Образ Мираджа в "Хамсе" Алишера Навои

Аннотация

В данной статье рассматриваются взгляды султана газелей — Алишера Навои — на воспитание совершенного человека, восхваления (на'ты) во вступлениях к поэмам «Хамсы», а также интерпретации событий Мираджа и Исры в произведении «Хамса». В частности, описание ночи Мирадж приводится на основе аятов Священного Корана, хадисов и исторических событий, с особым акцентом на её значение в классической литературе.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
ВАК
elibrary
doi
 
Выпуск:
CC BY f
260-264
21

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Расулов B. (2025). Образ Мираджа в "Хамсе" Алишера Навои. Зарубежная лингвистика и лингводидактика, 3(3/S), 260–264. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/foreign-linguistics/article/view/85041
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье рассматриваются взгляды султана газелей — Алишера Навои — на воспитание совершенного человека, восхваления (на'ты) во вступлениях к поэмам «Хамсы», а также интерпретации событий Мираджа и Исры в произведении «Хамса». В частности, описание ночи Мирадж приводится на основе аятов Священного Корана, хадисов и исторических событий, с особым акцентом на её значение в классической литературе.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

The Portrayal of Mi'raj in Alisher Navoi's "Khamsa"

Boboravshan RASULOV

1


Alisher Navo’i Tashkent State University of Uzbek Language and Literature

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received January 2025
Received in revised form

10

February 2025

Accepted 25 February 2025
Available online

25 March 2025

This article examines the views of Hazrat Alisher Navoi, the

sultan of the realm of ghazals, on the upbringing of a perfect

individual, the naats in the introduction to the "Khamsa" epics,

and the interpretations of the Mi'raj and Isra events in Alisher

Navoi's "Khamsa." Specifically, the description of the Night of
Mi'raj is presented through verses of the Holy Quran, hadiths,

and historical events, with particular emphasis placed on its

significance in classical literature.

2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss3

/S

-pp260-264

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

Mi'raj,

Isra,

Khamsa,

epic poem,

verse,

hadith,

basmala,

hamd,

munajat,

perfect human,

na't,

angel.

Alisher Navoiy “Xamsa”sida Meʼroj tasviri

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

Meʼroj,

isro,

xamsa,

doston,

oyat,

hadis,

basmala,

hamd,

munojot,

komil inson,

naʼt,

farishta.

Ushbu maqolada gʻazal mulkining sultoni Alisher

Navoiy hazratlarining komil inson tarbiyasidagi qarashlari,
“Xamsa” dostonlari muqaddimasidagi naʼtlar, Me’roj va Isro

voqealarining Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi talqinlariga e’tibor

qaratiladi. Jumladan, Meʼroj kechasi taʼrifi Qurʼoni karim

oyatlari, hadisi shariflar hamda tarixiy voqealar vositasida
bayon etiladi va mumtoz adabiyotdagi oʻrniga alohida urgʻu

qaratilgan.

1

PhD student, Alisher Navo’i Tashkent State University of Uzbek Language and Literature.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701

261

Образ Мираджа в «Хамсе» Алишера Навои

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Мирадж,

Исра,

Хамса,

поэма,

аят,

хадис,

басмала,

хамд,

муножат,

совершенный человек,

на'т,

ангел.

В данной статье рассматриваются взгляды султана

газелей – Алишера Навои – на воспитание совершенного

человека, восхваления (на'ты) во вступлениях к поэмам

«Хамсы», а также интерпретации событий Мираджа и Исры

в произведении «Хамса». В частности, описание ночи

Мирадж приводится на основе аятов Священного Корана,

хадисов и исторических событий, с особым акцентом на её

значение в классической литературе.

Istiqlol davrida Alisher Navoiy hazratlarining ijodiga yondashuvlar ahamiyati

yanada ortdi. Alisher Navoiy hazratlarining dunyoqarashi, fikri, nuqtai nazari, olam va

odam, dunyo va oxirat haqidagi asarlaridagi baytlari bugungi kunda ham qadrini

yo‘qotmagan. Milliy maʼnaviyatimizni ushbu ulugʻ mutafakkir asarlarisiz tasavvur

qilishimiz mumkin emas.

Navoiy o‘z davrining farzandi bo‘lib, uning tafakkuri ham o‘sha davrning mahsuli.

XV asr musulmon xalqlari esa islom taʼlimoti sifatida unga suyanar edi. Shoirning

dunyoqarashini ham islom va tasavvuf falsafasidan ayri tasavvur qilib bo‘lmaydi.

Binobarin: “Tasavvuf Sharq xalqlar falsafasi va madaniyatining buyuk yutuqlaridan biri

bo‘lib, u gʻoyat chuqur ilmiy-amaliy, diniy-falsafiy, ijtimoiy-siyosiy va axloqiy-maʼnaviy

taʼlimot ekanligi bilan bashariyat tarixida yuksak mavqe egallaydi”.

Musulmon Sharqi mumtoz adabiyotida asar ta’lif qilgan ijodkor hamd va na’t bitish

odobi tasnifga amal qilish hisoblangan. Jumladan, ijodkor asarning asosiy qismiga

murojaat qilishdan oldin muqaddima qismida hamd va na’t boblariga alohida e’tibor

qaratgan. Isro va Me’roj kechasi na’tlarning asosiy mavzularidan biri hisoblanadi.

Xamsachilik an’anasi davom ettirgan ijodkorlar dostonlari muqaddimasida hamd va na’t

baytlarining kelishi an’anaviy holatdir. Jumladan, Alisher Navoiy ham Nizomiy Ganjaviy,

Xisrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiylar an’anasini davom ettirib, “Xamsa” asarida Hamd

va na’t qismlarga alohida e’tibor qaratgan.

Me’roj mavzusi bilan bogʻliq syujet musulmon sharqida yaratilgan manbalarda

dastlab na’tning ichiga singdirib berilgan bo‘lib, keyinchalik, mustaqil asar sifatida

shakllangan. Sharq adabiyotida paygʻambar me’rojiga doir adabiy asarlarning paydo

bo‘lishi va turkiy tilli xalqlar orasida tarqalishini ularning ilmiy va amaliy ahamiyatini

belgilaydi. Shu bilan birga tasavvuf adabiyoti namoyandalari o‘z asarlarida Isro va Me’roj

voqealarini bayon etuvchi maxsus boblar ajratishini ularning mazkur hodisaga nisbatan

mustahkam ishonchlari bilan ham izohlash mumkin.

“Navoiy asarlarining izohli lugʻati”da “meʼroj” soʻzining birinchi maʼnosi “shoti”,

“narvon”, ikkinchi maʼnosi “yuqoriga (koʻkka) koʻtarilish”, uchinchi maʼnosi Muhammad

paygʻambarning Makkadan Quddusga borishi va Quddusdan koʻkka chiqishi deb izoh berilgan.

Alisher Navoiy “Xamsa” asarini yozish davomida barcha dostonlarining

muqaddima qismida me’roj voqeasiga alohida toʻxtalib oʻtgan. Jumladan, “Hayrat

ul-abror”da 53 bayt, “Farhod va Shirin”da 68 bayt, “Layli va Majnun”da 100 bayt,

“Sabʼai sayyor”da 92 bayt va “Saddi Iskandariy” dostonida 122 baytdan iborat.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701

262

Isro va meʼroj – islom tarixida paygʻambar sallallohu alayhi vasallamning

Makkadan Quddusga qilgan tungi sayri (Isro) hamda Quddusdagi Aqso masjididan
osmonga koʻtarilishi (Meʼroj) voqealarini anglatadi. Bu haqda Qurʼoni karim oyatlari va
hadisi shariflarda batafsil maʼlumotlar olishimiz mumkin. Hadis va rivoyatlarda
aytilishicha, Muhammad sallallohu alayhi vasallam Jabroil alayhissalom boshchiligida
tunda uzoq masofani bosib oʻtib, bu samoviy sayohatlaridan boy xotiralar bilan qaytadi.

Besh vaqt namoz ham shu kechada farz qilingan. Bu hodisa tasvirlab yozilgan

koʻpgina asarlar mavjud. Isro va meʼroj kechasi islom olamida diniy bayram sifatida har
yili hijriy rajab oyining 27-kechasida nishonlanadi.

Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning Makkadan Quddusga borishi Isro

va Quddusdan Alloh taoloning huzuriga borishi Me’roj deb ataladi. Meʼroj
Paygʻambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallamga berilgan ulugʻ moʻjizalardan
biridir. Boshqa biror paygʻambarga bunday ulugʻ maqom berilmagan. Meʼroj voqeasiga
inson aqli bilan anglamaydigan hodisadir. Unda roʻy bergan hodisalar zamon, makon va
masofa kabi tushunchalarni anglatishiga har qanday qalam ojiz.

Qurʼoni karimning 17-surasi Isro surasida Meʼroj kechasi quyidagicha taʼriflangan:

(Alloh)

bir kecha, Oʻz bandasi

(Muhammad)

ni unga oyat – moʻjizalarimizdan

koʻrsatish uchun

(Makkadagi)

Masjid al-Haromdan

(Quddusdagi)

Biz atrofini

barakotli qilib qoʻygan Masjid al-Aqsoga sayr qildirgan

(barcha ayb-u nuqsondan)

pok zotdir. Darhaqiqat, U eshitguvchi, koʻruvchi zotdir”

“Isro” surasi, 1- oyat).

