Различия в устной речи узбекских подростков в зависимости от темперамента

Аннотация

Согласно наблюдениям, устная речь детей разных типов (интровертов и экстравертов) различается по темпу, используемой лексике, структуре предложений, количеству слов, используемых в рамках темы, и другим факторам. В результате данного исследования была проверена обоснованность некоторых наблюдений. В исследовании приняли участие 120 учащихся президентской школы города Карши и общеобразовательной школы No 27 в возрасте от 11 до 15 лет. В процессе исследования устная речь учащихся записывалась на диктофон и анализировалась с точки зрения синтаксиса (сложность предложений, длина предложения), объема (по количеству слов) и навыков редактирования речи. В результате было установлено, что речь детей интровертного и экстравертного типов отличается друг от друга по всем вышеперечисленным аспектам.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
ВАК
elibrary
doi
 
Выпуск:
CC BY f
63-71
33

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Рустамова S. (2025). Различия в устной речи узбекских подростков в зависимости от темперамента. Зарубежная лингвистика и лингводидактика, 3(2), 63–71. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/foreign-linguistics/article/view/76172
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Согласно наблюдениям, устная речь детей разных типов (интровертов и экстравертов) различается по темпу, используемой лексике, структуре предложений, количеству слов, используемых в рамках темы, и другим факторам. В результате данного исследования была проверена обоснованность некоторых наблюдений. В исследовании приняли участие 120 учащихся президентской школы города Карши и общеобразовательной школы No 27 в возрасте от 11 до 15 лет. В процессе исследования устная речь учащихся записывалась на диктофон и анализировалась с точки зрения синтаксиса (сложность предложений, длина предложения), объема (по количеству слов) и навыков редактирования речи. В результате было установлено, что речь детей интровертного и экстравертного типов отличается друг от друга по всем вышеперечисленным аспектам.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Differences in oral speech of Uzbek adolescents based on
temperaments

Shamshoda RUSTAMOVA

1

Kharshi State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received December 2024
Received in revised form

15 December 2024
Accepted 25 January 2025

Available online

15 February 2025

According to observations, the oral speech of children with

different temperament types (introverted and extroverted)

differs in terms of tempo, vocabulary used, sentence structure,
number of words used on a topic, and other aspects. This study

aimed to verify whether some of these observations are valid or

not. The research involved 120 students aged 11-15 from the

Presidential School and Secondary School No. 27 in Karshi city.
During the study, students' oral speech was recorded using a

voice recorder and analyzed based on syntactic features

(sentence complexity, sentence length), volume (word count),

and speech editing skills. As a result, it was found that the speech

of introverted and extroverted children differs in all the aspects
mentioned above.

2181-3663/© 2024 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss1-pp63-71

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

spontaneous oral speech,
introvert,

extrovert,

speech rate,

sentence complexity,
sentence length,

speech editing,

text volume.

O‘zbek o‘smir bolalari og‘zaki nutqining temperamentlarga
ko‘ra farqlanishi

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

spontan og‘zaki nutq,
introvert,

ekstrovert,

nutq tezligi,

gap murakkabligi,

gap uzunligi,

nutq tahrir,

matn hajmi.

Kuzatishlarga ko‘ra, turli tipdagi (introvert va ekstrovert)

bolalar og‘zaki nutqi uning tempi, unda qo‘llanilayotgan leksika,

gaplar strukturasi, mavzuda ishlatilayotgan so‘zlar soni va

boshqalarga ko‘ra o‘zaro farqlanadi. Quyidagi tadqiqot natijasida

ba’zi kuzatishlarning asosli yoki aksincha ekanligi tekshirildi.
Tadqiqotda Qarshi shahridagi prezident maktabi hamda

27-umumta’lim maktabining 11–15 yoshlar oralig‘ida bo‘lgan

120 nafar o‘quvchisi ishtirok etgan. Tadqiqot jarayonida

o‘quvchilarning og‘zaki nutqi diktofonga yozib olinib, sintaktik
(gaplarning murakkabligi, gap uzunligi), hajman (so‘zlar soniga

1

PhD Student, Kharshi State University. Kharshi, Uzbekistan. E-mail: azizbekshamshoda@gmail.com


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 1 (2025) / ISSN 2181-3701

64

ko‘ra), nutqni tahrirlash ko‘nikmasiga ko‘ra tahlil qilindi.

Natijada, introvert va ekstrovert tipidagi bolalar nutqi yuqorida
sanab o‘tilgan barcha aspektlarga ko‘ra bir-biridan farqlanishi

aniqlandi.

Различия в устной речи узбекских подростков
в зависимости от темперамента

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

спонтанная устная речь,
интроверт,

экстраверт,

скорость речи,

сложность предложения,

длина предложения,
редактирование речи,
объем текста.

Согласно наблюдениям, устная речь детей разных типов

(интровертов и экстравертов) различается по темпу,
используемой лексике, структуре предложений, количеству

слов, используемых в рамках темы, и другим факторам.

В результате данного исследования была проверена

обоснованность некоторых наблюдений. В исследовании
приняли участие 120 учащихся президентской школы

города

Карши

и

общеобразовательной

школы

No 27 в возрасте от 11 до 15 лет. В процессе исследования

устная речь учащихся записывалась на диктофон и
анализировалась с точки зрения синтаксиса (сложность

предложений, длина предложения), объема (по количеству

слов) и навыков редактирования речи. В результате было

установлено,

что

речь

детей

интровертного

и

экстравертного типов отличается друг от друга по всем
вышеперечисленным аспектам.


KIRISH

Og‘zaki nutq so‘zlovchi yetkazmoqchi bo‘lgan ma’lumotni tinglovchiga yetkazish

bilan birga so‘zlovchining “men”ini ko‘rsatib beradi. Og‘zaki nutqqa turli psixologik,
ijtimoiy omillar ta’sir etishi oqibatida, so‘zlovchining nutqiy layoqati shakllanib boradi.
Mazkur ekstralingvistik omillar nutqni qoliplashtirib beradi.

Kommunikativ faoliyat jarayonida temperament faolligi quyidagi nutqiy

ko‘rsatkichlarda namoyon bo‘ladi: fikr ifodalash hajmi, pauzalar soni, nutqni tahrirlash,
tugallanmagan jumlalar soni, leksik va sintaktik variatsiyalar, jumlalar murakkabligi, nutq
tezligi, gap uzunligi va boshqalar. Tabiatan xolerik va sangvinik (ekstrovert) tiplari
atrofdagilar bilan tez muloqotga kirishuvchan, jamoaviy kommunikatsiyalarga ochiq
insonlar hisoblansa, flegmatik va melanxolik (introvert) tipidagilar o‘z qobig‘iga o‘ralib
olgan, muloqotga kirishishni yoqtirmaydigan, yolg‘izlikni yoqtiradigan insonlar
hisoblanishadi.

MAVZUGA XOS ADABIYOTLAR TAHLILI

D.A. Volkova turli tipga mansub insonlar og‘zaki nutqiga quyidagicha ta’rif beradi:
– xoleriklar o‘rtacha gapirish tezligi, baholovchi iboralardan foydalanishning

o‘rtacha chastotasi, astenik modallikdagi hissiy bo‘yoqdor iboralarni ishlatishning o‘rtacha
chastotasi va takrorlanishlarning o‘rtacha soni bilan tavsiflanadi;

– sangviniklar yuqori sintaktik xilma-xillik bilan birga o‘rtacha leksik rang-

baranglikni namoyon etadi;


