BUXORO AMIRLIGI HUDUDIDA YASHAGAN XALQLARNING ETNIK TARKIBI

Аннотация

Mazkur maqolada Buxoro amirligi hududida yashagan xalqlarning etnik tarkibi, ularning tarixiy shakllanish jarayonlari va madaniy hayoti tahlil qilingan. Amirlikdagi etnik guruhlar, jumladan, o‘zbeklar, tojiklar, qozoqlar, turkmanlar, arablar va boshqa millatlarning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotdagi o‘rni hamda o‘zaro munosabatlari ko‘rib chiqilgan. Maqolada tarixiy manbalar, arxiv hujjatlari va etnografik ma'lumotlar asosida mintaqaning ko‘p millatli tarkibining xususiyatlari yoritilgan.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
25-27
62

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Bektoshev G’iyosiddin Saxriddin o’g’li. (2025). BUXORO AMIRLIGI HUDUDIDA YASHAGAN XALQLARNING ETNIK TARKIBI. Научный информационный бюллетень, 6(1), 25–27. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/ifx/article/view/69527
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqolada Buxoro amirligi hududida yashagan xalqlarning etnik tarkibi, ularning tarixiy shakllanish jarayonlari va madaniy hayoti tahlil qilingan. Amirlikdagi etnik guruhlar, jumladan, o‘zbeklar, tojiklar, qozoqlar, turkmanlar, arablar va boshqa millatlarning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotdagi o‘rni hamda o‘zaro munosabatlari ko‘rib chiqilgan. Maqolada tarixiy manbalar, arxiv hujjatlari va etnografik ma'lumotlar asosida mintaqaning ko‘p millatli tarkibining xususiyatlari yoritilgan.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 1, Fevral 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

25

BUXORO AMIRLIGI HUDUDIDA YASHAGAN XALQLARNING ETNIK TARKIBI

Bektoshev G’iyosiddin Saxriddin o’g’li

Shahrisabz davlat pedagogika instituti 2-kurs talabasi

Annotatsiya:

Mazkur maqolada Buxoro amirligi hududida yashagan xalqlarning etnik tarkibi,

ularning tarixiy shakllanish jarayonlari va madaniy hayoti tahlil qilingan. Amirlikdagi etnik

guruhlar, jumladan, o‘zbeklar, tojiklar, qozoqlar, turkmanlar, arablar va boshqa millatlarning

ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotdagi o‘rni hamda o‘zaro munosabatlari ko‘rib chiqilgan.

Maqolada tarixiy manbalar, arxiv hujjatlari va etnografik ma'lumotlar asosida mintaqaning ko‘p

millatli tarkibining xususiyatlari yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

Buxoro amirligi, etnik tarkib, o‘zbeklar, tojiklar, turkmanlar, etnik xilma-xillik,

tarixiy manbalar, ijtimoiy-siyosiy hayot, madaniy tarix.

Abstract:

This article analyzes the ethnic composition of the peoples living in the territory of the

Bukhara Emirate, the processes of their historical formation and cultural life. The role and

mutual relations of ethnic groups in the emirate, including Uzbeks, Tajiks, Kazakhs, Turkmens,

Arabs and other nationalities in socio-political and economic life, are considered. The article

highlights the features of the multinational composition of the region based on historical sources,

archival documents and ethnographic data.

Keywords:

Bukhara Emirate, ethnic composition, Uzbeks, Tajiks, Turkmens, ethnic diversity,

historical sources, socio-political life, cultural history.

Аннотация:

В данной статье анализируется этнический состав народов, проживающих на

территории Бухарского эмирата, процессы их исторического формирования и культурной

жизни. Рассмотрена роль этнических групп эмирата, в том числе узбеков, таджиков,

казахов, туркмен, арабов и других национальностей в общественной, политической и

экономической жизни, а также их взаимоотношения. На основе исторических источников,

архивных документов и этнографических данных в статье описываются особенности

полиэтнического состава региона.

Ключевые слова:

Бухарский эмират, этнический состав, узбеки, таджики, туркмены,

этническое разнообразие, исторические источники, общественно-политическая жизнь,

история культуры.

Kirish.

Buxoro amirligi, Markaziy Osiyoning muhim tarixiy davlatlaridan biri sifatida, uning

hududida yashagan xalqlarning boy va rang-barang etnik tarkibi bilan ajralib turadi. Amirlik

hududi asosan hozirgi Oʻzbekiston, Tojikiston, va qisman Turkmaniston hududlarini qamrab

olgan boʻlib, uning yerlarida turli davrlarda koʻplab elatlar va xalqlar yashagan. Bu yerda

yashagan aholining etnik xilma-xilligi nafaqat tabiiy-geografik sharoitlar, balki savdo yo‘llari,

madaniy aloqalar va siyosiy jarayonlar orqali shakllangan. Bu hududda yashovchi aholi savdo,

hunarmandchilik va dehqonchilik bilan shug‘ullangan, bu esa amirlikning iqtisodiy

barqarorligiga va madaniy boyligiga hissa qo‘shgan. Hududning strategik geografik joylashuvi


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 1, Fevral 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

26

va xalqaro savdo yo‘llarining kesishmasida joylashgani bu etnik xilma-xillikni shakllantirishda

muhim rol o‘ynagan.

Tatqiqot metodologiyasi:

Qiyoslash, taqqoslash, solishtirish.

Adabiyotlar tahlili:

Mavzuni yoritish uchun bir nechta ilmiy asar va maqolalardan, shu bilan birga xorijiy

adabiyotlardan ham keng foydalanildi. Jumladan, Bahodir Eshovning “O’zbekistonda davlat va

mahalliy boshqaruv tarixi”, Jamshid Shodiyevning “Buxoro amirligi davlatchiligining

rivojlanishi”, Akbar Zamonov va Alisher Egamberdiyevning “Buxoro amirligi tarixi” shu bilan

birga, Amir Olimxonning ‘’Buxoro xalqining hasrati tarixi’’ kabi manba va asarlar taxlil qilinadi.

Muhokama va natijalar:

Ma’lumotlarga ko’ra, Buxoro amirligi aholisi XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab tez

ko’paya boshlaydi. XIX asrning boshlariga kelib, amirlik aholisi taxminan 2 mln.dan oshiq, 50-

yillariga kelib taxminan 2,5 mlndan ortiq kishini tashkil etgan. Buxoro shahrida taxminan 60

mingdan ziyodroq, Samarqand shahrida esa taxminan 50 mingdan ortiq aholi istiqomat qilgan.

Amirlik aholisining katta qismini o’zbeklar tashkil qilgan bo’lib, juda ko’plab o’zbek urug’lari

vakillari amirlikning deyarli barcha hududlarida yashagan. Aholi tarkibidagi tojiklar Samarqand,

Buxoro, Nurota, Urgut, Kitob kabi shaharlarda, tog’li tumanlarda, jumladan, Panjikent, Vaxsh,

Hisor, Qorategin, Ko’lob, Shahrisabz, Qo’bodiyon, Yakkabog’ bekliklarida, Zarafshonning

yuqori qismida istiqomat qilganlar. Turkmanlar ham Buxoro amirligi aholisining son jihatdan

katta qismini tashkil etgan. Ular amirlikka qarashli bo’lgan Amudaryoning ikki qirg’og’ida

joylashgan yerlarda, ya’ni amirlikning janubiy va g’arbiy hududlarida istiqomat qilishgan.

Buxoro amirligi hududida aholining kichik qismini arablar tashkil etgan bo’lib, ular asosan

Qarshi va Sherobod bekliklarida yashaganlar.[1] Buxoro amirligi hududida hindlar, eroniylar,

yahudiylar, lo’lilar, afg’onlar, qoraqalpoqlar, qozoqlar va qalmiqlar ham istiqomat qilganlar. Bu

hududda istiqomat qilgan nomahalliy xalqalar, jumladan, hindlar va yahudiylar ijtimoiy qatlam

sifatida to’la huquqqa ega emas edilar va ular alohida mavzelarda yashaganlar. Amirlikda o’troq

aholidan tashqari tog’oldi va dasht hududlaridako’chmanchi va yarim ko’chmanchi aholi ham

yashagan.[2] Buxoro amirligida mahalliy aholi bilan bir qatorda, diniy e’tiqodlari turlicha

bo’lgan turli xil xalq vakillari ham istiqomat qilishgan. Mahalliy aholi o’z vaqtida qo‘shni

mamlakatlar, uzoq-yaqin shaharlar aholisi vakillariga xayrixohlik bilan qaraganlar. Shaharlarda

turli xalq vakillariga yer ajratib berilib, bu manzillarga ularning mahallalari yuzaga kelgan.

Tarixiy adabiyotlarning xabariga ko‘ra, XIX asr o’rtalarida Buxoroda «Yahudiylar mahallasi,

shahar atrofida tatar mahalla, Afshar mahalla» va boshqalar mavjud bo’lgan. Mazkur aholining

erkin yashashi, diniy e’tiqodlari uchun tegishli sharoitlar yaratib berishgan. Yahudiylar

amirlikning Buxoro, Samarqand, Qarshi, Kattaqo‘rg‘on va boshqa yerlarida yashashgan. XIX asr

20-yillarida Buxoroda bo’lgan Y.K. Meyendorof povtaxtdagi 3 ta ko‘chada yahudiylar

yashaganligi, Samarqandda ularning alohida mahallasi borligini qayd etgan. Yahudiylar maktabi

va sinagogi Buxoroda va Samarqandda ham bo’lgan. Xonlikda shuningdek, hindlar, afg‘onlar,

ruslar, armanlar, tatarlar, forslar, qalmiqlar va boshqalarni ham uchratish mumkin bo’lgan.

Buxorodagi No‘g‘ay Saroyida ko‘p sonli rossiyalik tatarlar istiqomat qilishgan.[3] Buxoro

amirligi ahilisining etnik tarkibi xilma-xil edi. Vardonze, Samarqand, Qarshi atroflarida yashab,

amirlik bozorlariga qora va kulrang qorako’l yetkazub bergan arablar aholining uncha katta


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 1, Fevral 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

27

bo’lmagan qismini tashkil etgan. Amir Haydar tomonidan to’rt ming marvlik oilaning

Samarqand atrofiga ko’chirilishi bilan soni ortgan forslar, turkmanlar, dasht yerlari va

mamlakatning shimolida, shuningdek, Zarafshon vodiysida yashagan qoraqalpoqlar, shimloi-

sharqda yashagan Kichik va O’rta juz qozoqlari vakillari ham aholining muayyan qismini tashkil

qilgan. Mamlakatda “Buxoro yahudiylari”, Samarqand va Qorako’l atrofida yashagan lo’lilar,

shuningdek, bu yerga turli maqsadlarda kelib, qolib ketgan ruslar, tatarlar, afg’onlar, hindlar,

qalmiqlarni ham uchratish mumkin edi. Poytaxt shaharda yahudiylarning 800 oilasi yashagan.[4]

Xulosa.

Buxoro amirligi xalqlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar va turli etnik

guruhlarning birgalikdagi yashash tajribasi nafaqat mintaqa tarixida, balki bugungi kunda ham

ahamiyatga ega bo‘lib, xalqaro hamjihatlik va o‘zaro hurmatning namunasini ko‘rsatadi. Bu

etnik xilma-xillik faqat tarixiy hodisa emas, balki mintaqaning madaniy merosining ajralmas

qismidir. Shu bois, Buxoro amirligining etnik tarkibini o‘rganish nafaqat o‘tmishni anglash,

balki bugungi kun va kelajak uchun muhim xulosalar chiqarishga imkon beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Bahodir Eshov “O’zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi”, Yangi asr avlodi –

Toshkent 2019

2. R.E. Xoliqova “XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Rossiya – Buxoro munosabatlari”

– Toshkent 2006

3. B.J. Eshov, A. A. Odilov “O’zbekiston tarixi” II kitob (XIV asr o‘rtalaridan - XIX asr ikkinchi

yarmigacha) “Donishmand ziyosi” - Toshkent 2020

4. Akbar Zamonov va Alisher Egamberdiyev “Buxoro amirligi tarixi” – “Tamaddun” nashriyoti

– Toshkent 2022

5. Jamshid Shodiyev “Buxoro amirligi davlatchiligining rivojlanishi” - Toshkent 2010

6. Amir Olimxon ‘’Buxoro xalqining hasrati tarixi’’ – Toshkent: Fan, 1991

Библиографические ссылки

Bahodir Eshov “O’zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi”, Yangi asr avlodi – Toshkent 2019

R.E. Xoliqova “XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Rossiya – Buxoro munosabatlari” – Toshkent 2006

B.J. Eshov, A. A. Odilov “O’zbekiston tarixi” II kitob (XIV asr o‘rtalaridan - XIX asr ikkinchi yarmigacha) “Donishmand ziyosi” - Toshkent 2020

Akbar Zamonov va Alisher Egamberdiyev “Buxoro amirligi tarixi” – “Tamaddun” nashriyoti – Toshkent 2022

Jamshid Shodiyev “Buxoro amirligi davlatchiligining rivojlanishi” - Toshkent 2010

Amir Olimxon ‘’Buxoro xalqining hasrati tarixi’’ – Toshkent: Fan, 1991