Buxoro amirligida ko‘tarilgan Xitoy-Qipchoq qo‘zg‘olonida tashqi kuchlarning tutgan o‘rni

inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
CC BY f
299-303
24
7
Поделиться
Рахмонов, А. (2023). Buxoro amirligida ko‘tarilgan Xitoy-Qipchoq qo‘zg‘olonida tashqi kuchlarning tutgan o‘rni. История и культура центральной Азии, 1(1), 299–303. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/history-culture/article/view/17129
А Рахмонов, Национальный университет Узбекистана

студент

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib Buxoro o‘lkasida mang‘itlar sulolasi hokimiyatga keldi va mang‘itlar sulolasining ikkinchi hamda uchinchi vakillari bo‘lgan Amir Doniyolbiy otaliq (1758–1785), shuningdek, Amir Shohmurod (1785–1800) davrida mamlakatda mang‘itlar sulolasining hokimiyati bir muncha mustahkamlandi.


background image

299

12. Абдураҳмонов Ғ., Рустамов А. Қадимги туркий тил. – Тошкент.:

Ўқитувчи, 1982. – Б. 108–109.

13. Дадабаев Х. Военная лексика в староузбекском языке / Дадабаев Х.,

Насыров И., Хусанов Н. Проблемы лексики староузбекского языка. –
Ташкент.: Фан, 1990. – С. 8–11.

BUXORO AMIRLIGIDA KO‘TARILGAN XITOY-QIPCHOQ

QO‘ZG‘OLONIDA TASHQI KUCHLARNING TUTGAN O‘RNI

Rahmonov A.

O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi

XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib Buxoro o‘lkasida mang‘itlar sulolasi

hokimiyatga keldi va mang‘itlar sulolasining ikkinchi hamda uchinchi vakillari
bo‘lgan Amir Doniyolbiy otaliq (1758–1785), shuningdek, Amir Shohmurod
(1785–1800) davrida mamlakatda mang‘itlar sulolasining hokimiyati bir muncha
mustahkamlandi. Mang‘itlar sulolasi markaziy hokimiyatining kuchayishi hamda
mamlakatda nisbatan barqarorlik o‘rnatilgan davr Amir Shohmurod davriga to‘g‘ri
kelib, amirning davlat boshqaruvida amalga oshirgan islohotlari, shuningdek, halq
oldidagi obro‘si mang‘itlar sulolasining xalq tomonidan keng qo‘llab-
quvvatlanishiga olib keldi. Amir Shohmurodning tashqi va ichki siyosatida amalga
oshirgan keng ko‘lamli faol harakatlari natijasida Buxoro amirligi ham bir muncha
mustahkamlandi. Ayirmachilik harakatlari bostirilib, mamlakatda barqaror
rivojlanish uchun imkoniyat yaratildi. Amir Haydar hukmronligining dastlabki
yillari esa ana shu osoyishta davrlarga to‘g‘ri keldi. Amir Haydar ibn Amir
Shohmurod Buxoro amirligining to‘rtinchi hukmdori bo‘lib, u ona tomondan ham
sayyidlarga, ham Chingiziylarga borib taqalar edi, yanada aniqroq qilib aytganda,
Amir Haydar ashtarxoniylar sulolasining vakili Abulfayzxonning qizi Shamsiya
bonuning Amir Shohmurod nikohidan tug‘ilgan o‘g‘li edi. Shu jihatdan, Amir
Haydar o‘ziga xon rutbasini olishi ham mumkin edi. 1800-yili 2-dekabr kuni Amir
Haydar Buxoro taxtini rasman egalladi.