Meʼroj kechasi toʻgʻrisida Sharq falsafiy tafakkuri tarixida ham turlicha fikrlar

bildirilgan. Jumladan, Ibn Sino bu sayrni Paygʻambarimiz sallallohu alayhi vasallamning
ruhoniyatlariga oid deb hisoblaydi. Uning fikricha, Rasululloh sallallohu alayhi
vasallamning Buroq bilan Baytul Haramdan Aqso masjidigacha boʻlgan safari jismoniy
boʻlib, osmonga uruj etishida ruh badanni muayyan vaqtda tark etib, yana oʻz vatani –
badan mulkiga qaytgan.

Sahih hadislar va boshqa dalillar shuni koʻrsatadiki, Isro ham Meʼroj ham aynan

jismoniy roʻy berganligi, bu paytda ruh jasadni tark etmagan. Alisher Navoiy hazratlari
ham “Xamsa” dostonlarida ushbu fikrni bildirganlar. “Hayrat-ul abror” dostonining
beshinchi na’ti Isro va Me’roj kechasiga bag‘ishlangan bo‘lib, u “Me’roj kechasi
ta’rifidakim, karimai: “Subhonallazi asro” anga musaddaqi durur va “bi-abdihi laylan
minal masjidil 38 haromi ilal masjidil aqso aning subutig‘a ikki guvohi sodiq deb
nomlanadi. Mazkur na’t quyidagi baytlar bilan boshlangan:


Bir kecha zulmatqa qolib koinot,
Mehr nihon o‘ylaki aynul-hayot.

Garchiki ul chashma nazardin qochib,
Xizr ko‘k uzra qatarotin sochib.

Tun qilibon gardini anbar sirisht,
Butratibon yerga nasimi bihisht.

Yer kuravi shakl ila mijmar bo‘lub,
Kecha savodi anga anbar bo‘lub.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701

263

O‘t kibi yer mijmari ostida mehr,
Yopib etak mijmara uzra sipehr.

Yog‘ibon oromu sukun yog‘ini,
Past qilib hodisa tufrog‘ini.

Bu kecha ul sarvi gulistoni uns,
Ravshan etib sham’i shabistoni uns.

Vasl xayolidin etib ko‘ngli xush,
Bahrdek ul jo‘sh ila aylab xurush,

Kim etib ul soyiri ulviy maqom,
Ilgida bir toyiri ulviy xirom.

Po‘yada ko‘k sayricha orom anga,
Yerdin o‘lub ko‘kkacha bir gom anga.

Imom Buxoriy “Al-Jomi’ as-sahih”ining “Me’roj haqida”gi bobida Molik ibn Sa’saa

rivoyat qilgan hadisda keltirilishicha, Muhammad sallallohu alayhi vasallam osmonning
har bir qavatida bir yo bir necha payg‘ambar bilan ko‘rishadilar. Falakning birinchi
qavatida Odam Safiyulloh, ikkinchi qavatida Yahyo va Iso Masih, uchinchi qavatida Yusuf
payg‘ambar, to‘rtinchi qavatida Idris payg‘ambar, beshinchi qavatida Horun payg‘ambar,
oltinchi qavatida Muso payg‘ambar, yettinchi qavatida Ibrohim Xalilulloh bilan muloqot
qiladilar.

Hazrat Navoiy bu mavzuni bayon qilishda oyat va sahih hadislardan tashqari

koʻplab tafsir va aqidaviy kitoblarga ham murojaat qilganini koʻramiz.

Shuningdek, Isro va Meʼroj voqeasi qachon sodir boʻlgani haqida turli xil fikrlar va

tadqiqotlar mavjud. Biz uni bir qancha maʼlumotlar bilan koʻrib chiqamiz:

Shayx Akbarobodiy oʻzining “Nodirul meʼroji turkiy” asarida Isro va Meʼroj voqeasi

haqida quyidagi fikrlarni keltiradi: “Va ani (Meʼrojni) voqeʼ boʻlgʻon vaqtida ham ixtilof
etgandurlar. Va ulamolarni koʻblari Meʼroj Rabiul avval oyida, paygʻambarlikning oʻn
ikkinchi yilida voqeʼ boʻlgʻondur deyurlar. Va baʼzilar ayturlar, Meʼroj hijratdin bir yil-u
besh oy burun erdi. Bu rivoyatga qaraganda, shul oyda voqeʼ boʻlsa kerak. Va bir qavlda
Rajab oyining yigirma yettinchisida voqeʼ boʻlgʻondur va baʼzilar paygʻambarlikning
beshinchi yilida voqeʼ boʻlgʻondur deyurlar”.

