Хiva xonligining boshqaruvi va ma’muriy tizimi xix asrda

inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
  • Национальная гвардия Узбекистана Ташкентский военный лицей «Школа темурбеков»
CC BY f
275-279
52
4
Поделиться
Полвонов, Ж. (2023). Хiva xonligining boshqaruvi va ma’muriy tizimi xix asrda. История и культура центральной Азии, 1(1), 275–279. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/history-culture/article/view/17121
Ж Полвонов, Национальная гвардия Узбекистана Ташкентский военный лицей «Школа темурбеков»

учитель

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Xiva xonligi xon tomonidan saroy amaldorlari yordamida boshqariladigan, yakka hokimchilikka asoslangan davlat bo‘lib, uning tizimi Buxoro va Qo‘qon xonliklaridan deyarli farq qilmagan. Xonlikdagi eng oliy unvon xon bo‘lib, u ma’muriy-siyosiy, harbiy va diniy vakolatlarga ega. XIX asr boshlaridan Xiva xoni huzurida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi Kengash (Devon) mavjud bo‘lgan. Eng yuqori mansab va unvondagi amaldorlar a’zo bo‘lgan bu kengashning vakolati cheklangan.


background image

275

Монголии, 1968–1969 гг.) // Тюркологический сборник. 1972. Памяти П.М.
Мелиоранского. – М., 1973.– С. 256.

16. Golden P.B. Türk Halkları tarihine Giriş / Çev.O.Karatay.–

Ankara,2002–S.125.

17. Пигулевская Н.В. Сирийские источники по истории народов СССР.

– М.–Л., 1941. – C. 71, 73.

18. Проблемы этногенеза и этнической истории народов Средней Азии

и Казахстана. Сборник статей. – М., 1990. – С. 61.

19. Бабаяров Г.Б. Древнетюркские монеты Чачского оазиса VI – VIII вв.

– Т., 2007; Ўша муаллиф. Köktürk kağanlığı sikkeleri katalogu. – Ankara, 2007;
Исхаков М., Камолиддин Ш., Бабаяров Г. Заметки по истории нумизматики
раннесредневекового Чача (III–VIII вв.). Серия «Рабочие документы
ИФЕАК». Вып. 26. – Т., 2007.

20.

Байпаков

К.М.,

Шарденова

З.М.,

Перегудова

С.Я.

Раннесредневековая архитектура... – С. 26.

21. Бобоёров Ғ.Б. Чоч тарихидан лавҳалар... – Б. 143.
22. Тойнби А.Дж. Постижение истории / Пер. с англ. Е.Д. Жаркова. –

М., 2006. – С. 521-522

ХIVA XONLIGINING BOSHQARUVI VA MA’MURIY TIZIMI

XIX ASRDA

Polvonov J.A.

оʻqituvchi

O‘zR Milliy Gvardiyasi Toshkent

“Temurbeklar maktabi” harbiy litseyi

Xiva xonligi xon tomonidan saroy amaldorlari yordamida boshqariladigan,

yakka hokimchilikka asoslangan davlat bo‘lib, uning tizimi Buxoro va Qo‘qon
xonliklaridan deyarli farq qilmagan. Xonlikdagi eng oliy unvon xon bo‘lib, u
ma’muriy-siyosiy, harbiy va diniy vakolatlarga ega. XIX asr boshlaridan Xiva xoni
huzurida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi Kengash (Devon) mavjud bo‘lgan. Eng
yuqori mansab va unvondagi amaldorlar a’zo bo‘lgan bu kengashning vakolati
cheklangan.

Xiva xonligi ma’muriy jihatdan XVI – XVIII asrlarda viloyatlarga, XIX asr

oxirlarida 27 ta ma’muriy birlikka: undan bittasi – Xiva va uning atrofi bevosita
xon va bosh vazirga bo‘ysungan [1], hokimlar tomonidan boshqarilgan 20 ta
(Anbarmanaq, G‘oziobod, Gurlan, Ilonchi, Qipchoq, Qilichniyozboy, Qo‘shko‘pir,
Qo‘ng‘irot, Ko‘hna Urganch, Qiyot, Mang‘it, Pitnak, Darg‘on ota, Sadvar, Porsu,
Toshhovuz, Yangi Urganch, Hazorasp, Xonqa, Xo‘jayli, Shumanay(Yangiqal’a ),
Shoxobod hokimlikka va ikkita (Beshariq yoki Bog‘ot, Qiyot - Qo‘ng‘irot) noiblik
hamda to‘rtta turkmanlarga tegishli hududga bo‘lingan [2].

Xonlik janubdan Eron, sharqda Buxoro amirligi, g‘arbda Kaspiy dengizi,

shimolda qozoq juzlari bilan chegaradosh edi. Tarixiy adabiyotlarda bu ma’muriy
birliklar beklik deb atalgani bilan Xorazmda, asosan, hokimlik deb yuritilgan.


background image

276

Inoqdan tortib oqsoqolgacha xazinadan maosh olishmagan. Ular, asosan,

o‘zlariga tegishli yerdan olingan foyda va ishlab chiqaruvchilardan olingan
soliqning bir qismi evaziga hayot kechirishgan. Bu haqda Turkiston general-
gubernatorligi devonxonasiga tegishli hujjatlarning birida shunday yozilgan: “...
chorizm xonlikni bosib olgandan keyin... boshqaruv tizimi odingidek saqlanib
qoldi, beklar va hukumat vakillari... o‘zlarining xizmat mavqelarining
mustahkamligiga ishonch bo‘lmaganligi sababli faqat o‘zlarining foydalari
haqidagina o‘ylashdi, ... himoyadan butunlay mahrum bo‘lgan, turli xil soliq va
majburiyatlar yuklatilgan aholining katta qismi ochlik va yo‘qchilik holatida edi”
[3].

Xiva xonligida bosh amaldorlar quyidagilar: 1)Vazir yoki qushbegi, bu

birinchi mansab egasi ariq qazuvchi mardikorlarga mutasaddilik qiladi. 2) Mehtar
maosh to‘lash ishlariga mutasaddi, qo‘shin xizmati ustidan nazorat qiladi va qo‘shin
hisobini olada. [4] 3) Matchan mahram va uning noibi Doniyol mahram Xiva
bozorlarida sotish uchun olib kelingan mol va hayvonlardan hamda karvonlardan boj
yig‘diradi[5]. Biy osoyishtalik davrida o‘ziga ishonib topshirilgan shaharlar va tumanlarni
idora qiladiu Qushbegining farmoniga muvofiq bu joylardan o‘lpon yig‘diradi. Urush
mahalida uning amali bizdagi ilgarigi tisyachnik (ming boshi) mansabiga to‘g‘ri
keladi.5) Qozilar biylar bilan birga da’vo ishlarini ko‘rib hal qiladilar, biylar yo‘qlik
mahalida ularningo‘rnini bosadi, xalq huzurida qasamyod qiladig 6) Raislar
shahardagi tartib-qoidalarni nazorat qiladi, toshtorozilarni tekshiradi, diniy
marosimlarning bajarilishini kuzatib turadi. 7) Matchan mahram qaramog‘ida bo‘lib,
shahar bozorlarida sotilgan tuyoqlik mollardan xiroj to‘playdi. 8) Yuzboshi. 9)
Yasovullar xonlar qazdirayotgan ariqlarni nazorat qilib turadi [6].

Mamlakatda bosh o‘lponchilar devonbegi, qushbegi va mehtardir. Ularning

har biri o‘z mahkamasiga ega, har birida uch-to‘rt kishidan iborat devon (mirza)
bo‘ladi. Bu devonlardan biri boshliq hisoblanadi. Devonlar tushadigan daromad
daftarlarini yurgizadilar, pullarni esa, devonbegi, qushbegi va mehtarlarning o‘zlari
qabul qilib oladilar [7].