Amir Haydar shaxsiyati haqida manbalarda turli ma’lumotlarni topishimiz

mumkin, jumladan Ahmad Donish o‘zining “Risola tarixiy” yoxud “Ta’rixi
saltanati xonadoni mang‘itiya” asarida quyidagi ma’lumotlarni beradi: “Bu podsho
yoshlik davridayoq din ilmini chuqur o‘rganish, Qur’onni yod olish, kun ora ro‘za
tutishga ahd qilgan [1. – B. 31] bo‘lib, bu uch majburiyatni o‘z ahdiga muvofiq
ado etar edi”. Biz Ahmad Donishning yuqoridagi bu ta’rifi Amir Haydarga tom
ma’noda mos kelganligi bois Amir Haydar shaxsiyati haqida bildirilgan boshqa
manbalarda kelgan fikrlarga to‘xtalib o‘tirmaslikni lozim topdik. Amir Haydar
ham yuqorida nomlari zikr qilingan hukmdorlar singari mamlakatni birlashtirish,
hokimiyatni markazlashtirish uchun harakatlar olib bordi. Uning tashqi siyosati
dastlab samarali bo‘lgan edi. Jumladan, Hisori shodmon o‘lkasiga Amir
Haydarning amalga oshirgan yurishi natijasida bu yerdagi ayirmachi hokim
Olloberdiyor o‘ldirildi va bu viloyat qaytadan mamlakat tarkibiga qo‘shib olindi
[2. – B. 65]. Shuningdek, O‘ratepaga amalga oshirilgan dastlabki yurish ham


background image

300

Bekmurodbek ibn Hudayorbekning aldov yo‘li bilan o‘ldirilishi oqibatida
muvaffaqiyatli yakun topdi. Shunga qaramasdan, Amir Haydar hukmdorligining
keyingi davrlari mamlakatda beqarorlik holati hukm surganligi bilan xarakterlidir.

Amir Haydar davrida Buxoro amirligining o‘z qo‘shnilari bilan tashqi

aloqalari yaxshi bo‘lmay, bu holat ko‘pincha mamlakat uchun ayanchli hodisalarni
yuz berishiga olib kelar edi. Xususan, mazkur davrda Amir Haydar uchun ham eng
asosiy xavf tashqi xavflar bo‘lib ular ko‘pincha markazdan qochuvchi kuchlar,
yoki ayirmachi kuchlarning tashqi kuchlar, jumladan, Qo‘qon xonligi yokida Xiva
xonligi tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi ko‘rinishida namoyon bo‘lar edi.
Bularning barchasi esa mamlakatda aholi ahvolining yomonlashishi, xalq
noroziligining oshishi, talon-toroj ishlarining tez-tez yuz berib turishiga olib kelgan
edi. Maqolada Buxoro amirligida ko‘tarilgan va davlatni tom ma’noda larzaga
keltirgan xitoy-qipchoq qo‘zg‘oloni haqida so‘z yurtamiz.

Umuman olganda, Buxoro amirligida tashqi kuchlar tomonidan qo‘llab-

quvvatlangan qo‘zg‘olonlar juda ko‘p bo‘lib, Amir Haydarning raqiblari bu
qo’zg’olonlarning har qanday ko’rinishidan foydalanishga harakat qilgan edilar.
Jumladan, Xiva xoni Eltuzarxon yordamida Dinnosirbekning mamlakat janubida
joylashgan Marv viloyatida ko‘targan qo‘zg‘olonini shunday qo‘zg‘olonlar sirasiga
kiritishimiz mumkin. Bunday qo‘zg‘olonlardan yana biri Xitoy-qipchoq
qo‘zg‘oloni bo‘lib, u uzoq davom etganligi bilan xarakterlidir. Bu qo‘zg‘olon 1821
– 1825-yillarda davom etgan bo‘lib, bu qo’zg’olonni davom etish muddatini Mirzo
Shams Buxoriyning “Bayoni ba’zi havodisoti Buxoro, Ho‘qand va Qashg‘ar tarixi”
asarida 7 yil muddat deb bergan [3, – B. 9-10]. Ushbu qo‘zg‘olonning
boshlanishiga turtki bo‘lgan sabablarga to‘xtalsak, ular bir qancha bo‘lib bu
sabablardan quyidagilarni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin.

1820-yili Amir Haydar qo‘shinida vabo kasalligi tarqaladi va buning

natijasida Amir Haydar xitoy-qipchoqlar jamoalaridan 500 nafar askarni Marv
viloyatiga safarbar etish to‘g‘risida farmon chiqaradi, shuningdek, Kattaqo‘rg‘on
hokimi bo‘lgan Ayozbek xitoy-qipchoq qabilasidan soliqlarni oldindan yig‘ib
olishga urinadi, bularning barchasi qo‘zg‘olon boshlanishiga turtki bo‘lgan edi.
Umuman olganda, bu qo‘zg‘olon

Amir Haydarning soliq siyosatiga qarshi

qaratilgan qo‘zg‘olon edi. Muhammadhakimxon

To‘raning “Muntaxab at-tavorix”

asarida keltirilishicha, qo‘zg‘olon hijriy 1236-yil, milodiy 1820–1821-yillarda yuz
bergan bo‘lib, Samarqand hokimi Davlat qo‘shbegi nevarasi Shukurbekning to‘yi
munosabati bilan Yangi qo‘rg‘on qal’asiga tashrif buyuradi. Ammo o‘sha kuni
kechasi xitoy-qipchoq qabilalari [4, – B. 66] Davlat qushbegining oilasini talab,
o‘zini qamoqqa oladi hamda Jizzax qamali bilan band bo‘lgan Qo‘qon xoni
Umarxon huzuriga jo‘natadi, shuningdek, Mirzo Shams Buxoriy o‘z asarida bu
qo‘zg‘olonni boshlanishi haqida quyidagi ma’lumotlarni berib o‘tgan edi: xitoy-
qipchoq qabilasi bu 12000 [5. – B. 10]

oilalik qabila bo‘lib, ular Miyonqoldan

Samarqandga qadar bo‘lgan yerlarda yashashgan. Ular Yangiqo‘rg‘on va Chelak
qal’alarini egallab oladilar hamda Shahrisabz, Xiva, Qo‘qon hukmdorlariga
yordam so‘rab xatlar yuboradilar. Ular, shuningdek, Samarqanddan

8 chaqirim

uzoqlikda yashovchi qoraqalpoq qabilalarini ham amirga qarshi kurashishga


background image

301

undadilar. Tez orada Yangiqo‘rg‘on qalasi ham egallanib, hokimi Ayozbek asirga
olinadi. Bundan xabar topgan Xiva xoni Muhammad Rahimxon esa Buxoro sari
qo‘shin tortib keladi va bu yerlarda talonchilikni avj oldiradi. Buxoroning Chorjo‘y
viloyatini ayovsiz talab Qorako‘l darvozasiga o‘t qo‘yib, ortga qaytadi.

Amir Haydar Urganch qo‘shinini daf qilish uchun Rajab devonbegi

boshchiligida qo‘shin jo‘natadi. Muhammadhakimxon To‘raning “Muntaxab at-
tavorix” asarida keltirilishicha, ushbu qo‘shin Urganch qo‘shini tomonidan
mag‘lub qilinadi. Bu jangda Rajab devonbegining o‘g‘li Erdonabiy ham asirga
tushadi.

