BUGUNGI KUN KITOBLARI QANDAY BO‘LISHI KERAK

Annotasiya

Maqolada hozirgi kunda an’anaviy (bosma) o‘quv adabiyotlarga qarama - qarshi holda 3D, 5D, 7D kino-,videofilmlar, audi-, animatsiyalangan virtual filmlar, televidenie, multimedia vositalari, mobil ilovalar va shu kabi axborot beruvchi ko‘plab zamonaviy vositalar mavjud mavjud bo‘lgan shunday sharoitda ta’lim muassasalarida bugungi kun kitoblarlarining o‘rni qanday bo‘lishi haqida fikirlar keltirilgan, An’anaviy bosma shakldagi darslik, o‘quv qo‘llanma kitoblari va elektron o‘quv qo‘llanmalar qiyoslanib, tavsiyalar berilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2023
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
19-24
36

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Shayqulov Hamza Shodievich, Rasulova Muxsina Roziqovna, & Shodiev Javoxir Hamzaevich. (2023). BUGUNGI KUN KITOBLARI QANDAY BO‘LISHI KERAK. Международный журнал теории новейших научных исследований, 1(1), 19–24. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/ijrs/article/view/71354
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Maqolada hozirgi kunda an’anaviy (bosma) o‘quv adabiyotlarga qarama - qarshi holda 3D, 5D, 7D kino-,videofilmlar, audi-, animatsiyalangan virtual filmlar, televidenie, multimedia vositalari, mobil ilovalar va shu kabi axborot beruvchi ko‘plab zamonaviy vositalar mavjud mavjud bo‘lgan shunday sharoitda ta’lim muassasalarida bugungi kun kitoblarlarining o‘rni qanday bo‘lishi haqida fikirlar keltirilgan, An’anaviy bosma shakldagi darslik, o‘quv qo‘llanma kitoblari va elektron o‘quv qo‘llanmalar qiyoslanib, tavsiyalar berilgan.


background image





19

BUGUNGI KUN KITOBLARI QANDAY BO‘LISHI KERAK.

Shayqulov Hamza Shodievich

Samarqand davlat tibbiyot universiteti mikrobiologiya, virusologiya va

immunologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi.

+998(97)9129331

Rasulova Muxsina Roziqovna

Samarqand davlat tibbiyot universiteti sud - tibbiyoti kafedrasi dotsenti.

+998(97)9184113

Shodiev Javoxir Hamzaevich

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi.

Annotatsiya:

Maqolada hozirgi kunda an’anaviy (bosma) o‘quv

adabiyotlarga qarama - qarshi holda 3D, 5D, 7D kino-, videofilmlar, audi-,
animatsiyalangan virtual filmlar, televidenie, multimedia vositalari, mobil ilovalar
va shu kabi axborot beruvchi ko‘plab zamonaviy vositalar mavjud mavjud bo‘lgan
shunday sharoitda ta’lim muassasalarida bugungi kun kitoblarlarining o‘rni qanday
bo‘lishi haqida fikirlar keltirilgan, An’anaviy bosma shakldagi darslik, o‘quv
qo‘llanma kitoblari va elektron o‘quv qo‘llanmalar qiyoslanib, tavsiyalar berilgan.

Kalit so‘zlar:

axborot texnologiya, kompyuter, an’anaviy (bosma) o‘quv

adabiyotlar, 3D, 5D, 7D, kino-, videofilmlar, audi-, animatsiyalangan virtual
filmlar, televidenie, multimedia vositalari, mobil ilovalar, elektron o‘quv
qo‘llanmalar.

“Agar yolg‘iz ersang, xamdam kitobdur,

Bilim subhidagi nur xam kitobdur”.

Abduraxmon Jomiy

Prezidentimiz ta’kidlaganidek “Dunyodagi har qaysi davlat, har qaysi xalq

birinchi navbatda o‘zining intellektual salohiyati, yuksak ma’naviyati bilan
qudratlidir. Bunday engilmas kuch manbai esa avvalo insoniyat tafakkurining
buyuk kashfiyoti – kitob va kutubxonalarda”

Hozirgi kunda internet tarmoqlari va umuman raqamli axborot texnologiyalari

hayotimizni keskin o‘zgartirib yubormoqda. Amaliy tahlillar ta’lim jarayonida
katta samaraga ega bo‘lishi uchun o‘quv jarayonida interfaol, didaktik o‘yinlar va
mashq qildirgichlardan foydalanishni taqozo etmoqda.


background image





20

Kitob – eng qimmatli xazina. U insoniyat kashf qilgan eng buyuk

kashfiyotlardan biridir.