Chunonchi, Orol-Qo‘ng‘irot nomli 60-daftarda o‘n tilla maosh olgan Hasan

Omon otaliq [8], olti tilla olgan Pahlavon otaliq, o‘n tilla olgan O‘roz Muhammad
otaliq, yigirma tilla olgan Xusayn otaliq [9], Uyshun va Eshniyoz otaliq[10], yigirma
tilla olgan Gurlanlik Qilich otaliq, o‘n tilla olgan Murod otaliq va hokazolar
ko‘rsatiladi.

Bunday ma’lumotlarni boshqa daftarlarda ham uchratamiz. Shunday qilib,

xonlikda juda ko‘p otaliqlar borligini qayd etish mumkin. Otaliq unvoni yolg‘iz
o‘zbeklargagina berilmasdan, boshqa urug‘ vakillariga ham berilardi. Chunonchi, 1282
(1871-1872) yili xon turli turkman urug‘idan bo‘lgan olti kishiga ham otaliq unvoni
bergan[11].

Xiva xonligida qo‘ng‘irotlar sulolasi hokimiyati mustahkamlanishi

Muhammad Rahimxon I davriga to‘g‘ri keladi. Qo‘ng‘irotlar sulolasi 1804 yildan
to Xiva inqilobigacha, 1920 yilgacha davom etadi [12].

Shuni alohida ta’kilash lozimki, Xiva xonligida davlat hokimiyatining

markazlashuvi, uning kudratli davlatga aylanishi ma’muriy boshqaruvning


background image

277

takomillashuviga, ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi tub o‘zgarishlarning amalga
oshirilishiga ko‘p jixatdan bog‘liq bo‘lgan. Ana shuni bilgan Muhammad
Rahimxon bu borada qator islohotlar o‘tkazib, quyidagilarni amalga oshirdi:

1. Ilgari butun xonlik hududi ko‘p sonli bekliklar orqali idora qilinib

kelinayotgan edi. Bekliklardagi hukmdorlar esa o‘z qo‘llariga juda katta yer
mulklarni to‘plab, mustaqil xokmilik tarofdori edilar. Shuni hisobga olib,
Muhammad Rahimxon xonlik hududida bekliklarga bekor qildi va mamlakatni
ma’muriy jihatdan 15 ta hokimlikka bo‘ldi. Keyinchalik esa 26 ta hokimlik tashkil
etildi.

2. Viloyat hokimliklari esa, o‘z navbatida, masjid-qavslarga bo‘lindi.

Xonlikda jami 1578 ta masjid-qavm bo‘lgan. Viloyat hokimliklari xon tomonidan
tayinlangan hokimlar orqali boshqarilgan, masjidning qozi va oqsoqollari esa
viloyat hokimlari tomonidan tayinlangan.

3. Davlat hokimiyatining boshqaruv tizimi tartibga keltirilgan. Abulg‘oziy

Bahodirxon zomonidagi 360 ta lavozim qisqartirilib 100 ta lavozim ta’sis etildi.

4. Oliy Kengash deb ataluvchi boshqarish organi ta’sis etildi. Oliy Kengash

davlat hokimiyatining eng yuqori organi bo‘lib, u qonun chiqaruvchilik, ma’muriy
boshqarish va oliy sud vazifasini bajardi.

5. Pul muomalasini tartibga solish ishlari ham amalga oshirildi. O‘sha

davrda Xivada Buxoroda zarb qilingan mis tangalar mamlakat ichki savdosida
ishlatilar edi. Muhammad Rahimxon Ko‘hna Arkda maxsus zarbxona tashkil etdi.
Bu yerda oltin, kumush va misdan yasalgan xonlikning o‘z pullari-tangalari zarb
qilina boshlandi.

