Структурно-гемодинамические изменения головного мозга в неонатальном периоде у детей раннего возраста с внутриутробной гипоксией

CC BY f
96-99
38
10
Поделиться
Файзуллаева, Х., & Назарова , Г. (2022). Структурно-гемодинамические изменения головного мозга в неонатальном периоде у детей раннего возраста с внутриутробной гипоксией. Журнал гепато-гастроэнтерологических исследований, 2(3.2), 96–99. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/hepato-gastroenterological/article/view/2450
Хилола Файзуллаева, Самаркандский государственный медицинский институт

ассистент кафедры биологической химии

Гулчехра Назарова , Самаркандский государственный медицинский институт

ассистент кафедры биологической химии

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Исследование проведено в Самаркандском городском родильном доме №1 среди 40 детей, рожденных с внутриутробной гипоксией в срок и недоношенных, путем кесарева сечения и физиологически. В контрольную группу вошли 10 здоровых, физиологически рожденных детей. Изучение структурно-гемодинамических свойств головного мозга новорожденных в исследуемой группе проводят стандартными методами нейросанографии с цветовым картированием и пульсовой допплерометрии. Внутригрупповые сравнения показали, что частота ишемически-геморрагических нарушений у детей увеличивается с увеличением гестационного возраста. Однако по данным анализа электрофизиологической активности головного мозга в неонатальном периоде в основной группе с учетом структурных и гемодинамических изменений, выявленных в головном мозге у детей с внутриутробной гипоксией, электрофизиологическая активность головного мозга у детей, рожденных в период естественного сна в 7 дней недоношенных детей следует оценивать по результатам электроэнцефалографии (ЭЭГ), выполненной в 36-38 недель гестации. Обобщая полученные результаты, можно сделать вывод, что у детей с внутриутробной гипоксией, в отличие от здоровых детей, значительные структурные и гемодинамические нарушения головного мозга связаны с кесаревым сечением.

Похожие статьи


background image

JOURNAL OF HEPATO-GASTROENTEROLOGY RESEARCH | ЖУРНАЛ ГЕПАТО-ГАСТРОЭНТЕРОЛОГИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙ

№3,2 (том II) 2021

96

Fayzullayeva Xilola Bahronovna,

Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti Biologik kimyo kafedrasi assistenti

Nazarova Gulchehra Shuhratjonovna,

Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti Biologik kimyo kafedrasi assistenti

HOMILA ICHI GIPOKSIYASINI O’TKAZGAN CHAQALOQLAR NEONATAL DAVRIDA BOSH

MIYANING STRUKTUR-GEMODINAMIK O’ZGARISHLARI

ABSTRAKT

Izlanish

Samarqand shaxar 1 son tug’ruqxonasida homila ichi gipoksiyasi bilan muddatida va muddatidan

oldin, kesarcha kesish va fiziologik yo’l bilan tug’ilgan 40 nafar chaqaloqlar orasida olib borildi. Nazorat guruhiga 10
nafar sog’lom, muddatida fiziologik yo’l bilan tug’ilgan chaqaloqlar kiritildi. Tadqiqot guruhidagi chaqaloqlar bosh
miyasining struktur-gemodinamik xususiyatlarini o’rganish standart metodlar asosida rangli kartirlash bilan
neyrosanografiya o’tkazish va impuls to’lqinli doplerometriya yordamida amalga oshiriladi.

Guruxlar ichidagi taqqoslashlar shuni ko’rsatdiki, bolalarda gestatsion yoshi kamayishi bilan ishemik-

gemorragik buzilishlar chastotasi oshib boradi. Shu bilan birga

O’rganilayotgan guruhdagi bolalar neonatal davrida

bosh miya elektrofiziologik faolligi taxliliga ko’ra, homila ichi gipoksiyaga uchragan bolalarda miyada aniqlangan
strukturaviy va gemodinamik o'zgarishlarni hisobga olgan holda, miyaning elektrofiziologik faolligini tabiiy uyqu
vaqtida muddatida tug’ilgan bolalarda hayotining 5-7 kunida, muddatidan oldin tug’ilgan bolalarda esa 36-38 xaftalik
gestatsion muddatida o’tkazilgan elektroansefalografiya (EEG) natijalari asosida baholash zarurdir.

. Olingan natijalarni sarhisob qilib, sog'lom bolalardan farqli o'laroq homila ichi gipoksiyasiga uchragan

bolalarda miyaning muhim strukturaviy va gemodinamik buzilishlari kesarcha kesish yo’lida tug’ilishi bilan bog’liqligi
to'g'risida xulosa chiqarishimiz mumkin.

Kalit so’zlar:

Yangi tug’ilgan chaqaloq, gipoksiya, neyrosanografiya, homila, gipoperfuziya

Fayzullayeva Hilola Bahronovna,

Assistant of the Department of Biological Chemistry, Samarkand State Medical Institute

Nazarova Gulchehra Shuhratdjonovna,

Assistant of the Department of Biological Chemistry, Samarkand State Medical Institute

STRUCTURAL-HEMODYNAMIC CHANGES IN THE BRAIN IN THE NEONATAL PERIOD IN INFANTS

WITH INTRAUTERINE HYPOXIA

ABSTRACT

The study was conducted in Samarkand City Maternity Hospital No. 1, among 40 babies born with intrauterine

hypoxia on time and prematurely, by caesarean section and physiologically. The control group included 10 healthy,
physiologically born babies. The study of the structural and hemodynamic properties of the infant brain in the study
group is performed using standard methods of neurosanography with color mapping and pulse wave dopplerometry.

Intra-group comparisons have shown that the incidence of ischemic-hemorrhagic disorders increases with

gestational age in children. However, according to the analysis of cerebral electrophysiological activity in the neonatal
period in the study group, taking into account the structural and hemodynamic changes detected in the brain in children
with intrauterine hypoxia, the electrophysiological activity of the brain in children born during natural sleep at 7 days,
preterm infants should be evaluated based on the results of electroencephalography (EEG) performed at 36-38 weeks of
gestation.

Summarizing the results, we can conclude that in children with intrauterine hypoxia, in contrast to healthy

children, significant structural and hemodynamic disorders of the brain are associated with cesarean delivery.

Keywords:

Newborn, hypoxia, neurosanography, fetus, hypoperfusion

Homiladorlik

va

tug'ish

jarayonini

murakkablashtiradigan ko'plab shart -sharoitlarning

negizida homila va yangi tug'ilgan chaqaloq uchun
universal bo'lgan zararli omil - bir nechta organlar


background image

JOURNAL OF HEPATO-GASTROENTEROLOGY RESEARCH | ЖУРНАЛ ГЕПАТО-ГАСТРОЭНТЕРОЛОГИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙ

№3,2 (том II) 2021

97

disfunktsiyasining rivojlanishiga olib keluvchi, asosiy
energiyaga bog'liq jarayonlarni buzuvchi, patologik
endogen reaksiyalar majmuasini qo'zg'atadigan gipoksiya
jarayoni yotadi [1, 4, 9, 10]. Rivojlanayotgan miya
gipoksiya ta'siriga eng ta'sirchandir, bunda boshlangan
patologik biokimyoviy jarayonlar energiyaga bog'liq
bo'lgan

neyrotransmitterlardan

foydalanish

jarayonlarining

buzilishi

bilan

bog'liq

bo'lgan

eksitotoksiklik hodisasini keltirib chiqaradi [89, 8, 286,
418]. Miyaning uzoq davom etadigan shikastlanish
jarayoni natijasida, bola hayotning birinchi yillarida
nevrologik

chekinishlarning

o'zgaruvchanligi,

shu

jumladan stato-motor, psixoemotsional buzilishlar va
nogironliklar,

nutqni

rivojlanishidagi

kechikishlar,

bolalarning ijtimoiy moslashuvchanligidagi cheklashlar
yuzaga keladi [ 2, 6, 7, 11].

Tadqiqot

maqsadi.

Gipoksiya

kechirgan

chaqaloqlar

neonatal davrida bosh miyaning struktur-

gemodinamik xususiyatlarini baholash.

Tadqiqot materiali va usullari.

Izlanish

Samarqand shaxar 1 son tug’ruqxonasida homila ichi
gipoksiyasi bilan muddatida va muddatidan oldin,
kesarcha kesish va fiziologik yo’l bilan tug’ilgan 40 nafar
chaqaloqlar orasida olib borildi. Nazorat guruhiga 10
nafar sog’lom, muddatida fiziologik yo’l bilan tug’ilgan
chaqaloqlar kiritildi. Tadqiqot guruhidagi chaqaloqlar
bosh miyasining struktur-gemodinamik xususiyatlarini
o’rganish standart metodlar asosida rangli kartirlash bilan
neyrosanografiya

o’tkazish

va

impuls

to’lqinli

doplerometriya yordamida amalga oshiriladi. Birlamchi
neyrosanografiya barcha chaqaloqlar hayotining 1-2
sutkasida o’tkazildi.

Natijalar.

Homila ichi gipoksiyasini o’tkazgan

chaqaloqlarda, sog’lom bolalardan farqli ravishda,
tug’ilish turidan qat’iy nazar yosh normasiga xos struktur
ko’rsatkichlar muddatida tug’ilgan chaqaloqlarning faqat
oltidan bir qismida, kamdan kam xollarda 35-37 xafatalik
gestatsion muddatdaga chaqaloqlarda kuzatilganligi
hamda

32-34

xaftalik

chaqaloqlarda

esa

qayd

etilmaganligi aniqlandi.

Taqqoslash

guruhlarida,

miyadagi

ishemik

o’zgarishlarning rivojlanishi ayniqsa kesarcha-kesish
bilan tug’ilgan bolalarda moyillik yuqori chastotada
kuzatildi (76,8% va 73,5%, р>0,05). Guruxlar ichidagi
taqqoslashlar shuni ko’rsatdiki, ayniqsa 1-kichik guruxda
yaqollik bilan (42,8% va 40%, р>0,05), bolalarda
gestatsion yoshi kamayishi bilan ishemik-gemorragik
buzilishlar chastotasi oshib boradi. Periventrikulyar
soxadagi

exogenligining

o’zgarmagan

fonida,

subepindemal qon quyilishi ko’rinishida og’irligi
bo’yicha

I

darajadan

oshmaydigan

izolirlangan

gemorragik o’zgarishlar kam hollarda 2- va3-kichik
guruhdagi bolalarda qayd etildi (2,4% va 4,3%, р>0,05).

Gipoksiyaga uchragan bolalarda bosh miya

o'zgargan tuzilishidagi gemorragik asoratlarni solishtirish
mumkin (12,7% va 13,5%, p> 0,05). Ulardan eng yuqori
chastotali taqqoslash guruhlarida II darajali peri-
intraventrikulyar qon ketish (PIVQK) qayd etilgan (6,8%
va 7,5%, p> 0,05). Shuni ta'kidlash kerakki, nogironlikga
sabab bo’luvchi IV darajali qon ketish qayd etilmagan.
Gemorragik

asoratlarning

shakllanishi

o'tkazilgan

Serebral ishemiyaning og'irligiga to'g'ridan -to'g'ri
bog'liqligi aniqlandi. (rs=0,712, р=0,004). Taqqoslash

guruhlarida o'tkazilgan Doppler tadqiqotlari natijalariga
ko'ra, qon tomir tonusini tavsiflovchi RI indeksining
o'rtacha qiymatlari yosh me'yorlariga to'g'ri keladi (RI =
0,70-0,73). Ammo, tug'ilish turidan qat'i nazar, bachadon
ichi gipoksiyaga uchragan bolalarda RI ning keng
o'zgarishi aniqlandi. Shu bilan birga, ikkala taqqoslash
guruhidagi bemorlarning yarmida RI <0,70 kamayishi
aniqlandi. Ta'kidlash joizki, jarrohlik yo'li bilan tug'ilgan,
yetilmagan

bolalarda

serebral

gemodinamikaning

avtoregulyatsiyasi buzilishlarining yuqori chastotasini
muhokama qilish natijasida, kesarcha kesish yordamida
olingan bolalarda tabiiy ravishda tug'ilganlar bilan
solishtirganda RI> 0,80 tez -tez o'sish tendentsiyasi
kuzatilgan (17,5% va 12,4%, p> 0,05) va erta tug'ilgan
chaqaloqlarning ayrimlarida RI> 0,80 o'sishi statistik
jihatdan I guruh bolalarida, analogik yoshdagi tabiiy yo’l
bilan tug’ilganlarga nisbatan ko'pligi aniqlandi - 22,3%
va 12,7% (χ² = 4,09, p = 0,043).

I guruhdagi bolalarda, diastolik tezlikning

susayishi-8,7±0,33 sm/sek, taqqoslash guruhidagilarga
nisbatan-

9,9±0,38

sm/sek

kabi

gemodinamik

o’zgarishlari yaqqol namoyon bo'lib (р=0,042), asosan
32-34 xaftaligida kesarcha kesish yo’li bilan tug’ilgan
bolalarda -6,4±0,42 sm/sek, analogik yoshda tabiiy yo'l
bilan tug'ilgan bolarga - 7,7±0,56 sm/sek nisbatan past
ko’rsatkichda kuzatildi (р=0,032). Bundan tashqari bu
bolalarda , tabiiy yo’l bilan tug’ilganlarga nisbatan bosh
miya gipoperfuziyasining yuqori chastotasi qayd etildi :
V max<28 sм/sek - 66,6% va 40% (χ²=5,04, р=0,024); V
min<7,5sm/sek - 71,4% va 26,6% (χ²=14,07, р=0,0002).

Gipoksiya kechirgan bolalarda, arterial oqim

buzilish fonida venoz disfunksiya (71,7% va 73,5%,
р>0,05), sog’lom bolalardan farqli ravishda (р=0,0001)
yuqori chastotada kuzatildi va Galen venasi oqimidagi
yuqori va qiyosiy ko’rsatkichlar bilan tasdiqlandi -
5,8±0,17sm/sek va 5,9±0,16sm/sek (р>0,05)(V venoz
oqimidagi referens ko’rsatkich 2-4sm/sek).

2-3 kichik guruhlarda venoz disfunktsiyaning

yuqori chastotasi va yuqori tezlik ko'rsatkichlari
aniqlandi, bu kuzatuv davrida yuqori gestatsion yoshdagi
bolalarda yetuk venoz tizimi bilan bog'liq bo'lishi
mumkin.

Keyingi tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, homila ichi

gipoksiyaga uchragan bolalarda yuqori qon tomir
tonusining fonida (RI> 0,08) erta neonatal davrda miya
gipoperfuziyasi, oldingi miya arteriyasidagi chiziqli qon
oqimi tezligining pasayishi (V max <28 sm / sek va V
min <7,5 sm / sek) uyqu buzilishi bilan postgipoksik
ensefalopatiya shakllanishining xavf omillaridan biri
sifatida qaralishi kerak (F=6,00, р=0,014; RR = 1,29
(95% DI 1,17 – 1,41, χ² = 6,54 p=0,013).

Shunday qilib, qiyosiy tahlil shuni ko'rsatdiki,

homil ichi gipoksiyasiga uchragan bolalar o'rtasida,
miyadagi o'xshash tizimli o'zgarishlar fonida, Kesarcha
kesish bilan tug'ilgan bolalarda miya qon aylanishining
ancha jiddiy buzilishlari ko'rsatildi.

Aniqlanishicha, shoshilinch kesarcha kesish

yordamida olingan muddatida tug'ilgan chaqaloqlar,
yuqori qon tomir tonusining fonida miya gipoperfuziyasi
tez-tez rivojlanadi (RI> 0,8) 24,4% (11/45) va 2,6%
(2/75) (p = 0.0003), sistolik qon oqimining kamayishi
(Vmax) bilan birgalikda 31,1% (14/45) va 2,6% (2/75) (p
= 0,0001) da qayd etilgan, diastolik qon oqimi (Vmin) -


background image

JOURNAL OF HEPATO-GASTROENTEROLOGY RESEARCH | ЖУРНАЛ ГЕПАТО-ГАСТРОЭНТЕРОЛОГИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙ

№3,2 (том II) 2021

98

40 da % (18/45) (p = 0.0001), bir-ikkta holatlarda, rejali
kesarcha kesish bilan tug'ilgan chaqaloqlarda miya
gipoperfuziyasi kuzatildi. Erta tug'ilgan chaqaloqlarda,
gipoksiya fonida, shoshilinch kesarcha kesish bilan
tug'ilishidan qat'i nazar, miya gipoperfuziyasining
solishtirma yuqori chastotasi kuzatildi. Biroq, holatining
og'irligi

va

yetilmagan

chaqaloqlarda shoshilinch

kesarcha kesish, diastolik qon oqimining kamayish
chastotasini rejali ravishda kesarcha kesish bilan
muddatidan oldin olingan chaqaloqlarga nisbatan sezilarli
darajada oshirdi (V min) - 47,6% (61/128) va 19% (8/42)
(χ²=10,73, р=0,001).

O’rganilayotgan guruhdagi bolalar neonatal

davrida bosh miya elektrofiziologik faolligi taxliliga
ko’ra, homila ichi gipoksiyaga uchragan bolalarda
miyada

aniqlangan

strukturaviy

va

gemodinamik

o'zgarishlarni

hisobga

olgan

holda,

miyaning

elektrofiziologik faolligini tabiiy uyqu vaqtida muddatida
tug’ilgan bolalarda hayotining 5-7 kunida, muddatidan
oldin tug’ilgan bolalarda esa 36-38 xaftalik gestatsion
muddatida o’tkazilgan elektroansefalografiya (EEG)
natijalari asosida baholash zarurdir.

Olingan natijalar shuni ko'rsatdiki, gipoksiyaga

uchragan bolalarda, tug'ilish usulidan qat'i nazar, yosh
mezonlariga mos uyqu davrining EEG sxemasi atigi
13,4% va 15,1 (p> 0,05), da shakllangan va asosan
muddatida tug’ilgan chaqaloqlar orasida tez -tez
kuzatildi.

32-34

xaftada

tug'ilgan

bolalarda

yosh

mezonlariga mos keladigan EEG namunasi qayd
etilmagan. Shu bilan birga, sog'lom bolalarda yoshga
bog'liq uyqudagi EEG chiziqlari asosiy hisoblanib (93%,
p = 0.0001) va EEGning patologik chiziqlari qayd
etilmadi. Kesarcha kesish bilan olingan bolalarda, tabiiy
ravishda tug'ilganlar bilan taqqoslaganda, EEG chiziqlari
tez -tez qayd etilib, bu bosh miyaning bioelektrik faolligi
yetilishini kechikishini tavsiflaydi - 71,7% va 59,4% ga
(χ²=7,68, р=0,005) bu ayniqsa 2 -kichik guruhda (74.2%
ga nisbatan 60% ga, χ2 = 4.63, p = 0,031) va 3 -kichik
guruhda (65% ga nisbatan 50.6%, χ2 = 3.93, p = 0,047)
sezilarli farqlar bilan namoyon bo’ldi. Bundan tashqari, I
guruh bolalarida miya faoliyatida aniqroq o'zgarishlar tez
-tez

asosiy

faollikning

maksimal

amplitudasi

topografiyasini buzilishi shaklida qayd etilgan (frontal
sekin to'lqinli disritmiya) - 64,8% va 51,8% (χ² = 7,86, p
= 0.005) 2 -kichik guruhda sezilarli farq bilan (87,5% va
76,2%, χ² = 4,45, p = 0,034) namoyon bo’ldi.

Asosiy faollik amplitudasining doimiy ravishda

pasayishi 30 mVdan past bo'lishi, past amplitudali
farqlanmagan faollikdagi EEG patologik shakllari har
ikkala taqqoslash guruhlarida qayd etildi-12,7% va 10,8%
(p> 0,05). Gipoksiyaga uchragan bolalarda miyaning
talvasaga yuqori tayyorgarlik chastotasi, umumiy
paroksismal faollik, polimorf epileptiform faollik
shaklidagi EEG dagi patologik grafoelementlar bilan
qiyosiy bo’lib (5,8% va 7,5%, p> 0,05), tug'ilish turidan
qat'i nazar gestatsion muddati 32-34 haftalik bemorlar
orasida, eng yuqori chastota (16,6% va 20%, p> 0,05)
kuzatildi. Gipoksiyaga uchragan bolalarda yetilmagan va
patologik EEG chiziqlarining shakllanishi tug'ilish
vaqtidagi gestatsion muddat bilan teskari bog'liqlikga ega
(r = -914, p = 0,0001); o’tkazilgan miya ishemiyasi (r =
738, p = 0,002) hamda serebral gemodinamikaning

yaqqol buzilishi orasida esa (r = 856, p = 0,001) to'g'ridan
-to'g'ri bog’liqlik mavjud.

Xulosa

. Olingan natijalarni sarhisob qilib,

sog'lom

bolalardan

farqli

o'laroq

homila

ichi

gipoksiyasiga uchragan bolalarda miyaning muhim
strukturaviy va gemodinamik buzilishlari kesarcha kesish
yo’lida tug’ilishi bilan bog’liqligi to'g'risida xulosa
chiqarishimiz mumkin. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarning
bu guruhida miya qon oqimining avtoregulyatsiya
jarayonlaridagi

buzilishlarning

yaqolligidan

dalolat

beruvchi qon tomir tonusining keng o'zgarishi aniqlandi.
Homiladorlikning 32-34 xaftasida kesarcha kesish bilan
tug’ilgan bolalarda, gemodinamik buzilishlar qon
oqimining chiziqli tezligi pastligi ayniqsa diastolik tezlik
bilan,

yaqqol

namoyon

bo'lganligi

tasdiqlandi.

Aniqlanishicha, chaqaloqlar xomila ichi holatining
og'irligi va keyinchalik shoshilinch ko’rsatmalar asosida
kesarcha kesish bilan olish, serebral gemodinamik
buzilishlarining namoyishini sezilarli darajada oshiradi.
Homila ichi gipoksiyasini o’tkazgan bolalarda uyqu
buzilishi bilan namoyon bo’luvchi, markaziy asab
tizimining

funktsional

buzilishlari

rivojlanishining

gemodinamik bashoratchilari aniqlandi.

Shunday qilib, homila ichi gipoksiyasini

kechirgan bolalar orasida MNS ning funksional
yetilmaganligi fonida yaqqol buzilishlar asosan kesarcha
kesish bilan tug’ilgan chaqaloqlarda kuzatildi. Bolalarda
bosh miya funksional faolligining buzilishlari shoshilinch
kesarcha kesish bilan olingan bolalarada, rejali kesarcha
kesish natijasida tug’ilganlarga nisbatan, EEGdagi
patologik chiziqlar va asosiy anomaliyalar oshishi
hisobida yuqori ekanligi aniqlandi, jumladan qiyosiy
darajada muddatidan oldin tug’ilgan (35,9% va 9,5%
χ²=10,63, р=0,001) va muddatida tug’ilgan chaqaloqlarda
(15,5% va 1,3% р=0,002) ham. Kesarcha kesish bilan
olingan bolalarda aniqlangan bosh miya funksional
holatining o’ziga xosligi, bosh miya bioelektrik faolligi
shakllanishining kechikishi rejali kesarcha kesish bilan
olinganlar singari, shoshilinch kesarcha kesish yordamida
tug’ilganlarga ham xos (60% va 66,6%, р>0,05). Olingan
natijalar, adabiyotlardagi [ 3, 5, 12] ma’lumotlarga mos
ravishda ma’lum bo’ldiki, abdominal yo’l bilan tug’ilgan
bolalar neonatal davrida tug’ruq xaraktalari amalga
oshmaganligi sababli, neyroendokrin tizimi, yuqori nerv
markazlari faolligining buzilishi hisobiga bosh miya
aktivligi funksional yetishmovchiligi kuzatildi va
postnatal adaptatsiyada yaqqol namoyon bo’ldi.

Shunday qilib, homila ichi gipoksiyasini

kechirgan bolalarda EEG natijalariga ko’ra bosh miya
bioelektrik faoligini baxolash, sog’lom bolalar bilan
taqqoslanganda asosan kesarcha kesish bilan olishga
majbur bo’linganlarda buzilishlar yaqqol namoyon
bo’lganligini ko’rsatdi. Bu guruxdagi bemorlar neonatal
davrda bosh miya bioelektrik faolligining yetilishi
kechikishi ko’rinishidagi buzilishlar, asosan EEGning
«yoshga xos» chiziqlari shakllanishining nisbatan past
ko’rsatkichlari kuzatilgan bolalarning asosiy qismini
tashkil etdi.

Bachadon ichi holatiga ko’ra shoshilinch

ko’rsatmalar asosida kesarcha kesish bilan olingan
chaqaloqlarda bosh miya bioelektrik faolligining buzilishi
nisbatan yuqori ekanligi aniqlandi.


background image

JOURNAL OF HEPATO-GASTROENTEROLOGY RESEARCH | ЖУРНАЛ ГЕПАТО-ГАСТРОЭНТЕРОЛОГИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙ

№3,2 (том II) 2021

99

Список литературы/Iqtiboslar/References

1. Zarubin A.A. Gipoksicheskiy-ishemicheskiy ensefalopatiya u novorojdennix, rojdennixv tejeloy asfiksii

[Tekst]/ A.A. Zarubin, N.I. Mixyeyeva, E.S. Fillipov// Byuleten VSNS SO RAMN. -2017.- Tom 2, №2 (114). - s. 95-
101.

2. Karkashadze, G.A. Sovremmennie dannie o patogeneze i lechenine gipoksicheskiy-ishemicheskiy porajeniy

golovnogo mozga u novorojdennix [Tekst] / G.A. Karkashadze, A. V. Anikin, E.P. Zimina// Pediatricheskaya
farmakologiya. - 2016. – Т. 13, № 5. – s. 452-467.

3. Kozlova, l.V. Vegetativniy status I adaptatsiya u novorojdennix s vnutriutrobnoy zaderjkoy rosta pri raznix

sposobax rodorazreshenie beremennix [Tekst]// L.V. Kozlova, D.O. Ivanov, V.V. Derevsov // Akusherstvo I
ginekologiya- 2017. - № 1. – С. 59-64.

4. Litviskiy, P.F. Gipoksiya [Tekst]// P.F Litviskiy Voprosi sovremennoy pediatrii. -2016 Т. 15, № 1. – s. 45-58.
5. Morozova, A.Yu. Soderjanir neyronspesificheskiy enolazi I neyrotroficheskogo faktora rosta v pupovinoy

krovi zdorovix donoshennix detey posle operasii planovoga kesarva secheniya I spontannix rodov [Tekst] / A.Yu.
Morozova, Yu. P.Milyutina, A.B. Arutyanan// Jurnal Akusherstva I jenskix bolezney- 2015. – Т. LХIV, № 6. – s. 38-42.

6. Prusakov, V.F. Rol perinatalnix povrejdeniy nervnoy sistemi v formirovanii nevrologicheskoy patologii

detskogo vozrasta [Tekst ]/ V.F. Prusakov, E.A. Morozova, V.I. Marulina // Vestnik sovremennoy klinicheskoy medisini
– 2016. - Т. 9, № 2. – С. 65 - 70.

7. Savelyeva, G.M. Asfiksiya donoshennix novorojdennix. Kompleksnaya terapiya s ispolzovaniyem

karnioserebralnoy gipotermii [Tekst]/ G.M. Savelyeva, R.I. Shalina, A.A. Smirnova // Akusherstvo I ginekologiya –
2016. - Т. 9, № 2. – s. 65 - 70.

8. Back, S.A. Brain injury in premature neonates: a primary cerebral dysmaturation disorder? [Text]/ S.A.

Back, S.P. Miller // Ann Neurol. – 2014. - № 75. – Р. 469-486.

9. Baburamani, A.A. Mitochondrial optic atrophy (OPA) 1 processing is altered in response to neonatal

hypoxic-ischemic brain injury [Text]/ A.A. Baburamani, C. Hurling, H. Stolp [et al.] // Int J Mol Sci. – 2015. – Vol. 16,
№ 9. – Р. 22509-22526.

10. Janowska, J. Therapeutic strategies for leukodystrophic disorders resulting from perinatal asphyxia: focus

on myelinating oligodendrocytes [Text] / J. Janowska, J. Sypecka // Mol Neurobiol. – 2018. – Vol. 55, № 5. – Р. 4388-
4402.

11. Hayakawa, M. Incidence and prediction of outcome in hypoxic-ischaemic encephalopathy in Japan [Text] /

M. Hayakawa, Y. Ito, S. Saito [et al.] // Pediatrics International. - 2014. - Vol. 56. - P. 215-221.

12. Radouani, M.A. Influence of mode of delivery on the stress response in infants [Text] / M.A. Radouani, N.

Chahid, A. Kharbach [et al.] // Psychology. – 2015. - № 6. – Р. 1861-1872.

Библиографические ссылки

Zarubin A.A. Gipoksicheskiy-ishemicheskiy ensefalopatiya u novorojdennix. rojdennixv tejeloy asfiksii [Tekst]/ A.A. Zarubin, N.I. Mixyeyeva. E.S. Fillipov// Byuleten VSNS SO RAMN. -2017,- Tom 2, №2 (114). - s. 95-101.

Karkashadze. GA. Sovremmennie dannie о patogeneze i lechenine gipoksicheskiy-ishemicheskiy porajeniy golovnogo mozga u novorojdennix [Tekst] / GA. Karkashadze. A. V. Anikin. E.P. Zimina// Pediatricheskaya farmakologiya. - 2016. - T. 13, № 5. - s. 452-467.

Kozlova. l.V. Vegetativniy status I adaptatsiya u novorojdennix s vnutriutrobnoy zaderjkoy rosta pri raznix sposobax rodorazreshenie beremennix [Tekst]// L.V. Kozlova, D.O. Ivanov. V.V. Derevsov // Akusherstvo I ginekologiya- 2017. - № 1. - C. 59-64.

Litviskiy, PF. Gipoksiya [Tekst]// PF Litviskiy Voprosi sovremennoy pediatrii. -2016 T. 15. № 1. - s. 45-58.

Morozova. A.Yu. Soderjanir neyronspesificheskiy enolazi I neyiotioficheskogo faktora rosta v pupovinoy krovi zdorovix donoshennix detey posle operasii planovoga kesarva secheniya I spontannix rodov [Tekst] / A.Yu. Morozova. Yu. P.Milyutina. A.B. Arutyanan// Jumal Akusherstva I jenskix bolezney- 2015. - T. LXIV. № 6. - s. 38-42.

Prusakov. V.F. Rol perinatalnix povrejdeniy nervnoy sistemi v fonnirovanii nevrologicheskoy patologii detskogo vozrasta [Tekst ]/ V.F. Prusakov. E.A. Morozova. VI. Marulina // Vestnik sovremennoy klinicheskoy medisini -2016.-T9,№2,-C. 65 -70.

Savelyeva. GM. Asfiksiya donoshennix novorojdennix. Kompleksnaya terapiya s ispolzovaniyem kamioserebralnoy gipotermii [Tekst]/ GM. Savelyeva. R.I. Shalina. A.A. Smirnova // Akusherstvo I ginekologiya -2016.-T9, №2,-s. 65-70.

Back. S.A. Brain injury in premature neonates: a primary cerebral dysmaturation disorder? [Text]/ S.A. Back. S.P. Miller //AnnNeurol. - 2014. - № 75. - P. 469-486.

Baburamani. A.A. Mitochondrial optic atrophy (ОРА) 1 processing is altered in response to neonatal hypoxic-ischemic brain injury [Text]/ A.A. Baburamani. C. Hurling. H. Stolp [et al.] // Int J Mol Sci. - 2015. - Vol. 16. №9.-P. 22509-22526.

Janowska. J. Therapeutic strategies for leukodystrophic disorders resulting from perinatal asphyxia: focus on myelinating oligodendrocytes [Text] / J. Janowska. J. Sypecka // Mol Neurobiol. - 2018. - Vol. 55. № 5. - P. 4388-4402.

Hayakawa. M. Incidence and prediction of outcome in hypoxic-ischaemic encephalopathy in Japan [Text] / M. Hayakawa. Y. Ito. S. Saito [et al.] // Pediatrics International. - 2014. - Vol. 56. - P. 215-221.

Radouani. M.A. Influence of mode of delivery on the stress response in infants [Text] / M.A. Radouani. N. Chahid. A. Kharbach [et al.] // Psychology. - 2015. - № 6. - P. 1861-1872.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов