Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Theoretical foundations of the concept of euphemism: at
the intersection of language and culture
Makhbuba ASHIROVA
1
University of Tashkent for Applied Sciences
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received February 2025
Received in revised form
10
March 2025
Accepted 25 March 2025
Available online
25 April 2025
This article analyzes the theoretical foundations of
euphemism in French and Uzbek languages, focusing on its
linguistic function and interaction with cultural determinants.
Euphemism is considered not merely a stylistic device, but a vital
communicative and cultural phenomenon that reflects social
taboos, politeness norms, and aesthetic values. While French
euphemisms often serve the purpose of political correctness and
diplomatic tone, Uzbek euphemisms are deeply tied to traditions
of respect, modesty, and social etiquette. The research highlights
the dynamic nature of euphemisms, particularly how their
overuse and lexicalization diminish their euphemistic value,
prompting the emergence of new expressions. Drawing on
literary texts, political discourse, and media language, the article
provides comparative insights into how euphemisms reflect
cultural identity and societal norms. The findings underline the
role of euphemisms as a linguistic tool to navigate social
sensitivity and maintain communicative harmony in culturally
diverse settings.
2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss4
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
euphemism,
linguistic,
French,
Uzbek,
dysphemism,
taboo,
cultural,
pragmatic.
Evfemizm tushunchasining nazariy asoslari: til va
madaniyat kesishmasida
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
evfemizm,
lingvistik,
fransuz,
oʻzbek,
disefemizm,
Ushbu maqolada fransuz va oʻzbek tillaridagi evfemizm
tushunchasining nazariy asoslari, ularning til tizimidagi oʻrni
va madaniy determinantlar bilan oʻzaro aloqasi tahlil etiladi.
Tadqiqotning dolzarbligi evfemizmlarning nafaqat til
boyligini oshiruvchi vosita, balki madaniy-estetik koʻrsatkich
1
Senior Lecturer, University of Tashkent for Applied Sciences.
E-mail: mfashirova@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 4 (2025) / ISSN 2181-3701
140
tabu,
madaniy,
pragmatik.
sifatida jamiyat tafakkuridagi nozik qirralarni ifodalashdagi
oʻrnini yoritishda namoyon boʻladi. Maqolada evfemizm
hodisasi universal boʻlishi bilan birga, har bir til va
madaniyatga xos boʻlgan etik, diniy va ijtimoiy qadriyatlar
bilan bogʻliq holda shakllanishi koʻrsatilgan. Fransuz tilida
evfemizmlar koʻproq siyosiy toʻgʻrilik va ijtimoiy
diplomatiyani aks ettirsa, oʻzbek tilida bu hodisa hurmat,
andisha va odob meʼyorlari bilan uygʻunlashgan. Shuningdek,
lingvistik hodisaning dinamik tabiati, yaʼni evfemizmlarning
leksikalizatsiyalanishi natijasida ularning evfemistik yukini
yoʻqotishi, zamon bilan yangilanib borishi muhim muammo
sifatida koʻtarilgan. Tahlil jarayonida adabiy matnlar, siyosiy
nutqlar va ommaviy axborot vositalaridan misollar keltirilib,
evfemizmning lingvomadaniy xususiyatlari chuqur ochib
berilgan. Tadqiqot natijalari til va madaniyat oʻzaro
taʼsirining
kommunikativ
hodisalar
orqali
qanday
ifodalanishini koʻrsatib beradi.
Теоретические основы понятия эвфемизма: на
пересечении языка и культуры
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
эвфемизм,
лингвистический,
французский,
узбекский,
дисфемизм,
табу,
культурный,
прагматический.
В статье рассматриваются теоретические основы
эвфемизма во французском и узбекском языках, его место в
языковой системе и взаимосвязь с культурными
детерминантами. Подчеркивается, что эвфемизмы являются
не только лексическим украшением речи, но и важным
культурно-коммуникативным механизмом. Французские
эвфемизмы в основном выполняют функцию социальной
деликатности и политкорректности, тогда как узбекские —
отражают традиции уважения, скромности и этикета. Анализ
показывает, что по мере лексикализации эвфемизмы
утрачивают свою стилистическую нагрузку, и на их место
приходят новые выражения. В статье приводятся примеры из
художественной литературы, официальных речей и СМИ.
Исследование подчеркивает значение эвфемизмов как
индикаторов
культурной
чувствительности
и
прагматических стратегий в разных языковых сообществах.
KIRISH
Evfemizm lingvistik va madaniy jarayonlarning kesishgan nuqtasida
shakllangan murakkab til hodisasi sifatida tilshunoslik, madaniyatshunoslik va
pragmatika sohalarida alohida oʻrin tutadi. Til faqat aloqa vositasi boʻlib qolmay, balki
jamiyatda mavjud ijtimoiy meʼyorlar, qadriyatlar va estetik tamoyillarni ifodalovchi
kuchli madaniy fenomen hamdir. Aynan evfemizm hodisasi orqaligina tildagi ijtimoiy
va madaniy tabular, etiket qoidalari, axloqiy mezonlar va jamiyatning estetik didi
yaqqol namoyon boʻladi
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 4 (2025) / ISSN 2181-3701
141
Fransuz va oʻzbek tillari misolida evfemizmlarning nazariy asoslarini tahlil
qilish ikki xil madaniy kontekstda til va tafakkur oʻrtasidagi murakkab
munosabatlarni oʻrganish imkonini beradi. Har ikki til oʻz tarixiy taraqqiyoti
davomida evfemistik ifodalarni madaniy qadriyatlar, diniy qarashlar, ijtimoiy tabular
va adabiy uslubiyatlar bilan uygʻunlashtirib shakllantirgan. Jumladan, Fransuz tilida
evfemizm koʻpincha nafislik, diplomatiya va ijtimoiy noziklik talablariga javob bergan
boʻlsa, oʻzbek tilida esa evfemistik ifodalar hurmat, andisha va milliy urf-odatlar
doirasida shakllangan.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI
Kishilar orasidagi muloqotlarda axloqiy oʻngʻaysizlik mavjud boʻlib, bu
koʻproq obyektiv reallikni oʻz nomi bilan atashga moyillikdan kelib chiqadi [1].
Darhaqiqat jarayonda har bir hodisani yoki holatni oʻz nomi bilan atash baʼzi hollarda
muloqotdoshlar orasida oʻngʻaysizlik keltirib chiqarishi mumkin va bu noqulaylikni
bartaraf etishda evfemalarni qoʻllash maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. [Evfemizm
yunoncha eu – yaxshi, + phemi – gapiraman] biror sababga koʻra qoʻllanishi
taqiqlangan yoki qoʻllanishi noqulay boʻlgan qoʻpol dagʻal soʻz yoki ibora oʻrniga
yumshoq soʻz yoki ibora qoʻllash [2] suhbatdoshga suhbat jarayonida erkinlik va
qulaylik beradi. Hodisa barcha tillarga xosligi va oʻrganilish darajasini kengligi bilan
ham eʼtiborga molik, dunyo olimlari tomonidan olib borilgan qator tadqiqotlar
fikrimiz isbotidir. Evfemizm tarifi keltirilgan ilk yozma manba Thomas Blountning
1656-yilda chop etilgan Glossographia asari boʻlib, hodisaga “Evfemizm – yomon
soʻzning yaxshi yoki yoqimli ifodalanishi” deb taʼrif beradi. Tarif juda sodda va
jimjimalardan holi tuyuladi, ammo masalaning mohiyatini toʻlaligicha ochib beradi,
deb aytolamiz.
Evfemizmlar jamiyatning barcha qatlamlari vakillari tomonidan ixtiyoriy,
ixtiyorsiz ravishda foydalaniladi [3] . Shuningdek, Hatzfeld (1928) va López Díaz
(2012) evfemizm, albatta, leksik almashtirishga asoslanadi, degan fikriga
qoʻshilmaymiz. Bizningcha, ushbu stilistik hodisa Kerbrat-Orekchioni (1992 va 1996)
tomonidan nutq odob-axloqi boʻyicha oʻrganilgan strategiyalar kabi qoʻshimcha
uslublar asosida ham yuzaga kelishi mumkin.
Bundan tashqari, bu hodisa Bonhomme (2005) tomonidan taqdim etilgan asl
tipologiyada toʻliq hisobga olinmagan aksiologik yondashuvlarga ham asoslanadi.
Bonhomme ushbu tipologiyada “kamsitilgan qadrsizlantirish”, “neytrallashtirish” va
“obroʻ-eʼtibor berish”ni [4] toʻgʻri ajratib koʻrsatgan. Biroq, koʻpincha evfemizm biz
“maqtov” deb ataydigan ijobiylikning toʻrtinchi turini ham amalga oshiradi.deb
hisoblaydi. Bu jihati bilan evfemizmlarni keng ekanligini taʼkidlaydi.