U ajdodlarning qimmatbaho ma’naviy merosini avlodlarga etkazib beruvchi

dono ustozlarning eng sodda, ammo sabotlisidir. Ularsiz hayotimizni tasavvur
qilish, olamni anglash naqadar mushkul. U bizga bolaligimizdan hamroh bo‘ladi,
hayotning g‘aroyib sir-sinoatlari bilan tanishtiradi, qiyin vaziyatlarda foydali
maslahatlarni beradi, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi, o‘z-o‘zimizni anglashni o‘rgatadi.

Kitobning asosiy vazifalaridan biri – bu ilm-fanning qimmatbaho

durdonalarini asrlar osha saqlab qolish va kelgusi avlodga etkazib berish. Kitob
bilan suhbat insonning kamolotga etishida muhim ahamiyatga ega. U insonni olg‘a
borishga chorlaydi. Bugungi kunda mumtoz adabiyotning noyob durdonalari bilan
tanishib turganimiz uchun kitoblardan minnatdor bo‘lishimiz zarur.

Kitob chop etish jarayoni hozirgi taraqqiyotiga erishish jarayoni qanchalik

uzoq muddat davom etgani va ko‘plab mashaqqatlarga duch kelgani barchamizga
ma’lum. Hatto mashhur shoira Nodirabegimning biror kitobni nusxasini ko‘chirib
kelgan odamlarga oltindan yasalgan qalam taqdim etgani haqidagi dalilining
o‘ziyoq azaldan ma’naviyatga intilish, taraqqiyotga intilish naqadar kuchli
bo‘lganligini anglatadi.

Yangi axborot va kommunikatsion texnologiyalarning shiddatli rivojlanishi

va yuksak taraqqiyoti, mobil ilovalarning yaratilayotganligi ta’lim jarayonida
samarali foydalanish imkoniyatlarini yaratmoqda. Shu jihatdan multimediya
dasturlari va elektron dasturlarning o‘quv jarayoniga qo‘llanilishi borasidagi har
qanday ilmiy, ilmiy-uslubiy va boshqa tadqiqotlar juda dolzarb bo‘lib qolmoqda.

Zamonaviy axborot texnologiyalari kompyuterlashtirish va kompyuter

tarmoqlari negizida ta’lim jarayonini axborot bilan ta’minlash, rivojlantirib borish,
ta’lim jarayonida ommaviy axborot vositalarining qo‘llanilish imkoniyatlari oshib
bormoqda. Televidenie va radioning ta’lim dasturlari intelektuallashuvi
ta’minlanadi. Fan va ta’limning nashriyot bazasi rivojlantiriladi, o‘quv, o‘quv-
uslubiy, ilmiy, qomusiy adabiyotlar va ma’lumotnomalar bilan ta’minlashning
barqaror tizimi shakllantiriladi.

Hozirgi kunda an’anaviy (bosma) o‘quv adabiyotlarga qarama - qarshi holda

3D, 5D, 7D kino-, videofilmlar, audi-, animatsiyalangan virtual filmlar,
televidenie, multimedia vositalari, mobil ilovalar va shu kabi axborot beruvchi
ko‘plab zamonaviy vositalar mavjud mana shunday sharoitda ta’lim
muassasalarida bugungi kun kitoblarlarining o‘rni qanday bo‘lmog‘i lozim?


background image





21

An’anaviy bosma shakldagi darslik, o‘quv qo‘llanma kitoblari hozirgi zamonda
yoshlarimiz ehtiyojlarini qondiradimi?

An’anaviy (bosma) o‘quv adabiyotlari – ta’lim oluvchilarning yoshi va psixo-

fiziologik xususiyatlari, ma’lumotlar hajmi, shriftlari, qog‘oz sifati, muqova turi va
boshqa ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda qog‘ozda chop etiladigan ko‘p
xarajatli, muayan adadli, qiyin nusxalanuvchi, foydalanuvchilarning o‘zaro
almashishi va olib yurishi qiyn bo‘lgan axborot manbaidir.

