JIGAR SIRROZI BILAN BEMORLARDA JIGAR ENSEFALOPATIYASINING OG‘IRLIK DARAJASINI ANIQLASH

Andrey Devyatov , Sanjar Ruziboev , Azam Babadjanov
Maqsad. Jigar sirrozi bilan bemorlarda jigar ensefalopatiyasining og‘irlik darajasini aniqlash. Material va usullar. Tadqiqotga jigar sirrozi bo‘yicha operatsiya qilingan 490 ta bemor olingan. Portotizim shuntlash operatsiyalari etaplarida jigar ensefalopatiyasining og‘irlik darajasini baholash kriteriysi sifatida HEPAtonormTM-Analyzer apparatida olingan kritik hilpillash chastotasi natijalari xizmat qildi. Bemorlar rejali ravishda operatsiya qilindi: selektiv shuntlash (distal splenorenal anastomoz) – 306 (62,4%); markaziy – 184 (37,6%): proksimal splenorenal anastomoz splenektomiya bilan – 13 (2,7%); latero- lateral splenorenal anastomoz – 62 (12,7%); splenosuprarenal anastomoz – 84 (17,1%); N-simon splenorenal anastomoz – 25 (5,1%). Natijalar. Portotizim shuntlash 100% holda kritik xilpillash chastotasi natijalarini ( 39,5±0,9 dan 37,8±1,2 Hz, gacha R<0,001) yomonlashtirdi, agar operatsiyagacha jigar ensefalopatiyasi bo‘lmagan bo‘lsa yoki latent formada 76,3% bemorlarda bu ko‘rsatgich operatsiyadan keyingi erta davrda 46,7% gacha tushdi, vaholanki, ko‘pchilik bemorlarda jigar ensefalopatiyasining yaqqol klinik ko‘rinishlari bilan edi. Operatsiya oldi tayyorgarligi fonida kritik hilpillash chastotasi darajasi yaxshilanishi selektiv portosistem shutlash operatsiyasidan keyin (39,5±1,1 Hz) gacha kuzatildi, markaziy tipdagi dekompressiyada kritik xilpillash chastotasi ko‘rsatgichlari kamroq intensivlikda yaxshilanib, kasalxonadan chiqarish vaqtiga kelib 38,3±1,2 Hz (R<0,001) ni tashkil qildi. Xulosalar. Portotizim shuntlash operatsiyalarini rejalashtirishda kritik xilpillash chastotasi darajasi prinsipial axamiyatga ega bo‘lib, agar bu ko‘rsatgichlar past darajada bo‘lganda operatsiyadan keyingi davrda jigar ensefalopatiyasi rivojlanish ehtimolining yuqoriligidan dalolat beradi.
35

Koʻrishlar

3

Yuklashlar

hh-index

0

Iqtibos

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов