Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
666
tadbirlari/qattiq-maishiy-chiqindilarni-boshqarish-tizimlari-dunyo-va-
ozbekistonda-qanday-tartibda/
15. (Электрон ресурс) Комилова М. Республика ҳудудининг 91 фоизи
санитар
тозалаш
хизматлари
билан
таъминланди
/
https://www.uza.uz/uz/posts/respublika-hududining-91-foizi-sanitar-tozalash-
xizmatlari-bilan-taminlandi_353697
Мурожаат этилган сана: 15.03.2022 йил.
16. 5 июнь – Бутунжаҳон атроф-муҳит куни ҳавонинг ифлосланишига
қарши кураш шиори остида нишонланмоқда // Экология хабарномаси 2019
йил 6 сон. – Б. 7.
17. (Электрон ресурс). Экология ва атроф муҳитни муҳофаза қилиш давлат
қўмитасининг
ахбороти
эшитилди
/
https://parliament.gov.uz/uz/analytics/34497/?group=182
18. Шамсутдинова Ф. Цемент ишлаб чиқариш корхонаси ишчиларининг
оғиз бўшлиғи аъзолари ҳолати. Тиббиёт фанлари номзод дисс - Б. 77.
19. Газиназарова С., Ахмедов И., Мухамедгалиев Б., Хожиев А. Экологик
хавфсизлик – Тошкент: 2009. – Б. 45.
20. 2030 йилгача бўлган даврда Ўзбекистон Республикасининг атроф
муҳитни муҳофаза қилиш концепциясини тасдиқлаш тўғрисида”ги
Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони, 30.10.2019 йилдаги
ПФ-5863-сон Фармони / https://lex.uz/docs/4574008
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA BIRLASHGAN MILLATLAR
TASHKILOTINING MAKTABGACHA TA’LIM SOHASIDAGI
HAMKORLIK MASALALARIGA DOIR
Egamberdiyeva T.A.
FarDU, O‘zbekiston tarixi kafedrasi professori, p.f.d
Maxmudov O‘.M.
FarDU, II bosqich magistranti
Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekiston va Birlashgan Millatlar Tashkiloti
hamkorligining muhim yo‘nalishi bo‘lgan ta’lim sohasi o‘zgarishlar, maktabgacha ta’limga
qamrab olishdagi ishlar va uning taraqqiyoti, BMT bilan hamkorlikdagi Butunjahon 2-
konferensiyasi amaliy haqida so‘z yuritiladi.
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
667
Kalit so‘z va iboralar: Barqaror rivojlanish maqsadlari, rezolyutsiya, YUNESKO,
konferensiya, YUNISEF, Toshkent deklaratsiyasi, ta’lim sifati.
Аннотация:
В данной статье рассказывается об изменениях в сфере образования,
что является важным направлением сотрудничества между Узбекистаном и ООН,
работе по включению в дошкольное образование и его развитии, а также о 2-й
Всемирной конференции в сотрудничестве с ООН.
Ключевые слова и фразы: Цели устойчивого развития, резолюция, ЮНЕСКО,
конференция, ЮНИСЕФ, Ташкентская декларация, качество образования.
Annotation:
This article debates about changes in the field of education, which is an
important direction of cooperation between Uzbekistan and the United Nations, the work on
inclusion in nursery school education and its development, and the 2nd World Conference in
cooperation with the United Nations.
Key words and phrases: Sustainable development goals, resolution, UNESCO,
conference, UNICEF, Tashkent declaration, education quality.
O‘zbekiston Respublikasi istiqlolga erishgach, xalqaro maydonda teng
huquqli mamlakat sifatida tan olinishi, o‘zining dunyo davlatlari orasida siyosiy
o‘rnini egallashida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga istiqlolning dastlabki
davridayoq a’zolikka qabul qilinishi (1992-yil 2-mart) muhim qadam bo‘lib xizmat
qildi. Shu davrdan boshlab O‘zbekiston ushbu xalqaro tashkilot bilan ko‘plab
sohalarda uzluksiz hamkorlik qilib, barcha sohalardagi aloqalar mustahkamlanib
kelinmoqda. Shu o‘rinda, BMTning 2015 – 2030-yillarga mo‘ljallangan Barqaror
rivojlanish maqsadlari (Sustainable Development Goals) global dasturi
O‘zbekiston bilan aloqalarni yangi bosqichga chiqishiga asosiy omillardan biri
bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu dastur turli sohalardagi dunyodagi davlatlar, jumladan
O‘zbekiston uchun ham amalga oshirish zarur bo‘lgan 17 ta asosiy maqsadlarni
nazarda tutib, O‘zbekiston hukumati 2018-yil oktabr oyida 16 ta milliy BRM, 125
ta vazifa va 206 ta ko‘rsatkichni ularni amalga oshirishni yengillashtirish uchun
ma’qullagan edi
[1: 1].
Bugungi kunda YUNESCO O‘zbekistonda va BMTning ta’lim sohasidagi
hamkorligining asosiy tayanchidir. Hozirgi kungacha BMTning “Ta’lim barcha
uchun” (2000-2015), Savodxonlik 10 yilligi (2002-2013), Barqaror taraqqiyot
ta’limi o‘n yilligi (2004 – 2015) kabi dasturlari bu sohadagi asosiy loyihalar
bo‘lgan bo‘lsa
[2: 149],
bugungi kunda Barqaror rivojlanish maqsadlarining 4-
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
668
maqsadi ya’ni Ta’lim sifati (Quality of education) yo‘nalishi bu sohadagi
ishlarning yo‘nalishlardan biridir .
Maktabgacha ta’lim sohasidagi diqqatga sazovor ishlardan biri O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim
vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son
qarorini bajarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
qarorining qabul qilinishidir
[3: 1]
. Unda vazirlik faoliyati va uning maqsad,
vazifalari nizomda belgilab berildi. Bu vazirlikning markaziy apparati, hududiy
bo‘linmalar maktabgacha ta’lim tashkilotlari, direktor va mutaxassislarini qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, “Ilk Qadam” (IQ) jurnali
tahririyati, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, Axborot va pedagogika
texnologiyalari innovatsion markazi, Maktabgacha ta’limni rivojlantirish
jamg‘armasi,
Ixtisoslashtirilgan
loyiha-izlanish
instituti,
“Infratuzilmani
rivojlantirish bo‘yicha injiniring” kompaniyasi, Maktabgacha ta’lim vazirligining
pedagogika kollejlari uning tarkibiga kiritildi. Vazirlik tomonidan maktabgacha
ta’lim muassasalari (MTM)ning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, bu yoshdagi
bolalarni bosqichma-bosqich MTMlarga qamrab olish, ularning sifatli ta’lim olishi
uchun shart-sharoitlarni yaratib berish, malakali pedagog kadrlar tayyorlash kabi
muhim vazifalarni o‘z zimmasiga olgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2018-yil 28-fevral kuni “Davlat
maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarining ayrim toifalari mehnatiga haq
to‘lashni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorga imzo chekdi.
Hujjatga ko‘ra, 2018-yil 1-martdan boshlab – mudirlar, tarbiyachilar, metodistlar,
o‘qituvchilar, defektologlar, psixologlar, musiqa rahbarlari va tarbiyachining
yordamchilari mehnatida haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalarini – 30 foizga;
2018-yil 1-sentyabrdan boshlab: tayyorgarlik (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) guruhi
tarbiyachilari, oliy ma’lumotli o‘qituvchilar, defektologlar, psixologlar mehnatida
haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalarini, ularning bazaviy tarif stavkalari
miqdorlarini umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinflari o‘qituvchilarining
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
669
bazaviy tarif stavkalari miqdorlariga tenglashtirgan holda – 30 foizga; oliy yoki
o‘rta maxsus, kasb-hunar pedagogik ma’lumotli tarbiyachining o‘rinbosarlari
mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalarini – 20 foizga; maktabgacha
ta’lim muassasalari mudirlari mehnatiga haq to’lashning bazaviy tarif stavkalarini
– 10 foizga tabaqalashtirib oshiriladigan bo‘ldi
[4: 1].
Ushbu amalga oshirilgan
chora tadbirlar natijasida 2017-yilda MTMda bolalar soni 732.9 mingni tashkil
etgan bo‘lsa 2021-yilga kelib bu ko‘rsatkich 1321.4 ming nafarni tashkil etdi ya’ni
deyarli ikki barobarga MTMlardagi bolalar soni oshdi
[5: 1].