Elektron o‘quv qo‘llanmalar – zamonaviy axborot texnologiyalari asosida

ma’lumotlarni jamlash, tasvirlash, yangilash, saqlash, bilimlarni interaktiv usulda
taqdim etish va nazorat qilish imkoniyatlariga ega bo‘lgan manba.

Hozirgi ilg‘or nanotexnologiyalar asrida yashar ekanmiz barcha

imkoniyatlardan oqilona foydalangan holda talabalar uchun qulay va sifatli
zamonaviy elektron kitoblar (o‘quv qo‘llanmalar) yaratilishi zarurdir.

Bunday elektron qo‘llanma shakllari va xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
- o‘quv materialini multimedia, ya’ni ma’lumot berishning vizual, gipermatn,

ovoz shakllaridan foydalangan holda taqdim etilishi;

- turli o‘quv adabiyotlari – darslik, lug‘at, masalalar to‘plami va amaliy–

labaratoriya mashg‘ulotlari uchun tegishli barcha o‘quv qo‘llanmalarining bir
joyda jamlangan holda ko‘rinishi;

- o‘rganuvchi va o‘rgatuvchi o‘rtasida o‘zaro bevosita aloqa o‘rnatilishi

(interfaollik);

- o‘qituvchining o‘quv jarayonini boshqarish va nazorat qilish bo‘yicha

vazifalarining ma’lum qismini kompyuterli o‘quv vositalari zimmasiga
yuklatilishi;

- o‘quvchi tomonidan qabul qilinadigan – maslahat, tushuntirish, ma’lumotni

izlash bo‘yicha savol-javob va bilimni o‘zlashtirish darajasini nazorat qilishning
tezkor uslubiga o‘tish imkoniyati;

- kompyuter va mobil ilovalar vizualizatsiyasi orqali o‘rganilayotgan

ob’ektning kompyuterdagi imitatsiya modellaridan foydalanish;

- o‘quv materialiga nisbatan engil o‘zgartirishlar kiritilishi va

takomillashtirish imkoniyatlarining yaratilishi;

- o‘quv materialini yaratish va adadlashning arzonligi;
- o‘quvchi faolligining oshirilishi;
- ta’limda masofadan o‘qitish uslubini tashkil qilish imkoniyati;


background image





22

- an’anaviy o‘quv adabiyotlari (bosma adabiyotlar) bilan birgalikda kompleks

holda foydalanish imkoniyatini berishi.

Elektron darslik va elektron o‘quv qo‘llanmalarning 4 toifasini alohida ajratib

ko‘rsatish mumkin:

1 toifa:

darslik yoki o‘quv qo‘llanmalarning elektron ko‘rinishi bo‘lib, undagi

o‘quv materiallari matnlar, gipermatn va gipermurojaatlar tashkil topgan bo‘lishi
talab etiladi;

2 toifa:

undagi o‘quv materiallar 1- toifa elementlari bilan birga berilgan

ma’lumotlar va statik rasmlardan, annimatsiyaga asoslangan bo‘lishi talab etiladi;

3 toifa:

undagi o‘quv materiallar 2 - toifa hamda ma’lumot uch o‘lchamli-

grafik ko‘rinishda, dinamik rasmlardan tashkil topgan bo‘lishi lozim;

4 toifa:

3 - toifa elementlari, video, animatsiya va ovozli ya’ni multimediali

ko‘rinishda bo‘lishi kerak.

Barcha toifadagi elektron qo‘llanmalar o‘quv jarayonining samaradorligini

oshirishda va talabalarning mustaqil bilim olishlari hamda masofadan o‘qitishning
o‘quv materiallari bazasini tashkil qilish uchun yaratiladi.

Elektron darslik va elektron o‘quv qo‘llanmalar quiydagi qismlardan

iborat bo‘lishi zarur:

1. O‘rgatuvchi qism – gipermatn va gipermurojaatga asoslangan, statik va

dinamik rasmlardan ibora.

2. Mashq qildiruvchi qism – xatolarni ko‘rsatib beruvchi to‘g‘ri xulosaga olib

keluvchi.

3. Nazorat qildiruvchi – testlar orqali nazorat qiluvchi tizim asosida

shakllanadi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, yuqorida keltirilgan talablarga ijodiy

yondoshib yaratilgan kitoblar (elektron darslik va elektron o‘quv qo‘llanmalar)
qanchalik tez va ko‘plab yaratilsagina “Yoshlarni axborot huruji” xamda
“Ommaviy madaniyat” ning salbiy tasirlaridan himoyalash kafolatlanadi.

“Kitob o‘qigan, o‘zini ustida ishlagan odamda qanot bo‘ladi. U befarq

bo‘lmaydi. Uning kuchi bilimida bo‘ladi. Shuning uchun hech kimni pisand
qilmaydi. “Kattalar”ga xushomad qilmaydi. Uning bilimi bor, ilmi bor. Mana nima
uchun kitob o‘qinglar deymiz. Kitob o‘qisangiz savol berishni bilasiz”, degan edi
davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev.

Shu o‘rinda muhtaram birinchi prezidentimiz I. A. Karimov «Adabiyotga

e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor» nomli asarlaridan iqtibos keltirish bilan


background image





23

yakunlaymiz: «Ijod – bu o‘zini qiynash, mashaqqat chekish, huzur-halovatdan voz
kechish, tom ma’noda fidoyilik demakdir».

Adabiyotlar.

1.

Shodievich S. H., Roziqovna R. M. OLIY O ‘QUV YURTLARIDA MASHG

‘ULOTLAR SIFATI VA SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA ILMIY
MAQOLALARNING O ‘RNI //PEDAGOGS jurnali. – 2023. – Т. 25. – №. 1. – С.
52-55.
2.

Yusupov M. I., Sh S. H., Mamarasulova N. I. MASOFADAN TURIB

O’QITISHDA MODUL ELEKTRON PLATFORMASINING AHAMIYATI VA
AFZALLIKLARI //PEDAGOGS jurnali. – 2022. – Т. 9. – №. 2. – С. 47-50.
3.

Болтаев К. С., Хамза Ш. Ш. ЗАМОНАВИЙ УСУЛЛАРДА

ЎҚИТИШНИНГ БУГУНГИ КУНДАГИ ЎРНИ //PEDAGOGS jurnali. – 2022. –
Т. 4. – №. 1. – С. 328-333.
4.

Sh S. H., Mamarasulova N. I., Yusupov M. I. HOZIRGI ZAMON

TALABALARINING BILIM OLISHIDA ETIK–ESTETIK CHALG’ITUVCHI
OMILLAR //PEDAGOGS jurnali. – 2022. – Т. 9. – №. 2. – С. 90-95.
5.

Mamarasulova N. I., Yusupov M. I., Sh S. H. YANGI ELEKTRON

O’QITISH TIZIMI BIZGA QANDAY IMKONIYATLAR BERDI //PEDAGOGS
jurnali. – 2022. – Т. 9. – №. 2. – С. 19-23.
6.

Международная олимпиада - “Молодое поколение судебной медицины”

/ С. И. Индиаминов, М. Р. Расулова, Ф. Х. Бойманов, А. А. Ким // Вестник
судебной медицины. – 2021. – Т. 10, № 4. – С. 54-56. – EDN WULIIS.
7.

Indiaminov S.I., Rasulova M.R. FEATURES OF FRACTURES OF BONES

OF A NOSE IN PRACTICE FORENSIC MEDICAL EXAMINATION // Russian
Journal of Forensic Medicine. - 2018. - Vol. 4. - N. 3. - P. 24-27.
doi:

10.19048/2411-8729-2018-4-3-24-27

8.

Шайкулов Х. Ш. Esherixioz bilan kasallangan bolalardan ajratilgan

gemolitik E. coli bakteriyalarining antibiotiklarga sezgirligi //Молодой ученый.—
2023. – 2023. – Т. 4. – №. 451. – С. 489-491.

9.

Хусанов Э. У., Расулова М. Р., Шайкулов Х. Ш. Особенности

повреждений подъязычно-гортанного комплекса при тупой механической
травме //Астана

медициналық журналы. – 2022. – №. S1. – С. 262-265.

10.

Саъдинов П. и др. Клинико-эпидемиологическая характеристика

стафилококковых энтероколитов у детей раннего возраста //Журнал
проблемы биологии и медицины. – 2014. – №. 3 (79). – С. 151-152.


background image





24

11.