“Anjum at-tavorix” asarida esa bu qo‘zg‘olon davom etayotgan paytda

Umarxon Jizzax qamali bilan band bo‘lganligi va xitoy-qipchoq, qoraqalpoq
sardorlari Odinaqulibiy va Ma’murbiy o‘zlarining ming nafar odamlari bilan
kelganligi haqida yozgan edi. Shuningdek, ushbu asarda Shahrisabz hokimi
Doniyolbiy otaliq Qo‘qon xoniga Avliyo yasovulboshi orqali xat berib
yuborilganligi va bu xatda Umarxonga xitoy-qipchoq, qoraqalpoq qabilalarini
qo‘llab-quvvatlash orqali Samarqandni egallash taklifi berilgan, shuningdek,
birgalikda harakat qilib Buxoro amirligiga qarshi kurashish taklif qilingan edi.
Bundan shu ma’lum bo‘ladiki, Shahrisabz bekligining asosiy vazifasi Buxoro
amirligini Shahrisabzga bo’lishi kutilgan bosqinining oldini olish bo‘lgan. Qo‘qon
xonligi esa bu isyonlarni qo‘llab-quvvatlash orqali Jizzax qal’asini egallash va
Buxoro Amirligini kuchsizlantirishga erishishni asosiy vazifa qilib olgan edi.
Bundan keyingi harakatlar ham aynan shu yo‘nalishda davom etgan edi.
Xudoyorxonzodaning “Anjum at-tavorix” asarida bundan keyingi voqealar
quyidagicha bayon qilinadi: “Oqibat shunday qarorga keldilarki, Hazrati
valine’mat Umarxon va saltanat markazida turib, buzg‘unchi yuz qavmiga jazo
berish uchun mashgul bo‘lib, sipohni orasta qilib, ul o‘lkani egallanishi uchun
yuborib, ehtiyojga yarasha lashkarni ta’minlab yetkazish uchun madad berib turadi.

Umarxon Samarqand qamalida Buxoro Amirining amakivachchasi

Is’hoqbek ibn Mahmud, Arslonbek dodxoh, Yodgorbek dodxoh va Rahmonquli
parvonachini o‘n ming sipoh bilan Shoh pisand boshchiligida 200 to‘pchi va 10
adad to‘p qoldirib o‘zi Jizzax qamaliga qaytib ketdi. Tez orada Jizzax qal’asi ham
egallanib, u yerning hokimi Abdurasul ham o‘z o‘rnida qoldiriladi.

Ammo undan keyingi voqealar Mirzo Shams Buxoriyning asarida

boshqacha tasvirlanadi. Unga ko‘ra Amir Haydar Samarqandga isyonni bostirishga
keladi va dastlab Chelak qal’asini qamalga oladi. Qamal uzoqqa cho‘zilib, Amir
Haydar bundan hech ish ko‘rmay ortiga qaytib ketadi. Shuningdek, “Bayoni ba’zi
havodisoti Buxoro, Hoʻqand va Qoshgʻar” (“Buxoro, Qoʻqon va Qashqarning
ayrim voqea-hodisalari bayoni”) asarida keltirilishicha, ushbu isyon 7 yil davom
etib, nihoyat xitoy-qipchoq qabilalarini Hisor va Shahrisabz hukmdorlarining
vositachiligida Amir bilan yarashishi hamda qo‘zg‘olon rahbarlari Odinaqulibiy va
Ma’murbiylarni Amir Haydar huzuriga borib, o‘z gunohlarini tan olishi bilan
yakunlanadi, deb bayon etiladi.


background image

302

Shuningdek, bu voqealarni bo‘lishi ushbu asarda 1825-yilga to‘g‘ri

kelganligi ko‘rsatib o‘tiladi. Ammo Hakimxon To‘raning “Muntaxab at-tavorix”
asarida esa bu isyoning yakuni quyidagi ko‘rinishda davom etiriladi:

Amir Haydar o‘z yaqinlari bilan Samarqand shahriga keladi, bu yerda

dastlab Yangiqo‘rg‘on qal’asi qamali bilan band bo‘ladi, ammo, u yerni qo‘lga
kirita olmasligini bilgach Buxoroga qaytib ketadi. Ammo xuddi shu davrlarda
Umarxon