Ushbu islohotlarda BMTning YUNESKO va YUNICEF tashkilotlarining
ham o‘z hissasi mavjudligini alohida ta’kidlash lozim. Chunki, 2018-yildan hozirgi
kunga qadar YUNICEF hukumatni erta yoshdagi taʼlimni qoʻllab-quvvatlash
uchun deyarli 2 million dollar sarmoya kiritdi
[6: 1].
Bundan tashqari, YUNICEF
2019-yil
14-dekabrda
Senat
tomonidan
ma’qullangan
O‘zbekiston
Respublikasining “Maktabgacha ta’lim to‘g‘risida”gi qonuniga o‘z hissasini
qo‘shdi.
2020-yil 3-fevralda Toshkentdagi Kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va
ta’lim berish siyosatiga doir masalalar bo‘yicha IV Osiyo-Tinch okeani mintaqaviy
forumida 48 mamlakat vakillari ishtirok etgan. YUNESKO, YUNISEF, Yosh
bolalar masalalari bo‘yicha Osiyo-Tinch okeani mintaqaviy tarmog‘i (ARNEC)
forum tashkilotchilari edi.
Forumning asosiy maqsadlaridan biri — Osiyo-Tinch okeani mamlakatlari
siyosatchilari uchun maxsus maydon tashkil etish bo‘lib, unda siyosatchilar, ham
bolalar nuqtai nazaridan, ham maktabgacha ta’lim tashkilotlari nuqtai nazaridan
o‘z bilimi bilan o‘rtoqlashishlari hamda kichik yoshdagi bolalarning «ta’lim
olishga tayyorligi»ni oshirish uchun ilmiy-tadqiqot o‘tkazish, hamkorlik
munosabatlarini o‘rnatish, ilg‘or tajribani tarqatish, sohani rivojlantirish siyosatini
ishlab chiqish va salohiyatini oshirish strategiyasini muhokama qilingan edi
[7: 1].
Undan tashqari, 2021-yil iyul oyida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha
ta’lim vaziri Agrippina Shin hamda YUNESKO Bosh direktorining ta’lim
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
670
bo‘yicha o‘rinbosari Stefaniya Djannini bilan uchrashib ta’lim sohasidagi
masalalar, Toshkent shahrida ilk yoshdagi bolalarga tarbiya va ta’lim berish
bo‘yicha II Butunjahon konferensiyasini o‘tkazish masalasi muhokama qilingan
edi. Shuning natijasi sifatida 2022-yil 15-noyabrda Toshkentda YUNESKO bilan
hamkorlikda kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish bo‘yicha
o‘tkazilgan ikkinchi Butunjahon konferensiyasi o‘zaro hamkorlikni yanada
mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Bu konferensiyaning O‘zbekistonda,
Toshkentda o‘tkazilishi kichik yoshdagi bolalarni ta’limga qamrab olish bo’yicha
qilingan so‘nggi yillardagi amaliy ishlarning ijobiy mahsuli va O‘zbekiston bunda
yetakchi davlatlar qatoridan muosib o‘rin olayotganligidan dalolat beradi. Misol
sifatida ko‘rsatish mumkinki, YUNESKO Bosh direktori Odri Azule
konferensiyada shunday dedi: “Oʻzbekistonda biz YUNESKOning 2022-yilni
taʼlim uchun saʼy-harakatlarni safarbar qilish yiliga aylantirish majburiyatidan
kelib chiqqan holda dunyoga kuchli xabar yuborish imkoniyatiga egamiz. Mana,
Toshkentda biz yashashni xohlaydigan – o‘z farzandlariga g‘amxo‘rlik qiladigan,
ularga rahbarlik qiladigan va ularga munosib barcha e’tiborni qaratadigan jamiyat
modelini aniqlashimiz kerak”. Bu fikrlar O‘zbekiston va BMT hamda uning asosiy
tarmoqlaridan
bo‘lmish
YUNESKO
bilan
hamkorlikning
naqadar
mustahkamlanganligini bildiradi.
Konferensiyada Shavkat Mirziyoyev nafaqat maktabgacha ta’lim balki
undan keyingi boshqichdagi ta’lim jarayonlariga ham O‘zbekistonning munosabati
nechog‘lik qat’iy va kuchli e’tborda ekanligini ta’kidlab quyidagi fikrlarni bildirdi.
“Biz yurtimizda Uchinchi renessans barpo etish masalasini strategik vazifa sifatida
oldimizga qo‘yib uni milliy go‘oya darajasiga ko‘tarmoqdamiz. Biz maktabgacha
va maktab ta’limi, oliy ta’lim tizimi hamda ilmiy madaniy muassalarni
kutilayotgan renessansning 4 uzviy halqasi deb bilamiz. Bog‘cha tarbiyachisi,
maktab muallimi, professor o‘qituvchilar va ilmiy ijodiy ziyolilarimiz esa yangi
uyg‘onish davrining 4 tayanch ustuni deb hisoblaymiz” – dedi edi O‘zbekiston
Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyev.
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
671
Konferensiyada shuningdek, prezident so‘nggi yillarda maktabgacha ta’lim
sohasida amalga oshirilgan ishlarning natijasini bir qancha statistik ma’lumotlar
asosida ko‘rsatib o‘tib, bular shunchaki raqamlar bo lmay, buning zamirida ko‘plab
mehnat, mashaqqat va mablag‘ yotishiga ham urg‘u berdi. “So‘nggi yillarda
mamlakatimizda bog‘chalar soni 6 barobarga ko‘paydi. Olis va chekka hududlarda
minglab oilaviy bog‘chalar tashkil qilindi. Tarbiyachi va pedagoglar soni ham 3
barobarga o‘sib, 160 mingga yetdi. Shuningdek, pedagog kadrlarning malakasini
tizimli oshirib borish ishlari ham yo‘lga qo‘yildi. Ushbu choralar natijasida
bog‘chalarda ta’lim va tarbiya oladigan bolalar sonini 600 mingdan 2 millionga
yetkazilib, qamrov ko‘lami 70 foizga chiqdi” – deb ta’kidladi. Ushbu raqamlarning
maktabgacha ta’limga erta yoshda qamrab olishdagi qay darajada o‘sish ekanligini
ko‘rsatish uchun 2019-yildagi ba’zi raqamlarga qarab o‘tish kifoya. YUNISEF
dunyo bo‘yicha jami 175 mln, O‘zbekistonda esa 1600000 maktabgacha yoshdagi
bolalarning 70 foizi dastlabki ta’lim jarayoniga qamrab olinmaganligini hisobot
qilgan edi. Shundan so‘ng 2019-yil 16-dekabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev
“Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi 11 bob 58 moddadan iborat Qonunni
imzoladi
[8: 1].
Qonunda bu sohadagi kelgusida qilinishi kerak bo‘lgan ishlar
tizimi belgilab berildi. Unga ko‘ra 4 ta turdagi:
1.
Umumiy turdagi;
2.
Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan;
3.
Inkluziv guruhlarga ega;
4.
Qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etilishi
belgilab berilgan edi.
Buning natijasida, xususiy MTMlar soni ham keskin oshib davlat tomonidan
imtiyozli subsidiyalar berila boshlandi va buning natijalari yuqoridagi konferensiya
hisobotida qayd etildi. Shuningdek kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim
berish bo‘yicha o‘tkazilgan ushbu ikkinchi Butunjahon konferensiyasida Shavkat
Mirziyoyev;
-
Mazkur konferensiyani muntazam ravishda o‘tkazib turish;
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
672
-
Toshkentda YUNЕSKOning mintaqaviy markazini tashkil etish;
-
Kichik yoshdagi bolalar ta’limi bo‘yicha jahon tashkiloti bilan
qo‘shma loyiha va tadqiqotlarni olib borish, tarbiyaning yangicha uslublarini va
metodik qo‘llanmalarni tayyorlash uchun keng qamrovli dasturni ishlab chiqish;
-
Jahonda to‘plangan ilg‘or tajribalar, zamonaviy o‘qitish interaktiv
uslublari, amaliy bilim va ko‘nikmalari bilan o‘zaro almashish maqsadida
tarbiyachilar xalqaro hamjamiyati tashkil etish;
-
Mazkur
konferensiya
yakunlari
bo‘yicha
BMT
Bosh
Assambleyasining bolalar tarbiyasi masalalari umumbashariy taraqqiyotga
erishishning muhim omili ekanligi to‘g‘risida maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish
taklif va tashabbuslarini ilgari surdi.