Расулова М. Р., Юлаева И. А., Шодиев Ж. Х. СОВРЕМЕННАЯ

КЛАССИФИКАЦИЯХ ПЕРЕЛОМОВ КОСТЕЙ НОСА //Talqin va tadqiqotlar
ilmiy-uslubiy jurnali. – 2023. – Т. 1. – №. 17. – С. 120-127.
12.

Расулова Мухсина Розиковна, Юлаева Ирина Андреевна, Шодиев

Жавохир Хамзаевич СОВРЕМЕННЫЕ МЕТОДЫ ДИАГНОСТИКИ
ПЕРЕЛОМОВ КОСТЕЙ НОСА // Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali.
2023.

№17.

URL:

https://cyberleninka.ru/article/n/sovremennye-metody-

diagnostiki-perelomov-kostey-nosa

13.

Шодиев, Ж. Х. Источники финансирования инвестиционной

деятельности со стороны государства / Ж. Х. Шодиев, С. С. Алиева, . —
Текст : непосредственный // Analytical Journal of Education and Development.
— 2023. — № Vol.03 Iss.02. — С. 294-297.
14.

Hamza, S., Muzaffar, A. ., Dildora, S., & Ulug`bek, A. . (2023). BACILLUS

THURINGINGIENSIS BAKTERIYA SHTAMMLARINING PHASEOLUS
VULGARIS

O`SIMLIGI

BIOMETRIK

KO`RSATKICHLARIGA

VA

RIVOJLANISHIGA TA`SIRI. Scientific Impulse, 1(6), 327–332. Retrieved from
http://nauchniyimpuls.ru/index.php/ni/article/view/4355
15.

Shayqulov , H. S., Mamadiyorova , M. M., & Hayitov , S. M. o‘g‘li. (2023).

DIAREYA BILAN KASALLANGAN BOLALARDA AJRALUVCHI ICHAK
MIKROFLORALARI. GOLDEN

BRAIN, 1(6),

20–24.

Retrieved

from

https://researchedu.org/index.php/goldenbrain/article/view/1935

16.

Shodiyeva Dildora G`iyosovna, Bobaqandova Mexriniso Fazliddinovna ,

Shayqulov Hamza Shodiyevich. (2023). FITOPATOGENLARGA QARSHI
BAKTERIYALARDAN

FOYDALANISH

VA

ULARNING

SAMARADORLIGINI BAHOLASH. IQRO JURNALI, 2(1), 78–82. Retrieved
from

https://wordlyknowledge.uz/index.php/iqro/article/view/222

17.

Шайкулов, Х. Ш. Antibiotikorezistent laktobakteriyalardan foydalanishning

samaradorligi / Х. Ш. Шайкулов, С. М. Хаитов, Ф. Б. Эшмаматова, М. Б.
Ташполатова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2023. —
№ 10 (457). — С. 268-271. — URL:

https://moluch.ru/archive/457/100581/

Bibliografik manbalar

Shodievich S. H., Roziqovna R. M. OLIY O ‘QUV YURTLARIDA MASHG‘ULOTLAR SIFATI VA SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA ILMIY MAQOLALARNING O ‘RNI //PEDAGOGS jurnali. – 2023. – Т. 25. – №. 1. – С. 52-55.

Yusupov M. I., Sh S. H., Mamarasulova N. I. MASOFADAN TURIB O’QITISHDA MODUL ELEKTRON PLATFORMASINING AHAMIYATI VA AFZALLIKLARI //PEDAGOGS jurnali. – 2022. – Т. 9. – №. 2. – С. 47-50.

Болтаев К. С., Хамза Ш. Ш. ЗАМОНАВИЙ УСУЛЛАРДА ЎҚИТИШНИНГ БУГУНГИ КУНДАГИ ЎРНИ //PEDAGOGS jurnali. – 2022. – Т. 4. – №. 1. – С. 328-333.

Sh S. H., Mamarasulova N. I., Yusupov M. I. HOZIRGI ZAMON TALABALARINING BILIM OLISHIDA ETIK-ESTETIK CHALG’ITUVCHI OMILLAR //PEDAGOGS jurnali. – 2022. – Т. 9. – №. 2. – С. 90-95.

Mamarasulova N. I., Yusupov M. I., Sh S. H. YANGI ELEKTRON O’QITISH TIZIMI BIZGA QANDAY IMKONIYATLAR BERDI //PEDAGOGS jurnali. – 2022. – Т. 9. – №. 2. – С. 19-23.

Международная олимпиада - “Молодое поколение судебной медицины” / С. И. Индиаминов, М. Р.Расулова, Ф. Х. Бойманов, А. А. Ким // Вестник судебной медицины. – 2021. – Т. 10, № 4. – С. 54-56. – EDN WULIIS.

Indiaminov S.I., Rasulova M.R. FEATURES OF FRACTURES OF BONES OF A NOSE IN PRACTICE FORENSIC MEDICAL EXAMINATION // Russian Journal of Forensic Medicine. - 2018. - Vol. 4. - N. 3. - P. 24-27. doi: 10.19048/2411-8729-2018-4-3-24-27

Шайкулов Х. Ш. Esherixioz bilan kasallangan bolalardan ajratilgan gemolitik E. coli bakteriyalarining antibiotiklarga sezgirligi //Молодой ученый.—2023. – 2023. – Т. 4. – №. 451. – С. 489-491.

Хусанов Э. У., Расулова М. Р., Шайкулов Х. Ш. Особенности повреждений подъязычно-гортанного комплекса при тупой механической травме //Астана медициналық журналы. – 2022. – №. S1. – С. 262-265.

Саъдинов П. и др. Клинико-эпидемиологическая характеристика стафилококковых энтероколитов у детей раннего возраста //Журнал проблемы биологии и медицины. – 2014. – №. 3 (79). – С. 151-152.

Расулова М. Р., Юлаева И. А., Шодиев Ж. Х. СОВРЕМЕННАЯ КЛАССИФИКАЦИЯХ ПЕРЕЛОМОВ КОСТЕЙ НОСА //Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali. – 2023. – Т. 1. – №. 17. – С. 120-127.

Расулова Мухсина Розиковна, Юлаева Ирина Андреевна, Шодиев Жавохир Хамзаевич СОВРЕМЕННЫЕ МЕТОДЫ ДИАГНОСТИКИ ПЕРЕЛОМОВ КОСТЕЙ НОСА // Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali. 2023. №17. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/sovremennye-metody-diagnostiki-perelomov-kostey-nosa

Шодиев, Ж. Х. Источники финансирования инвестиционной деятельности со стороны государства / Ж. Х. Шодиев, С. С. Алиева, . — Текст : непосредственный // Analytical Journal of Education and Development.— 2023. — № Vol.03 Iss.02. — С. 294-297.

Hamza, S., Muzaffar, A. ., Dildora, S., & Ulug`bek, A. . (2023). BACILLUS THURINGINGIENSIS BAKTERIYA SHTAMMLARINING PHASEOLUS VULGARIS O`SIMLIGI BIOMETRIK KO`RSATKICHLARIGA VA RIVOJLANISHIGA TA`SIRI. Scientific Impulse, 1(6), 327–332. Retrieved from http://nauchniyimpuls.ru/index.php/ni/article/view/4355

Shayqulov , H. S., Mamadiyorova , M. M., & Hayitov , S. M. o‘g‘li. (2023). DIAREYA BILAN KASALLANGAN BOLALARDA AJRALUVCHI ICHAK MIKROFLORALARI. GOLDEN BRAIN, 1(6), 20–24. Retrieved from https://researchedu.org/index.php/goldenbrain/article/view/1935

Shodiyeva Dildora G`iyosovna, Bobaqandova Mexriniso Fazliddinovna, Shayqulov Hamza Shodiyevich. (2023). FITOPATOGENLARGA QARSHI BAKTERIYALARDAN FOYDALANISH VA ULARNING SAMARADORLIGINI BAHOLASH. IQRO JURNALI, 2(1), 78–82. Retrieved from https://wordlyknowledge.uz/index.php/iqro/article/view/222

Шайкулов, Х. Ш. Antibiotikorezistent laktobakteriyalardan foydalanishning samaradorligi / Х. Ш. Шайкулов, С. М. Хаитов, Ф. Б. Эшмаматова, М. Б. Ташполатова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. —2023. — № 10 (457). — С. 268-271. — URL: https://moluch.ru/archive/457/100581/