Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
English translations of Abdulla Qodiriy’s novel “Bygone
Days”
Feruza DADABAYEVA
Namangan University of Business and Science
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received August 2024
Received in revised form
10 August 2024
Accepted 25 September 2024
Available online
15 October 2024
This article discusses the English translation of Abdulla
Qodiriy’s novel Bygone Days, which significantly created the
Uzbek novel school. It is important to note that a translator must
possess the skills to translate the original work of art without
compromising its spirit, content, form, or style. The translator
must also be able to convey the expressions and language
nuances of the original in a way that is appropriate and effective
in the target language.
2181-
3701/© 2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss5-pp75-82
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
literary translation,
novel writing,
national spirit,
original vesion,
translation language,
translator's skills.
Abdulla Qodiriy “O`
t
kan Kunlar” romani inglizcha
tarjimalari xususida
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
badiiy tarjima,
romanchilik,
milliy ruh,
asl nusxa,
tarjima tili,
tarjimon mahorati.
Ushbu maqolada o`zbek romanchilik maktabi yaralishiga omil
bo`lgan Abdulla Qodiriy “O`tkan kunlar” romanining ingliz tiliga
qilingan tarjimalari xususida so`z boradi. Shuni alohida ta`kidlash
lozimki, asliyatdagi badiiy asarni uning ruhiga, mazmuniga, shakl-
shamoyiliga putur yetkazmasdan tarjima qilish, asl nusxadagi
ibora, ifoda va til vositalarini o’z tilida har jihatdan mos bo’lgan so’z
va iboralar bilan ifodalashi tarjimondan katta mahorat talab etadi.
1
Senior lecturer, Namangan University of Business and Science. E-mail: feruzadadaboeva265@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
5 (2024) / ISSN 2181-3701
76
Английский перевод романа Абдуллы Кадири
“Минувшие Дни”
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
художественный перевод,
написание романа,
национальный дух,
оригинальная версия,
язык перевода,
навыки переводчика.
В данной статье рассматривается английский перевод
романа Абдуллы Кадыри «Минувшие дни», который стал
фактором создания узбекской школы романа. Следует
отметить, что он требует от переводчика таких навыков, как
перевод оригинального произведения искусства без ущерба
его духу, содержанию, форме и стилю, а также выражение и
языковые средства оригинальной версии словами и
выражениями, подходящими во всех отношениях на родном
языке.
KIRISH
Badiiy tarjimaning o’rni va ahamiyati jahon adabiyotshunosligida doimo yuksak
baholangan. Chunki badiiy tarjima xalqlarni bir-birini teranroq tushunishiga, asardagi
ezgulik, adolat, yaxshilik kabi g’oyalarni o’zga xalqlar dilidan joy olishig
a va natijada
bu g’oyalar insoniyatni harakatga keltiruvchi kuchga aylanishiga zamin yaratadi.
Muayyan milliy muhitda yuzaga kelgan muammolar va xususiyatlarni aks ettiradigan
milliy badiiy asar ana shu jihati bilan umuminsoniy xarakter kasb etadi.
Tarjimashunos G’.Salomov: “Badiiy asarlar tarjimasining xususiyati shundaki, u
chinakam nafis narsadan bahramand etishdan tashqari, xususan, estetik tuyg’uni
o’stirishga, did paydo qilishga va nafis narsa to’g’risida haqqoniy tushuncha
t
arqalishiga xizmat qiladi” deb ta`kidlaydi [11;158]. Albatta, har bir satrida milliylik va
tarixiylik ufurib turgan asarni tarjima qilish tarjimon oldiga murakkab vazifalarni qo’yadi.
Tarjimon tarixiy asarga asos qilib olingan o’tmish davr bilan
yaxshi tanish bo’lishi, asardagi
milliy ruhni chuqur mushohada qila olishi, o’zbekona lutf va urf
-odatlarni puxta bilishi, shu
bilan birga, asliyat adabiyotining bilimdoni yoki mazkur adabiyot anhanalaridan
boxabar bo’lishi talab etiladi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda shuni ta`kidlash lozimki, asliyatdagi badiiy
asarni uning ruhiga, mazmuniga, shakl-shamoyiliga putur yetkazmasdan tarjima qilish, asl
nusxadagi ibora, ifoda va til vositalarini o’z tilida har jihatdan mos bo’lgan so’z v
a iboralar
bilan ifodalashi tarjimondan katta mahorat talab etadi. Ma`lumki, har qanday tarjima
V.G.Belinskiy so’zlari bilan aytganda, asl nusxa tilini bilmagan kishilar uchun mo’ljallanadi
[4;453].
Tarjimonning maqsadi-
asl nusxa tilini bilmagan kitobxonni o’sha asar matni,
g’oyasi, mazmuni bilan iloji boricha to’la va mukammal tanishtirish bilan birga, muayyan
til vositalari bilan ifodalangan asliyatni boshqa til vositalari bilan tarjima qilishdan
iboratdir.
TAHLILLAR VA NATIJALAR
Shunday asarlar bo`ladiki, ularning mualliflari badiiy ijodning turli sohalarida
qanchalik go`zal va umrboqiy san`at namunalarini yaratganlariga qaramay, faqat shu
asarlari bilan el-yurt o`rtasida mashhur bo`ladilar va bu asarning dovrug`i avloddan
avlodga, yurtdan yurtga ko`chib yuradi. O`zbek adabiyotining purviqor siymolaridan biri
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
5 (2024) / ISSN 2181-3701
77
Abdulla Qodiriy ijodining gultoji -
“O`tkan kunlar” romani shunday boqiy asarlardan
biridir.
Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar” asarining ilk boblari yozila boshlanganiga bu
yil qariyb 100 yil to’ladi. O`zbek milliy adabiyoti tarixida katta adabiy hodisa bo`lgan
”O`tkan kunlar” asarining mukammal matni, izohi va tili masalasi bugungi kun
adabiyotshunosligi va qodiriyshunosligi oldida turgan muhim masalalardan biridir.
Afsuski, asarning adibning o`z qo`li bilan yozgan qo`lyozmasi saqlanib qolgan emas. Bu
holat ham muammoning nechog`li dolzarb ekanidan dalolat beradi. Asarning 1926- va
1933- yillarda chop etilgan nashrdan muallifning ko`ngli to`lmagan. Romanning to`liq
holda chop etilish davri adibning moskvada oqigan yillariga to`g`ri keladi.
Yozuvchi asarni yozish chog`ida hayotiy voqea-hodisalarga ko`proq murojaat
qilgani haqida shunday yozadi: “Haqiqiy yozuvchi bo`lmoq uchun turmushni har taraflama
o`rganish, buning uchun uning har sohalaridan xabardor bo`lish kerak. Qisman mening
boshimdan kechirganlarim mening yozuvchi bo`lishimda kattagina rol o`ynaganlar.
Haqiqiy yozuvchi bo`lishni istagan yoshlarimiz ham dastlab shu turmush ichiga kirishlari,
uni bilishlari kerak. Turmushning turli sohalarida ishlashim natijasida men o`zbeklarning
urf-odatlarini,ular ichida uchraydigan tiplarni o`rganoldim [12;13]. Qodiyning bu asari
dunyoning bir nechta tillariga tarjima qilingan.
Roman nusxalarini qiyosiy o`rganish jarayonida adabiyotshunos olimlar va
yozuvchilar, tadqiqotchilar o`rtasida juda ko`p muammolar, uslubiy, imloviy xatolarga oid
turlicha qarashlar paydo bo`ldi. Bu buyuk asarning tugal nusxasini yaratish bugungi kun
adabiyotshunos va tilshunos olimlarning oldida turgan muhim vazifalardan biridir, desak
mubolag`a bo`lmaydi.
Ushbu asar o’z davrida juda ko’p g’arb va sharq tillariga tarjima qilingan va bugungi
kunda ham bu tarjimalar davom etmoqda.
2018-
yil “O’tkan kunlar” romani “
By
gone days”
nomi bilan ingliz tiliga mutarjim
Kerol Yermakova tomonidan tarjima qilingan va Frantsiyaning
„Nouveau Monde
Editions“ nashriyotida Juli Uikeden muharrirligi ostida chop etilgan
[8;489].
Ushbu tarjimada o’quvchilar hech qanday muammoga duch kelmasligi uchun
tarjimon romandagi ismlar tarjimasini ham bilvosita amalga oshirgani, tarjima jarayonida
muallif uslubini qayta yaratishga, asar ritmi va intonatsiyasini saqlash, qahramonlar
nutqini asliyatdagi tabiiyligi kabi aks ettirish, milliy koloritni qayta yaratish,
frazeologizmlarning muqobil variantini topish kabi masalalarga e`tibor bilan
yondoshgani haqida M. Choriyeva alohida ta`kidlab o’tadi [5; 265
-274]. D.Xalimova esa
romanning “Otab
ek-
Yusufbek xoji o’g’li” nomli faslining K.Yermakova tomonidan qilingan
tarjimasi tahlili davomida mutarjimning aksariyat hollarda asliyat ekvivalentini to’g’ri
topa olgani va ushbu tarjima semantik va uslubiy jihatdan yangi ijodiy asar bo’lganini
ehtirof etadi [6; 659-665].
Shuningdek, 2019-yil amerikalik tadqiqotchi va tarjimon Mark Edvard Riz
tomonidan „Days Gone By“ nomi bilan ingliz tiliga tarjima qilingan
[9;496]. Mark Edvard
Riz ushbu kitobni 15 yil davomida tarjima qilgan va asar 660 sahifadan iborat bo’lib,
unda amerikaliklarga
tushunarli boʻlishi uchun 400 dan ortiq izoh va sharhlar yozgan.
Ushbu nashr nusxasi AQSHning Kongress kutubxonasidan
oʻrin olgan.
Jurnalist Shoira
Boymurodovaning «O’tkan kunlar"ni ingliz yoki boshqa xalqlar adabiyotining qaysi
asariga qiyosl
agan bo’lar edingiz?
-
degan savoliga Mark Riz shunday javob bergan: “
Ayni
paytda o’zimni ham o’ylantirgan juda qiziqarli savol.
Menga bu roman Uilyam Folkner
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
5 (2024) / ISSN 2181-3701
78
va Jeyms Joys asarlarini eslatadi. Har ikki ijodkorning prozasi juda boy va
bir o’qishda
anglab yetish murakkab. Bu uch
muallif taxminan bir paytda yashab, yangicha g’oyalar
silsilasida ijod qilgan va
ayni damda, asarlarida o’tmishga nigoh tashlab, zamona
sining
qiyofasi bilan taqqoslaganlar. Ular o’z davridagi yangilanishlardan rohatlangan, shuhratga
ko’milganlar va
shu
bilan birga, tanqidlardan ham hayiqmagan” [7].
Bundan tashqari “O’tkan kunlar” asari I
.
To’xtasinov rahbarligida ham bir guruh
tarjimonlar tomonidan ingliz tiliga o’girilgan [8; 489]. G
.
Odilova o’zbek milliy
mentalitetidagi kommunikativ muloqot jarayonini tarjimada ifodalanish holatlarini tadqiq
qilish maqsadida “O’tkan kunlar” asarining tarjimon I. To’xtasinov
va Mark Riz tomonidan
ingliz tiliga qilingan tarjimalar
ini o’rganib chiqadi.
Tadqiqotchi tarjimada asardagi
milliylik
va o’ziga xoslikning saqlanish masalalari
aksariyat hollarda tarjimon I.To’
xtasinov
tomonidan e`tiborga olinmaganini shunday ta`kidlaydi: “Romanda O’zbekoyim Otabekni
Zaynabning otasinikiga charlarga olib borishga majburlab turgan mahal o’g’li borgisi
kelmay xo’r
-
xo’rlatib choy ichadi va shu yo’l bilan befarqligini ko’rsatadi. Bu
esa O’zbek
oyimning jahlini chiqaradi. I.To’xtasinov tarjimasida Otabek shunchaki “ovqatlanib
o’tiradi”, xo’rillatib choy ichish effekti yo’q. O’zbek oyimning gapiga e`tiborsizlik bilan,
nima deyapsiz, deganday yumori aks etmagan. Mark Riz esa tarjimada mana shu effektni
saqlagan holda, Otabekning xo’rillatib choy ichib o’tirgan holatini inglizcha tarjimada
ko’rsata olgan.” [
153]. G.Odilova shu kabi bir qancha misollar yordamida ikki tarjimon
tomonidan yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarni va ayni paytda ularning yutuqlari haqida
to’xtalib o’tadi.
Bundan tashqari bir qator tadqiqotchilarimiz ham asarning inglizcha tarjimalari
ustida ish olib borganlar.
M.Karimov romanda muallif tomonidan qo’llanilgan tasviriiy vositalar, xususan,
sinekdoxa, o’xshatish va kinoyalarning asarning K.Yermakova va M.To’xtasinov tomonidan
qilingan inglizcha tarjimalarda ifodalanish holatlarini o’rgangan. Tadqiqot ishi doiras
ida
M.Karimov badiiy matnga xos konnotativ ma`noga ega leksik birliklarning tag ma`nolarini
izohlab ko’rsatgan, badiiy matnning pragmatik qiymatini tarjimada qayta yaratishda
asliyat matnidagi tasviriy vositalarning leksik, semantik va lingvokulturologik omillar
ustuvorligini ochib bergan, badiiy tasvir vositalarining badiiy matnda qo’llanilishini
konseptual-pragmatik asoslarini aniqlagan va ushbu tasviriy vositalarni tarjima qilish
usullari ishlab chiqishga muvaffaq bo’lgan. Tadqiqot ishida o’xshatish, s
inekdoxa va
kinoyalarning tarjima matnida aks etishi va uni ikkinchi tilda ekvivalentlik va adaptatsiya
usullari orqali amalga oshirilganligi asardan olingan bir necha misollar yordamida ochib
berilgan.
Z.Bazarov badiiy tarjimada leksik-
stilistik bo’yoqdorlikni saqlash muammolarini
o’rganish asnosida romanda muallif tomonidan qo’llanilgan metafora, metonimiya,
mubolag’a hamda frazeologik birliklarning stilistik xususiyatlarini tadqiq etgan.
Tadqiqotchi M.Kenjayeva “O’tkan kunlar”romanining M.Safarov tomonidan rus
tiliga qilingan tarjimasi va tarjimon Mark Riz tomonidan amalga oshirilgan inglizcha
tarjimalarini qiyoslash orqali romanda qo’llanilgan frazeologik birliklar, parameyalar,
istoriz
mlar, arxaizmlarning asar tarjimalaridagi ifodasini o’rganib, tahlil qilgan holda
voqelikni asliyatdan tarjima tiliga o’tish xususiyatlarini aniqlagan va tarjima jarayonida
yuzaga keladigan qiyinchiliklarni o’rgangan.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
5 (2024) / ISSN 2181-3701
79
XULOSA
Modomiki, badiiy tarjima ikki til lisoniy-uslubiy xususiyatlarining qiyoslanishi
asosida amalga oshirilar ekan, keyingi yillarda tadqiqotchilar e’tiborini lisoniy
vositalarni ularning nutqiy holatlaridan kelib chiqib, qiyosiy o‘rganish ko‘proq tortmoqda
.
Chunki bunday paytlarda lisoniy vositalar asarning mavzuiy, g‘oyaviy
-estetik jihatlarini
obrazlar orqali aks ettiradi. Obrazlar esa o‘z navbatida til vositasida yuzaga chiqariladi.
Bunday yondoshuv tarjimaga faqat pragmatik jihatdan emas, balki kommunikativ asosda
ham yondoshuvga imkoniyatlar yaratadi.
Adabiyotlardan foydalanish metodikasi chet tilini o‘qitishda samarali
yondashuvlarni taklif etadi. Ushbu maqolada adabiyotlarning turli turlari, ularni o‘qitishda
qanday qilib samarali qo‘llash mumkinligi, shuningdek, bunday yondashuvlarning
o‘quvchilarga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Adabiyotlar orqali o‘qitish jarayonining qiziqarli va
foydali tomonlari haqida batafsil ma’lumot beriladi.
Chet tilini o‘qitish jarayoni o‘quvchilarning til ko‘nikmalarini rivojlantirishda
muhim ahamiyatga ega. Adabiyotlar, o‘z navbatida, bu jarayonda samarali vosita sifatida
xizmat qiladi. Ushbu maqolada chet tilini o‘qitishda adabiyotlardan foydalanishning as
osiy
metodikalarini ko‘rib chiqamiz.
Chet tilini o‘qitishda adabiyotlardan foydalanish metodikasi
-
bu o‘qituvchilar va
talabalar uchun muhim bir jarayon. Adabiyotlar, ayniqsa, badiiy va ilmiy asarlar, tilni
o‘rganish jarayonida bir qancha afzalliklarga ega:
1. Tilni rivojlantirish:
-
leksik va grammatik ko‘nikmalar: adabiyotlar orqali yangi so‘zlar, iboralar va
grammatik qoidalarni o‘rganish mumkin.
-
Matnlardan o‘rganish: asarlar kontekstda so‘zlarning ma’nosini tushunishga
yordam beradi.
2. Madaniyatni o‘rganish:
-
madaniy kontekst: adabiyotlar orqali chet tilining madaniyati, an’analari va urf
-
odatlari haqida ma’lumot olish mumkin.
-
Tarixiy kontekst: tarixiy asarlar orqali o‘sha davrning ijtimoiy
-iqtisodiy sharoitlari
haqida bilib olish.
3. Tahlil va tanqidiy fikrlash:
-
tahliliy ko‘nikmalar: adabiyotlarni tahlil qilish orqali talabalar o‘z fikrlarini ifoda
etish va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantiradilar.
-
Muammoli savollar: o‘qituvchi adabiyotlarni muammoli savollar bilan muhokama
qilishni tashkil etishi mumkin.
4. Yozma va og‘zaki nutqni rivojlantirish:
- yozma ishlar: talabalar adabiyotlar asosida insholar, esse yoki xulosalar yozishlari
mumkin.
-
Og‘zaki muloqot: asarlar asosida muloqot qilish, rol o‘ynash va bahs
-munozaralar
o‘tkazish.
5. Motivatsiya va qiziqish:
-
qiziqarli materiallar: badiiy asarlar ko‘pincha talabalar uchun qiziqarli bo‘ladi, bu
esa ularning chet tiliga bo‘lgan qiziqishini oshiradi.
- Ijodkorlik: talabalarni ijodiy fikrlashga undaydi.
Shuningdek, chet tilini o‘quv va ilmiy adabiyotlar orqali o‘rganishda (nemis tili
misolida) o‘ziga xos yondashuvlar mavjud bo‘lib, bugungi kunda chet tilini o‘rganuvchilar
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
5 (2024) / ISSN 2181-3701
80
uchun muhim metod hisoblanadi. Ushbu yondashuvlarga, - integrativ yondashuv:
adabiyotlarni boshqa fanlar bilan integratsiya qilish orqali bilimlarni kengaytirish.
-
Interaktiv usullar: o‘yinlar, munozaralar va guruh ishlari orqali faol o‘qitish.
-
“DaF darslaridagi metodlar”: DaF darslarida qo‘llaniladigan turli o‘quv metodlari
haqida umumiy ma’lumot, shu jumladan kommunikativ yondashuvlar va vazifaga
asoslangan o‘qitish.
-
“DaF darslarida autentik materiallardan foydalanish”: autentik matnlar va media
vositalarini qo‘llashning afzalliklarini ko‘rib chiqadi, bu esa o‘qishni yanada qiziqarli va
dolzarb qiladi.
-
“DaF darslarida madaniyroq kompetensiya”: madaniy jihatlarni darsga qanday
kiritish mumkinligi haqida tahlil, bu nemis madaniyatini tushunishni oshirishga yordam
beradi.
O‘quv qo‘llanmalari sharhlari.
-
“O‘quv qo‘llanmalari taqqosi: Schritte international vs. Menschen”: ikkita mashhur
o‘quv to‘plamini taqqoslash, ularning kuchli va zaif tomonlarini ko‘rib chiqadi. Bu
adabiyotlarda qo‘llanilgan metodlar bir–
birini takrorlash bilan birga mutanosib jihatlari
ham mavjuddir. Ularni bugungi kunda Yurtimizda yaratilgan adabiyotlar bilan
solishtirilganda, misollarining mazmun va mohiyatan farqlidir.
Mutaxassis jurnallari
-
“Nemis tili chet tili sifatida”: ushbu jurnal muntazam ravishda DaF darslari uchun
yangi metodlar, tadqiqot natijalari va amaliy maslahatlar haqida maqolalar e’lon qiladi.
Onlayn resurslar
-
Deutsche Welle: o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun bepul materiallar va maqolalar
taklif etadi.
- Goethe-
Institut: turli DaF darslari bo‘yicha ko‘plab didaktik materiallar va
mutaxassis maqolalari mavjud.
Kitoblar
-
“DaF oson qilib o‘qitish” Susanne Bäuerle: darslar uchun ko‘plab maslahatlar va
metodlarni o‘z ichiga olgan amaliy qo‘llanma.
“DaF darslarida grammatikaning roli”: grammatikaning til o‘qitishdagi ahamiyati
bilan tanishuv.
1. O‘qish materiallari tanlash
O‘quvchilarning qiziqishlariga va yoshiga mos keladigan adabiyotlarni tanlash juda
muhimdir. Hikoyalar, romanlar, she’rlar yoki maqolalar
- bularning barchasi tilni
o‘rganishda foydali bo‘lishi bilan birgalikda bugungi kun muhitiga ham bog‘liqdir.
Tanlanga
n materiallar o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirishi, madaniyatni
tushunishga yordam berishi kerak.
2. Tahlil va muhokama
O‘qilgan matnlarni tahlil qilish va muhokama qilish orqali o‘quvchilarning
tushuncha darajasini oshirish mumkin.
Ularning fikrlarini so‘rab, savollar berish orqali
matnning mazmuni va muhim g'oyalari haqida chuqurroq fikr yuritishga yordam beriladi.
Bu jarayon o‘quvchilarning muloqot ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi.
3. Leksik va grammatik mashqlar
Adabiyotlarda uchraydigan yangi so‘zlar va grammatik tuzilmalarni o‘rgatish
jarayonida adabiyotlarni qo‘llash juda samarali. O‘quvchilar yangi so‘zlarni kontekstda
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
5 (2024) / ISSN 2181-3701
81
o‘rganadilar va bu ularning yodda saqlashlariga yordam beradi. Masalan, bir hikoyadagi
yangi so‘zlarni tahlil qilib, ularni turli kontekstlarda ishlatishni o‘rgatish mumkin.
4. Ijodiy yozuv
O‘quvchilarga o‘qigan matnlari asosida ijodiy yozuv topshiriqlarini berish, ularning
fikrlarini ifodalashga yordam beradi. Bu jarayon orqali o‘quvchilar o‘z fikrlarini yaratishda
erkinlik his qiladilar va yozma til ko‘nikmalarini rivojlantiradilar.
5. Rol o‘ynash
Adabiyotdagi qahramonlar yoki voqealarni rol o‘ynash orqali o‘quvchilarga
interaktiv tajriba taqdim etish mumkin. Bu usul nafaqat qiziqarli, balki o‘quvchilarni matn
bilan bog'lashga yordam beradi. Rol o‘ynash orqali o‘quvchilar tilni amaliy ravishda
qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
6. Audiovizual materiallar
Kitoblarning film yoki audiovizual versiyalarini ko‘rish, o‘quvchilarning
tushunishini yaxshilaydi va qiziqishni oshiradi. Bu usul vizual va eshitish orqali ta'sir
ko‘rsatib, tilni o‘rganishni yanada qiziqarli qiladi.
7. Kross-
kultural ta’sir
Chet tilini o‘qitishda adabiyotlar orqali boshqa madaniyatlar bilan tanishtirish
muhimdir. O‘qituvchi adabiyot
orqali madaniy kontekstni taqdim etishi, shuningdek,
o‘quvchilarga boshqa xalqlarning an’analari va qadriyatlari haqida ma'lumot berishi
mumkin.
Xulosa qilib aytganda, chet tilini o‘qitishda adabiyotlardan foydalanish metodikasi
nafaqat til ko‘nikmalarini rivojlantiradi, balki talabalarni madaniy jihatdan boyitadi va
ularning tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini oshiradi. O‘qituvchilar ushbu metodlarn
i samarali
qo‘llab, ta’lim jarayonini yanada qiziqarli va samarali qilishlari, shu barobarida adabiyotlar
orqali o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning faolligi oshadi, bu esa ularning chet tilini
o‘rganishdagi muvaffaqiyatlarini ta’minlaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO‘YXATI
:
1.
Бархударов Л.С. Что нужно знать переводчику? //Тетради переводчика.
Вып. 15.
-
М.: Международные отношения, 1978.
-
С.18
-25.
2.
Бертельс Е. А. К вопросу о традиции в героическом эпосе тюркских
народов // Советское востоковедение.
-
М.
-
Л., 1947 №4.
-
С. 73
-79.
3.
Bozorova N. “Ko`ngil” timsoli tarixiga doir // O`zbek tili va adabiyoti.
- Toshkent:
2000.-
№ 11.
-B. 29-32.
4.
Белинский В.Г. Избранные философские сочинения, том
II, 1947.
–
C. 453
5.
Choriyeva M
. “
O`tkan kunlar
”
romani tarjima variantlarida milliylik ifodasi,
o`girmalardagi tafovut va o`xshashliklar// Uchinchi Renassans: ilm-fan vat a`lim
taraqqiyoti istiqbollari
., №7. В. 265
-274.
6.
Halimova D. Abdulla Qodiriy “O`tkan kunlar” asari inglizcha tarjimasida badiiy
tasvir vositalarining berilishi //Academic research in educational sciences. VOLUME 2 |
ISSUE 6 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal. P.659-665.
7.
https://kun.uz/news/2021/04/28/otkan-kunlar-romanini-ingliz-tiliga-ogirgan-
tarjimon-ozbekiston-yozuvchilar-uyushmasi-faxriy-azosi-
boldi?q=%2Fuz%2Fnews%2F2021%2F04%2F28%2Fotkan-kunlar-romanini-ingliz-
tiliga-ogirgan-tarjimon-ozbekiston-yozuvchilar-uyushmasi-faxriy-azosi-boldi
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
5 (2024) / ISSN 2181-3701
82
8.
Kadiri A. The days gone by. M. To`xtasinov.Toshkent: 2017.-B.235. Kadiri A. Days
gone by. K. Yermakova. Nouveau Monde Editions: 2018.
–
P. 489. https://www.nouveau
–
monde.net/catalogue/days-gone-by/
9.
Mark Reese. Bygone days. Muloqot cultural project. 2019. -P.496.
https://www.amazon.com/Bygone-Days-Kunlar-Abdullah Qodiriy/dp/ 057846729
10.
Odilova G.K. O`zbek va ingliz mumtoz she`riyati tarjimalarida adekvatlik
muammolari.f.f.n. diss....
–
Toshkent: -B.153
11.
Саломов Ғ. Адабий анъана ва бадиий таржима. —
Тошкент: Фан,1980. —
158 б
12.
Qodiriy A. Ijod mashaqqati. Toshkent: O`qituvchi, 1995.
–
B.13.