6. Soliq tizimi tartibga keltirildi. Avvalgi mahsulot bilan yig‘ib olinadigan

soliq-hiroj o‘rniga pul solig‘i – solg‘ut joriy qilindi [13].

7. mamlakatning harbiy qudratini mustahkamlash borasida katta ishlar

amalga oshirildi. Xonlikda muntazam armiya vujudga keldi.

1806 yilda Buxoro bilan bo‘lgan urushda Xiva qo‘shinlarining

mag‘lubiyatga uchrashi xonlikning harbiy siyosiy mavqeini pasaytirib yubordi
[14].

Bayoniyning “Xorazm tarixi” asarida aytilishicha 1221 (1806-1807) jumadi

ulavval oyida (avgust) Beshqa’la hududidagi dehqonlarning asosiy qismi
Muhammad Rahimxonga qarshi bosh ko‘tarib, Xivaga yo‘l oldilar. U bu dehqon
harakatini tor-mor keltirgan bo‘lsa-da, isyondan qo‘rqib Muhammad Rahimxon
Abdug‘oziy V taxtga ko‘taradi va o‘zi uning huzurida inoq bo‘lib qoladi.

Yana bir manbada esa Muhammad Rahimxon e’tiborli feodallarning ko‘z

o‘ngida Xivaning taxtiga oxirgi xon Abulg‘oziyni ko‘tarishga majbur bo‘ldi va
shuning uchun adolatlilik bilan vaqtinchalik uni taxtda qo‘ydi[15],deb yozilgan.

Qo‘zg‘olondan to‘rt oy o‘tgach Muhammad Rahimxon Abdug‘oziy V ni

taxtdan tushirdi va o‘zini xon deb e’lon qildi. Bayoniy bu vaqtni aniq qilib
Muhammad Rahimxon payshanba kuni taxtga o‘tirdi, deb yozadi[16].

Muhammad Rahimxon 30 yil ya’ni taxtga o‘tirguncha (1806 yil) har

tomonlama ota bobolari, mualimlaridan ta’lim tarbiya olib kuchli, aqlli, adolatli
davlat raxbari bo‘lib yetishdi. U atrofdagilarga lavozimi yoki kelib chiqishiga


background image

278

qarab emas balki aytgan so‘ziga va qilgan ishiga qarab baho bergan. Muhammad
Rahimxon taxtga o‘tirishi bilan ko‘pgina ishlarni amalga oshirdi. Jumladan ichki
va tashqi siyosatda bo‘layotgan kelishmovchiliklarni iqtisodiy sohadagi
o‘zgarishlar, davlatni barqororlashtirish va markazlashtirish maqsadida boshqaruv
islohotlarini, iqtisodni tartibga solish hamda rivojlantirish maqsadida soliqlarni
tartibga solish mamlakatdagi o‘zboshimchalarni tarbiyalash uchun farmon va
qonunlar ishlab chiqdi [17].

Xorazmda markazlashgan xonlik tashkil qilish va atrofdagi xalqlarni

xonlikka bo‘ysundirish uchun, ayniqsa, Muhammad Rahimxon I davrida harakat
kuchaygan. Muhammad Rahimxon I Xuroson, Orolga (Qo‘ng‘irot), turkman,
qoraqalpoq, yerlariga muntazam ravishda hujum qilib turdi va ulardan ko‘pini
o‘ziga bo‘ysundirishga muvaffaq bo‘ldi. O‘zi bosh bo‘lib, bir necha marta
Orolga yurish qildi, Orol esa To‘ra Murod so‘fi boshchiligida Xiva xonligiga
bo‘ysunishdan, unga zokot va xiroj to‘lashdan bosh tortgan edi. Uzoq qarshilikdan
keyin 1811 yili Muhammad Rahimxon Orol atrofidagi qoraqalpoqlarni
bo‘ysundirdi. Qo‘ng‘irot shahri vayron qilindi [18].