Konferensiya yakunlari bo‘yicha “Toshkent deklaratsiyasi” qabul qilinib
150 mamlakat imzolash uchun tanlandi
[9: 1].
Ushbu deklaratsiyada maktabgacha
ta’lim sohasidagi 2030-yilgacha bo‘lgan davr uchun xalqaro miqyosda asosiy
tamoyillar belgilab berilgan. Hujjat konferensiya doirasidagi maslahatlashuv
jarayoni orqali tayyorlangan va imzolanganidan so‘ng BMT oltita rasmiy tiliga
tarjima qilinadi hamda YUNESKOga a’zo davlatlarga tarqatiladi. Unda o‘quv
dasturlari va pedagogika sifati va dolzarbligini oshirish, barcha bolalar uchun teng
va inklyuziv ta’lim xizmatlarini ta’minlash va favqulodda vaziyatlarda kichik
yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berishga kirish huquqlarini himoya qilish
va kafolatlash kabi tamoyillar qamrab olingan.
Xulosa o‘rnida aytish joizki, O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi munosabat
so‘nggi yillarda barcha sohalarda ayniqsa ta’lim sohasida yanada rivojlanib
mustahkamlanib bormoqda. Bunda har ikki tomonning o‘zaro hamkorlikdagi
hamohang siyosati, o‘z maqsad va harakatlaridagi yakdillikning ko‘rinishi
bo‘lmish Barqaror rivojlanish maqsadlari dasturi va uning amaliyoti bo‘yicha
O‘zbekiston tomondan amalga oshirilayotgan ishlar muhim omil bo‘lib xizmat
qilmoqda. Kichik yoshdagi bolalarga ta’lim berish va sohaga zamonaviy
pedogogik texnologiyalarni jalb qilish orqali bolalarni aqliy va jismoniy
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
673
imkoniyatlarini oshirish har ikki tarafning diqqat markazidagi asosiy masala bo‘lib
kelmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston va xorijiy davlatlar o‘rtasida tajriba, malaka
almashinishi hamda yanada rivojlantirishi borasida samarali ishlar amalga
oshirilmoqda. Huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilinib, asosiy konsepsiyalar
belgilab olindi.
Foydalanilgan manba va adabiyotlar:
1.
https://uzbekistan.un.org/uz/sdgs
2.
Egamberdiyeva T, Salmonov A, Siddiqov I. BMT va mustaqil O‘zbekiston:
hamkorlik asoslari, yo’nalishlari va istiqbollari (o‘quv uslubiy qo‘llanma) –
Farg‘ona, 2014.
3.
4.
5.
stat.uz
6.
https://www.unicef.org/uzbekistan
7.
https://dunyo.info/uz/site
8.
https://lex.uz/docs/-4646908
9.
https://www.intellinews.com
ЎЗБЕКИСТОНДА ИСЛОМ ДИНИ ТАШКИЛОТЛАРИ
ФАОЛИЯТИ ТАРИХИДАН
Жаҳонгиров Ю.С.
АДУ, Ўзбекистон тарихи кафедраси
таянч докторанти
Аннотация: Мақолада Ўзбекистон Республикаси мустақиллик йилларида
юртимиздаги исломий диний ташкилотларнинг аҳволи, Ўзбекистон мусулмонлари
идораси тасарруфидаги диний ташкилотлар масжид ва мадрасалар фаолияти умий
контексда таҳлил этилган. Республикада мусулмон ташкилотларининг ҳуқуқий
базасининг яратилиши, мавжуд исломий таълим муассасалари фаолиятига доир
маълумотлар умумлаштирилган.
Калит сўз ва иборалар: масжид, мадраса, Исломий таълим муассасалари,
мударрис, талаба,
“Виждон эркинлиги ва диний ташкилотлар тўғрисида”ги Қонун,
Ўзбекистон Мусулмонлари Идораси
Аннотация: В статье анализируется положение исламских религиозных
организаций в нашей стране за годы независимости Республики Узбекистан,
деятельность религиозных организаций, мечетей и медресе, находящихся в ведении
Управления мусульман Узбекистана. Обобщена информация о создании правовой базы