Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
The relevance of students' independent learning skills in
higher education institutions
Anvar NURMURATOV
1
Samarkand State Institute of Foreign Languages
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received September 2024
Received in revised form
10 October 2024
Accepted 25 October 2024
Available online
15 November 2024
The modern education system demands that students become
active, independent, and critical thinkers. Professors not only
deliver knowledge but also act as facilitators and managers of the
educational process, guiding students in their independent
learning journeys. Independent educational mobility is essential
for meeting these demands. This article discusses the
requirements of modern educational resources in fostering
students' development through independent learning. It
examines the role of independent learning in the educational
process, the critical analysis of data by students during
independent study, and the methods for verifying the reliability
of their findings.
2181-3701/© 2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss6-pp158-164
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
educational electronic
processes,
educational system,
higher education,
distance education,
independent education,
mechanisms of independent
education,
libraries,
software products.
Oliy ta’lim muassasalarida talabalarning mustaqil ta’lim
olish ko‘nikmalarining dolzarbligi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
ta’lim jarayonlari,
ta’lim tizimi,
oliy ta’lim,
masofaviy ta’lim,
mustaqil ta’lim,
mustaqil ta’lim olish
mexanizmlarini,
elektron kutubxonalar,
dasturiy vositalar.
Hozirgi zamon ta’lim tizimi talabalardan faol, mustaqil va
tanqidiy fikrlovchi shaxslar bo‘lishini talab qiladi. Professor-
o‘qituvchilar faqat bilim beruvchi emas, balki ta’lim jarayonini
boshqaruvchi va talabalarni mustaqil o‘rganishga yo‘naltiruvchi
rolini o‘ynaydi. Mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalari bu talablarni
qondirish uchun zarurdir. Maqolada oliy ta’lim muassasalarida
talabalarning
mustaqil
ta’lim
olish
ko‘nikmalarini
rivojlantirishda zamonaviy ta’lim tizimining talablari,
imkoniyatlari shuningdek, mustaqil o‘rganish jarayonida
talabalar turli manbalardan ma’lumotlarni tanqidiy tahlil qilish,
ularning ishonchliligini baholash masalalari tahlil qilingan.
1
PhD, Samarkand State Institute of Foreign Languages.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 2 № 6 (2024) / ISSN 2181-3701
159
Актуальность навыков самостоятельного обучения
студентов в высших учебных заведениях
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
образовательные
процессы,
система образования,
высшее образование,
дистанционное
образование,
самообразование,
механизмы
самостоятельного
обучения,
электронные библиотеки,
программные средства.
Современная система образования предъявляет к
учащимся высокие требования, побуждая их быть активными,
независимыми и критически мыслящими. Преподаватели и
профессоры выступают не только как носители знаний, но и
как менеджеры образовательного процесса, направляющие
студентов к самостоятельному обучению. Развитие навыков
самостоятельной работы становится ключевым условием для
успешного соответствия этим требованиям. В данной статье
рассматриваются особенности и возможности современной
системы образования, способствующие развитию у студентов
высших учебных заведений навыков самостоятельного
обучения, включая критический анализ информации из
различных источников и оценку их достоверности.
KIRISH
Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans uchun tamal toshi qo‘yilayotgan bir paytda
uning asosi, harakatlantiruvchi kuchi hisoblanmish yoshlarimizni har tomonlama yetuk, chet
tillarda so‘zlashish imkoniga ega, o‘z sohasi bo‘yicha xorijiy hamkasblari bilan erkin tajriba
almasha oladigan tarzda kamol toptirish davlatimiz siyosatining eng asosiy bo‘g‘inlaridan biri
bo‘lib turibdi. Ilm-fan rivojlanishida, u bilan hamnafas va hamqadam bo‘lishni esa bugungi
davrning o‘zi taqozo etmoqda. U borada “Ta’lim jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida
individuallashtirish, masofaviy ta’lim xizmatlarini rivojlantirish, vebinar, onlayn, “blended
learning”, “flipped classroom” texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish” muhim
ahamiyatga ega. Shu jihatdan kelib chiqib, innovatsion metodlarni ta’lim tizimida qo‘llagan
holda, mustaqil ta’lim olishning ko‘lamini oshirish, barchaning bu imkoniyatdan foydalana
olishi
uchun
masofaviy
ta’limni
rivojlantirish
pedagoglar
va
AT mutaxassislarimiz oldidagi asosiy vazifalardan biri bo‘lmoqda.
Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish dolzarb
masalalardan sanalib, talabalarda qanday qilib mustaqil ta’lim olish ko‘nikmasini
shakllantirish professor-o‘qituvchilarni qiynab kelgan muammolardan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrda “Oliy ta’lim
muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi 824-sonli qarorining: 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim
muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida
NIZOM”ning 4-bob, 15-bandida “Kredit-modul tizimida 1 kredit o‘rtacha 25–30 akademik
soatlik o‘quv yuklamasiga teng. Ya’ni talaba muayyan fandan tegishli kreditlarni to‘plashi
uchun ma’lum miqdordagi o‘quv yuklamasini o‘zlashtirishi zarur. O‘quv yuklamasi
bakalavriatda – 40–50% auditoriya soati, 50–60% mustaqil ish soatiga, magistraturada –
30%–40% auditoriya soati, 60–70% mustaqil ish soatiga (malakaviy amaliyot va bitiruv
malakaviy ishlari bundan mustasno) bo‘linadi. Kreditning soatlardagi miqdori va o‘quv
yuklamasi miqdori oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi va oliy ta’lim
muassasasi veb-sahifasida shaffof tarzda joylashtiriladi” deb belgilangan.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 2 № 6 (2024) / ISSN 2181-3701
160
Bu borada rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, ta’lim tizimiga
sifat va samaradorlikka erishishda talabalarning mustaqil ta’lim olishlarida metodologik
asos vazifasini bajarmoqda. Shuningdek, ta’lim sohasidagi erishilgan natijalarning
amaliyotga joriy qilinishi mustaqil ta’lim olish mexanizmlarini takomillashtirish zaruratini
taqozo etadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim tizimini rivojlantirish, sifat bosqichiga erishda
mustaqil ta’limni tashkil etish va uning texnologiyalarini ta’lim tizimiga joriy etishga doir
qator ishlar amalga oshirilib, oliy ta’lim muassasalarida o‘qitishning zamonaviy
komponentlarini to‘liq qamrab oladigan tizimli tadqiqot olib borish bugungi kunning
dolzarb vazifasiga aylanmoqda.
Bu sohada mamlakatimizda A. Abduqodirov, J. Jalolov, A. Pardayev, M. Fayziyeva,
D. Sultanova, Sh. Safarov, I. Tuxtasinov, M. Lutfullayev, Sh. Ashurov, D. Tagayeva,
P. Omanov,
S. Chimpo‘latova,
D. O‘rinboyeva,
M. Hakimov,
F. Katipbergenova,
D. Kurbanbayev, A. Kayipbergenov, Sh. Sultonova va boshqa pedagog olimlar va
tadqiqotchilar o‘z ilmiy izlanishlari doirasida xorijiy tillarning masofaviy tarzda
o‘qitishning afzalliklari, innovatsion texnologiyalarning mustaqil ta’limni bajarishdagi
samaradorligi xususida ilmiy qarashlarni bayon qilishgan.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Oliy ta’lim muassasalarida mustaqil ta’limni muvaffaqiyatli tashkil etish,
talabalarning o‘z-o‘zini rivojlantirish va mustaqil bilim olish qobiliyatlarini oshirish juda
muhimdir. Talabalar orasida innovatsion faoliyatni rivojlantirish orqali kasbiy
kompetensiyalarni shakllantirish, sohaga oid muammoli vaziyatlarni chuqur tahlil qilishni
osonlashtiradi. Buning uchun, dasturiy mahsulotlar, internet orqali foydalanish mumkin
bo‘lgan vositalar, elektron qo‘llanmalar va test tizimlari kabi zamonaviy axborot
texnologiyalaridan keng foydalangan holda, o‘quv jarayonlarini yanada takomillashtirish
zarur. Elektron kutubxonalar, o‘quv-me’yoriy hujjatlarni avtomatlashtirish mumkin
bo‘lgan ta’lim muhitlari, shuningdek, kompyuter texnologiyalari asosida o‘qitishga
mo‘ljallangan dasturiy vositalar talabalarga o‘z bilimlarini mustaqil ravishda rivojlantirish
imkoniyatini beradi. Talabalar o‘quv jarayonida samarali ishtirok etishlari uchun
multimediali elektron darsliklar, elektron o‘rgatuvchi kurslar va masofaviy ta’lim
portallari orqali turli resurslarga kirish imkoniyatiga ega bo‘lishlari zarur. Bunday
yangiliklar ta’lim tizimida ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish, talabalarning mustaqil ta’lim
olish
mexanizmlarini
rivojlantirish
va
zamonaviy
axborot-kommunikatsion
texnologiyalarni samarali qo‘llashga yordam beradi. Umuman olganda, bunday yagona
axborot muhitini yaratish jarayoni ta’limning sifatini oshirish, talabalarning kasbiy
bilimlarini mustahkamlash va uning samarali o‘zaro ta’sirini ta’minlash uchun zarurdir. Bu
esa, oxir-oqibatda, kelajakda muvaffaqiyatli mutaxassislar tayyorlashda muhim
ahamiyatga ega bo‘ladi.
TAHLILLAR VA NATIJALAR
Talabalarning mustaqil ta’lim olish ko‘nikmasini oshirish, ijodiy tafakkurini
rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish
imkoniyatini kengaytirish, mustaqil ta’lim olish mexanizmlarini takomillashtirishga
qaratilgan elektron o‘quv adabiyotlar yaratish va ulardan dars jarayonida foydalanish
ta’lim tizimida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada tadqiqotchi-olim J.G. Obidov
tadqiqotlarida talabalarning mustaqil ta’limidan asosiy maqsadlari sifatida quyidagicha
bayon qiladi:
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 2 № 6 (2024) / ISSN 2181-3701
161
“talaba yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o‘zlashtirish ko‘nikmasiga ega
bo‘lishi;
kerakli ma’lumotlarni izlab topish, o‘rganishning qulay usullari va vositalarini
aniqlay olish
ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
axborot manbalari va manzillaridan samarali foydalanishi;
o‘quv va ilmiy adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar bilan ishlashi;
elektron o‘quv adabiyotlar va ma’lumotlar banki bilan ishlashi;
internet tarmog’idan samarali foydalanishi;
ma’lumotlar bazasini tahlil etishi;
berilgan topshiriqlarning ratsional yechimini belgilashi;
topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondashishi;
o‘quv va ilmiy adabiyotlaridan mustaqil holda ilmiy axborotlarni ola bilishi;
amaliy mashg’ulotlarda mustaqil bajarish uchun berilgan amaliy topshiriq
(mustaqil ish)larni bajarishi va mustaqil ishlarni mas’ul o‘qituvchi va guruh talabalari
o‘rtasida himoya qila bilishi kerak va h.k.”.
Oliy ta’lim muassasasida mustaqil ta’lim topshiriqlari talabalar uchun o‘z bilim va
ko‘nikmalarini mustahkamlash, o‘rganish jarayonini chuqurlashtirish hamda o‘z-o‘zini
tarbiyalash maqsadida beriladi.
Talabalarining mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini shakllantirishda bir qancha muhim
jihatlar mavjud:
O‘z-o‘zini boshqarish.
Mustaqil ta’lim ko‘nikmalari talabalarni o‘z vaqtlarini
samarali boshqarish va o‘z maqsadlariga erishish uchun zarur bo‘lgan o‘z tashkiliy
qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Izlanish faoliyati.
Talabalar mustaqil ravishda izlanishlar olib borish orqali yangi
bilimlar va ma’lumotlarni o‘zlashtiradilar. Bu jarayon imkoniyatlarni kengaytiradi va
fikrlash qobiliyatini oshiradi.
Muammolarni hal qilish qobiliyati.
Mustaqil ta’lim jarayonida talabalar turli
muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish strategiyalarini ishlab chiqish
ko‘nikmalarini rivojlantiradilar.
Tanqidiy fikrlash.
Mustaqil ta’limda talabalar o‘z bilimlariga tanqidiy yondashish
va o‘z fikrlarini ifodalash orqali idrok qilish darajasini oshiradilar.
O‘z o‘rnini belgilash.
Talabalar o‘z qobiliyatlarini va qanday qilib muvaffaqiyatga
erishishlari kerakligini anglab yetishlari muhimdir. Bu ularning kelajakda kasbiy
faoliyatlarini rejalashtirishda yordam beradi.
Resurslardan foydalanish.
Mustaqil ta’lim ko‘nikmalari talabalarni mavjud bilim
manbalaridan samarali foydalanishga o‘rgatadi. Talabalar mustaqil ravishda
kutubxonalardan, internetdan va boshqa resurslardan foydalanishni o‘rganadilar.
O‘z-o‘zini baholash.
Mustaqil ta’lim jarayonida talabalar o‘z faoliyatlarini baholash
va natijalardan xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantiradilar, bu ularning o‘sishida
muhim ahamiyatga ega.
Shu sababli, oliy ta’lim muassasalari mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini oshirishga
qaratilgan metodologiyalarni ishlab chiqish va talabalar uchun zarur sharoitlarni taqdim
etishi lozim. Topshiriqlarni bajarishda talabalar o‘z vaqtlarini to‘g‘ri rejalashtirishlari,
resurslarni samarali foydalanishlari va fikrlarini aniq ifodalay olishlari muhimdir. Bunda
o‘qituvchilar talabalar uchun aniq ko‘rsatmalar berishi va ularning rivojlanishiga yo‘l-
yo‘riq ko‘rsatishi lozim.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 2 № 6 (2024) / ISSN 2181-3701
162
Shu tarzda, yuqoridagi chora-tadbirlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish orqali oliy
ta’lim muassasalarida talabalarning mustaqil ta’lim olish qobiliyatlari va ijodkorlik
ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari yanada kengayadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “O‘zbekiston
Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi farmonlar hamda bir qator huquqiy meyyoriy hujjatlarda oliy ta’lim
muassasalarida ta’lim jarayonini Davlat ta’lim standartlari hamda malaka talablari asosida
tashkil etish hamda mutaxassislar tayyorlash belgilab qo‘yilgan. Oliy ta’lim muassasalari
talabalarining mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini shakllantirishda ularning o‘z oldiga qo‘ygan
maqsadi, bunga ko‘ra reja tuzganligi hamda uni bajarish jarayonini tizimli tashkil etganligi
ham muhim ahamiyat kasb etadi. Albatta, talabalarning axborot texnologiyalari bo‘yicha
bilimga ega ekanligi va ulardan foydalanaolishi ko‘zlangan maqsadga erishish davrini
belgilab beradi. Bugungi kunda mamlakatimizda axborot texnologiyalari masalalari
bo‘yicha ichki me’yoriy-huquqiy baza takomillashtirib borilmoqda. Mazkur yo‘nalishda
AKT sohasiga oid milliy qonunchiligimiz inventarizatsiya qilinib, Avstriya, AQSH,
Germaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Finlandiya va Singapur kabi davlatlarning
tajribalari har tomonlama tahlil etilmoqda.
Mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarining shakllanganligi bo‘yicha Germaniya davlatida
oliy ta’lim muassasalarining kadrlar tayyorlashida mustaqil ta’limning ulushi, ularning
ushbu ko‘nikmalarni shakllanishida katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Oliy ta’lim muassasalari
talabalarining mustaqil ta’lim olish jarayonida axborot texnologiyalari vositalaridan
foydalanish, ularni sifatli ta’lim olish imkoniyatlari bilan ta’minlaydi.
Mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishda axborot manbasini aniqlash va izlab
topish, zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida axborot va bilimlarni almashish
imkoniyatlarini yaratadi. Talabalar fanlardan o‘z bilimlarini chuqurlashtirish uchun
qo‘shimcha ma’'lumotlarni tarmoqdan qidirish, elektron kutubxonadagi manbalardan
foydalanish, masofaviy ta’lim olish, hisobotlar tayyorlash va uzatish kabi faoliyatlarni
amalga oshirish imkoniyatiga ega.
Shuningdek, elektron platformalar orqali mustaqil ta’lim olish natijasida ota-onalar
farzandlarining o‘zlashtirishi va davomatini kuzatib borishlarini ta’minlaydi. Axborot
manbai orqali ma’lumotlarni tahlil qilish, xulosa chiqarish va qaror qabul qilish kabi
ko‘nikmalar ham shakllanishiga zamin yaratiladi.
Davlat tomonidan mustaqil ta’limni tashkil etish bo‘yicha qabul qilinayotgan
qonunlar, qarorlar va dasturlar ta’lim sifatini oshirishga, talabalarning o‘z
mutaxassisliklari bo‘yicha yetuk kadr bo‘lib yetishishiga, milliy va xalqaro mehnat
bozorida raqobatga tayyor ekanligiga qaratilgan. Talabalarning mustaqil ta’lim olishida
ma’lumotlar, yangiliklar, biznes, aholiga xizmat ko‘rsatish, davlat haqida ma’lumotlar,
telefon raqamlarikabi interaktiv davlat xizmatlari mavjud va talabalarning axborot
texnologiyalaridan foydalanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Davlat tomonidan
oliy ta’lim muassasalari uchun interaktiv portal taqdim etilgan va barcha sohalarni onlayn
orqali olis joylarda masofadan o‘rganish taklif etilgan. Axborot texnologiyalaridan
foydalanishni yo‘lga qo‘yilishi bo‘yicha BMT reytingida davlatlar 4 guruhga bo‘lib tahlil
qilinganda, ya’ni eng yuqori, yuqori, o‘rta va past bo‘yicha Germaniya davlati bu ko‘rsatkich
bo‘yicha yuqori guruh mamlakatlari qatorida joylashgan. Hukumat tomonidan aholini
mustaqil ta’lim olishga shart sharoit bilan ta’minlashga e’tibor qaratilmoqda.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 2 № 6 (2024) / ISSN 2181-3701
163
Germaniya davlati tajribasini tahlil qilish natijasida mamlakatimizda ham bu kabi
bir nechta loyihalar, chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, xususan mustaqil ta’lim
ko‘nikmasini shakllantirish bo‘yicha fan dasturlari va sillabuslarida mustqail ta’limning
ulushi 50–60% ekanligi va bu borada professor-o‘qituvchilar tomonidan fanlarning
xususiyatidan kelib chiqib mustaqil ta’lim topshiriqlarini ishlab chiqayotganligi,
talabalarning mustqail ta’lim mavzularini o‘zlashtirishi hamda topshiriqlarni bjarishda
interfaol metodlarga tayangan holda variativlikdan foydalangan holda talabalar
tomonidan topshiriqlarni bajarilishiga ahamiyat qaratilgan. Bu albatta talabalarda axborot
banbaini toppish, o‘rganish, ma’lumotlarni tahlil qilish hamda xulosa chiqarish
ko‘nikmalarini shakllanishida ham kata hissa qo‘shadi.
Mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida mustaqil ta’lim MOODLE platformasida,
“MOODLE (Modular Object-Oriented Dynamic Learning Environment) – bu onlayn ta’lim
platformasidir”, u mustaqil ta’lim jarayonlarini tashkil qilish va boshqarish uchun xizmat
qilib, foydalanuvchilar o‘z kurslarini yaratishi, talabalar bilan muloqot qilishi, resurslar va
materiallar joylashtirishi mumkin, samarali va qulay tashkil qilish imkonini beradi.
O‘qituvchilar, o‘quvchilar va talabalar ushbu platformadan foydalanish imkoniyatiga ega
bo‘lib, bu platformaga topshiriqlarni joylashtirish va muddat belgilash, tahrir qilish,
guruhlash, tekshirish hamda ularni baholash imkoniyatini beradi. Dunyoda mustaqil
ta’limni masofaviy ta’lim shaklida tashkil etish rivojlanib bormoqda. Bu esa talaba va
o‘qituvchi o‘rtasida elektron onlayn muloqotni o‘rnatish, o‘qituvchilarga o‘quv
materiallarni joylashtirish, talabalarga shu ma’lumotlar bilan ishlashga hamda boshqa
masofaviy ta’lim xizmatlaridan foydalanishga imkoniyat yaratadi.
XULOSALAR
Demak, talabalarning mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirish ularda
fanni o‘rganishga bo‘lgan maqsad, reja va harakatning uyg‘unligini talab etib, o‘qituvchilar
tomonidan ushbu uyg‘unlik natijasini rag‘batlantirish bilan yakunlanadi. Bu natijaga
erishish uchun talabaning mustaqil fikr yuritishi, qaror qabul qilishi, zarur va foydali
axborot manbasini qidirib topish va undan to‘g‘ri foydalanish, tahlil qilish hamda xulosa
chiqarish ko‘nikmalarini tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish orqali mustaqil ta’limdan
ko‘zlangan maqsadga erishadi. Albatta, bu natijani qo‘lga kiritishida undagi axborot
texnologiyalari borasidagi bilimi ham kata o‘rin tutadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Иванова О.Ф. Английский язык. Пособие для самостоятельной работы
студентов (В1-С1): учебное пособие для вузов. – Москва: Юрайт, 2018. – 352 с.
Электронный ресурс: https://urait.ru/bcode/427359. Дата обращения: 05.12.2021.;
2.
Иванова О.Ф., Шиловская М.М. Английский язык. Пособие для
самостоятельной работы студентов (В1-С1). Учебное пособие для вузов. – М.: Юрайт,
2018.;
3.
Самостоятельная работа студентов: виды, формы, критерии оценки: учеб.-
метод. Пособие. / А.В.Меренков, С.В.Куньщиков, Т.И.Гречухина, А.В.Усачева,
И.Ю.Вороткова;
4.
Громова Д.А., Ребикова Л.Д. Самостоятельная работа студентов при
изучении английского языка и методы ее оценки: создание языкового портфолио
студентов // Культура и деловой иностранный язык. Том 202. – С. 189-194.;
5.
Жалолов Ж. Чет тил ўқитиш методикаси. – Тошкент, 2012. – Б. 430.;
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 2 № 6 (2024) / ISSN 2181-3701
164
6.
Нишонова З. Мустақил фикр ривожланганлигининг психологик мезонлари
// Халқ таълими. – Тошкент, 2001. – № 1. – Б. 38-40.;
7.
Толипова Ж. Талабаларнинг мустақил таълимини ташкил этиш // Халқ
таълими. – Тошкент, 2002. – № 4. – Б. 102-103.;
8.
Толипов Ў.Қ. Талабалар мустақил ишларида ўқитиш воситалари // Халқ
таълими. – Тошкент, 2000. – № 1. – Б. 45-47.;
9.
Халилов Н. Мустақил таълим шакллари // Халқ таълими. – Тошкент, 2002.
– № 5. – Б. 88-89.
10.
Kholikov, B. A. (2015). Poetic outcome of vital problems. In The Fifth European
Conference on Languages, Literature and Linguistics (pp. 82-89).
