Авторы

  • Севинч Абдусаматова
    Студентка, Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека
  • Нилуфар Файзиева
    PhD, и.о. доцента, Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.79860

Ключевые слова:

драматургия дастан философия стихи поэзия проза Стамбул символ

Аннотация

Эркин Вохидов – выдающийся узбекский поэт и писатель, удостоенный званий «Герой Узбекистана» и ордена «За выдающиеся заслуги», внёс значительный вклад в развитие национальной литературы. Он плодотворно творил как в прозе, так и в поэзии, охватывая широкий спектр тем и жанров. Произведения Вохидова пользуются большой популярностью среди читателей, поскольку глубоко отражают такие универсальные человеческие ценности, как любовь, верность, дружба, самоотверженность, а также красоту природы. Среди его значимых поэтических произведений – поэмы «Восстание духов», «Стамбульская трагедия» и «Золотая стена». Настоящая статья посвящена анализу поэмы «Стамбульская трагедия», в которой особое внимание уделяется гармонии образов, художественно-идейному содержанию, эмоциональной выразительности и влиянию произведения на сознание читателя.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

The Sense of Patriotism in Erkin Vokhidov's
Interpretation of "The Istanbul Tragedy"

Sevinch ABDUSAMATOVA

1

, Nilufar FAYZIEVA

2


National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received January 2025

Received in revised form
10

February 2025

Accepted 25 February 2025
Available online

25 March 2025

Erkin Vokhidov, a distinguished Uzbek poet and writer who

was awarded the titles of "Hero of Uzbekistan" and the Order "For
Outstanding Merit" made significant contributions to the

development of national literature. He worked prolifically in both

prose and poetry, covering a wide range of themes and genres.

Vokhidov's works enjoy great popularity among readers because
they deeply reflect universal human values such as love, loyalty,

friendship, and selflessness, as well as the beauty of nature. Among

his significant poetic works are the poems "Rebellion of Spirits",

"The Istanbul Tragedy", and "The Golden Wall." This article is
dedicated to the analysis of the poem "The Istanbul Tragedy" with

special attention paid to the harmony of imagery, artistic and

ideological content, emotional expressiveness, and the impact of

the work on the reader's consciousness.

2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss3

/S

-pp169-172

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

dramaturgy,

epic,

philosophy,

poetry,

prose,

Istanbul,

symbol.

Vatan tuyg‘usi Erkin Vohidovning “Istanbul fojiasi” asari
talqinida

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

dramaturgiya,

doston,

falsafa,

nazm,

nasr,

Istanbul,

ramz.

“O‘zbekiston Qahramoni”, “Buyuk xizmatlari uchun”

ordenlari bilan taqdirlangan Erkin Vohidov adabiyot sohasining

ko‘pgina yo‘nalishlarida ijod qilgan. Xalq orasida uning ko‘pgina
asarlari zo‘r ishtiyoq bilan mutolaa qilinadi. Shoir ijod yo‘li

davomida ham nasrda, ham nazmda samarali qalam tebratgan.

O‘z asarlarida mehr-muhabbat, sadoqat, do‘stlik, fidoyilik va

tabiat manzaralarini aks ettirgan. Xususan, uning “Ruhlar

isyoni”, “Istanbul fojiasi”, “Oltin devor” kabi dostonlari dunyo

1

Student, National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek. E-mail: svnchabd@gmail.com

2

Scientific supervisor. PhD, Acting Associate Professor, National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701

170

yuzini ko‘rgan. Quyidagi maqolada ham Erkin Vohidovning

“Istanbul fojiasi” asaridagi obrazlar uyg‘unligi, badiiy-g‘oyaviy

mazmun, undagi rangin tug‘yonlar hamda uning inson ongiga
ta’siri borasida so‘z yuritiladi.

Чувство патриотизма в интерпретации произведения

Эркина Вохидова «Стамбульская трагедия»

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

драматургия,

дастан,

философия,

стихи,

поэзия,

проза,

Стамбул,

символ.

Эркин Вохидов – выдающийся узбекский поэт и

писатель, удостоенный званий «Герой Узбекистана» и

ордена «За выдающиеся заслуги», внёс значительный

вклад в развитие национальной литературы. Он

плодотворно творил как в прозе, так и в поэзии, охватывая

широкий спектр тем и жанров. Произведения Вохидова

пользуются большой популярностью среди читателей,

поскольку глубоко отражают такие универсальные

человеческие ценности, как любовь, верность, дружба,

самоотверженность, а также красоту природы. Среди его

значимых поэтических произведений – поэмы «Восстание

духов», «Стамбульская трагедия» и «Золотая стена».

Настоящая

статья

посвящена

анализу

поэмы

«Стамбульская трагедия», в которой особое внимание

уделяется гармонии образов, художественно-идейному

содержанию, эмоциональной выразительности и влиянию

произведения на сознание читателя.

KIRISH

Erkin Vohidov – o‘zbek adabiyotining zabardast vakili, istiqlol ruhini, milliy o‘zlikni

va zamonaviy inson ruhiyatini yuksak badiiy mahorat bilan ifoda eta olgan shoirdir.

Uning ko‘p qirrali ijodida she’riyat, dramaturgiya va publitsistik asarlar alohida o‘rin

egallaydi. Ayniqsa, “Istanbul fojiasi” dostoni – shoirning ijodiy yetuklik bosqichida

yozilgan, jamiyatdagi chuqur muammolarni ko‘tarib chiqqan falsafiy-dramatik asardir.

Asar qahramonlari orqali o‘zlikni anglash, Vatanga muhabbat, dunyoviy ishq va sadoqat,

qondoshlik rishtalarining mustahkamlanishi hamda jamiyat hayotida har bir insonning

o‘rni singari tushunchalar mohirona tarzda tasvirlanadi.

ASARNING MAZMUNI VA ASOSIY G‘OYASI

Inson hayot ekan jahon urushlari hamisha davom etaveradi. Albatta, ularning har

biri kimnidir yaqin insonidan ayiradi, kimnidir butunlay xonavayron holatga keltiradi

yoki kimnidir bu foniy dunyodan tamomila uzib qo‘yadi. Asardagi asosiy obrazlardan biri

– Iskandar ham ana shunday qurbonlardan biri sifatida gavdalanadi. “Istanbul fojiasi” –

bu shunchaki bir fojia haqida hikoya emas, bu doston. Butun boshli bir millat, bir

madaniyatning inqirozi, o‘zligini unutgan jamiyatning fojiaviy holatini yorituvchi ijod

mahsuli. Asarda voqealar Istanbul shahrida kechsa-da, muallif bu joyni global madaniy

o‘zgarishlar va qarama-qarshiliklar markaziga aylantiradi. Istanbulning o‘zi bu yerda

shunchaki fon emas, balki ramziy obrazga aylanadi u qadimiylik va yangilanish, Sharq va

G‘arb, ma’naviyat va moddiylik orasidagi ziddiyatni o‘zida mujassamlashtirgan timsoldir.

Doston quyidagi so‘zlar bilan muallif tomonidan baholanadi:


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701

171

“Inson qalbining boyliklari ichida Vatan tuyg‘usi deb atalgan bebaho javohir bor.

U – yuragimizning quvvati, e’tiqodimizning samimiyligi, hayotimizning butunligidir.
Uni his qilmagan farzand, tarannum etmagan ijodkor yo‘q.

Vatan – Navoiy va Mashrabning iztirobi, Bobur va Furqatning sog‘inchi…
Men chet ellarda safarda bo‘lganimda turli sababga ko‘ra xorijda qolib ketgan

vatandoshlarni ko‘rganman. Ularning ko‘zlari tubiga cho‘kkan dard yuragimda iz
qoldirgan. Bu ko‘zlar ba’zan tunlari xayolimda gavdalanadi, azob beradi va azob
barobarida o‘z qismatim uchun shukronalik hissini ko‘nglimga soladi. Hayotda qo‘yilgan bir
yanglish qadam ba’zan umrlik qiynoqqa sabab bo‘ladi. Men qalamga olgan Iskandarning
qismati shunday. Vatan urushida xalqimiz qo‘lga kiritgan g‘alaba yigirma million jon
hisobiga kelgan. Iskandar ham o‘sha qurbonlar qatoriga kiradi. Lekin u eng baxtsiz qurbon
– tirik qurbon!” (E.Vohidov “Istanbul fojiasi”)

Asarda insoniyatning tamaddun nomidan qilayotgan ba’zi harakatlari, asrlar

davomida shakllangan qadriyatlarni yo‘qqa chiqarishi, ko‘r-ko‘rona G‘arbga taqlid qilish
oqibatlari tanqid ostiga olinadi. Erkin Vohidov bu holatni “fojia” deb ataydi – bu ma’naviy
fojia, ruhiy inqiroz, tarixdan uzilish fojiasidir.

OBRAZLAR VA RAMZLAR

Asardagi bosh qahramonlarga Jalol (64 yosh), uning xotini Saodat (60 yosh) va

ukasi Iskandar (60 yosh)ni keltirish mumkin. Dostonda yaratilgan obrazlar shaxsiy
kechinmalar bilan bir qatorda butun bir davr, xalq va jamiyatni ifodalaydi. Har bir
qahramon ramziy ma’noga ega sanaladi. Masalan, asardagi yoshlar – zamonaviylikning
ta’siriga uchragan, kimligi va maqsadini yo‘qotgan avlod vakillari. Ular orqali muallif
ma’naviy bo‘shliqni ko‘rsatadi. Shu bilan birga, ayrim obrazlar orqaligina emas, hatto
Istanbul shahrining o‘zida ham tarix va bugunning to‘qnashuvi aks etadi.

Shahar timsoli bugungi kunda o‘zligini yo‘qotayotgan, lekin hali umid bor bo‘lgan

jamiyatning ifodasidir. Bu yerda tarixiy obidalar bilan zamonaviy binolar yonma-yon
turadi, ammo bu uyg‘unlik emas – bu ziddiyat. Erkin Vohidov ana shu ziddiyatlarni badiiy
tilda, poetik kuch bilan yoritadi. Undagi til – obrazli, poetik, falsafiy qatlamlarga boy.
Bunga misol tariqasida uning ayni shu “Istanbul fojiasi” nomli dostonini olsak, maqsadga
muvofiq bo‘ladi. Asarda ifodalangan Vatan sog‘inchi, tuyg‘usi aniq va obrazli shaklda
o‘quvchiga yetkazilgan.

Shoir she’riy uslub orqali ogohlik, g‘am, iztirob, umid va xavotirni

o‘quvchiga chuqur yetkazadi. Asarda tarixiy dalillar, diniy-madaniy ishoralar, zamonaviy
dunyoqarashlar uyg‘unlashgan. Shuningdek, Erkin Vohidov o‘zining chuqur falsafiy
qarashlarini obrazlar orqali emas, ayrim joylarda ochiq fikrlar tarzida ham bayon qiladi.

Asarning badiiy mazmuniga keladigan bo‘lsak, hammasi urush tufayli boshlanadi.

Ikki aka-uka – Jalol va Iskandardan kichkinasi, ya’ni Iskandar urushga ketadi.
O‘z yaqinlari, xalqi va jamiyati uchun qahramon nomini olishi aynan shu yerdan
boshlanadi. Urushda shahid ketgan, odamlar uchun tinchlik posboni bo‘lgan Iskandar
nomi o‘zining tug‘ilib o‘sgan joyiga beriladi. Doston bunday boshlanadi: Jalol va Saodat
sayohat safari bilan Turkiyaga tashrif buyurishadi. U yerdagi talaygina tarixiy joylarni
ziyorat qilib, noodatiy madaniyatini tahlil qilib yurgan bir paytda Saodatning e’tiborini
bir notanish kimsa tortadi. Notanish ular bilan kun yarmigacha ergashib yuradi. Buni
Saodat payqaydi-da, undan hayiqa boshlaydi. Chunki uning yuz-ko‘zlari juda ham
qo‘rqinchli, tanasi chandiqlarga to‘lib ketgan edi. So‘ngra ikkilanib turadi va qo‘qqisdan
bu haqida Jalolga aytishga jur’at topadi. Jalol uni chaqiradi, lekin notanish odam ularga
yaqinlashishni aslo xohlamaydi. Shunday bo‘lsa-da, ko‘ngli bo‘lmay baribir ularga o‘zini


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701

172

tanitishga majbur bo‘ladi. Javobni eshitgan Jalol va Saodat hayratdan yoqa ushlaydi.
Sababi, bu odam bundan qirq yil ilgari urushda halok bo‘lgan Iskandar, ya’ni Jalolning
ukasi edi. Shundan so‘ng aka-ukalar orasida qoldirilgan gaplar ochila boshlaydi. Iskandar
yoshligida Saodatga oshiq bo‘lgani, ammo Iskandar emas, Jalol uylangani urushga
ketishining kichik sababi ekanligi va urush paytida tankaga hujum qilish uchun otilgan
qurol zarbidan Iskandarning omon qolgani hamda buni hech kim payqamasdan oldin
nemislar ko‘rgani, shuningdek, uning bundan keyingi hayoti Jalilni dahshatli bir tush kabi
larzaga soldi. Ajablanarli tomoni shundaki, Iskandarning Jaloldan so‘ragan birinchi savoli
onasi haqida edi. U shuncha payt musofirlikda, gadolik va nochorlikda o‘tgan hayotida
ham onasini unutmagan edi. Bu oz bo‘lsa ham undagi rahm-shafqat tug‘yoni edi. Biroq
shu paytgacha Jalol erishib kelgan yutuq va obro‘ning Iskandar orqasidan kelgani
vaziyatni yanada chigallashtiradi.

Har bir inson qayerda bo‘lmasin, o‘z tug‘ilib o‘sgan joyini hamisha qo‘msab

yashaydi. Uning kichik go‘shasini eslatuvchi hodisalar ham musofirlikdagi inson uchun
juda qadrli ko‘rinadi. Asarda keltirilganidek, qirq yil davomida sargardonlikda yurgan
Iskandarni Vatan sog‘inchi ko‘pgina mushkul vaziyatlarga duchor etadi. Yozuvchi bu
voqealarning har biriga olam-olam ma’no singdirgan. Undagi har bir tushuncha insonni
o‘ylantirmay yoki mulohaza qildirmay qo‘ymaydi.

BUGUNGI DAVR UCHUN DOLZARBLIGI

“Istanbul fojiasi” asari bugungi yosh avlod uchun nihoyatda dolzarb. Globalizatsiya

davrida ko‘plab yoshlar o‘zligini, tarixini, tilini, dinini unutib qo‘yayotgan bir paytda, bu
asar ogohlantiruvchi, uyg‘otuvchi, mushohadaga chorlovchi asar sifatida xizmat qiladi.
Erkin Vohidov asar orqali yoshlarni ogohlikka, hushyorlikka, milliy qadriyatlarga
tayanishga undaydi. Bunda bugungi kundagi yoshlardagi madaniyat bosh masala sifatida
xizmat qiladi.

XULOSA

“Istanbul fojiasi” – bu o‘zbek adabiyotidagi o‘ziga xos, chuqur ma’noga ega bo‘lgan

dramatik asar bo‘lib, u nafaqat Istanbul shahrida sodir bo‘lgan fojiaga, balki butun
insoniyat, xususan, o‘zbek jamiyatining ichki muammolariga e’tibor qaratadi. Erkin
Vohidov mazkur doston orqali milliy o‘zlikni, tarixiy xotirani va ma’naviy merosni asrash
zarurligini badiiy jihatdan teran yoritadi. Asarni o‘qigan har bir inson, albatta, o‘zicha
xulosa chiqaradi, o‘z yuragi bilan bu fojiani his qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Karimov I. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T., 2008.

2.

Mamarasulova M. "Istanbul fojiasi"da obrazlar tizimi va ularning badiiy talqini –

T., 2021.

3.

Qodirov A. Dramatik asarlarda konflikt va xarakter muammosi – T., 2010.

4.

Qo‘chqorova G. Erkin Vohidov ijodining badiiy xususiyatlari – T., 2019.

5.

Rustamov S. Erkin Vohidov dramaturgiyasining o‘ziga xos jihatlari – T., 2018.

6.

Shukurov Sh. O‘zbek adabiyotida tragediya janri va uning rivoji – T., 2017.

7.

Usmonova Z. O‘zbek adabiyotida tarixiy shaxslar obrazi – T., 2016.

8.

Vohidov E. Istanbul fojiasi. – T., 1991.

9.

Xudoyberdiyev A. Erkin Vohidovning dramaturgiya sohasidagi izlanishlari – S., 2020.

10.

G‘aniyeva N. Adabiyotshunoslikka kirish. – T., 2005.

Библиографические ссылки

Karimov I. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T., 2008.

Mamarasulova M. "Istanbul fojiasi"da obrazlar tizimi va ularning badiiy talqini – T., 2021.

Qodirov A. Dramatik asarlarda konflikt va xarakter muammosi – T., 2010.

Qo‘chqorova G. Erkin Vohidov ijodining badiiy xususiyatlari – T., 2019.

Rustamov S. Erkin Vohidov dramaturgiyasining o‘ziga xos jihatlari – T., 2018.

Shukurov Sh. O‘zbek adabiyotida tragediya janri va uning rivoji – T., 2017.

Usmonova Z. O‘zbek adabiyotida tarixiy shaxslar obrazi – T., 2016.

Vohidov E. Istanbul fojiasi. - T., 1991.

Xudoyberdiyev A. Erkin Vohidovning dramaturgiya sohasidagi izlanishlari – S., 2020.

G‘aniyeva N. Adabiyotshunoslikka kirish. – T., 2005.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)