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 1 (2025) / ISSN 2181-3701

65

– flegmatiklar o‘rtacha gapirish tezligi bilan ajralib turadi, ular gaplarda o‘rtacha

sintaktik xilma-xillikni ko‘rsatadi, topshiriqni bajarishdan kamdan-kam hollarda bosh
tortadi, grammatik xatolarga o‘rtacha yo‘l qo‘yadi, astenik modallikdagi hissiy bo‘yoqdor
iboralarni ishlatishning o‘rtacha chastotasi, shuningdek takrorlashlar va o‘zini
to‘xtatishlarning o‘rtacha soni bilan tavsiflanadi;

– melanxoliklar gaplarda o‘rtacha sintaktik xilma-xillikni namoyon etadi, ko‘pincha

topshiriqni bajarishdan bosh tortadi va grammatik xatolarning o‘rtacha miqdoriga yo‘l
qo‘yadi, [1, 5].

O‘smirlar nerv sistemasining tipini, ya’ni ularning xarakter xususiyatlari

o‘zgaruvchan bo‘lib, yillar davomida turli tashqi omillar ta’siriga uchraydi. Ya’ni yuqorida
sanab o‘tilgan tiplar (xolerik, sangvinik, flegmatik, melanxolik) nerv sistemasi rivojlangani
sari, atrof-muhit bilan ta’sirlashgani sari o‘zgarib boradi. O‘rta darajadagi bilimga ega bola
(melanxolik tipida bo‘lsa) yuqori darajadagi bilimga ega bolalar davrasida tahsil olsa,
uning nutqiy layoqati borgan sari kamayib boradi. Chunki bola o‘z tengdoshlari orasida
xato qilishdan qo‘rqib, o‘z bilimsizligidan uyalib, suhbatlarda kam ishtirok etishi mumkin.
Ammo bu holat ekstrovert tipiga mansub bola bilan sodir bo‘lsa, uning nutqiy layoqati
rivojlanishi mumkin. Bunga sabab esa bolaning begonalar bilan tez kirishib ketishi, o‘zini
namoyon qilishdan cho‘chimasligi, xato qilishdan qo‘rqmasligidadir. Demak, turli
temperamentga ega bolalar bir xil vaziyatdan turlicha usulda chiqib ketishadi. Biri o‘z
qobig‘iga o‘ralib olsa, ikkinchisi o‘zini boshqalarga nisbatan ochiq tutadi.

Tadqiqot metodologiyasi

Tadqiqotda qarshi shahridagi prezident maktabi hamda 27-umumta’lim

maktabining 11–15 yoshlar oralig‘ida bo‘lgan 120 nafar o‘quvchisi ishtirok etgan. Tadqiqot
jarayonida o‘quvchilarning og‘zaki nutqi diktofonga yozib olinib, sintaktik (gaplarning
murakkabligi, gap uzunligi), hajman (so‘zlar soniga ko‘ra), nutqni tahrirlash ko‘nikmasiga
ko‘ra tahlil qilindi.

Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, bolalar nutq jarayonida o‘z xarakterlarini ko‘proq

namoyon qiladilar. Katta yoshdagi odamlarda esa bu holat deyarli kuzatilmaydi, chunki
ular yillar davomida ijtimoiy munosabatlarni yaxshi o‘zlashtirishgan bo‘lib, bu borada
katta tajribaga egalar. Shu sababli ham ko‘pgina o‘smir yoshidagi bolalar o‘rtasida kimga,
qanday muomala qilishni bilmaslik holati uchrab turadi. Odatda bunday muammo
ekstravert tipidagi bolalar davrasida kuzatiladi. Ekstravertlarning nutq sur’ati tezroq,
so‘zlardagi nutq hajmi esa introvertlarning xuddi shu matnni qayta hikoya qilish hajmidan
sezilarli darajada ko‘proq bo‘ladi. Quyidagi diagrammalarda turli temperamentdagi
o‘smirlar og‘zaki nutqi hajmi hamda nutq tezligi qiyoslangan. Tahlil uchun bolalarning
o‘zlariga tanish bo‘lgan bir xil mavzudagi nutqlari tanlab olingan.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 1 (2025) / ISSN 2181-3701

66

Diagramma 1


Diagrammaga ko‘ra, ekstrovert tipidagi o‘smir bolalar og‘zaki nutqi hajmi (xolerik

va sangvinik tipdagilarda mos ravishda 181.7 va 176.5 ta so‘z) introvert (flegmatik va
melanxolik tipidagi insonlarda 166 va 168.7 ta so‘z) tipidagi bolalar og‘zaki nutqi hajmidan
sezilarli farq qiladi. Natijalar aniqroq bo‘lishi uchun Abdulla Oripov ijod maktabi, Prezident
maktabi hamda oddiy umumta’lim maktabi o‘quvchilar og‘zaki nutqlari tahlil qilindi.

Diagramma 2


Berilgan diagrammaga ko‘ra, sangvinik va xolerik tipidagi o‘smir yoshidagi bolalar

nutqi tezligi (83.2 min/so‘z va 82.1 min/so‘z) introvert tipidagilarning (melanxolik
75.9 min/so‘z, flegmatik 71 min/so‘z) nutq tezligidan yuqoriroqdir. Nutq tezligi va matn
hajmi ekstrovertlar miyasining tez qo‘zg‘aluvchanligi va kommunikatsiyaga ochiqligi bilan
asoslanadi.

181,7

176,5

166

168,7

SO'ZLAR SONI

O‘smirlar spontan og‘zaki matnida qo‘llanuvchi so‘zlar

sonining xarakter tiplariga ko‘ra farqlanishi

xolerik

sangvinik

flegmatik

melanxolik

75,9

71

83,2

82,1

NUTQ TEZLIGI (MIN/SO'Z)

O‘smir bolalar og‘zaki nutqi tezligining temperamentlarga

ko‘ra farqlanishi

melanxolik

flegmatik

sangvinik

xolerik


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 1 (2025) / ISSN 2181-3701

67

TADQIQOT NATIJALARI VA TAHLILLAR

Y.M. Sapunova introvertlarning matnlarini tinish belgilari bilan ajratish

osonroqligini va ular tuzilishi jihatidan ham soddaroq bo‘lishini aytib o‘tadi. Unga ko‘ra
guruh monologlarida aniqlangan barcha spontanlik xususiyatlari ekstravertlarda ko‘proq
uchraydi va ularning nutqida to‘xtab qolishlar, pauzalar, shoshqaloqlik va e’tiborsizlikdan
kelib chiqadigan xatolar ko‘p kuzatiladi. Bundan tashqari, introvertlarning nutqi
ekstravertlarnikiga qaraganda izchilroq va uzluksizroq bo‘lishini ta’kidlab o‘tadi, [2, 67].

Ekstravert guruhiga kiruvchi xolerik tipiga mansub bolalar energiyaga boyligi bilan

ajralib turadi. Ular biror mashg‘ulotga yo mukkasidan ketadilar, yo hech qanday e’tibor
qaratmaydilar. Bularning barchasi ularning qiziqish darajalariga bog‘liq. Bundan tashqari,
nutq jarayonida sangvinik tipiga mansub bolalar o‘zlarini erkinroq his qilishsa, ba’zi
xolerik tipidagi bolalar esa gapirishni xohlamagan vaziyatlari ham uchrashi mumkin.
Quyida sangvinik va xolerik tipidagi bolaning nutqidan parcha keltirilgan:

Voz kechib bo‘medi, deb o‘yleman. Texnika kerak-da. Masalan, cho‘lga o‘tiribsiz, moshin

kere sizga. Qanne uyizga yetib borasiz? Yo‘ldi yarmiga bormedi: joyiz jannatda bo‘ladi keyin.
Kere-da, voz kechisham kere-da, ellik foiz-da. (Qahramonov Boburshoh, sangvinik)

Maktab o‘quvchisi bozorda ishlayapti. Maktabga esa kamdan-kam keladi.

Mana shu vaziyatga fikringiz qanday?

– Oldin yaxshichidi, hozzi esa yomon, endi yomon hozir kattargandan so‘ng bo‘ldi, endi

maktab darslikla qiziqi… qiyinlashib bormoqda ham. Bo‘lli, shulada… (H. M., xolerik)

Elektr texnika vositalari sog‘ligimizga jiddiy zarar keltirishini hisobga olib,

ulardan voz kecha olamizmi?

– Yo‘g‘, bilmeman buniyam, o‘rganib qollig-da enni. (Sh. D., xolerik)

Sevimli ijodkoringiz kim?

– Meni sevimli ijodkorim ikkita. Bittasi turkman shoiri Maxtumquli, bittasi o‘zbek

shoirimiz (

bola nutq oxirida bu borada adashib ketganini ta’kidlab o‘tdi

) Said Ahmad. Shoir

Maxtumquli u yoshligida she’riyatga qiziqish qo‘yadi va u ko‘p narsalarni aytib o‘tib ketgan.
Hayotiy she’rlar yozadi shoir. Keyin Said Ahmadga to‘xtaladigan bo‘lsak, u so‘zga tejamkorlikni
Abdulla Qahhordan, asarni hayotiyligiga G‘afur G‘ulomdan ob yozadi-da. (I.O., xolerik).

Ko‘pgina adabiyotlarda xolerik tipidagi shaxslarning nutqi qolipga solinmagan, tez

va emotsional bo‘lishi ta’kidlanadi, [1, 2, 3]. Ammo ko‘rinib turibdiki, bu turdagi bolalar
nutqining mazmuni, ko‘lami, so‘z qo‘llash qobiliyati ularning qiziqishlariga bog‘liq.
Chunki H.M. va Sh.D. ismli respondentlarning savol berilgan mavzularga qiziqish
bildirmaganliklarini ko‘rishimiz mumkin. Ular hayotlari davomida yuqoridagi mavzular
doirasida fikr yuritib ko‘rishmaganliklari nutq parchalaridan ham ayon bo‘ladi. I.O. ismli
bolaning adabiyotga qiziqishini “Adabiyot” darsligida berilgan ma’lumotlarni sinchiklab
o‘qiganligi va uni eslab qolganligidan ko‘rishimiz mumkin.

Sangvinik tipidagi insonlar esa muomalaga kirishuvchan, har qanday vaziyatdan

chiqib ketishga qodir, nutqiy faoliyati yaxshi rivojlangan, emotsional holatini namoyon qila
oladigan shaxs sifatida gavdalanadi. Tahlil jarayonida ham sangvinik tipidagi bolalar
nutqida gaplarning grammatik tartibga solinganligi, fikrlar dalillanganligi hamda
jumlalarda yuqori darajadagi murakkablik kuzatildi. Bundan tashqari, xolerik va sangvinik
tipidagi o‘smirlar nutqidagi jumlalar uzunligi (9,3 va 9.2 ta so‘z) melanxolik tipidagi
o‘smirlar nutqidagi jumlalar uzunligidan (6.8 ta so‘z) sezilarli darajada farqlanadi.
Flegmatik tipidagi o‘smirlar nutqidagi jumlalarning o‘rtacha uzunligi 8.6 tani tashkil etib,
o‘rta qiymatni ko‘rsatmoqda.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 1 (2025) / ISSN 2181-3701

68

Diagramma 3

Nutqdagi gaplarning o‘rtacha uzunligi uning murakkablik darajasiga bog‘liqdir. Masalan,

yuqorida berilgan diagrammaga ko‘ra xolerik, sangvinik va flegmatik tipidagi bolalar nutqidagi

jumlalar uzunligi bir-biriga yaqin ko‘rsatkichlarni ko‘rsatayotgan bo‘lsa, xuddi shu tipdagi

bolalar nutqidagi murakkab gaplarning butun matndagi ulushi ham bir-biriga yaqinligini

quyidagi diagrammada ko‘rish mumkin. Melanxolik tipidagi o‘smir yoshli bolalar nutqida

murakkab jumlalar ulushi mos ravishda boshqa tiplarga qaraganda ancha kichikdir.

Diagramma 4

Masalan, yuqorida aytib o‘tilgan birinchi 3 ta tipga mansub bolalar nutqida quyidagi

murakkablikdagi gaplar uchrashi kuzatildi:

Bollarni jazolash

… manimcha,

jazolab bo‘midi deb hisobliman,

chunki ularni

jazolursa, bron narsa xato gapirsa, ulaga baqirursa

, o‘z fikriga ega bo‘midi, agressiv bo‘b

qoladi. (Fayzullayeva Nozima, 14 yosh)

9,3

9,2

8,6

6,8

GAP UZUNLIGI

O‘smirlar og‘zaki nutqidagi gaplarning o‘rtacha uzunligi

xolerik

sangvinik

flegmatik

melanxolik

54,7

54,1

56,3

31,3

MURAKKAB (UYUSHIQ BO'LAK, KIRITMA, AJRATILGAN BO'LAKLAR ISHTIROKI) GAPLAR, FOIZDA

O‘smirlar spontan og‘zaki matnidagi murakkab gaplarning

ulushi

xolerik

sangvinik

flegmatik

melanxolik


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 1 (2025) / ISSN 2181-3701

69

Agar telefondan…

internetsiz hayot bo‘lsa, o‘zimni ustimda ko‘proq ishlagan

bo‘lardim va o‘zimni kamchiliklarimni to‘ldirgan bo‘lardim

. (Safarova Sarvinov, 13 yosh)

Agar taltayib qosa, mana shu narsani qilmaslikka harakat qiladi-da.

Misol uchun,

judayam erkalab yuborishsa,

nima desam, … erkalab yuborishsa,

maqsad qo‘ymay qo‘yadi

o‘ziga. O‘ziga maqsad qo‘ymagandan keyin, kelajakda:

“Demak meni ayam urishmayapti,

dadam urishmayapti, deme man hich nima qilmasam bo‘ladi”,

degan maqsadda bo‘ladi-

da. (Xo‘jamshukurova Maxliyo, 13 yosh)

Berilgan misollarda o‘smirlarning o‘z nutqlarida kirish so‘z, bog‘lovchi bilan

murakkablashtirilgan uyushiq ergash gapli qo‘shma gap, aralash turdagi murakkab
qo‘shma gap hamda ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarni erkin qo‘llay olishlarini ko‘rish
mumkin. Prezident maktabi o‘quvchilari nutqida murakkab jumlalar ko‘proq uchraydi.

Quyida ixtisoslashgan maktab o‘quvchilari nutqidan namunalar keltirilgan:

Shunda ular buni qannedir ularga judayam qattiq jazo bo‘lmaydi,

lekin ular har

doim tushunib yetishadi nima qilishyotganini va bu narsa xatoligini.

(Xolboyeva

Shahribonu, 14 yosh)

Ularni iloji boricha

oson, lekin sabr talab qiladigan mashqlar

orqali

yoki

nimadandir cheklash orqali jazolash mumkin

va

bularga ancha katta tarbiya bergan

bo‘lardi. (To‘lqinova Barno, 15 yosh)

Ikkinchi jahon urushida bo‘lib o‘tgan voqea-hodisalardan xabar topganman bu

filmni

ko‘rish orqali

va

vatanparvarlik hissi uyg‘onishiga ham yordam bergan film, deb

hisoblayman. (Nurmatova Nigina, 14 yosh)

Berilgan misollarda gap bo‘laklarining noodatiy tartibini ko‘rish mumkin. Bundan

tashqari, gaplar uyushiq bo‘laklar bilan murakkablashtirilgan hamda murakkab gap
qismlari bog‘lovchilar bilan bog‘langan. O‘smirlar og‘zaki nutqi garchi tartibga solingan
bo‘lsa-da, nutqning spontanligi sababli turli xato va kamchiliklar, tahrirlash va inversiya
holatlari ko‘p kuzatiladi. Quyidagi diagrammada o‘smirlarning nutqni tahrirlash
ko‘nikmasi turli temperament vakillarida qanday shakllangani ko‘rsatilgan.

Diagramma 5


Tahlil uchun bir xil miqdordagi (30 tadan) bir temperamentga mansub o‘smirlar

nutqi olingan bo‘lib, matnlar quyidagi kategoriyalarda tahlil qilindi:

26

14

50

10

12

7

58

5

14

8

51

2

21

13

47

6

0

10

20

30

40

50

60

70

PAUZA YOKI HARAKATDAN SO'NG NUTQNI TUZATISHSIZ

DAVOM ETTIRISH

XATOLIKNI BIR MUDDATDAN SO'NG TAHRIRLASH

NOL QIYMATLI, QISMAN VA TO'LIQ TAHRIR

GAP YOKI JUMLAGA TENG BIRLIK TAHRIRI

Nutqni tahrirlash ko‘nikmasining xarakter tiplariga ko‘ra farqlanishi

melanxolik

xolerik

sangvinik

flegmatik


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 1 (2025) / ISSN 2181-3701

70

– gap yoki jumlaga teng birlik tahriri;
– nol qiymatli, qisman va to‘liq tahrir;
– xatolikni bir muddatdan so‘ng tahrirlash;
– Pauza yoki noverbal harakatdan so‘ng nutqni tuzatishsiz davom ettirish.
Berilgan diagrammaga ko‘ra, introvert tipiga kiruvchi flegmatik va melanxolik

o‘smirlar nutqida tahrir ko‘rsatkichlari bir-biriga yaqin miqdorlarni ko‘rsatmoqda.
Masalan, xatoni bir muddatdan so‘ng tahrirlashda ko‘rsatkichlari bo‘yicha flegmatik 13 ta,
melanxolik 14 ta natijani ko‘rsatgan holda xolerik 8 ta, sangvinik 7 ta natijalarni qayd
etishgan. Xuddi shu holat pauza yoki noverbal harakatdan so‘ng nutqni tuzatishsiz davom
etish ko‘rsatkichlariga tegishlidir. Introvert tipidagilar o‘zaro yaqin (flegmatik 26 ta,
melanxolik 21 ta) va extrovert tipidagilardan deyarli 2 baravar yomon natijani (xolerik
14 ta, sangvinik 12 ta) ko‘rsatgan. Ya’ni xatolikni bir muddatdan so‘ng tahrirlash, pauza
yoki noverbal harakatdan so‘ng nutqni tuzatishsiz davom etish (bunda so‘zlovchi
nutqidagi xatolikni anglaydi, ammo tuzata olmay yoki tuzatishga arzimaydi, deb
hisoblaydi) ko‘rsatkichlari bo‘yicha extrovert tipidagilar past natijalarni ko‘rsatish orqali,
ularda lisoniy qobiliyat introvert tipidagi o‘smirlarga qaraganda yaxshiroq
rivojlanganligini ko‘rsatmoqda. Gap yoki jumlaga teng birliklar tahrir bo‘yicha flegmatik
o‘smirlar eng yuqori natijani (10 ta), xolerik tipidagi o‘smirlar eng past natijani (2 ta),
sangvinik va melanxolik tipidagilar o‘rta natijalarni (mos ravishda 5 ta va 6 ta)
ko‘rsatishgan. Nol qiymatli, qisman va to‘liq tahrir ko‘rsatkichlari diagrammada eng yuqori
natijalarni ko‘rsatish bilan birga, barcha temperament vakillari (flegmatik 50 ta,
melanxolik 47 ta, xolerik 51 ta, sangvinik 58 ta) deyarli bir xil natijani qayd etishgan.
O‘quvchilarning lisoniy qobiliyati tahlili jarayonida tilga ixtisoslashgan va oddiy maktab
o‘quvchilari og‘zaki nutqida nol qiymatli, qisman va to‘liq tahrir ko‘rsatkichlarida ma’lum
bir qonuniyat mavjud emasligi, har ikki maktab o‘quvchilari nutqida nutqni tahrirlash
jarayoni lisoniy qobiliyatga bog‘liq emasligi aniqlangan edi. Turli temperament vakillarida
ham nutqning bunday tahriri o‘zaro yaqin ko‘rsatkich ko‘rsatishi, bunday qisqa tahrirlar
barcha uchun umumiy hol ekanligi, spontan og‘zaki nutqqa xos asosiy xususiyat ekanligini
oydinlashtiradi.

XULOSA

O‘smir bolalar ogzaki nutqi, yuqorida qayd etilganidek, temperamentlarga ko‘ra

hajman, sintaktik (gap murakkabligi, gap uzunligi), nutq tezligi va nutqni tahrirlash
ko‘nikmasi bo‘yicha bir-biridan farqlanadi. Ekstrovert tipidagi bolalar nutqi hajman
introvert tipidagilarnikidan kattaroqdir. Bundan tashqari, ularning nutqi qo‘llanayotgan
murakkab tuzilmali gaplar soni va gap uzunligi bo‘yicha ham introvert tipidagilardan
ustunlik qiladi. Sangvinik va xolerik tipidagi o‘smir yoshidagi bolalar nutqi tezligi introvert
tipidagilarningnutq tezligidan yuqoriroqdir. Shuningdek, o‘quvchilarning lisoniy qobiliyati
tahlili jarayonida tilga ixtisoslashgan va oddiy maktab o‘quvchilari og‘zaki nutqida nol
qiymatli, qisman va to‘liq tahrir ko‘rsatkichlarida ma’lum bir qonuniyat mavjud emasligi,
har ikki maktab o‘quvchilari nutqida nutqni tahrirlash jarayoni lisoniy qobiliyatga bog‘liq
emasligi aniqlangan edi. Turli temperament vakillarida ham nutqning bunday tahriri
o‘zaro yaqin ko‘rsatkich ko‘rsatishi, bunday qisqa tahrirlar barcha uchun umumiy hol
ekanligi, spontan og‘zaki nutqqa xos asosiy xususiyat ekanligini oydinlashtiradi.

Keyingi tadqiqot ishlarida o‘smir yoshdagi o‘zbek bolalar psixotiplarining ularning

ovoz toni, leksik vositalardan foydalanishlari, jumlalardagi bo‘laklarning joylashish
tartibiga qay darajada bog‘liq ekanligini o‘rganish maqsad qilingan.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 1 (2025) / ISSN 2181-3701

71

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Волкова Д.А. Проявления свойств активности темперамента в параметрах

речевых действий.: Автореф. дисс. … канд. психол. наук. – Москва, 2006. Стр 5, -22 с.

2.

Сапунова Е.М. Неподготовленное чтение как вид речевой деятельности и

тип устного спонтанного монолога (на материале русского языка).:
Дисс.кан.филол.наук. – Санкт-Петербург, 2009. Стр 67, -237 с.

3.

Сильницкая А.С. Отражение индивидуальных свойств личности в

интонационных параметрах речи.: Автореф. дисс. … канд. психол. наук. – Москва,
2016. -33 с.

Библиографические ссылки

Волкова Д.А. Проявления свойств активности темперамента в параметрах речевых действий.: Автореф. дисс. … канд. психол. наук. – Москва, 2006. Стр 5, -22 с.

Сапунова Е.М. Неподготовленное чтение как вид речевой деятельности и тип устного спонтанного монолога (на материале русского языка).: Дисс.кан.филол.наук. – Санкт-Петербург, 2009. Стр 67, -237 с.

Сильницкая А.С. Отражение индивидуальных свойств личности в интонационных параметрах речи.: Автореф. дисс. … канд. психол. наук. – Москва, 2016. -33 с.