ham

yo‘qlik

olamiga

ko‘chib,

Qo‘qon

hukmronligi

toji

Muhammadalixon boshida edi. Bu esa Amir Haydarga Muhammadalixon bilan
aloqalarni yahshilash uchun imkon bo‘lib Amir Haydar o‘zining elchilarini
Ismatullobiy boshchiligida bir qancha peshkashlar bilan Muhammadalixon
huzuriga jo‘natgan edi. Muhammadalixon bunga javoban Azimboy dodxoh va
Eshon sultonxonni Ismatullobiy bilan Amir Haydar huzuriga qayta jo‘natadi, bu
orada Amir Haydar hali ham xitoy-qipchoq qamali bilan band bo‘lib, “Muntaxab
at-tavorix” asarida bu davrda Amir xitoy-qipchoq qabilasini ikki yarim oy qamal
qilganligini yozadi [6, –B. 69]. Shuningdek, Eshon Sultonxon Amir va
Yangiqo‘rg‘on qal’asi ichidagi xitoy-qipchoq qabilalari bilan vositachilik qilib, bu
ikki tarafni murosaga kelishida yordam bergan edi. Bundan shuni anglash
mumkinki, Amir Haydar yuqorida zikr etilgani kabi Muhammadalixonga elchi
jo‘natgan bo‘lsa, undan ushbu qo‘zg‘olonni to‘xtatishda yokida qo‘llab-
quvvatlamaslikda Qo‘qon xonidan yordam so‘raganligi ma’lum bo‘ladi. Garchand
asarlarda voqealar turlicha keltirilsada, Qo‘qon xonligiga oid barcha asarlar ushbu
qo‘zg‘olonda Qo‘qon xonligini ishtirokini tasdiqlaydi.

Amir Haydar hukmronligining so‘nggi davrlariga kelib mamlakatda

ayirmachilik harakatlari kuchayib ketadi, bu harakatlar esa amirlikning tinkasini
quritgan edi. Shu bilan birgalikda, bu isyonlar qo‘shni davlatlarni Buxoro
amirligini ichki ishlariga aralashishiga, shuningdek, hududiga daxl qilishiga ham
olib kelgan edi.

Bu davrda Buxoro aholisining umumiy turmush darajasi ham ancha

yomonlashgan bo‘lib bu amaldorlarni markazga bo‘ysinmaslikka intilishida ham
namoyon bo‘ladi. Bularning barchasi mamlakat uchun oxiri ko‘rinmas urushlar
bo‘lishi uchun shart-sharoit yaratar edi.

Amir Haydar davrida qo‘zg‘olonlar ham ko‘p bo‘lib turganligini Ahmad

Donish ham o‘zining “Risola tarixiy” yoxud “Ta’rixi saltanati xonadoni
mang‘itiya” asarida quyidagicha yozgan edi: “Amir Haydarning ulamolarga iltifoti
cheksiz edi bu esa o‘z navbatida amirlarning g‘ashiga tegar edi. Amirlar
podshodan ortiqcha mulk va sovg‘alar olib turish uchun turli elatlarni unga qarshi
qo‘zg‘atib turar edilar. Chunki hamma joyda tinchlik hukm sursa podsho hech vaqt
xonaqoh va madrasadan tashqariga chiqmas va din ulamolaridan boshqa hech
kimga iltifot ko‘rsatmas edi. Shu bois har uch yokida olti oyda goh u viloyatda,
goh, bu viloyatda isyon uyishtirib amirni bu hududlarga qo‘shin tortishga undar
edilar. Bu orqali esa amirdan mulk va tanho yerlarini olar edilar [7, – B. 32].

Bularning barchasi esa hali mamlakatning mustahkam emasligidan darak

berar edi. Shuningdek, Amir Haydar davrida

Qo‘qon va Buxoro munosabatlari

doimgidan ham yomon bo‘lganligi bunga sabab esa ular o‘rtasidagi O‘ratepava


background image

303

Jizzax qalalari uchun doimiy raqobatni mavjudligi edi. Shu bois ham bu ikki davlat
bir-biriga qarshi kurashda ayirmachi kuchlardan yaxshi foydalanganligini
ko‘rishimiz mumkin.

