ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 1, Fevral 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
104
FERMER XO’JALIKLARINING JAMIYAT HAYOTIDA TUTGAN O’RNI VA ROLINI
OSHIRISH BORASIDAGI SA’Y-HARAKATLAR
Do’snazarov Mirjalol
Samarqand davlat chet tillar instituti yoshlar bilan ishlash,
ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i
Annotatsiya:
Ushbu maqola fermer xo’jaliklarining jamiyat hayotida tutgan o’rni va rolini
oshirish borasidagi sa’y-harakatlar borasidagi fikrlar yoritilgan. Mamlakatimizda dehqonlar va
fermer xo’jaliklarining jamiyat miqyosidagi o’rnini oshirish borasidagi hukumat ishlar haqidagi
ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so’zlar:
Fermer xoʻjaligi, Dehqon xoʻjaligi, chorva moli, sugʻorilmaydigan (lalmikor)
yerlar, mahsulot sotish va eksportga chiqarish.
Fermer xoʻjaligi
xususiy yoki uzoq muddatga ijaraga olingan yerda qishloq xoʻjaligi
mahsulotlari yetishtirish bilan shugʻullanadigan xoʻjalik. Fermer xoʻjaligining ijtimoiy-iqtisodiy
mazmuni va faoliyat koʻrsatish tartibi turli mamlakatlarda turlicha boʻlib, qishloq xoʻjaligi ishlab
chiqarish munosabatlarining rivojlanish darajasi va xususiyatlari, shuningdek, mehnatdan va
yerdan foydalanish sharoitlari, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini industrlash va
ixtisoslashtirish darajasi, kapital hajmi va sharhi bo’lib hisoblanadi. Bu faoliyat o’ziga xos
tamoillar
bilan
belgilanadi.
Ilk
va
mukammal
shakldagi
Fermer
xoʻjaligilari AQSH, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiyada mustamlakachilik siyosati va boʻsh
yotgan hamda yerli aholiga tegishli yerlarda koloniyalar tashkil qilish natijasida paydo boʻldi.
XX asrning 1920—1930-yillari AQSH, Kanada, Buyuk Britaniyada, 1950—1960-yillarda esa
rivojlangan. Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi mashinalashgan
bosqichga oʻtdi, natijada fermerlar bu mamlakatlarda qishloq xoʻjaligi tovar mahsulotlarining
asosiy ishlab chiqaruvchilariga aylandilar. Bu mamlakatlarda Fermer xoʻjaligi yerlari xususiy
mulk hisoblanadi yoki yer ijaraga olinadi. Fermer xoʻjaligida barcha ishlab chiqarish vositalari
va yetishtirilgan mahsulot Fermer xoʻjaligi boshligʻi, yaʼni fermerning yoki uning aʼzolari mulki
hisoblanadi. Fermer xoʻjaligida, asosan, fermer oila aʼzolari, qarindosh urugʻlari va mavsumda
yollanma ishchilar mehnat qiladi.
Oʻzbekistonda dastlabki fermer xoʻjaligi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyulda qabul
qilingan „Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida“ qonuniga muvofiq, dehqon xoʻjaligi shaklida tashkil
etildi, dastlab yirik qishloq xoʻjaligi korxonalari tarkibidagi ichki Fermer xoʻjaligilari va
mustaqil yuridik shaxs sifatidagi Fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatdi. 1990-yillarning oxirlaridan
boshlab Fermer xoʻjaligini tashkil etish va uning faoliyatiga doir huquqiy munosabatlar
Oʻzbekiston Respublikasining „Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida“ qonuni (1998-yil 30-aprel; yangi
taxrirda 2004-yil 26 avgust) bilan tartibga solinadi.
Oʻzbekistonda Fermer xoʻjaligilari yerdan ijara asosida foydalanadilar va ularga yer maydonlari
50 yilga yoki 30 yildan kam boʻlmagan muddatga ijaraga beriladi. Ijaraga beriladigan yer
maydonlarining eng kam oʻlchami paxtachilik va gʻallachilikda kamida 10 ga, bogʻdorchilik,
uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlar yetishtirish uchun kamida 1 ga qilib belgilangan.
Chorvachilik mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan Fermer xoʻjaligida kamida 30 shartli
bosh chorva moli boʻlishi lozim. Bunday xoʻjaliklarda bir shartli bosh chorva moli hisobiga
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 1, Fevral 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
105
ijaraga
beriladigan
yer
uchastkalarining
eng
kam
oʻlchami Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Fargʻona va Xorazm viloyatlaridagi
sugʻoriladigan yerlarda 0,3 ga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi sugʻoriladigan
yerlarda 0,45 ga, sugʻorilmaydigan (lalmikor) yerlarda esa kamida 2 ga ni tashkil etadi.
Oʻzbekistonda fermer xoʻjaligilari soni 87,6 mingtani, ularga birkitilgan yer maydoni 2148,1
ming ga ni, bitta Fermer xoʻjaligining oʻrtacha yer maydoni 24,5 ga ni, Fermer xoʻjaligida band
boʻlganlar soni 603 ming kishini, shu jumladan, yollanma ishchi kuchi 52,4 ming kishini tashkil
qildi (2004-yil 1-yanvar).
Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi ham jamiyat hayotida fermer xo’jaligi faoliyatini
yuksaltirishga qaratilgan birlashma hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi dehqon va fermer
xoʻjaliklari uyushmasi — OʻzRdagi dehqon va fermer xoʻjaliklarining ixtiyoriy uyushmasi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 9-apreldagi "Xususiy tadbirkorlikni, kichik va
oʻrta biznesni rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmoni va
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-apreldagi qaroriga koʻra tashkil etilgan. Uyushma
boshqaruvi Toshkent shahrida joylashgan. Uyushmaning asosiy vazifalari: dehqon va fermer
xoʻjaliklarining huquq va manfaatlarini himoya qilish; xoʻjaliklarni shartnoma asosida urugʻlik,
oʻgʻitlar, koʻchatlar, nasldor mollar va b. resurelar bilan taʼminlash; xoʻjaliklarga ishlab
chiqarish, texnologiya, transport, yuridik, axborot, marketing xizmatlari va boshqa xizmatlar
koʻrsatish; yetishtirilgan mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarda sotishga koʻmaklashish;
dehqon va fermer xoʻjaliklarini mineral oʻgʻit va yoqilgʻi-moylash materiallari bilan taʼminlash,
lizing asosida qishloq xoʻjaligi texnikasi sotib olish, banklar va turli jamgʻarmalardan imtiyozli
asosda kreditlar va mikrokreditlar olishda yordam koʻrsatish va boshqalar. Uyushmaning
Qoraqalpogʻiston Respublikasi uyushmasi, viloyat (12) hamda tuman (116) vakilliklari mavjud.
Uyushma safida respublikada faoliyat koʻrsatayotgan 43,8 ming fermer xoʻjaligi, 1,8 mln.
dehqon xoʻjaligi (ularning 8266 tasi yuridik shaxs makrmida) bor (2001). Uyushmaning
tavsiyasi bilan joylardagi hududiy vakilliklar qoshida 25 ta mukrbil mashina-traktor parklari
(MTP) tashkil qilinib, fermer xoʻjaliklariga xizmat koʻrsatmoqda. Mahsulot sotish va eksportga
chiqarish boʻyicha 98 kooperativ korxona tashkil qilingan.
Xulosa sifatida aytadigan bo’lsak, mamalakatimizda fermer xo’jaliklari faoliyati va uni
dehqonlar tomonidan davlat sherikchilik asosida shakllantirish hamda jahon standartiga mos
faoliyat turiga aylantirish davr va xalq talabi hisoblanadi. Biz bilamizki jamiyatda fermer
xo’jaliklarining xalqimiz iste’mol tovarlarini yetkazib berish va davlatimizni iqtisodiy
yuksaltirishdagi o’rni beqiyos bo’lib hisoblanadi.
Adabiyotlar ro’yxati
1. Abdug‘aniev A, Abdug‘aniev A.A. Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti. - Т.: O‘zbekiston Y
ozuvchilar uyushm asi Adabiyot Jamg‘arm asi, 2004-304 b.
2. Salimov B.T. va boshqalar. Dehqon va fermer xo‘jaliklari iqtisodi.- T.: O‘zbekiston
Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot Jamg‘armasi, 2004- 176b.
3. Модель "Сельская профильная школа"- М.: АПК и ППРО, 2004-32 ст. 4. Экономика
сельского хозяйства. Учебник, под.ред. Коваленко. Н.Я.М.: -Юркнига, 2004-392 ст.
5. Zokirov О, Pardaev, Qishloq xo ‘jalik iqtisodiyoti. Darslik,- T.: UAJBNT markazi 2003-456 b.
