ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 1, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
388
ALI QUSHCHINING SAMARQAND ILMIY AKADEMIYASIDAGI O‘RNI
URAK PAZILOVICH LAFASOV
Filologiya fanlari nomzodi, dotsent,
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti,
lafas1963@gmail.com
Аннотация:
Ушбу мақолада “Ўз даврининг Батлимуси” сифатига сазовор бўлган буюк
олим Али Қушчи, унинг отаси ва уларнинг табақаси тўғрисидаги маълумот берилган.
Қутчи уруғи туркийларни озодликка олиб чиққан буюк Қутлуқ (Қут+луғ, Гудулу), яъни
Элтариш хоқоннинг болалари эканлиги айтилган. Шу аснода туркийларнинг бошқа
аслзода уруқ (уруғ) лари ҳақида изоҳлар баён қилинган. Нужум илмининг билимдони
Алоуддин Абу-л-Ҳасан Али ибн Муҳаммад Самарқандий Қушчи (Қутчи)нинг ҳаёт йўли,
илмий ишлари, унинг Самарқанд астрономия илмий мактабидаги фаолияти, илмий
кашфиёт учун муҳим бўлган кенглик нуқтасини топиш ва “Зижи жадди Кўрагоний”
юлдузлар жадвалини тузишдаги хизмати, илмий мактаб топшириқларини ҳамда давлат
вазифасини сидқидилдан бажариши кабилар масалалар шарҳланган. Шунингдек Али
Қушчи томонидан Самарқанд кутубхонасидаги ноёб китобларнинг яширилиши, унинг
Туркиядаги илмий фаолияти, Самарқанд астрономия илмий мактабининг ютуқларидан
Европа олимларини хабардор этиши сингари жаҳоншумул хизматини ёритиб беришга
бағишланган.
Калит сўзлар:
Али Қушчи, қутчи уруғи, шогирд, Мирзо Улуғбек, расадхона, кенглик
нуқтаси, кутубхона, алгебра, астрономия, геометрия, илдиз, “ижобий”, “салбий”, қўлёзма,
юлдузлар жадвали.
Аннотация:
В данной статье приводятся сведения о жизни и творчестве великого учёного
Али Кушчи, добившегося звания “Птолемея своего времени”, а также об его отце и его
непростом, а знатном происхождении. Говорится о том, что род Қутчи являютя
потомками великого Қутлуга (Қут+луғ, Гудулу), спасшего, приведшего к освобождению
тюркские рода и племена Элтариш кагана. На этой основе рассказывается и о других
тюркских родах и племенах, приведены сведения о них. В ней показан жизненный путь
знатока астрономии (Нужум) илмининг билимдони Алоуддин Абу-л-Ҳасан Али ибн
Муҳаммад Самаркандий Қушчи (Қутчи)нинг ҳаёт йўли, его научные труды, его
деятельность в научной школе астрономии города Самарканда, нахождение им точки
широты, столь важной для научных открытий и его труды, вложенные в составление
таблицы звёзд “Зижи жадди Кўрагоний”, выполнение им научных заданий и задач
государственного значения. Вместе с тем, здесь рассказано о том, как Али Кушчи сумел
укрыть редчайшие книги Самаркандской библиотеки, а также о его научной деятельности
в Турции, о его заслугах в доведении до Европы научных достижений Самаркандской
научной школы астрономии.
Ключевые слова:
Али Кушчи, род кутчи, ученик, Мирзо Улугбек, обсерватория, точка
широты, библиотека, алгебра, астрономия, геометрия, корень, “положительный”,
“отрицательный”, рукопись, звёздная таблица.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 1, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
389
Annotation:
In this article we notice about Ali Kushchi also known as “That time’s Batlimus”
also about his father and their root family. Also we can see Kutchi’s (Boxer) tribe who took part
to give liberty for Turkish tribes Kutlug (Gudulu) and they were Eltarish khan’s children and
other explanation about aristocrate Tourkish tribes. In this article we notice some focts about Ali
Kushchi and other aristocrates about Tourkish tribes. Also here given fomous sceentist Alouddin
Abu-l-Khasan Ali ibn Mukhammad Samarkandiy Kushchi’s life, his discovery about finoling
width point, finoling out “Zijji jaddi Ko‘ragoniy” table about location of stars and his important
mission in politics. Ali Kushchi was famous with his books about astronomy and he hide
valuable books in library. In this article it is noticed his great work in Turkiy and his altivity to
aware of Evrope about sceentific school of Sammarkand.
Keywords:
Ali Kushchi, clan qutchi, apprentice, Ulugbek, observatory, point of width, library,
algebra, astronomy, geometry, root, positive, negative, manuscript, astronomical table.
Tarixiy manbalarda
Nuh yalavaj
“Turonzamin va Turkistonni
Yofas
alayhissalom uchun
asrab qo‘ygan edi
” deyilgan, shuning uchun unga “
Abut-turk
” sifatini berishgan. Yofas ibn
Nuhning ikkinchi nomi
Tur
bo‘lib, uning to‘qqiz o‘g‘lidan tarqagan ellar
turlar
, ular
yashagan joy esa
Turon
deb atalgan.
Turkiylar xaiqlarni xitoy zulmidan ozodlikka olib chiqqan buyuk
Qut+luq
, ya’ni
Eltarish
xoqon
ning avlodlari
qutchilar
deb atalgan. Xoqonning ismi xitoy manbalarida
Gudulu
shaklida uchraydi. Toshbitiklarda Qutlug‘ xoqonning 681-yilda chinlarga qarshi kurashib,
Ko‘kturklar davlatini qayta tiriltirgani haqida hikoya qilingan
. Ana shu tarixiy dalilga
asoslangan turkiyshunos olim Nasimxon Rahmon Qutluqxon xitoyliklar istilosiga qarshi
qo‘zg‘olon ko‘targanligi va keyinchalik Eltarish nomini olganligi yozgan
.
Qutji
etnonimning
o‘zagi “
qut
” (baxt) bo‘lib, unga
-ji
so‘z yasovchi qo‘shimchasining qo‘shilishidan yuzaga
kelgan. Keyinchalik “
qutji
” so‘zi fors tili ta’sirida “
qutchi
”ga aylangan. Tildagi singishish
(assimilyasiya) hodisasi sababli “qutchi” atamasi “quchchi” shakliga kelib qolgan.
Qutchilarning turkiy urug‘ ekanligi Movarounnahr, Yettisuv, Qashqar, Qirg‘iziston va
Janubiy Sibirda yashashi haqida boshqa olimlar ham aytib o‘tishgan
. Ayrim qadimiy
lug‘aviy birliklar, jumladan Tibet terminining turkiy muqobili bo‘lgan Tan
qut
, ya’ni
Tangri
qut
atamasi tarkibida ham “qut” so‘zi mavjuddir
. Bundan shuni bilish mumkinki,
turkiylarda “qut” (baxt) so‘ziga juda hurmat bilan qarashgan. Qutlug‘xonning tug‘ishgan
1
Мирзо Улуғбек. Тўрт улус тарихи. Т., “Чўлпон” нашриёти, 1994, 34-бет.
2
Ғ.Абдураҳмонов, А.Рустамов. Қадимги туркий тил. Ўқитувчи. – T.: 1982. – 166 бет.
3
Усмон Турк. Туркий халқлар мафкураси (туркчадан Улуғбек Абдулваҳоб таржима қилган). Тошкент,
“Чўлпон” нашриёти. 1995, 84-бет.
4
Насимхон Раҳмон. Турк хоқонлиги. Т., Абдулла Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти. 1993, 145 бет.
5
Турон қавмлари. Тошкент, “Истиқбол” нашриёти. 2008, 209-бет. Турон қавмлари. Тошкент, “Истиқбол”
нашриёти. 2008, 209-бет.
6
Абдуқаҳҳор Иброҳимов. Бизким ўзбеклар. Тошкент, “Шарқ” нашриёти. 2011, 396-бет.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 1, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
390
ukasidan tarqalgan zurriyotlar “
nayman
”lar nomini olgan. Qiyot, qo‘ng‘irot urug‘lari esa
Eltarish xoqon o‘g‘li
Bilga hoqon
ning bolalari hisoblanadi. Bilga xoqonning asl oti Xitoy
yilnomalarida Mu
ng
ulxon deb berilgan
. Undan tarqagan avlod “
mung+ul
” (aslzoda) degan
umumiy nom bilan atalgan. Ushbu so‘z arabiy talaffuzda o‘zgarib “mug‘ul”ga aylanib qolgan.
Mazkur termin inglizchada mughul (aristocrat), ruschada esa могол (аристократ) shaklida
aytiladi. Turkiy tilda ana shu so‘zga paronim bo‘lgan “
mun+gul
” termini ham bor.
Mun+gul
atamasi “mongol”, ya’ni “yilqichi” ma’nosini bildiradi va inglizchada mongolian (groom),
ruschada esa монгол (конюх) tarzida beriladi. Bizning aytim olimlarimiz mazkur paronim
terminlarni farqlashmaydi yoki farqlashni istashmaydi.
Turkiylarning aslzodasi bo‘lgan
o‘kuzbek
(qutji, qiyot, qo‘ng‘irot, nayman)lar boshqa turkiy
ellarni oqilona boshqarishgan va tartibli davlat tizimini shakllantirishgan. O‘kuzbeklar otasini
o‘ta darajada hurmat qilgani va ulug‘ sanagani bois Tangri ularga beqiyos darajada aql-
zakovat ato etgan. Shu sababli o‘kuzbeklar dunyo tamaddunini boshlab bergan va doimo
tamaddun asoschilari sifatida qadrlangan qavmlardir. Dunyo tamadduniga ulkan hissa
qo‘shgan o‘kuzbeklardan juda ko‘p mashhur zotlar yetishib chiqqan.
Ana shunday zotlardan biri buyuk mutafakkir Mirzo Ulug‘bekning shogirdi “farzandi
arjumand”i maqomiga erishgan Alouddin Abu-l-Hasan Ali ibn Muhammad Samarqandiy
Qutji//Qushchi dir. Uning ajdodlari aslida kitoblik bo‘lib, keyin o‘rdakent (poytaxt)
Samarqandga ko‘chiib kelishgan. Alining otasi Muhammad Qutji Amir Temur qarorgohining
boshlig‘i bo‘lgan
Yer yuzida Ko‘k (osmon)dagi sayyora va yulduzlar juda tiniq ko‘rinadigan beshta
enlama
(kenglik)
nuqta
bor. Agar ana shu nuqtalar chiziqlar orqali birlashtirilsa, enlama (aylana)
shakl yuzaga keladi. Shuning uchun qutjilar o‘zlarining asosiy tamg‘asi sifatida qo‘maloq,
ya’ni quyoshga o‘xshash shaklni olishgan va ularning tug‘i(bayrog‘i)da ham ana shunday
shakl aks etgan.
7
Ғ.Абдураҳмонов, А.Рустамов. Қадимги туркий тил. Ўқитувчи. – T.: 1982. – 121 бет.
8
Ўзбекистон миллий энциклопедияси. 1-жилд. Т., “ЎзМЭ” нашриёти, 2000, 208-бет.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 1, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
391
Beshta enlama
(
kenglik
)
nuqta
Bu holat qutjilarning qadimiy osmon ilmidan yaxshi xabardor ekanligi yana bir bor
tasdiqlaydi. Qutjilar yer yuzidagi beshta enlama (kenglik) nuqtalarini bilishgan. Keyinchalik
olimlar tomonidan ushbu joylar yana qayta aniqlandi. Jahon munajjimlik fani amaliyotida eng
avval O‘zbekiston hududidagi enlama (kenglik) nuqta qutjilar, ya’ni Ali Qutji//Qutchining
ajdodlari tomonidan topilgan. Ular bu joy,
Niyoztepa
ni Mirzo Ulugbekka ko‘rsatishgan.
Mirzo Ulug‘bek o‘sha joyga kichik rasadxona qurdirgan. Samarqand nujum ilmi akademiyasi
olimlaridan G‘iyosiddin Koshiy, Qozizoda Rumiy, Mirzo Ulug‘bek Niyoztepadagi kichik
rasadxonada turib osmon jismlari harakatini aniq kuzatishgan.
Ali Qushchi (1402-1474)
Samarqand olimlari
Keyinchalik kuzatuv natijalari Samarqanddagi rasadxonada Mirzo Ulug‘bek va Ali Qutji
tomonidan mukammal tahlil qilinib ilmiy xulosalar chiqarilgan.
Samarqanddagi rasadxona
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 1, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
392
Chunki Samarqanddagi rasadxona qurilishi tugamasdan ustoz olimlar G‘iyosiddin Koshiy va
Qozizoda Rumiy vafot etishgan. Mirzo Ulug‘bek “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” asarini mualliflari
sifatida qo‘lyozma yakunida G‘iyosiddin Koshiy, Qozizoda Rumiy, o‘zi (Mirzo Ulug‘bek) va
Ali Qutji//Qushchini ko‘rsatgan. Ushbu dalil Samarqand rasadxonasida emas, balki Niyoztepa
(hozirgi Kitob tumani)dagi kichik rasadxonada yulduzlar kuzatilganligini tasdiqlaydi.
Mirzo Ulug‘bekning fojiali olimidan so‘ng 1471-yili Ali Qushchi juda ko‘p urug‘doshlari va
shogirdlarini olib Ozarbayjonga, ya’ni Tabrizga oqquyunlilar hukmdori urug‘doshi Uzun
Hasan huzuriga borgan. Qutjilar Tabrizda ikki yil istiqomat qilishgan. So‘ngra Turkiya sultoni
Mehmed (Mahmud)
II Fotih
Ali Qushchini Istambulga taklif qiladi. Ali Qushchi Uzun
Hasanning roziligi bilan 1472-yili Istambulga sulton huzuriga tashrif buyuradi. Mehmed
(Mahmud) II Fotih sulton uni Istambulda qolishga ko‘ndirgan. U sultonning farmoni bilan
Tabrizga qaytib 200 oila, mingdan ortiq urug‘doshlarini Istambulga olib ketgan. Istambuldagi
Sulton Ali Qushchini Ayo So‘fiya madrasasiga bosh mudarris etib tayinlaydi. Bu haqda turk
olimi Abdulhaq Adnan ham ma’lumot berib, Ali Qushchi to‘g‘risida maqola yozgan. Ammo
Abdulhaq Adnanning maqolasida Ali Qushchining taxallusi va tabaqasiga tegishli g‘alizliklar
bor. Ali Qushchi o‘zining xolis xizmati bilan ilm-fanda Samarqand akademiyasi olimlari
qo‘lga kiritgan beqiyos zafarlarni G‘arb olimlariga yetkazgan. Buyuk olim Ali Qushchi 1474-
yili 72 yoshida vafot etgan. Ali Qushchi vafotidan so‘ng uning qarindosh va shogirdlari
Miram Chalabiy, Husayn Birjandiy, Bahovaddin Omuliy, Najmiddin Alixon va boshqalar
uning ilmiy ishlarini davom ettirishgan
.
Ali Qushchi serqirra, ijodkor olim sifatida o‘ttizga yaqin ilmiy asar yozgan: “
Risolayi ashkol
al-qamar
” (“Oyning shakllari haqida risola”) , “
Matematika va astronomik jo‘g‘rofiya
”,
“
Mu’jaz fi-t-tib
” (“Tabobatning qisqa bayoni”), “
Risola dar ilmi hay'at
” (“Astronomiya
ilmi haqida risola”), “
Risolayi fathiya
” (“G‘alaba risolasi”), “
Risolayi Muhammadiya
”
(“Muhammad risolasi”), “
Tarixi xoqoni Chin
” (“Chin xoqonining tarixi”), “
Mahbub al-
hamo'il fi kashf al-maso'il
” (“Masalalarni yechishda qo‘llanadigan maqbul yon daftari”),
“
Risola fi-mavzuot al-ulum
” (“Ilmlarning mavzulari haqida risola”), “
Hisob haqida risola
”,
“
Kasrlar haqida risolasi
” va boshqalar.
Ali Qushchi Ulug‘bekning “Ziji Ulug‘bek”, Nasruddin Tusiyning Ziji Elxoniy”, Qutbiddin
Sheroziyning “Tuhfat ash-shohiya fil-hay'at”, Nasruddin Tusiyning “Tadrij” nomli
astronomiya va matematikaga oid asarlariga, Taftazoniy, Nasruddin Tusiy, Qozi
Azuddinlarning falsafa, huquq va tilshunoslikka oid asarlariga mukammal sharhlar yozgan.
Xulosa qilib aytganda, yurtdoshimiz va millatdoshimiz buyuk olim Alouddin Ali ibn
Muhammad Qutji//Qushchi dunyo ilm fanining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan. Shu bilan birga
Mirzo Ulug‘bek boshchilik qilgan ilmiy maktab, Samarqandda erishilgan ilmiy yutuqlar va
astronomik jadval bilan yevropa olimlarini tanishtirgan. Ali Qushchining xizmati tufayli
Samarqand ilmiy akademiyasining ilmiy yutuqlari O‘rta Sharq, Yaqin Sharq va Yevropaga
tarqalgan.
Адабиётлар рўйхати
9
Аҳадова М. Ўрта Осиёлик машҳур олимлар ва уларнинг математикага доир ишлари. Т., “Ўқитувчи”, 1983.
211-бет.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 1, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
393
1. Мирзо Улуғбек. Тўрт улус тарихи. Т., “Чўлпон” нашриёти, 1994, 34-бет.
2. Ғ.Абдураҳмонов, А.Рустамов. Қадимги туркий тил. Ўқитувчи. – T.: 1982. – 166 бет.
3. Усмон Турк. Туркий халқлар мафкураси (туркчадан Улуғбек Абдулваҳоб таржима
қилган). Тошкент, “Чўлпон” нашриёти. 1995, 84-бет.
4. Насимхон Раҳмон. Турк хоқонлиги. Т., Абдулла Қодирий номидаги халқ мероси
нашриёти. 1993, 145 бет.
5. Турон қавмлари. Тошкент, “Истиқбол” нашриёти. 2008, 209-бет. Турон қавмлари.
Тошкент, “Истиқбол” нашриёти. 2008, 209-бет.
6. Абдуқаҳҳор Иброҳимов. Бизким ўзбеклар. Тошкент, “Шарқ” нашриёти. 2011, 396-бет.
7. Ўзбекистон миллий энциклопедияси. 1-жилд. Т., “ЎзМЭ” нашриёти, 2000, 208-бет.
8. Аҳадова М. Ўрта Осиёлик машҳур олимлар ва уларнинг математикага доир ишлари. Т.,
“Ўқитувчи”, 1983. 211-бет.
