Авторы

  • Matmuratova Muyassar
    Center for advanced studies ilmiy markazi xodimi
  • Masharipova Guli
    Nukus davlat pedagogika instituti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijrs.70962

Ключевые слова:

umumxalq tili onomastika badiiy uslub yozuvchi

Аннотация

Har bir yozuvchi, shoirning o`ziga xos stili, badiiy uslublari, tili bo`ladiki, u umumxalq tili qonuniyatlarga bo`ysunadi, unga asoslanadi. Har bir yozuvchi, shoir umumxalq tilidagi ifodalash vositalaridan o`zicha foydalanadi.


background image





68

BADIIY ASARLARDA ONOMASTIK NOMLAR

Matmuratova Muyassar

Center for advanced studies ilmiy markazi xodimi

Masharipova Guli

Nukus davlat pedagogika instituti talabasi

Annotatsiya:

Har bir yozuvchi, shoirning o`ziga xos stili, badiiy uslublari, tili bo`ladiki, u

umumxalq tili qonuniyatlarga bo`ysunadi, unga asoslanadi. Har bir yozuvchi, shoir umumxalq
tilidagi ifodalash vositalaridan o`zicha foydalanadi.

Kalit so‘zlar:

umumxalq tili, onomastika, badiiy uslub, yozuvchi.

Badiiy asar tilini o`rganish muhim masalalardan biri bo`lib, u shoir yoki

yozuvchining o`ziga xos badiiy vositalarini aniqlashda va undan samarali
foydalanishga yordam beradi. Lekin, shunday bo`lishiga qaramay, tanqidchilar
yoki o`qituvchilar biror bir asarni tahlil qilar ekanlar, asardagi qahramonlarni
salbiy yoki ijobiy obrazlarga bo`lib, ularning har birini xarakterlash bilan
cheklanadilar, asarning tili, bu tilning mazmunga munosabati, voqea-hodisalarni
tasvirlashda qanday badiiy til vositalardan foydalanish, yozuvchining bu sohadagi
yutuq va kamchiliklari e’tibordan chetda qoladi.

Turgenev umumxalq tilini dengizga o`xshatib, shunday deb yozgan edi: «U

(ya’ni dengiz) cheksiz va tubsiz to`lqinlari bilan oshib-toshib yotadi; biz –
yozuvchilarning vazifasi – shu to`lqinlarning ma’lum qismini o`z tomonimizga,
o`z tegirmonimizga burishdir». Yozuvchi umumxalq tilining boy imkoniyatlaridan
foydalanib, adabiy tilni boyitadi, mukammallashtiradi. Yozuvchining bu
imkoniyatlardan qanday foydalanganligini o`rganish asosiy vazifalardan biridir.

Avvalo, har qanday asar tilini o`rganish va u haqida hukm chiqarish uchun

yozuvchining yashagan davri, tarixiy sharoiti, asarning yozilish jarayoni, yozilish
soatlari va yozuvchining shu asar orqali ifodalamoqchi bo`lgan maqsadini chuqur
o`rganish lozim. Chunki ijtimoiy borliq yozuvchining ongiga bevosita ta’sir
ko`rsatadi, bu hodisa o`z navbatida asarda o`z aksini topadi. Badiiy asarning tilini
tekshirish shakl va ma’no munosabatini o`rganish demakdir. Asar g`oyasining
muhimligi va undagi qahramonlarning ko`p qirra bo`lishi asar tilining boyishiga
va mukammallashuviga imkon beradi. Zukko yozuvchi asar qahramonlarining
tilini tipiklashtiradi – asarning har bir qahramoni o`z xulq-atvori, muayyan davr
muhiti va dunyoqarashiga mos tilda so`zlashadi, yozuvchi ma’lum voqealarni
tasvirlaganda bir xil vositalardan foydalansa, boshqa hodisalarni tasvirlashda
o`zgacha til vositalarini qo`llaydi. Shuning uchun ham asar qahramoni tilining


background image





69

tipiklashuvi, individuallashuvi adabiy asar tilining xarakterli belgilaridan biridir.
Yozuvchi nima sababdan biror voqea-hodisani, qahramon xatti-harakatini aks
ettirishda biron so`z, ibora va stilistik vositadan foydalanish sababini o`rganish asar
tilini tekshirishning yana bir tomonidir.

Odatda, har bir adibdan adabiy tilda yozish talab etiladi. Bunda jonli

xalq tilidan adabiy tilni farqlash zarurligi ko`zda tutiladi. Bundan adabiy til
boshqa-yu, xalq tili boshqa ekan-da, degan xulosa kelib chiqmaydi, albatta.
Adabiy til jonli xalq tiliga asoslangan, bir yoki ikki yetakchi sheva zaminida
shakllangan tildir.

Xalq tili tarmoqlariga esa ayrim guruhlargagina xos shevachilik, adabiy

til normasiga mos kelmagan ba’zi so`zlar, jargon va argonlar misol bo`ladi. Adabiy
til ana shu xalq tiliga asoslanadi, undan kelib chiqadi va undan oziqlanib turadi.

Yozuvchi va shoir asarlarining o`z davri o`quvchilari uchun tushunarlilik

darajasi asar tilining xalq tiliga qay darajada yaqin bo`lishiga bog`liq. Ommaga
tushunarsiz bo`lgan so`zlarni me`yoriy ortiqcha ishlatish, ayniqsa, muallif tilida
bunday so`zlarning berilishi adabiy asarning qimmatini pasaytiradi. Yozuvchi
tilini o`rganishda umumxalq jonli tilidan va an’anaviy adabiy tildan qanday
foydalanishi, bu ikki sohani qanday birlashtirib borishi, biror badiiy uslubni e’tirof
yoki inkor etishda yozuvchining o`ziga xos xususiyatlarini belgilash lozim.
Yozuvchining o`ziga xos uslubini belgilash quyidagi omillarni hisobga olishni
taqozo qiladi:

1. Ma’lum asarning g`oyaviy yo`nalishi va mundarijasi;
2. Muallifning til, stilda qaysi oqimga moyilligi;
3. Yozuvchining til hamda umumiy madaniyat va xalq turmushining

turli tomonlarini qanday o`rganganligi, shuningdek, unga qanday munosabatda
bo`lganligini ko`rsatuvchi biografik ma’lumotlar bilan tanishib chiqish.

Onomastika dunyosi, eng avvalo, kishi va joy nomlari (antroponimlar va

toponimlar) nihoyatda katta, jamiyat uchun mohiyatli va go`zaldir, – deb
yozgan edi akademik A.K. Matviyev.

Onomastikaning diopozoni va muammolari keng bo`lib, atoqli otlarning

mohiyati, til statusi, ismlarning kelib chiqishi; ularning jamiyatdagi o`rni,
tarixi, taqdiri, ism va odamlar muammosini qamraydi. Atoqli va turdosh otlar
ma’nosini ifodalovchi ismlar ishlatilganligiga ikki ming yildan oshdi.

O`zbek tilining onomastik tizimi hajman ulkan mazmunga boy, serqirra

hamda bir-biri bilan uzviy aloqada bo`lgan lisoniy hodisadir. «Tilning leksik


background image





70

boyligi konkret lug`aviy biriklar (leksemalar)» dan iborat bo`lganidan, tilning
onomastik fondini onomastik leksika doirasida mujassamlashuvchi konkret
atoqli otlar tashkil qiladi. Ushbu konkret nomlar onomastikada «til birliklari»,
«leksik biriklar», «nutq birliklari» deb yuritiluvchi terminlarga o`xshatma
tarzida «onomastik birliklar» deb yuritilmoqda. Onomastik birlik deyilganda,
aslida konkret atoqli ot ko`zda tutiladi.

Xuddi shu fikrni Ozarbayjon tilshunosi A.Gurbanov ham yozadi:«onomastik

birlik onomastika doirasida umuman atoqli ot tushunchasini anglatadi». Onomastik
birliklarni belgilash, ularni tadqiq qilish darajasi turli tillar tilshunosligida
turlichadir. Atoqli otlar bir tur, bir guruhga mansub narsalardan bittasini
ajratib olgan holda nomlaydi. Bunda ajratib olinayotgan narsa yoki obyektning
unga nom berayotgan kishilar hayotiy ehtiyojlari uchun muhimligi, o`sha
obyektlarni boshqalarga nisbatan qandaydir farqli xususiyatlarga egaligi muhim
rol o`ynaydi. Ko`rinadiki, atoqli otlar narsa va hodisalarni, obyektlarni yangilab,
donalab atash zaruriyati tufayli yuzaga keladi. Demak, narsa va hodisalarni
yangilab, donalab atoqli ot berib nomlash o`ziga xos ehtiyojlar, qonuniyat
natijasidir. Atoqli otlar fanda onomastik birliklar tizimida o`rganiladi.

Onomostika – grekcha so`z bo`lib, nom qo`yish san’ati demakdir.
Bu atama tilshunoslikda ikki ma’noda ishlatiladi:
1. Tilshunoslikning atoqli otlarni o`rganuvchi bo`limi.
2. Atoqli otlar majmuasi.
Xo`sh, atoqli otlarga nimalar kiradi, ularning yartilishi va tarixi qanday?

Inson uchun, umuman ko`llardan alohida ko`llarni, dengizlardan alohida
dengizlarni, shaharlardan alohida shaharlarni, odamlardan alohida odamlarni
farqlash hayotiy ehtiyoj tufayli paydo bo`lgan. Bunday ehtiyojlarni qondirish
uchun kishilar bir turkumga kiruvchi predmet va hodisalarni ayrimlarini
alohida, yakka-yakka ajratib olganlar va uni maxsus nom berish orqali ataganlar.
Jumladan, ko`llarni yakkama-yakka holatda Baykal, Ladoga, Balxash;
dengizlarni O`rtayer, Orol, Kaspiy, Qora dengiz, Filippin; shaharlarni Buxoro,
Surxandaryo, Toshkent va boshqa toponimlarning nomlanishi ham yakka
shaxslarning ismi ham shunday yuzaga kelgan.

Tilda atoqli otlarning yig`indisi mazkur tilning nomlar boyligini tashkil

qiladi. Tilning onomastik fondidagi atoqli otlar o`zi atayotgan predmet yoki
obyektning xususiyatiga ko`ra farqlanadi. Ular turli-tuman jonsiz
predmetlarning yoki insonlarning atoqli otlari bo`lishi mumkin. Boshqacha


background image





71

aytganda, atoqli otlar ham «sistemalarning sistemasi»dir. Ya’ni uning o`zi
alohida bir butun sistemani tashkil qilib, ayni zamonda bir necha sistemalarga
bo`linadi:

1. Antroponimlar (kishi nomlari)
2. Toponimlar (joy nomlari)
3. Zoonimlar (hayvon nomlari)
4. Fitonimlar (o`simlik nomlari)
5. Teonimlar (diniy nomlar)
6. Astroponimlar (koinot nomlari)
7. Dokumentonimlar (hujjat nomlari)
8. Xronimlar (tarixiy hodisa nomlari).

Qayd qilingan atoqli otlarning har biri o`ziga xos tizimiy

munosabatlarga ega bo`lib, bu munosabat ularning ichki bo`linishlarida namoyon
bo`ladi. Ma’lumki, har bir onimik leksema ma’lum bir ma’noni beradi, ya’ni
leksema joy yoki shaxs haqida xabar yetkazishi mumkin. Bu xabar esa, maxsus
onomastik vazifani bajaradi va uslubiy hamda estetik ahamiyatga ega bo`ladi.
Boshqacha aytganda, bir onomastik leksema bir sohada emas, balki bir necha
sohada ham ma’lum bir xabarni tashishi mumkin. Shaklan bir xil, mazmuni
har xil bo`lgan onimlar, onomastikada omonimiyani vujudga keltiradi: Guliston
(shahar), Guliston (antroponim), Zarafshon (shahar), Zarafshon (antroponim).
Turdosh otlar onimik leksemalarga o`tganida hosil bo`ladigan apillyativ
omonimiya: Yashasin (antroponim), yashasin (fe’l shakli), Botir (antroponim),
botir (sifat), Kumush antroponim), kumush (ot) kabi. Onomasionimlarda
sinonimiya hodisasi mavjud emas. Ularda ko`p nomlilik (polinomiya) mavjud:
Jayxun – Amudaryo, Avitsena – Ibn Sino kabi.

Atoqli otlarni o`rganish bo`yicha tilshunoslar, tarixchi va geograflar

qo`lga kiritgan yutuqlar o`zbek tilshunosligida onomastika sohasining paydo
bo`lishi va maxsus yo`nalish sifatida shakllanishiga asos bo`ldi. Hozirgi o`zbek
tilidagi atoqli otlar ham nazariy, ham amaliy jihatdan o`rganilmoqda. Nomlar
nazariy, tavsifiy, qiyosiy, tarixiy va sinxron yo`nalishda tadqiq qilinmoqda.
O`zbek nomshunosligi ilmiy soha sifatida o`ziga xos ba’zi tekshirish usullari,
tamoyillariga ega. O`zbek nomshunosligi sohasining paydo bo`lishi va bu
sohada yuzaga kelgan ko`plab ilmiy tadqiqotlar onomastika sohasiga oid
xilma-xil ilmiy tushuncha va tasavvurlarni ifoda qiluvchi boy terminilogiyani
yuzaga kelishi uchun bois bo`ldi.


background image





72

Xulosa qilib aytganda, badiiy asar tilida barcha nutq uslublari

elementlari o`z aksini topgan bo`ladi. Uni tadqiq qilish har bir yozuvchi yoki
shoirga xos uslub manerasini aniqlashga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1.

Ахманова О.С. Словарь лингвистических терминов. -М.: Русский
язык, 1966.

2.

Begmatov E. Joy nomlari – ma’naviyat ko‘zgusi. - T.: Ma’naviyat, 1998.

3.

Begmatov E. Nomlar va odamlar. - T.: Ma’naviyat, 1966.

4.

Begmatov E. O‘zbek ismlari. - T.: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi,
2007.

5.

Begmatov E. Uluqov N. O‘zbek onomastikasi terminlarining izohli lug‘ati.
Namangan, 2006.

6.

Бегматов Э. Нафасов Т. Караев С. Ономастика Узбекистана. - Т.: Наука,
1999

Библиографические ссылки

Ахманова О.С. Словарь лингвистических терминов. -М.: Русский язык, 1966.

Begmatov E. Joy nomlari – ma’naviyat ko‘zgusi. - T.: Ma’naviyat, 1998.

Begmatov E. Nomlar va odamlar. - T.: Ma’naviyat, 1966.

Begmatov E. O‘zbek ismlari. - T.: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2007.

Begmatov E. Uluqov N. O‘zbek onomastikasi terminlarining izohli lug‘ati. Namangan, 2006.

Бегматов Э. Нафасов Т. Караев С. Ономастика Узбекистана. - Т.: Наука, 1999