Doniyolbiy otaliq o‘z xatida Qo‘qon xoni Umarxonga quyidagilarni yozgan

edi. “Adolatni yoyuvchi xotiri munirlaridan yashirin qolmaskim, bizning
qavmlarimiz va ajdodlarimizga Buxoro hukumatdorlarining mang‘it amirlaridan
qanday zulm va jafolar yetgan. Oxirgi topqir xam bu muzofotning shaharlari va
aholisi ular noiblari yetkazgan musibatlari natijasida poymol bo‘ldi. Xorazm
xonlariga nisbatan ham bunday zulm va sitamni kup ravo ko‘rganlar. Xulosa shul
kim, ularning ko‘ksilaridagi oyinalari xonlar va hukumatdorlariga nisbatan tiniq
va pok emas. Kinna va adovat zangidan u darajada qora va kir bo‘lganki, davru
zamonlar o‘tgach murosa va madoro bilan xam uni yuvib tozalab bo‘lmaydi” [8, –
B. 233].

Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytish

mumkinki, Amir Haydar

Turkiston va O‘ratepa viloyatlarida yashovchi qozoq va yuz qabilasini Qo‘qon
xonligiga qarshi kurashda qo‘llagan bo‘lsa, bu jarayon xitoy-qipchoq
qo‘zg‘olonlarida ham Qo‘qon tomonidan ushbu qabilalarni markazga qarshi
qo‘llab-quvvatlashiga olib kelgan edi. Yuqoridagi omillarning barchasi O‘rta
Osiyo xonliklar o‘rtasida bo‘lgan munosabatlarning tinch rivojlanishiga yo‘l
bermadi va ular o‘rtasida doimiy kurashlar, raqobatlar bo‘lishiga olib keldi.

Adabiyotlar:

1.

Ahmad Donish. “Risola tarixiy” yoxud “Ta’rixi saltanati xonadoni

mang‘itiya” (Mang‘it xonadoni sulolasining qisqacha tarixi). – Toshkent. 2014. –
B. 31.

2.

Muhammadhakimxon To‘ra. Muntaxab at-tavorix – Toshkent. 2014. – B.

65.

3.

Григорьев В.В. О некоторых событиях в Бухаре, Хоканде и Кашгаре.

Записки Мирзы-Шемса Бухари. Казань, 1861. – С. 9-10.

4.

Muhammadhakimxon To‘ra. Muntaxab at-tavorix – Toshkent. 2010. –B.

66.

5.

Григорьев В.В. О некоторых событиях в Бухаре, Хоканде и Кашгаре.

Записки Мирзы-Шемса Бухари. Казань, 1861. – С. 10.

6.

Muhammadhakimxon To‘ra. Muntaxab at-tavorix – Toshkent. 2014. – B.

69.

7.

Ahmad Donish. “Risola tarixiy” yoxud “Ta’rixi saltanati xonadoni

mang‘itiya” (Mang‘it xonadoni sulolasining qisqacha tarixi). – Toshkent. 2014. –
B. 32.

8.

Muhammadhakimxon To‘ra. Muntaxab at-tavorix – Toshkent. 2014. – B.

233.

Библиографические ссылки

Ahmad Donish. “Risola tarixiy” yoxud “Ta’rixi saltanati xonadoni mang‘itiya” (Mang‘it xonadoni sulolasining qisqacha tarixi). – Toshkent. 2014. –B. 31.

Muhammadhakimxon To‘ra. Muntaxab at-tavorix – Toshkent. 2014. – B.65.

Григорьев В.В. О некоторых событиях в Бухаре, Хоканде и Кашгаре. Записки Мирзы-Шемса Бухари. Казань, 1861. – С. 9-10.

Muhammadhakimxon To‘ra. Muntaxab at-tavorix – Toshkent. 2010. –B.66.

Григорьев В.В. О некоторых событиях в Бухаре, Хоканде и Кашгаре.Записки Мирзы-Шемса Бухари. Казань, 1861. – С. 10.

Muhammadhakimxon To‘ra. Muntaxab at-tavorix – Toshkent. 2014. – B.69.

Ahmad Donish. “Risola tarixiy” yoxud “Ta’rixi saltanati xonadonimang‘itiya” (Mang‘it xonadoni sulolasining qisqacha tarixi). –Toshkent. 2014. –B. 32.

Muhammadhakimxon To‘ra. Muntaxab at-tavorix – Toshkent. 2014. – B.233

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов