ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 1, March2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
376
O‘ZBEKISTONDA OLIY TA’LIM XIZMATLARINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-
TADBIRLARI
Amriyeva Shaxzoda Xusanovna,
SamISI, “Raqamli iqtisodiyot” kafedrasi assistenti
Farmonov Beksulton Jamshid o‘g‘li,
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada malakali kadrlar tayyorlash, yoshlarning ilm olishi va mamlakat
rivoji uchun hissa qo‘shishiga keng imkoniyatlarni yaratib berish maqsadida oily ta’lim tizimini
takomillashtirish hamda ta’lim xizmatlarini rijovlantirish chora-tadbirlari yoritib berilgan.
Shuningdek, qabul qilinayotgan qarorlar va qonunlar natijalari keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
ta’lim tizimi, oliy ta’lim xizmatlari, kredit-modul tizimi, malakali kadrlar,
“Universitet 3.0”, mehnatni rag’batlantirish, “Top-1000” reyting
Abstract:
This article discusses measures to improve the higher education system and develop
educational services in order to train qualified personnel, create broad opportunities for young
people to study and contribute to the development of the country. The results of the adopted
decisions and laws are also presented.
Keywords:
education system, higher education services, credit-module system, qualified
personnel, "University 3.0", labor incentives, "Top-1000" rating.
Аннотация:
В статье изложены меры по совершенствованию системы высшего
образования и развитию образовательных услуг в целях подготовки квалифицированных
кадров, создания широких возможностей для обучения молодежи и внесения ею вклада в
развитие страны. Также представлены результаты принимаемых решений и законов.
Ключевые слова:
система образования, услуги высшего образования, кредитно-
модульная система, квалифицированные кадры, «Университет 3.0», стимулирование труда,
рейтинг «Топ-1000».
Har bir mamlakatning, jamiyatning taraqqiyoti u yerda ilmu fanning naqadar rivoj topgani bilan
uzviy bog‘liqdir. Ilmga va uni o‘rganishga qaratilayotgan e’tibor o‘sha davlatning ertangi kunini
belgilab beradi. Shu sababli mamlakatimiz rahbari davlatimizni barqaror rivojlantirish, malakali
kadrlar tayyorlash maqsadida Oliy ta’limni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor berib
kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-
yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq:
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 1, March2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
377
o
O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini mamlakatimiz oliy
ta’lim muassasalarining flagmaniga aylantirish;
o
respublikadagi kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar
(Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic
Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari
ro‘yxatiga, shu jumladan O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini
birinchi 500 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish;
o
oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga
o‘tkazish;
o
xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta’limning ilg‘or standartlarini joriy etish,
jumladan o‘quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo‘naltirilgan ta’limdan amaliy ko‘nikmalarni
shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish;
o
oliy ta’lim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, ijtimoiy soha va
iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shadigan, mehnat bozorida
o‘z o‘rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish;
o
oliy ta’lim muassasalarining akademik mustaqilligini ta’minlash;
o
oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy-tadqiqotlar natijalarini
tijoratlashtirish faoliyatining uzviy bog‘liqligini nazarda tutuvchi “Universitet 3.0”
konsepsiyasini bosqichma-bosqich joriy etish;
o
xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, pullik xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va
boshqa budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga oliy ta’lim muassasalarida texnopark, forsayt,
texnologiyalar transferi, startap, akselerator markazlarini tashkil etish hamda ularni tegishli
tarmoq, soha va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tadqiq qiluvchi va
prognozlashtiruvchi ilmiy-amaliy muassasalar darajasiga olib chiqish;
o
oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilari, doktorantlari,
bakalavriat va magistratura talabalarining yuqori impakt-faktorga ega nufuzli xalqaro ilmiy
jurnallarda maqolalar chop etishi, maqolalarga iqtiboslik ko‘rsatkichlari oshishi, shuningdek
respublika ilmiy jurnallarini xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasiga bosqichma-bosqich
kiritilishini ta’minlash;
o
O‘zbekiston oliy ta’lim tizimini Markaziy Osiyoda xalqaro ta’lim dasturlarini amalga
oshiruvchi “xab”ga aylantirish;
o
oliy ta’limning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xorijiy ta’lim va ilm-fan
texnologiyalarini jalb etish;
o
talaba-yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan
kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish;
o
oliy ta’lim muassasalarining infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasini, shu jumladan
xalqaro moliya institutlarining imtiyozli mablag‘larini keng jalb qilish hisobiga yaxshilash,
ularni bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish va moliyaviy
barqarorligini ta’minlash;
o
ta’limning ishlab chiqarish korxonalari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan o‘zaro
manfaatli hamkorligini yo‘lga qo‘yish;
o
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan imkoniyati cheklangan
shaxslarning oliy ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish, ular uchun infratuzilmaga oid
sharoitlarni yaxshilash vazifalari belgilangan.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Oliy va o‘rta maxsus ta'lim
tizimini
tubdan
takomillashtirish
chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi
prezident
qarori
loyihasi joylashtirildi.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 1, March2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
378
Hujjatda qayd etilishicha, amalga oshirilayotgan ishlarning tahlili oliy ta'lim tizimi oldida turgan
vazifalarni samarali tashkil qilish, amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan ayrim muammo va
kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatmoqda. Xususan:
birinchidan, oliy va o‘rta maxsus ta'lim tizimida o‘qitishni tashkil etish jarayoni, ta'lim
berayotgan professor-o‘qituvchilar tomonidan fan mazmunini yetkazish va ta'lim olayotgan
talabalarni o‘zlashtirish hamda ularning bilimini to‘g‘ri baholash tizimi talab darajasida emas;
o‘quv jarayonini zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish borasida ta'lim dasturlari
mazmuni va ularni yangilab borish sur'atlari bugungi kunda izchil rivojlanayotgan iqtisodiyot
tarmoqlari va mehnat bozorining o‘zgaruvchan talablariga to‘laqonli javob bermaydi;
ikkinchidan, professor-o‘qituvchilarning o‘z ustida doimiy ishlamaganligi, bilimi, pedagogik
ko‘nikmasi va mahoratining pastligi, innovatsion ta'lim texnologiyalaridan foydalanmaganligi
bitiruvchilarni buyurtmachi (ish beruvchi) talabiga javob bermasligiga olib keldi;
respublikada oliy va o‘rta maxsus ta'lim muassasalariga talabalarni qabul qilishni
rejalashtirishning maqbul mexanizmlari ishlab chiqilmaganligi natijasida mehnat bozori va ta'lim
xizmatlari bozori o‘rtasida nomutanosiblik kelib chiqishiga asos bo‘ldi;
uchinchidan, oliy ta'lim va o‘rta maxsus muassasalari innovatsion va texnologik g‘oyalar bilan
fikr almashadigan muloqot markazlariga aylanmaganligi, tegishli sohalarda mavjud muammo va
kamchiliklarning tizimli o‘rganilmaganligi sohada ilm-fan yo‘nalishlarining rivojlanmaganligiga
olib keldi;
to‘rtinchidan, oliy va o‘rta maxsus ta'limining ijtimoiy mavqei va nufuzi, xodimlari mehnatini
rag‘batlantirish tizimi past darajada bo‘lganligi aksariyat holatlarda sohada ko‘plab
muammolarning saqlanib qolishiga sabab bo‘lmoqda;
markazlashgan holda oliy va o‘rta maxsus ta'lim muassasalari rahbar kadrlarini tayinlash,
ularning tashkiliy tuzilmalarini tasdiqlash tartiblari ta'lim muassasalari boshqaruvini samarali
tashkil etish va zimmasiga yuklatilgan vazifalarning jadal sur'atlarda ijrosini ta'minlashda
muayyan muammolarni keltirib chiqarmoqda;
beshinchidan, oliy va o‘rta maxsus ta'lim muassasalaridagi zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnika va texnologiyalari boshqaruvi, o‘quv-jarayonini tashkil etish, dasturiy vositalarni ta'lim
mazmuniga singdirish masalalari talab darajasida emas;
oliy va o‘rta maxsus ta'lim tizimi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va modernizatsiya
qilish, ularni zamonaviy o‘quv laboratoriyalari hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
bilan ta'lim yo‘nalishlarining dasturlari talablariga muvofiq ravishda ta'minlanmagan.
Yuqorida keltirilgan muammolarning oldini olish hamda bartaraf etish maqsadida qator qarorlar
qabul qilinib va chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2019 yilda O'zbekiston
Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi, u oliy
ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, respublika oliy o'quv yurtlarini xalqaro
e'tirof etilgan tashkilotlar reytinglarida (QS, THE, Academic Ranking of World Universities)
ilgari surish uchun asos yaratdi.
Bu hujjat universitetlar tizimini rivojlantirish bo'yicha strategik dasturga aylanib, rivojlanishning
asosiy ko'rsatkichlarini belgiladi. Tizimli chora-tadbirlar tufayli mamlakatning ikki oliy o'quv
yurti – Milliy tadqiqot universiteti «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash
muhandislari instituti» va Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti birinchi
marta dunyoning TOP-1000 eng yaxshi universitetlari reytingiga kirdi (QS World University
Rankings-2025).
Amaldagi islohotlar doirasida zamonaviy standartlarni joriy etishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
2020 yildan boshlab mamlakatning barcha oliy o'quv yurtlari Yevropaning oliy ta'lim tizimi
asosida (European Credit Transfer and Accumulation System) kredit-modul tizimiga bosqichma-
bosqich o'tmoqda. Bu ta'lim dasturlarining moslashuvchanligini ta'minladi va talabalarga fanlarni
tanlash imkoniyatini yaratdi. Shu bilan birga, kredit-modul tizimini joriy etish talabalarga
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 1, March2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
379
O'zbekiston universiteti va boshqa davlatlar sherik universiteti diplomlarini olish imkonini
beruvchi qo'sh diplom dasturi (Double Degree) amaliyotini faol ravishda kengaytirishga hissa
qo'shadi.
Oliy ta'lim sohasidagi eng muhim yutuq oliy ta'lim qamrovining oshishi hisoblanadi. 2023 yilda
oliy ta'lim qamrovi darajasi 42% ni tashkil etdi, bu 2016 yildagi ko'rsatkichdan qariyb 5 baravar
ko'pdir (9%). Bugungi kunda oliy o'quv yurtlarida talabalar soni 1,3 millionni tashkil qiladi.
Mamlakatdagi oliy o'quv yurtlari soni 2016 yilda 77 ta bo'lgan bo'lsa, 2023 yilda 213 taga yetdi
(ulardan 97 tasi nodavlat yoki xorijiy universitetlar). Iste'dodli yoshlarni qo'llab-quvvatlash
uchun 2021 yildan boshlab O'zbekiston Respublikasi Prezidenti granti joriy etildi, u davlat oliy
o'quv yurtlarining kunduzgi bo'limi bakalavriatiga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to'plagan
200 abiturientga taqdim etiladi. 2022/2023 o'quv yilidan boshlab xorijiy universitetlar va
ularning filiallarida, shuningdek, respublikadagi nodavlat universitetlarda 1000 grant joylari
ajratildi. Shuningdek, shu o'quv yilidan boshlab oliy ma'lumotga ega bo'lmagan, Oila va ayollar
qo'mitasi tavsiyasini olgan ayollar uchun umumiy parametrlarga qo'shimcha ravishda 2000
davlat granti ajratildi.
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalarni integratsiyalashtirishni ta'minlash ham zamonaviy
islohotlarning asosiy vazifasidir. Mamlakatning oliy o'quv yurtlarida ta'lim, fan, innovatsiya va
oliy ta'lim muassasalarida ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish faoliyatining uzviy
bog'liqligini nazarda tutuvchi «Universitet 3.0» konsepsiyasi joriy etilmoqda. Natijada oliy o'quv
yurtlarining ilmiy salohiyati 40% ni tashkil etdi, «Scopus» va «Web of Science» bazalaridagi
maqolalar soni 3574 taga yetdi. 2023 yil yakuni bo'yicha oliy o'quv yurtlari va ilmiy
tashkilotlarning tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish hajmi 270,6 milliard so'mni tashkil qildi, 17
ta spin-off kompaniyalari yaratildi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonning oliy ta’lim tizimi so‘nggi yillarda sezilarli darajada
rivojlanib, ko‘plab islohotlar va yangiliklar joriy qilindi. Mamlakatimiz rahbariyati tomonidan
qabul qilingan qarorlar va farmonlar oliy ta’lim muassasalarining sifatini oshirish, xalqaro
reytinglarda o‘rin olish, zamonaviy ta’lim metodlarini joriy etish va ilm-fan bilan integratsiyani
kuchaytirish maqsadlarini ko‘zda tutadi. Oliy ta’lim tizimining kengayishi, o‘quv dasturlarining
moslashuvchanligi, va talabalarga keng imkoniyatlar yaratish orqali jamiyatning ilmiy-texnik va
iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shish maqsad qilinmoqda.
Xususan, universitetlarning xalqaro reytinglarda o‘rin olishiga e’tibor qaratilishi, oliy ta’lim
tizimining sifatini yangi bosqichga olib chiqishga yordam bermoqda. Shuningdek, kredit-modul
tizimi va qo‘sh diplom dasturlari kabi innovatsion yondashuvlar ta’lim jarayonini yanada
takomillashtiradi. Bu jarayonda professor-o‘qituvchilarning malakalarini oshirish, ilm-fan va
innovatsiyalarni tijoratlashtirish, hamda zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga
integratsiya qilish kabi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Natijada, oliy ta’lim sohasida
mehnat bozorining talablariga mos kadrlar tayyorlanmoqda va mamlakatimizning global ilmiy
va ta’lim tizimidagi mavqei mustahkamlanmoqda.
Shu bilan birga, bu islohotlar faqat oliy ta’lim muassasalarining yuksalishiga emas, balki
umumiy iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
2.
https://kun.uz/news/2018/12/17/oliy-talim-tizimidagi-muammo-va-kamchiliklar-malum-
3.
https://uzbekistan.org.ua/uz/yangiliklar/7213-o-zbekistonda-oliy-ta-lim-tizimidagi-
islohotlar-raqobatbardosh-kadrlar-tayyorlashga-qaratilgan,.html
4.
https://muslim.uz/uz/e/post/22598-ilm-saodat-kaliti-ilmsizlik-jaholatdir-2
