ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 1, March 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
354
TA’LIMNI BOSHQARISHDA IJTIMOIY MEDIANING O‘RNI
Sharipov Asilbek Farxodovich
O‘zbekiston Respublikasi Oriental universiteti
Magistratura fakulteti 1-bosqich magistranti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ta’lim boshqaruvida ijtimoiy medianing roli va ahamiyati tahlil
qilinadi. Tezkor axborot almashinuvi, interaktiv kommunikatsiya va onlayn hamkorlik
imkoniyatlari tufayli ijtimoiy media ta'lim muassasalarining boshqaruv jarayonlariga katta ta’sir
ko‘rsatmoqda. Facebook, Telegram, Instagram kabi platformalar orqali ta’lim muassasalari o‘z
xodimlari, talabalar va ota-onalar bilan aloqalarni mustahkamlaydi va jarayonlarni samarali
boshqarish imkoniyatini yaratadi. Maqolada ijtimoiy media vositalarining ta'limni boshqarishda
qanday foydalanilishi, ularning imkoniyatlari va xavf-xatarlaridan qanday samarali foydalanish
mumkinligi ko'rib chiqiladi. Ushbu tadqiqot ta'lim boshqaruvini modernizatsiya qilish va raqamli
transformatsiya jarayonlarini qo'llab-quvvatlashda ijtimoiy medianing ahamiyatini yoritadi.
Kalit so‘zlar:
Axborot, ijtimoiy media, ijtimoiy tarmoq, brend, imidj, interaktiv, darslik, talaba,
resurs, video, dars materiali, content, xavfsizlik, maxfiylik, platforma, kommunikatsiya.
Аннотация:
В данной статье анализируется роль и значение социальных медиа в
управлении образованием. Благодаря возможности оперативного обмена информацией,
интерактивной коммуникации и онлайн-сотрудничества, социальные медиа оказывают
значительное влияние на процессы управления образовательными учреждениями. Через
такие платформы, как Facebook, Telegram, Instagram, образовательные учреждения
укрепляют связи со своими сотрудниками, студентами и родителями, создавая
возможности для эффективного управления процессами. В статье рассматривается, как
социальные медиа могут быть использованы в управлении образованием, какие
возможности они предоставляют и как эффективно использовать их для минимизации
рисков. Данное исследование освещает важность социальных медиа в поддержке
модернизации управления образованием и процессов цифровой трансформации.
Ключевые слова:
Информация, социальные медиа, социальная сеть, бренд, имидж,
интерактивный, учебник, студент, ресурс, видео, учебный материал, контент,
безопасность, конфиденциальность, платформа, коммуникация.
Annotation:
This article analyzes the role and importance of social media in educational
management. Due to the possibilities of rapid information exchange, interactive communication,
and online collaboration, social media has a significant impact on the management processes of
educational institutions. Through platforms such as Facebook, Telegram, and Instagram,
educational institutions strengthen their connections with staff, students, and parents, creating
opportunities for efficient process management. The article examines how social media can be
used in educational management, the opportunities they provide, and how to effectively use them
to minimize risks. This research highlights the importance of social media in supporting the
modernization of educational management and digital transformation processes.
Key words:
Information, social media, social network, brand, image, interactive, textbook,
student, resource, video, lesson material, content, security, privacy, platform, communication.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 1, March 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
355
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev, ijtimoiy media va raqamli
kommunikatsiyalarni zamonaviy jamiyat va ta’lim tizimi uchun zarur vositalar, ularni davlat
boshqaruvi va yoshlarni tarbiyalash jarayonlarida samarali ishlatish muhimligi haqida takidlab,
ijtimoiy media o‘zaro aloqalarni mustahkamlash va axborot almashish jarayonlarini
tezlashtirishda muhim rol o‘ynayotganligi, ijtimoiy media vositalarini davlat ishlarini ochiq va
shaffof qilish, jamiyat bilan muloqot qilishda qo‘llash, ayniqsa, ta’lim va yoshlar siyosatida
ijtimoiy media platformalarini ta’lim muassasalari bilan aloqalarni mustahkamlash, talabalar va
ularning ota-onalari bilan samarali kommunikatsiya o‘rnatish uchun qo‘llash, ijtimoiy
tarmoqlarni, jamiyatni yangilash va raqamli transformatsiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlashda
asosiy vosita sifatida ko‘rishimiz kerakligi haqida ta’kidlab o‘tganlar.
Ijtimoiy media ta’limni boshqarishda kommunikatsiya vositasi sifatida ko‘radigan
bo‘lsak, ijtimoiy media ta’lim muassasalarining o‘qituvchilar, talabalar va ota-onalar bilan
samarali
aloqani
yo‘lga
qo‘yishiga
xizmat
qiladi.
Masalan, ijtimoiy media yordamida quyidagi vazifalar bajarishimiz mumkin:
-
Axborot yetkazish
: Yangi o‘quv yilida o‘quv rejalari, mashg‘ulotlar jadvali, muhim tadbirlar
va turli yangiliklarni talabalar va ota-onalarga tezkor yetkazishimiz mumkin.
-
Fikr-mulohaza olish
: Ijtimoiy tarmoqlar orqali talabalar va ota-onalarning o‘quv jarayoniga
doir fikrlarini tez va to‘g‘ridan-to‘g‘ri olish mumkin, bu esa boshqaruv jarayonini talablarga
moslashtirishga yordam beradi.
1.
Boshqaruvning ochiqligini ta’minlash
: Ta’lim muassasalari o‘z faoliyatini keng auditoriyaga
ochiq
qilib
namoyish
qilish
orqali
oshkoralik
va
ishonchni
ta’minlaydi.
Bundan tashqari ta’lim boshqaruvida ijtimoiy medianing imkoniyatlari tinglovchilarga va
ularning ota-onalariga bir muncha qulayliklar yaratadi va shu bilan birgalikda, ijtimoiy media
ta’lim muassasalari boshqaruv jarayoniga bir qator yangi imkoniyatlarni olib keladi, ya’ni:
2.
Brend va imidj yaratish
: Ta’lim muassasalari o‘z brendini ijtimoiy media orqali keng targ‘ib
qilishlari mumkin. Bu esa ularning jozibadorligini oshirish va talabalarni jalb qilishda katta
ahamiyatga ega.
3.
Interaktiv
o‘quv jarayoni yaratish
: Ijtimoiy media orqali darslar va seminarlar uchun maxsus
guruhlar tashkil etib, talabalar bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish o‘quv jarayonini
interaktiv va qiziqarli qiladi.
4.
Axborotlarni boshqarish va baham ko‘rish
: Ijtimoiy media platformalari o‘quv resurslarini,
videolar, maqolalar, dars materiallari kabi kontentlarni tezkorlik bilan talabalar bilan baham
ko‘rishga
imkon
beradi.
Shu o‘rinda ijtimoiy medianing cheklovlarini ham yoddan chiqarmaslik kerak. Ya’ni,
ijtimoiy media imkoniyatlari bilan birga boshqaruv jarayoniga ayrim xavflarni ham olib kelishi
mumkin.
Bular:
-
Xavfsizlik va maxfiylik muammolari:
Ta’lim muassasalari uchun talabalar va xodimlar haqida
maxfiy ma’lumotlar tarqalib ketishi xavfi mavjud. Shu bois maxfiylik siyosatiga amal qilish
zarur.
1
Interaktiv
— bu o‘zaro ta’sirga asoslangan jarayon yoki faoliyat bo‘lib, unda ikki yoki undan ortiq tomonlar
(insonlar, guruhlar yoki tizimlar) bir-biri bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi va faol muloqot olib boradi.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 1, March 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
356
-
Noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqalishi:
Noto‘g‘ri yoki tasdiqlanmagan axborotlar talabalar va ota-
onalar o‘rtasida tushunmovchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
-
Ijtimoiy mediaga haddan tashqari bog‘lanish
: Ijtimoiy mediani ortiqcha qo‘llash o‘quv
jarayonining to‘g‘ri boshqarilishiga xalaqit qilishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, ijtimoiy media ta’lim boshqaruvida zamonaviy, samarali va tezkor
kommunikatsiya vositasi sifatida xizmat qiladi. Uning imkoniyatlari orqali ta’lim muassasalari
o‘z boshqaruv tizimini takomillashtirishi va yangicha yondashuvlarni joriy etishi mumkin. Biroq,
ushbu vositadan samarali foydalanish uchun boshqaruvchilar xavfsizlik va maxfiylikka e’tibor
berishlari lozim. Shu orqali ta’lim boshqaruvida ijtimoiy medianing ijobiy ta’siri kuchaytiriladi
va ta’lim sifati oshiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
.
1. Abdullaeva, N., & Ergasheva, S. (2022). Ta'limda raqamli texnologiyalar va ularning
o‘quv jarayoniga ta'siri. Toshkent: O‘qituvchi nashriyoti.
2. Shonazarov, M. X. (2021). Oliy ta'limda innovatsion yondashuvlar va ularning
boshqaruvga ta'siri. Pedagogika fanlari to‘plami, 45(3), 57-64.
3. Muminov,
I.
K.
(2020).
Ta'lim
boshqaruvida
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining o‘rni. Innovatsion ta'lim jurnali, 10(2), 30-38.
4. UNESCO (2019). Education in a Digital World: Global Innovations for 21st Century
Learning. Paris: UNESCO Publishing.
5. Boymurodov, O. Z. (2022). Ta'lim muassasalarida marketing va imidj yaratishda
ijtimoiy medianing o'rni. Market Research in Education, 7(1), 23-29.
6. Davletov, R. M. (2021). Pedagogik boshqaruv va kommunikatsiya texnologiyalari.
Toshkent: Pedagogika universiteti nashriyoti.