Oʻzbek tilshunoslari tomonidan tadqiq etilgan ishlarda
xususan,
Sh.Gulyamovaning evfemizmlarni serqirra, keng qamrovli hodisa, u nafaqat tabu
soʻzlar oʻrnida, qolaversa, aytish noqulay [12] boʻlgan birliklar maʼnosini yumshatib
ifodalash uchun ham qoʻllanilishini aytib oʻtadi va mazkur atama grekcha yaxshi mish-
mish, dovruq soʻzlaridan kelib chiqqan degan gʻoyani ilgari suradi [5]. Evfemizm
dastlab qoʻpol ifodali soʻzlardan saqlanish ijobiy belgiga ega soʻz izzat-hurmatni
ifodalaydigan jimlik, yaʼni sukut saqlashni ifodalovchi soʻz sifatida izohlangan.
Keyinchalik evfemizm izzat-hurmatni ifodalaydigan jimlik maʼnosini yoʻqotgan.
Evfemiyalarning asosini ijtimoiy, axloqiy, diniy va siyosiy motivlar tashkil qiladi [6].
Lekin evfemizmlar hurmat maʼnosini yoʻqotgan degan qarash, bizningcha, bahsli,
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 4 (2025) / ISSN 2181-3701
142
chunki tabularni evfemizmlar bilan almashtirishning sabablaridan biri nutq
sohibining tinglovchiga yoqish maqsadida harakat qilishi va shu maqsad ularni
qoʻllashga sabab boʻladi. N.Gʻaybullayevaning hodisa yuzasidan fikrlari yuqoridagi
gipotezani inkor qiladi. Uning taʼrifiga koʻra, evfemizmlar xalqlardagi urf-odat,
madaniy saviyaning darajasi, estetik did va etnik meʼyorlarning rivojlanishi bilan
bogʻliq sanaladi [5:11]. Bu fikrning tasdigʻi sifatida aytish mumkinki, milliy tarbiya
koʻrgan oʻzbek oilalarida ayol oʻz turmush oʻrtogʻini ismi bilan emas, bosh
farzandining ismi bilan chaqiradi yoki kelin turmush oʻrtogʻining aka-ukalari, opa-
singillarini ismi oʻrniga ularning xususiyatlari yoki fazilatlari, erkalash soʻzlar bilan
ataydi, masalan: Oyqiz, kenjatoy, polvon, zalatoy, sotti, jigit, onaqiz, bacha kabi.
Qolaversa, oʻzbek oilalarida ota-onaga yoki oiladagi yoshi ulugʻlarga boʻlgan hurmat
ham ayni shu birliklar vositasida ifodalanadi. Misol tariqasida oilada onaning yoki
kattalarning ismlarini kichik oila aʼzolari atoqlab aytishi shu shaxsga nisbatan
hurmatsizlik sanalgan. Biz duch kelgan vaziyatda onasining ismi Shakar, otasining
ismi Oʻroq, amakisining ismi Bolta, pochchasining ismi Rahmat, yangasining ismi
Mahkam boʻlgani uchun farzandlar shu predmet va soʻzlar oʻrniga shira, oʻt oʻrgʻich,
oʻtin yorgʻich, tashakkur, mustahkam evfemik birliklarni ishlatganining guvohi
boʻlganmiz. Bu etnik meʼyor bilan bogʻliq holat hisoblanadi. Turkolog A.N.
Samoylovich oltoy ayollari aytishi mumkin boʻlmagan 42 ta soʻz lugʻatini beradi.
Masalan: qozoq, qirgʻiz ayollari erlari ismiga qoʻshib aytiladigan boʻri, qoʻzi qoʻy, daryo
qamish, soʻzlari oʻrniga oquvchi – daryo, oquvchining narigi tomonida koʻkaradigan –
qamish, uvlovchi – boʻri, marovchi – qoʻy, marovchining bolasi – qoʻzi [7].
Koʻrinib turibdiki, turkiy xalqlarda erkak jinsiga nisbatan va uning yaqin
qarindoshlariga, yoshi ulugʻlarga va ota-onaga nisbatan hurmat, etnik meʼyor
hisoblanadi va bu meʼyor evfemalar orqali ifodalanadi.
Insonlar ongidagi qoʻrquv yashash muhiti yer sharining qaysi qitʼasida
istiqomat qilishidan qatʼi nazar ayni bir xil hissiyot hisoblanadi. Faqatgina muhit va
sharoit taqozosi bilan qoʻrquv uygʻotuvchi motivlar oʻzgaradi. Masalan, chayon –
eshak, oti yoʻq; ilon – arqon, kanat. D. Aitovaning dissertatsiyasida shimollik odamlar
ongida ayiq hamisha qoʻrquv uygʻotgan ayni shu qoʻrquv yevropaliklarni unda duch
kelishdan qoʻrqib boshqa nom bilan “asal yeyuvchi”, “momiqvoy”, va “bobojon” deb
atashlariga sabab boʻlgan[6:9].
MUHOKAMALAR
Kishilar orasidagi muloqotlarda axloqiy oʻngʻaysizlik mavjud boʻlib, bu koʻproq
obyektiv reallikni oʻz nomi bilan atashga moyillikdan kelib chiqadi [1]. Darhaqiqat
jarayonda har bir hodisani yoki holatni oʻz nomi bilan atash baʼzi hollarda
muloqotdoshlar orasida oʻngʻaysizlik keltirib chiqarishi mumkin va bu noqulaylikni
bartaraf etishda evfemalarni qoʻllash maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. [Evfemizm
yunoncha eu – yaxshi, + phemi – gapiraman] biror sababga koʻra qoʻllanishi taqiqlangan
yoki qoʻllanishi noqulay boʻlgan qoʻpol dagʻal soʻz yoki ibora oʻrniga yumshoq soʻz yoki
ibora qoʻllash [2] suhbatdoshga suhbat jarayonida erkinlik va qulaylik beradi. Hodisa
barcha tillarga xosligi va oʻrganilish darajasini kengligi bilan ham eʼtiborga molik,
dunyo olimlari tomonidan olib borilgan qator tadqiqotlar fikrimiz isbotidir. Evfemizm
tarifi keltirilgan ilk yozma manba Thomas Blountning 1656-yilda chop etilgan
Glossographia asari boʻlib, hodisaga “Evfemizm – yomon soʻzning yaxshi yoki yoqimli
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 4 (2025) / ISSN 2181-3701
143
ifodalanishi” deb taʼrif beradi. Tarif juda sodda va jimjimalardan holi tuyuladi, ammo
masalaning mohiyatini toʻlaligicha ochib beradi, deb aytolamiz.
Evfemizmlar jamiyatning barcha qatlamlari vakillari tomonidan ixtiyoriy,
ixtiyorsiz ravishda foydalaniladi [3] . Shuningdek, Hatzfeld (1928) va López Díaz (2012)
evfemizm, albatta, leksik almashtirishga asoslanadi, degan fikriga qoʻshilmaymiz.
Bizningcha, ushbu stilistik hodisa Kerbrat-Orekchioni (1992 va 1996) tomonidan nutq
odob-axloqi boʻyicha oʻrganilgan strategiyalar kabi qoʻshimcha uslublar asosida ham
yuzaga kelishi mumkin.
Bundan tashqari, bu hodisa Bonhomme (2005) tomonidan taqdim etilgan asl
tipologiyada toʻliq hisobga olinmagan aksiologik yondashuvlarga ham asoslanadi.
Bonhomme ushbu tipologiyada “kamsitilgan qadrsizlantirish”, “neytrallashtirish” va
“obroʻ-eʼtibor berish”ni [4] toʻgʻri ajratib koʻrsatgan. Biroq, koʻpincha evfemizm biz
“maqtov” deb ataydigan ijobiylikning toʻrtinchi turini ham amalga oshiradi.deb
hisoblaydi. Bu jihati bilan evfemizmlarni keng ekanligini taʼkidlaydi.
Oʻzbek
tilshunoslari
tomonidan
tadqiq
etilgan
ishlarda
xususan,
Sh.Gulyamovaning evfemizmlarni serqirra, keng qamrovli hodisa, u nafaqat tabu soʻzlar
oʻrnida, qolaversa, aytish noqulay [12] boʻlgan birliklar maʼnosini yumshatib ifodalash
uchun ham qoʻllanilishini aytib oʻtadi va mazkur atama grekcha yaxshi mish-mish,
dovruq soʻzlaridan kelib chiqqan degan gʻoyani ilgari suradi [5]. Evfemizm dastlab
qoʻpol ifodali soʻzlardan saqlanish ijobiy belgiga ega soʻz izzat-hurmatni ifodalaydigan
jimlik, yaʼni sukut saqlashni ifodalovchi soʻz sifatida izohlangan. Keyinchalik evfemizm
izzat-hurmatni ifodalaydigan jimlik maʼnosini yoʻqotgan. Evfemiyalarning asosini
ijtimoiy, axloqiy, diniy va siyosiy motivlar tashkil qiladi [6]. Lekin evfemizmlar hurma t
maʼnosini yoʻqotgan degan qarash, bizningcha, bahsli, chunki tabularni evfemizmlar
bilan almashtirishning sabablaridan biri nutq sohibining tinglovchiga yoqish
maqsadida harakat qilishi va shu maqsad ularni qoʻllashga sabab boʻladi.
N.Gʻaybullayevaning hodisa yuzasidan fikrlari yuqoridagi gipotezani inkor qiladi. Uning
taʼrifiga koʻra, evfemizmlar xalqlardagi urf-odat, madaniy saviyaning darajasi, estetik
did va etnik meʼyorlarning rivojlanishi bilan bogʻliq sanaladi [5:11]. Bu fikrning tasdigʻi
sifatida aytish mumkinki, milliy tarbiya koʻrgan oʻzbek oilalarida ayol oʻz turmush
oʻrtogʻini ismi bilan emas, bosh farzandining ismi bilan chaqiradi yoki kelin turmush
oʻrtogʻining aka-ukalari, opa-singillarini ismi oʻrniga ularning xususiyatlari yoki
fazilatlari, erkalash soʻzlar bilan ataydi, masalan: Oyqiz, kenjatoy, polvon, zalatoy, sotti,
jigit, onaqiz, bacha kabi. Qolaversa, oʻzbek oilalarida ota-onaga yoki oiladagi yoshi
ulugʻlarga boʻlgan hurmat ham ayni shu birliklar vositasida ifodalanadi. Misol
tariqasida oilada onaning yoki kattalarning ismlarini kichik oila aʼzolari atoqlab aytishi
shu shaxsga nisbatan hurmatsizlik sanalgan. Biz duch kelgan vaziyatda onasining ismi
Shakar, otasining ismi Oʻroq, amakisining ismi Bolta, pochchasining ismi Rahmat,
yangasining ismi Mahkam boʻlgani uchun farzandlar shu predmet va soʻzlar oʻrniga
shira, oʻt oʻrgʻich, oʻtin yorgʻich, tashakkur, mustahkam evfemik birliklarni
ishlatganining guvohi boʻlganmiz. Bu etnik meʼyor bilan bogʻliq holat hisoblanadi.
Turkolog A.N. Samoylovich oltoy ayollari aytishi mumkin boʻlmagan 42 ta soʻz lugʻatini
beradi. Masalan: qozoq, qirgʻiz ayollari erlari ismiga qoʻshib aytiladigan boʻri, qoʻzi qoʻy,
daryo qamish, soʻzlari oʻrniga oquvchi – daryo, oquvchining narigi tomonida
koʻkaradigan – qamish, uvlovchi – boʻri, marovchi – qoʻy, marovchining bolasi – qoʻzi
[7].
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 4 (2025) / ISSN 2181-3701
144
Koʻrinib turibdiki, turkiy xalqlarda erkak jinsiga nisbatan va uning yaqin
qarindoshlariga, yoshi ulugʻlarga va ota-onaga nisbatan hurmat, etnik meʼyor
hisoblanadi va bu meʼyor evfemalar orqali ifodalanadi.
Insonlar ongidagi qoʻrquv yashash muhiti yer sharining qaysi qitʼasida istiqomat
qilishidan qatʼi nazar ayni bir xil hissiyot hisoblanadi. Faqatgina muhit va sharoit
taqozosi bilan qoʻrquv uygʻotuvchi motivlar oʻzgaradi. Masalan, chayon – eshak, oti
yoʻq; ilon – arqon, kanat. D. Aitovaning dissertatsiyasida shimollik odamlar ongida ayiq
hamisha qoʻrquv uygʻotgan ayni shu qoʻrquv yevropaliklarni unda duch kelishdan
qoʻrqib boshqa nom bilan “asal yeyuvchi”, “momiqvoy”, va “bobojon” deb atashlariga
sabab boʻlgan[6:9].