Jobir va Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumlar: “Rasululloh sallallohu alayhi

vasallam Rabiul avval oyining dushanba kuni ham tugʻilganlar, ham vahiy u zotga rost
tush orqali kela boshlagan, ham Meʼrojga chiqqanlar, ham Madinaga hijrat qilganlar, ham
vafot etganlar”, deyishgan.

Ibn Asiyr Jazariy: “Isro voqeasining dushanba kuni boʻlgani mening nazarimda

sahihdir”, – degan. Ibn Munir ham ushbu gapni ixtiyor qilgan.

Shayx Ali Noyif Shahhud: “Isro va Meʼroj hodisasi koʻpchilik va muhaqqiq

ulamolarning soʻzlariga koʻra, hijratdan bir yil oldin Rabiul avval oyida boʻlgan. Tadqiqot
va mushohada qilinganidan keyin, Isro va Meʼroj hodisasi Rabiul avval oyida boʻlganiga
ishonsa boʻladi”, deydi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701

264

Mulla Aliy qori ibn Muhammad Sulton Hanafiyning: “Isro hijratdan bir yil oldin

Rabiul avval oyida boʻlgan”, degan gaplariga, Ibn Asiyr: “Mana shu sahihdir”, – degan”.

Alloma Badriddin Ayniy Hanafiy: “Isro hodisasi hijratdan bir yil oldin Rabiul avval

oyida boʻlgan. Bu koʻpchilik ulamolarning soʻzidir. Hatto Ibn Hazm bu borada mubolagʻa
qilib, ijmoʻni naql qilgan”, deydi.

Demak, Isro va Meʼroj voqeasi hijratdan bir yil oldin, yaʼni paygʻambarlikning

13-yili Rabiul avval oyida, dushanba kuni boʻlgani haqiqatga yaqindir. Bu vaqt milodiy
621-yilning sentyabr yoki oktyabr oyiga toʻgʻri keladi. Oʻshanda Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam qamariy 52 yoshga toʻlgan edilar. Alloh taolo Oʻzining buyuk hikmati ila
bu hodisaning aniq vaqtini unuttirdi.

Alisher Navoiy bobomiz ham bu voqeani tasvirlab, Isro voqeasi Makkai

Mukarramadan Baytul Maqdisga sayr qilish, Meʼroj esa Baytul Maqdisdan osmonga
koʻtarilish ekani va bu voqealar Rabiul avval oyida sodir boʻlganiga eʼtibor qaratgan.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, hazrat Alisher Navoiy asarlari bilan

tanishish davomida shoirning falsafiy va adabiy-estetik asoslari Qur’oni karim va hadisi
sharifga tayanadi. Eng muhimi hazrat Alisher Navoiy islom ma’rifatining asoslarini
adabiy-estetik mezon qilib, asarlarida yuksak badiiy talqin etgan. Shu bilan bir qatorda
muqaddas dinimiz arkonlariga bir umr namunali amal qilib yashagan.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Ro‘YXATI:

1.

Alouddin Mansur. “Qurʼoni Karim maʼnolari va uning tarjimasi”. – T.: Choʻlpon,

1992. – 195 b.

2.

Abu Ali ibn Sino. «Ar-risolatul meʼrojiyya» (arab tilida). 129-b.

3.

Alisher Navoiy. «Hayrat ul-abror». – T.: Fan, 1991. – 390 b.

4.

Vohidov R. “Alisher Navoiy va Ilohiyat”. – Buxoro, 1994. – 91 b.

5.

Navoiy Alisher. «Mukammal asarlar toʻplami». 20 tomlik. 7-tom. «Hayratul

abror». – T.: Fan, 1991. 48-b.

6.

“Hidoyat” jurnali. 2012-yil. 1-son. 18-bet.

Библиографические ссылки

Alouddin Mansur. “Qurʼoni Karim maʼnolari va uning tarjimasi”. – T.: Choʻlpon, 1992. – 195 b.

Abu Ali ibn Sino. «Ar-risolatul meʼrojiyya» (arab tilida). 129-b.

Alisher Navoiy. «Hayrat ul-abror». – T.: Fan, 1991. – 390 b.

Vohidov R. “Alisher Navoiy va Ilohiyat”. – Buxoro, 1994. – 91 b.

Navoiy Alisher. «Mukammal asarlar toʻplami». 20 tomlik. 7-tom. «Hayratul abror». – T.: Fan, 1991. 48-b.

“Hidoyat” jurnali. 2012-yil. 1-son. 18-bet.