, M.E. (2007).

Timurids in Transition: Turko-Persian Politics and

Acculturation in Medieval Iran

. Leiden: Brill.

8.

Richard, F. (1997). "Le mécénat princier à l’époque timouride", in

Arts asiatiques

,

52, 21-36.

9.

Bartol’d, V.V. (1968).

Turkestan Down to the Mongol Invasion

. London: Luzac & Co.

Библиографические ссылки

Toutant, M. (2016). Un empire de mots: La Khamsa de Nawāʾī comme miroir de son époque. Leuven: Peeters Publishers.

J.-L. Bacqué-Grammont, « Le tchaghataï, une nouvelle identité », in éd. V. Fourniau, Samarcande 1400-1500. La cité-oasis de Tamerlan : cœur d’un empire et d’une renaissance , Autrement, série Mémoires, n° 34 (janvier 1995), p. 163.

J. Le Goff, A la recherche du Moyen Âge, Paris, Seuil, 2006, p. 28.

A. B. Sakisian, La Miniature persane du XIIe au XVIIIe siècle, Paris et Bruxelles, éditions G. Van Oest, 1929. P. 38

M. E. Subtelny, « The Timurid Legacy: A Reaffirmation and a Reassessment », in éd. M. Szuppe « L’Héritage timouride », Cahiers d’Asie centrale, n° 3-4 (1997), p. 10.

Aubin, J. (1969). "Comment analyser les phénomènes d’acculturation dans les empires médiévaux?" Studia Islamica, 30, 71-95.

Subtelny, M.E. (2007). Timurids in Transition: Turko-Persian Politics and Acculturation in Medieval Iran. Leiden: Brill.

Richard, F. (1997). "Le mécénat princier à l’époque timouride", in Arts asiatiques, 52, 21-36.

Bartol’d, V.V. (1968). Turkestan Down to the Mongol Invasion. London: Luzac & Co.