NATIJALAR
Keyingi paytlarda lisoniy hodisalarning estetik qiymati va axloqiy, va
lingvomadaniy xususiyatlari keng qamrovli oʻrganilishi natijasida evfemizatsiya
hodisasining yangidan-yangi qirralari ochilmoqda. Badiiy matnlarda borliq
hodisalarini, inson ruhiyatini oʻzaro munosabatlarni tasvirlashda evfemizatsiyaga
murojaat qilish ustivorlashayotganligi [1:73] inson ruhiyatini ifodalash adresantga
noqulaylik tugʻdirmaslikka intilish yoki suhbatdoshlarning bir-biriga tavoze bilan
murojaati rasmiy muloqot va badiiy matnda yaqqol koʻzga tashlanadi. Xushxulqlik
tamoyili asosida vujudga kelgan evfemizmlar jismoniy-aqliy kamchiliklarni ifodalashga
aytilishi noqulay hisoblangan tushunchalarni “qogʻozga oʻrab” yetkazishga xizmat
qiladi deb hisoblash mumkin.
Matbuotda tez-tez koʻzga tashlanayotgan holatlar: Aholining kam taʼminlangan
qatlami = kambagʻallar, nochorlar; koʻzi ojizlar jamiyati = koʻrlar jamiyati;
paralimpiyada qoʻmitasi = nogiron sportchilar qoʻmitasi; va b.
Ammo evfemizmlar paydo boʻlishini faqat xushxulqlik tamoyili bilan bogʻlash
ham uning doirasini chegaralab qoʻyadi.[11:46]
XULOSA
Xulosa qilib aytish mumkinki, evfemizmlar fikrni chiroyli ifodalashning bir
vositasi boʻlishdan tashqari millatning til imkoniyatlarini, qolaversa, uning estetik didi
va xushmuomalaligi, xush-xulqliligini ifodalovchi hodisa. Evfemizmlardan oʻrinli
foydalanish nafaqat adresantga shuningdek, soʻzlovchiga ham noqulaylikdan chiqib
ketish va erkin muloqot imkonini beradi.
Evfemizmlar milliy tilning lugʻat boyligini oshirishdagi ahamiyati beqiyos. Chunki
ularga tabularni chiroyli ifodalovchi vosita sifatida qaraladi. Shuningdek, aytilishi
nooʻrin yoki uyat deb hisoblangan soʻzlar, tibbiyot mutaxassislari tomonidan
qoʻllanadigan kasallik nomlari, aholini vahimaga solishdan qochgan holda matbuotda
ishlatiladigan ayrim atamalar va leksikalar chetdan oʻzlashgan soʻzlar vositasida
ifodalanishi ham gapimizning isbotidir. WC – harbiy operatsiya, diskriminatsiya, stress,
Alsgeymer, gomoseksualizm kabi soʻz va iboralarini shular jumlasiga kirgizish mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Қаландаров Ш. Ш. Ўзбек лингвомаданий муҳитида халқ мақоллари
эвфимизацияси //Фил. фан.ном дисс– Қўқон,–2019. 55-б.
2.
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. //бешинчи жилд. – Тошкент: ЎзМЭ,
2006. – 17 б.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 4 (2025) / ISSN 2181-3701
145
3.
Rawson, Hugh. (1981) A Dictionary of Euphemisms and Other Doubletalk:
Being a Compilation of Linguistic Fig Leaves and Verbal Flourishes for Artful Users of the
English Language. New York: Crown Publishers,.
4.
Bonhomme, Marc. 2014 [2005] Pragmatique des figures du discours. Paris :
Honoré Champion, coll. Bibliothèque de grammaire et de linguistique, , 240-251. ISBN :
978-2-7453-2919-6.
5.
Н.И Ғайбуллаева Ўзбек тилида тиббий эвфемизмлар // Фил.фанлари
доктори (PhD) дисс... – Бухоро, 2019. – 14 б
6.
Аитова, Д. Табуированная лексика и эвфемизмы в современном русском
языке. Санкт-Петербург: СПбГУ, 2019. — 7 с.
7.
Самойлович, А.Н. Введение в изучение тюркских языков. Ленинград:
Издательство Академии Наук СССР, 1922. — 126 с.
8.
Jamet, Denis. “Historique et procédés linguistiques de lʼeuphémisme.” HAL
Archives Ouvertes, 2018.
9.
https://hal.science/hal-01925016
10.
Enright, D. J. Fair of Speech: The Uses of Euphemism. Oxford: Oxford
University Press, 1985.
11.
A.Omonturdiyev, Evfemik vositalarningfunksional uslubiy xususisyatlari. Dis.
Toshkent 1997. 20 bet
12.
Ш. К. Гулямова Ўзбек тили эвфемизмларнинг гендер хусусиятлари//
Фил.фанлари доктори (PhD) дисс... – Бухоро, 2020. – 46 б.
