BOSHLANGʻICH TAʼLIMNI TASVIRIY SANʼAT BILAN INTEGRATSIYALASH

Abstract

Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’limda tasviriy san’atni oʻqitish jarayonida fanlararo aloqadorlikning ahamiyati, predmetlararo uzviylikni oʻrnatish yoʻl-yoʻriqlari haqida ma’lumot berilgan.

Source type: Journals
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar
54-55
28

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Masharipova Sevinch. (2025). BOSHLANGʻICH TAʼLIMNI TASVIRIY SANʼAT BILAN INTEGRATSIYALASH. Научный информационный бюллетень, 6(1), 54–55. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/ifx/article/view/69521
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’limda tasviriy san’atni oʻqitish jarayonida fanlararo aloqadorlikning ahamiyati, predmetlararo uzviylikni oʻrnatish yoʻl-yoʻriqlari haqida ma’lumot berilgan.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 1, Fevral 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

54

BOSHLANGʻICH TAʼLIMNI TASVIRIY SANʼAT BILAN INTEGRATSIYALASH

Masharipova Sevinch

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining

boshlangʻich taʼlim fakulteti 3-D kurs talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’limda tasviriy san’atni oʻqitish jarayonida

fanlararo aloqadorlikning ahamiyati, predmetlararo uzviylikni oʻrnatish yoʻl-yoʻriqlari haqida

ma’lumot berilgan.

Kalit soʻzlar:

integratsiya, uzviylik, dars, tasviriy san’at, kreativlik, pedagogik mahorat.

Integrasiya - bu fanlarning differensial jarayon davomida yaqinlashuvi va bog‘liqligidir.

Integratsiya jarayoni fanlar orasidagi aloqani yangi, yuqori sifatda bir-biriga bog‘lash bosqichi

boʻlib, oʻzini yuqori koʻrinishda namoyon etadi. Shuni alohida qayd etish kerakki, integratsiya

jarayoni asoslari uzoq oʻtmishdagi xalq pedagogikasi va ilmiy pedagogikaga asoslangan.

Integratsiya fanlararo bog‘liqlikdir. Fanlararo bog‘liqlik asoslari tabiatni toʻla holda oʻquv

darsliklarda koʻrsatish va tushuntirish zaruratidan paydo boʻlgan.

Ta’lim integratsiyasi - fanlararo aloqaning yuqori darajasi, bir butun integrallashgan bilimlarni

yaratishga imkon beruvchi vosita. Integratsiya tushunchasiga berilayotgan ta’riflar turlicha;

ushbu ta’riflarning umumiylik tomoni - integratsiya bu atrofimizdagi borliqqa yaxlit qarashga

erishishdan iborat. Integratsiyaning asosini fanlararo aloqadorlik tashkil etadi va oʻzining

rivojini integratsiya g‘oyasida topadi. Integrativ mazmunga ega boʻlgan predmetlarni oʻrganish

boʻlajak mutaxassislar bilimi, ish uslublari, shaxsiy fazilatlari yaxlit, bir butunligini ta’minlovchi

omil sifatida qaraladi.

Boshlang‘ich sinflarda fanlarni integratsiyalashda samaradorligini oshiradi, vaqtdan unumli

foydalanishga olib keladi, darsni chuqur oʻzlashtirishga yordam beradi, boʻsh vaqt orttiriladi va

toʻgaraklarga jalb etiladi. Boshlang‘ich ta’limda ona tili, oʻqish savodxonligi, tabiiy fan, tasviriy

san’at darslarini integratsiyalash mumkin. Masalan, Oʻzbekiston mening Vatanim mavzusini

oʻtishi uchun mavzu tushuntiriladi, tabiiy boyliklari va ularni qadriga yetish koʻrib chiqiladi va

mavzu asosida rasm ham chiziladi. Bu esa bolani mavzuni yaxshi tushunib olishiga yordam

beradi, kengroq va chuqurroq tushunishiga imkon ortadi, uzoq vaqt yodda saqlab qolishiga

yordam beradi. Bundan tashqari, bolada ijodiylik ya’ni kreativ fikrlash olish salohiyati ham

rivojlanib boradi.

Masalan: Daraxtda 3 ta qush bor edi. Ularga yana 2 ta qush kelib qo‘shildi. Daraxtda jami nechta

qush bor? Bu masala asosida o‘quvchilar qushlarni chizadi va ularda masalani yechish uchun

aniq tasavvurlar shakllanadi. Bunda o‘quvchilar aynan mukammal shaklga ega bo‘lgan qushlarni

chizishi shart emas, albatta. Bu faqat ularda berilgan masalaning mohiyatini anglashi uchungina

zarur. Yoki quyidagi shunga o‘xshash masalani ko‘rib chiqamiz:

Bir to‘plamda 6 ta finjon bor. Bir qutida 5 ta finjonlar to‘plami bor. Ikkita qutida jami nechta

finjon bor? Ushbu masalaning yechimini topish uchun o‘quvchilarda avvalo tasavvur hosil

qilinishi kerak. Dastlab bir to‘plamdagi finjonlarni kichikroq yashikda tasvirlaymiz. So‘ngra

shunday kichik yashiklarda katta bir qutida 5 tasini tasvirlaymiz. Masalaning aniq yechimini


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 1, Fevral 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

55

olish uchun xuddi shunday katta qutidan ikkitasidagi finjonlar sonini aniqlash kifoya. Bu usul

orqali o‘quvchilar keyinchalik avtomatik turda hisoblay olish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi. Bola bir

darsning oʻzida fasllar, geometrik shakllar, to‘plam haqida ma’lumotga ega bo‘ladi, mevalar

haqida biladi va rasm chizadilar. Shunday qilib, oʻquvchi birgina integratsiya darsida juda koʻp

ma’lumotlarga ega boʻladi va uzoq vaqt esda saqlab qoladilar.

Umuman olganda integratsiya darsi bir-biriga mos kelishi (mavzu jihatdan) va puxta reja asosida

tuzilgan boʻlishi kerak. Boshlang‘ich maktablarda oʻqitish va tarbiyalash integratsiyasi

muammolari nazariy va amaliy jihatdan hozirgi zamon nuqtai-nazaridan juda muhim boʻlib,

yangi ijtimoiy talablar asosida yanada dolzarblik kasb etadi. Bugungi kunda fan rivoji va ishlab

chiqarishdagi ulkan oʻzgarishlar tufayli kelib chiqayotgan talablar maktab ta’limi oldiga yangi

vazifalarni qoʻymoʻqda. Hozirgi zamon ilm berish sistemasi yuqori darajada fan asoslarini

oʻrnatishga, tafakkurni rivojlangan, olamni bir butunlikda anglashga va tasavvur etishga, tevarak

atrofda boʻlayotgan voqealarni to‘g‘ri anglashga, ularning mohiyatini anglab oladigan yoshlarni

tarbiyalashga yoʻnaltirilgan.

Integrasiyalashtirilgan darslar boʻlalar dunyoqarashida bir butunlikni, voqealar uzviyligini

tushunishini tabiatan anglab yetishga oʻrgatadi. Shuni alohida hisobga olish kerakki,

maktablardagi boshlang‘ich sinflarda darslarning integratsion bog‘lanishlari ilmiy jihatdan kam

ishlab chiqilgan. Mavjud turli fiklar va qarashlar esa bir-biriga zid va uzviy boʻlmaganligi

sababli integrasiya muammosi hamon olishlarimiz oʻrtasida bahsli masalalardan biri boʻlib

qolmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

S.Mirxayitova. Boshlang‘ich ta’lim pedogogikasi, innovatsiya va integratsiya. Farg‘ona –

“Farg‘ona nashriyoti”, 2021.

2.

D.M.Jamoliddinova, S.S.MeIiboyeva. Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va

integratsiyasi: Darslik. Toshkent – “Toshkent nashriyoti” , 2022.

3.

I.V.Repyova. Matematika. 2-sinf darslik. Toshkent – “Novda nashriyoti” , 2023.

4.

R.Mavlonova, D .A bdurahimova. Pedagogik mahorat. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent,

“Fan va texnologiya”, 2009.

5.

Sh.S.Sharipov, K.Davlatov, G.S.Nasriddinova. Kasbga yo‘naltirishning ilmiy-pedagogik

asoslari. O‘quv qo’llanma. – Toshkent, 2007.

References

S.Mirxayitova. Boshlang‘ich ta’lim pedogogikasi, innovatsiya va integratsiya. Farg‘ona – “Farg‘ona nashriyoti”, 2021.

D.M.Jamoliddinova, S.S.MeIiboyeva. Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi: Darslik. Toshkent – “Toshkent nashriyoti” , 2022.

I.V.Repyova. Matematika. 2-sinf darslik. Toshkent – “Novda nashriyoti” , 2023.

R.Mavlonova, D .A bdurahimova. Pedagogik mahorat. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent, “Fan va texnologiya”, 2009.

Sh.S.Sharipov, K.Davlatov, G.S.Nasriddinova. Kasbga yo‘naltirishning ilmiy-pedagogik asoslari. O‘quv qo’llanma. – Toshkent, 2007.