Xulosa qilib aytganda, XIX asrning birinchi choragi Xiva xonligining

tarixida muhim o‘zgarishlar davri bo‘ldi. Xiva xoni Muhammad Rahimxon
o‘tkazgan ilohotlar tufayli davlat hokimiyati markazlashdi. Ma’muriy
boshqarishning ancha takomillashgan tizimi qaror topdi, xonlikning iqtisodiy va
harbiy qudrati mustahkamlandi. Lekin bu jarayon uzoqqa bormadi. 1873 yilda
Xiva xonligi ham O‘rta Osiyoning boshqa xonliklari qatori, chor Rossiyasi
qo‘shinlari tomonidan bosib olindi. Xiva xonligi chorizmning sof mustamlakasi
bo‘lib qoldi. Xonning butun faoliyati Rossiya hukumati nazorati ostiga o‘tdi.
Xonning muntazam harbiy qo‘shini tarqatib yuborilli. Xivada maxsus rus
qo‘shinlari saqlandi. Xonlikning moliyaviy ishlari, soliq tizimi va xazinasi rus
harbiylari nazorati ostiga o‘tdi. Oliy Kengash ishida rus ofitserlari qatnashadigan
bo‘ldi. Hukumat lavozimlariga ham ular ma’qullagan amaldorlargina tayinlangan.
Xiva xoni davlatni idora qilishda o‘z mustaqilligidan batamom mahrum bo‘lgan
edi.

Adabiyotlar:

1.

O‘zR MDA, 125-jamg‘arma, 11-ro‘yxat, 59-ish, 21-varaq.

2. O‘zR MDA, 125 – jamg‘arma, 1- ro‘yxat, 528– ish; 599 – ish,1 - 2-varaqlar
3. O‘zR MDA, 1 – jamg‘arma, 12- ro‘yxat, 1950– ish, 13- varaq.
4. Иванин П. Сведения о Хивинском ханстве // “Мануфактура и торговля”,

1843.– С. 157.

5. Yuqoridagi asar.-158 b.
6. O‘sha joyda, 158-bet.
7. Кун А.Л. Порядок взимания податей в Хивинском ханстве. Заметки о

податях в Хивинском ханстве // “Туркестанские ведомости” газетаси

8. Xiva xonlari arxivi, 60-daftar, 16-varaq.
9. O‘sha joyda, 13-varaq,
10. O‘sha joyda, 14-varaq.


background image

279

11. Xudayberganov K. Xiva xonlari tarixidan. “Xorazm”,2008. - 142 – 143 b.
12. O‘zR MDA, I – 125- jamg‘arma, 2-ro‘yxat, 397– ish.

13. Yo‘ldoshev M.M. Xiva xonligida feodal yer egaligi va davlat tuzilishi. - T.:

Fan, 1959. -64 b.

14. Иванов П.П. Архив Хивинских ханов XIXв. – Ленинград, 1940. – С. 10.
15. Bayoniy. Xorazm tarixi. ......142 – 143 varaqlar.
16. Xudayberganov.K. Xiva xonlari tarixidan: “Xorazm”, 2008. - 142 – 143 b.
17. Eshmuradov M. Xorazm manbalarida davlatchilik tarixi. - T.: “Fan va

texnologiya”, 2011. -147b.

18. Asqarov A. O‘zbekiston xalqlari tarixi.2 jild. – T.: “Fan”, 1993. – 71 b.
Оchildiev, F. B. (2020). Social relationship and tax types in the XIX-XX century

in Bukhara Emirate.

International Journal of Scientific and Technology Research

,

9

(1), 723-729.

Очилдиев, Ф. Б. (2008). Сурхон воҳаси бекликларидаги ижтимоий-сиёсий

ва иқтисодий ўзгаришлар.

Т.: ABU MATBUOТ-KONSALT

, 82.

Ochildiev, F. (2021). The inflow of Russian capital and industry into the

Bukhara emirate in the late 19th and early 20th centuries.

current research journal

of history (2767-472X)

,

2

(06), 20-26.

Ochildiev, F., & Kuyliev, R. (2021). Location of the population and ethnic

composition of surkhan oasis in the late xix and early xx centuries.

ACADEMICIA:

An International Multidisciplinary Research Journal

,

11

(3), 1062-1069.

COOPERATION’S DEVELOPMENT PROBLEMS IN UZBEK-

FRENCH RELATIONS

Makhmasobirova Y.U.

doctoral student

University of World Economy and Diplomacy

France was one of the first countries that established official diplomatic

relations with all the former Soviet republics in Central Asia since their
independence.It is one of the main drivers of European integration, a permanent
member of the UN Security Council, a country of rich historical and cultural
heritage, socio-political traditions and innovations. It is the world’s seventh largest
economy by GDP per capita and the second largest in the European Union [1].

However, because of France’s general activity in world politics and

Uzbekistan’s active and effective political and economic relations with major
actors such as the Russian Federation, the People’s Republic of China, the United
States, India, the Republic of Korea, Germany, Japan and Turkey, Uzbek-French
cooperation may not seem to be a priority for France or Uzbekistan. For a long
time, there were two main problems in Uzbek-French relations:

1. Natural barrier - geographical location of countries.

It is known that Uzbekistan does not have direct access to the sea routes, and

Central Asia and Western Europe are not neighboring regions. Uzbekistan, is

Библиографические ссылки

O‘zR MDA, 125-jamg‘arma, 11-ro‘yxat, 59-ish, 21-varaq.

O‘zR MDA, 125 – jamg‘arma, 1- ro‘yxat, 528– ish; 599 – ish,1 - 2-varaqlar

O‘zR MDA, 1 – jamg‘arma, 12- ro‘yxat, 1950– ish, 13- varaq.

Иванин П. Сведения о Хивинском ханстве // “Мануфактура и торговля”, 1843.– С. 157.

Yuqoridagi asar.-158 b.

O‘sha joyda, 158-bet.

Кун А.Л. Порядок взимания податей в Хивинском ханстве. Заметки о податях в Хивинском ханстве // “Туркестанские ведомости” газетаси

Xiva xonlari arxivi, 60-daftar, 16-varaq.

O‘sha joyda, 13-varaq,

O‘sha joyda, 14-varaq.

Xudayberganov K. Xiva xonlari tarixidan. “Xorazm”,2008. - 142 – 143 b.

O‘zR MDA, I – 125- jamg‘arma, 2-ro‘yxat, 397– ish.

Yo‘ldoshev M.M. Xiva xonligida feodal yer egaligi va davlat tuzilishi. - T.:Fan, 1959. -64 b.

Иванов П.П. Архив Хивинских ханов XIXв. – Ленинград, 1940. – С. 10.

Bayoniy. Xorazm tarixi. ......142 – 143 varaqlar.

Xudayberganov.K. Xiva xonlari tarixidan: “Xorazm”, 2008. - 142 – 143 b.

Eshmuradov M. Xorazm manbalarida davlatchilik tarixi. - T.: “Fan va texnologiya”, 2011. -147b.

Asqarov A. O‘zbekiston xalqlari tarixi.2 jild. – T.: “Fan”, 1993. – 71 b.

Оchildiev, F. B. (2020). Social relationship and tax types in the XIX-XX century in Bukhara Emirate. International Journal of Scientific and Technology Research, 9(1), 723-729.

Очилдиев, Ф. Б. (2008). Сурхон воҳаси бекликларидаги ижтимоий-сиёсийва иқтисодий ўзгаришлар.Т.: ABU MATBUOТ-KONSALT, 82.

Ochildiev, F. (2021). The inflow of Russian capital and industry into the Bukhara emirate in the late 19th and early 20th centuries. current research journal of history (2767-472X), 2(06), 20-26.

Ochildiev, F., & Kuyliev, R. (2021). Location of the population and ethnic composition of surkhan oasis in the late xix and early xx centuries. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 1062-1069.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов